Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq buyurtmanomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻi sinovlarining quyidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi — oʻsimliklarning yangi navlari boʻyicha;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — yangi hayvon zotlari boʻyicha.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻsimliklarning yangi navlari boʻyicha buyurtmanomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻi sinovlarini oʻtkazadigan Davlat nav sinash stansiyalari va davlat nav sinash uchastkalari roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, hayvonlarning yangi zotlari boʻyicha buyurtmanomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻi sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan hayvonlarning yangi zotlari yaratilgan tashkilotlar — chorva naslchiligi subyektlarida oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazish uslubiyotini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-dekabr,
369-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52 (I)-son, 643-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2023-y., 09/23/461/0696-son)