Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1997-yil 3-mayda Toshkent shahrida imzolangan turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev, tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 4-iyun,
281-son