17.06.1999 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Kanada Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Kanada Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiya tuzish istagini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Qoʻllanish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Kanada nomidan yoxud ularning mahalliy hokimiyatlari nomidan undiriladigan daromad va kapital soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad va kapital soliqlariga umumiy daromaddan yoki daromadning bir qismidan, umumiy kapitaldan yoki uning bir qismidan undiriladigan barcha soliqlar, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlardan hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki maoshning umumiy miqdoridan olinadigan soliqlar, shuningdek kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlardan undiriladigan soliqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya qoʻllanadigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Kanadaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kanada Hukumati tomonidan daromad soligʻi toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq undiriladigan soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Kanada soliqlari” deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Konvensiya u imzolangandan soʻng Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri tomonidan undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday mohiyati boʻyicha oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligida boʻlgan har qanday mavjud muhim oʻzgarishlar haqida bir-birlariga xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Kanada” atamasi jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda Kanada hududini, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) xalqaro huquq va Kanadaning qonunchiligiga muvofiq Kanada dengiz tubi va yer osti hamda uning tabiiy resurslariga nisbatan oʻz huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan Kanadaning hududiy dengizidan tashqaridagi har qanday hududni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) tabiiy resurslarini tekshirish yoki ishlab chiqish munosabati bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyatga nisbatan I-kichik bandda eslatib oʻtilgan hududlar ustidagi dengiz va osmon kengliklarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini, jumladan hududiy suvlari va hududiy suvlaridan tashqaridagi hududlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro huquqqa muvofiq tabiiy resurslarni, dengiz tubi va uning yer osti boyliklarini tekshirish va ishlab chiqish maqsadida suveren huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan har qanday hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga bogʻlik ravishda Oʻzbekistonni yoki Kanadani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “bir Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha bir Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ishlab turgan korxonani va boshqa Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ishlab turgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, er-mulkni, ishonch fondini, kompaniyani, shirkatni yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “kompaniya” atamasi korporativ birlashmani yoki soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “vakolatli organ” atamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Kanadaga nisbatan — Davlat daromadlari vazirini yoki uning vakolatli vakilini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Oʻzbekistonga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisi yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “milliy shaxs” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxsni, shirkat va assotsiatsiyani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga nisbatan dengiz yoki havo kemasida (ushbu kemalar ana shu rezident tomonidan ishlatilayotgani yoki foydalanilayotganidan qatʼi nazar) yoʻlovchilar va mulkning har qanday tashilishini anglatadi, boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida yoʻlovchi va mulklarni tashish asosiy maqsad boʻlgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat tomonidan har qanday vaqtda qoʻllanganida unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan boshqa maʼno kelib chiqmasa, ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan ushbu Davlat qonunlarida ega boʻlgan maʼnoni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi ana shu Davlat qonunlari boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlish joyi, korporatsiya sifatida tashkil topgan joyi, boshqaruv joyi va har qanday boshqa shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi. Biroq, bu atama ushbu Ahdlashuvchi Davlatda faqat ushbu Davlatda joylashgan manbalardan yoki kapitaldan daromad olayotgani uchun soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi. Ushbu atama Ahdlashuvchi Davlat hukumatini yoki uning mahalliy hokimiyatini yoki har qanday shunday hukumat yoki hokimiyatning qonunida belgilangan har qanday agentligi yoki organini ham oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxs faqat toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, u faqat shaxsiy va iqtisodiy aloqalari yaqinroq boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi boʻlmasa, u faqat odatda boʻlib turadigan oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) agar u odatda har ikkala Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u faqat qaysi Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki ulardan hech biriniki boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq kompaniya har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u faqat milliy shaxsi boʻlgan oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar u Davlatlarning hech birini milliy shaxsi boʻlmasa, unda u oʻzining amaldagi boshqaruv organi joylashgan oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar shaxs 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs yoki kompaniyadan boshqa boʻlgan shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu masalani oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga va ushbu Konvensiyaning shunday shaxsga nisbatan qoʻllanish usulini aniqlashga intilishlari lozim. Bunday bitimga erishilmagan taqdirda, bunday shaxs ushbu Konvensiyadan foyda olish maqsadlarida Ahdlashuvchi Davlatlardan hech birining rezidenti, deb hisoblanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) shaxta, neft va gaz koni, karyer yoki tabiiy resurslarni tekshirish yoki ishlab chiqishga taalluqli boʻlgan har qanday boshqa joyni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish maydonchasi, montaj yoxud yigʻuv obyekti doimiy muassasa, deb hisoblanadi, faqat shunday holdaki, agar ularning faoliyati 12 oydan koʻproq davom etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlarni saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasining faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadlari uchun ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari uchun ushlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyining a — e-kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyalashuvi uchungina bunday doimiy faoliyat joyining umumiy faoliyati ana shu kombinatsiyalashuv natijasi tayyorgarlik hamda yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, agar 6-band tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan ish yuritsa va korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda shu vakolatdan foydalansa, bu korxona ushbu Davlatda ushbu shaxs tomonidan ana shu korxona uchun amalga oshirayotgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega boʻladi, agar, faqat ushbu shaxsning faoliyati 4-bandda eslatilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa, agar bu faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa ham bu joyni ushbu bandning qoidalariga asosan doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxona Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini shu Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali amalga oshirsa, bunda bu shaxslarning harakati oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida boʻlgan holdagina doimiy muassasaga ega, deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki kompaniya tomonidan nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadlari (jumladan qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi boʻyicha belgilangan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli boʻlgan umumiy qonunchilik qoidalari bilan huquqi belgilab berilgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida ishlatiladigan vositalarni va koʻchmas mulk uzufruktini, minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamalarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini, yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; dengiz va havo kemalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga hamda shunday mulkni begonalashtirishdan olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1 va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadiga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda ishlatiladigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi, agar korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan yoki amalga oshirgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, faqatgina shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismidagina soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga hisoblanadigan foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonadan va boshqa barcha shaxslardan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda hamda har qanday oʻzga erda faoliyati maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi. Biroq doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki rezidentning boshqa ofislaridan istalgan biriga 12-moddada belgilangan royalti sifatida toʻlangan, yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, bank korxonasiga tegishli boʻlgan hollardan tashqari, yoki 11-moddada belgilangan, ushbu doimiy muassasaga berilgan qarz summasiga foizlarni toʻlash yoʻli bilan toʻlangan summalarni, agar ular umuman bor boʻlsa (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) hech qanday chegirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu tarzda, doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki boshqa ofislardan istalgan biriga 12-moddada belgilab berilganidek royalti tarzida toʻlangan, yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, bankka doir korxona hollaridan tashqari, korxonaning bosh ofisiga yoki boshqa ofislardan istalgan bittasiga berilgan qarz summasiga 11-moddada belgilab berilgan foizlar tarzida toʻlangan summalar (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) doimiy muassasa foydalarini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻladigan foydani, korxona foydasining umumiy miqdorini uning turli boʻlinmalariga proporsional taqsimlash asosida belgilash oddiy amaliyot ekanligiga qaramasdan, 2-banddagi hech bir narsa ushbu Ahdlashuvchi Davlatga soliqqa tortiladigan foydani amaliyot taqozo qilganidek, ana shunday taqsimot vositasida belgilashiga toʻsqinlik qilmaydi; biroq tanlangan taqsimot usuli shunday boʻlishi kerakki, natija ushbu moddada mavjud boʻlgan tamoyillarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona uchun doimiy muassasa tomonidan tovar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar foyda, ushbu Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, ana shu moddalarning qoidalari ushbu modda qoidalariga taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Xalqaro transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz va havo kemasidan foydalanishdan olgan foydasi faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band va 7-moddaning qoidalariga qaramay bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining dengiz yoki havo kemasida tashishdan oladigan foydalari, agar tashishdan asosiy maqsad boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida yoʻlovchi yoki mulklarni tashishdan iborat boʻlsa, faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu modda maqsadlari uchun Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarida dengiz va havo kemalardan foydalanib oladigan foydalari quyidagi foydalarni ham oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan ekipajsiz kemalarni, dengiz va kemalarini fraxtalash asosida ijaraga olishdan olinadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqaro tashishlarda foylaniladigan konteynerlardan (jumladan treylerlar va konteynerlarni tashish bilan bogʻliq uskunalar) foydalanish, saqlash yoki ijaraga berishdan olinadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qachonki, bunday ijaraga berish yoki shunday foydalanish, saqlash yoki ijaraga berish xalqaro tashishlarida dengiz yoki havo kemalaridan foydalanishga nisbatan yordamchi boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1 va 2-bandlar qoidalari pulda, qoʻshma korxonada yoki transport vositalaridan foydalanish boʻyicha xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishdan olingan foydalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻsha shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat va boshqa Ahdlashuvchi korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki ularning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va har qanday holatda ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladigandan farqli boʻlgan sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, bunda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo shunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday daromad yoki foyda ana shu korxonaning daromadi yoki foydasiga hisoblanishi va muvofiq ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qachonki, Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilgan foydani kiritsa va muvofiq ravishda soliqqa tortsa va shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat foydadan oʻzida olingan soliq miqdoriga tegishli zarur tuzatishlarni shu boshqa Davlat soliq qonunchiligiga asosan kiritadi. Bunday tuzatishlarni aniqlashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtibor qaratish kerak va zarur boʻlsa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro maslahatlashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat bunday oʻzgarishga molik boʻlgan foydaning korxonaga hisoblanishi mumkin boʻlgan yilning oxiridan boshlab 5 yil oʻtgach, 1-bandda eslatilgan vaziyatlarda shu korxonaning foydasini oʻzgartirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2 va 3-bandlarning qoidalari aldamchilik qilingan yoki atayin soliq toʻlanmagan hollarda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlangan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq, agar dividendlarning haqiqiy egasi, yaʼni foyda beruvchi dividendlarning egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, unda shu tarzda undiriladigan soliqning miqdori quyidagilardan ortiq boʻlmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) foyda beruvchi dividendlarning haqiqiy egasi boʻlgan kompaniya dividendlar toʻlayotgan kompaniyada hal qiluvchi ovozlarning kamida 10 foizini bevosita yoki bilvosita nazorat qilsa, dividendlar yalpi miqdorining 5 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa barcha hollarda dividendlar yalpi miqdorining 15 foizidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Dividendlar” iborasi ushbu moddada qoʻllanganida, aksiyalardan, aksiyalardan “foydalanish”dan yoki huquqlardan “foydalanish”dan, kon qazish sanoati aksiyalaridan, taʼsischilar aksiyalari yoki qarz talabi hisoblanmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq aksiyalardan olinadigan daromadni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻla turib, dividendlar toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa va xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda boʻlsa, ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olmasligi mumkin, qachonki, dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda boʻlgan hollardan tashqari, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi, hattoki toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Konvensiyadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoziladigan kompaniya daromadini soliqqa tortish, ana shu Davlatning milliy shaxsi hisoblangan kompaniya daromadidan undirilishi mumkin boʻlgan soliqqa nisbatan qoʻshimcha soliq, shu tariqa undirilgan har qanday qoʻshimcha soliq ilgari soliqqa tortilgan yillarda shunday qoʻshimcha soliqqa tortilmagan bunday daromadlar miqdorining 5 foizidan oshmagan taqdirda ham ushbu Davlatga nisbatan toʻsiq deb talqin etilishi mumkin emas. Ushbu qoida maqsadlari uchun “daromad” atamasi Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga barcha soliqlar shu muassasadan chegirib tashlangan yilda yoki shundan oldingi yillarda hisoblangan har qanday iborat foydani bildiradi, ushbu Davlat tomonidan shunday daromaddan undiriladigan bu erda eslatib oʻtilgan qoʻshimcha soliq bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 6-band qoidalari Davlatlardan birida koʻchmas mulk savdosi bilan shugʻullanadigan kompaniya ushbu Davlatda doimiy muassasaga ega yoki ega emasligidan qatʼi nazar, koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlarga nisbatan ham qoʻllanadi, faqat ushbu daromadlar 6-modda yoki 13-moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq boʻlgan darajada shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ammo bunday foizlar ular hosil boʻladigan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti foizlarning haqiqiy egasi boʻlsa, unda soliqning miqdori foizlar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-bandning qoidalaridan qatʼi nazar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bir Ahdlashuvchi Davlatda paydo boʻladigan va shu Davlat hukumati yoki uning mahalliy hokimiyati qarziga nisbatan toʻlanadigan foizlar, bu foizlar boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan haqiqatan ham ega boʻlishi sharti bilan faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekistonda paydo boʻladigan va Kanada rezidentiga toʻlanadigan foizlar faqat Kanadada soliqqa tortiladi, agar ular Kanada Eksportinn Rivojlantirish Korporatsiyasi tomonidan berilgan, kafolatlangan yoki sugʻurtalangan zayomga nisbatan yoki shu korporatsiya tomonidan berilgan, kafolatlangan yoki sugʻurtalangan kreditga nisbatan toʻlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Kanadada paydo boʻladigan va Oʻzbekiston rezidentiga toʻlanadigan foizlar faqat Oʻzbekistonda soliqqa tortiladi, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan, kafolatlangan yoki zayomga nisbatan yoki shu bank tomonidan uzaytirilgan, kafolatlangan yoki sugʻurtalangan kreditga nisbatan toʻlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni va, xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlari, obligatsiyalar va qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni, shu jumladan ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofotlar va yutuqlarni, shuningdek, ushbu daromad yuzaga kelgan oʻsha Davlat qonunlariga muvofiq qarzga berilgan pul summasidan olinadigan daromad kabi soliq bilan tartibga solib turiladigan daromadni anglatadi. Biroq “foizlar” atamasi 10-moddada koʻrib chiqilayotgan daromadni oʻz ichiga olmaydi. Toʻlov muddati choʻzib yuborilganligi uchun jarimalar ushbu modda maqsadlari uchun foizlar sifatida koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan ham bogʻliq boʻlsa, 2-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddalarning qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foizlar Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi, qachonki, toʻlovchi ushbu Davlat rezidenti boʻlsa. Biroq, qachonki, foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼiy nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlib, shu tufayli foizlar toʻlanadigan qarzdorlik vujudga kelgan boʻlsa, va qarz boʻyicha foizlarni doimiy muassasa yoki doimiy baza toʻlayotgan boʻlsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ular ikkalasi va qandaydir boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda toʻlovlarning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq, avvalgidek soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar foizlar toʻlanadigan qarz talabnomasini vujudga keltirish yoki topshirish bilan bogʻliq har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri ana shu moddadan shunday vujudga keltirish yoki topshirish yoʻli bilan qulaylikka ega boʻlish boʻlsa, ushbu modda qoidalari qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Royalti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar faqat ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday royaltilar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlat qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo agar boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti royaltilarning haqiqiy egasi boʻlsa, unda shu tarzda undiriladigan soliq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) royaltilar yalpi miqdorining 5 foizidan ortib ketmasligi kerak, agar ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) mualliflik huquqlaridan foydalanganlik uchun royaltilar va har qanday adabiy, dramatik, musiqa yoki badiiy asarni yaratish yoki qayta yaratishga nisbatan boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar (kinofilmlar yaratishga, kinofilm yoki videotasmadagi asarlar yoki boshqa tasvirlovchi vositalarni yaratishga nisbatan royaltilardan tashqari), boʻlsa yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) kompyuter dasturlaridan yoki har qanday patentdan yoki sanoat, tijorat yoxud ilmiy tajribaga mansub axborotdan (nou-xau) foydalanish uchun yoki foydalanish huquqi uchun royaltilar (ammo ijara toʻgʻrisidagi bitimlar yoki imtiyozli bitimlar munosabati bilan beriladigan har qanday shunday axborotdan tashqari) boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa barcha hollarda royaltilar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” iborasi ushbu moddada qoʻllanganida har qanday mualliflik huquqi, patent, tovar belgisi, chizma yoki model, sxema, maxfiy formula yoki jarayon yoki har qanday boshqa aqliy mulkdan (nomaterial aktivlar, masalan, firmaning obroʻsi) foydalanish uchun yoki foydalanish huquqi uchun yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy uskunalardan foydalanish huquqi berilganligi uchun yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga mansub axborot uchun (“nou-xau”) mukofot tarzida olingan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni anglatadi hamda kinofilmlar yaratish va televideniyada foydalanish uchun filmlar, videotasmalar yoki boshqa tasvirlovchi vositalarni yaratish boʻyicha ishlarga nisbatan har qanday turdagi toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar royaltilarning benefitsiari bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, 2-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda 7-modda yoki 14-moddalarning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Royalti Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi, qachonki, toʻlovchi shu Davlatning rezidenti boʻlsa. Biroq, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, istalgan Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, royaltini toʻlash va shu bilan bogʻliq majburiyati kelib chiqsa va bu doimiy muassasa yoki baza shu royaltilarni toʻlashni amalga oshirsa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi bilan royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi yoki ularning ikkalasi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, huquqqa yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi, agar royalti toʻlanadigan huquqlarni yaratish yoki boshqaga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri ushbu moddadan huquqlarni yaratish yoki boshqaga oʻtkazish orqali foyda olish boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkini begonalashtirishdan olgan daromadlari, jumladan shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olgan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalaniladigan kema yoki samolyotlarni begonalashtirishdan yoki shunday kema yoki samolyotlardan foydalanishga taalluqli koʻchar mulkni sotishdan oladigan daromadlari shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining quyidagilarni begonalashtirishdan oladigan daromadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kompaniya ustav kapitali salmoqli ulushining bir qismini tashkil etuvchi va qiymati asosan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulk hisobiga vujudga keltiriladigan aksiyalarni (boshqa Ahdlashuvchi Davlatning fond birjasi tomonidan maqullangan kurs byulletenlariga kiradigan aksiyalardan tashqari); yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan va qiymati asosan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulk hisobiga vujudga keltiriladigan sherikchilikda, ishonch fondida yoki yer mulkida qatnashib salmoqli ulushni begonalashtirishdan oladigan daromadlar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin. Ushbu band maqsadlari uchun “koʻchmas mulk” atamasi a-kichik bandida eslatib oʻtilgan kompaniya aksiyalarini yoki b-kichik bandda eslatib oʻtilgan sherikchilikda, ishonch fondida yoki imeniyada ishtirok etishdagi ulushni oʻz ichiga oladi, biroq kompaniyaning faoliyatiga sherikchilik, ishonch fondi yoki yer mulkida faoliyati amalga oshirilayotgan ijaradagi mulkdan tashqari, hech qanday mulkni oʻz ichiga olmaydi; qachonki, rezident yoki shu bilan bogʻliq shaxslar kompaniya ustav fondidagi har qanday turdagi aksiyalarni 25 foiziga yoki undan koʻproq foiziga ega boʻlib yoki sherikchilikda, ishonch fondida yoki yer mulkida 25 foizga yoki undan koʻproq foizga teng ulushga ega boʻlib, salmoqli ulushda ishtirok etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1, 2, 3 va 4-kichik bandlarda eslatilganlardan farqli oʻlaroq, har qanday mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 5-band qoidalari Ahdlashuvchi Davlatning boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlib turgan va shu mulkni begonalashtirishdan bevosita oldingi istalgan 6 yil mobaynida birinchi eslatib oʻtilgan Davlat rezidenti boʻlgan jismoniy shaxs olgan har qanday mulkni begonalashtirishdan tushadigan daromadga shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortish huquqiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa xizmatlar koʻrsatishdan olgan daromadi faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, qachonki, uning faoliyati maqsadlarini amalga oshirish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlgan hollar bundan mustasno. Agar u shunday doimiy bazaga ega boʻlsa va ega boʻlgan boʻlsa, unda daromad ana shu boshqa Davlatda, ana shu doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismidagina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, jumladan, mustaqil ilmiy, adabiy, sanʼat, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgalterlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 16, 18 va 19-moddalarning qoidalarini hisobga olib, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanma xizmatlarga nisbatan oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar shu yollanma xizmat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin. Agar yollanma xizmat shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmat uchun oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taqdirlash haqlarini oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida yashayotgan boʻlsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash haqlari yollovchi tomonidan yoki boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) taqdirlash haqlari boʻyicha yollovchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalanadigan dengiz yoki havo kemalari bortida amalga oshiriladigan yollanma xizmat uchun oladigan taqdirlash haqlari ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlarning gonorarlari va bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya Direktorlar Kengashi yoki shunga oʻxshash organlar aʼzosi sifatida oladigan shunga oʻxshash boshqa toʻlovlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14 va 15-moddalar qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadi shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatdan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilsa, 7, 14 va 15- moddalar qoidalariga qaramay, ushbu daromad sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-bandlarning qoidalari sanʼat xodimi yoki sportchining Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan faoliyatidan oladigan daromadiga daxl qilmaydi, agar bu Davlatga boʻlgan tashrif toʻliq asosan bir yoki har ikkala Ahdlashuvchi Davlat jamoat jamgʻarmalari tomonidan yoki ularning mahalliy hokimiyatlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlansa. Bunday holda, daromad ushbu sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Nafaqa va shunga oʻxshash toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan nafaqa va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar faqat birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari shu Davlatda yoki uning mahalliy hokimiyatlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun jismoniy shaxsga toʻlanadigan ish haqi, maosh va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari, nafaqadan tashqari, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq bunday ish haqi, maosh va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari, faqat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, agar xizmatlar ana shu Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti boʻlib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) shunday xizmat koʻrsatish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 15, 16 va 17-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari tomonidan amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlanadigan taqdirlash haqlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Talabalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadlaridagina yashab turgan talaba yoki amaliyotchining yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi maqsadlari uchun moʻljallangan toʻlovlari, bunday toʻlovlarning shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlishi sharti asosida ana shu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Konvensiyaning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari, daromadning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning qoidalari koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari daromadlarga nisbatan, agarda bunday daromad egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali oʻz faoliyatini amalga oshirsa yoki u erda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, qoʻllanilmaydi. Bunday holatda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-bandlari qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi manbalardan shunday daromadlar olsa, unda bu daromadlar ular hosil boʻlgan Davlatda, shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Kapital
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulk tarzidagi kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchmas mulk tarzidagi kapital yoxud bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish uchun foydalanadigan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulk ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalanadigan dengiz va havo kemalari tarzidagi kapital hamda shunday dengiz va havo kemalaridan foydalanishga taalluqli koʻchar mulk faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti kapitalining barcha boshqa elementlari faqat shu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kanadaga nisbatan ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish qoʻyidagi tarzda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Kanadada toʻlangan soliqdan Kanada hududidan tashqarida toʻlangan soliqni chegirishga nisbatan Kanada qonunchiligidagi mavjud qoidalarni va shu qoidalardagi keyingi har qanday oʻzgarishlarni (bu erda bayon etilgan umumiy prinsiplarga daxl qilmaydigan) hisobga olgan holda Kanada qonunlariga binoan soliqdan katta chegirma olish yoki soliqdan ozod qilish koʻzda tutilgan hollardan tashqari, Oʻzbekistonda toʻlanadigan va Oʻzbekistonda hosil boʻladigan foyda, daromad va qiymat oʻsishi tarzidagi daromad soligʻi Kanadada toʻlanadigan shunday foydaga, daromadga va qiymat oʻsishi tarzidagi daromadga nisbatan qoʻllaniladigan har qanday soliqdan chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy shuʼba korxonalari daromadlarini soliqqa tortishga taalluqli Kanada qonunlaridagi mavjud qoidalarni hamda bunday qoidalardagi har qanday oʻzgarishlarni (bu erda bayon etilgan umumiy prinsiplarga daxl qilmaydi) hisobga olgan holda, Kanada rezidenti boʻlgan kompaniya uchun Kanada soligʻini hisoblab chiqarishda Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan shuʼba korxonalarning soliqqa tortiladigan daromadini hisoblashda ortiqcha daromadini soliqqa tortishdan ozod qilishdan olingan har qanday dividendlarni chegirib tashlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ushbu Konvensiyaning har qanday qoidalariga muvofiq, Kanada rezidenti oladigan daromad yoki Kanada rezidentiga tegishli kapital Kanadada soliqlardan ozod qilinadigan boʻlsa, u holda Kanada boshqa daromad yoki kapital soligʻi miqdorini hisoblab chiqarishda ana shu ozod qilingan daromad yoki kapital eʼtiborga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu band maqsadlari uchun Kanada rezidentining ushbu Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadi yoki qiymat oʻsishi tarzidagi daromadi Oʻzbekiston manbalaridan hosil boʻlgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekistonga nisbatan ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq, Kanadada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadni olsa yoki kapitalga ega boʻlsa, Oʻzbekiston quyidagilarga ruxsat berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) shu rezidentning daromad soligʻidan Kanadada toʻlangan daromad soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) shu rezidentning mulkiga solinadigan Kanadada toʻlangan mol-mulk soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday chegirib tashlashlar har qanday holda ham vaziyatga bogʻliq ravishda Kanadada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadga yoki kapitalga taalluqli chegirib tashlangunga qadar hisoblab chiqilgan daromad yoki mol-mulk soligʻidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ushbu Konvensiyaning biron bir qoidasiga muvofiq Oʻzbekiston rezidenti olgan daromad yoki u ega boʻlgan kapital Oʻzbekistonda soliqqa tortilishdan ozod qilingan boʻlsa, bu holda Oʻzbekiston shu rezident daromadi yoki kapitalining qolgan qismiga soliq miqdorini hisoblashda soliqqa tortishdan ozod qilingan daromad yoki kapital miqdorini hisobga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Ushbu bandning a va b-kichik bandlari maqsadlari uchun Oʻzbekiston rezidenti olgan va ushbu Konvensiyaga muvofiq Kanadada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad, foyda va kapital Kanadadagi manbalardan olingan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Kamsitmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda, jumladan rezidensiyaga nisbatan solinishi mumkin boʻlganidan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bunday qoida 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlat rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasini soliqqa tortish ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddadagi hech narsa bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentini soliqqa tortish maqsadlarida ularning fuqarolik holati yoki oilaviy majburiyatlari asosida beradigan har qanday yakka tartibdagi imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 9-moddaning 1-bandi 11-moddaning 7-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllanganidan tashqari hollarda, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga bunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida toʻlaydigan foizlari, royaltilar va boshqa qarz toʻlovlari, agar bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan boʻlsa, shunday shartlar asosida chegirib tashlanadi. Shu singari bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boʻlgan har qanday qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiladigan kapitalini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga qarz singari shartlar asosida chegirib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kapitali toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda, shu birinchi eslatib oʻtilgan Davlatning kapitali toʻliq yoki qisman uchinchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan shunday korxonalari duchor boʻlgan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻladigan har qanday soliqqa tortish yoki unga aloqador majburiyatlarga, boshqa yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddada “soliqqa tortish” atamasi ushbu Konvensiyaning predmeti hisoblangan soliqlarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 4-band qoidalari soliqqa tortishni bartaraf etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan operatsiyalar yoki ahdlashuvlarga toʻsqinlik qilish uchun yaratilgan Ahdlashuvchi Davlatning soliqqa tortish toʻgʻrisidagi qonunlari qoidalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining faoliyati unga ushbu Konvensiyada nazarda tutilganga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yoki agarda uning holati Konvensiyaning 24-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Ariza bunday soliqqa tortishni qayta koʻrib chiqish uchun mavjud eʼtirozlar bayon etilgan yozma shaklda etilishi kerak. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortishga olib keluvchi xatti-harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandda eslatib oʻtilgan vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishdan qochish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlar oʻz milliy qonunlarida belgilangan vaqtinchalik muddatlar oʻtgach koʻrib chiqilayotgan daromad toʻplanib qolgan soliqqa tortish davri oxiridan besh yillik muddat oʻtgandan boshlab har qanday holatda ham har bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining soliq stavkasini (soliqqa tortish bazasini) boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortiladigan daromadning ana shu moddalarini kiritish orqali oshirmasliklari kerak. Bu band qalloblik, atayin soliq toʻlamaslik yoki beparvolik holatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyada nazarda tutilmagan holatlarda ham ikki yoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin va oldingi bandlar maʼnolarini tushunishida hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiya qoidalarini yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning soliqqa tortishga tegishli ichki qonunchiligini qoʻllash uchun ushbu qonunchilikdan ushbu Konvensiyaga zid tushmaydigan darajada foydalanish uchun, xususan, aldamchilikning oldini olish va qonundan ogʻishishlarga qarshi qonunda belgilangan qoidalarni boshqarishga koʻmaklashish uchun zarur axborotlar bilan almashib turadilar. Axborot almashish 1-modda bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlat olgan har qanday axborot, ushbu Davlatning ichki qonunlariga muvofiq olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi hamda faqat aniqlash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish bilan yoki soliqlarga nisbatan appelatsiyalarni koʻrib chiqish shaxslar yoki organlargagina (sudlar va maʼmuriy organlarga ham) ochiladi. Bu shaxslar yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hech qanday holatda ham ushbu moddaning 1-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatlar qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy choralar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatlar qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) savdo, sanoat, tijorat yoki kasb siri yoki savdo jarayonini fosh etuvchi axborotni yoki ochilishi davlat siyosatiga zid keluvchi axborotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar axborot ushbu moddaga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan soʻralayotgan boʻlsa, agar bu soʻrov oʻzining soliqqa tortilishiga taalluqli boʻlsa va boshqa Davlat bu vaqtda shunday axborotga muhtoj boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, boshqa Ahdlashuvchi Davlat ham soʻralayotgan axborotni shunday yoʻl bilan olishga harakat qiladi. Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari axborotni maxsus soʻragan vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi ushbu moddaga muvofiq axborotni soʻralayotgan shaklda, yaʼni guvohlik koʻrsatmalari va hujjatlarning (kitoblar, hujjatlar, arizalar, yozuvlar, hisoblar, xatlar) asl nusxalaridan koʻchirmalar kabi, boshqa Ahdlashuvchi Davlat oʻz soliqlariga nisbatan qoʻllanadigan shu Davlat qonunlari va maʼmuriy amaliyotiga muvofiq koʻrsatmalar va hujjatlar olinadigan hajmda berishga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xodimlarining xalqaro huquq umumiy normalariga yoki maxsus Konvensiyalarning qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-modda qoidalariga qaramay, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda yoki uchinchi Davlatda boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi yoki doimiy vakolatxonasining aʼzosi boʻlmish jismoniy shaxs ushbu Konvensiya maqsadlarida yuborilayotgan Davlat rezidenti deb hisoblanishi kerak. Agar jismoniy shaxs yuborayotgan Davlatda butun daromadi va kapitalini soliqqa tortishda shu Davlat rezidenti singari majburiyatli boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya xalqaro tashkilotlar, ularning organlari yoki mansabdor shaxslari va Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida, ularning rezidentlari kabi, oʻzining umumiy daromad yoki kapitallariga nisbatan shunday majburiyatlarni zimmasiga olmagan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan uchinchi davlat yoki davlatlar guruhi diplomatik vakolatxonalari, konsullik yoki doimiy muassasa aʼzolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Boshqa qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya qoidalari Ahdlashuvchi Davlat qonunlarida shu Davlat undiradigan soliq stavkasini belgilashda berib qoʻyilgan soliqdan ozod qilishlar, soliq skidkalari, soliq imtiyozlari yoki boshqa yon bosishlarning har qanday turlarini cheklash, deb talqin etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Konvensiyaning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Davlat ushbu Konvensiyaning kuchga kirishi uchun ularning qonunlariga muvofiq talab qilinadigan protseduralarning tugaganligi toʻgʻrisida bir- birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar. Ushbu Konvensiya ana shunday xabarlarning oxirgisi olingan kundan boshlab kuchga kiradi va shundan keyin quyidagilarga nisbatan amal qila boshlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Konvensiya kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin rezidentlar boʻlmagan shaxslarga toʻlangan yoki hisoblangan daromad mablagʻlaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Konvensiya kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvari va undan keyingi sanadan boshlanadigan soliqqa tortish yillari uchun boshqa soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya uning amal qilishini Ahdlashuvchi Davlatlardan biri toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Biroq har bir Ahdlashuvchi Davlat Konvensiyaning amal qilishini Konvensiya kuchga kirgan kundan keyin besh yil oʻtgach boshlanadigan har qanday taqvimiy yilning tugashidan kamida olti oy oldin diplomatik kanallar orqali xabar berib toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda Konvensiyaning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) denonsatsiya haqida xabardor qilingan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki undan soʻnggi sanadan boshlab rezidentlar boʻlmagan shaxslarga toʻlangan yoki hisoblangan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) denonsatsiya haqida xabardor qilingan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki bundan keyingi sanadan boshlanadigan soliqqa tortish yillari uchun boshqa soliqlarga nisbatan toʻxtatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ottava shahrida 1999-yil 17-iyunda ikki nusxada, har bir matn oʻzbek, fransuz va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAYoNNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida imzo chekuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Kanada Hukumati oʻrtasida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyani imzolash chogʻida ushbu Konvensiyaning ajralmas qismi boʻlgan quyidagi qoidalar toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 4-moddaning 1-bandiga nisbatan ushbu Konvensiyani qoʻllanish maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) daromad soligʻiga nisbatan “soliqqa tortilishi kerak” atamasi mol-mulk soligʻiga emas, balki daromad boʻyicha soliq majburiyatlariga taalluqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mol-mulk soligʻiga nisbatan “soliqqa tortilishi kerak” atamasi daromad soligʻiga emas, balki mulk boʻyicha soliq majburiyatlariga taalluqlidir deb tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyaning 24-moddasining 4 va 7-bandlariga nisbatan ushbu bandlar mazkur Konvensiyaning 29-moddasi qoidalariga qaramasdan faqat Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi xatlar bilan almashishda koʻrsatilgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiyaga nisbatan olganda shuni esda tutish kerakki, “Davlat” yoki “mahalliy hokimiyat organlari” yoki “Davlatning” yoki “mahalliy hokimiyat organlarining” atamalari Kanadaga nisbatan siyosiy boʻlinmalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Konvensiyadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi Davlatning ushbu davlat rezidentining oʻzi foydasida ishtirok etadigan shirkat, ishonchli fond yoki nazorat qilinadigan xorijiy korxona shuʼbasiga nisbatan daromadiga kiritilgan summalarni soliqqa tortishiga toʻsqinlik qiladigan holat deb talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Konvensiya, agar ushbu Davlat kompaniya, ishonchli fond yoki shirkatning daromadidan yoki kapitalidan undiradigan soliq summasi bu Davlat soladigan soliq summasidan ancha kam boʻlsa, agar kompaniyaning ustav kapitalining hamma aksiyalari yoki ishonchli fonddagi yoki shirkatdagi hamma ulushlar vaziyatlarga qarab ushbu Davlatning rezidentlari boʻlgan bir yoki undan koʻp shaxslarga benefitsiar asosda tegishli boʻlgan boʻlsa, unda Ahdlashuvchi Davlatning rezidentlari boʻlgan va ushbu Davlatning rezidentlari boʻlmagan bir yoki undan koʻp shaxslarga benefitsiar asosda tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan har qanday kompaniya (va uning aksiyadorlaridan birining shunday kompaniyadan olgan daromadiga), ishonchli fond yoki shirkatga tegishli boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Xizmatlar Savdosi boʻyicha Bosh Bitimning aʼzosi boʻlib qolsa, quyidagi qoida Oʻzbekiston Respublikasi ana shunday aʼzo boʻlgan sanadan boshlab kuchga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar Savdosi boʻyicha Bosh Bitimning XXII (Maslahatlashuv) moddasining 3-bandi uchun Ahdlashuvchi Davlatlar shunga kelishadilarki, ushbu bandga qaramasdan, ular oʻrtasida u yoki boshqa tadbirning mazkur Konvensiyaning taʼsiriga tushishi-tushishmasligi yuzasidan vujudga keladigan har qanday baoʻslar, ushbu bandda kelishib olinganidek, faqat ikkala Ahdlashuvchi Davlatning kelishuvi boʻyicha Xizmatlar Savdosi boʻyicha Kengashga yuborilishi mumkin. Ushbu bandni talqin qilish boʻyicha har qanday shubhalar ushbu Konvensiyaning 25-moddasining 4-bandiga muvofiq bartaraf etiladi, bunday rusum-qoida doirasida kelishuv boʻlmagani holda ikkala Ahdlashuvchi Davlat kelishgan boshqa har qanday protsedura boʻyicha shunday qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ravishda vakolat olgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Bayonnomani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ottava shahrida 1999-yil 17-iyunda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ingliz va fransuz tillarida tuzildi, bunda matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)