Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2019 31.12.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2647
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 31-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2647]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-avgustdagi 318-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2647-1, 05.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Sh. TEShAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 2-dekabrdagi 10-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom talablari davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan paxta xomashyosi va gʻalla hosilini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan gʻalla hosilini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga ammiakli selitrani yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilishga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo korxonalari — “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi (bundan buyon matnda “Oʻzkimyosanoat” DAK deb yuritiladi) tizimidagi azotli, fosforli, kaliyli va kompleks oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral oʻgʻitlar — kimyo korxonalari tomonidan davlat standartlariga mos ravishda ishlab chiqariladigan oʻsimliklar uchun talab etiladigan oziq moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya — bir vaqtning oʻzida mineral oʻgʻitlardan foydalanuvchilarga yetkazib berilishi yoki oʻzida zaxiraga olinishi moʻljallangan mineral oʻgʻitlarning maʼlum bir miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalari — davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan paxta xomashyosi va gʻalla hosilini yetishtiruvchi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan gʻalla hosilini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa shakldagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashtirilgan korxonalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Etkazib beriladigan mineral oʻgʻitlarning miqdorini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Fermerlar kengashi bilan kelishgan holda har yili 1-oktabrdan kechiktirmay, kelgusi yil uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga talab qilinadigan mineral oʻgʻitlarning miqdori boʻyicha tegishli prognozni shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan prognoz asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAK hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yil uchun mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va taqsimlash balansi loyihasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va taqsimlash balansi loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda uni tasdiqlash uchun har yili 1-dekabrdan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tasdiqlangan mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va taqsimlash balansiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAK bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni oyma-oy yetkazib berish taqsimot-rejasini tayyorlaydi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur taqsimot-reja asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari (bundan buyon matnda “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari deb yuritiladi) bilan birgalikda tuman (shahar)lar kesimida qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni oyma-oy yetkazib berish taqsimot-rejasini tayyorlaydi va uni tasdiqlash uchun tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan taqsimot-reja asosida tuman (shahar) qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlarining tumanlararo va tuman filiallarining bilan birgalikda tegishli tuman (shahar)lardagi qishloq xoʻjaligi korxonalari kesimida mineral oʻgʻitlarni oyma-oy yetkazib berish taqsimot-rejasi tayyorlanadi va uni tasdiqlash uchun tegishli tuman (shahar) hokimiga kiritiladi. Bunda har bir qishloq xoʻjaligi korxonasining yetishtiradigan ekin turi va uning hosildorligi, mineral oʻgʻitlar uchun toʻlov manbalari, shuningdek yetkazib berish muddatlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining joylashtirilishidan kelib chiqqan holda, yil davomida qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni oyma-oy yetkazib berish taqsimot-rejalariga tasdiqlangan balans miqdorlaridan chiqmagan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish boʻyicha kimyo korxonalari bilan “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga, shuningdek “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari bilan qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kimyo korxonalari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kimyo korxonalaridan “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlariga mineral oʻgʻitlar ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, deklaratsiya qilingan (bundan buyon matnda deklaratsiya qilingan deb yuritiladi) narxlarda yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari va kimyo korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan, mineral oʻgʻitlar yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda, yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlarning har bir partiyasi uchun oldindan 30 foiz haq toʻlash shartlarida yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari tomonidan kimyo korxonalaridan mineral oʻgʻitlarni xarid qilish uchun Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 1319, 2004-yil 2-mart) muvofiq, qisqa muddatli maqsadli revolverli kreditlar ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mineral oʻgʻitlarni oʻz vaqtida “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlariga temir yoʻl orqali yetkazib berish (tegishli hududdagi temir yoʻl stansiyasiga yetkazib berish sharti bilan) kimyo korxonalari va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlarining omborlari joylashgan joyidan qatʼi nazar, ulargacha boʻlgan masofagacha (tegishli hududdagi temir yoʻl stansiyasigacha) temir yoʻl orqali mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan bir xil tariflarda (mineral oʻgʻitlarning har bir tonnasi uchun) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mineral oʻgʻitlarni temir yoʻl orqali yetkazib berish xarajatlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasiga, avtotransport vositasida yetkazib berish xarajatlari avtotransport xizmatini koʻrsatuvchi korxonalarga “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari tomonidan toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kimyo korxonalari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlariga mineral oʻgʻitlarni temir yoʻl vagonlariga yoki avtotransportga yuklab joʻnatishda, mineral oʻgʻitlar yoʻl yuk xati, sifat sertifikati va ularning narxi koʻrsatilgan hisobvaraq-faktura bilan birga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari mineral oʻgʻitlarni kimyo korxonalaridan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berishgacha boʻlgan jarayonda yuzaga keladigan barcha xarajatlarni deklaratsiya qilingan ustama (bundan buyon matnda ustama deb yuritiladi) hisobidan qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni kimyo korxonalari tomonidan berilgan hisobvaraq-fakturada mineral oʻgʻitlar uchun belgilangan narxga ustamani qoʻshgan holda yetkazib beriladi. Bunda davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan gʻalla hosilini yetishtirishga faqat amiakli selitra yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berishni agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqib, tuman (shahar)lardagi qishloq xoʻjaligi korxonalari kesimida mineral oʻgʻitlarni oyma-oy yetkazib berish taqsimot-rejasiga asosan talab qilingan miqdorda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish, ularga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda oldindan haq toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni ularning ekin dalasigacha yetkazib berish ular oʻrtasidagi mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi. Bunda qishloq xoʻjaligi korxonalarining ekin dalasigacha amiakli selitrani yetkazib berish Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ammiakli selitrani yetkazib berish shartnomalarini tuzish, saqlash va berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1451, 2005-yil 16-fevral) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan paxta xomashyosi va gʻalla hosilini yetishtirishga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar uchun hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-apreldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda davlat budjetidan ajratiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari hamda boshqa moliyaviy manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan paxta xomashyosi va gʻalla hosilini yetishtirishga Jamgʻarma resurslari hisobidan tijorat banklari orqali ajratiladigan imtiyozli kredit mablagʻlarining mineral oʻgʻitlar uchun koʻzda tutilgan qismi joriy yil hosiliga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar xaridi uchun sarflanadi. Bunda imtiyozli kredit mablagʻlarining mineral oʻgʻitlar uchun koʻzda tutilgan qismini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bogʻliq boshqa turdagi xarajatlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qishloq xoʻjaligi korxonalariga Jamgʻarma resurslari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar va davlat budjetidan ajratiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar miqdori va ular uchun kelib tushgan mablagʻlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari boʻyicha alohida hisob-kitobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari tomonidan mineral oʻgʻitlarni qabul qilib olgandan soʻng kimyo korxonalari tomonidan mineral oʻgʻitlarning sotilganlik faktini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kimyo korxonalari tomonidan yuklab joʻnatilgan mineral oʻgʻitlarni taqdim etilgan toʻlov hujjatlari (hisobvaraq-faktura) asosida “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga muvofiq tarzda oʻrnatilgan tartibda kirim qiladi va mineral oʻgʻitlarni sotish vaqtida kirim qilingan bahoni oʻzgartirishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan mineral oʻgʻitlar uchun toʻlangan mablagʻlarning ustama haqidan tashqari qismini oʻz ehtiyojlari uchun ishlatilishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar hamda amalga oshirilgan toʻlovlarni monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari tuman filiallari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar oʻrtasida mineral oʻgʻitlar boʻyicha shartnomalarni tuzish hamda ularning ijrosi boʻyicha monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari uchun yil davomida yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlarni turlari boʻyicha har oylik taqsimotni hamda qiymatini mazkur Nizomning 1-2-ilovalaridagi jadval asosida har bir qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar kesimida hisob-kitob qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar va amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq jadval asosida kunlik monitoring yuritadi va tahlil qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar hamda amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha olib borilayotgan kunlik maʼlumotlarni mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq jadval asosida har hafta yakuni bilan umumlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. “Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyatlari mineral oʻgʻitlarni belgilangan meʼyorlar boʻyicha sarflanishiga va meʼyorlardan ortiqcha hamda toʻlovsiz berilmasligiga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” DAK, Oʻzbekiston Fermerlari Kengashi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 24-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 24-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK raisi N. IBRAGIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 18-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermerlari Kengashi raisi S. TURDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 17-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi boshqaruv raisi A. RAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 21-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlarning turlari boʻyicha har oylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎________________________________ ga paxta xomashyosini yetishtirish uchun‎‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎(qishloq xoʻjaligi korxonasining nomi)‎
‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ T/r Etkazib beriladigan mineral oʻgʻitning turi‎‏ Etkazib beriladigan mineral oʻgʻitning miqdori (tonna)‎‏ Etkazib beriladigan mineral oʻgʻitning 1 tonnasi uchun narx (soʻm) Etkazib beriladigan mineral oʻgʻitning jami qiymati (soʻm)‎‏ Mineral oʻgʻitlarni oylar boʻyicha yetkazib berish taqsimoti
‎ yanvar‎ fevral‎ mart‎ aprel‎ may‎ iyun‎ iyul‎ avgust‎ sentyabr‎ oktyabr‎ noyabr‎ dekabr‎
‎ ‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎“Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyati
‎(tumanlararo va tuman filiali) rahbari‎‎‎
‎ ‎ ‎

‎‎_________

‎ ‎

_________________________

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(imzo)

‎ ‎

(‎‎F.I.O.)

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ M. Oʻ.‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Tuman (shahar) qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi ‎ ‎ ‎ ‎

_________‎‎

‎ ‎

_________________________‎‎

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎ ‎

(‎‎F.I.O.) ‎‎

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ M. Oʻ.‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎_____________________________ rahbari‎‎ ‎ ‎ ‎

_________‎‎‎

‎ ‎

_________________________‎‎

‎
‎‎(qishloq xoʻjaligi korxonasining nomi) ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(imzo)‎‎

‎ ‎

(‎‎F.I.O.)‎‎

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ M. Oʻ.‎‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlarning turlari boʻyicha har oylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎________________________________ ga gʻalla hosilini yetishtirish uchun‎‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎(qishloq xoʻjaligi korxonasining nomi)‎
‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ T/r Etkazib beriladigan mineral oʻgʻitning turi‎‏ Etkazib beriladigan mineral oʻgʻitning miqdori (tonna)‎‏ Etkazib beriladigan mineral oʻgʻitning 1 tonnasi uchun narx (soʻm) Etkazib beriladigan mineral oʻgʻitning jami qiymati (soʻm)‎‏ Mineral oʻgʻitlarni oylar boʻyicha yetkazib berish taqsimoti
‎ yanvar‎ fevral‎ mart‎ aprel‎ may‎ iyun‎ iyul‎ avgust‎ sentyabr‎ oktyabr‎ noyabr‎ dekabr‎
‎ ‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎“Qishloqxoʻjalikkimyo” jamiyati
‎(tumanlararo va tuman filiali) rahbari‎‎‎
‎ ‎ ‎

‎‎_________

‎ ‎

_________________________

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(imzo)

‎ ‎

(‎‎F.I.O.)

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ M. Oʻ.‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Tuman (shahar) qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi ‎ ‎ ‎ ‎

_________‎‎

‎ ‎

_________________________‎‎

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎ ‎

(‎‎F.I.O.) ‎‎

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ M. Oʻ.‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎_____________________________ rahbari‎‎ ‎ ‎ ‎

_________‎‎‎

‎ ‎

_________________________‎‎

‎
‎‎(qishloq xoʻjaligi korxonasining nomi) ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(imzo)‎‎

‎ ‎

(‎‎F.I.O.)‎‎

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ M. Oʻ.‎‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar
va amalga oshirilgan toʻlovlarning kunlik monitoringi
(hisobot kuni: 20__ yil “___” ___________)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar‎‏ 20__ yil _______ (oy) holatiga yetkazib berilishi moʻljallangan mineral oʻgʻitlarning miqdori (tonna) Hisobot kuniga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlarning miqdori (tonna)‎‎‏ Hisobot kuniga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlarning qiymati (ming soʻm)‎‎
jami qiymati‎‏ shu jumladan:‎‎
paxta‎‎ gʻalla‎‎ paxta gʻalla‎‎ paxta‎‎ gʻalla‎‎
azotli‎‏ fosforli‎‏‎ kaliyli‎‏‎ azotli‎‏ fosforli‎‏ kaliyli‎‏ azotli‎‏ fosforli‎‏ kaliyli‎‏ azotli‎‏ fosforli‎‏ kaliyli‎‏ azotli fosforli‎‏ kaliyli‎‏ azotli‎‏‎ fosforli‎‏ kaliyli‎‏
‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan mineral oʻgʻitlar uchun toʻlangan jami mablagʻlar (ming soʻm) shu jumladan:‎‎‎ Etkazib berilgan mineral oʻgʻit uchun toʻlanmagan mablagʻ (ming soʻm)‎‏
20__ yilda gʻalla hosilini yetishtirish uchun imtiyozli kredit hisobidan‎ 20__ yilda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kredit hisobidan‎ 20__ yil gʻalla hosili yakuniy hisob-kitob mablagʻlari hisobidan‎ oldingi yil paxta hosili yakuniy hisob-kitob mablagʻlari hisobidan‎ keyingi yil gʻalla hosilini yetishtirish uchun imtiyozli kredit hisobidan‎ 20__ yil paxta hosili yakuniy hisob-kitob mablagʻlari hisobidan‎ moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari hisobidan‎ tijorat kreditlari hisobidan‎ debitorlik qarzi hisobidan ‎ boshqa mablagʻlar hisobidan‎
21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎ 28‎ 29‎ 30‎ 31‎ 32‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish va ular uchun hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar hamda amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha olib borilayotgan kunlik maʼlumotlarning umumlashmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏‏‏ Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar 20__ yil 1-yanvar holatiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning qarzdorligi‎‏‎ Joriy yilda yetkazib berilishi moʻljallangan mineral oʻgʻitlarning miqdori (tonna, sof holda) ‎‏‏‏ shu jumladan:‎‎‎‎ Hisobot kuniga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar qiymati (ming soʻm)‏ shu jumladan:‎‎
joriy yil hosili uchun‎‎ keyingi yil hosili uchun‎‎ joriy yil hosili uchun‎‎ keyingi yil hosili uchun‎‎
debitor‎‏ kreditor paxta‎‎ gʻalla paxta gʻalla‎‎ paxta‎‏ gʻalla‎‏‎ paxta ‎‏ gʻalla‎‏
azotli‎ fosforli‎ kaliyli‎ azotli‎ fosforli‎ kaliyli‎ azotli‎ fosforli‎ kaliyli‎ azotli‎ fosforli‎ kaliyli‎
‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan mineral oʻgʻitlar uchun toʻlangan jami mablagʻlar (ming soʻm)‎‏ shu jumladan:‎‎‎ 20__ yil 1 ________ (oy) holatiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning qarzdorligi‎‎
20__ yilda gʻalla hosilini yetishtirish uchun imtiyozli kredit hisobidan ‎ 20__ yilda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kredit hisobidan‎ 20__ yil gʻalla hosili yakuniy hisob-kitob mablagʻlari hisobidan‎ oldingi yil paxta hosili yakuniy hisob-kitob mablagʻlari hisobidan‎ keyingi yil gʻalla hosilini yetishtirish uchun imtiyozli kredit hisobidan‎ 20__ yil paxta hosili yakuniy hisob-kitob mablagʻlari hisobidan‎ moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari hisobidan‎ tijorat kreditlari hisobidan‎ debitorlik qarzi hisobidan‎ boshqa mablagʻlar hisobidan‎ debitor‎ kreditor‎
22‎ 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎ 28‎ 29‎ 30‎ 31‎ 32‎ 33‎ 34‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 651-modda)