11.02.2013 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Sloveniya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkiyoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni oldini olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Sloveniya Respublikasi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkiyoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni oldini olish toʻgʻrisida bitim tuzish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Bitim tatbiq etiladigan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlat, uning maʼmuri — hududiy yoki siyosiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan, ularni undirish usulidan qatʼi nazar, daromad va kapital soliqlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad va kapital soligʻiga jami daromaddan, jami kapitaldan yoki daromad yohud kapitalning bir qismidan undiriladigan barcha soliqlar, shu jumladan koʻchar yoki koʻchmas mulkni tasarrufdan chiqarishdan olingan daromaddan va korxonalar toʻlaydigan maosh yoki mukofot pullaridan, shuningdek kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan soliqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim tatbiq etiladigan amaldagi soliqlar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston soligʻi” deb yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Sloveniya Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(keyingi oʻrinlarda “Sloveniya soligʻi” deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitim u imzolangan sanadan soʻng amaldagi soliqlarga qoʻshimcha ravishda yoki ularning oʻrniga olinadigan har qanday oʻxshash yoki mohiyatan oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining soliqqa oid qonun hujjatlariga kiritilgan har qanday muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim maqsadlari uchun, agarda matn mazmunidan boshqacha maʼno kelib chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini, shuningdek jugʻrofiy maʼnoda foydalanilganda xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq yer osti va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini oʻz ichiga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududi, hududiy suvlari va havo hududini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Sloveniya” atamasi Sloveniya Respublikasini, shuningdek jugʻrofiy maʼnoda foydalanilganda Sloveniyaning hududini, hududiy suvlarini shu jumladan xalqaro huquq va milliy qonunchiligiga muvofiq Sloveniya oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matn mazmuniga qarab, Oʻzbekiston yoki Sloveniyani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxs, kompaniya yoki boshqa har qanday shaxslar birlashmasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “kompaniya” atamasi soliqqa tortish maqsadida korporativ birlashma sifatida qabul qilinadigan har qanday korporativ birlashma yoki har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” atamalari bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida boʻlgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida boʻlgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “xalqaro tashuvlar” atamasi amaldagi boshqaruv organiga ega boʻlgan korxona tomonidan bitta Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiriladigan dengiz, havo kemasi yoki avtomobilda, temir yoʻl transporti orqali har qanday tashuvlarni anglatadi, dengiz, havo kemasi yoki avtomobil, temir yoʻl transporti vositasi faqat ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar oraligʻida foydalaniladigan holatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “vakolatli organ” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Oʻzbekistonda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Sloveniyada — Sloveniya Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “milliy shaxs” — atamasi quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, shirkat, uyushma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan Bitimni qoʻllashda taʼrifi berilmagan atamalar mavjud boʻlsa, ushbu atamalar, agarda bitim matnidan boshqa maʼno kelib chiqmasa, mazkur Bitim tatbiq etiladigan Davlatning amaldagi qonunchiligiga koʻra soliqlarga nisbatan qoʻllaniladigan maʼnoga ega boʻladi; atamaning mazkur Davlat soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan maʼnosi ushbu Davlatning boshqa huquq sohalarida shu atama uchun berilgan maʼnoga nisbatan ustunlikka ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi mazkur Bitim maqsadlari uchun ushbu davlatning milliy qonunchiligiga koʻra oʻzining yashash joyi, doimiy turar joyi, boshqaruv joyi yoki shunga oʻxshash har qanday mezonlar asosida soliqqa tortiluvchi har qanday shaxsni, shuningdek ushbu Davlatni, uning har qanday maʼmuriy-hududiy boʻlinmasini yoki siyosiy tuzilmasini yoxud mahalliy hokimiyat organini anglatadi. Biroq, ushbu atama faqat ushbu Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan manbalardan yoki kapitaldan daromad olayotgani uchun shu Davlatda soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agarda 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Shaxs faqat oʻzi doimiy yashaydigan uy-joyga ega boʻlgan Davlatninggina rezidenti boʻlib hisoblanadi; agar shaxs har ikki Davlatda ham yashash uchun uy-joyga ega boʻlsa, bunday shaxs faqat yaqin shaxsiy hamda iqtisodiy aloqalarga (hayotiy manfaatlar markazi) ega boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar bunday shaxsning hayotiy manfaatlari markazi boʻlgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki mazkur Davlatlarning hech birida yashash uchun doimiy uy-joyga ega boʻlmasa, ushbu shaxs odatda oʻzi yashab turgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) agar shaxs odatda har ikki Davlatda ham yashasa yoki ulardan hech birida yashamasa, u qaysi Davlatning fuqarosi boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar shaxs har ikkala Davlatning fuqarosi boʻlsa, yoki hech birining fuqarosi boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv orqali hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agarda shaxs 1-band qoidalariga muvofiq (jismoniy shaxslardan tashqari) har ikki Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u faqat oʻzining amaldagi boshqaruv organi joylashgan davlatning rezidenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlinma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoxud tabiiy boyliklar qazib oladigan har qanday boshqa joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Doimiy muassasa” atamasi, shuningdek quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish maydonchasi, qurilish, yigʻish yoki montaj obyekti yoxud ular bilan bogʻliq boʻlgan nazorat faoliyati, faqat bunday maydon, obyekt yoki faoliyatning Ahdlashuvchi Davlat hududidagi amal qilish muddati 183 kundan ortiq boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xizmatchi yoki korxonaning shunday maqsadlarda yollangan boshqa shaxslar orqali xizmat koʻrsatishi, xususan konsultatsion xizmatlar. Biroq, bu mazkur tusdagi faoliyat boshqa Ahdlashuvchi davlat hududida har qanday oʻn ikki oylik muddat ichida umumiy hisobda 6 oydan oshuvchi maʼlum bir davrda yoki davrlarda davom etadigan holatlardagina tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlarni faqat saqlash, namoyish qilish yoxud yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki mahsulotlar zaxirasini faqat saqlash yoxud namoyish qilish maqsadlarida ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) mazkur korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki mahsulotlarning zaxirasini faqat boshqa korxona tomonidan ishlov berish yoki qayta ishlash maqsadlarida ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyini faqat tovar yoki mahsulotlar sotib olish yoki mazkur korxona uchun maʼlumotlar yigʻish maqsadida ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyini ushbu korxona uchun faqat tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari yoʻlida ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyini a) — e) kichik bandlarda keltirilgan faoliyat turlarini birga qoʻshish maqsadidagina saqlash, basharti bunday qoʻshishdan yuzaga keladigan ushbu doimiy faoliyat joyining umumiy faoliyati tayyorlov yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1 va 2-bandlar qoidalariga qaramay, mazkur moddaning 6-bandi tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan boshqa shaxs Ahdlashuvchi Davlatda korxonasi nomidan ish yuritsa va odatda korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda shu vakolatni amalga oshirsa, bunda bu korxona ushbu Davlatda ana shu korxona uchun ushbu shaxs tomonidan koʻrsatilgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, agar ushbu shaxsning faoliyati faqat 4-bandda eslatib oʻtilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa va faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, shu bandning qoidalariga muvofiq, bu doimiy faoliyat joyidan doimiy muassasa hosil qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxona Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini broker, vositachi yoki mustaqil maqomga ega boʻlgan har qanday boshqa agent orqali amalga oshirsa va ushbu shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritayotgan boʻlsa, u mazkur Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa, ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqacha tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyaning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu moddaning yuqoridagi qoidalariga qaramay Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi, agarda u boshqa Ahdlashuvchi davlat hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki 7-bandda nazarda tutilgan mustaqil maqomga ega boʻlgan agentdan boshqa shaxs orqali xavf ehtimolini sugʻurta qilsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi (qayta sugʻurtalash holatlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan olingan daromad (shu jumladan qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad) mazkur boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida ifodalangan tushunchaga ega boʻladi. Har qanday holda ham ushbu atama belgilagan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida foydalaniladigan chorva mollari va jihozlar, yer ustidagi mulk toʻgʻrisidagi umumiy qonunchilik qoidalari qoʻllaniladigan huquqlar, koʻchmas mulk natijasi boʻlgan uzufrukt va resurslar qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; dengiz va havo kemalari, koʻchmas mulk hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1 va 3-bandlar qoidalari, shuningdek korxonaning koʻchmas mulkidan olingan daromadga va mustaqil xususiy xizmatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan koʻchmas mulkdan olingan daromadga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, agar korxona oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida qayd etilgan holatda amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo faqat ana shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismigina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalariga muvofiq agar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, unda har bir Ahdlashuvchi Davlatda ushbu doimiy muassasaga u doimiy muassasa boʻlib, korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish yuritib, xuddi shunday yoki shunga oʻxshash sharoitlarda, shunday yoki oʻxshash faoliyat bilan mashgʻul boʻlganda olinishi mumkin boʻlgan foyda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda shu doimiy muassasa faoliyati maqsadlarida sarflangan xarajatlarni, shu jumladan doimiy muassasa joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda yoki uning hududidan tashqarida sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni ham chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatda korxona foydasining umumiy qiymatini uning turli boʻlinmalari orasida mutanosib tarzda taqsimlash asosida doimiy muassasaga tegishli foydani aniqlash oddiy hol ekanligiga qaramay, 2-banddagi qoida mazkur davlatga amaliyotdan kelib chiqqan holda taqsimlash orqali soliqqa tortiladigan foydani aniqlashni taqiqlamaydi, biroq, tanlangan taqsimot uslubi mazkur modda tamoyillarga mos keladigan natija berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy muassasa tomonidan faqat mazkur korxona uchun tovar yoki mahsulotlarning xarid qilinishi asosida ushbu doimiy muassasaga biron-bir foyda yozilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avvalgi bandlar maqsadlarida doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foyda, agar oʻzgartirish uchun asosli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil usulda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar foyda, ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Xalqaro transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dengiz, havo kemalari yoki avtotransport vositalarining xalqaro tashuvlardagi faoliyatidan olinadigan foydaga faqatgina Korxonaning boshqaruv organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalari quyidagi daromadlarga nisbatan ham qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijaradan olinadigan foyda, shu jumladan xalqaro tashishlarda foydalaniladigan kema yoki havo kemalarini ekipajsiz fraxtlash asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqaro tashuvlarda konteynerlardan (konteynerlarni tashish bilan bogʻliq treyler va boshqa jihozlar ham) foydalanish, saqlash yoki ularning ijarasidan olinadigan foyda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agarda bu faoliyat turi dengiz, havo kemalari yoki avtotransport vositalaridan xalqaro tashuvlarda foydalanishda qoʻshimcha yoki tasodifiy hisoblansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agarda tashuvchi korxonaning amaldagi boshqaruv organi kema bortida joylashgan boʻlsa, u kema borti roʻyxatdan oʻtgan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan hisoblanadi, agarda bunday roʻyxatdan oʻtish borti mavjud boʻlmasa, kema kapitani rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1 va 2-bandning qoidalari transport vositalarini ishlatish boʻyicha pulda, qoʻshma faoliyatda yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olingan foydaga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqaruvi, nazorati yoxud kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aynan oʻsha shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini hamda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqaruvi, nazorati yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa va har qanday holatda ikkita korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar barpo etilsa, ularning birortasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan, lekin mavjud sharoitlar tufayli hisoblanmagan foyda ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitta Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga nisbatan ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq tortiladigan foydani kiritib, tegishli ravishda unga soliq solgan holda va shu tarzda kiritilgan foyda birinchi boʻlib qayd etilgan Ahdlashuvchi Davlatning korxonasiga har ikki korxonaning oʻzaro munosabatlari mustaqil korxonalar munosabatlari kabi foydasi hisoblangan holda, ushbu boshqa Davlat unda ana shu foydaga solingan soliq summasiga tegishli tuzatishlarni kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda mazkur Bitimning boshqa qoidalari kerakli tarzda hisobga olinishi, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari esa zarur hollarda bir birlari bilan maslahatlashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, ushbu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti dividendlarning haqiqiy egasi boʻlsa, unda shu tarzda undiriladigan soliqning miqdori dividendlar umumiy miqdorining 8 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasining soliqqa tortilishiga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Dividendlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan yoki aksiyalardan foydalanishdan yoxud huquqlardan foydalanishdan, togʻ-kon sanoati aksiyalaridan yoki qarz talablari hisoblanmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi taʼsischilar aksiyalari va boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliqlar orqali tartibga solinadigan daromadni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u erda joylashgan doimiy muassasasi orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy bazadan mustaqil xususiy xizmatlar koʻrsatsa va xoldingga nisbatan toʻlanadigan dividendlar aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatdan kelib chiqib 7 yoki 14-moddalarning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, mazkur boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olmasligi mumkin, bunday dividendlar mazkur boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek hatto kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda mazkur boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar mazkur boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq, bunday foizlar ham ular hosil boʻlgan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda mazkur Davlatning qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, soliq foizlar yalpi miqdorining 8 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar, qarzdorning foydasida xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromadlarda va obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadda, shu jumladan ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofotlar va yutuqlarda qatnashish huquqidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni bildiradi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar (neustoyka) ushbu modda maqsadlarida foizlar sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar foizlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻla turib, doimiy muassasasi orqali foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyati olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy bazasidan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatgan yoki koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga haqiqatan tegishli boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bu holda vaziyatdan kelib chiqib 7 yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Foizlar Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi, qachonki foizlarni toʻlovchi ana shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa. Biroq, foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, foiz toʻlash majburiyati paydo boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlsa hamda toʻlov boʻyicha xarajatlarni shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza amalga oshirsa, doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda foiz paydo boʻladi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi va amaldagi foizlar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida yoki ular ikkalasi va qandaydir boshqa bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda toʻlovning ortiqcha qismidan ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Royalti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar mazkur boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bu royaltilar ular yuzaga keladigan Ahdlashuvchi Davlatda ham mazkur Davlatning qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo royaltilarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, shunday tarzda undiriladigan soliq royaltilar umumiy miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” atamasi mazkur moddada qoʻllanilganda adabiyot, sanʼat yoki ilm-fan asarlari, shu jumladan radio va televideniye uchun kinofilmlar, film va tasmalar, har qanday patent, savdo belgisi, chizma yoki modellar, sxemalar, kompyuter dasturlari, sirli formula yoki jarayonlar yoxud har qanday sanoat, savdo yoki ilmiy jihozlar yoxud sanoat, tijorat yoki ilm-fan tajribasiga doir axborotdan foydalanganlik yoki ularga boʻlgan har qanday mualliflik huquqidan foydalanish huquqini taqdim etish uchun olingan har qanday toʻlovning turini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agarda royaltining haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlsa, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali savdo faoliyati bilan shugʻullansa yoki mazkur boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmat bilan shugʻullansa va royalti toʻlanadigan huquq yoki mulk doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda vaziyatdan kelib chiqib 7 yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agarda royalti toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti mazkur Davlatda yuzaga kelgan deb hisoblanadi. Biroq, royalti toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, royalti toʻlash majburiyati paydo boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlsa hamda toʻlov boʻyicha xarajatlarni shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza amalga oshirsa, doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda royalti paydo boʻladi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agarda toʻlovchi va amalda royalti huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki ularning ikkisi va boshqa bir shaxs oʻrtasidagi foydalanishga, shuningdek foydalanish yoki maʼlumot huquqiga daxldor boʻlgan royalti summasi ular oʻrtasidagi maxsus munosabatlar natijasida toʻlovchi va mazkur foydaga nisbatan huquqqa ega boʻlgan shaxs oʻrtasida bunday maxsus munosabatlar yoʻq boʻlgan holda kelishilishi mumkin boʻlgan summadan oshib ketsa, mazkur moddaning qoidalari faqatgina soʻnggi eslatilgan summaga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismi mazkur Bitimning boshqa qoidalarini hisobga olgan holda har bir Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Kapital qiymatining oʻsishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 6-moddada koʻrsatilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadlari mazkur boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlatning boshqa Ahdlashuvchi davlatdagi doimiy muassasasi ishiga daxldor boʻlgan mulkning bir qismini tashkil qiluvchi koʻchar mulkni tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadlar yoki mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida bir Ahdlashuvchi Davlatning boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi rezidenti uchun ochiq boʻlgan doimiy bazaga tegishli koʻchar mulkni tasarrufdan chiqarishdan olingan daromadlar, shuningdek mazkur doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadlar mazkur boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari yoki avtotransport vositalarini tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadlar yoki shunday dengiz, havo kemalari yoxud avtotransport vositalariga daxldor boʻlgan koʻchar mulklarni tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromadlar faqatgina korxonaning boshqaruv organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bitta Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan koʻchmas mulkdan ular qiymatining 50% dan ortigʻi miqdorida bevosita yoki bilvosita daromad olish imkonini beruvchi aksiyalar yoki har qanday shakldagi ulushli foizlar, ushbu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlarida koʻrsatilmagan har qanday mulkni tasarrufdan chiqarishdan olinadigan daromad faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining kasbiy xizmatlar koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatdan olinadigan daromadlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, bunday daromadlar, shuningdek quyidagi hollarda istisno tariqasida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadlari uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻziga tegishli boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday hollarda daromadning faqat shunday doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina mazkur boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi har qanday oʻn ikki oylik davr ichida jami 183 kundan oshuvchi muddat yoki muddatlarda davom etsa, bunday holda daromadning faqatgina mazkur boshqa Davlatda amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan qismigina soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, maʼrifiy va oʻqituvchilik faoliyatini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, injenerlar, arxitektorlar, stomatologlar va hisobchilarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 16, 18 va 19-moddalar qoidalarini hisobga olib, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanib ishlash boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va yollanish munosabati bilan olingan shu kabi taqdirlash qiymati faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar yollanish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmagan boʻlsa. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan ragʻbatlantirish haqi ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning qoidalariga qaramasdan, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmatlari uchun oladigan haqi faqat birinchi aytib oʻtilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taqdirlash haqi oluvchi koʻrib chiqilayotgan moliyaviy yilda boshlanuvchi yoki yakunlovchi, har qanday oʻn ikki oylik davr ichida jami 183 kundan oshmaydigan muddatda yoki muddatlarda boshqa Davlatda boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash haqi yollovchi tomonidan yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi nomidan toʻlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) yollovchi boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, xalqaro tashuvlarda foydalanadigan dengiz yoki havo kemasi bortida, yoki avtomobil transportida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun olinadigan mukofotlar amalda korxonaning boshqaruv organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya Direktorlar Kengashining yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash organning aʼzosi sifatida oladigan direktorlar gonorari va shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi yoki sportchi kabi sanʼat xodimi sifatida uning shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatdan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilsa, 7, 14 va 15-moddalar qoidalariga qaramay, ushbu daromad sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agarda bir Ahdlashuvchi Davlatga tashrif Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki ikkalasiga tegishli boʻlgan jamoat fondlari yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari, siyosiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan moliyalashtirilsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari sanʼat sohasi ishchisi yoki sportchining mazkur Davlatda amalga oshiradigan faoliyatidan olinadigan daromadga daxldor boʻlmaydi. Bunday holda sanʼat sohasi ishchisi yoki sportchi qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning daromadi oʻsha Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Pensiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga yollanish boʻyicha ilgari yollanib ishlaganligi uchun kompensatsiya sifatida toʻlanadigan nafaqalar va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar faqat mazkur Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Ahdlashuvchi Davlat, uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan ushbu Ahdlashuvchi Davlat, boʻlinma yoki mahalliy hokimiyat organiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun jismoniy shaxsga toʻlanadigan oylik ish haqi, maosh va pensiyadan tashqari, boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agar ish mazkur boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs ushbu Davlatning rezidenti hisoblansa, bunday ish haqi, maosh va shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar faqat mazkur Davlatda soliqqa tortiladi, basharti jismoniy shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) mazkur Davlatning fuqarosi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) faqat ushbu xizmatni amalga oshirish uchungina mazkur Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Ahdlashuvchi Davlat, uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari yoxud ular tuzgan jamgʻarmalar tomonidan mazkur Davlatga, uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari, siyosiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan pensiyalar faqat mazkur Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Lekin jismoniy shaxs boshqa Davlatning rezidenti va fuqarosi boʻlsa, bunday pensiya faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 15, 16, 17 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat, uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari, siyosiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tijoriy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat koʻrsatishdan olingan ish haqi, maosh va boshqa shunga oʻxshash toʻlov hamda pensiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Professorlar va ilmiy xodimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan va ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlat Hukumati tomonidan tan olingan universitet, kolledj, maktab yoki shu turdagi muassasa taklifiga koʻra ushbu boshqa Davlatga faqat taʼlim berish yoki tadqiqotlar olib borish, yoki har ikki maqsadda mazkur boshqa Davlatdagi taʼlim muassasasiga tashrif buyursa, uning birinchi bor kelgan paytdan boshlab ikki yildan oshmagan muddat davomida mazkur Ahdlashuvchi Davlatda bunday taʼlim berish yoki ilmiy tadqiqotlar uchun oladigan har qanday haqlari soliq toʻlashdan ozod qilinadi. Jismoniy shaxs mazkur modda imtiyozlaridan faqat bir marta foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu modda 1-bandi qoidalari jamoat manfaatlari uchun emas, balki maʼlum shaxslar yoki shaxsning shaxsiy manfaati uchun oʻtkaziladigan tadqiqotlarni olib borishdan olingan toʻlovlarga nisbatan qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Talabalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan yoki ayni paytda ham rezidenti hisoblangan hamda birinchi boʻlib tilga olingan Davlatda faqat oʻqish yoki taʼlim olish maqsadida boʻlib turgan talaba yoki stajorlarning yashashi, oʻqishi va taʼlim olishi uchun beriladigan toʻlovlar mazkur Davlatda soliqqa tortilmaydi, basharti bunday toʻlovlar ushbu Davlat tashqarisidagi manbalardan yuzaga kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band bilan qamrab olinmagan grantlar, stipendiyalar va boshqa bandlikka oid shu kabi toʻlovlarga nisbatan, 1-bandda tilga olingan talaba yoki stajor, qoʻshimcha ravishda oʻzining oʻqishi yoki taʼlim olishi davrida u hozir boʻlgan Ahdlashuvchi Davlat rezidentlariga beriladigan soliqlarga nisbatan ozod qilish va chegirmalardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari, daromadning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan, koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari, daromadlarga nisbatan, agarda bunday daromad egasi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali oʻz faoliyatini amalga oshirsa yoki oʻsha boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni u erda joylashgan doimiy baza orqali amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, 1-bandning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda 7 yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatdan kelib chiqqan holda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Kapital
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan, 6-moddada koʻrsatilgan koʻchmas mol-mulkdan iborat boʻlgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda egalik qilayotgan doimiy muassasaning ish mulkining qismi boʻlgan koʻchma mulkdan iborat kapital yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatish uchun ochiq boʻlgan doimiy bazaga tegishli koʻchma mulk ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz va havo kemalari yoki avtotransport vositasi tarzidagi kapital hamda shunday dengiz va havo kemalari yoki avtotransport vositalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulk faqat korxonaning boshqaruv organi joylashgan Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti kapitalining boshqa barcha elementlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki mol-mulkka ega boʻlsa, birinchi eslatib oʻtilgan Davlat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur rezidentning daromadiga solinadigan soliqdan ushbu boshqa Davlatda toʻlangan daromad soligʻiga teng summani chegirib tashlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur boshqa Davlatda toʻlangan, ushbu rezidentning kapital soligʻiga teng qiymatni chegirib tashlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday chegirmalar har qanday holda ham vaziyatga koʻra boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki kapitalga taalluqli chegirma taqdim qilingunga qadar hisoblab chiqiladigan daromad yoki kapitaldan olinadigan soliq qismidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitimning boshqa biror-bir qoidasiga muvofiq Ahdlashuvchi Davlat rezidenti oladigan va ega boʻlgan daromad yoki kapital mazkur Davlatda soliqqa tortishdan istisno etilsada, ushbu Davlat bu rezidentning daromadi yoki kapitalning qolgan qismini soliqqa tortish qiymatini hisoblab chiqishda istisno etilgan daromad yoki kapitalni hisobga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Kamsitmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning fuqarosi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mazkur boshqa Ahdlashuvchi Davlatning fuqarolariga aynan bir xil vaziyatlarda, xususan yashash joyiga daxldor boʻlgan hollarda solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan soliqlar yoxud ular bilan bogʻliq majburiyatlarga nisbatan mushkulroq boʻlgan soliqlarga tortilmaydi va ular bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarni bajarishga majbur qilinmaydi. Mazkur qoida, shuningdek 1-modda qoidalaridan qatʼiy nazar bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlmagan jismoniy shaxslarga ham nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ushbu boshqa Davlatda aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarni soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Ushbu qoida bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentlarini soliqqa tortish boʻyicha oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy sharoiti asosida beradigan qandaydir shaxsiy imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 7-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllanilishidan tashqari hollarda bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlari, royaltilari va boshqa toʻlovlari shunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlanganida qoʻllaniladigan bir xil shartlar asosida chegirib tashlanadi. Shu singari bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boʻlgan har qanday qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidenti qarzi singari shartlar asosida chegirib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kapitali toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasi shu Davlatda, shu Davlatning shunday korxonalari duchor boʻlgan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻladigan har qanday soliqqa tortish yoki unga aloqador majburiyatlarga, boshqa yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur modda qoidalari 2-band qoidalariga qaramay har qanday tur va tasnifdagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Oʻzaro kelishish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan birining yoki har ikkalasining harakatlari mazkur Bitim qoidalariga zid ravishda soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa, u mazkur Davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan mustaqil ravishda oʻzi rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga, agarda uning holati 25-moddaning 1-bandiga mos kelsa oʻzi fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Ariza ushbu Bitim qoidalariga zid ravishda soliqqa tortilishga olib keladigan xatti-harakat birinchi bor maʼlum boʻlgan kundan boshlab uch yil ichida taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar vakolatli organ uning eʼtirozini asosli deb topsa va mustaqil ravishda qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani Bitimga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishdan qochish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishuvga erishgan holda hal qilishga harakat qiladi. Erishilgan barcha kelishuvlar Ahdlashuvchi Davlatlarning ichki qonunchiligidagi har xil vaqtinchalik cheklovlarga qaramay amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitimni qoʻllash yoki talqin qilishda yuzaga keladigan har qanday kelishmovchiliklarni oʻzaro kelishuv asosida hal qiladilar. Shuningdek, ular ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida mazkur Bitimda nazarda tutilmagan hollarda ham bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishda hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan, shu jumladan, ularning oʻzlari yoki ularning vakillaridan iborat qoʻshma komissiyalar orqali bevosita aloqaga kirishishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Maʼlumot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitimning qoidalarini yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning soliqqa tortishga oid ichki qonunchiligini amalga oshirish uchun lozim boʻlgan mazkur qonunchilik boʻyicha soliqqa tortish Bitimga zid boʻlmaydigan darajada maʼlumot almashadilar. Axborot almashinuvi 1 va 2-moddalar qoidalari bilan cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olingan har qanday maʼlumot mazkur Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq olingan maʼlumotning oʻzida qanday maxfiylik nazarda tutilgan boʻlsa xuddi shunday maxfiy hisoblanadi va faqat mazkur Bitim qoʻllaniladigan soliqlarga daxldor boʻlgan aniqlash, yigʻish, majburiy undirish yoxud sud taʼqibi yoki apellatsiyani koʻrib chiqish bilan shugʻullanadigan organ (shu jumladan sud va maʼmuriy organlar) hamda shaxslarga oshkor qilinadi. Bunday organ va shaxslar mazkur maʼlumotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular mazkur maʼlumotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qaror qabul qilishda oshkor qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hech qanday holatda mazkur moddaning 1-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlarni yuklamaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotiga zid keluvchi maʼmuriy tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi boʻyicha yoki odatdagi maʼmuriy amaliyot davomida olib boʻlmaydigan maʼlumotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat, kasb sirini yoki savdo jarayonini yoxud oshkor etilishi davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid kelishi mumkin boʻlgan maʼlumotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar axborot Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan ushbu Moddaga muvofiq soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat bunday axborot shu boshqa Davlatning soliq maqsadlari uchun kerak boʻlmasa ham soʻralgan axborotni olish uchun axborot toʻplash boʻyicha oʻzida mavjud boʻlgan tadbirlaridan foydalanishi lozim. Oldingi gapda nazarda tutilgan majburiyat 3-banddagi cheklovlarning obyekti hisoblanadi, biroq maʼlumotlarning qiymatidan ichki manfaatdorlikning yoʻqligi hollardan boshqa hech qanday holda bunday cheklovlar Ahdlashuvchi Davlatga maʼlumot taqdim etishni rad etish imkonini berish sifatida qaralmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 3-bandning hech bir qoidasi bank yoki boshqa moliyaviy muassasaning yoxud ishonch bildiruvchi shaxsning yoki agentlikda yoki ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi shaxsning maʼlumotlaridan hamda insonning mulkiy manfaatlariga daxldor boʻlgan maʼlumotlardan iborat boʻlganligi sababli Ahdlashuvchi Davlatga maʼlumot taqdim etishni rad etish imkonini berish sifatida talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Diplomatik agentlar va konsullik xizmatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning hech qanday qoidasi diplomatik agentlar va konsullik xizmatchilarining xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlari yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq berilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Bitimning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun ichki qonunchiliklariga muvofiq talab qilinadigan protseduralarning tugaganligi toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar. Mazkur Bitim qayd etilgan soʻnggi xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi va quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi yanvardan yoki mazkur Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab daromad manbasidan olinadigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) birinchi yanvardan yoki mazkur Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab har bir soliq yili uchun olinadigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Bitimning amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan uning amal qilishi toʻxtatilgunga qadar amal qiladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitim kuchga kiradigan yildan besh yil oʻtib, har qanday kalendar, yilining tugashidan kamida olti oy oldin diplomatik kanallar orqali Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berish yoʻli bilan Bitimning amal qilishini toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda Bitimning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi yanvardan yoki mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab daromad manbasidan olinadigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) birinchi yanvardan yoki mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab har bir soliq yili uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lyublyana shahrida 2013-yilning 11-fevralida ikki nusxada, har biri oʻzbek, sloven va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Sloveniya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikkiyoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni oldini olish toʻgʻrisida bitimga
BAYoNNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Sloveniya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikkiyoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni oldini olish toʻgʻrisida Bitimni imzolash chogʻida quyida imzo chekuvchilar mazkur qoidalarni Bitimning tarkibiy qismi ekanligi toʻgʻrisida ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Siyosiy boʻlinma” atamasi Sloveniyaga taalluqli, “Maʼmuriy-hududiy boʻlinma” atamasi esa Oʻzbekistonga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitim maqsadlari uchun, 9-moddani istisno etgan holda, “kapital” atamasi Oʻzbekistonga nisbatan qoʻllanilganda “mulk” maʼnosini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Bayonnomani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lyublyana shahrida 2013-yilning 11-fevralida ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, sloven va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.