Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilishda bilvosita soliqlar olish prinsiplari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
oʻzaro foydali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng imkoniyatlar oʻrnatishga va halol raqobat uchun sharoitlar yaratishga intilib,
xalqaro savdoning umum qabul qilingan meʼyorlari va qoidalarini nazarda tutib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Umumiy taʼriflar
Umumiy taʼriflar
Ushbu Bitim maqsadlarida:
a) “bilvosita soliqlar” atamasi qoʻshimcha qiymat soligʻi va aksiz soligʻini anglatadi;
b) “nollik stavka” atamasi davlatlarning milliy qonunlari oʻrnatgan tartibga muvofiq nol foizli stavka boʻyicha qoʻshimcha qiymatga soliq solinishini anglatadi;
v) “moʻljallangan joy prinsipi” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon davlat bojxona hududidan eksport qilinganda nollik stavkaning qoʻllanilishini va import qilinayotgan (import qilingan) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga bu davlatning milliy qonunlari bilan belgilangan stavka boʻyicha soliq solinishini anglatadi;
g) “vakolatli organlar” atamasi:
Oʻzbekiston Tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini anglatadi;
Ozarbayjon Tomonidan — Ozarbayjon Respublikasi Moliya vazirligi, Ozarbayjon Respublikasi Bosh davlat soliq inspeksiyasi va Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini.
2-modda
Eksport qilishda soliqlar olish prinsipi
Eksport qilishda soliqlar olish prinsipi
Bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga bilvosita soliqlarni solmaydi.
Qoʻshimcha qiymat soligʻiga nisbatan boʻlgan ushbu moddaning 1-band qoidasi nollik stavkani qoʻllanishini anglatadi.
3-modda
Import qilishda soliqlar olish prinsipi
Import qilishda soliqlar olish prinsipi
Bir Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga import qilingan, boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidan eksport qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga import qiluvchi davlatda uning milliy qonunlariga muvofiq bilvosita soliqlar solinadi.
Ahdlashuvchi Tomonlar import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga soliq solishda oʻz davlatlarining milliy qonunlari oʻrnatgan soliq stavkalarini qoʻllaydilar.
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha qoʻshimcha qiymatga soliq davlatlarning milliy qonunlariga muvofiq tovarlarning bojxona qiymatidan olinadi.
4-modda
Bahsli masalalarni hal etish
Bahsli masalalarni hal etish
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashga taalluqli boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasidagi kelishmovchiliklar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi maslahatlashish va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz milliy qonunlari doirasida uchinchi davlatlar bilan boʻlgan savdodagi bilvosita soliq solishning aynan bir xil tizimini yaratishga qaratilgan kelishilgan harakatlarni amalga oshiradilar.
Vakolatli organlar hamkorlik va soliq qonunlariga rioya qilish masalalari boʻyicha oʻzaro yordam sohasida erishilgan kelishuvlarni aniq tartibini ishlab chiqaradilar.
5-modda
Axborot bilan almashish
Axborot bilan almashish
Ahdlashuvchi Tomonlar ularning milliy qonunlarida ushbu Bitimda qamrab olingan soliqlarga nisbatan boʻladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi axborot bilan almashadilar.
6-modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimga oʻzaro kelishuv boʻyicha ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlgan alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladigan zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
7-modda
Kuchga kirish
Kuchga kirish
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisidagi oxirgi yozma bildirishnoma sanasidan kuchga kiradi.
Ushbu Bitim faqat u kuchga kirganidan soʻng yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga nisbatan qoʻllaniladi.
Har bir Ahdlashuvchi Tomon chiqishdan kamida olti oy ilgari boshqa Ahdlashuvchi Tomonga yozma bildirishnoma yuborib, ushbu Bitimning amal qilishi vaqtida yuzaga kelgan moliyaviy va boshqa majburiyatlarni hal qilib, ushbu Bitimdan chiqishi mumkin.
Baku shahrida 1998-yil 26-fevralda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadlari uchun rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)