07.09.2010 yildagi 84-TK-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi “Oʻzstandart”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu standart Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi (keyinchalik — Tizim) ishini tashkillashtirishning tuzilmasi, vazifalari va asosiy prinsiplarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu standart mahsulotni ishlab chiqaruvchisi, yetkazib beruvchisi, sotuvchi va isteʼmolchilari boʻlgan, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, Davlat ekologik sertifikatlashtirish idoralari, ekoanalitik sinov boʻlinmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan majburiy foydalanish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Meʼyoriy hujjatlarga havolalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Atamalar va taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1 Ekologik talablar boʻyicha sertifikatlashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish sohasining atrof-muhit muhofazasi va Oʻzbekiston tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish qismi amaldagi huquqiy mexanizmning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2 Tizimning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish va undan foydalanishda ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfsiz, energiya saqlovchi texnologik jarayonlarni, jihozlarni va ishlab chiqarishni joriy etish yoʻli bilan tabiiy resurslardan ratsional foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini joylashtirish, qayta ishlash, trnsportda tashish, yoʻq qilish va koʻmish vaqtida atrof-muhitning ekologik xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va foydalanish vaqtida atrof-muhit obyektlarini ifloslanish va chiqindilar bilan toʻlishini oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3 Tizim faoliyati quyidagi asosiy tamoyillardan tarkib topgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Omilkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektivlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolislik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.1 Ochiqlik — mahsulotning transportda tashish va ishlab chiqarishda hayotiy davrining barcha pogʻonalarida atrof-muhit uchun xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning ishtiroki uchun Tizim ochiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.2 Majburiylik — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tuzilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tartibi bilan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan obyektlar roʻyxati boʻyicha sertifikatlashtirish amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.3 Omilkorlik — Tizim ishtirokchilari, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zaruriy malakaga, vositalar va vakolatga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.4 Obyektivlik — sertifikatlashtirish natijalari obyektning haqiqiy holatini aks ettirishi va tasvirlashi kerak, biron-bir korxona, tashkilot, yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tahqirlash va ustunlik berish istisno etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.5 Mustaqillik — obyektlarni ekologik sertifikatlashtirish uchun arizachi ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilarning bevosita taʼsiriga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.6 Xalqaro va milliy sertifikatlashtirish tizimi bilan oʻzaro aloqa va hamkorlikni kengaytirishi, ushbu sohada hujjatlarni uygʻunlashtirishi, Tizimni xalqaro sertifikatlashtirish tizimlariga muvofiq birlashtirish imkoniyatini koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.7 Tizim — boshqa tizimlar bilan bitimlarga asosan ekologik sertifikatlar, attestatlar, ekoxavfsizlik belgilari, sinovlar va tahlillar natijalarini oʻzaro tan olinishi taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4 Tizim, tizimda foydalaniladigan ekologiya sohasidagi meʼyoriy-uslubiy bazani takomillashtirishni koʻzda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5 Ekologik sertifikatlashtirish qonuniy tartibga solinuvchi doirada majburiy sertifikatlashtirish shaklida, hamda qonuniy tartibga solinmaydigan doirada — ixtiyoriy sertifikatlashtirish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6 Tizim davlat boshqaruvi idoralari rahbarligida faoliyat yuritadigan boshqa tekshirish va sertifikatlashtirish tizimlari bilan bitimlar asosida oʻzaro hamkorlik yuritadi. Bitimlar, shu jumladan ushbu tizim amalga oshiradigan sertifikatlashtirish ishlarini tan olish qoida va tartiblarini oʻrnatadi. Oʻzaro tan olish obyektlari sinov bayonnomasi, sertifikatlar va muvofiqlik belgisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7 Tizim ishtirokchilari oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi meʼyoriy-huquqiy aktlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8 Tizimning rasmiy tili deb, davlat tili — oʻzbek tili hisoblanadi. Tizim ishtirokchisining murojaatiga koʻra ekologik sertifikatlar, guvohnomalar va boshqa hujjatlar huquqiy qoida bilan oʻrnatilgan asl nusxaga mosligini tasdiqlovchi boshqa tilda rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9 Tizimning axborot bazasi oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan va tizimning axborot-maʼlumot fondiga kiritilgan hujjatlar tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiyalangan idoralari, tabiatni muhofaza qilish analitik nazorati laboratoriyalari, ekspert — auditorlar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirishgan ekspert-auditorlar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik sertifikatlashtirishdan oʻtgan obyektlar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha maʼlumot, hisobot va boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ekologik sertifikatlar va ekologik xavfsizlik belgilari reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tizimdagi tashkiliy tuzilma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1 Tizim doirasidagi ekologik sertifikatlashtirish faoliyatni muvofiqlashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2 Tizimning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va meʼyorlashtirish maxsus vakolatli boshqarmasi (Boshdavekosertifikat).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiyalangan davlat idoralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekoanalitik sinov laboratoriyalari (ANIDI);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik guruhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimning konsultatsion markazlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3 Tashkiliy tuzilmaga, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibga asosan, vakolatlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjali vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va boshqa idoralar ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tizim ishtirokchilarining vazifalari va maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1 Tizimning funksional boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2 Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida standartlashtirish masalalarini echishda standartlashtirish boʻyicha bazaviy tashkilot (SBT) faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3 Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining vakolatli boshqaruvi quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini yuritadi, ekologik sertifikatlashtirish ishlarini oʻtkazishda umumiy qoidalarni oʻrnatadi, ular toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlarni nashr etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha dastur loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga asosan xalqaro sertifikatlashtirish tizimlariga qoʻshilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek ekologik sertifikatlashtirish natijalarini oʻzaro tan olish bitimlarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Tizim faoliyati sohasidagi meʼyoriy-huquqiy aktlar loyihalarini kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy ekologik sertifikatlashtirish kerak boʻlgan obyektlar roʻyxatini aniqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va tabiatdan foydalanish sohalaridagi qonuniy va meʼyoriy aktlar loyihalarini ishlab chiqish va moliyalashtirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimni xalqaro (hududiy) tizimlarda tanishtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimning Davlat Reyestrini yuritishda nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunga muvofiq Tizim doirasida amalda boʻlgan turli qarorlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4 Tizimda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun ekologik sertifikatlashtirish idoralari, tabiatni muhofaza qilish analitik nazorat laboratoriyasi oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5 Tizimda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirishda auditorlik guruhlari va mustaqil ekspertlar oʻz faoliyat yoʻnalishida malakaga, ish stajiga hamda attestatlangan yoki sertifikatlangan kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6 Barcha idoralar, laboratoriyalar va auditorlik guruhlari oʻzining faoliyatida tizimning rahbariy va meʼyoriy hujjatlariga amal qiladilar va oʻrnatilgan jarayonlar doirasida ishlarni amalga oshirish va shunga muvofiq xulosalarni qabul qilishda mustaqil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7 Zarur boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qaroriga koʻra, meʼyoriy hujjatlar talablari va sertifikatlashtirish protseduralarning oʻziga xosligini eʼtiborga olib, tizimda bir turdagi obyektlarni sertifikatlashtirish tizimi va atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarish tizimi tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8 Ekologik sertifikatlashtirish idoralari, oʻrnatilgan tartibda akkreditatlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining mustaqil hududiy qoʻmitalar boʻlinmalari bazasida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.9 Shuningdek, ekologik sertifikatlashtirish idoralari sifatida, oʻrnatilgan tartibda akkreditatlangan, muvofiq analitik laboratoriyalarga ega, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan bitimga ega, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat boshqaruv idoralarining maxsus boʻlinmalari ham boʻlishi mumkin. Shunday idoralar faoliyatiga jamoat tashkilotlari ham jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.10 Konsultativ tashkilotlar Tizimning arizachilariga obyektlarni ekologik sertifikatlashtirishga tayyorlash bosqichida tashkiliy va uslubiy yordam koʻrsatishi, shuningdek ularning qiziqishlarini ekologik sertifikatlashtirishni tashkil etish va oʻtkazishda tanishtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.11 Konsultativ tashkilotlar taqdim etiladigan xizmatlarning zarur sifatini taʼminlash maqsadida Tizimda attestatsiya protsedurasini oʻtishlari shart va Tizimning konsultativ tashkilotlar reyestriga kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tizimdagi ekologik sertifikatlashtirish obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1 Tizimdagi ekologik sertifikatlashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli qarorining 1-ilova A va V roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-iyulidagi 318-sonli qaroriga, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq mahsulot va ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli qarorining 1-ilova A roʻyxatiga muvofiq ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O`z RN 84.11-5. O`zRN 84.11-14 ga muvofiq texnologik jarayonlar, xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom va 14000 seriyadagi xalqaro standartlarga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish boshqaruv tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2 Tizimda majburiy ekologik sertifikatlashtirish quyidagilarga oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) majburiy tartibda sertifikatlashtirishga muvofiq mahsulot uchun, mahsulotning barcha hayotiy davri bosqichlarida ekologik xavfsizlikni tasdiqlash maqsadida, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladigan natijalarni hisobga olib, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan ushbu mahsulot standartlariga kiritilgan ekologik talablarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻrnatilgan tartibda nashr etiladigan muvofiq qonunchilik aktlari bilan aniqlanadigan ekologik jihatdan xavfli mahsulot va ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda koʻrsatilgan obyektlarni ekologik sertifikatlashtirish “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, chiqindilarni esa — ushbu standartning 8-boʻlimiga muvofiq oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tizimda ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazishga muvofiq meʼyoriy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1 Tizimning meʼyoriy hujjatlari majburiy ekologik sertifikatlashtirish oʻtkazishni tartibga soladi va mahsulotlar, ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari, xizmatlar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish, atrof-muhitni boshqarish tizimlari, mahalliy, shuningdek importga ishlab chiqariladigan boshqa obyektlarni ekologik sertifikatlashtirishga taalluqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2 Ekologik sertifikatlashtirish oʻtkaziladigan muvofiq meʼyoriy hujjatlar — texnik reglamentlar va standartlar, sanitar meʼyor va qoidalar, qurilish meʼyorlari va qoidalari va ishlatilishi majburiy boʻlgan ekologik xavfsizlik meʼyorlarini oʻrnatuvchi boshqa meʼyoriy hujjatlar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3 Ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun, ushbu hujjatlar jalb etilgan holda sudda munozarali masalalar koʻriladigan holatlarda, ekspert xulosasi olingan faqat oʻsha meʼyoriy hujjatlargina yaroqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4 Oʻlchashlar bajarilishining uslubiyatlari oʻlchashlar natijalari xatoligini baholashni oʻz ichiga olishi va oʻlchashlar oʻtkazishning real sharoitlarida oʻrnatilgan aniqlikni taʼminlashi kerak. Oʻlchashlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan oʻlchashlar bajarilishining attestatlangan uslubiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.5 Ishlatiladigan oʻlchov vositalari oʻrnatilgan aniqlik bilan qonuniy birliklarda oʻlchashlar natijalarini taʼminlashi va qoʻllash shartlariga muvofiq boʻlishi kerak. Oʻlchash vositalari oʻrnatilgan tartibda qiyoslanishi va kalibrlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ekologik sertifikatlashtirishning baʼzi obyektlari uchun ekologik talablarni bajarishning sifat koʻrsatkichlaridan foydalanish mumkin: meʼyoriy hujjatlarda oʻrnatilgan organoleptik, ekspertlik, ijtimoiy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekologik sertifikatlashtirish obyektlarining koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.1 Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar va ishlab chiqarish chiqindilar va texnologik jarayonlar uchun sertifikatlashtirish koʻrsatkichlari roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan mahsulot, xizmatlar va chiqindilarning standartlariga aniq koʻrsatkichlar va meʼyorlar kiritish yoʻli bilan oʻrnatiladi va toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.2 Korxonalar, ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarni ekologik sertifikatlashtirishda sertifikatlashtirish koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosferaga chiqariladigan ifloslangan moddalarning yoʻl qoʻyilgan chegaraviy tashlashlari (YQChT);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatdagi vositalardan chiquvchi gazlardagi zararli moddalari meʼyoriy tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqova suvlar bilan chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyilgan chegaraviy tashlashlari (YQChT);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini joylashning tashkil etish meʼyorlari va limitlari (YQChM).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik talablari koʻrsatilib, majburiy ekologik sertifikatlashtirish oʻtkaziladigan, obyektlar roʻyxati V ilovada berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.3 Majburiy sertifikatlashtirish oʻtkaziladigan mahsulot va chiqindilarni transchegaraviy tashishda sertifikatlashtirish koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transportda tashish, oʻrab joylash va saqlashga talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotning hayotiy davri bosqichlarida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi moddalar tarkibiga talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot va/yoki chiqindidan ikkilamchi foydalanishda yaroqliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar — himoya hududi havosida yoʻl qoʻyilgan chegaraviy konsentratsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik talablari koʻrsatilib, ekologik sertifikatlashtirish oʻtkaziladigan obyektlar roʻyxati S ilovada berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boshqa idoralar bilan oʻzaro aloqa tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1 Obyektning ekologik xavfsizligini tasdiqlashda, gigiyenik talablarni tasdiqlash zarur boʻlgan hollarda, ekologik sertifikatlashtirish idorasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi idoralari bilan oʻzaro faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2 Obyektning ekologik sertifikatlashtirishda, tabiiy resurslarni qazib olish va foydalanish (foydali qazilmalarni) holatlari kuzatilsa, shuningdek ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari bilan muomalada, xususan ulardan foydalanish, yoʻq qilish va koʻmishda, ekologik sertifikatlashtirish idorasi, zaruriyatga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal — maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qoʻmitasi, radioaktiv chiqindilar holatida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.3 Obyektni ekologik sertifikatlashtirishda uni qurilish meʼyor va qoidalariga muvofiqligini tasdiqlash holatlarida, ekologik sertifikatlashtirish idorasi, zarur boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan oʻzaro faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.4 Majburiy ekologik sertifikatlashtiriladigan obyektlarning transchegaraviy tashilishida, ekologik sertifikatlashtirish idorasi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi idoralari bilan oʻzaro faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.5 Mahsulot va chiqindilarni ekologik xavfsizligini tasdiqlash uchun transportda tashish, saqlash, mahsulotni maxsus tavsiflarini tamgʻalash, shuningdek ikkilamchi resurs sifatida ishlatishni yoki yoʻq qilish, zararsizlantirish va/yoki atrof-muhitda joylashtirish uchun, mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni aniqlash sinovlari oʻtkazilganida, aloqadorligidan qatʼiy nazar akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari natijalari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.6 Mahsulotga muvofiqlik sertifikati ekologik sertifikat mavjudligida yoki ushbu mahsulotga ekologik xulosa va boshqa hujjatlar (zaruriyat boʻlganida) mavjudligida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.7 Oʻzaro aloqa tartibi manfaatdor taraflarning oʻzaro bitimiga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A ILOVA
(majburiy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ekologik sertifikatlashtirish davlat tizimining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V ILOVA
(majburiy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ekologik sertifikatlashtiriladigan obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati

T/r‎ Sanoat tarmoqlari‎ Obyektning nomlanishi‎ Ishlab chiqariladigan mahsulot turi‎

Ekologik talablar‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

1.‎

Kimyoviy‎

Ishlab chiqarish,
‎texnologik jarayonlar‎

Polimyerlar,
‎plastmassalar,
‎kimyoviy tolalar,
‎kauchuk,
‎oʻgʻitlar,
‎prekursorlar ‎

Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Saqlash joylari, usullari, sharoitlariga talablar;
‎Chiqindilarni utillashtirish (qayta ishlash), koʻmish usuli.

2.‎ Mashinasozlik Avtomobilsozlik Aviasozlik Transport ‎ ‎

Dastgohlar,
‎asbob-uskunalar,
‎texnologik
‎uskunalar, ‎butlovchi
‎mahsulotlar va
‎ehtiyot qismlar,
‎avtotransport
‎vositalari,
‎traktorlar,
‎kombaynlar,
‎samolyotlar,
‎vertolyotlar,
‎teplovozlar,
‎motovelotexnika‎

Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Chiqindilarni yigʻish, toʻplash usullariga, olib chiqishning davriyligiga talablar;
‎Chiqindilarning miqdori va tarkibiga talablar;
‎Saqlash joylari, usullari, sharoitlariga talablar;
‎Transportda tashish shartlari va vositalariga talablar;
‎Harakatdagi vositalarning ishlangan gazlaridagi ifloslantiruvchi moddalar tarkibiga talablar;
‎Utillashtirish, koʻmish usullari va uslublariga qoʻyilgan talablar.

3.‎ Metallurgiya‎ ‎ Qora metall, ‎rangli
‎metalldan
‎mahsulotlar,
‎qimmatbaho metall
‎mahsulotlari,
‎radioaktiv
‎materiallar‎

Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Chiqindilarni yigʻish, toʻplash usullariga, olib chiqishning davriyligiga talablar;
‎Chiqindilarning miqdori va tarkibiga talablar;
‎Yoʻqotish usullar, uslublari va vositalariga qoʻyilgan talablar;
‎Oʻrab joylashning saqlanuvchanlik usullari va turlariga talablar.

4.‎ Neft-gaz‎ ‎ Neft va gaz
‎yoqilgʻisi, ‎yoqilgʻi-
‎moylash
‎materiallari‎

Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Yuklash va tushirishga talablar;
‎Saqlash joylariga talablar;
‎Taxlash usullariga talablar;
‎Chiqindilarni yigʻish, toʻplash usullariga, olib chiqishning davriyligiga talablar;
‎Chiqindilarning miqdori va tarkibiga talablar;
‎Yoʻqotish usullar, uslublari va vositalariga qoʻyilgan talablar;
‎Avariya holatlarida, sizib chiqish va quyilib ketish holatlarida harakatlar. ‎

5.‎ Yogʻochni qayta ishlash‎ ‎ Pista koʻmir, ‎ishga
‎yaroqli yogʻoch-taxta,
‎qogʻoz, karton‎

Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Saqlash shartlariga talablar (boshqa mahsulot bilan uygʻunligi, alohida saqlash zaruriyati, ruxsat etilgan hajmi va atrof-muhit shartlari);
‎Transportda tashish shartlari va vositalariga talablar;
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Chiqindilarni yigʻish, toʻplash usullariga, olib chiqishning davriyligiga talablar.‎

6.‎ Oziq-ovqat
‎Tegirmon sanoati ‎
‎ Qandolatchilik
‎mahsulotlari,
‎omixta yem,
‎parfyumer-kosmetika mahsulotlari‎

Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Saqlash shartlariga talablar (boshqa mahsulot bilan uygʻunligi, alohida saqlash zaruriyati, ruxsat etilgan hajmi va atrof-muhit shartlari);
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Chiqindilarni yigʻish, toʻplash usullariga, olib chiqishning davriyligiga talablar;
‎Chiqindilarning miqdori va tarkibiga talablar;
‎Yoʻqotish usullar, uslublari va vositalariga qoʻyilgan talablar;
‎Saqlash joylari, usullariga talablar;
‎Transportda tashish shartlari va vositalariga talablar.‎

7.‎ Agrosanoat kompleksi‎ ‎ Konservalangan goʻsht,
‎baliq, sabzavotlar,
‎mevalar, alkogol,
‎alkogolsiz
‎ichimliklar‎

Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Saqlash shartlariga talabla� (boshqa mahsulot bilan uygʻunligi, alohida saqlash zaruriyati, ruxsat etilgan hajmi va atrof-muhit shartlari);
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Chiqindilarni yigʻish, toʻplash usullariga, olib chiqishning davriyligiga talablar;
‎Saqlash joylari, usullariga talablar;
‎Chiqindilarning miqdori va tarkibiga talablar;
‎Yoʻqotish usullar, uslublari va vositalariga qoʻyilgan talablar;
‎Avariya hollarida gaz chiqishi va toʻkilish hollaridagi harakatlar;
‎Transport vositalari turlariga, ularni toʻldirish, mahsulotlarni mahkamlash usullariga talablar.‎

8.‎ Yengil va toʻqimachilik
‎sanoati‎
‎ Kiyim va poyafzal‎

Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Saqlash shartlariga talablar (boshqa mahsulot bilan uygʻunligi, alohida saqlash zaruriyati, ruxsat etilgan hajmi va atrof-muhit shartlari);
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Avariya hollarida gaz chiqishi va toʻkilish hollaridagi harakatlar;
‎Chang-gaz tozalovchi qurilmalarning mavjudligi, tozalash darajasi;
‎Suv tozalash qurilmalarining mavjudligi — tozalash darajasi;
‎Qayta suv taʼminotini qoʻllash;
‎Transportda tashish shartlari (ruxsat etilgan tashqi taʼsirlar, mosligi);
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Chiqindilarni yigʻish, toʻplash usullariga, olib chiqishning davriyligiga talablar;
‎Chiqindilarning miqdori va tarkibiga talablar;
‎Yoʻqotish usullar, uslublari va vositalariga qoʻyilgan talablar. ‎

9.‎ Farmakologiya‎ ‎ Farmotsevtika
‎mahsulotlari‎
Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Saqlash shartlariga talablar (boshqa mahsulot bilan uygʻunligi, alohid� saqlash zaruriyati, ruxsat etilgan hajmi va atrof-muhit shartlari);
‎Transportda tashishdan soʻng yuklash, tushirish va boshqa mahsulot bilan muomalada boʻlish qoidalari;
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Mahsulotning alohida xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan maxsus talablar;
‎Avariya hollarida gaz chiqishi va toʻkilish hollaridagi harakatlar;
‎Chang-gaz tozalovchi qurilmalarning mavjudligi, tozalash darajasi;
‎Suv tozalash qurilmalarining mavjudligi — tozalash darajasi;
‎Qayta suv taʼminotini qoʻllash;
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Chiqindilarni yigʻish, toʻplash usullariga, olib chiqishning davriyligiga talablar;
‎Chiqindilarning miqdori va tarkibiga talablar;
‎Yoʻqotish usullar, uslublari va vositalariga qoʻyilgan talablar. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S ILOVA
(majburiy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transchegaraviy tashishda majburiy ekologik sertifikatlashtiriladigan mahsulot va chiqindilarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Obyektning nomlanishi‎

Mahsulot va chiqindi turlari‎

Ekologik talablar‎

1.‎ Ekologik jihatdan xavfli mahsulotni transchegaraviy tashish‎ Zaharli ximikatlar
‎Qurilish materiallari
‎Prekursorlar
‎Tabiiy boʻlmagan oʻgʻitlar
‎Yoqilgʻi ‎
Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Saqlash joylari, usullari, sharoitlariga talablar; Chiqindilarni utillashtirish (qayta ishlash) koʻmish usullari. ‎
2. Transchegaraviy
‎tashish‎
Metall shlam
‎Tarkibida metall boʻlgan chiqindilar
‎Prokat va metiz sexlarida qayta ishlatib
‎boʻlingan zararlovchi eritmalar
‎Ishqoriy metallarning silikatlari
‎Ishlatib boʻlingan mineral moylar
‎Tarkibida simob boʻlgan chiqindilar
‎Plastmassa chiqindilari, boʻlaklar va‎ qirindilar
‎Sunʼiy tola chiqindilari
‎Rezinotexnika mahsulotlari chiqindilari ‎
Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan otqin tashlamalar;
‎Chegaraviy yoʻl qoʻyilgan tashlamalar;
‎Mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni tarkibiga talablar;
‎Chiqindilarning hosil boʻlish limiti;
‎Chiqindilarni yigʻish, toʻplash usullariga, olib chiqishning davriyligiga talablar;
‎Chiqindilarning miqdori va tarkibiga talablar;
‎Saqlash joylari, usullari, sharoitlariga talablar;
‎Transportda tashish shartlari va vositalariga talablar;
‎Harakatdagi vositalarning ishlangan gazlaridagi ifloslantiruvchi moddalar tarkibiga talablar;
‎Chiqindilarni utillashtirish, koʻmish usullari, uslubiyatlariga talablar. ‎