Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN ROSSIYA FEDERATSIYASI OʻRTASIDAGI DAVLATLARARO MUNOSABATLARNING ASOSLARI, DOʻSTLIK VA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etgan, 1992-yil 30-mayda Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
618-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 330-modda)