24.11.1993 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati oʻrtasida tuzilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo qatnovi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1944-yilning 7-dekabrida Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Konvensiyasining tomonlari boʻlgani holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida havo qatnovini yoʻlga qoʻyish maqsadida yuqorida uqtirilgan Konvensiyaga qoʻshimcha ravishda Bitim tuzish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar matnda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitimning maqsadlari yoʻlida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Chikago Konvensiyasi” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va oʻz ichiga quyidagilarni oladi: (I) 94-moddaning a)-bandiga muvofiq kuchga kirgan va ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar eʼtirof etgan har qanday tuzatishni, va (II) Konvensiyaning 90-moddasiga muvofiq qabul qilingan har qanday Ilova va unga kiritilgan tuzatishni, bunday tuzatish va Ilova ikkala Ahdlashuvchi Tomonga har qanday vaqtda qaysi darajada kuchga egaligiga bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Fuqaro Aviatsiyasining Bosh direktorini va Birlashgan Qirollikka nisbatan Transport vazirini, 7-modda maqsadlariga koʻra Fuqaro Aviatsiyasi Maʼmuriyatini yoki har ikkala tomonga nisbatan yuqorida uqtirib oʻtilgan maʼmurlar bajaradigan yoki shunga oʻxshash vazifani amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “tayinlangan aviakorxona” atamasi ushbu Bitimning 4-moddasiga muvofiq tayinlangan va vakolat berilgan aviakorxonani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “hudud” atamasi Davlatga nisbatan Chikago Konvensiyasining 2-moddasida koʻrsatib oʻtilgan maʼnoni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona”, “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari Chikago Konvensiyasining 96-moddasida tegishli ravishda koʻrsatib oʻtilgan maʼnolarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “ushbu Bitim” atamasi oʻz ichiga Ilovani va ushbu Bitimga yoki Ilovaga kiritilgan tuzatishlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Chikago Konvensiyasining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning qoidalari xalqaro havo qatnovida qaysi darajada qoʻllanilishiga qarab Chikago Konvensiyasining qoidalariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Huquqlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi bir Ahdlashuvchi Tomonga xalqaro havo qatnovidan foydalanish chogʻida unga tegishli boʻlgan quyidagi huquqlarni beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uning hududida tijoratga taalluqli boʻlmagan maqsadlarda qoʻnish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi bir Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitim davomida koʻrsatilgan, ushbu Bitim Ilovasiga alohida kiritilgan boʻlimda keltirilgan yoʻnalishlarda xalqaro havo qatnovidan foydalanish maqsadlarida huquqlar beradi. Bunday qatnovlar va yoʻnalishlar bundan buyon “belgilangan yoʻnalishlar” va “shartlashilgan yoʻllar” deb ataladi. Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshirish davomida har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ushbu Bitimning 1-bandida keltirilgan huquqlarga qoʻshimcha ravishda ushbu Bitim yoʻnalishlar jadvalida keltirilgan Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi manzillarda tayyoraga yoʻlovchi, yuk va pochta olish va tushirish maqsadida toʻxtash huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu modda 2-bandining hech qaysi bir qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi bir manzilga olib borish uchun yoʻlovchilar, yuk va pochta olish huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi harbiy ixtilof, siyosiy tartibsizliklar, oʻziga xos yoki gʻayrioddiy holatlar oqibatida belgilangan yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tegishli vaqtinchalik yoʻnalishlarni tashkillash orqali bunday qatnovning amalga oshirilishi uchun bor imkoniyatini ishga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Aviakorxonani tayinlash va unga vakolat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma tarzda xabardor etgan holda bir yoki bir necha aviakorxonani tayinlash, bunday tayinlashni bekor qilish yoki boshqasiga almashtirish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday tayinlash toʻgʻrisidagi xabarni olganidan soʻng boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxona yoki aviakorxonalarga parvozlarni amalga oshirish uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan u xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida Chikago Konvensiyasining qoidalariga muvofiq odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonunlar va qoidalarda koʻrsatilgan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustun egalik qilish va uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarga ruxsat berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 3-modda 2-bandida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanish chogʻida bajarilishi zarur deb hisoblaydigan shartlar ijro etilishini talab qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tayinlangan va ruxsatnoma olgan aviakorxona ushbu Bitimning qoʻllanilishi lozim boʻlgan talablarini bajarish sharti bilan shartlashilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Parvozga doir ruxsatnomalarni bekor qilish yoki amalda toʻxtatib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ushbu Bitimning 3-modda 2-bandida keltirilgan huquqlardan foydalanishini bekor qilish yoki amalda toʻxtatib qoʻyish yoki oʻsha huquqlardan foydalanish chogʻida quyida keltirilgan hollarda oʻzi zarur deb bilgan shartlar bajarilishini talab qilish huquqiga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish ushbu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga tegishli ekanligiga komil ishonchda boʻlmagan har qanday holda; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tayinlangan aviakorxona oʻsha huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonun va qoidalariga rioya etmasa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) agar tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimda koʻrsatib oʻtilgan parvozlarni qaysidir sabablarga koʻra amalga oshirmayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar huquqlarni bekor qilish, amalda toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandi shartlari bajarilishini talab qilish qonun-qoidalarning bundan buyon yana buzilishiga zaruriy ogohlantirish deb topilmasa, bunday huquqlardan boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlardan soʻng foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Shartlashilgan yoʻllarda parvozlarni boshqarish prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasidagi shartlashilgan yoʻllarda belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarni amalga oshirishda Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga haqqoniy va teng imkoniyatlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllardan foydalanayotganda xuddi shu yoʻnalish yoki uning bir qismida undan keyin parvozlarni amalga oshirayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga ziyon yetkazmaslik uchun uning manfaatlarini ham nazarda tutishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning shartlashilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshiruvchi tayinlangan aviakorxonalarining tashuv hajmi belgilangan yoʻnalishlardagi tashuvga boʻlgan ehtiyojlarga muvofiq kelishi va har bir aviakorxona oʻzini tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududida tayyoraga chiqarilgan yoki tushirilgan yoʻlovchilar, yuk va pochta tashishga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun yetarli hajm taʼminlanishini oʻz oldiga birinchi darajali oqilona vazifa qilib qoʻyishi lozim. Aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududida tayyoraga olingan va boshqa Mamlakatlar hududidagi belgilangan yoʻnalishlardagi manzillarda tushiriladigan yoʻlovchilar va yuk hamda pochta tashish talablari umumiy prinsiplar asosida amalga oshirishi lozimki, bunda hajm:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududiga yoki undan tashqariga tashilishi lozim boʻlgan ehtiyojga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shartlashilgan yoʻllar oʻtadigan oʻlkaning tashuvga boʻlgan ehtiyojlari, bunda oʻsha oʻlkani oʻz ichiga qamrab oladigan Mamlakatlar aviakorxonalari tomonidan amalga oshiriladigan boshqa transport xizmatlari ham inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) aviakorxonaning tranzit tashuvlari ehtiyojlariga muvofiq kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tariflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) “Tarif” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) (pochtani oʻz ichiga olmagani holda) yoʻlovchi, yoʻlovchilar yuki va yuk tashishga sarflanadigan qiymatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) bunday tashuv bilan birga mavjud boʻlgan yoki tasodifiy yo boʻlishi lozim boʻlgan qoʻshimcha narsalar, xizmatlar yoki boshqa foydalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) ana shunday qoʻshimcha narsalar, xizmatlar yoki foydalarga toʻlanadigan qiymatlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va bunday narsalar, xizmatlar yoki foydalarning mavjud boʻlishi yoki yaratilishi va bunday qiymat qoʻllanilishini boshqarish qoidalarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) muntazam havo qatnovida tashuvlarni amalga oshirish uchun chiptalar sotganligi uchun yoki yoʻnalish, hisob qogʻozlarini tayyorlaganligi uchun agentga toʻlangan komission xizmat qiymatini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qiymat yoki narxlar parvozlar amalga oshiriladigan mavsum, haftaning kuni yoki kunning vaqti, amalga oshiriladigan parvozning yoʻnalishi yoki boshqa omillar bilan bogʻliq boʻlgan paytda u tegishli maʼmurlarning oʻz qoidalarini alohida kiritgan-kiritmaganligiga qaramasdan har bir farq qiluvchi narx yoki qiymat alohida deb sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan ularning hududlari oʻrtasida tashuvlarni amalga oshirish uchun qoʻllaniladigan tariflar Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanilishi lozim va ular shartlashilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshirishga sarflanadigan qiymatni, foydalanuvchilar manfaatlarini, oqilona foydani va bozor sharoitlarini oʻz ichiga olgani holda barcha tegishli omillarga asoslanib oqilona meʼyorda oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandida keltirilgan tariflar tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida maslahatlashuvlar yoʻli bilan tasdiqlanishi lozim. Shunga qaramasdan, tayinlangan aviakorxona boshqa tayinlangan aviakorxona yoki aviakorxonalarning roziligini ololmasa, moʻljallangan tarifni qoʻllashiga va aviatsiya maʼmurlarining buni tasdiqlashiga hech narsa toʻsqinlik qilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlari oʻrtasida tashuvlarni amalga oshirish uchun kiritilishi taxmin qilinayotgan, tasdiqlanishi lozim boʻlgan tarif tayinlangan aviakorxona tomonidan Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga shunday koʻrinishda taqdim etilishi lozimki, bunda Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 1-bandida keltirilgani boʻyicha mufassallikni topa olishsin. U haqiqiy joriy qilinishidan 30 kundan kam boʻlmagan muhlat (yoki Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari rozilik bergan bundan kamroq muddat) ichida taqdim etilishi lozim. Har bir kiritilishi taxmin etilayotgan tarif boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ushbu taqdim toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan birinchi Ahdlashuvchi Tomondan taqdim etildi deb hisoblaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. a) Har bir yangi tarifni Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari istalgan bir vaqtda tasdiqlashlari mumkin. Bashartiki, tarif taqdim etilgandan soʻng 20 kun ichida taxminiy tarifning tasdiqlanmaganligi toʻgʻrisidagi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga yozma xabarnomani olmagan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomondan tarif tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma ham olinmagan boʻlsa va bunday tasdiq ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq yuborilgan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomon tarif taqdimini oldi deb sanalgan kundan soʻng 21 kundan boshlab boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarifni joriy qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ushbu moddaning 4-bandida keltirilgan koʻrinishdagi, biroq keltirib oʻtilgan eng kam muxlatga amal qilinmasdan taqdim etilgan taxminiy tarif boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tomonidan taqdim qabul qilinganining 21 kuni tasdiqlangan deb hisoblaniladi, basharti,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(I) taqdim olingan kundan boshlab 15 kun ichida aviakorxona tarif taqdim etishning eng kam muddatiga amal qilgani holda taxminiy tarifni qayta taqdim etishi xususida xabarnoma olmagan boʻlsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(II) tarif taqdim etgan Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga taqdimni qabul qilgan kundan boshlab 20 kun ichida oʻzining noroziligi toʻgʻrisida yozma bildirish bermagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari har bir tarif tasdigʻiga uning amal muddati yakuni toʻgʻrisidagi oʻz fikrini qoʻshib qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agarda ushbu moddaning 5-bandi qoidalariga muvofiq tarif tasdiqlanmaganligi toʻgʻrisida bildirish olingan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari uni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishlari mumkin. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tarif tasdiqlanmaganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgandan soʻng 30 kun ichida maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishi mumkin, bunday maslahatlashuvlar talab tushgan kundan eʼtiboran 30 kun ichida oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aviatsiya maʼmurlarining biri tomonidan ushbu moddaning 5-bandida keltirilganiga muvofiq tarif tasdiqlanmagan boʻlsa va aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 7-bandiga muvofiq tariflarni belgilash toʻgʻrisida bir qarorga kela olmasalar, bu bahs ushbu Bitimning 14-moddasiga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu moddaning 10-bandiga binoan belgilangan tarif manfaatdor aviakorxona tomonidan bekor qilinmaguncha yoki yangi tarif oʻrnatilmaguncha kuchda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro roziliklari asosida kelishib olgan holdan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tarif 12 oydan koʻproq amalda boʻladigan belgilangan muddatga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalari ikkinchi bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga yangi tarifning belgilanishiga oid bildirish bergan kundan boshlab 12 oydan koʻp boʻlmagan muhlatga ega boʻlgan holda tarif muddati 9-moddaga binoan uzaytirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11 a) Ahdlashuvchi Tomonning hududidan uchunchi Mamlakat hududi oʻrtasida har qanday yoʻnalish boʻyicha tashishda bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan qoʻllaniladigan tarif ikkinchi bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga, kezi kelganda esa uchunchi Mamlakatga tasdiq uchun taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bunday tashishni amalga oshirishda tayinlangan aviakorxona tomonidan bu tarifni amalda qoʻllash sanasidan 45 kun oldin (yoki ularning aviatsiya maʼmurlari kelishuviga qarab bundan kamroq muddat boʻlishi mumkin) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan mufassallikni topa oladigan koʻrinishda taqdim etilmagan taxminiy tarif tasdiqlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Bunday tashishga tarifni tasdiqlagan Ahdlashuvchi Tomon ushbu tarif tasdigʻini 90 kunlik muddat bilan tarifni qoʻllayotgan Ahdlashuvchi Tomonga shu muddat tugashi bilan bu tarif tasdigʻi oʻz amaliy faoliyatini toʻxtatish sharti bilan oʻz tasdigʻini bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Bojxona soliqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalari tomonidan xalqaro havo qatnovini amalga oshirishda foydalanilayotgan havo kemasi quyida keltirilgan hollarda barcha bojxona soliqlari, davlat aksiz soliqlaridan va shuning singari boshqa davlat yigʻimlaridan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga olib kirilgan quyidagi buyumlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(I) sozlash, texnik xizmat uskunalari va tarkibiy qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(II) yoʻlovchilar moslamalari va ularning tarkibiy qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(III) yuk ortuvchi moslamalar va ularning tarkibiy qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(IV) xavfsizlik moslamalari va ularga biriktirish uchun tarkibiy qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(V) oʻquv qoʻllanmalari va mashq moslamalari; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga olib kirilgan yoki bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan paytida yetkazib berilgan quyida keltirilgan narsalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(I) xoh ular boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida kemaga olingan, xoh olib kirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, (oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki singari narsalarni oʻz ichiga olgani hamda cheklanmagani holda) tayyora zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(II) yoqilgʻi, surtiluvchi moylar va kundalik texnik zaruratlar zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(III) yurgizish moslamalarini oʻz ichiga olgani holda ehtiyot qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat har bir holatda yuqorida nomlari zikr etilgan buyumlar tayyora bortida ishlatilish yoki manfaatdor aviakorxona tomonidan xalqaro havo qatnovini oʻrnatish yoki amalga oshirib turishda xalqaro tayyoragoh limitlari darajasida boʻlish sharti bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona soliqlari, davlat aksiz soliqlari va shuning singari yigʻimlardan ozod qilish bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga (aviakorxonalariga) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida koʻrsatilgan xizmatlar qiymatlariga asoslangan xarajatlarga aslo tegishli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan anjomlar va zaxiralar tegishli maʼmurlarning nazorati ostida joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida boshqa aviakorxona yoki aviakorxonalar bilan ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan narsalarni qarzga olsa yoki bir-biriga oʻtkazsa, oʻsha aviakorxona yoki aviakorxonalar shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning soliqlardan ozod qilish huquqidan xuddi shu yoʻsinda foydalanishga haqqi boʻlganda yuqorida zikr etilgan aviakorxona yoki aviakorxonalar uchun ushbu moddada koʻrsatilgan soliqlardan ozod qilish oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro havo qatnovi parvozlari uchun avvalgi asosiy talab boʻlib, Fuqaro havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari xavfsizligiga komil ishonchda boʻlmoq maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar (batafsilroq, ularning Chikago Konvensiyasiga muvofiq majburiyatlari, chunonchi: 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi kurash haqidagi Konvensiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilishning havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishini oldini olishda bir-birlariga koʻmak beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maqbul keladigan darajada Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi boʻyicha Konvensiyaga Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi Namunalariga muvofiq ish koʻradilar; ular asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro tayyoragohlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar. Ushbu bandda keltirilgan aviatsiya xavfsizligiga boʻlgan izohot manfaatdor Ahdlashuvchi Tomon kiritgan oʻzgarishlarni ham oʻz ichiga oladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon birorta oʻzgarishni kiritish toʻgʻrisidagi oʻz xohishini oldindan boshqa Ahdlashuvchi Tomonga xabar qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri oʻzining hududida turgan havo kemalarini himoya qilish, yoʻlovchilar va ularning olib ketayotgan buyumlarini, ekipaj aʼzolarini, (yoʻlovchilar qoʻl yukini oʻz ichiga olgani holda) yuk va havo kemalari zaxiralarini yuklanish yoki tushirishdan oldin yoki jarayonida ekranli moslamalarda koʻzdan kechirib tekshirib chiqish uchun samarali choralar kuradilar, toki bu choralar ularga xavf tugʻilgan paytda uning oʻsishining oldini olsin. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻzining aviakorxonasidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida ushbu moddaning 3-bandida uqtirilgan qoidalarga rioya etilishi maqsadida zarur talablar qoʻyilishiga rozidirlar. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan qarab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish orqali bir-birlariga turlicha koʻmak beradilar va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Statistika maʼlumotlari bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlarining iltimosiga binoan ushbu moddaning avvalida keltirilgan Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan shartlashilgan yoʻllarda tashilgan hajmni koʻzdan kechirib chiqish maqsadida oqilona qoʻygan talabiga binoan davriy yoki tasdiq statistik maʼlumotlarni beradi. Bunday maʼlumotlar oʻsha aviakorxonalarning shartlashilgan yoʻllarda tashigan yoʻlovchilar hajmi, ularning borish-kelish manzillarini aniqlash uchun talab qilingan barcha axborotni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Pul mablagʻlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida ishlab topilgan pul mablagʻlarining xarajatlardan ortgan daromad qismini oʻz qarorgohiga konvertatsiyalab oʻtkazish huquqiga ega boʻladi. Konvertatsiyalash va pul mablagʻlarini bunday oʻtkazishga oʻsha mablagʻlarni almashlash va oʻtkazish jarayonida mavjud boʻlgan ularning qiymati asosida cheklashlarsiz ruxsat berilishi lozim va ular bankning bunday mablagʻlarni oʻtkazishni amalga oshirish uchun meʼyorida olinadigan yigʻimlaridan tashqari boshqa xarajatlarga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Aviakorxona vakolatxonasi va tijorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning parvozga, istiqomat qilish va ish bilan taʼminlanishga taalluqli qonun va qoidalariga muvofiq uning hududida shartlashilgan yoʻllarda havo qatnovini taʼminlash uchun oʻz boshqaruvchisi, texnika va tijorat xodimlariga, ishchilar va boshqa havo qatnovini taʼminlashda zaruriy boʻlgan mutaxassis xodimlariga ega boʻlgan vakolatxonalar taʼsis etish va faoliyat koʻrsatish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida bevosita yoki aviakorxonaning xohishiga qarab, vakillar orqali havo qatnovida aviatashuvlarni sotish huquqiga ega boʻladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi mahalliy valyutaga ham, erkin konvertatsiyalanadigan valyutalarga ham ana shunday tashuvlarni sotishga, har qanday odam bunday tashuvlarni sotib olishga huquqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon istalgan vaqtda ushbu Bitimning bajarilishi, talqin qilinishi, qoʻllanilishi yoki unga tuzatish kiritish yoxud ushbu Bitimga rioya qilish borasida maslahatlashuvlar oʻtkazish soʻrovini kiritishi mumkin. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar boshqacha tarzda murosaga kelmasalar, maslahatlar talab tushgan kundan eʼtiboran 60 kun ichida oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllash yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelib chiqqan har qanday nizo birinchi navbatda bevosita muzokaralar orqali hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar muzokaralar orqali murosaga kelmasalar, oʻrtadagi bahsni hal etishni ular rozilik bergan bir necha kishi yoki tashkilotga topshirishlari lozim yoxud bu bahs Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan birining talabiga binoan quyida keltirilgan tariqa boʻyicha taʼsis etilgan uch hakamdan tashkil topgan hakamlar hayʼatining qaroriga topshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hakamlar hayʼatini tayinlash toʻgʻrisidagi talab olingandan soʻng har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan hakamni tayinlashadi. Ikki hakamning kelishuviga muvofiq uchinchi Davlat fuqarosi boʻlgan va hayʼatning Prezidenti sifatida ish koʻrishi lozim boʻlgan uchinchi hakam ikkinchi hakam tayinlangandan soʻng 60 kun ichida tayinlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Basharti, belgilangan muddat ichida hakamlardan hech qaysisi tayinlanmasa, Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri Xalqaro Sud Prezidentidan zaruriy hakamni yoki hakamlarni tayinlashni talab qilishi mumkin. Basharti, Prezident Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, u holda Prezidentning Ahdlashuvchi Tomonlar vatandoshi boʻlmagan birinchi Muovini hakam yoki hakamlar tayinlash vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddada bundan buyon keltirilganidan hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning boshqacha kelishuvidan mustasno holatda hakamlar hayʼati oʻz yurisdiksiyasining cheklanishlarini aniqlaydi va oʻz jarayonini taʼsis etadi. Tribunal fikriga qarab yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabiga binoan haqqoniy qarorni hukm qilmoq hamda undan keyingi maxsus jarayonlarni belgilash uchun majlis tribunal toʻla tashkil topgan kundan 30 kundan kechikmay boʻlib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzgacha kelishishlari hamda tribunalning koʻrsatmasini mustasno tutgan holatda Ahdlashuvchi Tomonlardan har qaysisi tribunal toʻla tashkil topganidan soʻng 45 kun ichida unga memorandum yozib topshirishlari lozim. Javoblar esa 60 kundan soʻng qaytarilishi shart. Tribunal Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabiga binoan yoki oʻzining fikriga qarab javoblar berilishi lozim boʻlgan kundan soʻng 30 kunlik muhlat ichida sud majlisini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tribunal sud majlisi oʻz ishini yakunlagan kundan soʻng 30 kun ichida yoki, agarda u oʻtkazilmagan boʻlsa ikkala memorandumga javob qaytarilgan sanadan boshlab 30 kun ichida oʻz qarorini yozma ravishda berishga harakat qiladi. Qaror koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 Ahdlashuvchi Tomonlar qarorni olganlaridan soʻng 15 kun ichida uni qaytadan koʻrib chiqish toʻgʻrisida talab qoʻyishlari mumkin va bu ish oʻsha talab tushgan kundan boshlab 15 kun ichida qaytadan koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tribunalning qarori ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiyat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzi tayinlagan hakam bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni oʻzi koʻtaradi. Tribunalning boshqa xarajatlari Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida teng boʻlinadi va u ushbu modda 2 b-bandida koʻrsatilgan jarayonlarni amalga oshirishda Xalqaro Sud Prezidenti yoki uning Bosh Muovini bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Tuzatishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning roziligi bilan ushbu Bitimga kiritilgan har qanday tuzatishlar Notalar almashish yoʻli bilan tasdiqlanganidan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Bitimga amal qilishning tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri ushbu Bitimga amal qilishni tugatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini boshqa Ahdlashuvchi Tomonga yozma ravishda berishi mumkin. Xuddi shunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Tashkilotiga ham yuborilishi lozim. Bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning xabarnomasini olgan kundan boshlab bir yil ichida ushbu Bitim amal qilish muddatini darhol yakunlaydi, basharti-ki, agar ushbu muddat tugamasdan oldin Tomonlarning kelishuviga muvofiq xabarnoma orqaga qaytib olinmasa. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti xabarnoma olganidan soʻng oʻn toʻrt kun oʻtgach boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Bitimning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab oʻz Hukumatlarining tegishlicha vakolatiga ega boʻlganlar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yilning 24-noyabrida London shahrida oʻzbek va ingliz tillarida ikki nusxada tuzildi, har ikkala matn bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)