05.12.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Soliq qonunlarini buzishlarga qarshi kurash sohasida hamkorlik, oʻzaro yordam va axborot bilan almashish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ukraina Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz davlatlarining amaldagi qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga rioya etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar sohasidagi huquq buzishlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish bilan bogʻliq vazifalarni samarali hal qilishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu maqsadlarda barcha huquqiy va boshqa imkoniyatlardan foydalanilishiga muhim ahamiyat berib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Bitim mavzusi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar vakolatli organlarining ularning vakolat doirasiga kiradigan soliqlar sohasida huquq buzishlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish boʻyicha samarali kurashni tashkil etish maqsadidagi hamkorligi mazkur Bitimning mavzui hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim Tomonlarning fuqarolik va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlariga taalluqli boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim maqsadlarida quyidagilar Tomonlarning vakolatli organlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ukraina Tomonidan — Ukraina Davlat soliq maʼmuriyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning vakolatli organlarining rasmiy nomlari oʻzgargan holda ular bu toʻgʻrisida bir-birlarini darhol xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Hamkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitim doirasida hamkorlikning quyidagi shakllaridan foydalanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy soliq qonunchiligi, ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek soliqlarga doir huquq buzishlarga qarshi kurash, yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan sodir qilingan soliqlarga doir huquq buzishlar, soliqlarga doir huquq buzishlarga qarshi kurashda qoʻllaniladigan axborot tizimlarini barpo etish va ularning amal qilishi boʻyicha metodik tavsiyanomalar bilan almashib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar sohasidagi huquq buzishlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish masalalari yuzasidan bahamjihat harakat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarni soliqqa tortish bilan bogʻliq hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini belgilangan tartibda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik, vakillar bilan almashish va kadrlarni oʻqitish jarayonida vujudga keladigan masalalar boʻyicha zarur yordam koʻrsatish va bunday faoliyatni muvofiqlashtirib turish, shuningdek soliqlar sohasidagi huquq buzishlarga qarshi kurash muammolari yuzasidan ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha bevosita bir-birlari bilan muloqot qilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Soliqlarga doir huquq buzishlar toʻgʻrisidagi axborot bilan almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliqlarga doir huquq buzishlar toʻgʻrisidagi axborot bilan almashib turish quyidagi maʼlumotlarning taqdim qilinishini koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning daromadlari, soliq solinadigan baza va ulardan undiriladigan summalar, shuningdek soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan davlat va tijorat banklarida hisob raqamlarining ochilishi toʻgʻrisida, shuningdek bunday hisob raqamlaridagi mablagʻlar harakati toʻgʻrisida, agar bunday hisob raqamlarida soliqqa tortishdan yashirilgan summalar mavjud deb hisoblash uchun asos boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablar bir Tomonning vakolatli organi tomonidan boshqa Tomonning vakolatli organining soʻrovnomasi asosida axborotni taqdim etish soʻralayotgan Tomonning qonunchiligiga va davlat manfaatlariga zid kelmaydigan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Tomonlardan birining vakolatli organi unda mavjud boʻlgan axborot boshqa Tomonning vakolatli organi uchun qiziqarli boʻlishi mumkin deb hisoblasa, unda u bunday axborotni oʻz tashabbusiga koʻra taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Hujjatlarning nusxalarini taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari soʻrovnomalar boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishga doir hujjatlar (schetlar, fakturalar, yukxatlar, shartnomalar, kontraktlar, sertifikatlar, maʼlumotnomalar va boshqalar)ning, shuningdek soliqlarga doir huquq buzishlarga taalluqli masalalarga oid hujjatlarning nusxalarini bir-birlariga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nusxalar vakolatli shaxsning imzosi va muhri bilan qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Huquqiy xarakterdagi materiallar bilan almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari milliy soliq qonunchiliklari, jinoyatlarni tergov qilishning va soliq qonunchiligi sohasidagi maʼmuriy huquqni buzishlarga doir ishlarni yurgizishning huquqiy asoslari toʻgʻrisidagi axborot bilan muntazam negizda almashib turadilar, yangi qabul qilingan meʼyoriy huquqiy hujjatlar, shuningdek amaldagi meʼyoriy huquqiy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida oʻz vaqtida xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Axborot taʼminoti masalalari boʻyicha hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari soliqlarga doir huquq buzishlarga qarshi kurashni tashkil etishda axborot tizimlarini barpo etish va bunday tizimlarning amal qilishi masalalari boʻyicha tajriba, metodika, dasturiy taʼminot vositalari va ilmiy materiallar bilan almashib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik va tajriba almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari kadrlarni oʻzlarining oʻquv yurtlari negizida oʻqitish va qayta tayyorlash, soliqlarga doir huquq buzishlarga qarshi kurashning dolzarb masalalariga doir birgalikdagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish sohalarida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur modda doirasidagi hamkorlikni amalga oshirishning aniq shakllari va shu jumladan ularni mablagʻ bilan taʼminlash Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasida tuziladigan tegishli bitimlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Soʻrovnomaning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborot olish uchun soʻrovnoma yozma shaklda yoki teletayp, faksimil yoki kompyuter aloqasidan foydalanish orqali berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda telefon aloqasi orqali berilgan ogʻzaki soʻrovnoma qabul qilinishi mumkin, biroq u yozma shaklda darhol tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teletayp, faksimil yoki kompyuter aloqasidan foydalanishda, shuningdek ogʻzaki soʻrovnomaning haqiqiyligiga yoki mazmuniga nisbatan shubha tugʻilgan taqdirda soʻralayotgan vakolatli organ tasdiqni yozma shaklda berishni iltimos qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot olish uchun soʻrovnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan vakolatli organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan vakolatli organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomaning mohiyatini va uning asosini bayon etish, shuningdek soʻrovni bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Soʻrovnomaning bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrovnoma bir oy ichida qabul qilinadi va bajariladi. Agar soʻrovnomani bajarish uchun zarur boʻlsa, soʻralayotgan vakolatli organ aniqlash tartibida qoʻshimcha axborotni soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrovnomani bajarishning imkoni boʻlmaganda soʻralayotgan vakolatli organ bu haqda soʻrayotgan vakolatli organni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar davlatning suverenitetiga yoki xavfsizligiga ziyon yetkaziladigan yoki soʻralayotgan vakolatli organning davlati qonunlariga zid keladigan boʻlsa, soʻrovnomani bajarishdan bosh tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani bajarishdan bosh tortish sabablari toʻgʻrisida soʻrayotgan vakolatli organ xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Tillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot olish uchun soʻrovnoma va unga javob rus tilida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Axborotdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari soliqlarga doir huquq buzishlarni aniqlash, ogohlantirish va bartaraf etish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha axborotning maxfiyligiga kafolat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida olingan axborot ushbu axborotni bergan vakolatli organning yozma roziligisiz uchinchi tomonga berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni oʻz davlatlari hududida bajarilishi bilan bogʻliq xarajatlarni zimmalariga oladilar. Qoʻshimcha xarajatlarni talab etuvchi soʻrovnomalar olingan taqdirda ularni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi masala Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan oʻzaro ahdlashuv boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Bitimni amalga oshirishga oid kelgusi tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari vakillari zarur hollarda ushbu Bitimni bajarish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Bitimning kuchga kirishi va amal qilishining toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan biri ikkinchi Tomonni Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyatida ekanligidan yozma shaklda xabardor qilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach amal qilishini toʻxtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1996-yil 5-dekabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelganda rus tilidagi matn asosiy hisoblanadi.

(imzolar)