03.05.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati (bundan keyin Ahdlashuvchi “Tomonlar” deb ataladilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmning ham iqtisodiy rivojlanish, ham ularning xalqlari bir-birini yanada yaxshiroq tushunishi uchun muhim rolini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasidagi faol hamkorlikni ragʻbatlantirish zarurligiga ishonib va oʻz potensial imkoniyatlarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala Tomonning turizm sohasidagi hamkorlikdan manfaatdorligini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala Tomonning turizm sohasida uzoq rivojlanishni kafolatlash uchun tabiiy va madaniy resurslarni saqlab qolish maqsadida harakat qilish istagini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki xalq tarixi va madaniyatini oʻzaro oʻrganishni yaxshilash maqsadida ikkala mamlakat oʻrtasida turizm sohasida munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida eʼtibor beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar turizm sohasini rivojlantirishga koʻmaklashadigan hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar. Shu maqsadda ular turizmni rivojlantirish va turizm bozorini oʻrganish, shuningdek mavjud imkoniyatlardan foydalanishni yaxshilash va Tomonlarning amal qilayotgan qonunlariga muvofiq turizm sektorida sarmoyalarni rivojlantirish boʻyicha oʻqitish va tadqiqotlar oʻtkazish sohasidagi hamkorlik uchun ekspertlar bilan almashishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagilarni ragʻbatlantiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) turizmni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi birgalikdagi harakatlar uchun tajriba almashish va imkoniyatlarni oʻrganish maqsadida turizmni rivojlantirish sohasida texnologik birgalikdagi harakatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nashrlar va turistik reklama materiallari bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ikkala mamlakatda turistik vakolatxonalarni ochish (ularning xodimlari kirish va boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi milliy qonunlarga muvofiq tayinlanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) turistik maqsadlarda tarixiy binolarni qoʻriqlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) turizmga taalluqli qonunlar sohasida hamkorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar kasb boʻyicha oʻqitish sohasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar va turizm sohasida oʻqitish dasturlari toʻgʻrisidagi axborot almashuviga koʻmaklashadilar. Ular vakolatli maʼmurlar ishtirokida turizm sanoatini boshqarish sohasida stajirovka oʻtuvchi ekspertlarga va bu sohadagi boshqa ekspertlarga stipendiyalar berish uchun imkoniyatlarni izlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻqitish masalalari va uning natijalari yuzasidan axborot almashish yoʻli bilan turistik va mehmonxona xoʻjaligi boʻyicha oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi turizm sohasidagi oʻqitish dasturlarini yaratishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar tegishli organlar oʻrtasida, shuningdek turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun harakat qiladilar va bu sohadagi tegishli yutuqlar toʻgʻrisida axborot almashishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar, zaruriyat boʻlgan holda, ikki tomonlama maslahatlashishlar oʻtkazishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar Bitimning kuchga kirishi uchun milliy qonunlar talab qiladigan protseduralarning bajarilishi toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim oxirgi xabarnoma olingan vaqtdan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil mobaynida amal qiladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Bitim amal qilishining muddati tugashidan uch oy ilgari diplomatik kanallar orqali uni yozma ravishda denonsatsiya qilguniga qadar har yili oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning denonsatsiya qilinishi, agar Tomonlar boshqa kelishuvga erishmasalar, Bitimning amal qilish davrida aniqlangan dastur va loyihalarning bajarilishiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning tasdigʻi sifatida, quyida imzo chekuvchilar, hukumatlarining tegishli vakolatini olgan vakillari, ushbu Bitimni Toshkent shahrida 1997-yil 3-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek, italyan va ingliz tillarida imzoladilar, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor boʻladi.

(imzolar)