27.03.2013 yildagi K-3/188-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod turmush yili” tuman dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilning “Obod turmush yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan mamlakatda xalqning turmush darajasi va sifatini oshirish, farovonlik, tinchlik va totuvlikni taʼminlash vazifalarini amalga oshirishga resurslar va imkoniyatlarni safarbar qilish, davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarini keng jalb etish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi “Obod turmush yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1920-sonli hamda viloyat hokimining 2013-yil 13-martdagi Q-49-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi “Obod turmush yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1920-sonli hamda viloyat hokimining 2013-yil 13-martdagi Q-49-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Obod turmush yili” tuman dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Obod turmush yili” tuman dasturini amalga oshirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda barqarorlik va xavfsizlikni, fuqarolar totuvligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlash, inson huquqlari, erkinligi va manfaatlari muhofazasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi farovonligi va real daromadlarining izchil oʻsishini taʼminlash, ish bilan bandlikni oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni yanada rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda, uning ijtimoiy nochor qatlamlarini va kam taʼminlangan oilalarni davlat tomonidan aniq manzilli muhofaza qilish va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy tashxis va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash, kasalliklar profilaktikasini kengaytirish hamda ularni davolashning ilgʻor tibbiy texnologiyalari va metodlarini joriy etish, pirovard natijada odamlarning, ayniqsa bolalar va onalarning sogʻligʻini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, uygʻun kamol topgan oʻsib kelayotgan avlodni, professional, zamonaviy darajada tayyorlangan kadrlarni tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini har tomonlama oshirish, taʼlim saviyasini yanada takomillashtirish va sifatini yuksaltirish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yangi uy-joylar qurish, zamonaviy yoʻllar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, aholi punktlarini toza ichimlik suv, elektr energiyasi va issiqlik bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla institutini va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning huquqlari va vakolatlarini kengaytirish, joylarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, yosh va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularga yordam berishni yaxshilash, mahallalar va uy-joy mavzelarining tashki qiyofasini sifat jihatidan yaxshilash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini hal etishda ularning roli va ahamiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarni yanada mustahkamlash, ayollarning oila va jamiyatdagi roli va maqomini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ish bilan bandligini taʼminlash hamda ayollarning iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalaridagi faoliyatini munosib ragʻbatlantirish, ularning oʻz iqtidorini namoyon qilishi va uy-roʻzgʻordagi ishlarini yengillashtirish uchun qulay ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Obod turmush yili” tuman dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tuman komissiyasiga “Obod turmush yili” tuman dasturining bajarilishini tashkil etish va monitoringini olib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Obod turmush yili” tuman dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha komissiyasi (Hayitov) quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kunlik muddatda — tegishli tashkilot rahbarlari boshchiligida tuman dasturini amalga oshirish boʻyicha tegishli komissiyalar tuzish, ularga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning soʻzsiz, toʻliq koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyatni yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kunlik muddatda –– boshqarma, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan har bir boshqarma va idora, aholi punkti boʻyicha boʻyicha “Obod turmush yili” tarmoq dasturlarini ishlab chiqish hamda qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida tasdiqlangan tuman dasturiga kiritilgan yoʻnalishlar va tadbirlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarish ishlarini muvofiqlashtirish, ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunlari boʻyicha “Obod turmush yili” tuman dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisida tuman va viloyat hokimligiga axborot berib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Qiziltepa tongi” (Maqsudov) va “Boʻston” (Sh. Zoirova) gazetalari tahririyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod turmush yili” Davlat dasturi va “Obod turmush yili” viloyat hamda tuman dasturining maqsadi va vazifalarini, uni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari va chora-tadbirlarini aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilikning Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida doimiy xabardor boʻlishini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi aniq hissasi yoritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi (Muhammedov) mazkur qarorni Xalq deputatlari tuman Kengashining tasdigʻiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Hayitov)ga ushbu qarorni “Qiziltepa tongi” va “Boʻston” gazetalarida rasman eʼlon qilinishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. NABIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiziltepa t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q-3/188-son