27.11.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga hamda ular suiisteʼmol qilinishiga qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda ularning suiisteʼmol qilinishi oʻz xalqlarining sogʻligʻi va farovonligiga jiddiy xavf solishini hamda jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tuzilmalariga daxl qiluvchi muammo ekanligini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvand moddalar toʻgʻrisida 1961-yilgi Yagona Konvensiya, psixotrop moddalar toʻgʻrisida 1971-yilgi Konvensiya hamda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boʻyicha 1988-yilgi BMT Konvensiyasi maqsadlaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishini tugatish vazifasi dunyodagi barcha davlatlarning umumiy vazifasi boʻlib, u ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlik doirasida muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab qilishini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi samarali kurashish maqsadida bir-biriga zarur yordam koʻrsatishga azmu qaror berib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shunday noqonuniy aylanishga, shu jumladan giyohvand va psixotrop moddalarni olib oʻtish uchun oʻz davlatlarining hududlaridan, osmon boʻshligʻi va hududiy suvlaridan foydalanish yoʻlidagi urinishlarga chek qoʻyish maqsadida Tomonlarning hamkorlik qilishi zarurligini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz mamlakatlarida amal qiluvchi qonun va qoidalarga rioya etgan holda giyohvand moddalar suisteʼmol qilinishining oldini olish, narkoman bemorlarning sogʻligʻini qaytadan tiklash, giyohvand va psixotrop moddalar, shuningdek 1988-yilgi BMT Konvensiyasiga ilovaning I Jadvali hamda II Jadvalida sanab oʻtilgan moddalarning oshkora aylanishi ustidan nazorat qilish, giyohvand, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida muvofiqlashtirilgan dasturlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikkala mamlakat ishtirokchisi boʻlgan BMT Ustavida va boshqa eng asosiy xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qoʻyilgan xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq ushbu Bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar giyohvand va psixotrop moddalarning, prekursorlarning noqonuniy aylanishiga chek qoʻyish borasida hamkorlik qiladilar va zarur hollarda quyidagi maqsadlarda amaliy uchrashuvlarni oʻtkazib turadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tomonlardan birining davlat hududiga giyohvand va psixotrop moddalarni kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtishga urinishlar toʻgʻrisida tegishli axborotni ayirboshlash haqida ahdlashuviga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chegaradan oʻtish chogʻida noqonuniy giyohvand va psixotrop moddalarni yashirishda qoʻllaniladigan usullar, shuningdek ularni aniqlash usullari toʻgʻrisida axborot ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy tashuvchilari sifatida aniqlangan shaxslar, ularni tashishda aniqlangan yoʻnalishlar toʻgʻrisida axborot ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) noqonuniy giyohvand va psixotrop moddalarni aniqlash texnologiyasi hamda uslubini oʻrganish maqsadida mutaxassislar ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) suiisteʼmol qilish maqsadida foydalaniladigan yangi giyohvand va psixotrop moddalarning namunalarini bir-birlariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) vakolatli organlar darajasida giyohvand moddalarni nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish tajribasini ayirboshlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik qoʻshma bitimlar hamda vakolatli organlarning dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari Tomonlarning vakolatli organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida Tomonlarning milliy dasturlari asosida va ularni ijro etish yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlari zarur hollarda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga, ular suiisteʼmol qilinishiga qarshi kurashni, shuningdek giyohvand moddalar oshkora aylanishi ustidan nazoratni tashkil qilishda aniq oʻzaro harakatlar, tadbirlarning yoʻnalishlari hamda sohalari toʻgʻrisida qoʻshma hujjatlarni qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar oʻzlarining milliy qonunchiligiga muvofiq “nazorat ostida yetkazib berish” usulini yoki boshqa shunga oʻxshash usullarni oʻzaro qoʻllanish imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkala Tomonning huquqni muhofaza qilish organlari oʻzlarining milliy qonunchiligiga muvofiq giyohvand va psixotrop moddalar hamda prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashni tashkil etishning oʻzaro qiziqishga molik masalalari xususida hamkorlik qiladilar va shu maqsadda, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) giyohvand va psixotrop moddalar noqonuniy aylanishga chiqariladigan manbalarni aniqlash usullari hamda ularning tarqalishiga chek qoʻyish choralari toʻgʻrisida axborot ayirboshlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli qonunchilik va uni qoʻllanish amaliyoti toʻgʻrisida axborot ayirboshlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) giyohvand va psixotrop moddalar hamda prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasida mutaxassislar va xodimlarning kasb mahoratini oshirish uchun ularni ayirboshlash va tajriba orttirishlari tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur mavzular boʻyicha qoʻshma amaliy uchrashuvlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har ikkala Tomon ushbu Bitimni amalga oshirish maqsadida bir-biriga ham ogʻzaki, ham yozma tarzda beradigan har qanday axborot maxfiy hisoblanadi hamda uni beruvchi Tomon olgʻa surishi mumkin boʻlgan shartlarga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomonning sogʻliqni saqlash idoralari va muassasalari narkomaniyaning oldini olish, uni davolash hamda narkoman bemorlarning sogʻligʻini qayta tiklash sohasida hamkorlik qiladilar, shuningdek giyohvand va psixotrop moddalar hamda prekursorlarning oshkora aylanishi ustidan nazoratni taʼminlash boʻyicha hamkorlikda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlarni, ilmiy tadqiqotlarning natijalarini ayirboshlash, shuningdek 5-moddada koʻrsatilgan faoliyat yoʻnalishlarini muhokama qilish boʻyicha amaliy uchrashuvlar oʻtkazish hamkorlik shakllari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining bilan Turkmaniston giyohvand moddalarni nazorat qiluvchi Davlat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro ahdlashuviga muvofiq mazkur Bitimda koʻzda tutilgan tegishli vakolatli organlar oʻrtasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish maqsadida Tomonlarning Davlat komissiyalari hamda ularning ishchi organlari rahbarlari yiliga bir marta maslahatlashuvlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlarning boshqa ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlari hamda shartnomalari boʻyicha huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi. Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligi boʻyicha diplomatik notalar ayirboshlash yoʻli bilan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunday tuzatishlar Tomonlarning milliy qonunchiligiga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartibotlari bajarilganligi haqida diplomatik kanallar orqali yozma bildirishnomalarni ayirboshlagandan soʻng 30 kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim 5 yil mobaynida amal qiladi va agar Tomonlardan birontasi ham Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi istagini shu muddat tugashidan olti oy oldin diplomatik kanallar orqali yozma ravishda maʼlum qilmasa, u har safar yana navbatdagi besh yillik davrga oʻz-oʻzidan uzaytirilaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim 1996-yil 27-noyabrda, Toshkent shahrida har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish maqsadlarida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)