30.03.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin savdo toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Moldova Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataladilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi oʻrtasida tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qaysi davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirishdagi suveren huquqidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro manfaatli va kooperatsion aloqalar va hamkorlikni rivojlantirish asosida Oʻzbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi iqtisodiy potensialini oshirishga koʻmaklashish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro iqtisodiy hamkorlikni erkin rivojlantirishga oʻzlarining sodiqligini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va xizmatlar koʻrsatishni erkin ayirboshlash oʻzaro kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi Tariflar va savdo boʻyicha Bosh Bitim (TSBB) hamda Jahon savdo tashkiloti SJST) prinsiplariga sodiq ekanliklarini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga erkin savdo tartibini yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona hududidan kelib chiqqan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududi uchun moʻljallangan tovarlar eksportiga va/yoki importiga nisbatan ekvivalent kuchga ega boʻlgan bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlarni, shuningdek, miqdoriy cheklashlarni qoʻllamaydilar. Tovarlarning kelishilgan turlari boʻyicha mazkur savdo tartibidan chiqarishlar ushbu Bitimning uzviy qismi hisoblanadigan hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlar erkin savdo tartibidan chiqarishlarning umumiy roʻyxatini, shuningdek, bunday chiqarishlarni qoʻllanish usullarini har yili ishlab chiqadilar va kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim maqsadlari uchun va uning amalda boʻlish davrida Ahdlashuvchi Tomonlar hududidan kelib chiqqan tovarlar deganda 1993-yil 24-sentabrda tovarlar tegishli boʻlgan mamlakatlarni aniqlash Qoidalari bilan aniqlangan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat Boshliqlari Kengashining Qarori bilan tasdiqlangan tovarlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Bitim taʼsiriga kiruvchi tovarlaridan shunga oʻxshash ichki ishlab chiqarish tovarlaridan yoki uchinchi mamlakatlardan kelib chiqqan ana shunday tovarlardan olinadigan tegishli soliqlar va yigʻimlardan ortiq miqdorda bevosita yoki bilvosita ichki soliqlar va yigʻimlar olishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Bitim taʼsiriga kiruvchi tovarlar importi yoki eksportiga nisbatan xuddi shunday vaziyatda shunga oʻxshash ichki ishlab chiqarish tovarlari yoki uchinchi mamlakatlardan kelib chiqqan tovarlarga nisbatan qoʻllanilmaydigan biron-bir maxsus cheklashlar yoki talablarni joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga tegishli tovarlarni toʻplash, yuklash, saqlash, tashishga, shuningdek, toʻlovlarga va toʻlovni joʻnatishga nisbatan shunday hollarda oʻz tovarlariga yoki uchinchi mamlakatlardan kelib chiqqan tovarlarga nisbatan qoʻllanadigan qoidalarni qoʻllanishni amalga oshirmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro savdoda boshqa Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan kamsituvchi chora-tadbirlar koʻrishdan, ushbu Bitim doirasida tovarlar eksporti va/yoki importiga miqdoriy cheklashlar yoki ularga ekvivalent boʻlgan chora-tadbirlar koʻrishdan tiyiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar bir tomonlama tartibda, lekin faqat oqilona doirada va qatʼiy muayyan muddatga miqdoriy yoki boshqa maxsus cheklashlar belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur cheklashlar mutlaq tusda boʻlishi kerak va faqat TSBB/JST doirasida bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq cheklashni qoʻllanuvchi Ahdlashuvchi Tomon, imkoniyatga qarab, eslatib oʻtilgan cheklashlarni joriy etishning asosiy sabablari, shakllari va moʻljallanayotgan muddatlari toʻgʻrisida toʻliq axborotni boshqa Ahdlashuvchi Tomonga oʻz vaqtida taqdim etishi kerak, shundan keyin maslahatlashuvlar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlardan istalganining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida davlat tomonidan boshqarishning oʻz hayotiy manfaatlarini himoya qilish uchun oʻzi zarur deb hisoblaydigan yoki oʻzi qatnashchisi boʻlgan yoki qatnashchisi boʻlishni moʻljallayotgan xalqaro shartnomalarni bajarish uchun soʻzsiz zarur boʻlgan, xalqaro amaliyotda umumiy ravishda qabul qilingan chora-tadbirlarni, agar bu chora-tadbirlar quyidagilarga taalluqli boʻlsa, bir tomonlama tartibda koʻrish huquqiga toʻsqinlik qilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar hayoti va salomatligini, atrof muhitni muhofaza qilish, hayvonot va oʻsimliklarni qoʻriqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibi va jamoat axloqini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy xavfsizlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol-yarogʻlar, oʻq-dorilar va harbiy texnika bilan savdo qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parchalanuvchi materiallarni va radioaktiv moddalarni yetkazib berish, radioaktiv chiqindilarni foydalaniladigan qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin, kumush yoki boshqa qimmatbaho metallar va toshlar bilan savdo qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan tabiiy resurslarni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov balansini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish natijasida ichki narxlari jahon narxlaridan past boʻlgan mahsulotlarni eksport qilishni cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va intellektual mulkni muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy mulk boʻlgan boyliklarni qoʻriqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy harakatlar vaqtida yoki xalqaro munosabatlardagi boshqa favqulodda holatlarda qoʻllaniladigan chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tinchlikni va xavfsizlikni saqlash uchun BMT Ustavi asosida majburiyatlarni bajarishga doir xatti-harakatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday chora-tadbirlarni ushbu moddaga muvofiq qoʻllanadigan Ahdlashuvchi Tomon, imkoniyatga qarab, eslatib oʻtilgan cheklashlarni joriy etishning asosiy sabablari, shakllari va moʻljallanayotgan muddatlari toʻgʻrisida toʻliq axborotni boshqa Ahdlashuvchi Tomonga oʻz vaqtida taqdim etishi kerak, shundan keyin maslahatlashuvlar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar alohida banklararo bitim bilan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar tashqi iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo, investitsiyalar, soliq solish, bank va sugʻurta faoliyati hamda boshqa xizmatlar masalalari, transport va bojxona, shu jumladan, Ahdlashuvchi Tomonlarga taalluqli boʻlgan bojxona statistikasi masalalari boʻyicha ichki huquqiy tartibga solib borish toʻgʻrisida muntazam asosda axborotlar ayirboshlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar milliy qonunchiligidagi ushbu Bitimning bajarilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini zudlik bilan xabardor qilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakil qilingan organlari bunday axborotni ayirboshlash tartibini kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istalgan Ahdlashuvchi Tomonning toʻla huquqli organini qonunchilik boʻyicha yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining odatdagi maʼmuriy amaliyoti davomida olish mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb-kor boʻyicha biror-bir sirni yoki savdo jarayonini oshkor qiluvchi yoki oshkor etilishi Ahdlashuvchi Tomonning davlat manfaatlariga zid boʻlgan axborotni taqdim etishga majbur qiluvchi sifatida talqin etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar nohalol ish amaliyotini ushbu Bitim maqsadlariga. nomuvofiq deb eʼtirof etadilar hamda uning quyidagi usullariga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf qilish majburiyatini oladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida raqobatga xalaqit berish yoki uning uchun shart-sharoitlarni buzish maqsadlarini koʻzlagan korxonalar oʻrtasidagi shartnomalar, korxonalar birlashmalari qabul qilgan qarorlar va ish amaliyotining umumiy usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki bir necha korxonaning Ahdlashuvchi Tomonlarning butun hududida yoki uning ancha qismida raqobatni cheklagan holda oʻzlarining ustunlik mavqeyini oʻrnatishda foydalanishadigan xatti-harakatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni tarif va notarif boʻyicha tartibga solishni amalga oshirishda statistik axborotni ayirboshlash, bojxona rasmiy marosimlarini oʻtkazish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga hamda Yevropa iqtisodiy Ittifoqining Kombinatsiyalashgan tarif-statistika nomenklaturasiga asoslangan Tashqi iqtisodiy siyosatning yagona toʻqqiz belgili Tovar nomenklaturasidan foydalanadilar. Bunda oʻz ehtiyojlari uchun Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat boʻlganda Tovar nomenklaturasini toʻqqiz belgidan chetga chiqqan holda rivojlantirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar nomenklaturasining etalon nusxasini joriy etish oʻzaro kelishgan asosda, tegishli xalqaro tashkilotlardagi mavjud vakolatxonalar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar shunga rozidirlarki, tranzit erkinligi prinsiplariga rioya etish ushbu Bitimning maqsadlariga erishishning eng muhim sharti hamda ularni xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash tizimiga kiritish jarayonining muhim elementi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan har qaysi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning va/yoki uchinchi mamlakatlarning bojxona hududlaridan kelib chiqadigan hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning yoki istalgan uchinchi mamlakatning bojxona hududi uchun moʻljallangan tovarlarning oʻz hududi orqali toʻsiqsiz tranzit qilinishini taʼminlaydi va eksportchilarga, importchilarga yoki tashuvchilarga tranzitni taʼminlash uchun barcha mavjud va zarur boʻlgan vositalar hamda xizmatlarni xuddi shu vositalar va xizmatlarni oʻz eksportchilariga, importchilariga yoki tashuvchilariga yoxud istalgan uchinchi davlatning eksportchilari, importchilari yoki tashuvchilariga berishdagidan yomon boʻlmagan shartlarda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarning Ahdlashayotgan Tomonlar hududi boʻylab oʻtish tartibi va shartlari tashuvlarning xalqaro qoidalariga muvofiq tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon tovarlarning sanksiyasiz qayta eksport qilinishiga yoʻl qoʻymaydi, ushbu tovarlar kelib chiqqan boshqa Ahdlashuvchi Tomon ularning eksport qilinishiga nisbatan davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlarini qoʻllanadi. Ahdlashuvchi Tomonlar sanksiyasiz qayta eksport qilish taqiqlanadigan tovarlar roʻyxatini belgilaydilar, shuningdek, davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qoʻllanadigan tovarlar roʻyxatlarini ayirboshlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tovarlarni uchinchi mamlakatlarga qayta eksport qilish faqat yozma rozilik bilan va mazkur tovarlar kelib chiqqan mamlakat hisoblanadigan davlatning vakil qilingan organi belgilaydigan shartlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi mamlakatlarga nisbatan eksport nazoratining kelishilgan siyosatini oʻtkazish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar eksport nazoratining samarali tizimini yaratish uchun muntazam maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar va oʻzaro kelishilgan chora-tadbirlar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomadagi hech narsa istalgan Ahdlashuvchi Tomonning uchinchi mamlakatlar bilan munosabatlar oʻrnatishiga, mazkur Ahdlashuvchi Tomon (agar ushbu munosabatlar va majburiyatlar mazkur Bitim qoidalari va maqsadlariga zid boʻlmasa, qatnashchisi boʻlgan yoki boʻladigan biror-bir boshqa xalqaro bitimga muvofiq uz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishiga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda yoki qoʻllanishda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida paydo boʻlgan kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro savdoda bahsli vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslikka intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar belgilaydilarki, tijorat kontraktlari va bitishuvlarini talqin etish yoki bajarish natijasida ikkala davlatning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida paydo boʻladigan daʼvo va kelishmovchiliklar, agar ularni maslahatlashuvlar va muzokaralar asosida doʻstona yoʻl bilan hal etib boʻlmasa va boshqacha tartib kelishilmagan boʻlsa, ular Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida yoxud kontraktni imzolagan Tomonlar belgilagan uchinchi davlatlar hududida tuziladigan hakamlik sudlarining (doimiy yoki “ad hoc”) mutlaq huquq doirasiga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida hakamlik qarorlarini eʼtirof etish va bajarish boʻyicha samarali vositalar mavjud boʻlishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda Tomonlarning kelishuviga koʻra ushbu Bitimga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim uning bajarilishi uchun zarur boʻlgan barcha rasmiyatchiliklarni Ahdlashuvchi Tomonlar amalga oshirganligi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma ayirboshlangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uning amalda boʻlishini toʻxtatish istagi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomani taqdim etgan sanadan boshlab oʻn ikki oy oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning amalda boʻlishi toʻxtatilgan taqdirda uning qoidalari ikkala Ahdlashuvchi Tomonning xoʻjalik faoliyati subyektlari oʻrtasida tuzilgan, biroq u amalda boʻlgan davrda bajarilmagan kontraktlarga nisbatan ular toʻliq bajarilgunga qadar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 30-martida Kishinev shahrida ikki nusxada, har biri oʻzbek, moldovan va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning u yoki bu qoidasini talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)