17.06.1992 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital mablagʻlarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati (quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladilar), ikkala davlatning oʻzaro manfaati yoʻlida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir davlat investorlarining ikkinchi davlat hududidagi kapital mablagʻlari uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish niyatida, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Bitim asosida kapital mablagʻlarni ragʻbatlantirish va himoya qilish bu sohadagi amaliy tashabbuskorlikni ragʻbatlantirishini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Aniqlashlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Kapital mablagʻ” atamasi Ahdlashuvchi bir Tomonning investori ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida qoʻygan mulkiy boyliklarning barcha turlarini anglatadi va jumladan quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin faqat shulardangina iborat emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻchirib boʻladigan va koʻchmas mol-mulk, shuningdek ular bilan bogʻliq har qanday mulkiy huquqlar, chunonchi garov huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aksiyalar, omonatlar, obligatsiyalar yoki kompaniyada, korxonada yoxud qoʻshma korxonada ishtirok etishning boshqa har qanday shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pul mablagʻlari boʻyicha yoki iqtisodiy qimmatga ega boʻlgan va kapital mablagʻga tegishli har qanday majburiyatlar boʻyicha talab qilish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, tovar belgilariga, patentlarga, sanoat namunalariga, texnik jarayonlarga, nou-xau, savdoga doir sirlarga, sirlarga, firma nomlariga, shuningdek “gudvil” ga boʻlgan huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonunga asoslanadigan yoki shartnoma boʻyicha beriladigan har qanday huquqlar, jumladan tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish, ishlov berish yoki foydalanish huquqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy boyliklar qoʻyiladigan shaklning har qanday oʻzgarishi ularning kapital mablagʻ sifatida tavsiflanishiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Investor” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlarning har biriga nisbatan quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq uning fuqarosi boʻlmish mavjud shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Ahdlashuvchi Tomon hududida amal qilayotgan qonunlarga muvofiq taʼsis etilgan har qanday korporatsiyalar, kompaniyalar, firmalar, korxonalar, tashkilotlar va uyushmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ana shu mavjud shaxs, korporatsiya, kompaniya, firma, korxona, tashkilot yoki uyushma oʻzining Ahdlashuvchi Tomoni qonunlariga muvofiq ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida kapital mablagʻlar sarflay olish huquqiga ega boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Daromadlar” atamasi kapital mablagʻ sarflash natijasida olingan summani anglatadi va jumladan foydani, protsentlarni, mulk qiymati oʻsishidan tushgan daromadlarni, taqsimlanadigan foydani, royalti yoki mukofotlarni oʻz ichiga oladi, lekin faqat shulardangina iborat boʻlib qolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Kapital mablagʻlarni ragʻbatlantirish va muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz hududida kapital mablagʻ qoʻyilishi uchun ikki Ahdlashuvchi Tomonning investorlarini ragʻbatlantiradi va ularga qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi hamda oʻz qonunlariga muvofiq bunday kapital mablagʻlarga yoʻl qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining investorlari qoʻyadigan kapital mablagʻlarga hamisha adolatli va teng huquqli ish tartibi yaratib beriladi hamda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida ularning toʻla himoya qilinishi va xavfsizligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning birontasi ham oʻz hududida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon investorlarining kapital mablagʻlarini boshqarish, saqlash, foydalanish, egalik qilish yoki tasarruf etishiga asossiz yoxud kamsituvchi choralar koʻrish yoʻli bilan aslo toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimga muvofiq oʻz hududida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon investorlarining kapital mablagʻlariga nisbatan zimmasiga qabul qilishi mumkin boʻlgan har qanday majburiyatga rioya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Kapital mablagʻlar tartib-qoidasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz hududida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon investorlarining kapital mablagʻlari yoki daromadlariga oʻz investorlari yoki har qanday uchinchi davlat investorlarining kapital mablagʻlariga yoxud kapital mablagʻdan oladigan daromadlariga beradigan qulay sharoitdan qolishmaydigan tartibni yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning investorlariga oʻzlarining kapital mablagʻlarini boshqarish, saqlash, foydalanish, egalik qilish yoki tasarruf etishlariga nisbatan u oʻz investorlariga yoki har qanday uchinchi davlat investorlariga beradigan qulay sharoitdan qolishmaydigan tartibni yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ziyon yoki zararni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududida biron bir qurolli toʻqnashuv, favqulodda holat joriy etilishi yoki fuqarolar tartibsizligi natijasida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bunday investorlarga mol-mulkini tiklash, oʻrnini qoplash, tovon toʻlash hamda boshqa turdagi tartibga solish ishlariga nisbatan oʻz investorlariga yoki har qanday uchinchi davlat investorlariga beradigan qulay sharoitdan qolishmaydigan tartibni yaratib beradi. Buning natijasida olingan toʻlovlar yetarli boʻlishi, kechiktirmay amalga oshirilishi va erkin yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ekspropriatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining investorlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida qoʻygan kapital mablagʻlar davlat ixtiyoriga olish yoxud ekspropriatsiya qilish (quyida ekspropriatsiya deb ataladi) kabi oqibatlarga ega boʻlgan choralar qoʻllanilmaydi. Jamoat manfaatlarini koʻzlab shunday choralar koʻriladigan hollar bundan mustasnodir. Ekspropriatsiya qonunda belgilangan tartibda, kamsitilmaslik asosida amalga oshiriladi hamda oʻz vaqtida, yetarlicha va samarali tovon toʻlanadi. Bunday tovon miqdori ekspropriatsiya toʻgʻrisida yoki boʻlajak ekspropriatsiya haqida bevosita maʼlum boʻlgunga qadar, nima oldinroq sodir boʻlishiga qarab, ekspropriatsiya qilingan kapital mablagʻlarning haqiqiy qiymatiga mos kelishi kerak. Tovon ekspropriatsiya qilingan kundan boshlab ikki oy mobaynida toʻlanishi lozim, mana shu muddat tugagandan keyin tovon puliga oddiy tijorat darajasidagi protsentlar tovon toʻlangan kungacha qoʻshib boriladi. Tovon puli samarali tarzda realizatsiya qilinadigan va erkin yuboriladigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kapital mablagʻlariga daxl qilingan investor ekspropriatsiyani amalga oshiradigan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq unga taalluqli hodisani ana shu Ahdlashuvchi Tomonning sud organi yoki boshqa mustaqil organi tomonidan tezlikda koʻrib chiqilishi hamda ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgan qoidalarga muvofiq oʻz kapital mablagʻlari qiymati aniqlanishi huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Kapital mablagʻlar va daromadlarni yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning investorlariga oʻz hududidan har qanday erkin muomaladagi valyutada quyidagilar oʻz vaqtida yuborilishini kafolatlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kapital mablagʻlardan olinadigan daromadlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon investorining kapital mablagʻlarini sotishdan yoki ularni yoxud qisman tugatishdan hosil boʻlgan summani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kapital mablagʻ bilan bogʻliq qarzlarni uzishga toʻlanadigan summani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hududida kapital mablagʻlar qoʻyilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon fuqarolarining ish haqini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) dastlabki hissa va kapital mablagʻlarni koʻpaytirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha summalarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimning maqsadlari uchun valyuta kursi sifatida hududida kapital mablagʻ qoʻyilgan Ahdlashuvchi Tomonning amaldagi valyuta qonunlariga muvofiq mablagʻ yuborilgan sanadagi kurs qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Istisnolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim 3 va 4-moddalarining qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har qanday mavjud yoki kelgusida tashkil qilinadigan bojxona uyushmasi yoki erkin savdo zonasi yoki umumiy tashqi tarif zonasi yoki valyuta uyushmasi yoki xuddi shunday xalqaro Bitim yoxud Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri qatnashayotgan yoki kelgusida qatnashadigan mintaqaviy hamkorlikning boshqa shakllari; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliq solish masalalariga toʻliq yoki qisman taalluqli boʻlgan har qanday xalqaro bitim yoki ahdnoma asosida birinchi Ahdlashuvchi Tomonga berilishi mumkin boʻlgan har qanday tartib-qoida naflarini, afzalliklar yoki imtiyozlarni ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon investorlariga berish majburiyati Ahdlashuvchi Tomonlardan birining zimmasiga yuklanadi deb talqin qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Qisman qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakolatli mahkamasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi kapital mablagʻga nisbatan berilgan kafolat boʻyicha ana shu Ahdlashuvchi Tomon investorining foydasiga toʻlovlarni amalga oshirgan taqdirda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon qonunlarga yoki yuridik dalolatnomaga muvofiq tovon toʻla-toʻkis miqdorda toʻlangan investorning barcha huquqlari va talablari birinchi Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning vakolatli mahkamasiga oʻtganligini tan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investorga qay darajada huquq beriladigan boʻlsa Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning vakolatli mahkamasiga xuddi shu darajada har qanday huquq va talablarni amalga oshirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ahdlashuvchi Tomonlarning biri bilan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasidagi investitsiya nizolarini hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning biri bilan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasidagi har qanday nizoni Tomonlar doʻstona yoʻl bilan bartaraf etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 Agar yuzaga kelgan biron-bir nizo olti (6) oy mobaynida bartaraf etilmayotgan boʻlsa, u tomonlardan birining iltimosiga koʻra hakamlikka topshiriladi. Hakamlik, agar Tomonlar boshqa bir qoʻshimcha shartlarni qoʻyishmagan taqdirda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi boʻyicha Komissiyaning Hakamlik qoidalariga muvofiq oʻtkazilishi kerak. Bu qoidalar BMT Bosh Assambleyasining 1976-yil 15-dekabrdagi 31/98-Rezolyutsiyasi bilan maqullangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning mazmuni nizoda qatnashuvchi tomonlarga oʻz oʻrtalaridagi nizoni oʻzlari tanlab oladigan tinch vositalar bilan bartaraf etishga rozilik berishlariga toʻsiqlik qiladigan tarzda talqin etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllanish xususida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolar imkon boricha diplomatik yoʻllar bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizo shunday yoʻl bilan olti (6) oy mobaynida bartaraf etilmayotgan boʻlsa, u istalgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra betaraf hakamlar sudiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Betaraf hakamlar sudi har bir aniq hodisa uchun quyidagi tarzda tuziladi. Hakamlik toʻgʻrisidagi iltimosnoma olingandan keyin ikki oy mobaynida Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri betaraf hakamlar sudiga bittadan aʼzo tayinlaydi. Ana shu betaraf hakamlar sudining ikki aʼzosi keyin uchinchi davlat fuqarosini saylaydilar. Ana shu fuqaro ikkala Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan betaraf hakamlar sudining raisi etib tayinlanadi (quyida “rais” deb ataladi). Betaraf hakamlar sudining boshqa ikki aʼzosi tayinlangan kundan keyin ikki (2) oy mobaynida rais tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan muddatlarda zarur odamlar tayinlanmagan taqdirda Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri, agar oʻzgacha ahdlashuv boʻlmasa, zarur odamlarni tayinlashni iltimos qilib Xalqaro Sud Raisiga murojaat etishi mumkin. Agar rais Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki u biron-bir sabablarga koʻra bu ishni amalga oshira olmasa, u holda zarur odamlarni tayinlash Xalqaro Sudning Rais oʻrinbosariga taklif etiladi. Agar rais oʻrinbosari Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki u ham bu vazifani bajara olmasa Xalqaro sudning kattaligi jihatdan undan keyin turgan va Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlmagan aʼzosiga zarur odamlarni tayinlash taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Betaraf hakamlar sudi qarorlarni koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi. Bunday qarorlar har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiy hisoblanadi. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz hakamining faoliyati va betaraf hakamlar taftishida u qatnashganligi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi. Sud raisining faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni hamda boshqa xarajatlarni Ahdlashuvchi Tomonlar teng ulushlarda qoplaydilar. Betaraf hakamlar sudi oʻzining tartib-qoidasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Bitimning qoʻllanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim investitsiyalar Bitim kuchga kirgunga qadar yoki kuchga kirgandan keyin amalga oshirilganidan qatʼi nazar, ularning barchasiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Boshqa qoidalarning qoʻllanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Masala bir vaqtning oʻzida mazkur Bitimning qoidalari bilan va har ikkala Ahdlashuvchi Tomon qatnashchisi boʻlgan boshqa har qanday xalqaro bitim bilan tartibga solinadigan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining investoriga mazkur Bitimdagi hech narsa bir muncha qulayroq tartib afzalliklaridan foydalanishga xalaqit qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning investorlariga oʻz qonunlariga muvofiq yaratib beradigan tartib mazkur Bitimda beriladigan tartibga qaraganda bir muncha qulayroq boʻlsa, u holda bir muncha qulayroq tartib yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllanish masalasi xususida maslahatlashuvlar oʻtkazishni taklif etishi mumkin. Ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bunday maslahatlashuvga xayrixohlik bilan munosabatda boʻladi va uni oʻtkazish uchun tegishli imkoniyatni yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Kuchga kirish, muddat, amal qilishni toʻxtatish va oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan qonun tartibotlari bajarilganligi toʻgʻrisida ikkinchi tomonni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim oʻn besh (15) yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi. Shundan keyin istalgan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozma xabarnomani topshirgan kundan boshlab olti (6) oy oʻtgunga qadar oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bitim amal qilgan muddat mobaynida qoʻyilgan kapital mablagʻlarga nisbatan uning qoidalari amal qilish toʻxtatilgan kundan boshlab oʻn (10) yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida oʻzlarining tegishli hukumatlari tomonidan munosib ravishda vakil qilingan kishilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 17-iyunda Seul shahrida ikki asl nusxada, oʻzbek, koreys va ingliz tillarida imzolandi, uchchala matn ham bir xil kuchga ega. Talqin qilishda tafovut yuzaga kelgan taqdirda ingliz tilidagi matnga ustunlik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)