24.12.2014 yildagi PQ-2276-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini laboratoriya uskunalari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz aholisining sanitariya-epidemiologiya jihatidan salomatligini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining moddiy-texnika bazasini zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini laboratoriya uskunalari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan 14 yil muddatga, shu jumladan 4 yil imtiyozli davrga moʻljallangan va boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan 17,44 mln AQSH dollari miqdoridagi oldi-sotdi Bitimi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshadigan ulush ekvivalenti 11,03 mln AQSH dollariga teng miqdordagi mablagʻdan, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari koʻrinishidagi ekvivalenti 3,83 mln AQSH dollariga teng miqdordagi mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining ekvivalenti 3,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan oʻz mablagʻlaridan iborat ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimga muvofiq loyihani amalga oshirish muddati 4 yilni (2015 — 2018 yy.) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini laboratoriya uskunalari bilan jihozlash” loyihasini samarali amalga oshirishda masʼul ijrochi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Oʼzmedexport” Respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi loyihani amalga oshirish doirasida tuziladigan shartnomalar boʻyicha kontragent hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini, shu jumladan ustamalarni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini laboratoriya uskunalari bilan jihozlash” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini laboratoriya uskunalari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish uchun ITB tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy mablagʻlarni qaytarish prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 - 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va ITB oʻrtasidagi boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan oldi- sotdi Bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosani bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda loyiha doirasida xarid qilinayotgan uskunalar va materiallar yetkazib berishdan oldin davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarida asbob-uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish uchun tegishli xonalar tayyorlashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash sohasi uchun koʻzda tutilgan, tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasidagi tovarlar va asbob-uskunalarni xarid qilish va moʻljallangan joygacha yetkazib berish boʻyicha xizmatlar uchun xarajatlar haqini toʻlashni amalga oshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani boshqarish funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Arab muvofiqlashtirish guruhining Loyihalarni amalga oshirish guruhi (LAOG) zimmasiga yuklansin, uning taʼminoti loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobida koʻrsatilgan OTB mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasining ulushi hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-martdagi PQ-2506-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 102-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITB mablagʻlari hisobidan xarid qilinayotgan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi, maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar va yigʻimlar toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — yuridik shaxslari — foyda soligʻi toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy jismoniy shaxslar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur imtiyozlarni taqdim etish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshgan ulushi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining taqdimnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda koʻp martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish va muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2276-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 619-modda; 2016-y., 11-son, 102-modda)