02.03.1994 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo qatnovi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hukumat Boshliqlari tomonidan 1991-yil 30-dekabrda Minsk shahrida imzolangan Transport sohasidagi hamkorlik prinsiplari va shartlari toʻgʻrisidagi Bitimga, Fuqaro Aviatsiyasi va samoviy hududdan foydalanish toʻgʻrisidagi Bitimga, shuningdek 1992-yil 30-mayda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma”ga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning prinsiplari va meʼyorlariga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transporti sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning maqsadlari yoʻlida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi yoki hozirgi vaqtda shu aviakompaniya bajarayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan shaxs yoki muassasani, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan — Havo Transporti Departamenti nomidan Transport vazirligini yoki hozirgi vaqtda ushbu Vazirlik tomonidan bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “tayinlangan aviakorxona” atamasi shu Bitimning 4-moddasiga binoan tayinlangan va vakolat berilgan aviakorxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “hudud” atamasi ushbu davlatning mutlaq tasarrufidagi yer yuzasi, hududiy va ichki suvlar va ular ustidagi samoviy hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “tarif” atamasi vakillik va yordamchi xizmatlarning toʻlovi hamda shart-sharoitlarini oʻz ichiga olgan holda yoʻlovchilarni, yoʻlovchilarning yuklarini, yuk va pochtani tashish uchun toʻlanadigan va shu toʻlovlar qoʻllaniladigan sharoitlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlar qay darajada eʼtirof etilgani va qay darajada qoʻllanilishiga qarab, unga kiritilgan har qanday Ilova va har qanday tuzatishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻ) “havo qatnovi” atamasi yoʻlovchilar, yuklar va pochtani umumiy tashish maqsadida havo kemalari muntazam ravishda amalga oshiradigan har qanday havo qatnovini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “xalqaro havo qatnovi” atamasi bittadan ortiq davlat samoviy hududi orqali amalga oshiriladigan havo qatnovini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “aviakorxona” atamasi xalqaro havo qatnovini taklif qiluvchi yoki uni amalga oshiruvchi aviatransport korxonasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “notijorat maqsadlarida toʻxtash” atamasi havo kemasiga yoʻlovchilarni, yuklarni yoki pochtalarni olish yoki undan tushirishdan oʻzga har qanday boshqa maqsad bilan toʻxtash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga kiritilgan Ilovalar uning ajralmas qismini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha havo qatnovini oʻrnatish maqsadida ushbu Bitimda tavsiflangan huquqlarni beradi (bundan buyon matnda “shartlashilgan yoʻllar” va “belgilangan yoʻnalishlar” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi manzillarda tijoratga taalluqli boʻlmagan maqsadlarda qoʻnish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlari oraligʻida borayotgan yoʻlovchilar, pochta va yukni olish (yoki) tushirish maqsadida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu Bitimning Ilovasida keltirilgan manzillarda qoʻnish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) uchinchi mamlakatlarning manzillariga borayotgan (manzillaridan kelayotgan) yoʻlovchilar, yoʻlovchi yuki va yuk yoki pochtani olish va tushirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan manzillarda qoʻnish. Bunday huquq Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning hech qaysi qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan havo kemasi ichiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilgacha yoʻlovchilar, yoʻlovchi yuki, yuk yoki pochta olish huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Havo kemalarining shartlashilgan yoʻllar boʻyicha parvozlari yoʻnalishlarini va davlat chegaralari ustidan uchib oʻtish manzillarini har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida oʻzi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Havo kemalarining parvozlari hamda shartlashilgan yoʻllarda yoʻlovchilar, yuk va pochtani tashish bilan bogʻliq texnik hamda tijoratga oid masalalar, shuningdek tijorat hamkorligiga taalluqli masalalar, chunonchi, qatnovlar takroriyligi, havo kemalarining tipi, ularga yoqilgʻi quyish, yerda texnik xizmat koʻrsatish va moliyaviy hisob-kitoblar tartibi masalalari tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi kelishuvga binoan hal etiladi hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etiladi. Kelishuv boʻlmagan taqdirda bu masalalar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshimcha va charter qatnovlar har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga binoan tayinlangan aviakorxonaning oldindan berilgan talabnomalari boʻyicha amalga oshiriladi. Bu talabnomalar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga dam olish va bayram kunlarini hisobga olmagan holda havo kemasining parvozidan kamida 48 soat oldin berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor etgan holda aviakorxona(lar)ni tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olganidan soʻng ushbu moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan har bir aviakorxonaga parvozlar uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari parvozlar uchun ruxsatnoma berishdan oldin ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan ular xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida odatda qoʻllaniladigan qonunlar va qoidalarda belgilangan hamda oʻz darajasiga koʻra Konvensiya talablari darajasidan chetga chiqmaydigan shartlarni bajarishga qodirligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustun egalik qilish va uning faoliyati ustidan haqiqiy nazorat qilish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga, uning organlari yoki fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarga ruxsat berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanayotganida bajarishi zarur deb hisoblaydigan shartlar ijro etilishini talab qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddada koʻrsatilgan ruxsatnomani olgan tayinlangan aviakorxona shartlashilgan yoʻllarda ushbu Bitimning 13-moddasiga muvofiq tariflar joriy etilgan, shuningdek ushbu Bitimning 3-moddasi 2-bandiga muvofiq texnik va tijorat masalalari hal qilingan taqdirda istalgan vaqtda shartlashilgan yoʻllardan foydalanishni boshlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tayinlangan aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan amalda nazorat oʻrnatish bu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga, uning organlari yoki fuqarolariga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilmagan har qanday holda, yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur aviakorxona huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga rioya etmagan taqdirda, yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) aviakorxona ushbu Bitimda belgilangan qonunlarga qandaydir oʻzgacha tarzda rioya etmayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parvozlarga doir ruxsatnomani bekor qilish yoki ushbu Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga berilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish, yoxud oʻzi bu huquqlardan foydalanishda zarur deb hisoblagan shartlarni bajarishni talab qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti, ruxsatnomani darhol bekor qilish, huquqlarni toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan shartlarning bajarilishini talab qilish qonunlar va qoidalarning bundan keyin ham buzilishini bartaraf etish uchun zaruriy ogohlantirish deb hisoblanmasa, ushbu bandda tilga olingan huquqdan Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi maslahatlashuvlardan soʻng foydalaniladi. Aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi bunday maslahatlashuvlar soʻrov tushgan kundan eʼtiboran imkon qadar qisqa muddat ichida boʻlib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar shartlashilgan yoʻllardan xavfsiz va samarali foydalanish uchun barcha zarur choralarni koʻradilar. Ana shu maqsad uchun har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalariga shartlashilgan yoʻllardan foydalanish uchun zarur boʻlgan barcha radionurtexnikaviy, meteorologik va boshqa xizmat koʻrsatish vositalarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga qoʻshimcha va asosiy tayyoragohlar, havo trassalari, aloqa tarmoqlari va aeronavigatsiya vositalari haqidagi, havo kemalari parvozini boshqarish toʻgʻrisidagi va boshqa masalalar boʻyicha maʼlumotlarni shartlashilgan yoʻllarda havo kemalaridan xavfsiz va samarali foydalanishni taʼminlash uchun yetarli hajmlarda berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemalarining uning hududiga uchib kirishi va uning hududidan uchib chiqishini yoki ushbu havo kemalaridan foydalanishni yoxud ularning qatnovlarini oʻz hududi doirasida tartibga soluvchi qonunlari va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro tashishlarga taalluqli, uning hududiga yoʻlovchilar, ekipajlar, yuk va pochtaning kirib kelishi, unda boʻlishi va joʻnatilishini tartibga soluvchi qonunlar hamda qoidalar, xususan pasport, bojxona, valyuta va sanitariya qoidalariga oid tartibotlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalariga, yoʻlovchilar, ekipaj, yuk va pochtaga nisbatan ularning koʻrsatilgan hudud doirasida boʻlishi davrida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning fuqarolariga nisbatan, basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoki ikkala Ahdlashuvchi Tomon oʻzga tarzdagi qaror qabul qilmasa, kelish, boʻlish va joʻnab ketishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Tomonlar yoki Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari oʻrtasida har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiy boʻlgan, ushbu bandda koʻrsatilgan masalalarni tartibga soluvchi maxsus bitim tuzilgan taqdirda ana shu maxsus Bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir tayyoragohdan, shu jumladan uning inshootlari, texnik va boshqa vositalaridan hamda xizmatlaridan foydalanganlik uchun yigʻimlar va oʻzga toʻlovlar, shuningdek aeronavigatsiya vositalaridan, aloqa vositalari hamda xizmatlaridan foydalanganlik uchun har qanday toʻlovlar har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida belgilab qoʻygan stavkalar va tariflarga muvofiq undiriladi, bunda yigʻimlar va toʻlovlar boshqa davlatlarning havo kemalaridan undiriladigan shunday yigʻimlardan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tayinlangan aviakorxonalarning havo kemalari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududi ustidan parvozlarni amalga oshirish vaqtida oʻz davlatlarining tanitish belgilariga, roʻyxatga olish shahodatnomasiga, parvozlarga yaroqlilik guvohnomasiga va Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari belgilab qoʻygan havo kemalarining oʻzga hujjatlariga ega boʻlishi lozim. Uchuvchilar va ekipajning boshqa aʼzolari belgilangan tegishli shahodatnomalarga ega boʻlishlari lozim. Bunday shahodatnomalar va guvohnomalarni berishda qoʻyiladigan talablar Konvensiya talablariga muvofiq belgilanadigan minimal standartlarga mutanosib boʻlishi yoki ulardan yuqori boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan va muddati oʻtkazib yuborilmagan foydalanuvchi shahodatnomasi hamda tegishli tashishlarni va boshqa transport-ekspeditsiya faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi, ushbu Bitim imzolangan paytda amalda boʻlgan qoʻllanmalar, nizomlar, yoʻriqnomalar, texnik shartlar va boshqa normativ hujjatlarni, shu jumladan parvozlarni uchuvchilik, shturmanlik, muhandislik-texnikaviy, aeronavigatsiyaviy, tibbiy, meteorologik, tayyoragohga oid taʼminlash sohasidagi normativ hujjatlarni qoʻllashga rozilik bildirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlatlari hududida amal qilayotgan aviatsiyaga oid qonun hujjatlarini bir shaklga keltirishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tayinlangan aviakorxonasining havo kemasi noilojlikdan qoʻnganda, halokatga uchraganda yoki boshqa hodisa sodir boʻlgan taqdirda, hududida hodisa sodir boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda darhol ikkinchi Ahtdashuvchi Tomonni va Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasini xabardor qiladi, hodisa sabablarini tekshirish yuzasidan zarur choralar koʻradi hamda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan bunday hodisani tekshirishda qatnashish uchun shu Ahdlashuvchi Tomon vakillari oʻz hududiga moneliksiz kirishini taʼminlaydi, shuningdek basharti, hodisa chogʻida jabrlangan boʻlsalar ekipaj va yoʻlovchilarga yordam koʻrsatish yuzasidan shoshilinch choralar koʻradi hamda ushbu havo kemasidagi pochta, yoʻlovchilar yuklari va yukning asralishini taʼminlaydi. Hodisani tekshirayotgan Ahdlashuvchi Tomon uning natijalari xususida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududi orqali toʻgʻri tranzit bilan oʻtayotgan va ana shu maqsad uchun tayyoragoh hududidan ajratilgan joyni tark etmaydigan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuklari va yuk, agar aviatsiya xavfsizligini taʼminlash choralari buni taqozo etmasa, faqat yuzaki tekshiruvdan oʻtkaziladi. Toʻgʻri tranzit bilan oʻtayotgan yoʻlovchilar yuklari va yuk uchun bojxona yigʻimlari va boshqa shu kabi soliqlar undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga ularning tegishli hududlari oraligʻida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllardan foydalanishda adolatli va teng shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shartlashilgan yoʻllardan foydalanishda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi ana shu yoʻnalish boʻyicha havo yoʻlidan yoki uning bir qismidan foydalanayotgan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining tashish ishlariga noodil ziyon yetkazmaslik uchun uning manfaatlarini eʼtiborga olishi lozim. Ana shu maqsadda Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari birgalikda foydalanish yoki foydani kelishilgan nisbatda baham koʻrish toʻgʻrisida oʻzaro bitim tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari xizmat koʻrsatadigan shartlashilgan yoʻllar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tashishlarda ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq boʻlishi lozim hamda har bir aviakorxona shunday sigʻim berish yuzasidan birinchi navbatdagi vazifaga ega boʻlishi kerakki, toki u ish bilan taʼminlanishning oqilona koeffitsiyentida ularning tegishli hududlari oʻrtasida yoʻlovchilar, yuk va pochta tashishda mavjud hamda oqilona moʻljallangan ehtiyojlarga javob bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tariflar qanday shartlashilgan yoʻllarda foydalanishga ketadigan xarajatlarni, foydaning oqilona miqdorini, avialiniya tavsifini (masalan, tezlik va qulayliklarni) hamda belgilangan yoʻnalishlarning har qanday qismi uchun boshqa aviakorxonalarning tariflarini qoʻshgan holda, barcha tegishli omillarni hisobga olib oqilona meʼyorlarda belgilanishi lozim. Bu tariflar ushbu moddaning quyida keltirilgan qoidalariga muvofiq belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan tariflar, shuningdek mazkur tariflardan olinadigan vakillikka oid vositachilik haqi miqdori, imkoniyatga qarab, butun yoʻnalishdan yoki uning bir qismidan foydalanadigan boshqa aviakorxonalar bilan fikrlashib olingandan soʻng manfaatdor tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida belgilangan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha kelishib olinadi. Shu tarzda kelishib olingan tariflar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti, tayinlangan aviakorxonalar oʻttiz kun mobaynida ana shu tariflarning birortasiga rozi boʻlmasalar yoki biron boshqa sabablarga koʻra tarif ushbu moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq kelishib olinishi mumkin boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuvga binoan tarif belgilashga harakat qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti, aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq ularga taqdim qilingan biron-bir tarifni tasdiqlash masalasi boʻyicha yoki ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq biron-bir tarif belgilash boʻyicha kelishuvga erisha olmasalar, bu kelishmovchilik ushbu Bitimning 21-moddasi shartlariga binoan hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq belgilangan tariflar ushbu Modda shartlariga koʻra yangi tariflar belgilangunga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining tayinlangan aviakorxonasi parvozlar boshlanishidan kamida oltmish (60) kun oldin parvozlar takroriyligini, havo kemasi tipini, oʻrinlar komponovkasini va sotish uchun moʻljallangan miqdorini koʻrsatib, taxminiy jadvalni tasdiqlash uchun ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tayinlangan aviakorxonaning tasdiqlangan jadvaliga kiritiladigan har qanday keyingi oʻzgartirishlar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tasdigʻiga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan shartlashilgan yoʻllarda foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek bunday havo kemalari ichidagi ularning tabeldagi mol-mulki, yonilgʻi va moylash materiallari zaxiralari (oziq-ovqat, ichimlik va tamakini oʻz ichiga olgan holda), ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kelingach, zikr etilgan mol-mulk, materiallar va zaxiralar ularni qaytarib olib ketish paytiga qadar havo kemasi ichida turgan taqdirda, barcha bojxona bojlari hamda boshqa soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shuningdek, bunday bojlar, soliqlar va yigʻimlardan (koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan yigʻimlarni istisno etganda) quyidagilar ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida zikr etilgan Ahdlashuvchi Tomonning maʼmurlari belgilangan limitlar doirasida olingan va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasi ichida foydalanish uchun moʻljallangan bort zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish uchun yoki uni taʼmirlash uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududiga olib kirilgan ehtiyot qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasida ishlatish uchun moʻljallangan yonilgʻi va moylash materiallari, hatto bu zaxiralar yoʻnalishining ularni bortga olingan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududi doirasidagi qismida ishlatilgan taqdirda ham.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga oʻzining foydalanish ehtiyojlari uchun olib kelgan yoki olib keltirayotgan yonilgʻi, moylash materiallari, ehtiyot qismlari, roʻyxatdagi mol-mulk, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki buyumlarini oʻz ichiga olgan holda bort zaxiralari, reklama materiallari, avtotransport, bronlash hamda aloqa uchun elektron uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, vakolatxonalarni jihozlash hamda ularning faoliyat koʻrsatishi uchun mebel va ashyolar, ularni olib kirishda, olib chiqishda va ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi tomonning hududida turgan vaqtida barcha bojxona bojlaridan hamda boshqa soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi hisob-kitoblar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida amal qilayotgan hisob-kitoblar va toʻlovlar toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga bu aviakorxona shartlashilgan yoʻllardan foydalanishdan olgan daromadning xarajatlardan ortgan qismini erkin oʻtkazish huquqini beradi. Bu pullarga biron-bir soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi bitimning qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bunday bitim boʻlmagan yoki bunday bitimda tegishli qoidalar boʻlmagan taqdirda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli maʼmurlari ana shunday oʻtkazish tartibini aniqlashlari lozim. Basharti- ki, bu aniqlanmasa, oʻtkazish erkin almashiladigan valyutada rasmiy ayirboshlov kursi boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida qoʻllanilayotgan valyuta ayirboshlovi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shartlashilgan yoʻllardan foydalanishni taʼminlash uchun bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida zarur maʼmuriy, tijorat va texnik xodimlar bilan oʻz vakolatxonalarini ochish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga muvofiq aviatashuvlarni oʻz tashuv hujjatlarini ishlatib mustaqil ravishda sotish hamda ularni sotadigan vakillarni tayinlash huquqiga ega boʻladi. Basharti, bir Ahdlashuvchi Tomon korxonalarining ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududidagi aviatashuvlarni sotishni qoʻshgan holdagi tijorat faoliyati Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi maxsus bitim bilan tartibga solinsa oʻsha Bitim qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqlardan kelib chiqadigan oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq fuqaro aviatsiyasining gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqqa doir oʻz huquqlari va majburiyatlarining umumiy yoʻnalishlarini cheklamagan holda, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi kurash haqidagi Konvensiya, hamda 1988-yil 24-fevralda Monrealda imzolangan Xalqaro tayyoragohlarda gʻayriqonuniy kuch ishlatish harakatlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Bayonnoma qoidalariga, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi amaldagi ikki tomonlama bitimlar va Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan amaldagi koʻp tomonlama bitimlar, shuningdek ular oʻrtasida keyinchalik tuziladigan bitimlarga muvofiq ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilib olishning hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishi oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maqbul keladigan darajada Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi boʻyicha Konvensiyaga Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya havfsizligiga texnik talablar qoidalariga, shuningdek Fuqaro aviatsiyasi va samoviy hududdan foydalanishga doir Bitimga muvofiq ish koʻradilar. Ular roʻyxatga olish boʻyicha havo kemalarning foydalanuvchilaridan, asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro tayyoragohlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarining bunday foydalanuvchilaridan ushbu moddaning 3-bandida zikr etilgan qoidalarga va ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon havo kemasi oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etishini talab qilishi mumkinligiga rozi boʻladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchi yuki, yuklar va roʻyxatdagi mulkni yuk ortish va tushirish vaqtida tekshirish uchun oʻz hududi doirasida samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar qoʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan qarab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻrish orqali bir-birlariga koʻmak beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalaridan chekinyapti deb hisoblash uchun yetarli asosga ega boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan shoshilinch maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishlari mumkin. Maslahatlashuvlar ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan murojaat etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh (15) kun mobaynida maqbul kelishuvga erishilmagan yoki fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga bevosita xavf paydo boʻlgan taqdirda ushbu Bitimning 5-moddasini qoʻllash uchun asos yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagi sohalarda, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transporti sohasidagi ilmiy-texnika siyosati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviakorxonalarni moddiy-texnik taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya mutaxassislarini oʻqitish va ularni tayyorlash darajasiga qoʻyiladigan yagona talablarni ishlabchiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya texnikasidan texnik jihatda foydalanish, ularni taʼmirlash va oʻzaro tegishli ashyo-anjomlar yetkazib berish sohasida yaqin hamkorlikda va birgalikda ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlikning ana shu sohalariga daxldor masalalar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi maxsus bitimlarning mavzui boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarishga taalluqli boʻlgan barcha masalalar boʻyicha hamkorlikni taʼminlash uchun Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida vaqt-vaqti bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni yoki uning Ilovasini sharhlash yoki qoʻllash munosabati bilan yuzaga keladigan har qanday nizo ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita muzokaralar orqali hal etiladi. Basharti, zikr etilgan maʼmurlar murosaga kelmasalar, nizo bevosita Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida murosaga erishilmasa, nizo fuqaro aviatsiyasi va samoviy hududdan foydalanish toʻgʻrisidagi Bitimda belgilangan qoidalarga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitim yoki uning Ilovasi shartlarini oʻzgartirishni taklif qilsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida moʻljallanayotgan oʻzgartishlar xususida maslahatlashuvlar oʻtkaziladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari bu muddatni choʻzish toʻgʻrisida murosaga kela olmasalar, maslahatlashuvlar ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrov tushgan kundan eʼtiboran oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim. Ushbu Bitimga kiritilgan har qanday oʻzgartish diplomatik vositalar orqali notalar ayirboshlash yoʻli bilan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi. Ilovalarga oʻzgartishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim imzolangan paytdan eʼtiboran vaqtincha qoʻllanib turiladi va Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilgani haqida oxirgi yozma xabarnomalar yuborgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish istagida ekanligidan diplomatik aloqa yoʻllari orqali xabardor qilishi mumkin. Bu holda, Bitimning amal qilishi boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn ikki (12) oy oʻtgandan soʻng, basharti, Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqidagi zikr etilgan xabarnoma bu muddat tugagunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan orqaga qaytarib olinmasa, toʻxtaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilning 2-martida Moskva shahrida oʻzbek va rus tillarida ikki asl nusxada tuzildi, har ikki matn bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitimga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎1. Oʻzbekiston Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi (aviakorxonalari) har ikki tomonga parvozlarni amalga oshirishda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Joʻnash manzillari‎ Oraliq manzillar‎ Belgilangan manzillar‎ Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manzillar‎
Toshkent, Samarqand Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa manzillar‎ uchinchi mamlakatlardagi manzillar‎ Moskva, Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasidagi boshqa manzillar‎ uchinchi mamlakatlardagi manzillar‎
‎‎2. Rossiya Federatsiyasining tayinlangan aviakorxonasi (aviakorxonalari) har ikki tomonga parvozlarni amalga oshirishda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Joʻnash manzillari‎ Oraliq manzillar‎ Belgilangan manzillar‎ Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manzillar‎
Moskva, Sankt- Peterburg, Rossiya Federatsiyasidagi boshqa manzillar‎ uchinchi mamlakatlardagi manzillar‎ Toshkent, Samarqand Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa manzillar‎ uchinchi mamlakatlardagi manzillar‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning hududidagi, yoʻnalishlarning jadvalida koʻrsatib oʻtilmagan “boshqa manzillar” Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatmalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi manzillar va uchinchi mamlakatlardagi manzillar oraligʻida yoʻlovchilar, yuk va pochta tashishni amalga oshirish huquqi Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi alohida kelishuv mavzui boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Tashqaridagi manzillar” Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Parvozlar takroriyligi, havo kemalarining tiplari va shartlashilgan havo yoʻllaridan foydalanishning tijoratga oid shartlari tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etiladi.