21.11.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Moldova Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar”, deb ataladilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala davlat oʻzaro manfaati uchun ular oʻrtasidagi uzoq muddatli asosdagi yanada kengroq iqtisodiy hamkorlikka yordam berishni istashib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalar uchun kulay sharoitlar yaratish va ularni saqlash maqsadida investitsiyalarni ragʻbatlantirish hamda himoya qilish zarurligini eʼtirof etishib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarning barqaror asosi iqtisodiy resurslardan foydalanishda va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda eng yuqori samaradorlikni taʼminlashiga rozilik bildirishib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Investor” atamasi quyidagilarga tatbiq etiladi va ularni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining yuridik shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining xalqaro tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining fuqarolari, fuqarolar birlashmalari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V) Ahdlashuvchi Tomonlarning chet ellarda doimiy yashovchi fuqarolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Investitsiyalar” atamasi har qanday mulkiy boylik va ularga egalik huquqlarini, shuningdek, mualliflik huquqi, patentlar, foydali modellar, sanoat namunalari va modellari, tovar belgilari, firma nomi, ishlab chiqarish va tijorat sirlari, texnologiyalar, “gud vil” va “nou-xau” kabi aqliy, savdo va sanoat mulkiga egalik huquqlarini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududida investitsiyalar quyidagi yoʻsinda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) toʻliq tarzda investorga tegishli boʻlgan yoki ularda ulushli ishtirok etish asosida xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) mol-mulkka egalik huquqlarini, shu jumladan yerga (shu jumladan, ijara asosida) va tabiiy resurslarga egalik va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) investitsiyalarni joylashtirish joyi boʻyicha Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida amalda boʻlgan qonunchilikka zid boʻlmagan investitsiyalarni amalga oshirishga oid boshqacha faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyliklarni qoʻyish dastlab yoki takroran amalga oshirilgan shakllardagi hech qanday oʻzgartirish ularni investitsiya sifatida tavsiflashni oʻzgartirishga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yuridik shaxslar” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon davlat qonunchiligiga koʻra oʻz maqomini olgan va boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida investitsiyalarni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Xalqaro tashkilotlar” atamasi Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar, birlashmalar, markaziy boshqaruv organlarini anglatadi, bu Tomonning faoliyati ustavga muvofiq ushbu Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga hamda bir yoki undan koʻp xorijiy davlatlarga tatbiq etiladi va xalqaro prinsiplar va normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Fuqarolar” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon davlat qonunchiligiga koʻra fuqarolikka va huquqiy layoqatga ega boʻlgan, uning hududida yoki chet elda doimiy yashaydigan va boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirayotgan shaxslarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida doimiy yashaydigan, Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligiga koʻra tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun roʻyxatga olingan hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Daromadlar” atamasi mazkur moddaning 2, 3-bandlarida belgilanganidek, investitsiyalar natijasida, ammo mutlaq-summalarnigina emas, foydalar, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik taqdirlash pullari, texnik yordam koʻrsatish, texnik xizmat uchun toʻlovlar, taqdirlashning boshqa shakllari tarzida olinganlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Hudud” atamasi tegishli ravishda Ahdlashuvchi Tomon davlatining mana shu Ahdlashuvchi Tomon davlati xalqaro huquq normalariga muvofiq oʻz suveren huquqlarini va yurisdiksiyani amalga oshiradigan hududini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Bitimni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida uning qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarga, ular mazkur Bitim kuchga kirishidan oldin yoki keyin amalga oshirilganligidan qatʼi nazar, qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati qonunchiligi bergan huquqqa muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyalarini oʻz davlati hududiga kirib kelishini ragʻbatlantiradi va bunga yoʻl qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati qonunchiligi doirasida oʻzaro investitsiyalarning xilma-xil shakllarini qoʻllab-quvvatlaydi va iqtisodiy hamkorlikni boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investori investitsiyalarini oʻz hududida himoya qilish vositasi bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar Ahdlashuvchi Tomon investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga ular Ahdlashuvchi Tomonlar davlati hududlarida hamda istalgan uchinchi davlat hududida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar qilishni amalga oshirishlarida va koʻp tomonlama iqtisodiy loyihalarni roʻyobga chiqarishlarida yordam berish zarurligidan kelib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitim doirasida oʻz davlati hududiga investitsiyalar kirib kelishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa, shu Ahdlashuvchi Tomon, oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga ana shunday investitsiyalarga aloqador boʻlgan zarur ruxsatnomalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Milliy tartib va eng qulay sharoit yaratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida hamda oʻzining qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyalarini huquqiy himoya qilinishini toʻliq va soʻzsiz kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyalari va daromadlariga oʻz investorlari va/yoki har qanday uchinchi davlat investorlari investitsiya hamda daromadlariga beradigan tartibdan noqulayroq boʻlmagan odil va teng huquqli tartibni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlari amalga oshirayotgan .investitsiyalarga nisbatan uning milliy qonunchiligi va mazkur Bitimdan kelib chiquvchi har qanday majburiyatlarga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitimning eng qulay sharoitlarni yaratish prinsipiga daxldor qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlardan birini boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga quyidagilardan kelib chiquvchi preferensiyalar yoki ustuvorliklarning imtiyozli tartibini joriy qilishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Ahdlashuvchi Tomonlardan biri qatnashchisi boʻlgan yoki ana shunday boʻlishi kutilayotgan mavjud yoki kelajakda mumkin boʻlgan boj, valyuta va toʻlov uyushmalari, erkin savdo va yagona tariflar zonalari, umumiy bozor yoki mintaqaviy iqtisodiy integratsiya toʻgʻrisidagi Bitimlarning har qanday boshqa shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) soliq solish masalalari boʻyicha ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar va boshqa xalqaro bitimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Boshqa qoidalar va maxsus majburiyatlarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Ahdlashuvchi Tomonlar davlati qonunchiligi qoidalari yoki xalqaro huquqqa aloqador majburiyatlar, mazkur Bitimda mavjud boʻlgan yoki keyinchalik unga qoʻshimcha ravishda yaratilgan majburiyatlarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari investitsiyalariga mazkur Bitimga beriladigandan tashqari qulayroq umumiy yoki oʻziga xos tusdagi sharoit berilishi toʻgʻrisida qoidalar boʻlsa, bu qoidalar mazkur Bitimga qiyosan qulayroq boʻlgan oʻsha hajmda ustuvorlikka ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Toʻlovlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirgan Ahdlashuvchi Tomon shu investorlari tegishli soliq va yigʻimlarni toʻlaganlaridan soʻng Ahdlashuvchi Tomon shu investitsiyalarga aloqador toʻlovlarning toʻsiqsiz oʻtkazilishini taʼminlaydi, ammo beistisno emas, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) mazkur Bitimning 1-moddasi 8-bandida belgilanganidek foizlar, dividendlar, foyda va boshqa joriy daromadlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar investitsiyalar sifatida tan olgan qarzlarni toʻlash summalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) investitsiyalarni boshqarishga aloqador xarajatlarni qoplash summalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) mazkur Bitimning 1-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan kelib chiquvchi litsenziya tushumlari va boshqa toʻlovlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirilayotgan investitsiyalarni saqlash va rivojlantirish hamda menejment uchun zarur boʻlgan kapital summasi va qoʻshimcha summalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI) investitsiyalarni begonalashtirish, qisman yoki toʻliq tugatishdan, shuningdek kapitalning oʻsishidan tushgan tushumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII) bir Ahdlashuvchi Tomon davlati fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirilayotgan investitsiyalar munosabati bilan oladigan ish haqlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII) mazkur Bitim moddalariga muvofiq toʻlanadigan kompensatsiyalar va mazkur Bitim doirasida har qanday investitsiya bahslari bilan bogʻliq boshqa toʻlovlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻlovlarni oʻtkazish kechiktirishlarsiz investitsiyalar amalga oshirilgan valyutada yoki erkin muomaladagi valyutada toʻlovni oʻtkazish kunida qoʻllanilayotgan kurs boʻyicha va hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning 1, 2-bandlari qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Tomon toʻlovlarni oʻz davlati qonunchiligi odilona, kamsitilmagan shartlarda oʻtkazishni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) bankrotlik, toʻlovga qodir emaslik yoki kreditorlar huquqini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) qimmatli qogʻozlar emissiyasi, savdosi yoki ular bilan operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) jinoiy yoki maʼmuriy jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) sud muhokamasi tartibi yoki qaroriga nomuvofiqlik yuzaga kelgan hollarda taqiqlab qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddada koʻrsatilgan har qanday valyutadagi daromadlar va boshqa summalar hamda bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirish natijasida investitsiya qilish joyi boʻyicha manbalardan olinganlar keyingi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida uning qonunchiligiga muvofiq reinvestitsiya qilinishi yoki foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari valyutalarini va boshqa davlatlar valyutalarini, toʻlov hujjatlari, qimmatli qogʻozlarni olib kelish va olib chiqib ketish investitsiyalar amalga oshirilayotgan joy boʻyicha Ahdlashuvchi Tomon davlatining valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Investitsiyalarni olib qoʻyish va yoʻqotishlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga tegishli investitsiyalarga nisbatan tortib olish, natsionalizatsiya qilish yoki shunday tusga yoki teng oqibatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bevosita yoki bilvosita qoʻllamaydilar, agar ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) qonuniy tartibda amalga oshirilayotgan ijtimoiy manfaatlarda qoʻllanilayotgan chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) kamsitilmaslik tusidagi yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon qoʻllagan harakatlarga javob tariqasida qoʻllaniladigan chora-tadbirlar bilan bogʻliq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur modda 1-bandining “I”, “II” kichik bandlarida nazarda tutilgan holatlarga muvofiq investitsiyalarni tortib olishni amalga oshirgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga odil va samarali qoplash berilishini taʼminlaydi. Bunday qoplash tortib olingan investitsiyalarning tortib olinishgacha yoki tortib olish toʻgʻrisidagi qaror barchaga maʼlum boʻlgan vaqtga qadar (qaysi biri oldin sodir boʻlishiga koʻra) boʻlgan bozor qiymatiga muvofiq keladi, tortib olish kunidan boshlab “Libor” stavkasi boʻyicha tortib olingan investitsiyalar qiymatidan foizlarni qamrab oladi va ular erkin oʻtkazilishi lozim boʻladi. Qoplash summalari investitsiyalar amalga oshirilgan yoki erkin muomaladagi valyutada belgilanishi va investorga kechiktirishlarsiz uning qayerdaligi yoki qayerda yashayotganligidan qatʼi nazar, toʻlanishi kerak. Toʻlovni oʻtkazishga aloqador normal talab etiladigan vaqt mobaynida amalga oshirilgan toʻlov “kechiktirmay amalga oshirilgan” toʻlov hisoblanadi. Bu davrni hisoblash talabnoma berilgan kundan boshlanadi va u uch oydan ortib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida sodir boʻlgan urush yoki boshqa qurolli toʻqnashuv, favqulodda holat, toʻntarish, fuqarolar tartibsizliklari yoki shunga oʻxshash vaziyatlarda zarar koʻrgan bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga mazkur Bitim 4-moddasining 1, 2, 3-bandlari shartlariga muvofiq koʻrilgan zarar uchun kompensatsiya, restitutsiya, qoplash yoki boshqa qiymat toʻlovlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida shu Ahdlashuvchi Tomon davlati organlari, mansabdor shaxslarining investitsiya qilish joyi boʻyicha davlat qonunchiligiga zid boʻlgan xatti-harakatlari natijasida, shuningdek, bunday organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan birinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarni tegishlicha bajarmaganliklari yoki bu investitsiyalarga toʻsiqlik qilganliklari oqibatida oʻz investitsiyalariga yetkazilgan zararni, boy berilgan foydani ham qoplatish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Subrogatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon yoki vakil qilingan muassasalar oʻz investorlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirgan investitsiyalari munosabatida notijorat tavakkalchiliklariga qandaydir moliyaviy kafolatlar bergan va shu kafolatlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsalar boshqa Ahdlashuvchi Tomon subrogatsiya prinsipi asosida bu investorlar huquqlarini, shu jumladan, talab huquqlarini toʻliq hajmda birinchi Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning vakil qilingan muassasalariga bu investorlarning shu yoʻsinda sugʻurta qilingan investitsiyalariga aloqador majburiyatlari munosabatidagi shartlar bilan oʻtishini tan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida belgilangan subrogatsiya sodir boʻlganda investor talabnomalar bilan chiqmaydi, agar u bunga Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakil qilingan muassasasi tomonidan vakil qilinmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investori bilan bahsda tomon hisoblanuvchi Ahdlashuvchi Tomon bahsni hal qilishga aloqador yoki u boʻyicha qarorning bajarilish butun jarayonida himoya vositasi sifatida oʻz immunitetini yoki investor tomonidan keyingi Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakil qilingan muassasalari kafolatlari berilishini nazarda tutmaydigan koʻrilgan zararlar yoki yoʻqotishlar toʻliq hajmini yoki bir qismini qoplaydigan sugʻurta kontrakti boʻyicha tegishli boʻlgan qoplash summasi olinishini bahona qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashayotgan Tomonga mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashga aloqador masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazishni taklif qilishi mumkin. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday taklifni xayrixohlik bilan qabul qiladi va bunday maslahatlashuvlar uchun tegishli imkoniyatlarni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi bahslarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashga daxldor bahslar diplomatik yoʻllar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar bahs paydo boʻlgan kundan boshlab olti oy mobaynida kelishuvga erisha olmasalar, bahs istalgan Ahdlashuvchi Tomon talabiga koʻra uch aʼzodan tarkib topgan arbitraj Sudiga beriladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri bittadan arbitr tayinlaydi, tayinlangan arbitrlar esa ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan uchinchi davlat fuqarosi hisoblanadigan Raisni saylaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uz arbitrini tayinlamasa va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning bunday tayinlashni ikki oy mobaynida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik bildirmasa, keyingi Ahdlashuvchi Tomon tegishli tayinlashlarni amalga oshirish uchun Xalqaro Sud Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ikkala arbitr ham tayinlanganlaridan soʻng ikki oy mobaynida Raisni tanlashda kelishuvga erisha olmagan boʻlsalar, istalgan Ahdlashuvchi Tomon xalqaro Sud Prezidentiga Raisni tayinlashni amalga oshirish toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar Mazkur moddaning 3, 4-bandlarida koʻrsatilgan hollarda Xalqaro Sud Prezidenti koʻrsatilgan Vazifani bajara olmasa yoki u Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlaridan birining fuqarosi boʻlsa, bunday tayinlashni Prezidentning oʻrinbosari amalga oshiradi, agar u tegishli vazifani bajara. olmasa yoki Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlaridan birining fuqarosi boʻlsa, tayinlashni Xalqaro Sudning Ahdlashuvchi Tomonlardan birortasining fuqarosi boʻlmagan yuqoriroq lavozimdagi aʼzosi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sud qonunni hurmat qilish asosida qaror chiqaradi. Sud qaror chiqarishdan oldin, oʻz ishining istalgan bosqichida Ahdlashuvchi Tomonlarga bahsni doʻstona yoʻl bilan hal etishni taklif qilishi mumkin. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar ana shunday qarorga kelsalar, oldingi qoidalar bahsni hal qilish yoʻliga toʻsiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sud Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi boshqa kelishuvlarni buzmay, oʻzining koʻrib chiqish tartiblarini belgilaydi. Sud qarorni koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri Suddagi oʻz aʼzosi xarajatlarini, shuningdek, arbitraj protsedurasidagi oʻz ulushlariga muvofiq oʻzi qoplaydi. Arbitraj Sudi Raisiga oid xarajatlar va boshqa xarajatlarni Ahdlashuvchi Tomonlar teng ulushda qoplaydilar. Ammo Sud oʻz qarorida Ahdlashuvchi Tomonlardan biriga xarajatlarda koʻproq ishtirok etishini belgilashi mumkin va. bu qaror Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sud qarori uzil-kesil hisoblanib, har bir Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasidagi bahsni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu orqali bir Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investori oʻrtasida oʻzi birinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirayotgan investitsiyalari munosabatida yuzaga keladigan bahslarni 1965-yil 18-martda Vashington shahrida imzolash uchun tavsiya etilgan “Davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasida investitsiya bahslarini hal etish boʻyicha Konvensiya”ga muvofiq kelishtirish yoki sud yoʻli bilan investitsiya bahslarini hal etish Xalqaro markaziga berishga roziligini ifodalaydi. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investori yuzaga kelgan bahs boshlanishidan oldin boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investori tomonidan nazorat qilingan boʻlsa, Konvensiya maqsadini bajarish boʻyicha Konvensiya 25-moddasiga (2-b) muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari bilan bir xil huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning yozma holdagi roziligi bilan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Bitimning kuchga kirishi, amalda boʻlishining davomiyligi va toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimni kuchga kiritish masalalarida har bir Ahdlashuvchi Tomon davlati milliy qonunchiligida nazarda tutilgan huquqiy tartiblar bajarilganligi toʻgʻrisidagi notalar bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻngi nota olingan kun Bitimning kuchga kirish kuni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim oʻn yil mobaynida amalda boʻladi. Mazkur Bitimning amalda boʻlishi, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga tegishli muddat tugashidan oʻn ikki oy oldin mazkur Bitimning amalda boʻlishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi maqsadini yozma holda xabar qilmasa, u navbatdagi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytirilaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim bekor qilingan hollarda uning qoidalari, 1 — 11-moddalar, mazkur Bitimning amalda boʻlishi toʻxtatilgunga qadar amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan keyingi oʻn yillik davr mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 21-noyabrda, Toshkent shahrida, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, moldovan va rus tillarida tuzildi. Barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish maqsadida ruscha matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)