11.01.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Polsha Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn qilingan joylarni va urush hamda repressiya qurbonlarining xotirasini oʻzaro saqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi Hukumatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halok boʻlgan va oʻldirilganlar dafn qilingan joylarni va ularning ishlari haqidagi xotirani doim bosh egib va hurmat bilan saqlab kelgan xalqlarining istaklarini bajarib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining hududlarida dafn etilgan fuqaro va harbiylarning abadiy uyquga ketgan joylarini munosib esga olishni xohlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Polsha Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma moddalaridan kelib chiqqan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalarining tegishli moddalariga, va shuningdek ushbu Konvensiyalarga 1977-yil 26-sentabrdagi qoʻshimcha protokollarga amal qilib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala xalqning oʻzaro munosabatlaridagi hali aniqlanmagan “oq dogʻlari”ni bartaraf etish maqsadida, maʼlumotlar bilan erkin almashish toʻgʻrisida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengash hujjatlarining qoidalarida mavjud boʻlgan tavsiyalarni eʼtiborga olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala xalqning yaqinlashish va ular oʻrtasida doʻstona aloqalar oʻrnatish foydasiga harakat qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar harbiylar va fuqarolar koʻmilgan joylarni qidirish, roʻyxatga olish, munosib holatda saqlash va kelgusida saqlanishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday masalalarni hal qilishda, va shuningdek eksgumatsiya boʻyicha mumkin boʻlgan ishlarni qilishda va topilgan jasadlarni qaytadan koʻmishda ushbu Bitimdagi prinsiplarga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqaroviy va harbiy maʼmurlarning vakolatli namoyandalari orqali dafn qilingan joylarning qayerdaligi, ularning miqdori va hajmi toʻgʻrisida bor maʼlumot bilan toʻla almashadilar va halok boʻlgan va oʻldirilganlarning shaxslari haqida mazkur shaxslarga tegishli har qanday boshqa maʼlumotlar bilan almashib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandida aytilgan maʼlumotlarni tahlil qilish va aniqlash vaqtida Ahdlashuvchi Tomonlar dafn qilingan va xotira joylarining roʻyxatini belgilab oladilar va oʻz zimmalariga xalqaro normalar va standartlar va shuningdek milliy va diniy urf-odatlarga muvofiq shu joylarni munosib tartibda saqlash masʼuliyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dafn qilingan joylarning yangi topilganlarini Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri saqlab turadi. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli namoyandalari oʻzaro rozilik berganda bu joylar rasmiy roʻyxatlarga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri zimmalariga oʻzining hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning harbiy va fuqarolari dafn qilingan joylarga xalqaro norma va standartlarga muvofiq hajmda vasiylik qilish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy va fuqarolar dafn qilingan joylarga vasiylik qilish tadbirlariga dafn qilingan joylarda ham diniy ham milliy, esdalik belgilari oʻrnatish, qabr va qabristonlarni koʻkalamzor qilish, va shuningdek ularni munosib ravishda parvarish qilish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlarning roziligi bilan, halok boʻlgan va oʻldirilganlar xotirasini abadiylashtiradigan boshqa usullar ham qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar zimmalariga dafn qilingan joylarda barcha yuz bergan vandalizm voqealaridan vakolatli namoyandalar orqali bir-birini darhol xabardor qilish va shuningdek ularga chek qoʻyish va kelajakda unga yoʻl qoʻymaslik va shuningdek vandalizmning shu harakatlari oqibatlarini bartaraf etish va aybdorlarni jazoga tortish choralarini koʻrish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida dafn qilingan joylarda qabrlarga yodgorliklar oʻrnatish va halok boʻlgan hamda oʻldirilganlar xotirasini abadiylashtirishning boshqa usullariga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy va fuqarolar jasad qoldiqlarini vatanida dafn qilish maqsadida ularning eksgumatsiyasi faqatgina bir Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli maʼmurlari iltimosiga koʻra, hududiga dafn qilingan boshqa Ahdlashuvchi Tomon maʼmurlarining roziligi bilan va oʻsha shaxslarning yaqin qarindoshlari istagiga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy va fuqarolarning jasad qoldiqlarini eksgumatsiya qilishga va boshqa Ahdlashuvchi Tomonga oʻtkazishga rozilik olingandan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar vakolatli namoyandalari orqali eksgumatsiyani oʻtkazish va jasad qoldiqlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan tartib haqida kelishib oladilar va shuningdek bu haqda protokol tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maqsadi halok boʻlgan va oʻldirilganlarning jasad qoldiqlarini Vatanida dafn qilish hisoblangan eksgumatsiyani Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli namoyandalari oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Halok boʻlgan va oʻldirilganlarning jasad qoldiqlari dafn qilingan davlat hududidagi joy asosan faqat favqulodda hollarda, dafn qilingan joy hududida boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli maʼmurlari qaroriga muvofiq oʻzgartiriladi, shunda ham dafn qilingan joyning oʻzgartirilishi haqida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli maʼmurlari zudlik bilan xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dafn qilingan joyni oʻzgartirish maqsadida oʻtkazilayotgan eksgumatsiya ikkala Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli maʼmurlari tomonidan oʻtkaziladi, bunda eksgumatsiya joyi davlatida qabul qilingan tartiblarga toʻla rioya qilinadi, tegishli hujjatlar tuzish ham shular qatoriga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri halok boʻlgan va oʻldirilganlarning shaxslariga tegishli maʼlumotlarni aniqlash va ularni abadiylashtirish bilan bogʻlik boʻlgan tadbirlarni oʻtkazish va shuningdek ushbu Bitimda eslatib oʻtilgan boshqa tadbirlar uchun, ularni oxiriga yetkazish uchun zarur boʻlgan muddatga, ikkala Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli maʼmurlari vakil qilib tayinlagan maxsus ishchi guruhlarini oʻzining hududida qabul qilishga rozilik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning maxsus ishchi guruhlariga ish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlarni yaratib berishga, jumladan ishlash uchun xonalar, yashaydigan joy, Ahdlashuvchi Tomonlar hududida ajnabiy fuqarolarning boʻlishi toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq hudud boʻylab erkin yurish, dafn qilingan joylar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumot olish manbalariga kirish uchun ruxsat bilan taʼminlashga kafolat beradi. Ahdlashuvchi Tomonlar zimmalariga bu guruhlarga har qanday iloji bor yordamni berish va koʻmaklashish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli maʼmurlari bir-birlari bilan mazkur ishchi guruhlarining ish sharoitlari, muddatlari va miqdori haqida kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Tomon maxsus ishchi guruhlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida faoliyat koʻrsatishi uchun asos hisoblanadigan ish rejalari shu Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli maʼmurlari bilan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlar vakolatli maʼmurlarining namoyandalari, oldindan xabar bermasdan, oʻzlarining hududlaridagi ishchi guruhlarining ishi bilan tanishish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar zimmalariga oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning halok boʻlgan va oʻldirilgan harbiy va fuqarolari dafn qilingan joylarga vasiylik qilish va joylarni saqlash va shuningdek ularning xotirasini abadiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tadbirlarga mablagʻ ajratish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu bitimning 2-moddasining 2-bandida va 3-moddasida eslatib oʻtilgan tadbirlarga mablagʻ ajratish tartiblarini Ahdlashuvchi Tomonlar har bir aniq holda muvofiqlashtiradilar. Bir Ahdlashuvchi Tomonning qilayotgan moliyaviy harakatlar haqini ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon qisman yoki toʻliq toʻlashi yoki teng boʻla oladigan asosda hisob-kitob qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimning 4-moddasida eslab oʻtilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moliyaviy xarajatlarni oʻsha tadbirlar qaysi Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻtkazilsa, oʻsha Tomon qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus ishchi guruhlarining yoʻl xarajatlarini va tirikchilik xarajatlarini oʻsha guruhlarni yuboradigan Ahdlashuvchi Tomon qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga hududidagi halok boʻlgan va oʻldirilgan vatandoshlari dafn qilingan va xotira joylariga bemalol borishga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar dafn qilingan va xotira joylari yaqinida muzey va uchrashuv markazlari ochish hamda saqlashga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro shartnomalarining kuchga kirishiga doir Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining har birida amal qilayotgan milliy qonunchilik koʻzda tutgan huquqiy tartib-qoidalar bajarilgani haqida notalar bilan almashadilar. Oxirgi nota olingan sana ushbu Bitimning kuchga kirgan sanasi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim noaniq vaqtga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri, boshqa Tomonni diplomatik yoʻl bilan ogohlantirib, uni bekor deb eʼlon qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda ushbu Bitim oʻz kuchini shunday ogohlantirish olinganidan 6 oy oʻtganidan keyin yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 11-yanvarda Varshava shahrida oʻzbek, polyak va rus tillarida, har biri ikkita asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitimning moddalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, Ahdlashuvchi Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)