16.01.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo yoʻllari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning prinsiplari va meʼyorlarini tan olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakat xalqlari oʻrtasida doʻstlik, hamjihatlik va hamkorlik oʻrnatish va uni saqlash vositasi sifatida havo transportining ahamiyatini qayd etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va tashqarisida havo yoʻllarini mustahkamlash va taraqqiy ettirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida xalqaro hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning maqsadlari yoʻlida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi — Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasini yoki hozirgi vaqtda shu Aviakompaniya bajarayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni va Turkmanistonga nisbatan — Turkmaniston Fuqaro aviatsiyasi milliy boshqarmasini yoki hozirgi vaqtda ushbu Boshqarma tomonidan bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “tayinlangan aviakorxona” atamasi — ushbu Bitimning 4-moddasiga binoan tayinlangan va vakolat berilgan har qanday aviakorxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “hudud” atamasi davlatga nisbatan — ushbu davlatning mutlaq tasarrufidagi yer yuzasi, hududiy va ichki suvlar va havo fazosini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “tarif” atamasi — vakillik va yordamchi xizmatlarning toʻlovi hamda shart-sharoitlarini oʻz ichiga olgan holda yoʻlovchilar, bagaj, yuklar va pochta tashish uchun toʻlanadigan va shu toʻlovlar qoʻllaniladigan shartlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Konvensiya” atamasi — 1944-yilning 7-dekabrida Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani, shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonlar qay darajada eʼtirof etishi va qoʻllashiga qarab, unga kiritilgan har qanday ilova va har qanday tuzatishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “havo yoʻli” atamasi — yoʻlovchilar, yuklar va pochtani umumiy tashish maqsadida havo kemalari muntazam ravishda amalga oshiradigan har qanday havo yoʻlini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “xalqaro havo yoʻli” atamasi — birdan ortiq davlat havo fazosi orqali amalga oshiriladigan havo yoʻlini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) “aviakorxona” atamasi — xalqaro havo yoʻli taklif qiluvchi yoki undan foydalanuvchi har qanday aviatransport korxonasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “notijorat maqsadlarida toʻxtash” atamasi — havo kemasiga yoʻlovchilar, yuklar yoki pochtalarni olish yoki undan tushirishdan boshqa har qanday boshqa maqsad bilan toʻxtash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga ilova uning ajralmas qismini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Huquqlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro havo yoʻllari oʻrnatish maqsadida ushbu Bitimda nazarda tutilgan huquqlarni beradi (bundan buyon matnda “shartlashilgan yoʻllar” va “belgilangan yoʻnalishlar” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllardan uchishda quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi manzillarda tijoratga taalluqli boʻlmagan maqsadlarda qoʻnish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlari oraligʻida borayotgan yoʻlovchilar, pochta va yukni olish (yoki) tushirish maqsadida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu Bitim ilovasida keltirilgan manzillarda qoʻnish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) uchinchi mamlakatlarning manzillariga borayotgan/manzillaridan kelayotgan yoʻlovchilar, yuklar va pochtani olish va (yoki) tushirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu Bitim ilovasida koʻrsatilgan manzillarda qoʻnish. Bunday huquq Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning hech qaysi qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan havo kemasiga tashish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzil bilan ikkinchi manzil orasida yoʻlovchilar, yuk yoki pochta olish huquqini beradi, deb qaralmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Parvozlarning bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Havo kemalarining shartlashilgan yoʻllar boʻyicha parvozlari yoʻnalishlarini va davlat chegaralaridan uchib oʻtish manzillarini har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida oʻzi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Havo kemalarining parvozlari hamda shartlashilgan yoʻllarda yoʻlovchilar, yuklar va pochta tashish bilan bogʻlik texnik hamda tijoratga oid masalalar, shuningdek, tijorat hamkorligiga taalluqli masalalar, chunonchi, qatnovlar takroriyligi, havo kemalarining turi, ularga yonilgʻi quyish, yerda texnik xizmat koʻrsatish va moliyaviy hisob-kitoblar tartibi masalalari tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi shartlashuvga binoan hal etiladi hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Shartlashuv boʻlmagan taqdirda bu masalalar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshimcha, charter va maxsus qatnovlar har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga binoan tayinlangan aviakorxonaning oldindan berilgan talabnomalari boʻyicha amalga oshiriladi. Bu talabnomalar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga dam olish va bayram kunlarini hisobga olmagan holda havo kemasining parvozidan kamida 48 soat oldin berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shartlashilgan yoʻllar boʻyicha parvozlar jadvali ular ochilishi moʻljallangan vaqtdan 30 kundan kam boʻlmagan muddatda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi lozim. Ayrim hollarda mazkur muddat yuqorida qayd qilingan maʼmurlar tomonidan qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Aviakorxonalarni tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor etgan holda aviakorxona(lar)ni tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olganidan soʻng ushbu moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan har bir aviakorxonaga parvozlar uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari parvozlar uchun ruxsatnoma berishdan oldin ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan ular xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida odatda qoʻllaniladigan qonunlar va qoidalarda belgilangan hamda oʻz darajasiga koʻra Konvensiya talablari darajasidan chetga chiqmaydigan shartlarni bajarishga qodirligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish va uning faoliyati ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga, uning organlari yoki fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarga ruxsat berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanayotganida zarur deb hisoblaydigan shartlar bajarilishini talab qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddada koʻrsatilgan ruxsatnomani olgan tayinlangan aviakorxona shartlashilgan yoʻllar boʻyicha ushbu Bitimning 13-moddasiga muvofiq tariflar joriy etilgan, shuningdek, ushbu Bitimning 3-moddasi 2-bandiga muvofiq texnik va tijorat masalalari hal qilingan taqdirda istalgan vaqtda shartlashilgan yoʻllardan foydalanishni boshlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ruxsatnomaning amalda boʻlish muddatini toʻxtatish yoki uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tayinlangan aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan amalda nazorat oʻrnatish bu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga, uning organlari yoki fuqarolariga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilmagan har qanday holda, yoxud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur aviakorxona huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga rioya etmagan taqdirda, yoxud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aviakorxona ushbu Bitimda belgilangan qonunlarga qandaydir oʻzgacha tarzda rioya etmayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parvozlarga doir ruxsatnomani bekor qilish yoki ushbu Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga berilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish, yoxud oʻzi bu huquqlardan foydalanishda zarur deb hisoblagan shartlarni bajarishni talab qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti, ruxsatnomani darhol bekor qilish, huquqlarni toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan shartlarning bajarilishini talab qilish qonunlar va qoidalarning bundan keyin ham buzilishini bartaraf etish uchun zaruriy ogohlantirish deb hisoblanmasa, ushbu bandda tilga olingan huquqdan Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi maslahatlashuvlardan soʻng foydalaniladi. Aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi bunday maslahatlashuvlar soʻrov tushgan kundan eʼtiboran imkon qadar qisqa muddat ichida boʻlib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Foydalanish vositalari va maʼlumotlarni ayirboshlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar shartlashilgan yoʻllardan xavfsiz va samarali foydalanish uchun barcha zarur choralarni koʻradilar. Ana shu maqsadda har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalariga shartlashilgan yoʻllardan foydalanish uchun zarur boʻlgan barcha radionurtexnika, meteorologik va boshqa xizmat koʻrsatish vositalarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga qoʻshimcha va asosiy aerodromlar, havo trassalari, aloqa tarmoqlari va aeronavigatsiya vositalari haqidagi, havo kemalari parvozini boshqarish toʻgʻrisidagi va boshqa masalalar boʻyicha maʼlumotlarni shartlashilgan yoʻllarda havo kemalaridan xavfsiz va samarali foydalanishni taʼminlash uchun yetarli hajmlarda berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Qonun va qoidalarning qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemalarining uning hududiga uchib kirishi va uning hududidan uchib chiqishini yoki ushbu havo kemalaridan foydalanishni yoxud ularning qatnovlarini oʻz hududi doirasida tartibga soluvchi qonunlari va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro tashishlarga taalluqli, uning hududiga yoʻlovchilar, ekipajlar, yuk va pochtaning kirib kelishi, unda boʻlishi va joʻnatilishini tartibga soluvchi qonunlar hamda qoidalar, xususan pasport, bojxona, valyuta va sanitariya qoidalariga oid tartibotlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalariga, yoʻlovchilar, ekipaj, yuk va pochtaga nisbatan ularning koʻrsatilgan hudud doirasida boʻlishi davrida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning havo kemalari, ekipaj aʼzolari, yoʻlovchilar, bagaj, pochta va yuklariga nisbatan, basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoki ikkala Ahdlashuvchi Tomon oʻzga tarzdagi qaror qabul qilmasa, kelish, boʻlish va joʻnab ketishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiy boʻlgan, ushbu bandda koʻrsatilgan masalalarni tartibga soluvchi maxsus bitim tuzilgan taqdirda ana shu maxsus Bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Yigʻimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir aeroportdan, shu jumladan, uning inshootlari, texnik va boshqa vositalaridan hamda xizmatlaridan foydalanganlik uchun yigʻimlar va oʻzga toʻlovlar, shuningdek, aeronavigatsiya vositalaridan, aloqa vositalari hamda xizmatlaridan foydalanganlik uchun har qanday toʻlovlar har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida belgilab qoʻygan stavkalar va tariflarga muvofiq undiriladi, bunda yigʻimlar va toʻlovlar boshqa davlatlarning havo kemalaridan undiriladigan shunday yigʻimlardan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Guvohnoma va shahodatnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tayinlangan aviakorxonalarning havo kemalari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududi ustidan parvozlarni amalga oshirish vaqtida oʻz davlatlarining tanitish belgilariga, roʻyxatga olish shahodatnomasiga, parvozlarga yaroqlilik guvohnomasiga va Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari belgilab qoʻygan havo kemalarining oʻzga hujjatlariga ega boʻlishi lozim. Uchuvchilar va ekipajning boshqa aʼzolari belgilangan tegishli shahodatnomalarga ega boʻlishlari lozim. Bunday shahodatnomalar va guvohnomalarni berishda qoʻyiladigan talablar Konvensiya talablariga muvofiq belgilanadigan minimal standartlarga mutanosib boʻlishi yoki ulardan yuqori boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar, shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan va muddati oʻtkazib yuborilmagan foydalanuvchi shahodatnomasi hamda tegishli tashishlarni va boshqa transport-ekspeditsiya faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi, ushbu Bitim imzolangan paytda amalda boʻlgan qoʻllanmalar, nizomlar, yoʻriqnomalar, texnik shartlar va boshqa normativ hujjatlarni, shu jumladan, parvozlarni uchuvchilik, shturmanlik, muhandislik-texnikaviy, aeronavigatsiyaviy, tibbiy, meteorologik, aeroportga oid taʼminlash sohasidagi meʼyoriy hujjatlarni qoʻllashga rozilik bildirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Tomonning manfaatlariga daxl qiluvchi yangi meʼyoriy hujjatlarga kiritiladigan oʻzgarishlar, shuningdek, ularni tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlatlari hududida amal qilayotgan aviatsiyaga oid normativ hujjatlarni bir shaklga keltirishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Tomonlar Tomonlarning hududlarida joylashgan fuqaro aviatsiyasi oʻquv dargohlari tomonidan berilgan mutaxassislik shahodatnomalari, guvohnomalari va diplomlarini oʻzaro tan oladilar. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqaro aviatsiyasining mavjud oʻquv muassasalari, yangi ochilgan oʻquv-amaliyot markazlarining imkoniyatlari va ular koʻrsatadigan xizmatlar toʻgʻrisida axborot almashish borasida oʻzaro majburiyat oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqaro aviatsiyasining mutaxassislarini tayyorlash umumiy talablar va xalqaro standartlarga javob berishi lozimligiga rozilik bildirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning barcha turdagi aviatashuv hujjatlarini, jumladan, xodimlarning xizmat, dam olish va davolanish joyiga borish maqsadidagi xizmat hujjatlarini xalqaro parvozlarni mustasno etgan holda, Tomonlarning barcha havo yoʻllarida tan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Hodisalarni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tayinlangan aviakorxonasining havo kemasi noilojlikdan qoʻnganda, halokatga uchraganda yoki boshqa hodisa sodir boʻlgan taqdirda, hududida hodisa sodir boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda darhol ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni va Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasini xabardor qiladi, hodisa sabablarini tekshirish yuzasidan zarur choralar koʻradi hamda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan bunday hodisani tekshirishda qatnashish uchun shu Ahdlashuvchi Tomon vakillari oʻz hududiga moneliksiz kirishini taʼminlaydi, shuningdek, basharti, hodisa chogʻida jabrlanganlar boʻlsa ekipaj va yoʻlovchilarga yordam koʻrsatish yuzasidan shoshilinch choralar koʻradi hamda ushbu havo kemasidagi pochta, bagaj va yukning asralishini taʼminlaydi. Hodisani tekshirayotgan Ahdlashuvchi Tomon uning natijalari toʻgʻrisida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Toʻgʻri tranzit
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududi orqali toʻgʻri tranzit bilan oʻtayotgan va ana shu maqsad uchun aeroport hududidan ajratilgan joyni tark etmaydigan yoʻlovchilar, bagaj va yuklar, agar aviatsiya xavfsizligini taʼminlash choralari buni taqozo etmasa, faqat yuzaki tekshiruvdan oʻtkaziladi. Toʻgʻri tranzit bilan oʻtayotgan bagaj va yuklar uchun boj yigʻimlari va boshqa shu kabi soliqlar undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Hajm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga ularning tegishli hududlari oraligʻida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllardan foydalanishda adolatli va teng shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shartlashilgan yoʻllardan foydalanishda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi ana shu yoʻnalish boʻyicha havo yoʻlidan yoki uning bir qismidan foydalanayotgan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining tashish ishlariga ziyon yetkazmaslik uchun uning manfaatlarini eʼtiborga olishi lozim. Ana shu maqsadda Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari birgalikda foydalanish yoki foydani kelishilgan nisbatda baham koʻrish toʻgʻrisida oʻzaro bitim tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari xizmat koʻrsatadigan shartlashilgan yoʻllar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tashishlarda ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq boʻlishi lozim hamda har bir aviakorxona shunday sigʻim berish yuzasidan birinchi navbatdagi vazifaga ega boʻlishi kerakki, toki u ish bilan taʼminlanishning oqilona koeffitsiyentida ularning tegishli hududlari oʻrtasida yoʻlovchilar, yuk va pochta tashishda mavjud hamda oqilona moʻljallangan ehtiyojlarga javob bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Tariflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tariflar har qanday shartlashilgan yoʻllarda foydalanishga ketadigan xarajatlarni, foydaning oqilona miqdorini, aviayoʻl tavsifini (masalan, tezlik va qulayliklarni) hamda belgilangan yoʻnalishlarning har qanday qismi uchun boshqa aviakorxonalarning tariflarini qoʻshgan holda, barcha tegishli omillarni hisobga olib oqilona meʼyorlarda belgilanishi lozim. Bu tariflar ushbu moddaning quyida keltirilgan qoidalariga muvofiq belgilanishi lozim. Tariflar shartlashuvchi davlatlarning milliy valyutasida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan tariflar, shuningdek, mazkur tariflardan olinadigan agentlikka oid vositachilik haqi miqdori, imkoniyatga qarab, butun yoʻnalishdan yoki uning bir qismidan foydalanadigan boshqa aviakorxonalar bilan fikrlashib olingandan soʻng manfaatdor tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida belgilangan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha kelishib olinadi. Shu tarzda kelishib olingan tariflar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti, tayinlangan aviakorxonalar ana shu tariflarning birortasiga rozi boʻlmasalar yoki biron boshqa sabablarga koʻra tarif ushbu moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq kelishib olinishi mumkin boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuvga binoan tarif belgilashga harakat qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti, aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq ularga taqdim qilingan biron-bir tarifni tasdiqlash masalasi boʻyicha yoki ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq biron-bir tarif belgilash boʻyicha kelishuvga erisha olmasalar, bu kelishmovchilik ushbu Bitimning 21-moddasi shartlariga binoan hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq belgilangan tariflar ushbu modda shartlariga koʻra yangi tariflar belgilangunga qadar oʻz kuchida qolishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Parvozlar jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining tayinlangan aviakorxonasi parvozlar boshlanishidan kamida oltmish (60) kun oldin parvozlar takroriyligini, havo kemasi turini, oʻrinlarning joylanishini va sotish uchun moʻljallangan sonini koʻrsatib, taxminiy jadvalni tasdiqlash uchun ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tayinlangan aviakorxonaning tasdiqlangan jadvaliga kiritiladigan har qanday keyingi oʻzgartirishlar oʻzgartirilgan jadval boʻyicha parvozlar boshlanishi moʻljallangan vaqtga eng kamida oʻttiz (30) kun qolganida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tasdigʻiga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Poshlina toʻlovlaridan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan shartlashilgan yoʻllarda foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek, bunday havo kemalari ichidagi ularning tabel mol-mulki, yonilgʻi va moylash materiallari zaxiralari (oziq-ovqat, ichimliklar, jumladan, alkogol ichimliklar va tamaki mahsulotlari ham), ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududiga kelgach, zikr etilgan mol-mulk, materiallar va zaxiralar ularni qaytarib olib ketish paytiga qadar havo kemasi ichida turgan taqdirda, barcha turdagi boj poshlinalari hamda boshqa soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday boj poshlinalari, soliqlar va yigʻimlardan (koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan yigʻimlarni istisno etganda) quyidagilar ham ozod qilinadi :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida zikr etilgan Ahdlashuvchi Tomonning maʼmurlari belgilagan limitlar doirasida olingan va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasi ichida foydalanish uchun moʻljallangan bort zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish uchun yoki uni tuzatish uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududiga olib kirilgan ehtiyot qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasida ishlatish uchun moʻljallangan yonilgʻi va moylash materiallari, hatto bu zaxiralar yoʻnalishning ular bortga olgan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududi doirasidagi qismida ishlatilgan taqdirda ham.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga oʻzining foydalanish ehtiyojlari uchun olib kelgan yoki keltirayotgan yonilgʻi, moylash materiallari, ehtiyot qismlar, roʻyxatdagi mol-mulk, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini oʻz ichiga olgan holda bort zaxiralari, reklama materiallari, avtotransport, bronlash hamda aloqa uchun elektron uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, vakolatxonalarni jihozlash hamda ularning faoliyat koʻrsatishi uchun mebel va ashyolar, ularni olib kirishda, olib chiqishda va ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida turgan vaqtida barcha bojxona poshlinalaridan hamda boshqa soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Daromadlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi hisob-kitoblar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida amal qilayotgan hisob-kitoblar va toʻlovlar toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga bu aviakorxona shartlashilgan yoʻllardan foydalanishdan olgan daromadning xarajatlardan ortgan qismini erkin oʻtkazish huquqini beradi. Bu pullarga biron-bir soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi bitimning qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bunday bitim boʻlmagan yoki bunday bitimda tegishli qoidalar boʻlmagan taqdirda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli maʼmurlari ana shunday oʻtkazish tartibini aniqlashlari lozim. Basharti, bu aniqlanmasa, oʻtkazish erkin almashiladigan valyutada rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida qoʻllanilayotgan valyuta ayirboshlash qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Vakolatxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shartlashilgan yoʻllardan foydalanishni taʼminlash uchun bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida zarur maʼmuriy, tijorat va texnik xodimlar bilan oʻz vakolatxonalarini ochish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga muvofiq aviatashuvlarni oʻz tashuv hujjatlarini ishlatib mustaqil ravishda sotish hamda ularni sotadigan vakillarni tayinlash huquqiga ega boʻladi. Basharti, bir Ahdlashuvchi Tomon korxonalarining ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududidagi aviatashuvlarni sotishni qoʻshgan holdagi tijorat faoliyati Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi maxsus bitim bilan tartibga solinsa, oʻsha Bitim qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqlardan kelib chiqadigan oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq fuqaro aviatsiyasining gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqqa doir oʻz huquqlari va majburiyatlarining umumiy yoʻnalishlarini cheklamagan holda, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi kurash haqidagi Konvensiya hamda 1988-yil 24-fevralda Monrealda imzolangan Xalqaro aeroportlarda gʻayriqonuniy kuch ishlatish harakatlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Bayonnoma qoidalariga, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi amaldagi ikki tomonlama bitimlar va Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan amaldagi koʻp tomonlama bitimlar, shuningdek, ular oʻrtasida keyinchalik tuziladigan bitimlarga muvofiq ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilib olishning hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti- harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishining oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarda oʻzlariga maqbul keladigan darajada Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi boʻyicha Konvensiyaga ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi va texnik talablar qoidalariga, shuningdek, Fuqaro aviatsiyasi va havo fazosidan foydalanishga doir Bitimga muvofiq ish koʻradilar. Ular roʻyxatga olish boʻyicha havo kemalarining foydalanuvchilaridan, asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro aeroportlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarining bunday foydalanuvchilaridan ushbu moddaning 3-bandida zikr etilgan qoidalarga va ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon havo kemasi oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etishini talab qilishi mumkinligiga rozi boʻladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, bagajni, yuklar va roʻyxatdagi mulkni yuk ortish va tushirish vaqtida tekshirish uchun oʻz hududi doirasida samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan qarab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻrish orqali bir-birlariga koʻmak beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalaridan chekinyapti deb hisoblash uchun yetarli asosga ega boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan shoshilinch maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishlari mumkin. Maslahatlashuvlar ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan murojaat etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh (15) kun mobaynida maqbul kelishuvga erishilmagan yoki fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga bevosita xavf paydo boʻlgan taqdirda ushbu Bitimning 5-moddasini qoʻllash uchun asos yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagi sohalarda, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transporti sohasidagi ilmiy-texnika siyosati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviakorxonalarni moddiy-texnik taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya mutaxassislarini oʻqitish va ularni tayyorlash darajasiga qoʻyiladigan yagona talablarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya texnikasidan texnik jihatdan foydalanish, ularni tuzatish va oʻzaro tegishli ashyo-anjomlar yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiyani xalq xoʻjaligida qoʻllash yoʻli bilan aviatsiya ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalari parkidan foydalanish va aviatsiya hodisalari oldini olish bilan bogʻliq axborotlarni oʻzaro almashish sohalarida yaqin hamkorlikda ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hamkorlikning ana shu qayd etilgan sohalariga daxldor masalalar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi yoki Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi maxsus bitimlarning mavzui boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarishga taalluqli boʻlgan barcha masalalar boʻyicha hamkorlikni taʼminlash uchun Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida vaqt-vaqti bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Bahslarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni yoki uning ilovasini sharhlash yoki qoʻllash munosabati bilan yuzaga keladigan har qanday bahs ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita muzokaralar orqali hal etiladi. Basharti, zikr etilgan maʼmurlar murosaga kelolmasalar, bahs bevosita Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Bitimga oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitim yoki uning ilovasi shartlarini oʻzgartirishni taklif qilsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida moʻljallanayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida maslahatlashuvlar oʻtkaziladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari bu muddatni choʻzish toʻgʻrisida murosaga kela olmasalar, maslahatlashuvlar ularni oʻtkazish soʻrov tushgan kundan eʼtiboran oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim. Ushbu Bitimga kiritilgan har qanday oʻzgartirish diplomatik vositalar orqali notalar ayirboshlash yoʻli bilan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi. Ilovalarga oʻzgartirishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Bitimning amal qilishi va kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish istagida ekanligidan diplomatik aloqa yoʻllari orqali xabardor qilishi mumkin. Bu holda, Bitimning amal qilishi boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn ikki (12) oy oʻtgandan soʻng, basharti, Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqidagi zikr etilgan xabarnoma bu muddat tugagunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan qaytarib olinmasa, toʻxtaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 16-yanvarda, Chorjoʻy shahrida, ikki nusxada, oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, har ikki matn ham bir xil kuchga egadir. Ushbu Bitimni talqin qilishda hamfikrlik boʻlmagan taqdirda, rus tilidagi matn asos sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida havo yoʻllari toʻgʻrisidagi bitimga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi har ikki tomonda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekistondagi manzillar‎

Turkmanistondagi manzillar‎

tashqaridagi manzillar‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turkmanistonning tayinlangan aviakorxonasi har ikki tomonda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Turkmanistondagi ‎manzillar

Oʻzbekistondagi ‎manzillar

tashqaridagi ‎manzillar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tijorat huquqlaridan foydalanmagan holda tashqaridagi istalgan manzildan foydalanishi mumkin. Tijorat huquqlarini berish masalasi Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan hal qilinadi.