08.04.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Indoneziya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo transporti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Indoneziya Respublikasi Hukumati, bundan buyon matnda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1944-yilning yettinchi dekabrida Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning aʼzolari boʻlgani holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Konvensiyaga qoʻshimcha ravishda, oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va hududlaridan tashqarida muntazam havo qatnovini yoʻlga qoʻyish maqsadida Bitim tuzish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-modda
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar matnda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitim va uning Ilovasi maqsadlari yoʻlida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Konvensiya” atamasi 1944-yil yettinchi dekabrda Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va tuzatish va Ilovalar har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun qay darajada kuchga ega ekanligini eʼtiborga olib, ushbu Konvensiyaning 90-moddasiga muvofiq kiritilgan har qanday Ilovani hamda Konvensiyaning 90 va 94-moddalariga muvofiq Ilovalarga va Konvensiyaga kiritilgan har qanday tuzatishlarni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Aviatsiya Maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Fuqaro Aviatsiyasi Bosh direktorini, Indoneziya Respublikasiga nisbatan esa Aloqa vazirini yoki har qanday holda yuqorida uqtirib oʻtilgan maʼmurlar bajaradigan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “tayinlangan aviakorxona” atamasi ushbu Bitimning III-moddasiga muvofiq tayinlangan va vakolat berilgan aviatsiya korxonasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “hudud” atamasi Oʻzbekistonga nisbatan Konvensiyaning 2-moddasida belgilangan mazmunni anglatadi va Indoneziyaga nisbatan esa, xalqaro qonunlarga muvofiq ravishda Indoneziya Respublikasi mustaqilligi, mustaqil huquqlari yoki yurisdiksiyasi boʻlgan uning qonunlarida belgilangan Indoneziya Respublikasining hududi va unga tutashgan oʻlkalarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari ularga Konvensiyaning 96-moddasida tegishli ravishda belgilangan maʼnolarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Bitim” atamasi ushbu Bitim, uning Ilovalari va ularga kiritilgan har qanday tuzatishlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “belgilangan yoʻnalishlar” atamasi ushbu Bitim Ilovasida belgilangan yoki belgilanilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Kelishilgan qatnovlar” atamasi ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq ravishda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan belgilangan yoʻnalishlardagi xalqaro havo qatnovini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Tarif” atamasi yoʻlovchi, yoʻlovchilar yuki va yuk tashish uchun toʻlanadigan qiymatni va oʻsha qiymatlar qoʻllaniladigan qoidalarni anglatib, u oʻz ichiga vakillik va boshqa qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlanadigan vositachilik haqini oladi, biroq pochtani tashish uchun toʻlanadigan xizmat haqi yoki qoidalari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-modda
Tashish huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning tayinlangan aviakorxonasi Ilovada koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha muntazam xalqaro havo qatnovini oʻrnatish va parvozlarni amalga oshirish uchun ushbu Bitimda koʻrsatib oʻtilgan huquqlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida notijoriy maqsadlarda qoʻnish; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. uqtirib oʻtilgan hududda ushbu Bitimning Ilovasida belgilangan Yoʻnalishlar jadvalida koʻrsatilgan manzillarda ushbu Bitimning Ilovasi qoidalariga muvofiq ravishda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning yoki boshqa davlatning hududiga borish yoki kelish uchun moʻljallangan xalqaro yoʻnalishdagi yoʻlovchilar, yuk va pochtani olish yoki tushirish maqsadida qoʻnish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu modda 2-bandining hech qaysi qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilga borish uchun moʻljallangan yoʻlovchilar, yoʻlovchi yuki, yuk yoki pochta olish huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-modda
Parvozga doir ruxsatnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma tarzda xabardor etgan holda bir aviakorxonani tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday tayinlash toʻgʻrisidagi xabarni olgandan keyin boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 4 va 5-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxonaga parvozlar uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma tarzda xabardor etgan holda tayinlangan aviakorxonani tayinlashni bekor etib, boshqasini tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan mazkur Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida Konvensiyaning qoidalariga muvofiq odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonunlar va qoidalar orqali belgilangan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish va uning faoliyati ustidan haqiqiy nazorat qilish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlar uchun berilgan ruxsatni rad etish yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanilayotganda bajarilishi zarur deb hisoblaydigan shartlar ijro etilishini talab qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti, ushbu Bitim X-moddasi qoidalariga asosan tegishli qatnovlarga nisbatan kuchga ega boʻlgan tariflar belgilangan boʻlsa va ushbu Bitimning V-moddasi qoidalariga asosan kelishuvga erishilgan taqdirda, tayinlangan va ruxsatnoma olgan aviakorxona istalgan vaqtda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-modda
Parvozlarni bekor qilish va toʻxtatib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga berilgan parvozga doir ruxsatnomalarni bekor qilish yoki ushbu Bitimning II-moddasida uqtirib oʻtilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki bunday huquqlardan foydalanishda oʻzi zarur deb bilgan ushbu shartlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish ushbu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki oʻsha Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga qarashli ekanligiga komil ishonchda boʻlmagan har qanday holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. oʻsha aviakorxona huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga rioya etmayotgan holda; yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. aviakorxona kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish vaqtida ushbu Bitimda belgilangan qoidalarga qandaydir oʻzgacha tarzda rioya qilmayotgan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar huquqlarni bekor qilish, toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandi shartlari bajarilishini talab qilish qonun va qoidalarning bundan buyon yana buzilishining oldini olish uchun ogohlantirish zarur deb topilmasa, har bir Ahdlashuvchi Tomon bunday huquqdan ikkinchi Tomon bilan maslahatlashuvdan soʻnggina foydalanishi mumkin. Bunday holda, maslahatlashuvlar Ahdlashuvchi Tomonlarning maslahatlashuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosi tushgan kundan boshlab oltmish (60) kun ichidagi davr mobaynida boshlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-modda
Hajm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi barcha munosabatlarda oʻzlarining tegishli hududlari va tashqarisidagi xalqaro havo yoʻnalishlarida kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishda haqqoniy va teng imkoniyatlarga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashishgan Tomonlardan har birining aviakorxonasi kelishilgan qatnovlarni amalga oshirayotganda xuddi shu yoʻnalish yoki uning bir qismida undan keyin qatnovlarni amalga oshirayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi parvozlariga ziyon yetkazmaslik uchun uning manfaatlarini ham nazarda tutishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼminlanishi lozim boʻlgan hajm, amalga oshirilishi lozim boʻlgan parvozlarning tezkorligi va havo qatnovlarining tavsifi, shuningdek, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan yoʻl-yoʻlakay oʻtish yoki uning hududida parvozlarning yakuni masalalari ushbu Moddada uqtirib oʻtilgan qoidalarga muvofiq aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi amalga oshirishi lozim boʻlgan parvozlarning tezkorligi yoki taʼminlanishi lozim boʻlgan hajmga taalluqli boʻlgan har qanday oʻzgarish har ikki Ahdlashuvchi Tomonning hududi oraligʻida amalga oshirilishi lozim boʻlgan moʻljallangan tashuv ehtiyojlari asosida aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida kelishilishi lozim va boshqa har qanday tashuv birgalikda kelishilishi va belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ahdlashuv yoki belgilanish qilingunga qadar, kuchda boʻlgan hajm va parvozlar tezkorligi ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq kelishilgan, taʼminlanishi lozim boʻlgan hajm, amalga oshirilishi lozim boʻlgan parvozlarning tezkorligi va havo qatnovlarining tavsifi, shuningdek, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan tranzit oʻtish yoki uning hududida parvozlarning yakuni masalalari Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida yozma ravishda belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-modda
Guvohnomalar va ruxsatnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga muvofiq belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bergan yoki haqiqiy deb topgan vakolatlar, guvohnomalar va ruxsatnomalarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon ana shu hujjatlar amalda boʻlgan vaqtida haqiqiy deb eʼtirof etadi, basharti-ki, ular Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Konvensiyasi belgilab bergan shunday guvohnoma va ruxsatnomalarni joriy etishning minimum standartlariga teng yoki undan yuqori boʻlgan talab darajasida joriy etilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining hududi ustidan parvozlarni amalga oshirish vaqtida parvozlarni amalga oshirish maqsadida oʻz fuqarolariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan vakolati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar va ruxsatnomalarni haqiqiy deb tan olishini rad qilish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro qonunlardan kelib chiqadigan oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir bir-birlariga nisbatan zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro qonunga doir oʻz huquqlari va majburiyatlarining umumiy yoʻnalishlarini cheklamagan holda, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasiga qarshi qonunga xilof harakatlar bilan kurash haqidagi Konvensiya qoidalariga muvofiq harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilishning havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishi oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy koʻmakni beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maqbul keladigan darajada Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi tartiblariga muvofiq ish koʻradilar; ular oʻzlari qayd etgan havo kemalarining boshqaruvchilaridan yoki asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining boshqaruvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri havo kemasidan foydalanuvchilarga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Tomon havo kemasi oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganda, undan chiqib ketayotganda yoki unda boʻlib turgan vaqtida yuqoridagi bandda uqtirilgan qoidalarga rioya etilishi maqsadida zarur talablarni qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchi yuki, yuklar va roʻyxatdagi mulkni ortish va tushirish vaqtida tekshirish uchun oʻz hududi doirasida samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti, fuqaro kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalari xavfsizligiga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillashtirish orqali birbirlariga turlicha koʻmak beradilar va bunday koʻngilsizlik va tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining milliy qonunlari va amaliyoti va yuqorida uqtirib oʻtilgan aviatsiya xavfsizligi qoidalari oʻrtasida mavjud boʻlgan tafovutlar toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni xabardor etishi lozim. Har qanday Ahdlashuvchi Tomon bunday tafovutlarni muhokama qilish yuzasidan maslahatlarni oʻtkazish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonni istalgan vaqtda muzokaralarga chaqirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII-modda
Bojxona bojlari va boshqa yigʻimlardan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasiga qarashli xalqaro havo qatnovlarida foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek, shu kemadagi roʻyxatdagi mulk, ehtiyot qismlar, yoqilgʻi zaxiralari va moylash ashyolari, bort zaxiralari (oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini oʻz ichiga olgan holda) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kelgan vaqtda barcha bojxona bojlari, nazorat yigʻimlari, boshqa soliqlardan va yigʻimlardan ozod qilinadi, basharti-ki, shu moslamalar va zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kelgan vaqtdan toki qaytib olib chiqib ketilgunga qadar havo kemasi ichida qolsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haqlarni mustasno etganda, xuddi shunday bojlar va soliqlardan quyidagilar ham ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida shu uqtirib oʻtilgan Ahdlashuvchi Tomonning maʼmurlari belgilagan eng kam miqdorda olingan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning belgilangan yoʻnalishida parvozlarni amalga oshirishda mashgʻul boʻlgan havo kemalarida ishlatish uchun moʻljallangan havo kemalari zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. istalgan bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga olib kirilgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarni amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan havo kemalari holatini saqlab turish yoki tuzatish uchun olib kirilgan ehtiyot qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemasini taʼminlash uchun moʻljallangan yoqilgʻi va moylash mahsulotlari, garchi, bu zaxiralar ularni olingan Ahdlashuvchi Tomonning hududida amalga oshirilgan parvozlar jarayonida ishlatilgan taqdirda ham;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d. yoʻl-yoʻlakay oʻtadigan yoʻlovchilar yuki va yuklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan xohlagan biri foydalanadigan havo kemasidagi roʻyxatdagi mulk, ehtiyot qismlar, yoqilgʻi zaxiralari va moylash mahsulotlari hamda havo kemasi zaxiralari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida faqatgina shu hududdagi Bojxona maʼmurlarining roziligi bilan havo kemasidan tushirilishi mumkin. Bunday holda, ushbu buyumlar qaytib olib chiqib ketilgunga yoki bojxona qoidalariga muvofiq boshqa joyga koʻchirilgunga qadar ular shu uqtirib oʻtilgan maʼmurlarning nazorati ostida ushlab turilishi talab qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1 va 3-bandi qoidalarida uqtirib oʻtilgan buyumlarga bojlar yoki boshqa soliqlar solinmaganligi bois, mazkur buyumlar ularni olib kirish, olib chiqish va tranzit olib oʻtish vaqtida hech qanday iqtisodiy taqiqlar yoki cheklashlarga asos boʻlmasligi lozim, basharti-ki, bunday taqiqlar oʻzining milliy aviakorxonasini oʻz ichiga olgan holda, boshqa barcha aviakorxonalarga ushbu moddaning 1-bandidan tortib to 3-bandiga qadar, qoidalarga muvofiq majburiy hisoblanilmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddada belgilangan ahdlashuv Konvensiyaning 24-moddasiga muvofiq har bir Ahdlashuvchi Tomonning majburiyatiga qoʻshimcha boʻlishi va manfaatlariga ziyon yetkazmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX-modda
Toʻgʻri tranzit tashuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga asoslanib, boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning hududidan tranzit oʻtadigan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki va yuklar, qoidaga koʻra tekshiruvga asos boʻlaolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-modda
Tariflarni belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga va uning hududidan tashishda qoʻllaydigan tariflar barcha tegishli omillarni hisobga olgan holda, jumladan foydalanishga ketadigan xarajatlarga, foydaning oqilona miqdoriga va boshqa aviakorxonalarning belgilangan tariflariga asoslanib, oqilona meʼyorlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida uqtirib oʻtilgan tariflar imkon kadar takliflarni shakllantiruvchi Xalqaro havo transporti Uyushmasi tariflarni belgilash jarayonlarini qoʻllash asosida tayinlangan aviakorxonalarning oʻzaro kelishuviga koʻra yoʻnalishning butun yoki maʼlum bir qismida parvozlarni amalga oshirayotgan boshqa aviakorxonalar bilan maslahatlashuvlardan soʻng belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday tarzda oʻzaro muvofiqlashtirilgan tariflar ular joriy etilishi taxminlangan kunga kamida oltmish (60) kun qolganida har ikkala Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlarining tasdigʻiga taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hollarda, uqtirib oʻtilgan maʼmurlar mazkur muddatni kelishuv asosida qisqartirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼriflarni soddaroq usulda ham tasdiqlash mumkin. Tariflar tasdiq uchun taqdim qilingan kundan boshlab oʻttiz (30) kun ichida aviatsiya maʼmurlaridan hech qaysi biri ushbu moddaning 3-bandi qoidalariga muvofiq noroziligini bildirmasa, bu tariflar tasdiqlangan deb hisoblanadi. 3-bandda koʻrsatib oʻtilganidek, taqdim etish muddati qisqartirilgan taqdirda aviatsiya maʼmurlari norozilikni bildirish muddatini ham tegishli ravishda qisqartirish toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agarda, tarif borasida ushbu modda 2-bandiga muvofiq bir qarorga kelinmasa yoki ushbu modda 4-bandiga muvofiq qoʻllaniladigan muddat ichida aviatsiya maʼmurlaridan biri boshqa aviatsiya maʼmurlarini ushbu modda 2-bandiga muvofiq kelishilgan taʼriflar borasida oʻz noroziligi toʻgʻrisida ogoh etgan taqdirda, ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuvga muvofiq tarifni belgilashga harakat qilishlari lozim. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari maslahati foydali deb hisoblangan har qanday biron Davlat bilan oʻtkazilgan muzokaradan soʻng oʻzaro kelishuv orqali tarif belgilashga harakat qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti, aviatsiya maʼmurlari ushbu modda 3-bandi qoidalariga muvofiq taqdim etilgan tariflar borasida yoki ushbu modda 5-bandi qoidalariga muvofiq tarif belgilash yuzasidan bir qarorga kelaolmasalar, ushbu bahs ushbu Bitimning XVIII-moddasi qoidalariga muvofiq hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu moddaning qoidalariga binoan belgilangan tariflar yangi tariflar belgilangunga qadar oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday holda ham, biron-bir yoʻl bilan muddati uzaytirilgan tarifning muddati ushbu bandga binoan oʻn ikki (12) oydan oshiq muhlatga choʻzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI-modda
Moliyaviy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzlarining chet el pulini almashuv nazorati qoidalariga asoslanib, Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga oʻzining hududida yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuklari, pochta va yukni tashish bilan bogʻliq ishdan tushgan mablagʻlarning xarajatlardan ortgan daromad qismini aviatashuvlar sotilgan hududdan oʻz vatani hududiga almashuvning ustuvor qiymatida erkin almashlanadigan pul birligida erkin oʻtkazish huquqini beradi. Oʻtkazish talabnoma tushgan kundan boshlab eng oshigʻi bilan oltmish (60) kun ichida zudlik bilan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida toʻlovlar toʻgʻrisida maxsus kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, hisob-kitoblar shu toʻlov toʻgʻrisidagi Bitim asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII-modda
Texnikaviy va tijoriy faoliyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga asoslangan holda, har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi quyidagi teng imtiyozlarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz vakolatxonasini ochish va shu maqsadda boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirish, joylashish (yashash) va ishlash, yoxud boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga havo qatnovlarini amalga oshirish uchun zaruriy boʻlgan oʻzining boshqaruv va boshqa xodimlarini olib kirish va ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida har qanday turdagi tashuv hujjatlarini rasmiylashtirish va reklama qilish hamda oʻsha hududda sotuv ishlarini yoʻlga qoʻyish, oʻsha hududda aviakorxona ixtiyoriga molik ravishda bevosita yoki vakolatxonalari orqali sotuv ishlari bilan mashgʻul boʻlish, har qanday aviakorxona har bir hukumatning moliyaviy qonun-qoidalariga muvofiq ravishda oʻsha hududning pulida yoki boshqa mamlakatlarning erkin almashlanadigan pul birligida bunday tashuv hujjatlarini sotishga huquqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII-modda
Qonunlar va qoidalarning qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirayotgan havo kemasining oʻz hududiga uchib kelishi yoki undan joʻnab ketishini yoxud bu havo kemasining oʻsha hudud doirasidagi parvozlarini tartibga soluvchi qonun va qoidalariga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasining havo kemasi tomonidan u shu uqtirib oʻtilgan hududga kirib kelishda, unda boʻlib turish va undan joʻnab ketish vaqtida ularga amal qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning oʻz hududiga yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuklari, pochta va yuklarning kelish, boʻlib turish va joʻnab ketishga, shuningdek, mamlakatga kirish va chiqib ketishga taalluqli boʻlgan qoidalari, immigratsiya, bojxona va sanitariya qonunlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonalarining shu hudud doirasidagi parvozlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV-modda
Kompyuterda joy band qilish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kompyuterda joy band qilish tizimi (KJBQT) shunday bir kompyuterlashtirilgan tizimni anglatadikim, u aviakorxona parvozlar jadvallari, joylarning zohirligi, narxlar va tegishli xizmatlar, shuningdek, ular orqali amalga oshiriladigan joy band qilish va\yoki chiptalarni rasmiylashtirish hamda mazkur xizmatlarning ayrimlari yoki barcha qulayliklarini tashuv vakolatxonalarida zohir qilish borasidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagilarga oʻz roziliklarini bildiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. havo transporti xizmatlaridan foydalanuvchilarning manfaatlari har qanday maʼlumotdan notoʻgʻri foydalanishdan, notoʻgʻri tushuncha berishni oʻz ichiga olgan holda, himoya qilingan boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi va aviakorxona vakillari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida cheklanmagan va ajratilishlarga yoʻl qoʻyilmaydigan KJBQTga ega boʻlishi va undan foydalana olishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. Ovrupo Iqtisodiy Hamjamiyati hududida Ovrupo Iqtisodiy Hamjamiyati tomonidan qabul qilingan KJBQT Boshqarma Kodi ustuvor hisoblanadi, ayni vaqtda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ham keng tarqalgan KJBQTning FAXT (Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti) KJBQT Boshqarma Kodi qoʻllaniladi. FAXT Uyushmasi tomonidan FAXT Boshqarma Kodi qabul qilingunga qadar, shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida FAXTning 214-AT/84 Xabarnomasida chop etilgan FAXT KJBQT Yoʻriqnomalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan oʻzining asosiy tizimi deb qabul qilgan KJBQTga oʻzining (birinchi Ahdlashuvchi Tomon) Hududida erkin va zarar keltirilmaydigan holda ish yuritilishini kafolatlaydi. Hech qaysi bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga oʻzining tayinlangan aviakorxonasi KJBQTga boʻlgan talablaridan ortiq darajadagi talablarni yuklay yoki yuklanishiga ruxsat bera olmaydi, binobarin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. KJBQTni namoyon qilish va muharrirlik qoidalarini oʻz ichiga olgan KJBQT xizmatlarini amalga oshirish va ushbu xizmatlari orqali sotish ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. aloqa vositalariga aralashish va ulardan foydalanish, texnik apparat vositalari va programmani taʼminlash vositalarini tanlash va ulardan foydalanish yoki apparat vositalarini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari yaqindan hamkorlik qilish ruhida ushbu Bitim va uning Ilovalari qoidalarining bajarilishi va qoniqarli darajada amalga oshirilishini taʼminlash nuqtai-nazaridan vaqti-vaqti bilan bir-birlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti-ki, Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa biron kelishuvga erishmasalar, bunday maslahatlashuvlar talabnoma tushgan kundan boshlab oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVI-modda
Oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti, biron-bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitimning har qanday qoidasini oʻzgartirishni istasa, u boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonga muzokaralarni oʻtkazish toʻgʻrisida talabnoma kirita oladi. Bunday maslahatlashuv, aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida oʻtkaziladi va u muzokaralar yoki yozishmalar yordamida amalga oshirilishi mumkin va bu maslahatlashuv uni oʻtkazish toʻgʻrisida talabnomani ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon olgan kunidan boshlab oltmish (60) kun ichida oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimning Ilovasiga kiritilgan oʻzgarishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita kelishilishi mumkin va u diplomatik notalar almashuvi orqali tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVII-modda
Koʻp tomonlama Konvensiyalar bilan muvofiqlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki Ahdlashuvchi Tomon ham aʼzo boʻlgan umumiy koʻp tomonlama havo transporti konvensiyasi tuzilgan taqdirda, ushbu Bitim mazkur Konvensiyaning qoidalariga tasdiq sifatida qoʻshimcha boʻlib hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVIII-modda
Bahslarga barham berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida bahs kelib chiqsa, Ahdlashuvchi Tomonlar uni birinchi navbatda oʻzaro muzokaralar orqali hal etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar muzokaralar orqali murosaga kela olmasalar, bu bahs Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan birining talabiga binoan har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan tayinlaydigan ikki hakam va ana shu ikki hakam tayinlaydigan yana bir hakamdan iborat — jami uch hakamdan tashkil topadigan hayʼatga topshirilishi lozim, biroq uchinchi hakam Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysi birining fuqarosi boʻlmasligi lozim. Har bir Ahdlashuvchi Tomon diplomatik vosita orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bahsni hakamlikda hal etish toʻgʻrisidagi talabini olganidan keyin oltmish (60) kun ichida bittadan hakam tayinlaydi, uchinchi hakam esa, yuqoridagi ikki hakam maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran keyingi oltmish (60) kun ichida tayinlanishi lozim. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri belgilangan oltmish (60) kunlik muddat ichida oʻz hakamini tayinlay olmasa, yoxud uchinchi belgilangan muddat ichida tayinlanmasa, Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti Kengashi Prezidentidan hakamni yoki hakamlarni tayinlashni iltimos qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq chiqarilgan har qanday qarorni bajarish majburiyatini zimmaga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIX-modda
Davriy maʼlumotlar almashuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarini ularning talabiga binoan shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi belgilangan tunalishlar boʻyicha amalga oshirgan kelishilgan qatnovlari hajmini qaytadan koʻzdan kechirib chiqish nuqtai-nazaridan oqilona talab qilgan maʼlumot yoki hisobotlar bilan taʼminlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XX-modda
Bitim amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri xohlagan vaqtida boshqa ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimni amaldan toʻxtatish istagida ekanligidan yozma ravishda diplomatik vositalar orqali xabardor qilishi mumkin; bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro tashkilotiga ham yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holatda xabarnoma yuborilgandan keyin boshqa Ahdlashuvchi Tomon uni olgach, ushbu Bitim oʻn ikki (12) oy ichida amal qilishdan toʻxtaydi, basharti, mazkur bildirish muddati oʻtgunga qadar oʻzaro kelishuv asosida orqaga qaytarib olinmasa. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti xabarnoma olganidan keyin oʻn toʻrt (14) kun oʻtgach, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXI-modda
Roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim va unga kiritilgan har qanday oʻzgartirish Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkilotida roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXII-modda
Bitimning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining bitimlarning kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan qonunchilik zaruriy tartibotini toʻla-toʻkis bajarganligi toʻgʻrisida yozma ravishda diplomatik notalar almashuvi orqali xabar bergan kundan boshlab ikkinchi oyning birinchi kunidan toʻla-toʻkis kuchga kiradi, ungacha qoʻl qoʻyilgan kundan boshlab shartli ravishda qoʻllab turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab, xar ikkala Ahdlashuvchi Tomon Hukumatlarining muxtor vakillari mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1995-yilning 8-aprelida oʻzbek, indonez va ingliz tillarida ikki asl nusxada tuzildi, hamma matn bir xil kuchga ega. Talqin qilishda hamfikrlik boʻlmagan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor darajada qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. I Boʻlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tayinlangan aviakorxonasi har ikki tomonga qatnashda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnash manzillari ‎ Oraliq manzillar‎ Belgilangan manzillar‎ Tashqaridagi manzillar‎
Oʻzbekistondagi manzillar‎ har qanday manzillar‎ Jakarta‎ har qanday manzillar‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. II Boʻlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indoneziya Respublikasi tayinlangan aviakorxonasining har ikki tomonga qatnashda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnash manzillari‎ Oraliq manzillar‎ Belgilangan manzillar‎ Tashqaridagi manzillar‎
Indoneziyadagi manzillar‎ har qanday manzillar‎ Toshkent‎ har qanday manzillar‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuqoridagi jadvallarda belgilangan manzillar har qanday yoki barcha parvozlarda istalgan Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ixtiyoriga binoan tushirib qoldirilishi mumkin, basharti, kelishilgan qatnovlar aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi manzildan boshlansa yoki unda tugasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Istalgan Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi har qanday Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi va uchinchi Ahdlashuvchi Tomonlar hududidagi manzillar oʻrtasida yoʻlovchilar, yuk va pochtani tashishga boʻlgan huquqi Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga asosan hal qilinadi.