Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati
bir Davlat fuqarolarining va shirkatlarining ikkinchi Davlat hududida katta sarmoyalari uchun qulay shart-sharoit yaratishini istab,
xalqaro kelishuvga muvofiq bunday sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish shaxsiy tadbirkorlik tashabbusini ragʻbatlantirishga va har ikki mamlakatning gullab-yashnashiga koʻmaklashishini tan olib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Tavsiflar
Tavsiflar
Ushbu Bitim maqsadlari uchun:
a) “Sarmoyalar” atamasi mulkning barcha xillarini,shu jumladan istisno boʻlmagan:
(I) koʻchirib boʻladigan va koʻchmas mulk, uning barcha huquqlari bilan yaʼni ipoteka singari qarz uchun mulkni ushlab turish yoki garov huquqi;
(II) aksionerlik shirkatlarning aksiyalari, kapitali, obligatsiyalari yoki shirkatlarda ishtirok qilishning har qanday boshqa shakllari;
(III) pullik talab yoki moliyaviy qiymatga ega har qanday faoliyatga kontrakt doirasidagi talab;
(IV) intellektual mulk huquqi, “gudvil”, texnologik jarayonlar va “nou-xau”;
(V) qonunga muvofiq yoki kontraktga asosan berilgan ishli konsessiyalar, jumladan tabiiy boyliklarni izlab topish, ishlov berish, qazib olish va ulardan foydalanish konsessiyalarini qoʻshgan holda;
Sarmoyalanayotgan mulk shaklining oʻzgartirilishi, uning sarmoya xususiyatini oʻzgartirmaydi va “sarmoya” atamasi ushbu Bitim kuchga kirishidan oldin ham, undan keyin ham, amalga oshirilgan barcha sarmoyalarni qamrab oladi.
b) “daromadlar” atamasi sarmoyadan olingan pul miqdorini anglatadi, ammo istisno tariqasida emas, xususan foyda, foizlar sarmoyadan olingan daromadlar, gonorarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni anglatadi;
v) “fuqarolar” atamasi quyidagilarni anglatadi:
(I) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan: Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi maqomini olgan jismoniy shaxslar;
(II) Birlashgan Qirollikka nisbatan: Birlashgan Qirollikda amaldagi qonunchilikka kura Birlashgan Qirollik fuqarosi maqomini olgan jismoniy shaxslar;
g) “shirkat” atamasi quyidagilarni anglatadi:
(I) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan: Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan va investitsiyani amalga oshirish huquqi boʻlgan, yuridik shaxslar, jumladan firmalar, korporatsiyalar, tijoriy uyushmalar va amaldagi qonunchilik asosida tasdiqlangan yoki tuzilgan boshqa tashkilotlar;
(II) Birlashgan Qirollikka nisbatan: Birlashgan Qirollikning har qanday qismida yoki 12-moddaning nizomlariga muvofiq, ushbu Bitim taʼsiri oʻtadigan Birlashgan Qirollikning har qanday hududida amaldagi qonunlarga binoan tuzilgan korporatsiyalar, firmalar va uyushmalar;
d) “hudud” atamasi quyidagilarni anglatadi:
(I) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan: Xalqaro huquqqa asoslanib, oʻz suveren yoki yurisdiksiyasidagi huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududi.
(II) Birlashgan Qirollikka nisbatan: Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyani, shu hisobda Birlashgan Qirollikning hududiy suvlari va ostidagi yerlar, u ilgari yoki kelgusida Birlashgan Qirollikning milliy qonunchiligi bilan belgilangan hududi sifatida hamda xalqaro qonunga muvofiq dengiz lojasi yoki zaminiga va tabiiy zaxiralariga va 12-moddaning koʻrsatmasiga muvofiq ushbu Bitim taʼsir qiladigan har qanday hududga nisbatan oʻzining suveren huquqlarini yuritadi.
2-modda
Sarmoyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish
Sarmoyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida ikkinchi bir Ahdlashuvchi Tomonga fuqarolar va shirkatlarga sarmoya joylashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi, ragʻbatlantiradi va qonun bergan oʻzining huquqlariga muvofiq bunday kapital qoʻyilmalarga yoʻl beradi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomondan fuqarolar yoki shirkatlarning sarmoyalariga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida adolat va teng huquqlilik munosabati va toʻliq himoya va xavfsizlik taʼminlanadi. Ahdlashuvchi Tomondan hech biri hech qachon oʻz hududida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki shirkatlari sarmoyalarini boshqarish, taʼminlash, foydalanish, daromad olish yoki unumli sarf qilishga nisbatan asossiz yoxud kamsituvchi tadbirlarni qoʻllamaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki shirkatlari sarmoyalariga nisbatan qabul qilinishi mumkin boʻlgan har qanday majburiyatni bajaradi.
3-modda
Milliy tartibot va mumkin qadar qulaylik berish tartibotining qoidalari
Milliy tartibot va mumkin qadar qulaylik berish tartibotining qoidalari
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri oʻz hududida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari yoki shirkatlarining sarmoyalari va daromadlariga oʻzining fuqarolari yoki shirkatlari sarmoyalariga yoxud daromadlariga nisbatan, har qanday uchinchi mamlakat fuqarolari yoki shirkatlarining sarmoyalari va daromadlariga berilgan eng qulay sharoitli tartibotdan kam boʻlmagan tartibot taqdim etmaydi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki shirkatlari sarmoyalarini boshqarish, taʼminlash, foydalanish, daromad olish yoki unumli sarf qilishga nisbatan oʻzining fuqarolari yoki shirkatlari yoxud har qanday uchinchi mamlakat fuqarolari yoki shirkatlari uchun yaratilgan qulay sharoitli tartibotdan kam boʻlmaganini taqdim etmaydi.
3. Bu hisobda ikkilanishning oldini olish uchun yuqorida 1 va 2-bandlarda bayon etilgan tartibot ushbu Bitimning 1 — 11-moddasigacha tatbiq etilishi tasdiqlanadi.
4-modda
Zarar oʻrnini toʻldirish
Zarar oʻrnini toʻldirish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki shirkatlarining sarmoyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida joylashganda, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida sodir bulayotgan urush yoxud boshqa qurolli toʻqnashuv, inqilob, favqulodda vaziyat, qoʻzgʻolon, gʻalayon va toʻpolon oqibatida sarmoyalar zararlansa, u ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tarafidan restitutsiya, kompensatsiya oʻrnini toʻldirish yoki boshqa toʻlovlar bilan eng qulay tartibotda qoplansada, u ushbu Ahdlashuvchi Tomonning oʻz fuqarolari yoki shirkatlariga yoxud har qanday uchinchi mamlakat fuqarolari yoki shirkatlariga taqdim etilayotgan tartibotdan kam boʻlmaydi. Bunday toʻlovlar erkin oʻtkaziladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandi mazmunini oʻzgartirmasdan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarolari va shirkatlari 1-bandda sanab oʻtilgan har qanday vaziyatda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida quyidagicha zarar koʻrsalar:
a) ularga tegishli mulkni boshqa Tomon kuchlari yoki hokimiyat tomonidan musodara qilinganda, yoki
b) ularga tegishli mulk boshqa Tomon kuchlari yoki hokimiyati tomonidan vayron etilsa, hamda bu hol bosqinchilik harakatini koʻzlab yoki vaziyat taqozosi bilan sodir etilmagan boʻlsa, unda ular restitutsiya qilinadi, yoxud shunga aynan oʻxshashi bilan oʻrni toʻldiriladi. Soʻnggi toʻlovlar erkin oʻtkaziladi.
5-modda
Majburiy tarzda tortib olish
Majburiy tarzda tortib olish
1) Har qanday Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki shirkatlarining sarmoyalari milliylashtirilmaydi va majburiy tarzda tortib olinmaydi yoki majburiy tarzda tortib olish oqibatlariga oʻxshash choralarga duchor qilinmaydi, (bundan keyin “majburiy tarzda tortib olish” deb nomlanadi) yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ushbu Tomonning ichki zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy maqsadlaridan boʻlak hollarda, oʻz vaqtida kamsitmaslik asosida aynan bir xil va samarali oʻrnini toʻldirishga loyiq boʻladi. Bunday kompensatsiya majburiy tortib olingan yoki majburiy tortib olishdan bevosita oldin, yoxud kelajakdagi majburiy tortib olish oshkor boʻlishidan oldin joylashgan sarmoyaning haqiqiy qiymatiga mos keladi va toʻlov sanasigacha normal tijoriy kurs boʻyicha foizlarni oʻz ichiga oladi, toʻxtovlarsiz, samarali amalga oshiriladigan va erkin oʻtkaziladigan boʻladi. Majburiy tarzda tortib olishdan zarar koʻrgan fuqarolar yoki shirkatlar, majburiy tarzda tortib olishni oʻtkazayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga binoan, shu tomonning sud yoki boshqa mustaqil hokimiyati tegishli koʻrib chiqilishiga huquqlari boʻlib, ularning ishlari va sarmoyalarining qiymatlari ushbu band bilan belgilangan tegishli qoidalarga muvofiq baholanadi.
2) Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududining har qanday qismida qonunlarga binoan tuzilib amal qilayotgan shirkatning sarmoyalarini majburiy tarzda tortib olsa, va ushbu shirkatning aksiyalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari yoki shirkatlari ega boʻlsa, shunday fuqarolar yoki shirkatlarga nisbatan mazkur moddaning 1-bandi oʻz vaqtida aynan bir xil va samarali toʻldirishlar haqidagi qoidalarni kuchga kiritadi.
6-modda
Sarmoyalar va daromadlarning oʻz oʻrniga qaytishi
Sarmoyalar va daromadlarning oʻz oʻrniga qaytishi
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki shirkatlari sarmoyalariga munosabatda boʻlishda ularning sarmoyalarining va daromadlarining erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi. Oʻtkazishlar sarmoyalar qaysi valyutada amalga oshirilsa, yoki sarmoya kirituvchi va tegishli Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, har qanday boshqa erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi. Oʻtkazishlar, agar sarmoya qiluvchi rozi boʻlmasa, oʻtkazish sanasida amalda boʻlgan almashuv kursi boʻyicha,almashuv qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
7-modda
Istisnolar
Istisnolar
Ushbu Bitimning qoidalari, har qaysi Ahdlashuvchi Tomoni yoki har qanday uchinchi davlat fuqarolari va shirkatlariga berilgan eng qulay sharoitli tartibotga nisbatan kam boʻlmagan tartibot berilganda, birorta ham Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari va shirkatlarini boshqa Tomonga har qanday afzallik yoki yengillik tartibotini tatbiq etishga majbur etmaydi, chunonchi:
a) Ahdlashuvchi Tomondan istagan biri har qanday mavjud yoki kelajakda yaratiladigan bojxona ittifoqi yoxud shunga oʻxshash xalqaro kelishuv aʼzosi boʻla olishi yoxud,
b) Soliq solish shartlariga toʻliq yoki asosan tegishli har qanday xalqaro kelishuv yoki shartnoma yoxud ichki qonunchilik bilan bogʻliq soliq solish shartlarining toʻliq yoki asosan tegishlisi boʻlganda.
8-modda
Sarmoya qiluvchi va qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi nizolarni hal qilish
Sarmoya qiluvchi va qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi nizolarni hal qilish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi yoki shirkati va boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida oxirgisining ushbu Bitimdagi avvalgi sarmoyalarga nisbatan oʻzaro kelishuv orqali hal etilmagan nizolariga tegishli majburiyatlari fuqaroning yoki shirkatning xohishiga binoan, daʼvo ochish haqidagi yozma bildirishdan uch oy oʻtgandan keyin xalqaro hakamlar sudiga oshiriladi.
2. Daʼvo xalqaro hakamlik sudiga oshirilayotgan paytda fuqaro yoki shirkat va javobgar Ahdlashuvchi Tomon daʼvo boʻyicha oʻz daʼvolarini yoxud:
a) Sarmoya nizolarini hal qilish boʻyicha Xalqaro Markazga (1965-yil 18-martda Vashington shahrida imzolash uchun ochiq boʻlgan Davlatlar va boshqa Davlatning fuqarolari oʻrtasidagi sarmoya nizolarini hal etish toʻgʻrisidagi Konvensiya qoidalarini qoʻllash mumkin boʻlgan joyda, va Maʼmuriy Yarashtirish toʻgʻrisidagi Qoʻshimcha Nizom, Hakamlik sudi va Nazorat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tan olib); yoxud,
b) Xalqaro Savdo Palatasining Hakamlar sudiga; yoxud
v) Tomonlarning kelishuviga muvofiq saylangan sud, xalqaro hakamga yoki ad hoc hakamlik tribunaliga , maxsus bitim bilan tayinlangan yoki tashkil boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi komissiyasining Hakamlik reglamentiga muvofiq murojaat qila oladi.
Agar daʼvo haqida yozma bildirilgan kundan uch oy oʻtgandan soʻng, ishni hal etishda yuqorida qayd etilgan taomillardan birortasi boʻyicha kelishuvga erishilmasa, daʼvo u yoki bu tomon fuqarosi yoki shirkatning yozma iltimosiga binoan, bahslashuvchi tomon sifatida daʼvo berilgan paytda amaldagi xalqaro savdo huquqining Hakamlik reglamentiga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti komissiyasining Hakamlik sudiga topshiriladi. Tomonlar bu qoidalarni oʻzgartirish istagini yozma ravishda bildirib murojaat qilishlari mumkin.
9-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolar
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolar
1. Ushbu Bitimni sharhlash yoki qoʻllash masalasida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida paydo boʻlgan nizolar, imkoniyati boricha diplomatik yoʻllar bilan tartibga solinishi lozim.
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizoni bunday yoʻl bilan hal etib boʻlmasa, xohlagan Tomonning iltimosiga koʻra, ish tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq saylangan hakamlik sudiga oshiriladi.
3. Bunday hakamlik sudi har alohida vaziyat uchun quyidagi yoʻl bilan tashkil etiladi: Hakamlik sudi haqida arznoma olingan kundan boshlab ikki oy mobaynida har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan sud aʼzosini tayinlaydi. Sudning bu ikki aʼzosi uchinchi mamlakatning fuqarosini saylaydilar, u ikki Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan sud raisi qilib tayinlanadi. Sud raisi sudning boshqa ikki aʼzosi tayinlangan kundan ikki oy ichida tayinlanishi shart.
4. Agar ushbu moddaning uchinchi bandida keltirilgan tayinlashlar oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri, Xalqaro Sud Prezidentining koʻzda tutilgan boshqa shartnomalari boʻlmagan taqdirda, yuqorida keltirilgan tayinlashlarni amalga oshirish uchun taklif qilishlari mumkin. Agar Prezident Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki qaysidir boshqa sabablarga koʻra, yuqoridagi ishni olib bora olmasa, unda zarur tayinlashlarni amalga oshirish uchun Vitse-Prezident taklif qilinadi. Agar Vitse-Prezident Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki qaysidir sabablarga koʻra qayd qilingan ishni bajara olmasa, uni bajarish uchun mavqeyi boʻyicha Vitse-Prezidentdan keyin turgan va Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-birining fuqarosi boʻlmasa taklif etiladi.
5. Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq saylangan hakamlik sudi koʻpchilik ovoz bilan oʻz qarorini qabul qiladi. Bunday qaror har qaysi Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiydir. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining sud aʼzosiga doir barcha xarajatlarni oʻzi qoplaydi; va hakamlik ishida oʻzining vakolatlantirilganligi boʻyicha, ishni muhokama qilish davrida sud raisiga sarflanadigan xarajatlarni va qolgan xarajatlarni tomonlar teng qismda koʻtaradilar. Shunday boʻlsa ham, sud xarajatlarining katta qismini toʻlashni Ahdlashuvchi Tomonlarning biriga topshirish haqida hukm chiqarish va bu hukm har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiy xususiyatga ega boʻlishi mumkin. Ishni koʻrib chiqish tartibini tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq saylangan hakamlik sudining oʻzi belgilaydi.
10-modda
Subrogatsiya
Subrogatsiya
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoki uning tayinlangan vakili (“Birinchi Ahdlashuvchi Tomon”) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning (“ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon”) hududida sarmoyalarga nisbatan toʻlovlarni qoplashni amalga oshirgan hollarda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon quyidagilarni tan oladi:
a) Qonun yoki qonuniy muomalalar boʻyicha mablagʻ sarflovchining va tovon olayotgan tomonning barcha huquqlari birinchi Ahdlashuvchi Tomonga oʻtishini, va
b) Birinchi Ahdlashuvchi Tomon ham tovon olayotgan Tomon singari, subrogatsiya qoidasiga muvofiq, bunday huquqlarni amalga oshirishi mumkin, hamda shunday talablar quyishi mumkin.
2. Birinchi Ahdlashuvchi Tomon barcha vaziyatlarda quyidagilarga nisbatan shu kabi tartibot huquqini qoʻlga kiritadi:
a) shunday oʻtkazishga muvofiq oʻzi talab qilayotgan huquq va talablarni va
b) shunday huquq va talablar natijasida olingan har qanday toʻlovlarni, shuningdek tovon olayotgan Tomon singari, ushbu Bitim boʻyicha sarmoya va u bilan bogʻliq daromadlarga nisbatan tovon olish huquqiga ega.
3. Birinchi Ahdlashuvchi Tomonning olayotgan huquq va talablari boʻyicha erkin muomalada boʻlmagan valyutadagi olayotgan har qanday toʻlovlari birinchi Ahdlashuvchi Tomonga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida paydo boʻladigan xarajatlarni qoplash uchun mumkin boʻlishi kerak.
11-modda
Boshqa qoidalarni qoʻllash
Boshqa qoidalarni qoʻllash
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunchiligidagi qoidalari yoki majburiyatlari joriy xalqaro qonunchilik yoki Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ushbu Bitimga qushimcha sifatida qabul etilgan umumiy yoxud maxsus qoidalarni tashkil qilsa, bu esa ushbu Bitim asosida berilgan tartibotga koʻra, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari yoki shirkatlarining sarmoyalariga yanada qulayroq tartibotni bersa, bunday qoidalar oʻta qulayligi bilan ushbu Bitimdan afzalroq boʻladi .
12-modda
Hududiy tarqalishi
Hududiy tarqalishi
Mazkur Bitim qoidalari ushbu Bitim imzolanishi vaqtida yoki undan keyin xohlagan Xalqaro munosabatlar uchun javobgarligi Birlashgan Qirollik Hukumati zimmasida boʻlgan hududlarga tarqaladi va u Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida notalar bilan almashish tarzida shartlanishi mumkin.
13-modda
Kuchga kirish
Kuchga kirish
Ushbu Bitim imzolangan kuni kuchga kiradi.
14-modda
Faoliyat muddati va uning tugashi
Faoliyat muddati va uning tugashi
Ushbu Bitim oʻn yil muddatda oʻz kuchida qoladi. Bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning toʻxtatilishi toʻgʻrisida yozma xabar bergan kundan boshlab oʻn ikki oy muddat oʻtguncha Bitim oʻz kuchida qoladi. Ushbu Bitim kuchda boʻlgan sarmoyalarga nisbatan, uning qoidalari Bitim harakati toʻxtatilgan kundan keyin ham yigirma yil muddat ichida oʻz kuchida qolib, umumiy xalqaro huquq qoidalarining qoʻllanishiga muvofiq taxminlarsiz xizmat koʻrsatadi.
Quyidagilarni tasdiqlab, oʻz hukumatlaridan tegishlicha vakolatlanganlar ushbu Bitimni imzoladilar.
London shahrida, 1993-yil 24-noyabrda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, har ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
(imzolar)