23.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikkala davlatning oʻzaro manfaatlari uchun ular oʻrtasida yanada kengroq iqtisodiy hamkorlikka koʻmaklashishni istagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida manfaatli sharoitlar yaratish va saqlash maqsadida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish zaruratini tan olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarning barqaror negizi iqtisodiy resurslardan gʻoyat samarali foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishni taʼminlaydi degan fikrga qoʻshilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Investor” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining yuridik shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining xalqaro tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining fuqarolari, fuqarolar birlashmalari va fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslariga tatbiq qilinadi va ularni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Investitsiya” atamasi mulkiy boyliklarning istalgan koʻrinishi va ularga boʻlgan huquqlarni, shuningdek mualliflik huquqi, patentlar, foydali modellar, sanoat andozalari va modellari, savdo nishonlari, firmaviy nomlar, ishlab chiqarish va tijorat sirlari, texnologiyalar, “gud vil” va “nou-xau” kabi intellektual, savdo va sanoat mulkiga boʻlgan huquqlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududidagi investitsiyalar quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) butunlay yoki ulardagi ishtirokli ulush asosida investorlarga tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) mol-mulklar, aksiyalar va boshqa qimmatdor qogʻozlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) mulkiy huquqlar, shu jumladan ijara asosida egalik qilish va foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) investitsiyalanayotgan joydagi Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida amalda joriy boʻlgan qonunchilikka xilof boʻlmagan tarzda investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha boshqa faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyliklar kiritishning dastlabki yoki takroriy shaklidagi hech qanday oʻzgarish ularning investitsiya sifatidagi kvalifikatsiyasiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yuridik shaxslar” atamasi — Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq tuzilgan yoki taʼsis etilgan xoʻjalik faoliyati yurituvchi subyektlarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Fuqarolar” atamasi — Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq fuqarolikka ega boʻlgan va huquqlarga qodir hamda doimiy uning hududida yoki xorijda istiqomat qiluvchi shaxslarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar” atamasi — Ahdlashuvchi Tomon hududida doimiy yashovchi va tadbirkorlik faoliyati olib borish uchun ana shu Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Daromadlar” atamasi mazkur moddada, 2, 3-bandlarda taʼriflangan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenzion va komission ragʻbatlantirishlar, texnik yordam uchun toʻlovlar, texnik xizmat koʻrsatish va ragʻbatlantirishning boshqa shakllari koʻrinishidagi investitsiyalarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Hudud” atamasi Ahdlashuvchi Tomon davlatining tegishli hududini, shu jumladan quruqlik, ichki va hududiy suvlarni, shuningdek dengiz, dengiz tubi va uning boyliklariga nisbatan ana shu Ahdlashuvchi Tomon davlati xalqaro huquqqa muvofiq oʻz suveren huquqlari va yurisdiksiyani amalga oshiradigan tegishli hududni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Shartnomaning qoʻllanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududida uning qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlari, ushbu Shartnoma kuchga kirgandan avvalmi yoki keyinmi, undan qatʼi nazar, amalga oshirgan investitsiyalarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining qonunchiligi bergan huquqlarga muvofiq oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalariga ruxsat beradi va ularni ragʻbatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining qonunchiligi doirasida oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalarini himoya qilish yoʻli bilan oʻzaro investitsiyalarning turli shakllarini qoʻllab-quvvatlaydi va iqtisodiy hamkorlikni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar Ahdlashuvchi Tomonlarning investitsiyalari bor korxonalariga Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududida va har qanday uchinchi davlat hududida bevosita investitsiyalarni va koʻp tomonlama iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish zaruratidan kelib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnoma doirasida oʻz davlati hududida investitsiyalarga ruxsat bergan boʻlsa, ana shu Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlariga bunday investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan zaruriy ruxsatnomalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Milliy rejim va eng qulay rejim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida va uning qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyalarining toʻliq va soʻzsiz huquqiy himoya qilinishiga kafillik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari va daromadlari uchun oʻz investorlarining investitsiyalari va daromadlari va/yoki har qanday uchinchi davlat investorlarining investitsiyalari va daromadlari uchun yaratib bergan qulay rejimidan kam boʻlmagan adolatli va teng huquqli rejim yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlari amalga oshirayotgan investitsiyalarga nisbatan uning milliy qonunchiligi va ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan har qanday majburiyatlarga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Shartnomaning mumkin qadar qulaylik yaratib berish prinsipi toʻgʻrisidagi qoidalari Ahdlashuvchi tomonlarning birini boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) mavjud yoki kelajakda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan bojxona, valyuta va toʻlov uyushmalari, erkin savdo va yagona tariflar, umumiy bozor yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ishtirokchisi boʻlgan yoki ishtirokchisi boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa shakllardagi mintaqaviy iqtisodiy integratsiya toʻgʻrisidagi Bitimlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlardan yoki soliq solish masalalari boʻyicha boshqa xalqaro bitimlardan kelib chiquvchi preferensiya yoki qulayliklarning imtiyozli rejimini berishga majbur qiluvchi vosita sifatida talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Boshqa qoidalar va maxsus majburiyatlarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir Ahdlashuvchi davlatning qonunchiligidagi qoidalar yoki xalqaro huquq bilan bogʻliq boʻlgan, mazkur Shartnomadagi mavjud yoki keyinchalik unga qoʻshimcha qilingan majburiyatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari uchun ushbu Shartnomaga koʻra yaratilgandan koʻra qulayroq rejim yaratish toʻgʻrisidagi umumiy yoki maxsus xarakterdagi qoidalarni oʻz ichiga oladigan boʻlsa, bu qoidalar, ular qanday hajmda qulayroq boʻlsa, oʻsha hajmda ushbu Shartnomaga nisbatan ustun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Pul oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon oʻsha investorlar tomonidan tegishli soliqlar va yigʻimlar toʻlangandan soʻng ana shu investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlarning, ammo nafaqat ularning, xususan quyidagilarning toʻsqinliklarsiz oʻtkazilishini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) mazkur Shartnomaning 1-moddasi, 7-bandida taʼriflangan foizlar, dividendlar, foyda va boshqa joriy daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) har ikkala Ahdlashuvchi Tomon investitsiya sifatida tan olgan zayomlarning puli toʻlanadigan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) investitsiyalarni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplovchi summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) litsenzion tushumlar va ushbu Shartnomaning 1-moddasi, 2-bandida koʻzda tutilgan huquqlardan kelib chiquvchi boshqa toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshiriladigan investitsiyalarni taʼminlash yoki rivojlantirish, shuningdek bunday investitsiyalarning menejmenti uchun zarur boʻlgan sarmoyalar summasi va qoʻshimcha summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI) investitsiyalarni musodara qilish, qisman yoki butunlay tugatish, shu jumladan sarmoyalarning oʻsishidan kelgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII) bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirilgan investitsiyalar munosabati bilan oladigan ish haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII) ushbu Shartnomaning moddalariga muvofiq beriladigan tovon toʻlovlari va ushbu Shartnoma doirasidagi har qanday investitsion nizolar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻlovlar ortiqcha kechiktirishsiz, toʻlovlar amalga oshirilayotgan kundagi valyuta kursi boʻyicha va hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligida koʻzda tutilgan tartibotlarga muvofiq erkin muomaladagi valyutada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Shartnomaning 1-modda, 1 va 2-bandlaridagi qoidalariga qaramasdan Ahdlashuvchi Tomon adolatli, huquqiy jihatdan kamsitmaslik shartlari asosida oʻz davlati qonunchiligini qoʻllagan holda, quyidagilarga taalluqli boʻlgan toʻlovlarni oʻtkazishni taqiqlashi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) bankrotlik, toʻlovlarga qodir boʻlmagan yoki kreditorlar huquqini himoya qilish hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) emissiya, savdo yoki qimmatdor qogʻozlar bilan operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) sudda koʻrib chiqish tartibi yoki uning qarorlari bilan nomuvofiqlik yuzaga kelganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Daromadlar hamda ushbu moddada qayd etilgan va bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida amalga oshirgan investitsiyalari natijasida investitsiyalangan joydagi manbalardan olingan istalgan valyutadagi boshqa summalar qayta investitsiya qilinishi yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida, uning qonunchiligiga muvofiq oʻzga maqsadlar uchun sarflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining va boshqa davlatlarning valyutalarini, toʻlov hujjatlarini, qimmatdor qogʻozlarini olib kelish va olib chiqib ketish investitsiyalar amalga oshirilgan joydagi Ahdlashuvchi Tomon davlatining valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchiligi asosida tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ekspropriatsiya va zararni qoplash uchun beriladigan kompensatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlariga qarashli boʻlgan investitsiyalarga nisbatan musodara qilish, natsionalizatsiya qilish yoki mohiyati shunga oʻxshash boshqa tadbirlarni, yoxud natijasi shunday oqibatlarga olib keluvchi bevosita yoki bilvosita xatti-harakatlarni qoʻllamaydilar, agar ular quyidagilar bilan bogʻliq boʻlmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) jamoat manfaatlari yoʻlida qonuniy tartibda qoʻllaniladigan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) huquqiy jihatdan kamsitmaydigan choralar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-I, II-bandlarida koʻzda tutilgan holatlar oqibatida investitsiyalarni musodara qilgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlarini adolatli va foydali tovon toʻlovlari bilan taʼminlaydi. Bunday toʻlovlar investitsiyalarni musodara qilish yoki musodara qilish xususidagi qaror barchaga ovoza qilingan vaqtda (bundan avval qanday hol yuz berganligiga bogʻliq ravishda) belgilangan bozor narxiga muvofiq boʻladi va investitsiyalar musodara qilingan kundan boshlab “Libor” stavkasi boʻyicha investitsiyalar qiymatining foizlarini qamrab oladi hamda erkin ravishda istalgan joyga oʻtkaziladi. Tovon toʻlovlari erkin muomaladagi valyutada belgilanadi hamda investorga joylashgan manzili va yashash joyidan qatʼi nazar, hech qanday kechikishsiz oʻz vaqtida toʻlanadi. “Ortiqcha kechikishsiz” pul oʻtkazish — ana shu pul bilan rasmiy tadbirlarni amalga oshirish uchun meʼyor talabidagi vaqtni taqozo etuvchi pul hisoblanadi. Bu davr boʻyicha hisob buyurtma berilgan kundan boshlanadi va u uch oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati investorlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida sodir boʻlgan urush yoki qurolli toʻqnashuv, inqilob, favqulodda holat, davlat toʻntarishi, fuqarolik tartibsizliklari yoki shunga oʻxshash boshqa voqealar oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash uchun ushbu Shartnomaning 4-moddasi, 1, 2, 3-bandlariga muvofiq tovon toʻlovi, restitutsiya, ziyonni qoplash yoki boshqa talafot qiymati toʻlovlari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining investitsiyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida ana shu Ahdlashuvchi Tomonning davlat organlari, yoki mansabdor shaxslarining investitsiyalar amalga oshirilgan joydagi davlat qonunchiligiga xilof boʻlgan xatti-harakati tufayli, shuningdek birinchi Ahdlashuvchi Tomon investorlariga yoki investitsiyalangan korxonalariga nisbatan bunday organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni zarur darajada bajarmaslik oqibatida oʻz investitsiyalariga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda uchun tegishli tovon toʻlovlari olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Subrogatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoxud uning vakolatli institutlari oʻz investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida amalga oshirilgan investitsiyalariga nisbatan tijorat xavfidan biror-bir kafolat bergan boʻlsa, va ana shu kafolatga koʻra toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon subrogatsiya prinsiplari asosida, mazkur investorlarning bunday tarzda sugʻurtalangan investitsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarini izohlagan holda, bu investorlarning huquq va talablari butunlay birinchi Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning institutlariga oʻtishini tan olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar investor Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakolatli instituti tomonidan vakil etib tayinlanmagan boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandida taʼriflangan subrogatsiya holatida talabnoma bilan chiqishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investori bilan boʻlgan nizoda tomon hisoblanuvchi Ahdlashuvchi Tomon, nizoni hal etish yoki unga oid qarorning bajarilishining butun jarayoni mobaynida oʻz immuniteti yoki keyingi Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning institutlariga kafolatlar berilishi koʻzda tutilmagan, va koʻrilgan zarar va talafotlarni toʻlaligicha yoki qisman qoplovchi sugʻurta kontraktlari boʻyicha investor oladigan tovon toʻlovlarini himoya sifatida dalil keltirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Konsultatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga mazkur Shartnomani talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday sababga koʻra konsultatsiyalar oʻtkazishni taklif etishi mumkin. Boshqa Axdlashuvchi Tomon bunday taklifga nisbatan xayrixohlik koʻrsatadi va konsultatsiyalar uchun zarur imkoniyatlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma qoidalarini talqin qilish va qoʻllash xususida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolar diplomatik kanallar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar nizo paydo boʻlgan vaqtdan boshlab olti oy mobaynida murosaga kelolmasalar, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabiga koʻra, nizo koʻrib chiqish uchun uch aʼzodan iborat tarkibdagi arbitraj sudiga topshiriladi. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri bittadan arbitr tayinlaydi. Tayinlangan arbitrlar saylaydigan rais esa uchinchi davlat fuqarosi boʻlib, u har ikkala Ahdlashuvchi Tomon bilan ham diplomatik munosabatda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri oʻzining arbitrini tayinlamasa va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning arbitr tayinlash toʻgʻrisidagi taklifga ikki oy mobaynida rozi boʻlmasa, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon zaruriy tayinlov oʻtkazish xususida Xalqaro Sud Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ikkala arbitr tayinlangan kundan boshlab ikki oy mobaynida rais saylashda murosaga kelolmasa, Ahdlashuvchi Tomonlarning xohlagani zaruriy tayinlov xususida Xalqaro Sud Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 3 va 4-bandlarida qayd etilgan hollarda Xalqaro Sud Prezidenti belgilangan vazifalarni bajarolmasa yoki, basharti u Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, tayinlov Prezidentning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi, bordi-yu u ham tegishli vazifalarni bajarolmasa yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, rais Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysisining fuqarosi boʻlmagan, Xalqaro Sudning eng yuqori darajali sudyasi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sud qonunga hurmat asosida qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilishdan avval Sud oʻz ishining istalgan bosqichida Ahdlashuvchi Tomonlarga nizoni doʻstona tarzda hal etishni taklif etishi mumkin. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar shunday qarorga kelsalar, bundan avvalgi qoidalar nizoning hal etilishiga toʻsiq boʻlolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi qarorlarni buzmagan holda, Sud oʻz tartib-qoidalarini belgilaydi. Sud koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻzining sud aʼzosiga yashash uchun zarur boʻlgan mablagʻni, shuningdek oʻz ulushiga muvofiq arbitraj marosimidagi xarajatlarni toʻlaydi. Rais uchun sarflanadigan va boshqa xarajatlarni Ahdlashuvchi Tomonlar teng tarzda toʻlaydilar. Biroq Sud oʻz qarorida Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uchun koʻproq xarajat toʻlovlari belgilashi mumkin. Bu qaror Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri uchun majburiy boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sud qarorlari Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlari oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu bilan bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investori oʻrtasida birinchi Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida oʻsha investor tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan yuzaga kelgan har qanday qonuniy nizoni Investitsion nizolarni kelishuv yoʻli bilan hal etuvchi Xalqaro markazga yoki Vashingtonda 1965-yil 18-martda ochilgan “Davlatlar va boshqa davlatlarning fuqarolari oʻrtasidagi investitsion nizolarni hal etuvchi Konvensiya”ga koʻrib chiqish uchun taklif qilishga rozilik beradi. Nizo yuzaga kelgunga qadar bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investori tomonidan nazorat qilinayotgan investori, Konvensiyaning 25 (2-b) moddasiga muvofiq Konvensiya maqsadlarini bajara borgan holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlari ega boʻlgan huquqlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning kelishuviga binoan ushbu Shartnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ahdlashuvchi Tomonlar shunday oʻzgartirish va qoʻshimchalarning qonuniy kuchga kirganligi xususida har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligida koʻzda tutilgan huquqiy tartibotlarning bajarilganligi toʻgʻrisida nota almashadilar. Soʻnggi nota olingan kun kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning kuchga kirgan sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Shartnomaning, qonuniy kuchga kirishi, amal qilish muddati va amalini toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomaning kuchga kirishi xususida har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligida koʻzda tutilgan huquqiy tartibotlarning bajarilganligi toʻgʻrisida nota almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi nota olingan kun ushbu Shartnomaning kuchga kirgan sanasi xisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnoma oʻn yil mobaynida amalda boʻladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni belgilangan muddat tugashidan oʻn ikki oy avval oʻzining ushbu Shartnomaning amalini toʻxtatish niyati haqida yozma ravishda ogohlantirmasa, Shartnomaning amal qilish muddati avtomatik tarzda navbatdagi besh yillik davrlarga choʻzilaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Shartnoma bekor qilingan taqdirda 1 — 12-moddalarda qayd etilgan qoidalar ushbu Shartnoma amali toʻxtatilgunga qadar amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan keyingi oʻn yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1996-yil 23-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek, latish va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomani talqin etish maqsadlarida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)