Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2019 17.01.2000 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2019
Hujjat 15.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR SIFATI BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi faoliyati Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-yanvardagi 13-son qaroriga
1–ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
(Nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi ishlab chiqarilayotgan spirt va alkogolli mahsulotlar sifati, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ularning saqlanishi, transportda tashilishi va sotilishi ustidan nazorat qiluvchi davlat organi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy organlari Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasining yagona tizimini tashkil etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatini ham bevosita, ham oʻzining mintaqaviy organlari orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan oʻz vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar, mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq zimmasiga yuklanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasining davlat inspektorlari maxsus kimyo-texnologiya maʼlumotiga ega boʻlishlari kerak va belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR SIFATI BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASINING ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, sotishda ularning sifatini nazorat qilish, sifatsiz va qalbaki alkogolli mahsulotlarning savdo tarmogʻiga kelib tushishini bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga moʻljallangan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda xalqaro standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga meʼyoriy-texnika hujjatlarini, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR SIFATI BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASINING FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy davlat inspektorlari oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda ularning sifati yuzasidan, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shugʻullanadigan tashkilotlarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotlar sifati boʻyicha isteʼmolchilar eʼtirozlarini tegishli choralar koʻrish uchun oʻrganadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur darajadagi sifatga ega boʻlmagan, shuningdek, meʼyoriy hujjatlarning belgilangan talablaridan chetga chiqqan holda oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlarni tayyorlash, ishlab chiqarish, saqlash va sotish hollari va sabablari toʻgʻrisidagi materiallarni umumlashtiradilar, tayyorlaydilar va “Oʻzstandart” agentligiga taqdim etadilar;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi meʼyoriy-texnika hujjatlarini tahlil qiladilar, ularni qayta koʻrib chiqish, hisob va hisobotni takomillashtirish, ham xomashyo, ham tayyor mahsulotlar va yordamchi materiallarning tabiiy kamayishi meʼyorlari boʻyicha takliflar beradilar, mahsulotlar, ularni sinash usullari yuzasidan yangi meʼyoriy hujjatlarni ekspertiza qilishda va ishlab chiqishda qatnashadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan spirt va alkogolli mahsulotlar sifati toʻgʻrisida xulosalar berishadi.
(9-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qaroriga asosan xatboshi qoʻshilgan — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR SIFATI BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASINING MASʼULIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi va uning mansabdor shaxslari ularga mazkur Nizomda va tegishli yoʻriqnomalarda yuklangan oʻz funksiyalarining zarur darajada va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR SIFATI BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASINING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasining davlat inspektorlari belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaradigan, ularni saqlaydigan, sotadigan, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarga tekshirish uchun borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek, ularni saqlash hamda sotishni amalga oshiruvchi tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislaridan tekshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha zarur hujjatlar hamda tushuntirish xatlarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo qilish huquqini beruvchi maxsus ruxsat etish guvohnomasi beruvchi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan alkogolli mahsulotlar sotuvchi savdo shoxobchalari roʻyxatini va ularning joylashgan oʻrnini soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan hollarda oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek, ularni saqlash hamda sotishni amalga oshiruvchi tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga aniqlangan qoida buzilishlarini belgilangan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meʼyoriy hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlar sotishni taqiqlash yoki ishlab chiqarishni toʻxtatish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar tayyorlash. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning rahbarlariga nisbatan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralari koʻrish toʻgʻrisida “Oʻzstandart” agentligi rahbariyati orqali Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning texno-kimyoviy va mikrobiologik nazorat qilish xizmatlarining ahvoli va faoliyatini, texnologiya intizomiga, mahsulotlar namunalarini olish hamda akkreditatsiya qilingan va arbitraj laboratoriyalarda ularni sinovdan oʻtkazish yoʻli bilan tayyor mahsulotlarning sifatiga va xavfsizligiga rioya qilinishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan spirt va alkogolli mahsulotlarning sifati boʻyicha respublika hududida amalda boʻlgan meʼyoriy hujjatlar talablarining joriy etilishi va ularga rioya qilinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlar va spirt ishlab chiqarish, ularni saqlash va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar rahbarlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining va vakolatli vazirliklar va idoralarning spirt va alkogolli mahsulotlar sifatini yaxshilashga doir qarorlari aniq va soʻzsiz bajarilishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi orqali Vazirlar Mahkamasiga etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqiga egadirlar.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR SIFATI BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASINING BOShQA ORGANLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida oʻziga yuklangan funksiyalar va vazifalarni bajarish uchun xoʻjalik faoliyati yurituvchi subyektlarni tekshirishlarni, reydlarni va nazorat qilishlarni oʻtkazishni rejalashtirishda, yuqori tashkilotlar uchun materiallar va axborotlarni umumlashtirish va tayyorlashda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Respublika Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining funksiyalari spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi korxonalarni, soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishini hamda oʻz vaqtida toʻlanishini, shuningdek, alkogolli mahsulotlarning saqlanishi va harakatini, ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarining maqsadli foydalanilishini nazorat qilishdan iborat ekanligini hisobga olib, tekshirishlar vaqtida amaliy yordam koʻrsatish uchun zarur hollarda Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi inspektorlari jalb etiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi. Komissiya yoki ishchi guruh qaroriga koʻra Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi inspektorlari litsenziya talablari va shartlariga litsenziatlar tomonidan rioya etilishini tekshirishga jalb qilinishi mumkin.
(Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qaroriga 14-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-yanvardagi 13-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Hammasi 24 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.