Navoiy viloyati Nurota tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi “Obod turmush yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1920-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2013-yil 13-martdagi Q-49-sonli qarori ijrosini taʼminlash haqida
2013-yilning “Obod turmush yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan mamlakatda xalqning turmush darajasi va sifatini oshirish, farovonlik, tinchlik va totuvlikni taʼminlash vazifalarini amalga oshirishga resurslar va imkoniyatlarni safarbar qilish, davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarini keng jalb etish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi “Obod turmush yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1920-sonli hamda viloyat hokimining 2013-yil 13-martdagi Q-49-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. “Obod turmush yili” tuman dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Quyidagilar “Obod turmush yili” tuman dasturini amalga oshirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
tumanda barqarorlik va xavfsizlikni, fuqarolar totuvligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlash, inson huquqlari, erkinligi va manfaatlari muhofazasini taʼminlash;
aholi farovonligi va real daromadlarining izchil oʻsishini taʼminlash, ish bilan bandlikni oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni yanada rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda, uning ijtimoiy nochor qatlamlarini va kam taʼminlangan oilalarni davlat tomonidan aniq manzilli muhofaza qilish va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish;
aholi salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy tashxis va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash, kasalliklar profilaktikasini kengaytirish hamda ularni davolashning ilgʻor tibbiy texnologiyalari va metodlarini joriy etish, pirovard natijada odamlarning, ayniqsa bolalar va onalarning sogʻligʻini mustahkamlash;
jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, uygʻun kamol topgan oʻsib kelayotgan avlodni, professional, zamonaviy darajada tayyorlangan kadrlarni tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini har tomonlama oshirish, taʼlim saviyasini yanada takomillashtirish va sifatini yuksaltirish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
xalqning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yangi uy-joylar qurish, zamonaviy yoʻllar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, aholi punktlarini toza ichimlik suv, elektr energiyasi va issiqlik bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning huquqlari va vakolatlarini kengaytirish, joylarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, yosh va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularga yordam berishni yaxshilash, mahallalar va uy-joy mavzelarining tashqi qiyofasini sifat jihatidan yaxshilash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini hal etishda ularning roli va ahamiyatini oshirish;
oilalarni yanada mustahkamlash, ayollarning oila va jamiyatdagi roli va maqomini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ish bilan bandligini taʼminlash hamda ayollarning iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalaridagi faoliyatini munosib ragʻbatlantirish, ularning oʻz iqtidorini namoyon qilishi va uy-roʻzgʻordagi ishlarini yengillashtirish uchun qulay ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
3. “Obod turmush yili” tuman dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tuman komissiyasiga “Obod turmush yili” tuman dasturining bajarilishini tashkil etish va monitoringini olib borish vazifasi yuklatilsin.
4. “Obod turmush yili” tuman dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha komissiyasi (S. Mirzayev) quyidagilarni taʼminlasin:
ikki hafta muddatda — “Obod turmush yili” Davlat dasturining ustuvor yoʻnalishlari va tadbirlaridan kelib chiqqan holda tumandagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlar, jamoat tashkilotlari tomonidan “Obod turmush yili”ning tarmoq dasturlari ishlab chiqilishini hamda qabul qilinishi taʼminlansin;
“Obod turmush yili” Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni toʻliq va sifatli hamda oʻz vaqtida bajarish boʻyicha davlat xoʻjalik boshqaruv organlari, korxona, tashkilot va muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlari darajasida ishlar aniq-puxta muvofiqlashtirishni tashkil etsin, dastur amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
har oy yakunlari boʻyicha “Obod turmush yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisida tuman va viloyat hokimligiga axborot berib borsin.
5. Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari (S. Mirzayev) tumandagi korxona, tashkilot, muassasalarda, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida “Obod turmush yili” Davlat dasturini amalga oshirilishi boʻyicha komissiyalar tuzilishini taʼminlasin, ularning zimmasiga dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlariga, ogʻishmay va toʻliq hajmlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlikni yuklasin.
6. Tuman televideniyasi va “Nurnoma” gazetasiga:
“Obod turmush yili” Davlat dasturining maqsadi va vazifalarini, uni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari va chora-tadbirlarini aholi oʻrtasida muntazam, tizimli keng yoritilishini;
tumandagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qoʻshgan aniq hissasini aks ettirgan holda “Obod turmush yili” Davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida keng jamoatchilikka doimiy xabardor qilib turilishini taʼminlasinlar.
7. Tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi (Oʻ. Tillayev) mazkur qarorni Xalq deputatlari tuman Kengashining tasdigʻiga kiritsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
9. Mazkur qaror matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim K. TURSUNOV
Nurota t.,
2013-yil 3-aprel,
Q-125-son