Samarqand viloyati xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining
Qarori
Samarqand shahrida 2015-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Joriy yilda qilingan iqtisodiy tahlillardan kelib chiqib, bundan tashqari Samarqand shahrining sanoat salohiyati, kam quvvatli, past rentabelli va ishlamasdan turgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, xizmat koʻrsatish va servis xizmatini rivojlantirish, ayniqsa turizmni rivojlantirish va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan qabul qilingan dasturlarning 2015-yilda ishga tushiriladigan obyektlarini ishga tushirish evaziga yaratiladigan yangi ish oʻrinlarini inobatga olib, shu bilan birga kasb-hunar kollejlari shahar bitiruvchilari soni 2015-yilda oʻrtacha 12193 tani tashkil etishini nazarda tutgan holda, “2015-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi” ishlab chiqilib, unga koʻra 16261 ta ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Shu jumladan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etiladigan ish oʻrinlari, jami 3006 ta ish oʻrni, shulardan, sanoatda 1850 ta ish oʻrni, xizmat koʻrsatishda 571 ta ish oʻrni, ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklash hisobiga 585 ta ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlar ajratish hisobiga 9255 ta yangi ish oʻrni, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 1650 ta ish oʻrni, uy mehnatini tashkil qilish hisobiga 2350 ta ish oʻrni, jami 13255 ta ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Bulardan ayollar uchun 5333 ta ish oʻrni, yoshlar uchun 6100 ta ish oʻrni, shu jumladan kasb-hunar kollej bitiruvchilari uchun 6017 ta ish oʻrni, qamoq jazosini oʻtab kelganlarga 202 ta ish oʻrin, kvotalangan ish oʻrinlari 4122 tani tashkil etadi.
Shaharda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish va yuqoridagilar ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Samarqand shahrida “2015-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “2015-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi” ijrosini nazorat qilish Ishchi komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shahar hokimining oʻrinbosari U. Nazarovga “2015-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi” loyihasini viloyat hokimligi huzuridagi Ishchi komissiyasiga taqdim etish topshirilsin.
4. Mazkur qaror 2015-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Q. Baxronov) hamda shahar hokimining oʻrinbosari U. Nazarovlar zimmalariga yuklatilsin.
Xalq deputatlari shahar Kengashining raisi A. ShUKUROV
Samarqand sh.,
2014-yil 15-dekabr,
180-30-son
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2014-yil 15-dekabrdagi 180-30-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Samarqand shahrida 2015-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash
parametrlari
| T/r | Yoʻnalishlar | Samarqand sh. |
| 1. | Jami Dastur boʻyicha | 16 261 |
| | shu jumladan: | |
| 2. | Maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etiladigan ish oʻrinlari, jami | 3 006 |
| | ulardan: | |
| 2.1 | sanoatda | 1 850 |
| 2.2 | xizmat koʻrsatishda | 571 |
| 2.3 | qishloq xoʻjaligida (shu jumladan chorvachilik, parrandachilik, bogʻdorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, ipakchilik, uzumchilikda) | |
| 2.4 | ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklash | 585 |
| 3. | Bundan tashqari | 13 255 |
| | quyidagilar hisobiga: | |
| 3.1 | tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlari | 9 255 |
| 3.2 | yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish | 1 650 |
| 3.3 | uy mehnatini tashkil qilish | 2 350 |
| 3.4 | dehqon va fermer xoʻjaliklari | |
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2014-yil 15-dekabrdagi 180-30-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“2015-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi” ijrosini nazorat qilish Ishchi komissiyasining
TARKIBI
| 1. | Shukurov A.S. | — | Shahar hokimi, Ishchi komissiyasi raisi |
| 2. | Nazarov U.O. | — | Shahar hokimining oʻrinbosari, Ishchi komissiyasi raisi oʻrinbosari |
| 3. | Vafoqulova N.B. | — | Shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, Ishchi komissiyasi kotibi |
|
Ishchi komissiyasi aʼzolari: | |||
| 1. | Vakant | — | Shahar hokimligi iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi |
| 2. | Xolikulov A. | — | Shahar hokimligi kotibiyati mudiri |
| 3. | Shodiboyev S.X. | — | Shahar hokimligi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi boshligʻi |
| 4. | Xudarganov Sh. | — | Shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori oʻrinbosari |
| 5. | Umirzakov M. | — | Shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi boʻlim boshligʻi |
| 6. | Toshpulatov Sh. | — | Shahar statistika boʻlimi boshligʻi |
| 7. | Toniyev U. | — | Shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi |
| 8. | Radjabov E. | — | Shahar moliya boʻlimi mudiri |
| 9. | Asliddinov U.S. | — | “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar Kengashi raisi |
| 10. | Kurbanova S.U. | — | shahar hokimligi iqtisodiyot boʻlimi bosh mutaxassisi |
| 11. | Lavozimiga koʻra | — | Tijorat banklari shahar boʻlimi boshqaruvchilari |
| 12. | Lavozimiga koʻra | — | Kasb-hunar kollejlari direktorlari |
| 13. | Elmuradov B. | — | shahar Bosh meʼmori |