06.06.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya, ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiya tuzish orqali iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash istagini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Qoʻllanish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya, undirilish uslubidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatning, maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyatlar nomidan undiriladigan daromad va kapital soliqlariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad va kapital soliqlariga umumiy daromaddan yoki daromadning bir qismidan, butun kapitaldan yoki uning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlardan hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqining umumiy summasidan olinadigan soliqlar, shuningdek kapital qiymatining oshishidan undiriladigan soliqlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya tatbiq qilinadigan mavjud soliqlarga, xususan, quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan qoʻllanilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston soliqlari” deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ruminiyaga nisbatan qoʻllanilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyingi oʻrinlarda “Ruminiya soliqlari” deb yuritiladi).
(2-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida 2016-yil 4-iyuldagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Konvensiya u imzolangandan soʻng undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday aslida oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligida boʻlgan har qanday katta oʻzgarishlar haqida bir-birlariga xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matn mazmuniga qarab Oʻzbekiston Respublikasi yoki Ruminiyani anglatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi, geografik maʼnoda qoʻllanilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududini, jumladan hududiy suvlari va samoviy hududi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan, yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududni anglatadi;
(3-moddaning 1-bandi “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida 2016-yil 4-iyuldagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “Ruminiya” atamasi Ruminiya davlati hududini, shu jumladan Ruminiya suvereniteti ostida boʻlgan hududiy suvlarni va havo kengligini, shuningdek Ruminiya qonunchiligi va xalqaro huquq meʼyorlari va prinsiplariga muvofiq uning suveren huquqlari amalga oshiriladigan va yurisdiksiyasi ostida boʻlgan chegaradosh hududlar, kontinental shelf va alohida iqtisodiy zonani anglatadi;
(3-moddaning 1-bandi “s” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida 2016-yil 4-iyuldagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “soliq” atamasi matnga qarab Oʻzbekiston soligʻini yoki Ruminiya soligʻini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani va istalgan Ahdlashuvchi Davlatda belgilangan qonunga koʻra shaxslarning boshqa har qanday birlashmasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “kompaniya” atamasi korporativ tusdagi har qanday tashkilotni yoki soliq olinishi lozim boʻlgan korporativ tusdagi tashkilot sifatida qaraladigan har qanday boshqa tuzilmani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqaruvi ostida ishlab turgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ishlab turgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “milliy shaxs” atamasi, Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligini olgan har qanday jismoniy shaxsni, shuningdek Ahdlashuvchi Davlatlardan birining amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomiga ega boʻlgan har qanday yuridik shaxsni, sherikchilikni, assotsiatsiyani yoki boshqa har qanday tuzilmani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi foydalanayotgan dengiz va havo kemalarida, temir yoʻl yoki avtotransport vositalarida har qanday tashishni anglatadi, boshqa Ahdlashuvchi Davlatning hududida joylashgan punktlar oʻrtasidagina foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki avtotransport vositalari bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “vakolatli organ” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan qoʻllanilganda, Davlat soliq qoʻmitasining Raisi yoki uning vakolatlangan vakilini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ruminiyaga nisbatan qoʻllanilganda, Davlat moliyasi vazirini yoki uning vakolatlangan vakilini;
(3-moddaning 1-bandi “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida 2016-yil 4-iyuldagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) “kapital” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan qoʻllanganda “mol-mulk”ni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qoʻllanilganda unda taʼriflanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno kelib chiqmasa, ushbu Konvensiyaga daxl qiladigan soliqlarga taalluqli ana shu Davlatning qonunlarida koʻrsatilgan maʼnoga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi ana shu Davlat qonunlari boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy istiqomat qilishi, rahbar organning joyi, yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan joyi, yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi. Biroq bu atama ushbu Ahdlashuvchi Davlatda faqat mazkur Davlatda joylashgan manbalardan yoki kapitaldan daromad olayotgani uchun soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlsa, uning maqomi kuyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxs toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatninggina rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Ahdlashuvchi Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari eng chuqur boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatninggina rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi boʻlmasa, u faqat oʻsha odatda yashaydigan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) agar u odatda har ikki Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u Ahdlashuvchi Davlatlarning qay birining fuqarosi boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki shunday boʻlmasa Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatning har ikkisining rezidenti boʻlsa, bu holda oʻzining amaldagi boshqaruv organi joylashgan oʻsha Davlatning rezidenti, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan doimiy faoliyat joyini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doʻkon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) ustaxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ferma yoki har qanday plantatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) shaxta, neft va gaz koni, karyer yoki tabiiy resurslarni qazib chiqaradigan har qanday boshqa joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Doimiy muassasa” atamasi bundan tashqari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish maydonchasi, qurilish, montaj yoxud yigʻma obyekt yoki ushbu obyekt bilan bogʻliq kuzatuv faoliyati, faqat agar bunday qurilish maydonchasi, obyekti yoki faoliyat istalgan oʻn ikki oylik davr doirasida 9 oydan oshadigan davr ichida davom etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmatlarni, shu jumladan Ahdlashuvchi Davlat korxonalaridan biri tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shunday maqsad uchun band boʻlgan xizmatchilar yoki boshqa xodimlar orqali maslahat xizmati koʻrsatish, agar bunday faoliyat shu obyektning oʻzi yoki u bilan bogʻliq obyekt uchun istalgan oʻn ikki oylik davr doirasida jami 9 oydan oshadigan davr va davrlar mobaynida davom etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, quyidagi faoliyat turlarini “doimiy muassasa” atamasi oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlarni saqlash, namoyish qilish maqsadlaridagina foydalanish, daromad olmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasining faqat saqlash yoki namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida, daromad olmasdan ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasini faqat boshqa korxona tomonidan qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tasodifiy, vaqtinchalik xalqaro yarmarka yoki koʻrgazma doirasida ana shu yarmarka yoki koʻrgazma yopilganidan soʻng 15 kun mobaynida namoyish etilayotgan korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlarning namunalarining sotilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyining tovarlar yoki buyumlar sotib olish yoki mazkur korxona uchun axborot yigʻish maqsadlari uchun ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari uchun ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) doimiy faoliyat joyining “a” — “f” kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarini har qanday kombinatsiyalashni amalga oshirish uchungina butun faoliyati ana shu kombinatsiya natijasi boʻlgan va tayyorgarlik hamda yordamchi tusda boʻlgan taqdirda ushlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1 va 2-bandlardagi qoidalarga qaramay, agar 7-bandda koʻrsatilgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan ish yuritsa, unda bu korxona birinchi eslatilgan Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaraladi, agar bu shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi eslatilgan Davlatda korxona nomidan kontraktlar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va bundan odatda foydalansa, faqat ushbu faoliyati 4-bandda eslatilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolsa va agar doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, bu joyni ushbu bandning qoidalariga asosan, doimiy muassasaga aylantirmaydi; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday vakolatlarga ega boʻlmasa, lekin odatda birinchi Ahdlashuvchi Davlatda tovarlar yoki buyumlar zaxirasini saqlash joyiga ega boʻlsa va shu joydan korxona nomidan tovarlar va buyumlarni muntazam yetkazib tursa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta kompaniyasi, takroriy sugʻurta hollaridan tashqari, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, agar u sugʻurta mukofotlarini ana shu boshqa Davlat hududida toʻplasa yoki 7-band taalluqli boʻlgan mustaqil maqomli agentdan boshqa shaxs orqali mumkin boʻlgan tavakkalchilikdan sugʻurta qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki mustaqil maqomga ega boʻlgan boshqa har qanday agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritganlari taqdirda, mazkur korxona boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega emas, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan, yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa bu fakt oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlgan koʻchmas mulkdan oladigan daromad (qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar ham shunga kiradi) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligidagi ahamiyatga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli umumiy qonunchilikning qoidalari bilan huquqi belgilab berilgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva mollari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi vositalarini, koʻchmas mulk uzufruktini va minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini ishlab chiqish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki belgilangan toʻlovlar uchun huquqni yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini ishlab chiqish huquqini oʻz ichiga oladi; kemalar, havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki oʻzga har qanday shaklda foydalanishdan olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1 va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadiga va mustaqil xususiy xizmatlarni amalga oshirishda ishlatiladigan koʻchmas mulkdan olingan daromadlarga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasining foydasi agar korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini Ahdlashuvchi boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona yuqorida aytilganidek oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, uning foydasi, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, ammo:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismidagina;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ana shu boshqa Davlatda doimiy muassasa orqali sotilayotgan ana shunday yoki shunga oʻxshash tovarlar va buyumlarni sotishdan; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ana shu boshqa Davlatda doimiy muassasa orqali amalga oshirilayotgan ana shunday yoki shunga oʻxshash tijorat faoliyatini amalga oshirishdangina soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tadbirkorlik faoliyatini oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, foyda har bir Ahdlashuvchi Davlatda shu doimiy muassasaga oʻtkaziladi, agar doimiy muassasa alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirayotgan boʻlsa, xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida va har qanday boshqa shaxs va korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrsa va u korxonaning doimiy muassasasi hisoblansa, ushbu daromadni olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda mazkur doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni chiqarib tashlashga yoʻl qoʻyiladi, doimiy muassasa joylashgan Davlatda hamda har qanday oʻzga yerda faoliyati maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham shunga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq doimiy muassasa tomonidan uning bosh muassasasiga yoki rezidentning boshqa muassasalaridan istalgan bittasiga royalti, yigʻimlar, patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun boshqa oʻxshash toʻlovlar yoʻli bilan yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, korxona bankka tegishli boʻlgan hollardan tashqari, yoki doimiy muassasaga berilgan qarz summasiga foizlarni toʻlash yoʻli bilan toʻlangan summalarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatda korxona foydasining umumiy summasini uning turli boʻlinmalariga mutanosib tarzda taqsimlash negizida doimiy muassasaga tegishli foydani belgilash oddiy hol ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech narsa Ahdlashuvchi Davladda soliqqa tortiladigan foydani amaldagi shunday taqsimot vositasida aniqlashga xalaqit bermaydi; tanlangan taqsimot uslubi ushbu moddadagi tamoyillarga muvofiq natijalar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona uchun doimiy muassasa tomonidan tovarlar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda yozilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga mansub foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar foyda mazkur Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Xalqaro transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi xalqaro tashishlarda kemalar, samolyotlar, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanishdan olgan daromadga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida eslatib oʻtilgan foyda kemalar, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanishdan olinadigan foydadan farq qiladigan oteldan yoki transport faoliyatidan olingan foydani oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-bandlar qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha xalqaro tashkilotlarda yoki qoʻshma korxonada, pulda (umumiy jamgʻarmada) ishtirok etishdan olingan foydalarga hamda kemalar, havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalaridan foydalanishgagina taalluqli foydalaridan olinadigan foizlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻsha shaxslar Ahdlashuvchi Davlatlarning unisining ham korxonasini, bunisining ham korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, korxonalardan birida shunday munosabatlar natijasida toʻplangan, lekin shunday munosabatlar sababli zarur hajmda boʻlmagan foyda ushbu korxona daromadiga qoʻshilishi va tegishli tarzda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladigan foydani, shuningdek soliqlarni kiritsa shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga hisoblanadigan foyda boʻlsa, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat shu Davlatga tegishli foydadan soliqlar summasiga zarur tuzatishlar kiritadi. Bunday tuzatishni belgilashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtibor qaratish kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlangan dividendlar ana shu boshqa Davlat tomonidan soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo ularni oluvchi dividendlarning haqiqiy sohibi boʻlsa, undirilayotgan soliq dividendlar yalpi miqdorining 10 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band dividendlar toʻlanadigan foydaga nisbatan kompaniyani soliqqa tortishga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Dividendlar” iborasi mazkur moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan yoki aksiyalardan foydalanishdan yoki huquqlardan foydalanishdan, kon qazish sanoati aksiyalaridan, muassislarning aksiyalari yoki qarz talablari hisoblanmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad singari soliq bilan tartibga solib turiladigan boshqa korporativ huquqlaridan olinadigan daromadni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar dividendlarning haqiqiy sohibi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil xususiy xizmatlar koʻrsatsa va xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, bu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olmasligi mumkin, ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan bunday dividendlar yoki xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi, hatto-ki toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ammo bunday foizlar hosil boʻladigan mazkur Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti foizlarning haqiqiy sohibi boʻlsa soliqning miqdori foizlar yalpi summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-bandning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birida paydo boʻladigan foizlar ana shu Davlatda soliqqa tortishdan ozod qilinadi, agar bu foizlarni oluvchi va foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat Hukumati, yoki uning mahalliy maʼmurlari yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi boʻlsa yoki bu foizlar shu Hukumatning, mahalliy maʼmurlarining yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmaning har qanday agentligiga yoki bank boʻlinmasi yoki muassasasiga tegishli boʻlsa yoki ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentining qarz talablari boshqa Ahdlashuvchi Davlat Hukumatiga toʻla taalluqli boʻlgan moliya muassasasi tomonidan kafolatlangan, sugʻurtalangan yoki bevosita yoki bilvosita mablagʻ bilan taʼminlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Foizlar” iborasi mazkur moddada qoʻllanilganda ipoteka taʼminotidan va qarzdorning foydada qatnashish huquqi mavjudligidan qatʼi nazar har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni va, xususan, Hukumat qimmatli qogʻozlari, obligatsiyalar va qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni, shu jumladan ushbu qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofotlar va yutuqlarni bildiradi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar ushbu modda maqsadlari uchun foizlar sifatida koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar benefitsiar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda faoliyat olib borayotgan boʻlsa yoki mazkur boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan ham bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab 7 yoki 14-moddalarning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foizlarni toʻlovchi Davlatning oʻzi, mahalliy maʼmurlari, maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki rezidenti boʻlsa foizlar mazkur Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Lekin foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlib, shu tufayli foizlarni toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va bunday foizlar toʻlash xarajatlarini doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasiga olsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ular ikkalasi va qandaydir boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovlarning ortiqcha qismidan mazkur Konvensiyaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar foizlar toʻlanadigan qarz talabnomasini vujudga keltirish yoki topshirish bilan bogʻliq har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri ana shu moddadan shunday vujudga keltirish yoki topshirish yoʻli bilan foyda olish boʻlsa, mazkur modda qoidalari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Royalti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar agar bu rezident ana shu royaltilarning amaldagi egasi hisoblansa, faqat ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday royaltilar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda ham va shu Davlat qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo agar boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti royaltilarning benefitsiari (royaltining foyda oluvchi egasi) boʻlsa, bunday holda undiriladigan soliq royaltilar yalpi miqdorining 10 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” iborasi mazkur moddada qoʻllanilganda har qanday adabiyot, sanʼat va ilm-fan asarlarini, shu jumladan, kinofilmlar hamda radioeshittirish va televideniye yozuvlari, aholiga kabel televideniyesi orqali, tola-optik yoki shunday texnologiya vositasida, yoʻldosh aloqasi orqali eshittirishlarni uzatish, video kassetalar, har qanday patentlar, tovar belgilari, chizma yoki modellar, sxemalar, kompyuter dasturlari, maxfiy formula yoki jarayonlar uchun mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi berilganligi uchun yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy asbob-uskunalardan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi berilganligi uchun, yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajriba xususidagi axborot uchun mukofot tarzida olinadigan har qanday turdagi toʻlovlarni, jumladan natura koʻrinishidagi toʻlovlarini anglatadi. “Royalti” atamasi, shuningdek, har qanday bunday mol-mulk yoki huquqlarni ishlab chiqarishda, unumdorlikda, bunday mol-mulk yoki huquqlardan foydalanish yoki ularning tugatilishida koʻzda tutilmagan boʻlgan darajada begonalashtirilishidan olinadigan daromadlarni ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royaltiga nisbatan amalda huquqqa ega boʻlgan shaxs (benefitsiar) royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza orqali tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki ana shu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mol-mulk haqiqatan ham doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda 7 yoki 14-moddalar qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning oʻzi, uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi, mahalliy hokimiyat organi yoki shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royaltilar shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq, agar, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidentimi, yoʻqmi ekanligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki doimiy baza toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royaltidan tushgan daromadlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi va amalda royalti huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkovi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki royalti toʻlanadigan axborotga taalluqli boʻlgan royalti summasi toʻlovchi va amalda ana shu royaltilar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilgan summadan ortib ketsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan summaga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga mazkur Konvensiyaning boshqa qoidalarini hisobga olib, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq, ilgarigidek soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar royalti toʻlanadigan huquqlarni yaratish yoki boshqaga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri mazkur moddadan huquqlarni yaratish yoki boshqaga oʻtkazish orqali foyda olish boʻlsa, mazkur moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan, 6-moddada eslatib oʻtilgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlarga shunday mol-mulk joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlarga, bunga shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olingan daromadni ham qoʻshib mana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti xalqaro tashishda foydalaniladigan kemalar, samolyotlar, temir yoʻl yoki avtotransport vositalarini yoki shunday kemalar, samolyotlar, temir yoʻl yoki avtotransport vositalaridan foydalanishga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan daromadlarga shu Ahdlashuvchi Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti aktivlari toʻla yoki asosan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mol-mulkdan iborat boʻlgan kompaniyadagi aksiyalarini yoki taqqoslama foizlarini begonalashtirishdan oladigan daromadga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1-banddan 4-bandgacha eslatilmagan har qanday mol-mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlarga mol-mulkni sotayotgan shaxs rezident boʻlgan shu Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa xizmatlardan olgan daromadiga faqat mana shu Davlatdagina soliq solinadi, bunday daromadlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortiladigan quyidagi hollardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar u boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam doimiy bazaga uning faoliyatini amalga oshirish uchun ega boʻlsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar u boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan va tugaydigan har qanday 12 oylik davrda 183 kundan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” yoki “b” kichik bandlarida eslatib oʻtilgan hollarda daromad boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shunday doimiy bazaga taalluqli qismidangina yoki rezident shu boshqa Davlatda boʻlib turgan davrda amalga oshiriladigan faoliyatdan daromad soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan, mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatini, shuningdek, vrachlar, huquqshunoslar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar, buxgaltyerlarning faoliyatini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yollanish bilan bogʻliq shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiyaning 16, 18, 19, 20 va 21-moddalari qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti yollash boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash pullariga, agar shu yollash bilan bogʻliq ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, mana shu Davlatda soliq solinishi mumkin. Agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan ragʻbatlantirish puliga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollash boʻyicha ish uchun oladigan taqdirlash pullariga faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliq solinadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taqdirlash puli oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan keyingi 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida yashayotgan boʻlsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash puli yollovchi tomonidan yoki boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) taqdirlash puli boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti xalqaro yuk tashishlarda Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz, havo kemalari bortida, temir yoʻl yoki avtomobil transportida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun oladigan taqdirlash pullariga ana shu Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlarning gonorarlari va Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning direktorlar kengashining aʼzosi sifatida oladigan shunday boshqa toʻlovlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14 va 15-moddalar qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadiga shunday faoliyatini amalga oshirayotgan shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, boshqa shaxsga yozilsa, 7, 14 va 15-moddalar qoidalariga qaramay, ushbu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlarning Hukumatlari bilan kelishilgan madaniy yoki sport almashuvlari doirasida 1-bandda eslatib oʻtilgan faoliyatdan olinadigan va foyda maqsadlari uchun amalga oshirilmayotgan daromad shunday faoliyat amalga oshirilayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Pensiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 19-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga oldinroq amalga oshirilgan faoliyat uchun toʻlanadigan pensiyalar, umrbod renta va boshqa shunga oʻxshash mukofotlarga faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu modda 1-bandining qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlarning ijtimoiy taʼminot qonunlariga muvofiq toʻlanadigan pensiyalar va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Umrbod renta” atamasi umr davomida yoki muayyan yoki belgilangan davr mobaynida belgilangan vaqtda pul yoki pul koʻrinishida (koʻrsatilayotgan xizmatlardan farqli oʻlaroq) oʻxshash va toʻla kompensatsiya oʻrniga majburiy toʻlov boʻyicha toʻlab turiladigan belgilangan summani bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy maʼmurlari yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi shu Davlatga yoki uning mahalliy maʼmurlariga, yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasiga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan har qanday jismoniy shaxsga toʻlanadigan pensiyadan boshqacha taqdirlash pullariga faqat ana shu Davlatdagina soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq bunday taqdirlash pullariga agar xizmatlar mana shu Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti boʻlsa va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) shunday xizmat koʻrsatish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlmasa, faqat ana shu Davlatdagina soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organi yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi tomonidan yoki ular tuzgan fonddan har qanday jismoniy shaxsga shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyat organiga yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasiga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan toʻlaydigan har qanday pensiya faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq bunday pensiya jismoniy shaxs boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlgan taqdirda shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 15, 16 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi amalga oshiradigan amaliy faollik munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan taqdirlash pullariga va pensiyalarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Talabalar va praktikantlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda talaba yoki praktikant sifatida vaqtincha boʻlib turgan va texnik, kasbi yoki tijorat boʻyicha taʼlim olayotgan boʻlsa, uning maʼlumot olishi uchun stipendiya tarzida yashash, oʻqish va maʼlumot olishi uchun chet eldan yuborilayotgan pullarga 7 yillik davr mobaynida shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Talaba yoki praktikantga boshqa Ahdlashuvchi Davlat koʻrsatgan xizmatlari uchun vaziyatga qarab toʻlangan taqdirlashga ana shu boshqa Davlatda agar bunday xizmatlar uning maʼlumot olishi, yashashi va oʻqishi bilan bogʻliq boʻlsa ikki yillik davrda soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Professorlar va ilmiy xodimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqa Ahdlashuvchi Davlatga bevosita kelishidan oldin Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan va boʻlib turgan va ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat Hukumati tomonidan tan olingan qandaydir universitet, kollej, maktab yoki shu kabi foyda olmaydigan oʻquv muassasalari taklifiga binoan kelgan jismoniy shaxs ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatga kelgan kunidan boshlab 2 yildan oshmagan muddat mobaynida mutlaqo oʻqish yoki ilmiy izlanish yoki oʻqish va ilmiy izlanish maqsadida boʻlsa, shunday oʻquv muassasalarida, dars berishi yoki ilmiy izlanishlari uchun olgan mukofotlari ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq toʻlashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shu kabi tadqiqot jamiyat manfaati uchun emas, balki aniq shaxs yoki shaxslar foydasi uchun ishlatilsa, bunday tadqiqotlardan olingan daromad uchun shu moddaning 1-bandi qoidalari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining Konvensiyaning oldingi moddalarida qayd etilmagan daromad turlariga faqat mana shu Davlatda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-bandning 6-moddada koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari daromadlarga nisbatan, agarda bunday daromad egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali oʻz faoliyatini amalga oshirsa yoki u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1-bandning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holatda 7 yoki 14-moddalarning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Biroq Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi manbalardan oladigan har qanday shunday daromad shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Kapital
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-bandning 6-moddada koʻrsatilgan koʻchmas mol-mulk tarzida boʻlgan va Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻchmas mol-mulk tarzidagi va Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi yoxud mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foydalanadigan doimiy bazaga taalluqli koʻchmas mol-mulk tarzidagi kapitalga ana shu boshqa doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari va temir yoʻl yoki avtomobil transporti tarzidagi hamda shunday dengiz va havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transportidan foydalanishga taalluqli koʻchar mulkdan iborat Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga tegishli kapital faqat shu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti kapitalining barcha boshqa elementlari faqat shu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekistonga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq, Ruminiyada soliq solinishi mumkin boʻlgan daromadni olsa yoki kapitalga ega boʻlsa, Oʻzbekiston:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) shu rezidentning daromad soligʻidan Ruminiyada toʻlangan daromad soligʻiga teng summani chegirib tashlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) shu rezidentning kapitaliga solinadigan soliqdan Ruminiyada toʻlangan kapital soligʻiga teng summani chegirib tashlashga imkon berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday chegirib tashlashlar har qanday holda ham vaziyatga bogʻliq ravishda Oʻzbekistonda soliq solinishi mumkin boʻlgan daromadga yoki kapitalga taalluqli chegirib tashlangungacha hisoblangan daromad yoki kapital soligʻi qismidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ushbu Konvensiyaning biron bir qoidasiga muvofiq Oʻzbekiston rezidenti olgan daromad yoki u ega boʻlgan kapital Oʻzbekistonda soliqqa tortilishdan ozod qilingan boʻlsa, bu holda Oʻzbekiston shu rezident daromadi yoki kapitalining qolgan qismiga soliq summasini hisoblashda soliq solishdan ozod qilingan daromad yoki kapital summasini hisobga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ruminiyaga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qachonki, Ruminiya rezidenti 10, 11 va 12-moddalarda eslatilgan daromad yoki daromad turlarini olayotganda yoki foyda, foydaning oʻsishi tarzidagi daromadning yoki kapitalning egasi boʻlsa, Oʻzbekiston qonunchiligi boʻyicha va mazkur Konvensiyaga binoan soliqqa tortilishi mumkin, u holda bu soliqlar Oʻzbekistonda toʻlanadigan boʻlgani uchun Ruminiya oʻzining daromad, daromad turlari, foyda va foydaning oʻsishi tarzidagi daromad hamda kapital soligʻiga qarshi soliqqa teng summani kredit sifatida ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq kreditga ruxsat berilgan summa miqdori Ruminiya qonunchiligiga asosan hisoblab chiqilgan daromad, daromad turlari, foyda va foydaning oʻsishi tarzidagi daromad yoki kapital soligʻi miqdoridan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Kamsitmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda solinishi mumkin boʻlganidan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasiga soliq solish ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu Ahdlashuvchi boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalariga soliq solishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Mazkur moddadagi hech narsa bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga soliq solish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy majburiyatlari asosida beradigan har qanday yakka tartibdagi imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirmalar berishga majburlovchi tarzida talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Konvensiyaning 9-moddasining, 11-moddasining 7-bandi yoki 12-moddasining 6-bandi qoidalari qoʻllanganidan tashqari hollarda, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga bunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida toʻlaydigan foizlar, royaltilar va boshqa xarajatlari agar bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan boʻlsa, shunday shartlar asosida chegirib tashlanadi. Shu singari Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga har qanday qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiladigan kapitalini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentining qarzi singari shartlar asosida chegirib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonalari, qaysiki ularning kapitali toʻliq yoki qisman Ahdlashuvchi boshqa Davlatga tegishli boʻlsa yoki bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinsa, birinchi eslatilgan Davlatda kapitali uchinchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga toʻla yoki qisman tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bu moddada hech narsa Ahdlashuvchi Davlatni shu Davlatning rezidenti-jismoniy shaxslariga beriladigan har qanday xususiy imtiyozlarni, soliqdan ozod qilishlarni va soliqqa tortish maqsadida chegirishlarni shu Davlat rezidenti boʻlmagan jismoniy shaxslarga bersin, deb majburlamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bu modda qoidalari mazkur Konvensiya tegishli boʻlgan soliqlarga qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining faoliyati unga mazkur Konvensiyada nazarda tutilganga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa, u mazkur Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yoki agarda uning holati Konvensiyaning 25-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Ariza mazkur Konvensiya qoidalariga nomuvofiq soliq solinishiga olib keluvchi xatti-harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliq solinishidan qochish maqsadlarida Ahdlashuvchi boshqa Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal qiladi. Har qanday erishilgan kelishuv Ahdlashuvchi Davlatning milliy qonunchiligida mavjud boʻlgan vaqtinchalik cheklashlarga qaramay amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular mazkur Konvensiyada nazarda tutilmagan holatlarda ham ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishida hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin. Agar kelishuvga erishish uchun ogʻzaki fikrlashuvlarni tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlsa, unda bunday uchrashuvlar Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari doirasida oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Konvensiya qoidalarini bajarish yoxud soliq solinishi mazkur Konvensiyaga zid boʻlmagan tarzda Ahdlashuvchi Davlatlar, ularning maʼmuriy-hududiy birliklari yoki mahalliy hokimiyat organlari foydasiga undiriladigan har qanday turdagi va tavsifdagi soliqlarga oid milliy qonunchilikni tatbiq qilishga va ijro etishga yaqindan aloqador boʻlgan axborotni almashadilar. Axborot almashish 1- va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olingan har qanday axborot ushbu Davlatning milliy qonunchiligiga asosan olingan axborot kabi maxfiy deb hisoblanishi lozim hamda faqat mazkur moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan soliqlarni hisoblash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud taʼqibi, ushbu soliqlarga nisbatan eʼtiroz va shikoyatlar boʻyicha qarorlar qabul qilish yoxud bunday faoliyatni nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (sud va maʼmuriy idoralar shular jumlasidan) taqdim qilinishi mumkin. Ular bunday axborotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarida oshkor qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday holatda ham mazkur moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan tarzda talqin qilinmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) har qanday savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasbiy sirni yoxud savdo jarayonini oshkor etuvchi yoki oshkor etilishi jamoat tartibiga (ordre public) xilof hisoblangan axborotni taqdim qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu moddaga muvofiq axborot soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat bunday axborot oʻz soliq maqsadlari uchun zarur boʻlmasa ham, soʻralgan axborotni olish uchun axborot toʻplash boʻyicha oʻz tadbirlaridan foydalanishi lozim. Mazkur bandning birinchi jumlasida nazarda tutilgan majburiyatga nisbatan ushbu moddaning 3-bandida belgilangan cheklovlar qoʻllaniladi, biroq har qanday holatda ham bunday cheklovlar ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli axborot taqdim etishni rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har qanday holatda ham, mazkur moddaning 3-bandi Ahdlashuvchi Davlatga bunday maʼlumot faqatgina bank, boshqa moliyaviy muassasa, nominal egasi, agent yoki ishonchli boshqaruvchilar ixtiyorida ekanligi yoxud bunday maʼlumot biror bir shaxsga nisbatan ulushli mulkiy manfaatlarga taalluqliligi asosida axborot taqdim qilishni rad etishga imkoniyat sifatida talqin qilinmasligi lozim.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida 2016-yil 4-iyuldagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27A-modda
Soliqlarni undirishda yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlatlar oʻzlariga tegishli soliq majburiyatlarini undirishda bir-birlariga oʻzaro amaliy yordam koʻrsatadilar. Bunday yordam 1- va 2-moddalarning qoidalari bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qoʻllash tartibini oʻzaro kelishish yoʻli bilan belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddada qoʻllanilgan “soliq majburiyati” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan va undirilishi mazkur Konvensiyaga yoki Ahdlashuvchi Davlatlar ishtirokchisi boʻlgan istalgan boshqa hujjatga zid boʻlmagan tarzda har qanday tur va tavsifdagi soliqlar sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻni, shuningdek, bunday soliqlarga tegishli foizlar, maʼmuriy jarimalar hamda ushbu mablagʻni undirish yoki undirilishini taʼminlash boʻyicha xarajatlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga taalluqli soliq majburiyati ushbu Davlatning qonunlariga muvofiq undirilishi va ushbu Davlatning qonunlariga koʻra ayni shu paytda uni undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, bu holda ushbu Davlatning vakolatli organlari soʻrovnomasiga binoan bunday soliq majburiyati ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari tomonidan undiruv uchun qabul qilinadi. Bunday soliq majburiyati ikkinchi Davlat tomonidan, ayni mazkur Davlatga taalluqli soliq majburiyati singari, uning oʻz soliqlarini undirishi uchun qoʻllanadigan oʻzining qonunchiligi qoidalariga muvofiq undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatning soliq majburiyati ushbu Davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini koʻrishni taqozo qiladigan majburiyat boʻlsa, bunday soliq majburiyati ushbu Davlatning vakolatli organi soʻrovnomasiga binoan boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan taʼminlash choralarini koʻrish maqsadida qabul qilinadi. Ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlat bunday soliq majburiyatiga nisbatan, hatto dastlabki koʻrsatilgan Ahdlashuvchi Davlatda bunday choralarni koʻrish paytida soliq majburiyati bajarilishining imkoni boʻlmagan yoki uni ijro etilishiga toʻsqinlik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan taqdirda ham, ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatga taalluqli boʻlganidek oʻz qonunchiligi qoidalariga muvofiq oʻzining soliq majburiyatiga nisbatan belgilangan taʼminlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddaning 3- va 4-bandlari qoidalaridan qatʼiy nazar, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining qonunchiligiga muvofiq soliq majburiyatiga nisbatan shunday majburiyatning xususiyatiga koʻra qoʻllanishi mumkin boʻlgan vaqt cheklovlari va ustuvorlik tartibi ushbu Davlat tomonidan 3- va 4-bandlarda nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq majburiyatiga nisbatan qoʻllanilmaydi. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan mazkur moddaning 3- va 4-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq majburiyatiga nisbatan ushbu Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan ustuvorlik tartibi qoʻllanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Davlatlarning biriga taalluqli soliq majburiyatining mavjudligi, haqiqiyligi yoki summasini aniqlash boʻyicha tartibotlar ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning sud yoxud maʼmuriy organlari muhokamasiga olib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan biri mazkur moddaning 3- va 4-bandlariga muvofiq soʻrov yuborganidan soʻng toki ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat tegishli soliq majburiyati summasini undirib, birinchi Ahdlashuvchi Davlatga oʻtkazguniga qadar bunday soliq majburiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrov mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq yuborilganda — birinchi aytilgan Davlatga taalluqli, ushbu Davlatning qonunlariga muvofiq undirilishi hamda shu paytda ushbu Davlatning qonunlariga koʻra uni undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlab berilishi lozim soliq majburiyati hisoblanmay qolsa, yoki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrov mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq yuborilganda — koʻrsatilgan birinchi Davlatga taalluqli, uni undirish uchun ushbu Davlat oʻz qonunchiligiga muvofiq taʼminot choralarini koʻrishi mumkin soliq majburiyati hisoblanmay qolsa, bu holda birinchi Davlatning vakolatli organlari bu haqda darhol ikkinchi Davlatning vakolatli organlarini xabardor qiladilar va birinchi Davlat ikkinchi Davlatning ixtiyori boʻyicha oʻz soʻrovini toʻxtatadi yoki chaqirtirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu moddaning qoidalari hech bir holatda Ahdlashuvchi Davlat zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklanishi sifatida talqin qilinishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) y yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunlari va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jamoat tartibiga (ordre public) zid choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) agar boshqa Ahdlashuvchi Davlat har bir muayyan holatda oʻz qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq uning ixtiyorida boʻlgan undirishga yoki undiruvni taʼminlashga doir barcha oqilona choralarni koʻrmagan boʻlsa, koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) koʻmaklashayotgan Davlat zimmasiga tushayotgan maʼmuriy sarf-xarajatlar undiruv natijasida ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat olishi mumkin foydaga nomutanosib boʻlgan holatlarda koʻmaklashish.
(27A-modda Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida 2016-yil 4-iyuldagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xodimlarining xalqaro huquq umumiy normalariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28A-modda
Oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaga Ahdlashuvchi Davlatlarning oʻzaro roziligi bilan Konvensiyaning ajralmas qismi hisoblanuvchi alohida bayonnomalar orqali oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(28A-modda Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida 2016-yil 4-iyuldagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Konvensiyaning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya ratifikatsiya qilinadi va Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri mazkur Konvensiyaning kuchga kirishi uchun ularning qonunlariga muvofiq talab qilinadigan rusum-qoidalarning bajarilganligi toʻgʻrisidagi soʻnggi xabar olingan kundan keyingi birinchi kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya quyidagilarga nisbatan amal qila boshlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Konvensiya kuchga kirgan taqvimiy yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Konvensiya kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvarida va undan keyin olingan boshqa foyda, daromad yoki kapital soliqlariga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiya cheklanmagan muddatgacha oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Konvensiyaning amal qilishini Konvensiya kuchga kirgan kundan keyin besh yil oʻtgach boshlanadigan har qanday taqvimiy yil tugaguncha 30-iyungacha yoki bu sanadan oldin diplomatik yoʻl orqali yozma xabar berib toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda Konvensiyaning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xabar berilgan yildan keyin bevosita keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki undan soʻnggi sanadan boshlab daromadlar manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xabar berilgan yildan keyin bevosita keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvarida yoki bundan keyin olingan boshqa foyda, daromad yoki kapital soliqlariga nisbatan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi imzo chekuvchilar, lozim tartibda vakolat berilgan shunga guvohlik berilgan, mazkur Konvensiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxarest shahrida 1996-yil 6-iyunda ikki nusxada, har biri oʻzbek, rumin va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)