OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASINING
Qarori
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 23-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2604-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 429-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2604-3, 25.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2014-yil 7-iyuldagi k-3 va k-1-son qarori (roʻyxat raqami 2604, 2014-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 387-modda) bilan tasdiqlangan Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandidagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlarga (bundan buyon matnda taʼmirlash tashkilotlari deb yuritiladi)” degan soʻzlar “taʼmirlash tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻztransgaz” AK va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori A. KURBANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-mart,
k-3-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi L. AKBARXODJAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-mart,
k-3-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekneftgaz” MXK raisi Sh. FAYZULLAYEV
2015-yil 9-mart
“Oʻztransgaz” AK Boshqaruv raisi Sh. MAXMUDOV
2015-yil 9-mart
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 10-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 141-modda)