Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Daromadlarga ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad soliqlarini toʻlashdan ogʻishishlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Pokiston Islom Respublikasi Hukumati
daromadlarga ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad soliqlarini toʻlashdan ogʻishishlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida Bitim tuzish istagini bildirib,
quyidagilarni ahdlashib oldilar:
1-modda
Qoʻllanish doirasi
Qoʻllanish doirasi
Mazkur Bitim Ahdlashayotgan Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
1. Mazkur Bitim Ahdlashayotgan Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari nomidan olinayotgan daromad soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
2. Daromad soliqlariga umumiy daromaddan yoki daromadning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlardan hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki mukofotlarning umumiy summasidan olinadigan soliqlar kiradi.
3. Ushbu Bitim qoʻllaniladigan amaldagi soliqlar qisman quyidagilardir:
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
(i) korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadi (foydasidan) olinadigan soliq;
(ii) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi).
b) Pokiston Islom Respublikasiga nisbatan:
(i) daromad soligʻi;
(ii) qoʻshimcha (daromad soligʻi);
(iii) qoʻshimcha soliq;
(bundan keyin “Pokiston soliqlari” deb ataladi).
4. Ushbu Bitim Ahdlashayotgan Davlatlarning har biri tomonidan ushbu Bitim imzolangandan soʻng kelajakda olinadigan amaldagi soliqlarga qoʻshimcha yoki ular oʻrniga kiritilgan har qanday munosib, yoki aslida oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli tashkilotlari oʻz soliq qonunchiligida boʻlgan barcha tub oʻzgarishlar haqida bir-birlariga xabar beradilar.
3-modda
Umumiy taʼriflar
Umumiy taʼriflar
1. Ushbu Bitimning maqsadlari uchun, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda xalqaro qonunchilik hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer osti boyliklari va tabiiy resurslardan foydalanishga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi oʻz huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan yagona hisoblanadigan hududini, ichki suv havzalarini, ular tepasidagi havo kengligini anglatadi;
b) “Pokiston” atamasi jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganida Pokiston Islom Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek Pokistonni anglatadi va Pokiston qonunlariga muvofiq va xalqaro huquqqa binoan Pokiston dengiz tubidagi, dengiz tubining yer ostidagi tabiiy resurslarga nisbatan oʻzining mustaqil va favqulodda huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan uning hududiy suvlaridan tashqarida joylashgan har bir hududini anglatadi;
c) “Ahdlashayotgan Davlat” va “Oʻzga Ahdlashayotgan Davlat” atamalari matnda ishlatilish oʻrniga qarab Oʻzbekistonni yoki Pokistonni anglatadi;
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya yoki shaxslarning har qanday umumlashmasini anglatadi.
e) “kompaniya” atamasi korporativ tuzilma hisoblangan har qanday shaxsni yoki soliqqa tortish maqsadlarida shunday korporativ tuzilma sifatida oʻz maqomiga ega boʻlgan Ahdlashayotgan Davlatlar qonunlariga muvofiq koʻrib chiqiladigan har qanday sherikchilik, qoʻshma korxona yoki boshqa tuzilmalarni anglatadi;
f) “Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi” va “Oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi” atamalari oʻz oʻrni bilan Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani va oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani anglatadi;
g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasi tomonidan foydalanilgan dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transportida har qanday tashishni anglatadi; dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarining boshqa Ahdlashayotgan Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilishi bundan mustasno.
h) “vakolatli tashkilot” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini anglatadi; Pokiston Respublikasiga nisbatan — soliq yigʻimlari boshqarmasini anglatadi;
i) “milliy shaxs” atamasi Ahdlashayotgan Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni, shuningdek Ahdlashayotgan Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, hamjamiyat, assotsiatsiya yoki tuzilmani anglatadi.
2. Ushbu Bitimni Ahdlashayotgan Davlat qoʻllaganda har qanday unda belgilanmagan ibora, agar matn mazmuni oʻzga maʼnoni talab qilmasa, qaysi Ahdlashayotgan Davlatning soligʻiga nisbatan ushbu Bitim qoʻllanilayotgan boʻlsa, oʻsha Davlatning qonunlariga koʻra qabul qilinadi.
4-modda
Rezident
Rezident
1. Ushbu Bitimning maqsadlari yuzasidan “Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti” atamasi mazkur Davlatning qonunchiligi boʻyicha oʻzining turar joyi, doimiy istiqomat qilishi, boshqaruv tizimining qayerda joylashgani, huquqiy shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan joyi, yoki oʻzga asli mazmunda shunga oʻxshash mezonlarga koʻra mazkur Davlatda soliq toʻlovchi hisoblangan shaxsni anglatadi; mazkur atama faqatgina ushbu Ahdlashayotgan Davlatdagi manbalardan daromad olayotgan yoki ushbu Davlatdagi mulk qiymatining oʻsishdan daromad olayotgan shaxslarni oʻz ichiga qamramaydi. Ibora, shuningdek, Ahdlashayotgan Davlat hukumatini yoki uning mahalliy hokimiyatlarini, har qanday shunday hukumat yoki hokimiyatning vakolatli boʻlinmalarini oʻz ichiga oladi.
2. Agar 1-band mazmuniga muvofiq shaxs Ahdlashayotgan davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlsa, uning maqomi uyidagi tarzda belgilanadi:
a) bu shaxs toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Ahdlashayotgan Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari eng chuqur boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
b) agar uning hayotiy manfaatlar markazini aniqlab boʻlmasa yoki Ahdlashayotgan Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi boʻlmasa, u odatda yashaydigan Davlatining rezidenti hisoblanadi:
c) agar u odatda har ikki Ahdlashayotgan Davlatda tursa yoki ularning hech birida turmasa, u Ahdlashayotgan Davlatlarning qay birining fuqarosi boʻlsa, shu Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
d) agar shaxs Ahdlashayotgan Davlatlarning har ikkisining rezidenti deb qaralsa yoki Davlatlarning hech birining rezidenti boʻlmasa, Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli tashkilotlari masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar;
e) bu shaxs ikki davlatdan birining milliy shaxsi hisoblanmasa, Unda Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari maslahatlashish orqali mazkur Bitim maqsadlarida ushbu shaxs Ahdlashayotgan Davlatlarning qaysi birining rezidenti boʻlib hisoblanishini aniqlashga harakat qiladi.
3. Agar 1-band mazmuniga muvofiq jismoniy shaxs boʻlmagan shaxslar Ahdlashayotgan Davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlsa, u rahbar tizimining amalda joylashgan Ahdlashayotgan davlatning rezidenti hisoblanadi.
5-modda
Doimiy muassasa
Doimiy muassasa
1. Mazkur Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi ikkinchi Ahdlashayotgan Davlatda u orqali toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan doimiy faoliyat joyini bildiradi.
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) boshqaruv organi;
b) boʻlinma;
c) ofis;
d) fabrika;
e) ustaxona;
f) shaxta, neft va gaz koni, karyer yoki tabiiy resurslar olinadigan har qanday boshqa joy.
3. Qurilish maydonchasi yoki yigʻilma yoki yigʻish obyekti ular bilan bogʻliq ishlar davomiyligi 6 oydan oshib ketadigan taqdirda “doimiy muassasa” atamasi ularni ham oʻz ichiga oladi.
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, quyidagi faoliyat turlarini “doimiy muassasa” atamasi oʻz ichiga olmaydi:
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlarni faqat saqlash, namoyish qilish va yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida ushlab turilishi;
c) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasini faqat boshqa korxona tomonidan qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turilishi;
d) doimiy faoliyat joyini faqat tovarlar yoki mahsulotlar sotib olish yoki mazkur korxona uchun axborot yigʻish maqsadlari uchun ushlab turilishi;
e) doimiy faoliyat joyini ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi xarakterdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari yoʻlida ushlab turilishi;
f) doimiy faoliyat joyini faqat (a) — (e) bandchalarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday majmuasida amalga oshirish uchun bu faoliyat turlari doimiy faoliyat joyi ishining asosiy mazmuni boʻlgani holda ushlab turilishi.
5. 1 va 2-bandlardagi qoidalarga qaramay, agar biron 7-bandda koʻrsatilgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashayotgan Davlatlarning birida oʻzga Ahdlashayotgan Davlatdagi korxonaning nomidan ish yuritsa va korxona nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlsa va huquqlardan odatda foydalansa, bu korxona ushbu Ahdlashayotgan Davlatda doimiy muassasaga uning uchun shaxs tomonidan koʻrsatilgan xizmat doirasida ega deb hisoblanadi, lekin ushbu shaxsning faoliyati Bitimning 4-bandida koʻrsatilgan faoliyat bilan cheklanib qolsa va bu faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilgan taqdirda ham bu joyni ushbu bandning qoidalariga asosan doimiy muassasaga aylantirmaydi.
6. Mazkur moddaning bundan oldingi qoidalariga qaramay Ahdlashayotgan Davlatning sugʻurta korxonasi, takroriy sugʻurta hollardan tashqari agar u oʻzga davlat hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki 7-bandga taalluqli mustaqil mavqeli agentdan oʻzga shaxs orqali u yerda boʻlishi mumkin xatardan sugʻurta qilsa oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi.
7. Korxona, agar u oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati chegarasida ish yuritgan taqdirda, oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi.
8. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan nazorat qilish yoki nazoratni oʻzga Davlat kompaniyasi ustidan yuritish yoki mazkur kompaniya oʻzga Davlatda tijorat faoliyatini amalga oshirish (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) fakti oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
6-modda
Qoʻzgʻalmas mulkdan olinadigan daromad (foyda)lar
Qoʻzgʻalmas mulkdan olinadigan daromad (foyda)lar
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti tomonidan oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda joylashgan qoʻzgʻalmas mulkdan olingan daromadi (qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad ham shu jumlaga kiradi) shu oʻzga Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. “Qoʻzgʻalmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligida ifodalangan tushuncha boʻyicha qabul qilinadi. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulk haqidagi qonunchilikka asosan haq-huquqi belgilangan qoʻzgʻalmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva mollari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi vositalari, har qanday baliq tutish moslamalarini, qoʻzgʻalmas mulk natijasi boʻlgan atrof mulkni (uzufrukt), ishlatganlik uchun badal sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan va qatʼiy belgilangan toʻlovlarga boʻlgan huquq yoki minerallar joylashgan yerga va boshqa tabiiy resurslarni ishlashga boʻlgan huquqni oʻz ichiga qamraydi; kemalar, havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalari qoʻzgʻalmas mulk sifatida qaralmaydi.
3. Yuqoridagi l-band qoidalari qoʻzgʻalmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki oʻzga har qanday shaklda foydalanib olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad
1. Ahdlashayotgan Davlat korxonasi tomonidan ikkinchi bir Ahdlashayotgan Davlatda olingan foyda ana shu ikkinchi Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar u faqat oʻsha yerda joylashgan doimiy muassasa orqali yoki faqat quyidagilarga tegishli boʻlgan sohalardagina olingan boʻlsa:
a) agar bu foyda ushbu doimiy muassasaning faoliyatiga tegishli boʻlsa;
b) doimiy muassasa orqali sotilayotgan tovar yoki mahsulotlar bilan bir xil yoki bir-biriga oʻxshash tovarlar va mahsulotlarning ushbu oʻzga Davlatdagi savdosiga tegishli boʻlsa;
c) ushbu oʻzga Davlatda amalga oshiriladigan oʻzining xarakteri boʻyicha shunday doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati bilan bir xil yoki bir-biriga oʻxshash boshqa tijorat faoliyatiga tegishli boʻlsa.
2. 3-band qoidalarini inobatga olgan holda biron Ahdlashayotgan davlatning korxonasi oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda tijorat faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashayotgan Davlatda bunday doimiy muassasaga u xizmat koʻrsatayotgan korxonadan alohida va mustaqil harakat qilib bunday sharoitlarda shunday va shunga oʻxshash faoliyat koʻrsatganda topishi mumkin boʻlgan daromad mansub deb bilinadi.
3. Doimiy muassasa daromadini aniqlashda mazkur doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni chiqarib tashlashga yoʻl qoʻyiladi, doimiy muassasa joylashgan Davlatda yoki har qanday oʻzga yerda faoliyati maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham shunga kiradi. Biroq doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisi yoki boshqa ofislardan istalgan bittasiga patent yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun royalti, gonorar yoki shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, yoki, bankka doir korxona hollaridan tashqari, doimiy muassasaga berilgan qarz summasiga foizlar toʻlash yoʻli bilan toʻlangan (amaldagi xarajatlar oʻrnini toʻldirishdan tashqari) summalarni, agar ular umuman boʻlsa, chegirib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shu tarzda doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki boshqa ofislardan istalgan bittasiga patent yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun royalti, gonorar yoki shunga oʻxshash boshqa toʻlovlarni toʻlash yoʻli bilan, yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, yoki bankka doir korxona hollaridan tashqari, korxonaning bosh ofisiga yoki boshqa ofislardan istalgan bittasiga berilgan qarz summasiga foizlar toʻlash yoʻli bilan toʻlangan summalardan doimiy muassasaning foydalarini aniqlash eʼtiborga olinmaydi.
4. Ahdlashayotgan Davlatda korxona foydasining umumiy summasini uning turli boʻlinmalariga mutanosib tarzda taqsimlash negizida doimiy muassasaga tegishli foydani belgilash oddiy hol ekanligiga qaramay 2-banddagi hech narsa Ahdlashayotgan Davlatga soliqqa tortiladigan foydani shunday taqsimot vositasida aniqlashga xalaqit bermaydi; tanlangan taqsimot uslubi ushbu moddaga tegishli tamoyillarga munosib natijalar berishi lozim.
5. Doimiy muassasa tomonidan korxona uchun faqat tovarlar yoki mahsulotlar xarid qilish asosida doimiy muassasa hisobiga biron bir foyda yozilmaydi.
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga mansub daromad, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
7. Agar daromad, mazkur Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur moddalar qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
8-modda
Xalqaro tashishda qoʻllaniladigan dengiz, avtomobil va havo transporti
Xalqaro tashishda qoʻllaniladigan dengiz, avtomobil va havo transporti
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasining xalqaro tashishlarda kemalar, samolyotlar, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini foydalanishdan olgan daromadiga faqat u Davlatda soliq solinadi.
2. Mazkur modda maqsadlari uchun xalqaro tashishlarda kemalar, samolyotlar, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalarini foydalanishdan olinadigan daromadlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) kemalarni, samolyotlarni, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalarini ijaraga berishdan olingan daromad;
va
(b) yuk va tovarlarni tashish uchun ishlatiladigan konteynyerlarni (treylyerlar va konteynyerlarni tashish uchun ishlatiladigan yordamchi uskunalar ham shu jumladan) foydalanish, saqlash va ijaraga berishdan olingan daromadlar;
bunday foydalanish, saqlash yoki ijaraga berish kemalar, samolyotlar, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalaridan xalqaro tashishda foydalanishning doimiy turi boʻlmagan taqdirda.
3. Shuningdek, 1 va 2-banddagi qoidalar transport vositalaridan foydalanish boʻyicha xalqaro tashkilotlarda yoki koʻp:ma korxonalarda, pulda (umumiy jamgʻarmada) ishtirok etishdan olgan foydalariga ham qoʻllaniladi.
4. 7-modda qoidalariga qaramay, avtomobil yoki temir yoʻl transportini faoliyat turi sifatida ishlatadigan Ahdlashayotgan Davlat korxonalarining:
a) yoʻlovchilar yoki mulklarni boshqa Ahdlashayotgan Davlat hududidan tashqaridagi punkt bilan boshqa har qanday punkt oʻrtasida tashishdan
yoki
v) yoʻlovchilar yoki mulklarni boshqa Ahdlashayotgan Davlat hududidan tashqaridagi punkt bilan boshqa har qanday punkt oʻrtasida tashishda foydalaniladigan avtomobil transporti vositalari (shu jumladan treylyerlar)ni yoki temir yoʻl harakatdagi sostavlarini yollashga berishdan oladigan foydasi ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortishdan ozod qilinadi.
9-modda
Birlashgan korxonalar
Birlashgan korxonalar
1. Agar:
a) Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi oʻzga Ahdlashayotgan Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
yoki
b) oʻsha shaxslar Ahdlashayotgan Davlatlarning unisining ham korxonasini, bunisining ham korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar barpo etilsa yoki belgilansa, ularning birortasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan, lekin yuqoridagi sharoitlar tufayli hisoblanmagan har qanday foyda Ahdlashayotgan Davlat tomonidan ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Qachonki Ahdlashayotgan Davlat mazkur Davlatning korxonasi foydasiga oʻzga Ahdlashayotgan Davlat korxonasining ana shu oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortilgan foydasini qoʻshib va tegishli ravishda soliqqa tortsa, va shu alfozda qoʻshilgan foyda, birinchi aytilgan korxonaga hisoblanishi mumkin boʻlgan foyda boʻlsa, agar ikki korxona oʻrtasidagi munosabatlar mustaqil korxonalar oʻrtasidagi munosabatlardek boʻlsa, bunda mazkur oʻzga Davlat ushbu foydadan olinadigan soliq miqdoriga tegishli munosiblikni kiritishi shart.
Bunday munosiblikni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalari koʻrib chiqilishi lozim, Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli tashkilotlari esa zarur boʻlgan taqdirda bir-birlari bilan maslahatlashadilar.
10-modda
Dividendlar
Dividendlar
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan oʻzga Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga toʻlangan dividendlar ana shu oʻzga Davlat tomonidan soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlsa, mazkur Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo dividendlarni oluvchi daromadli dividendlar egasi boʻlsa va mazkur oʻzga Ahdlashayotgan Davlatdagi dividendlar yuzasidan soliqqa tortilishi kerak boʻlsa, soliqning miqdori bunday dividendlarning jami summasining 10 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuvga binoan bunday cheklashlarni qoʻllash usullarini tuzadilar.
Bu band dividendlar toʻlanadigan foyda masalasida kompaniyani soliqqa tortishga taalluqli emas.
3. “Dividendlar” iborasi mazkur moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan yoki aksiyalarni foydalanganlikdan yoki togʻ-kon sanoati aksiyalari, taʼsischilar aksiyalari huquqlarini foydalanganlikdan olinadigan yoki qarz talablari boʻlmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezident boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi soliqlarni tartibga solishga taalluqli boʻlgan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadni anglatadi.
4. Agar benefitsiar (dividendlarning manfaatdor egasi) Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlgani holda dividendlarni toʻlayotgan birlashma rezidenti boʻlgan oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda oʻz faoliyatini unda joylashgan.doimiy muassasasi orqali amalga oshirsa yoki ushbu oʻzga Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil xususiy xizmatlar koʻrsatsa va xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻlik boʻlsa mazkur moddaning 1 va 2-bandlaridagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Bunday holda sharoitga qarab mazkur Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
5. Agar Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya oʻzga Ahdlashayotgan Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, bu oʻzga Ahdlashayotgan Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olmasligi mumkin, ana shu oʻzga Davlat rezidentiga toʻlanadigan bunday dividendlar yoki xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) shu oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno) va birlashmaning taqsimlanmagan foydasidan taqsimlanmagan foydadan olinadigan soliqlar olinmaydi, hatto-ki toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu oʻzga Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham.
6. Mazkur Bitimdagi hech narsa Ahdlashayotgan Davlatning ushbu Davlatdagi doimiy muassasasining kompaniyasi foydasiga ushbu Davlat rezidenti hisoblanadigan kompaniya foydasidan undiriladigan soliqqa qoʻshimcha ravishda maxsus soliq belgilashiga toʻsqinlik qiladigan hol sifatida talqin qilinmasligi kerak, lekin bunda shunday har qanday soliq oldingi yillarda ana shunday qoʻshimcha soliqqa tortilmagan bunday foyda hajmining 10 foizidan ortiq boʻlmaydi. Ushbu maqsad uchun foyda doimiy muassasa joylashgan Ahdlashayotgan Davlatda undiriladigan mazkur bandda tilga olingan maxsus soliqdan oʻzgacha boʻlgan barcha soliqlarni hisoblab chiqqandan soʻng aniqlanadi.
11-modda
Foizlar
Foizlar
1. Ahdlashayotgan Davlatlarning birida hosil boʻlgan va oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu oʻzga Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Ammo bunday foizlar hosil boʻlgan mazkur Ahdlashayotgan Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo dividendlarni oluvchi benefitsiar (dividendlarning manfaatdor egasi) boʻlsa soliqning miqdori dividendlar umumiy hajmining 10 foizidan oshmasligi kerak. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli tashkilotlari oʻzaro kelishuvga muvofiq bunday cheklashlarni qoʻllash usulini taʼsis qiladilar.
3. Mazkur moddaning 2-band qoidalariga qaramay, Ahdlashayotgan davlatda vujudga keladigan foizlar shu Ahdlashayotgan Davlatda soliqdan ozod qilinadi, qachonki:
a) boshqa Ahdlashayotgan Davlat hukumati yoki mahalliy hokimiyat organlari, yoki ushbu hukumatning yoki uning mahalliy hokimiyatlarining har qanday boshqa organlari foizlarning haqiqiy egasi (benfitsiar) boʻlsa;
b) boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidenti benefitsiar hisoblansa, foiz esa ushbu boshqa Davlat yoki ushbu boshqa Davlatning vakil qilingan boʻlinmasi tomonidan “maʼlum muddatga” berilgan va kafolatlangan yoki sugʻurta qilingan qarz majburiyatlariga nisbatan toʻlansa.
4. “Foizlar” iborasi mazkur Bitimda qoʻllanilganda qarzdor foydasida qatnashishga huquq beradigan yoki bermaydigan, badal bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni va, xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlari, obligatsiyalar va qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni, shu jumladan ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofotlar va yutuqlarni bildiradi.
Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar ushbu modda maqsadlarida foizlar sifatida koʻrib chiqilmaydi.
5. Agar foizlar benefitsiari (foizlardan amalda manfaatdor) Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, doimiy muassasasi orqali foizlar hosil boʻlayotgan oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda tijorat faoliyati olib borayotgan boʻlsa, yoki mazkur oʻzga Davlatda joylashgan doimiy bazasidan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatgan yoki koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy vakolatxonaga yoki doimiy bazaga haqiqatan mansub boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu xolda mazkur Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
6. Foizlarni toʻlovchi Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti, yoki shu Davlatning oʻzi, mahalliy hokimiyat boʻlsa, foizlar mazkur Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Lekin foizlarni toʻlovchi shaxs, Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼiy nazar Ahdlashayotgan Davlatda doimiy muassasaga ega boʻlib shu tufayli foizlarni toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashayotgan Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
7. Agar toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega boʻlgan shaxs (benefitsiar) oʻrtasida, yoki ular ikkalasi va qandaydir oʻzga shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasi nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismidan mazkur Bitimning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga muvofiq yana soliq olinadi.
12-modda
Royalti
Royalti
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birida hosil boʻladigan va oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning rezidentiga shaxsan toʻlanadigan royaltilar ushbu oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar bu rezident ushbu royaltilarning amaldagi egasi hisoblansa.
2. Biroq, bunday royaltilar ular hosil boʻlgan Ahdlashayotgan Davlatda va shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo bu daromadlarni oluvchi daromadlarning benefitsiar egasi (daromadga ega boʻlgan shaxs) boʻlsa, shu tarzda olinadigan soliq royaltilar yalpi miqdorining 15 foizidan oshib ketmasligi lozim. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli tashkilotlari oʻzaro kelishuvga muvofiq bunday cheklashlarni koʻllash usulini taʼsis qiladilar.
3. “Royalti” iborasi mazkur Bitimda qoʻllanilganda har qanday adabiyot, sanʼat va fan asarlarini, xususan, kinofilmlar hamda radioeshittirish va televideniye yozuvlari va videokassetalar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki model, sxema, kompyuter dasturi, maxfiy formula yoki jarayon mualliflik huquqidan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqni berganlik uchun, yoki ishlab chiqarish, tijorat yoki ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqni berganlik uchun yoki ishlab chiqarish, tijorat yoki ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mukofot tarzida olingan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
4. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royaltiga nisbatan amalda huquqqa ega boʻlgan shaxsga nisbatan agar shaxs royalti hosil boʻlayotgan oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa yoki baza orqali tijorat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy bazaga bogʻliq boʻlsa 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda mazkur Bitimning 7 yoki 14-moddalari qoidalari qoʻllaniladi.
5. Agar toʻlovchi Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlsa royalti shu Ahdlashayotgan Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq, agar, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashayotgan Davlatning rezidentimi, yoʻqmi, Ahdlashayotgan Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royalti doimiy muassasa yoki baza joylashgan shu Ahdlashayotgan Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.
6. Agar toʻlovchi va amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkovi va boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltining toʻlangan miqdori toʻlovchi va amaldagi shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga mazkur Shartnomaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq solinadi.
7. Agar royalti toʻlanadigan huquqlarni yaratish yoki oʻzgaga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri mazkur moddadan huquqlarni yaratish yoki oʻzgaga oʻtkazish orqali naf orttirish boʻlsa mazkur moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
13-modda
Mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti 6-moddada eslatib oʻtilgan boshqa Ahdlashayotgan Davlatda boʻlgan koʻchmas mulkni sotishdan oladigan daromadlarga oʻsha boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliq solishi mumkin.
2. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashayotgan Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tadbirkorlik mulkining qismini tashkil etuvchi koʻchma mulkni begonalashtirishdan olingan yoki Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashayotgan Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchma mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlarga, bunga shu doimiy muassasa (alohida yoki korxona bilan birga) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olingan daromadni ham qoʻshib mana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
3. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti Ahdlashayotgan Davlat korxonasi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan kema yoki samolyot yoki temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini sotishdan olgan daromadlari yoki mana shu transport vositalarini ishlatishda foydalaniladigan koʻchma mulkni sotishdan oladigan daromadlariga faqat ana shu Ahdlashayotgan Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
4. Mazkur moddaning 1, 2 va 3-bandlarida aytib oʻtilmagan istalgan boshqa mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga mulkni sotuvchi shaxs qaysi Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlsa, shu Ahdlashayotgan Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
1. Ahdlashayotgan davlatlardan birining rezidenti kasb xizmatlarini koʻrsatish yoki boshqa mustaqil faoliyatlardan olgan daromadiga faqat mana shu Davlatdagina soliq solinishi kerak. Boshqa Ahdlashayotgan Davlatda xam bunday daromadlar soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan quyidagi holatlar bundan mustasnodir.
a) agar u oʻz xizmatlari maqsadlari uchun boshqa Ahdlashayotgan Davlatda oʻzi uchun doimiy qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa, bunday hollarda uning daromadi ushbu boshqa Ahdlashayotgan Davlatda faqat shunday bazaga taalluqli qismidan soliqqa tortiladi; yoki
b) agar u boshqa Ahdlashayotgan Davlatda jami 12 oylik davr mobaynidagi maʼlum bir davr yoki taqvimiy yilda umumiy miqdorda 90 kundan ortiq yashayotgan boʻlsa,. u holda bunday daromad ham shuningdek boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortiladi. Faqat bunda ushbu yilda ana shu Davlatda uning amalga oshirgan faoliyatidan olingan daromadlarigagina soliq solinadi.
2. “Mustaqil shaxsiy xizmatlar” iborasi jumladan ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlar faoliyatini qamrab oladi.
15-modda
Yollash bilan bogʻliq shaxsiy xizmatlar
Yollash bilan bogʻliq shaxsiy xizmatlar
1. Mazkur shartnomaning 16, 18 va 19-moddalari qoidalarini hisobga olib Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidentining yollash boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va yollash munosabati bilan olingan taqdirlash miqdoriga mana shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan ragʻbatlantirish puliga ana shu oʻzga Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. 1-bandning qoidalariga qaramay, Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti Ahdlashayotgan Davlatlardan boshqasida amalga oshiradigan yollash boʻyicha ish munosabatida oladigan taqdirlash pullariga faqat eslatilgan birinchi Davlatda soliq solinadi, bunda:
a) taqdirlash puli oluvchi boshqa Ahdlashayotgan Davlatda istalgan 12 oylik davr doirasida umumiy majmuiga koʻra 183 kun davr yoki davrlar mobaynida boʻlsa; va
b) taqdirlash puli yollovchi tomonidan yoki boshqa Ahdlashayotgan Davlat shaxsi, rezidenti boʻlmagan yollovchi nomidan toʻlansa; va
c) taqdirlash puli boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Ahdlashayotgan Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza qilmasa.
3. Mazkur moddaning qoidalariga qaramay Ahdlashayotgan Davlatlar korxonasi tomonidan xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz, havo, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun olinadigan taqdirlashlarga ushbu Davlatda soliq solinishi mumkin.
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Direktorlarning gonorarlari
Direktorlar gonorarlari va Ahdlashayotgan Davlat rezidentining Direktorlar Kengashi aʼzosi sifatida oladigan yoki kompaniyaning shunga oʻxshash organi yoki boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlgan har qanday boshqa yuridik shaxs oladigan shu kabi toʻlovlar ushbu Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Sanʼat xodimlari va sportchilar
1. Mazkur Bitimning 14 va 15-moddalari qoidalariga qaramay, Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boʻlmish teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida ikkinchi Ahdlashayotgan Davlatdagi shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadiga shu ikkinchi Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatiga daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, boshqa shaxsga yozilsa, mazkur shartnomaning 7, 14 va 15-moddalari qoidalariga quramay, ushbu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatgan oʻsha Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
3. Agar sanʼat xodimlari yoki sportchilarning Ahdlashayotgan Davlatda boʻlishi bir yoki ikkala Ahdlashayotgan Davlatning jamoat fondlaridan yoki mahalliy hokimiyatlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanayotgan boʻlsa, unda ularning Ahdlashayotgan Davlatdagi faoliyatidan oladigan daromadlariga 1 va 2-bandlarning qoidalari tegishli boʻlmaydi.
Bunday holda ularning daromadlariga mazkur sanʼat xodimi yoki sportchi rezident sanalgan Ahdlashayotgan Davlatdagina soliq solinadi.
18-modda
Pensiyalar va umrbod renta
Pensiyalar va umrbod renta
1. Ahdlashayotgan Davlatda vujudga keladigan va ularning benefitsiari boʻlgan oʻzga Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga toʻlanadigan pensiyalar va umrbod rentaga ushbu Ahdlashayotgan davlatdagina soliq solinadi.
2. “Umrbod renta” atamasi mazkur Bitim maqsadlarida jismoniy shaxsga uning hayoti mobaynida vaqti vaqti bilan muayyan bir vaqtda yoki muayyan bir davr mobaynida adekvat va toʻliq kompensatsiya oʻrniga {koʻrsatiladigan xizmatlardan boshqacha boʻlgan) toʻlov toʻlash majburiyati boʻyicha toʻlanadigan belgilangan summani anglatadi.
3. Ahdlashayotgan Davlatda vujudga keladigan va boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga toʻlanadigan alimentlar va boshqa shu kabi (bolalarni boqish uchun toʻlanadigan toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi) toʻlovlarga faqat ana shu Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
19-modda
Hukumatga bogʻliq boʻlgan xizmat
Hukumatga bogʻliq boʻlgan xizmat
1. a) Ahdlashayotgan Davlatlardan biri yoki uning mahalliy hokimiyatlari tomonidan jismoniy shaxsga mana shu Ahdlashayotgan Davlatga yoki mahalliy hokimiyatlarga toʻlanadigan taqdirlash puliga, pensiya bundan mustasno, faqat mana shu Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
b) Biroq bunday taqdirlash puliga agarda bogʻliq boʻlgan xizmatlar mana shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti: yaʼni:
(i) shu Davlat milliy shaxsi boʻlsa, yoki
(ii) faqatgina xizmat koʻrsatish maqsadlarida shu Davlatning rezidenti boʻlmagan boʻlsa faqat ana shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatdagina soliq solinadi.
2. a) Ahdlashayotgan Davlatlar yoki maʼmuriy boʻlinmalar yoki hokimiyatning mahalliy organlari tomonidan yoki ular tuzgan fondidan shu davlatga yoki uning maʼmuriy boʻlinmalariga yoki mahalliy hokimiyatlariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan istalgan shaxsga toʻlanadigan har qanday pensiyaga faqat mana shu Ahdlashayotgan Davlatdagina soliq solinadi.
b) Biroq agar jismoniy shaxs shu Ahdlashayotgan Davlat rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, bunday pensiyaga faqat boshqa Ahdlashayotgan Davlatdagina soliq solinadi.
3. Mazkur shartnomaning 15, 16 va 17-moddalari qoidalari Ahdlashayotgan Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari yoki maʼmuriy boʻlinmalari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyatlari munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan taqdirlash pullari va pensiyalariga nisbatan qoʻllanadi.
20-modda
Studentlar
Studentlar
Ahdlashayotgan Davlatga kelgunga qadar boshqa Ahdlashayotgan Davlatning hozirda rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadlardagina yashab turgan student yoki praktikantning yashash, oʻqish va maʼlumot olish uchun moʻljallangan oladigan toʻlovlari mana shu birinchi eslatilgan Davlatda, agarda bunday toʻlovlar shu Davlat hududidagi manbalardan olib toʻlanadigan boʻlsa, soliq solinmaydi.
21-modda
Boshqa daromadlar
Boshqa daromadlar
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti amalda olishga haqli boʻlgan mazkur Bitimning oldingi moddalarida tilga olinmagan daromad turlariga daromadlarga qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar faqat mana shu Davlatdagina soliq solinadi.
2. Mazkur modda 1-bandining qoidasi koʻchmas mulkdan olingan daromad hisoblanmaydigan daromadga nisbatan, agarda bunday Daromadni oluvchi Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻla turib, Ahdlashayotgan boshqa Davlatda doimiy muassasasini joylashtirish orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa yoki u yerda doimiy bazani joylashtirib, mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy vakolatxona yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, qoʻllanmaydi. Bu holatda mazkur Shartnomaning 7 va 8-moddalari qoidalari qoʻllanadi.
22-modda
Ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish
1. Oʻzbekistonga nisbatan: Oʻzbekistonning Oʻzbekistondan boshqa har qanday mamlakatda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqni hisobga olishga tegishli qonunlariga muvofiq Pokistonda ishlab topilgan daromadlar, foydalar yoki foydalarning oʻsishidan Pokistonda toʻlanishi kerak boʻlgan soliq Oʻzbekiston soligʻi uchun kredit sifatida taqdim etiladi.
2. Pokistonga nisbatan: Pokistonning Pokistondan boshqa har qanday mamlakatda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqni hisobga olishga tegishli qonunlariga muvofiq Oʻzbekistonda ishlab topilgan daromadlar, foydalar yoki foydalarning oʻsishidan Oʻzbekistonda toʻlanishi kerak boʻlgan soliq Pokiston soligʻi uchun kredit sifatida taqdim etiladi.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlari maqsadlarida Ahdlashayotgan Davlatda toʻlanishi lozim boʻlgan soliq tegishli Ahdlashayotgan Davlatning oʻsib boruvchi (ragʻbatlantiruvchi) qonunlari sharoitida soliq toʻlashni istisno etadigan soliqni toʻlashdan ozod qilish yoki imtiyozlar boʻlmasa, toʻlanishi kerak boʻlgan har qanday summani oʻz ichiga oladi.
4. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlari maqsadlarida Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti olgan mazkur Bitimga koʻra boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin boʻlgan foyda yoki daromad shu Ahdlashayotgan boshqa Davlatdagi manbalardan olingan deb hisoblanadi.
23-modda
Kamsitmaslik
Kamsitmaslik
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining milliy shaxs (fuqaro)lari boshqa Ahdlashayotgan Davlatda boshqa Davlat fuqarolariga ayni bir xil sharoitlarda yoki solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor kilinmaydilar. Bu qoida, shuningdek, 1-moddaning qoidalaridan qatʼi nazar, bitta yoki har ikkala Ahdlashayotgan davlatning rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga ham tegishlidir.
2. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasi Ahdlashayotgan boshqa Davlatdagi doimiy vakolatxonasiga soliq solish ushbu Ahdlashayotgan boshqa aynan shunday faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalariga soliq solishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Mazkur qoida har bir Ahdlashayotgan Davlatni boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga soliq solish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy sharoiti asosida beradigan har qanday yakka tarkibdagi imtiyozlar, ozod qilishlar yoki skidkalar berishga majburlovchi tarzida talqin qilinmasligi lozim.
3. Mazkur Bitimning 9-modda 1-bandi, 11-modda 6-bandi yoki 12-modda 6-bandi qoidalari qoʻllaniladigan holatlarni istisno qilib va 11-modda 7-bandining qoidasini hisobga olib Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga bunday korxonaning soliq solinadigan foydasini aniqlash maqsadlarida toʻlaydigan foizlar, royalti va boshqa tovonlar goʻyoki birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan tarzda chegirib tashlanadi.
4. Ahdlashayotgan Davlatlarning korxonalari, qaysiki ularning mol-mulklari toʻliq yoki qisman Ahdlashayotgan boshqa Davlatga tegishli boʻlsa yoki bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinsa birinchi eslatilgan Davlatda Ahdlashayotgan birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan xar qanday soliq yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
5. 3-band qoidalari Ahdlashayotgan Davlatlarning soliqlardan boʻyin tovlash maqsadidagi operatsiyalar yoki kelishuvlarga toʻsqinlik qilish maqsadida yaratilgan soliqqa tortish toʻgʻrisidagi qonunlari qoidalariga taʼsir qilmaydi.
24-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Oʻzaro kelishuv tartiblari
1. Agarda Ahdlashayotgan Davlat rezidenti Davlatlardan biri yoki har ikkalasining faoliyati unga mazkur shartnomada nazarda tutilganga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa yoki agarda uning holati mazkur shartnomaning 24-modda 1-bandiga muvofiq kelsa, u mazkur Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashayotgan Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Ariza mazkur Bitim qarorlariga nomuvofiq soliq solinishiga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
2. Bir Ahdlashayotgan Davlatning vakolatli organi uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani shartnomaga muvofiq kelmaydigan soliq solinishidan qochish maqsadlarida Ahdlashayotgan boshqa Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal qilishga harakat kilinadi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashayotgan Davlat ichki qonunchiligida nazarda tutilgan har qanday vaqtincha cheklashlardan qatʼi nazar, bajarilishi kerak.
3. Ahdlashayotgan Davlatning vakolatli organlari Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular mazkur Bitimda nazarda tutilmagan holatlarda ham ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadlarida bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
4. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishida hamfikrlikka erishish maqsadlarida bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turadilar. Agar kelishuvga erishish uchun ogʻzaki fikr almashishni tashkil qilish maqsadga muvofiq boʻlsa, unda bunday fikr almashuv Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari vakillaridan iborat komissiyaning majlisi doirasida oʻtkazilishi mumkin.
25-modda
Axborot almashish
Axborot almashish
1. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash uchun yoki mazkur Bitim tatbiq etiladigan Ahdlashayotgan Davlatlarning soliqlarga tegishli ichki qonunchiligi ushbu qonunchilikdan mazkur Bitimga zid tushmaydigan darajada foydalanish uchun zarur axborotlar bilan almashib turadilar. Ahdlashayotgan Davlat olayotgan har qanday axborot, mazkur Davlatning ichki qonunlari haqida olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi, hamda faqat aniqlash, olib qoʻyish, majburiy chora koʻrish bilan bogʻliq yoki Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan qarorlarni ijro etuvchi shaxslar va organlargagina, xususan, sudlar va maʼmuriy organlargagina ochiladi. Bu shaxslar yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
2. Hech qanday holatda ham mazkur moddaning 1-bandi qoidasi Ahdlashayotgan Davlatlar vakolatli organi zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoida sifatida talqin qilinmaydi:
a) u yoki bu Ahdlashayotgan Davlatlar qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid, maʼmuriy choralar oʻtkazish;
b) u yoki bu Ahdlashayotgan Davlatlar qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish; yoki
s) savdo, sanoat, tijorat yoki xizmat siri yoki savdo jarayonini fosh etuvchi axborotni yoki ochilishi davlat siyosatiga zid keluvchi axborotni taqdim etish.
26-modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalar xizmatchilari
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalar xizmatchilari
Mazkur Bitimning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalar xizmatchilariga xalqaro huquq umumiy normalari yoki har ikki Ahdlashayotgan Davlatlar oʻrtasidagi maxsus Bitim qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
27-modda
Kuchga kirishi
Kuchga kirishi
Ahdlashayotgan Davlatlar mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun talab qilinadigan zarur ichki davlat tartiblarining tugaganligi toʻgʻrisida bir-birlariga diplomatik yoʻl orqali maʼlum qiladilar. Mazkur shartnoma aytib oʻtilgan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab kuchga kiradi va
a) mazkur shartnoma kuchga kirgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab olinadigan daromadlar manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvari va bundan keyingi sanadan boshlab har bir soliq solinadigan yil uchun undiriladigan boshqa daromad soliqlariga nisbatan qoʻllanadi.
28-modda
Bitimning amal qilishini toʻxtatish
Bitimning amal qilishini toʻxtatish
Mazkur Bitim Ahdlashayotgan Davlatlardan biri uning taʼsirini toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashayotgan Davlat Bitimning taʼsirini Bitim kuchga kirgan sanadan 5 yillik muddat tugagan kundan boshlab istalgan kalendar yilning tugashidan kamida 6 oy oldin diplomatik yoʻl orqali xabar berib toʻxtatishi mumkin. Mazkur holatda Bitimning amal qilishi:
a) Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi bildirish berilgan yildan keyingi kalendar yilning 1-yanvaridan boshlab olinadigan daromadlar manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi bildirish berilgan yildan keyingi takvimiy yilning birinchi yanvari va bundan keyingi sanadan boshlab har bir soliq solinadigan yil uchun undiriladigan boshqa daromad soliqlariga nisbatan toʻxtatiladi.
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib mazkur Bitimni imzoladilar.
Ushbu Bitim Toshkent shahrida 1995-yil 22-mayda oʻzbek va ingliz tillarida, har biri ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar mazmuni jihatidan bir xil va teng kuchga ega.
(imzolar)
Bitimga Protokol
Ushbu Protokolni oʻqish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitim ham boʻlishi kerak.
Muzokaralar vaqtida oʻzbek delegatsiyasi vakillari ushbu Bitimda mulkka soliq solishni koʻzda tutish istagini bildirdilar.
Lekin Pokistonning soliq solish toʻgʻrisidagi qonunlari bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumatiga mulkka soliq solish boʻyicha Bitim tuzish vakolati berilmagani tufayli ushbu Bitim faqat daromad soligʻini oʻz ichiga oladi.
Pokiston Islom Respublikasi Hukumatiga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimni imzolashga vakolat beruvchi qonun qabul qilinishi bilan Pokistonning vakolatli organlari ushbu Bitimni qayta koʻrib chiqish uchun choralar koʻrishiga va uning amalini mulk soliqlariga nisbatan ham tatbiq etishiga kelishildi.
Ushbu Bitimning xalqaro avialiniyalar daromadlariga soliq solish toʻgʻrisidagi 8-moddasi 1992-yilning 1-yanvaridan kuchga kirishiga kelishildi.
Toshkent shahrida 1995-yil 22-mayda ikki nusxada, oʻzbek va ingliz tillarida, har biri ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar mazmuni jihatidan bir xil va teng kuchga ega.