04.09.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish zarurligidan kelib chiqib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala davlatlar oʻrtasida va ular hududlari orqali tranzit yoʻli bilan oʻzaro foydali asosda avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashishlarni rivojlantirishni, shuningdek ushbu aloqalarni osonlashtirishni istashib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga muvofiq ikkala mamlakatlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida va Qirgʻiziston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan avtotransport vositalari bilan ikkala mamlakatlar oʻrtasida, shuningdek ularning hududlari, xalqaro avtomobil aloqasi uchun ochiq yoʻllar orqali tranzit yoʻli bilan yoʻlovchilarni (shu jumladan turistlarni) hamda yuklarni tashish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. YOʻLOVChILAR TAShISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkala mamlakatlar oʻrtasida va ularning hududlari orqali tranzit yoʻli bilan yoʻlovchilarni muntazam tashishlar oʻzaro tasdiqlangan hujjatlar asosida Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan hamda ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday tashishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan bir-birlariga oldindan beriladi. Ushbu takliflarda tashuvchining nomi, qatnov yoʻnalishi, qatnov jadvali, tashuvchi yoʻlovchilarni avtotransportga olish va undan tushirishni amalga oshirish uchun toʻxtab oʻtish punktlari, shuningdek tashishlarni bajarishning moʻljallanayotgan davri va muntazamligiga doir maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala mamlakatlar oʻrtasidagi yoki ularning hududlari orqali tranzit yoʻli bilan yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. YuKLARNI TAShIShLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala mamlakatlar oʻrtasida, shuningdek ularning hududlari orqali tranzit yoʻli bilan yuklarni tashish avtotransport vositalari bilan ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuksiz yoki yuk bilan qatnayotgan avtotransport vositasining hajmlari yoki ogʻirligi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida belgilangan normadan ortiq boʻlganda, shuningdek xavfli yuklar tashilayotganda tashuvchi boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organlarining maxsus ruxsatnomasini olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan maxsus ruxsatnomada avtotransport vositasining muayyan yoʻnalish boʻyicha qatnovi nazarda tutilgan taqdirda tashish faqat koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tashuvchisiga yoʻlovchilar yoki yuklarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan ikki punkt oʻrtasida tashishga, agar bunga boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organlarining ruxsatnomalari mavjud boʻlmasa, ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimda nazarda tutilgan tashishlar faqat oʻz mamlakatining ichki qonunchiligiga muvofiq xalqaro tashishlarni amalga oshirishiga ruxsat etilgan tashuvchilar tomonidangina bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimda nazarda tutilgan xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi avtotransport vositalari oʻz mamlakatining milliy roʻyxatdan oʻtkazilganlik va farqlovchi belgilariga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtotransport vositasining haydovchisi milliy yoki xalqaro haydovchi guvohnomasiga va avtotransport vositasining milliy roʻyxatdan oʻtkazilganlik hujjatlariga ega boʻlishi kerak. Haydovchi guvohnomalari yoʻl harakati toʻgʻrisidagi xalqaro Konvensiya bilan belgilangan namunaga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitim qoidalariga muvofiq talab qilinadigan ruxsatnoma va boshqa hujjatlar ular mansub boʻlgan avtotransport vositasida turishi hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari talabiga binoan koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim asosida xalqaro tashishlarni amalga oshirishda tashuvchi hududida tashishlar bajarilayotgan mamlakatning amaldagi qoidalari, normalari va qonunlariga rioya etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim asosida xalqaro tashishlarni amalga oshirishga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan avtotransport vositasi Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududiga kirish vaqtida unga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarardan fuqaro javobgarligi boʻyicha sugʻurta qilingan taqdirda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida, shuningdek ularning hududlari orqali tranzit yoʻli bilan qurol-yarogʻlarni, oʻq-dorilarni, harbiy asbob-uskunalarni, portlovchi materiallarni hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning ichki qonunchiligi bilan taqiqlangan boshqa xavfli va zararli moddalarni tashish taqiqlanadi, ikki yoki koʻp tomonlama shartnoma va bitimlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim asosida bajariladigan tashishlar uchun hisob-kitoblar, agar toʻlovlar toʻgʻrisidagi bitimlarda hisob-kitoblarning boshqacha shakli belgilanmagan boʻlsa, ikkala mamlakatda erkin muomalada boʻlgan konvertatsiyalanuvchi valyutada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan avtotransport vositalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirganlik uchun, agar bu uning qonunchiligida nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu Bitim asosida barcha turdagi tashishlarni amalga oshirishda, amalga oshirish uchun Ruxsatnomalar talab qilinadigan tashishlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositalaridan foydalanganlik va ularga egalik qilganlik, shuningdek transport operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun toʻlovlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimning 1-bandida qayd etilgan ozod qilinishlar pul toʻlanadigan yoʻllardan va koʻpriklardan foydalanganlik uchun toʻlovlarga, shuningdek qoʻshilgan qiymat soliqlariga va sotib olingan yonilgʻi uchun aksiz soligʻiga joriy qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim asosida tashishlarni bajarishda olib kirilayotgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tayyorlovchi zavod tomonidan avtotransport vositasining har qaysi modeli uchun nazarda tutilgan idishlardagi yonilgʻi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashish vaqtida ishlatish uchun zarur boʻladigan miqdordagi moylash materiallari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalqaro tashishni bajarayotgan avtotransport vositasini tuzatishga moʻljallangan ehtiyot qismlar va anjomlar uchun soliqlar olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Foydalanilmagan ehtiyot qismlar qaytarib olib ketiladi, almashtirilgan ehtiyot qismlar tegishli Ahdlashuvchi Tomon hududida belgilangan tartibda mamlakatdan olib ketilishi, topshirilishi yoki hisobdan chiqarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara, bojxona va sanitariya nazoratiga, shuningdek ushbu Bitimda alohida kelishib olinmagan boshqa barcha masalalarga nisbatan ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashchilari boʻlgan xalqaro Bitimlar qoidalari qoʻllanadi,ular mavjud boʻlmaganda esa har qaysi Ahdlashuvchi Tomonning ichki qonunlari va qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtobuslar bilan ogʻir bemorlarni tashishda, yoʻlovchilarni muntazam tashishda, shuningdek hayvonlarni va tez ayniydigan yuklarni tashishda chegara, bojxona va sanitariya nazorati navbatsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida ushbu Bitimning u yoki bu qoidasi buzilgan taqdirda avtotransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakolatli organining iltimosiga koʻra ushbu Bitimning bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻradi va sanksiyalarni qoʻllaydi. Vakolatli organ koʻrilgan choralar toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining vakolatli organlari orqali aloqa bogʻlaydilar, tajriba almashish boʻyicha vaqti-vaqti bilan maslahatlashib turadilar va ushbu Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan bahsli masalalarni hal etish yuzasidan muzokaralar olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning tuzilgan boshqa xalqaro shartnomalar va bitimlardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim ikkala Ahdlashuvchi Tomon uni maʼqullash uchun zarur boʻlgan davlat ichki tadbirlari oʻzlarining qonunchilik qoidalariga muvofiq bajarganliklari toʻgʻrisida bir-biriga bildirishnoma taqdim etishgan kunda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim belgilanmagan muddatga tuzilgan va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Bitimning amalda boʻlishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi oʻz niyatidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan kundan boshlab 90 (toʻqson) kun oʻtgungacha amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 4-sentabrda Toshkent shahrida ikki nusxada har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida tuzildi. Barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)