07.06.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qonunlarini buzishga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Litva Respublikasi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotiklar va psixotrop moddalarning qonunsiz oboroti jamiyat sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirishini nazarda tutib, bojxona qonunlarini buzish ularning mamlakatlarining iqtisodiy, bojxona va jamoat manfaatlariga putur yetkazishini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzitida bojxona bojlari, yigʻimlari va boshqa toʻlovlarni toʻgʻri qoʻllash, shuningdek taqiq, cheklash va nazoratga taalluqli boʻlgan qoidalarga aniq rioya qilishning zaruratini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qonunlariga rioya qilish va bojxona bojlari, yigʻimlari va boshqa toʻlovlarni undirish bojxona maʼmuriyatlarining yaqin hamkorligida yanada samarali boʻlishiga ishonib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida ishlab chiqilgan 1953-yil 5-dekabrdagi Maʼmuriy oʻzaro yordam toʻgʻrisida Bojxona hamkorligi kengashining tavsiyasini, Narkotik vositalar toʻgʻrisida BMT Yagona Konvensiyasi (Nʼyu-York, 1961-yil 30-mart, 1972-yil 25-martdagi unga Protokolga muvofiq oʻzgartirilgan tahrirda), Psixotrop moddalar toʻgʻrisida konvensiya (Vena, 1971-yil 21-fevral) va Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning qonunsiz oborotiga qarshi kurash toʻgʻrisida konvensiya (Vena, 1988-yil 19-dekabr) qoidalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Taʼriflar
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlari uchun qoʻllaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “bojxona qonunlari” — tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranziti va bojxona bojlari, yigʻimlari va bojxona toʻlovlarini undirish tartibini, shuningdek taʼqiq, cheklash va nazorat tartiblarini yoʻlga qoʻyuvchi,bojxona maʼmuriyatlarini qoʻllaydigan qonun-qoidalar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “bojxona maʼmuriyati” — Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bojxona bosh boshqarmasi, Litva Respublikasida — Litva Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Bojxona departamenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “bojxona qonunlarini buzish” — bojxona qonunlarini har qanday buzish, shuningdek bu qonunlarni buzishga har qanday harakat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “hudud” — bojxona ishlari xususida tanho davlat yurisdiksiyaga ega boʻlgan davlat hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “nazorat qilinadigan yetkazib berishlar” — narkotiklar va psixotrop moddalarning qonunsiz oborotida ishtirok etuvchi shaxslarni aniqlash maqsadida Tomonlarning vakolatli organlari bilgan holda va ular nazorati ostida qonunsiz oborotga kiritilgan yoki bunda gumon qilinayotgan narkotiklar, psixotrop moddalar yoki ularning oʻrnini bosadigan moddalarni Tomonlar hududlariga olib kirish, ularning hududlaridan olib chiqish yoki ularning hududlari orqali tranzitiga yoʻl qoʻyish metodi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Koʻllash sohasi
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitim asosida va bojxona maʼmuriyatlari orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona qonunlariga aniq rioya qilish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona qonunlarini buzishlarning oldini olish, tekshirish va ularga barham berish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona qonunlarini tatbiq etishga tegishli boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisida xabardor qilish borasida bir-birlariga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnoma koʻzda tutgan yordam soʻralayotgan davlat hududida amal qiluvchi qonunlar va koʻrsatmalarga muvofiq soʻralayotgan bojxona maʼmuriyatining vakolati va imkoniyatlari doirasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim toʻlanmagan bojxona bojlari, yigʻimlari va boshqa toʻlovlarning kompensatsiyasini koʻzda tutmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Shaxslar, tovarlar va transport vositalarini kuzatish
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlari oʻz tashabbusiga koʻra yoki boshqa Tomon bojxona maʼmuriyatining soʻrovi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Tomonning bojxona qonunlarini buzgani maʼlum boʻlgan yoki bunda gumon qilinayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tomonlardan birining bojxona maʼmuriyati boshqa Tomonning bojxona maʼmuriyatiga shu Tomon hududida katta miqyosli oborotda ishtirok etayotgani toʻgʻrisida maʼlum qilgan tovarlar yoki toʻlov vositalarining koʻchirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa Tomonning bojxona qonunlarini buzish maqsadida ishlatilayotganligi maʼlum boʻlgan yoki bunda gumon qilingan har qanday transport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa Tomon hududida katta miqyosli nolegal oborot uchun moʻljallangan tovarlarni saqlash uchun ishlatiladigan joylar ustidan alohida kuzatishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻz vakolatlari doirasida Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tomonlar davlatlarining hududlari oʻrtasidagi qonuniy savdo oborotidan oʻzga maqsadlarda boshqa Tomon hududiga olib chiqilayotgani toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan yoki buni taxmin qilishga yetarli asoslar boʻlgan tovarlarni olib chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa Tomon davlatining hududiga olib kirish taqiqlangan tovarlarni olib chiqishga ruxsat bermaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Nazorat qilinadigan yetkazib berishlari
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻz imkoniyatlari doirasida narkotiklar va psixotrop moddalarning qonunsiz oborotida ishtirok etuvchi shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan huquqni muhofaza qilish choralarini koʻrish maqsadida oʻzaro muvofiqlashtirilgan kelishuvlar asosida nazorat qilinadigan xalqaro darajadagi yetkazib berishlarni tegishlicha tatbiq etishga ruxsat beruvchi zarur choralarni, agar ular milliy qonunlarga zid boʻlmasa, koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir konkret hol toʻgʻrisida nazorat qilinadigan yetkazib berishlarni tatbiq etish boʻyicha alohida qarorlar qabul qilinadi. Ular zarurat boʻlganida va bu milliy qonunlarga zid kelmasa, oʻzaro muvofiqlashtirilgan moliyaviy kelishuvlarni hisobga olgan holda qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazorat qilinadigan yetkazib berishlari vakolatli organlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha amalga oshiriladigan qonunsiz joʻnatishlar, ularda narkotiklar va psixotrop moddalar boʻlganida, shuningdek bu moddalarni toʻliq yoki qisman olib qoʻyish yoki almashtirish bilan ushlab qolinishi yoki harakatni davom ettirishga ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Axborot almashish
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning maʼmuriyatlari oʻz tashabbusiga koʻra yoki boshqa Tomon bojxona maʼmuriyatining soʻroviga binoan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona bojlari va boshqa import va eksport yigʻim va toʻlovlarning va ayniqsa, bojxona maqsadlarida tovarlar bahosi va ularning tarif klassifikatsiyasi toʻgʻriligini aniqlashga imkon beruvchi axborotning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) olib kirish,olib chiqish va tranzitga taqiq va cheklashlarni tatbiq etishning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar bu boshqa bitimlar bilan koʻzda tutilmagan boʻlsa, tovarlarning kelib chiqishini aniqlash qoidalarini ishlatishning toʻgʻriligini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha axborotni bir-birlariga havola etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan bojxona maʼmuriyati talab qilinayotgan axborotga ega boʻlmagan holda, u oʻz ixtiyoricha milliy qonunlarning normalariga muvofiq vakolatli organlarga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomonning bojxona maʼmuriyati boshqa Tomonning bojxona maʼmuriyatining soʻroviga binoan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga olib kirilayotgan tovarlar soʻralayotgan Tomon davlatining hududidan qonuniy olib chiqilayotgani haqidagi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan Tomon davlatining hududidan olib chiqilayotgan tovarlar soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga qonuniy olib kirilayotgani haqida va bu tovarlar qanday bojxona protseduralaridan oʻtganligi haqidagi axborotni havola etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomonning bojxona maʼmuriyati oʻz tashabbusiga koʻra yoki boshqa Tomonning bojxona maʼmuriyatining soʻroviga binoan u bojxona qonunlarini buzishlarni tekshirishida ishlatilishi mumkin boʻlgan, ayniqsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Tomonning bojxona qonunlarini buzgani maʼlum boʻlgan yoki bunda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunsiz oborotda ishlatilayotganligi maʼlum boʻlgan yoki shunday deb faraz qilishga asoslar boʻlgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tomonlarning bojxona qonunlarini buzishda ishlatilayotganligi maʼlum boʻlgan yoki shunday deb faraz qilishga asoslar boʻlgan transport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Tomonlarning bojxona qonunlarini buzishda tatbiq etilayotganligi maʼlum boʻlgan yoki shunday deb faraz qilishga asoslar boʻlgan usul va vositalar haqidagi barcha axborotni havola etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomonning bojxona maʼmuriyati oʻz tashabbusiga koʻra yoki boshqa Tomonning bojxona maʼmuriyatining soʻroviga binoan unga boshqa Tomonning bojxona qonunlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin boʻlgan, aniqlangan yoki rejalashtirilayotgan harakatlar toʻgʻrisidagi ularning ixtiyorida boʻlgan barcha axborotni oʻz ichiga olgan aktlar, protokollar, yozma dalillar yoki hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini havola etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim koʻzda tutgan hujjatlar har qanday shaklga ega boʻlgan va oʻsha maqsadlarga xizmat qiladigan kompyuter axboroti bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu materialni talqin etish va tatbiq etish boʻyicha barcha zarur axborot bir vaqtda havola etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tasdiqlangan nusxalar yetarli boʻlmagan hollardagina hujjatlarning asl nusxalarini havola etishni soʻrash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa Tomonning bojxona maʼmuriyatidan olingan hujjatlarning asl nusxalarini birinchi imkoniyatdayoq qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tergov
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomonning bojxona maʼmuriyatining iltimosiga koʻra boshqa Tomonning bojxona maʼmuriyati bojxona qonunlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni qilish yoki harakatlarni qilishga urinish fakti boʻyicha rasmiy tergovni boshlashi mumkin. Bunday tergov natijalari soʻrovchi bojxona maʼmuriyatiga bildiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday tergov soʻralayotgan Tomonning qonunlari va koʻrsatmalariga, shuningdek Tomonlar oʻrtasidagi boshqa bitimlarga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Tomonning bojxona maʼmuriyatining mansabdor shaxslari alohida hollarda boshqa Tomonning bojxona maʼmuriyatining roziligi bilan uning hududida soʻrovchi Tomonning bojxona qonunlarini buzishni tergov qilishda ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ekspertlar va guvohlar
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomonning sudlari yoki vakolatli idoralarining ular koʻrib chiqayotgan bojxona qonunlarini buzishga tegishli soʻrovi boʻyicha boshqa Tomonning bojxona maʼmuriyati oʻzining mansabdor shaxslariga bu sudlar yoki vakolatli idoralarda guvohlar yoki ekspertlar sifatida chiqish vakolatini berishi mumkin. Soʻrovda ishning mohiyati va mansabdor shaxs kim sifatida chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Mansabdor shaxslarning boʻlish shartlari
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomonning mansabdor shaxslari boshqa Tomonning davlati hududida boʻlish davrida ushbu Bitim koʻzda tutgan hollarda oʻz rasmiy vakolatlarining hujjatli tasdigʻiga ega boʻlishlari, forma kiyimida yurmasliklari va qurolga ega boʻlmasliklari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Olingan maʼlumot va hujjatlardan foydalanish
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrov boʻyicha havola etilgan maʼlumot, xabar va hujjatlar faqatgina ushbu Bitimni bajarish maqsadlaridagina ishlatiladi va ularni havola etgan bojxona maʼmuriyatining roziligisiz kimga boʻlmasin berilishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu modda 1-bandining qoidalari narkotiklar va psixotrop moddalarning qonunsiz oboroti bilan bogʻliq boʻlgan buzishlar toʻgʻrisidagi materiallarga tegishli boʻlmaydi. Bunday axborot narkotiklarning qonunsiz oboroti bilan bevosita shugʻullanuvchi organlarga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar ushbu Bitimga koʻra olingan soʻrov, axborot, ekspertiza aktlari va boshqa maʼlumotlarga, shuningdek shu xildagi materiallarga milliy qonunlarga muvofiq xuddi shunday himoyani havola etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlari ushbu Bitimga muvofiq va uning doiralarida olingan yozma tushuntirishlarni, guvohlik koʻrsatmalarini, maʼlumotlar va boshqa materiallarni tergov va sud muhokamalarini oʻtkazishda dalil sifatida ishlatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bu maʼlumot va hujjatlarning dalillik kuchi, shuningdek ularning sudlarda ishlatilishi ularni olgan Tomonning milliy qonunlari bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Oʻzaro yordam boʻyicha majburiyatlardan istisnolar
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar soʻralayotgan bojxona maʼmuriyati soʻrovni bajarish oʻz davlatining suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibi yoxud boshqa muhim manfaatlariga putur yetkazadi yoki davlat, sanoat yoki tijorat sirini ochishga olib keladi deb hisoblasa, u yordam berishdan toʻliq yoki qisman voz kechishi yoxud soʻrovni bajarishni maʼlum bir shartlarni bajarishga bogʻliq qilib qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yordam berishdan voz kechilgan holda bu toʻgʻridagi qaror voz kechishning sabablarini koʻrsatish bilan soʻrayotgan bojxona maʼmuriyatiga zudlik bilan maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar soʻrayotgan bojxona maʼmuriyati unga shunga oʻxshash soʻrov berilgan holda bajara olmaydigan yordam toʻgʻrisidagi soʻrov yuborilsa, unda soʻrovda bu toʻgʻrida koʻrsatish lozim. Bunday soʻrovni bajarish toʻgʻrisidagi qaror soʻralayotgan bojxona maʼmuriyati tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Hujjatlar toʻgʻrisida bildirish
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomonning bojxona maʼmuriyatining iltimosiga koʻra ikkinchi Tomonning bojxona maʼmuriyati uning davlati hududida boʻlgan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga bojxona qonunlarini tatbiq etish munosabati bilan qabul qilingan tadbir va qarorlarni aks ettiruvchi hujjatlar toʻgʻrisida bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hujjatlar toʻgʻrisida bildirish ushbu Bitimga binoan soʻralayotgan Tomonning qonunlari va amaliyotiga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrayotgan Tomonning istagiga koʻra bildirish alohida usul bilan, agar bu usul soʻrovchi Tomonning qonunlariga zid kelmasa, bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bildirish toʻgʻrisidagi tasdiq soʻralayotgan Tomonning vakolatli organining sana va manfaatdor shaxsning imzosidek yoki bildirish sanasi va usuli koʻrsatilgan guvohnomadek rekvizitlar bilan taʼminlangan guvohnoma sifatida rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Yordam bilan almashish
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim koʻzda tutgan yordam bilan almashish bevosita Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlari ularning markaziy va mahalliy tergov va nazorat xizmatlari oʻrtasida bevosita aloqani tashkil etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. Xarajatlar
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlari 11-moddaga muvofiq guvohlar va ekspertlarni chaqirish boʻyicha xarajatlardan tashqari ushbu Bitimni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash boʻyicha daʼvolarni qabul qilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV. Hududiy tatbiq etish, bajarish va talqin etish
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Oʻzbekiston Respublikasi hududida va Litva Respublikasi hududida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimni talqin va tatbiq etishda yuzaga keladigan bahslar muzokaralar yoʻli bilan yoki Tomonlar uchun maqbul boʻlgan boshqa usul bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV. Kuchga kirishi va amal qilish muddati
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun Tomonlardan har birining milliy qonunlari koʻzda tutgan davlat ichki protsedurlari bajarilganligi toʻgʻrisidagi oxirgi bildirish diplomatik kanallar orqali olingan sanadan 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi. Agar Tomonlardan hech biri boshqa Tomonni ushbu Bitimning denonsatsiyasi toʻgʻrisida notifikatsiya yoʻli bilan tegishli muddat tugashidan olti oy ilgari xabardor qilmasa, uning amal qilishi har safar keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vilnyus shahrida 1995-yil 7-iyunda oʻzbek, litva va rus tillarida ikki nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)