09.02.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1834-4
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1834-4]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi v. v. b. U. MUSTAFOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47/9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 30-dekabrdagi 47/9-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Banklar ushbu Yoʻriqnomada belgilangan qoidalar doirasida oʻzlarining ish xususiyatlarini hisobga olgan holda filial, minibank va boshqa shoxobchalar faoliyatida buxgalteriya hisobini aniq va toʻliq yuritilishi va ichki nazorat samaradorligini taʼminlash maqsadida hamda ularning daromad va xarajatlari hisobini toʻgʻri yuritish, moliyaviy va soliq hisobotlarini oʻz vaqtida tayyorlash va taqdim qilish hamda pul hisob-kitob hujjatlarini tikish va saqlash tartibotlarini belgilovchi ichki hisob siyosatini ishlab chiqishlari lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Masʼul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar bank ichki tartib qoidalari boʻyicha xodimlar oʻrtasida shunday taqsimlanadiki, bunda bitta xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimiga biriktiriladi. Chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlar boshqa xodim tomonidan yuritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobvaraqlarni buxgalteriya xodimlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi qoʻlda yoki dasturiy ravishda bosh buxgalter tomonidan yuritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 11-band birinchi xatboshisining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Daftar varaqlari raqamlangan, bogʻlangan va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan boʻlishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan alohida kitobda roʻyxatga olinishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Front-ofis va Bek-ofis xodimlarining aniq vazifalari mos ravishda Front-ofis va Bek-ofis boshliqlari tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Minibanklarda ish kuni bank ish kuni davomida amalga oshirilgan operatsiyalarga asos boʻlgan pul hisob-kitob hujjatlarini yakuniy nazoratdan oʻtkazish va kunlik buxgalteriya hujjatlari yigʻmajildiga tikish uchun bankka ish kuni tugamasdan oldin inkassatsiya xizmati orqali yetkazib berilgandan soʻng yakunlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Banklarda barcha operatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining qogʻoz hamda elektron shakllari asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Pul hisob-kitob hujjatlari, shuningdek Bank hisobvaragʻi shartnomasida koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar bank tomonidan faqat mijozning bankka taqdim qilgan muhr va imzo qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan shaxslar yoki mijozning vakil qilingan shaxsidan ishonchnoma asosida qabul qilinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 31, 32, 33, 74 va 125-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“48. Kirim va chiqim kassa jurnallari kompyuter texnikasi yordamida shakllantirilib, uning rekvizitlari qoʻlda toʻldiriladi. Unda sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim hujjatining raqami, hisobot ramzi hamda uning summasi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim va chiqim kassa jurnallari bank amaliyot kuni davomida kompyuterda yuritilganda, ular kun yakunida qogʻozga chop etiladi hamda dastlabki nazoratdan oʻtkazgan Front-ofis xodimi yoki masʼul ijrochi, kirim yoki chiqim kassirlari hamda kassa mudiri tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim va chiqim kassa jurnallarining shakli mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 57-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 60-bandning ikkinchi xatboshisidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 67-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, yakuniy nazorat xizmati xodimiga topshirilayotgan kunlik yigʻmajild raqamlangan va broshyuralanib tikilgan boʻlishi shart.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 68-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 70-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yakuniy nazorat tekshiruvlari natijalari alohida yigʻmajildga tikilishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 73-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 79-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar hisobvaraq egasi bank plastik kartochkasi va naqd pul cheki yoʻqolgani yoki oʻgʻirlangani haqida bankka xabar bergunga qadar, mazkur bank plastik kartasi va cheklar boʻyicha mablagʻlar toʻlab yuborilgan boʻlsa, bu toʻlov uchun bank javob bermaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 123-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“123. Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari boshlangʻich hujjatlar asosida dasturiy yoʻl bilan tayyorlanadi. Mijozga berish uchun shaxsiy hisobvaraqdan koʻchirma bir nusxada chop etiladi va u mijozning hisobvaragʻidan amalga oshirilgan operatsiyalarni bank tomonidan tasdiqlovchi hujjat boʻlib xizmat qiladi. Ushbu koʻchirma mijoz bilan kelishilgan tartibda uning bankka taqdim qilgan muhr va imzo qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan shaxslari yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxs tomonidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy hisobvaraqlardan koʻchirmalar integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimida tayyorlanadi, ular mijozlarga berilayotganda mazkur mijozga xizmat koʻrsatuvchi masʼul ijrochi buxgalter (Front-ofis xodimi) imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar uchun shaxsiy hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarur boʻlgan hollarda integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimining elektron maʼlumotnomalar yagona bazasidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kunlik balans hisoboti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik buxgalteriya jurnali elektron koʻrinishda oʻrnatilgan tartibda saqlanadi va zarur hollarda hujjatlar roʻyxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yoʻl bilan olinadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoʻriqnomaning 6-ilovasi mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimi boʻyicha amalga
‎oshirilgan toʻlov hujjatlari
ROʻYXATI

‎‎Soʻm va tiyinda

T/r‎ ‎‎Ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlar raqami ‎‎Toʻlov hujjatlari turi (shifri) Hujjatlar soni
Summa

1‎

2‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

‎‎Banklararo va filiallararo toʻlovlar boʻyicha bank hisobvaraqlarining
‎ kreditlanishiga asos boʻlgan elektron toʻlov hujjatlari roʻyxati

‎‎Soʻm va tiyinda

T/r‎‎

Mablagʻ oluvchilarning ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlar raqami‎‎

Toʻlov hujjatlari turi (shifri)‎‎

Hujjatlar soni‎‎

Summa‎‎

1‎

2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

‎‎Bank ichki hisobvaraqlari boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarga asos boʻlgan memorial orderlar roʻyxati

‎Soʻm va tiyinda

T/r‎‎ ‎

‎‎Debetlangan ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlar raqami‎

‎‎Hujjatlar soni

Summa‎‎
‎‎

1‎

2‎‎

3‎‎

4‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar uchun asos boʻlgan memorial orderlar roʻyxati

‎‎‎‎Soʻm va tiyinda

T/r‎‎ ‎ ‎

Debetlangan koʻzda tutilmagan holatlar ikkinchi tartibli hisobvaraqlar raqami‎‎

Hujjatlar soni‎‎

Summa‎

1‎

2‎‎

3‎‎

4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir varaq oxirida mazkur varaqdagi hujjatlar soni, mazkur varaq boʻyicha toʻlov hujjatlarining umumiy summasi, bank rahbari hamda bosh buxgalteri imzosi boʻlishi kerak. Mazkur dasturiy majmua orqali amalga oshirilgan toʻlov hujjatlari shakli oxirida hujjatlarning umumiy soni, umumiy summa, bank rahbari va bosh buxgalteri imzosi boʻlishi lozim.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 68-modda)