24.12.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala davlat oʻrtasidagi ular uchun oʻzaro foydali yanada kengroq iqtisodiy hamkorlikka uzoq muddatli yordam berishni maqsad qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish va ularni saqlash maqsadida investitsiyalarni ragʻbatlantirish hamda himoya qilish zarurligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarning barqaror asosi iqtisodiy resurslardan foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda eng yuqori samaradorlikni taʼminlashiga rozilik bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Umumiy tariflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Investor” atamasi quyidagilarga tatbiq etiladi va ularni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining yuridik shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iii) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining fuqarolari, fuqarolar birlashmalari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iv) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida foyda (daromad) olish maqsadida bir Ahdlashuvchi Tomon investorlari tomonidan tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyektlariga qoʻyiladigan mulkiy boyliklarning barcha turlari va ularga boʻlgan huquq, shuningdek intellektual mulkka boʻlgan huquq “investitsiyalar” hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududida investitsiyalar quyidagi yoʻsinda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) investorlarga toʻliq tarzda yoki ularda ulushli ishtirok etish asosida tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iii) mol-mulkka egalik huquqlarini, shu jumladan yerga (shu jumladan ijara asosida) va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini, sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iv) investitsiyalar joylashtiriladigan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalda boʻlgan qonunchilikka zid boʻlmagan holda investitsiyalarni amalga oshirishga oid boshqacha faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyliklarni ilk bor yoki takroran qoʻyishni amalga oshirish shakllaridagi hech qanday oʻzgartirish ularni investitsiya sifatida tavsiflashni oʻzgartirishga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yuridik shaxslar” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligiga muvofiq oʻz maqomini olgan va boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida investitsiyalarni amalga oshiradigan yuridik shaxslarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Fuqarolar” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon davlat qonunchiligiga koʻra fuqarolikka va huquqiy layoqatga ega boʻlgan, uning hududida yoki chet elda doimiy yashaydigan va boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida investitsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida doimiy yashaydigan, tadbirkorlik faoliyatini va boshqa faoliyatni yuritish uchun ushbu Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligiga muvofiq roʻyxatga olingan hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida investitsiyalarni amalga oshiradigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Daromadlar” atamasi — mazkur moddaning 2, 3-bandlarida belgilanganidek, investitsiyalarni amalga oshirish natijasida, summalarnigina emas, foydalar, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik taqdirlash pullari, texnik yordam koʻrsatish, texnik xizmat uchun toʻlovlar, taqdirlashning boshqa shakllari tarzidagi qonuniy yoʻl bilan olingan summalarni, biroq mutlaq emas, anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Hudud” atamasi tegishlicha bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining xalqaro huquq normalariga muvofiq Ahdlashuvchi Tomon oʻz suveren huquqlarini va yurisdiksiyasini amalga oshiradigan hududini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyalarining oʻz davlati hududiga kirib kelishiga yoʻl qoʻyadi va ularni ragʻbatlantiradi, shuningdek ushbu investitsiyalarga toʻliq va soʻzsiz huquqiy himoyani kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati qonunchiligi doirasida oʻzaro investitsiyalarning xilma-xil shakllarini qoʻllab-quvvatlaydi va boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investori investitsiyalarini oʻz davlati hududida himoya qilish vositasi bilan iqtisodiy hamkorlikni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga ular Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlarida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni amalga oshirishlarida va koʻp tomonlama iqtisodiy loyihalarni roʻyobga chiqarishlarida yordam berish zarurligidan kelib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitim doirasida oʻz davlati hududiga investitsiyalar kirib kelishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa, shu Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga ana shunday investitsiyalarga aloqador boʻlgan zarur ruxsatnomalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Milliy rejim va eng qulay sharoit yaratish rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyalari va daromadlariga oʻz investorlari va/yoki har qanday uchinchi davlat investorlari investitsiya hamda daromadlariga beradigan rejimdan noqulayroq boʻlmagan adolatli va teng huquqli rejimni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari amalga oshirayotgan investitsiyalarga nisbatan uning milliy qonunchiligi va mazkur Bitimdan kelib chiquvchi har qanday majburiyatlarga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimning eng qulay sharoitlarni yaratish prinsipiga daxldor qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlardan birini boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga quyidagilardan kelib chiquvchi preferensiyalar yoki ustuvorliklarning imtiyozli rejimini joriy qilishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Ahdlashuvchi Tomonlardan biri qatnashchisi boʻlgan yoki ana shunday boʻlishi kutilayotgan mavjud yoki kelajakda mumkin boʻlgan boj, valyuta va toʻlov uyushmalari, erkin savdo va yagona tariflar zonalari, umumiy bozor yoki mintaqaviy iqtisodiy integratsiya toʻgʻrisidagi Bitimlarning har qanday boshqa shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) soliq solish masalalari boʻyicha ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar yoki boshqa xalqaro bitimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Boshqa qoidalar va maxsus majburiyatlarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligi qoidalari yoki xalqaro huquqqa aloqador majburiyatlar, mazkur Bitimda mavjud boʻlgan, keyinchalik unga qoʻshimcha ravishda yaratilgan majburiyatlarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyalariga mazkur Bitimga beriladigandan qulayroq umumiy yoki oʻziga xos tusdagi sharoit berilishi toʻgʻrisida qoidalar boʻlsa, bu qoidalar mazkur Bitimga qiyosan qulayroq boʻlgan hajmda ustuvorlikka ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Toʻlovlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyalari amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu investorlar tegishli soliqlar va poshlinalar va yigʻimlarni toʻlaganlaridan soʻng ushbu investitsiyalarga aloqador toʻlovlarning Tomonlar qonunchiligi bilan belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlaydi, ammo beistisno emas, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) mazkur Bitimning 1-moddasi 7-bandida belgilanganidek foizlar, dividendlar, foyda va boshqa joriy daromadlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar investitsiyalar sifatida tan olgan qarzlarni toʻlash summalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iii) mazkur Bitimning 1-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan kelib chiquvchi litsenziya tushumlari va boshqa toʻlovlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iv) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirilayotgan investitsiyalarni saqlash yoki rivojlantirish, shuningdek ular menejmenti uchun zarur boʻlgan kapital summalari va qoʻshimcha summalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) investitsiyalarni begonalashtirish, qisman yoki toʻliq tugatishdan, shuningdek kapitalning oʻsishidan tushgan tushumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vi) bir Ahdlashuvchi Tomon davlati fuqarolarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirilayotgan investitsiyalar munosabati bilan oladigan ish haqlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vii) mazkur Bitim moddalariga muvofiq toʻlanadigan kompensatsiyalar va mazkur Bitim doirasida har qanday investitsiya bahslari bilan bogʻliq toʻlovlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻlovlarni oʻtkazish investitsiyalar amalga oshirilgan valyutada yoki erkin muomaladagi valyutada toʻlovni oʻtkazish kunida qoʻllanilayotgan kurs boʻyicha va hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur modda, 1, 2-bandlar qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining qonunchiligi adolatli, kamsitilishsiz qoʻllanilishi shartlarida quyidagi holatlarda pul oʻtkazishni taqiqlashi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bankrotlik, toʻlovga qodir emaslik yoki kreditorlar huquqini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) qimmatli qogʻozlar emissiyasi, savdosi yoki ular bilan operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iii) jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iv) sud muhokamasi tartibiga yoki qarorlariga nomuvofiqlik yuzaga kelgan holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tomonlar qonunchiligiga muvofiq boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddada koʻrsatilgan har qanday valyutadagi daromadlar va boshqa summalar hamda bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirish natijasida investitsiya qilish joyi boʻyicha manbalardan olinganlar keyingi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida uning qonunchiligiga muvofiq reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari valyutalarini va boshqa davlatlar valyutalarini, toʻlov hujjatlari, qiymatli qogʻozlarni olib kelish va olib chiqib ketish investitsiyalar amalga oshirilayotgan joy boʻyicha Ahdlashuvchi Tomon davlatining valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Mulkka egalik qilish huquqidan mahrum qilish va uni cheklash hamda yoʻqotishlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga tegishli investitsiyalarga nisbatan tortib olish, natsionalizatsiya qilish yoki shunday tusga teng oqibatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bevosita yoki bilvosita qoʻllamaydilar, agar ular qonuniy tartibda amalga oshirilayotgan ijtimoiy manfaatlardagi kamsitmaslik asosidagi qoʻllanilayotgan chora-tadbirlar, boshqa Ahdlashuvchi Tomon qoʻllagan harakatlarga javob tariqasida qoʻllaniladigan chora-tadbirlar bilan bogʻliq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur modda 1-bandda nazarda tutilgan holatlar oqibatida investitsiyalarni tortib olishni amalga oshirgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga qoplash berilishini taʼminlaydi. Bunday qoplash tortib olingan investitsiyalarning tortib olinishigacha yoki tortib olish toʻgʻrisidagi qaror barchaga maʼlum boʻlgan vaqtga qadar (qaysi biri oldin sodir boʻlishiga koʻra) boʻlgan bozor qiymatiga muvofiq keladi, tortib olish kunidan boshlab “Libor” stavkasi boʻyicha hisoblab chiqiladigan tortib olingan investitsiyalar qiymatidan foizlarni qamrab oladi va ular erkin oʻtkazilishi lozim boʻladi. Qoplash summalari investitsiyalar amalga oshirilgan yoki erkin muomaladagi valyutada belgilanishi va investorga kechiktirishlarsiz uning qayerdaligi yoki qayerda yashayotganligidan qatʼi nazar, toʻlanishi kerak. Toʻlovni oʻtkazishga aloqador rasmiy harakatlarni bajarish uchun normal talab etiladigan vaqt mobaynida amalga oshirilgan toʻlov “ortiqcha kechiktirilmagan” toʻlov hisoblanadi. Bu davrni hisoblash buyurtmanoma berilgan kundan boshlanadi va u uch oydan ortib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida sodir boʻlgan urush yoki boshqa qurolli toʻqnashuv, revolyutsiya, favqulodda holat, toʻntarish, fuqarolar tartibsizliklari yoki shunga oʻxshash hodisalarda zarar koʻrgan bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga oʻz investorlariga yoki istalgan uchinchi davlat investorlariga beriladigandan kam qulay boʻlmagan shartlarda koʻrilgan zarar uchun kompensatsiya, restitutsiya, qoplash yoki boshqa qiymat toʻlovlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida shu Ahdlashuvchi Tomonning davlat organlari, mansabdor shaxslarining investitsiya qilish joyi boʻyicha davlat qonunchiligiga zid boʻlgan xatti-harakatlari natijasida, shuningdek bunday organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan birinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga yoki shu investitsiyali korxonalariga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarni tegishlicha bajarmaganliklari oqibatida oʻz investitsiyalariga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani ham qoplatish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Subrogatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakil qilingan muassasalari oʻz investorlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirgan investitsiyalari munosabatida notijorat tavakkalchiliklariga qandaydir moliyaviy kafolatlar bergan va shu kafolatlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsalar boshqa Ahdlashuvchi Tomon subrogatsiya prinsipi asosida bu investorlar huquqlarini, shu jumladan, talab qilish huquqlarini toʻliq hajmda, birinchi Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning vakil qilingan muassasalariga bu investorlarning shu yoʻsinda sugʻurta qilingan investitsiyalariga aloqador majburiyatlari munosabatidagi shartlar bilan oʻtishini tan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur modda 1-bandida subrogatsiya sodir boʻlganda investor buyurtmanomalar bilan chiqmaydi, agar u bunga Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakil qilingan muassasasi tomonidan vakil qilinmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investori bilan bahsda tomon hisoblanuvchi Ahdlashuvchi Tomon bahsni hal qilish yoki u boʻyicha qarorning bajarilishi butun jarayonida himoya vositasi sifatida oʻz immunitetini yoki investor tomonidan keyingi Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakil qilingan muassasalari kafolatlari berilishini nazarda tutmaydigan koʻrilgan zararlar yoki yoʻqotishlar toʻliq hajmini yoki bir qismini qoplaydigan sugʻurta kontrakti boʻyicha tegishli boʻlgan qoplash summasi olinishini bahona qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8- modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashga aloqador istalgan sabab boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazishni taklif qilishi mumkin. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday taklifni xayrixohlik bilan qabul qiladi va bunday maslahatlashuvlar uchun tegishli imkoniyatlarni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashga daxldor nizolar muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan diplomatik yoʻllar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar nizo paydo boʻlgan kundan boshlab olti oy mobaynida kelishuvga erisha olmasalar, nizo istalgan Ahdlashuvchi Tomon talabiga koʻra uch aʼzodan tarkib topgan Hakamlik Sudiga beriladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri bittadan hakam tayinlaydi, tayinlangan hakamlar esa ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan uchinchi davlat fuqarosi hisoblanadigan Raisni saylaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri oʻz hakamini tayinlamasa va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning bunday tayinlashni ikki oy mobaynida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik bildirilmasa, keyingi Ahdlashuvchi Tomon tegishli tayinlashlarni amalga oshirish uchun BMT Xalqaro Sudi Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ikkala hakam ham tayinlanganlaridan soʻng ikki oy mobaynida Raisni tanlashda kelishuvga erisha olmasalar, istalgan Ahdlashuvchi Tomon BMT Xalqaro Sudi Prezidentiga Raisni tayinlashni oʻtkazish haqida murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar mazkur moddaning 3, 4-bandlarida koʻrsatilgan hollarda BMT Xalqaro Sudi Prezidenti koʻrsatilgan vazifani bajara olmasa yoki u Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlaridan birining fuqarosi boʻlsa, bunday tayinlashni Prezidentning oʻrinbosari amalga oshiradi, agar u tegishli vazifani bajara olmasa yoki Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlaridan birining fuqarosi boʻlsa, tayinlashni BMT Xalqaro Sudining Ahdlashuvchi Tomonlardan birortasining fuqarosi boʻlmagan yuqoriligi jihatidan navbatdagi lavozimdagi aʼzosi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sud qonunni hurmat qilish asosida qaror chiqaradi. Sud qaror chiqarishdan oldin, oʻz ishining istalgan bosqichida Ahdlashuvchi Tomonlarga nizoni doʻstona yoʻl bilan hal etishni taklif qilishi mumkin. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar ana shunday qarorga kelsalar, oldingi qoidalar nizoni hal qilish yoʻliga toʻsiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sud Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi boshqa kelishuvlarni buzmay, oʻz koʻrib chiqish tartiblarini belgilaydi. Sud qarorni koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri Suddagi oʻz aʼzosi, shuningdek hakamlik protsedurasidagi oʻz ulushlariga muvofiq xarajatlarni oʻzi qoplaydi. Hakamlik Sudi Raisiga oid xarajatlar va boshqa xarajatlarni Ahdlashuvchi Tomonlar teng ulushda qoplaydilar. Ammo Sud oʻz qarorida Ahdlashuvchi Tomonlardan biriga xarajatlarda koʻproq ishtirok etishini belgilashi mumkin va bu qaror Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sud qarori har bir Ahdlashuvchi Tomon uchun uzil-kesil va majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu orqali bir Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investori oʻrtasida oʻzi birinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirayotgan investitsiyalari munosabatida yuzaga keladigan nizolarni 1965-yil 18-martda Vashington shahrida imzolash uchun ochilgan “Davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasida investitsiya nizolarini hal etish boʻyicha Konvensiya”ga muvofiq yarashtirish yoki sud yoʻli bilan investitsiya nizolarini hal etish uchun Xalqaro markazga berishga roziligini ifodalaydi. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investori yuzaga kelgan nizo boshlanishidan oldin boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investori tomonidan nazorat qilingan boʻlsa, Konvensiya maqsadini bajarish yuzasidan Konvensiya 25-moddasiga (2-b) muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari bilan bir xil huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Qoʻllaniladigan qonunlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimda boshqacha hol koʻzda tutilgan boʻlmasa, mazkur Bitimga muvofiq barcha investitsiyalar, bu investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi amalda boʻlgan qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga qaramay, hech narsa chora qoʻllovchi Tomonni uning hayotiy manfaatlari va milliy xavfsizligi masalalarini himoya qilishga qaratilgan yoki favqulodda vaziyatlarda uning qonunchiligiga muvofiq, kamsitishlarsiz asoslardagi chora-tadbirlarni qoʻllashdan cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12- modda
Oldingi investitsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim kuchga kirishidan oldin yoki keyin amalga oshirilganidan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari tomonidan uning qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilgan investitsiyalarga qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning yozma holdagi roziligi bilan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Bitimning kuchga kirishi, amal qilish muddati va bekor qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimni kuchga kiritish masalalarida har bir Ahdlashuvchi Tomon davlati milliy qonunchiligida nazarda tutilgan huquqiy tartiblar bajarilganligi toʻgʻrisidagi notalarni ayirboshlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi nota olingan sana Bitimning kuchga kirish kuni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim oʻn yil mobaynida amalda boʻladi. Mazkur Bitimning amalda boʻlishi, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga tegishli muddat tugashidan oʻn ikki oy oldin mazkur Bitimning amalda boʻlishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi maqsadini yozma holda xabar qilmasa, u navbatdagi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytirilaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning amal qilishi, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati haqida yozma bildirishnomasi olingan kundan boshlab olti oy oʻtgandan soʻng bekor qilinishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim bekor qilingan hollarda uning qoidalari, 1 — 12-moddalari, mazkur Bitimning amalda boʻlishi toʻxtatilgunga qadar amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan keyingi oʻn yillik davr mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida, ikki nusxada, har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)