Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 31.12.2014 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 16.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining issiqlik elektr stansiyalarini barqaror moliyaviy holatda saqlash, respublika isteʼmolchilarining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi 340-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan “Oʻzbekenergo” DAK korxonalariga nisbatan shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga oshiriladigan koeffitsent qoʻllash bekor qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-2013-yillar uchun shartnomaviy hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga 2 koeffitsentdan foydalangan holda “Oʻzbekenergo” DAK issiqlik elektr stansiyalariga ilgari qoʻllanilgan oshirilgan toʻlovlarni hisobga olmasdan oʻzaro hisob-kitoblarni qayta hisoblab chiqish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekenergo” DAK va “Oʻzbekneftgaz” MXK ushbu qarorga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari I.Gʻ.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 5-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son)