15.12.2014 yildagi 341-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”, “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”, “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Profilaktika, diagnostika qilish va kasalliklarni davolash uchun foydalaniladigan, shu jumladan tibbiy jihatdan qo‘llash yo‘riqnomasiga muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan foydalaniladigan dori vositasi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositasi (keyingi o‘rinlarda dori vositasi deb ataladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dori vositalarini reklama qilish faqat ushbu Nizomga muvofiq berilgan ruxsatnoma mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat retseptsiz beriladigan dori vositalarini reklama qilishga ruxsat etiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dori vositalarini reklama qilish uchun ruxsatnoma berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dori vositalarini reklama qilish uchun ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reklama qilishga ruxsatnoma berish uchun ariza bilan vakolatli organga reklama beruvchi, reklama yaratuvchi yoki reklamani tarqatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchi deb ataladi) murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasida reklama qilish mo‘ljallanayotgan dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma reklama qilinadigan har bir dori vositasiga alohida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Amaldagi ruxsatnoma o‘rniga yangi ruxsatnoma reklama matni o‘zgargan taqdirda olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar ruxsatnoma berish uchun rioya etilishi majburiy talablar va shartlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) reklamada quyidagilar mavjud bo‘lishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining to‘liq (shu jumladan xalqaro farmokologik) nomi va ishlab chiqaruvchining nomi, dori vositasidan foydalanish yoki uni qo‘llanish to‘g‘risida axborot, shu jumladan qo‘llanishga doir asosiy ko‘rsatmalar, sertifikatlar mavjudligi haqidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasidan foydalanish yoki uni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar, foydalanish yoki qo‘llashga doir yo‘riqnoma bilan tanishish yoxud mutaxassislarning maslahatini olish zarurligi to‘g‘risidagi ogohlantirish. Bunda ogohlantirishga televideniyeda reklama uchun jami mo‘ljallangan maydonning kamida 10 foizi, shuningdek radioda dori vositasining ovozli reklamasi roligiga efir vaqtining kamida 5 sekundi ajratilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida reklamaga qo‘yiladigan boshqa talablarga javob berishi zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) reklama:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasini noyob, eng samarali, qo‘shimcha ta’sirlarning mavjud emasligi jihatidan eng xavfsiz vosita sifatida ifodalamasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining tarkibi, ishlab chiqarilishi, yangiligi yoki patentlanganligi xususida yanglish tasavvur bermasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi — raqobatchilarning obro‘siga yoki tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), firma nomiga, mahsulotiga, faoliyatiga putur yetkazmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlarining mashhurligi tufayli dori vositalarini qo‘llashni rag‘batlantirishi mumkin bo‘lgan olimlar, sog‘liqni saqlash xodimlari, shuningdek davlat organlari mansabdor shaxslari yoki boshqa shaxslarning tavsiyalarini dalil qilib keltirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining faqat yoki asosan bolalar uchun mo‘ljallanganligini ko‘rsatmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining voyaga yetmaganlar tomonidan qabul qilinayotganligi holatini ifodalamasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur dori vositasining xavfsizligi va samarasi uning tabiiy kelib chiqishi bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlamasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklamaning ta’sirini kuchaytirish maqsadida boshqa dori vositalari bilan mubolag‘ali taqqoslashga yo‘l qo‘ymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy maslahatlar yoki jarrohlik operatsiyalarining keraksizligi to‘g‘risida tasavvur paydo qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur dori vositasining ta’siri kafolatlanganligi to‘g‘risidagi fikrni tasdiqlamasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasini qo‘llamaslik odam sog‘lig‘ini yomonlashtirishi to‘g‘risidagi fikrni iste’molchining ongiga singdirmasligi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va uning amaldagi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ruxsatnoma berish to‘g‘risida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) reklama materiallari (matn, ssenariy, video, audio, maqola, modul va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqidagi xabardornoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ruxsatnoma olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat vakolatli organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar barcha hollarda, toki vakolatli organ ularning ishonchsizligini isbotlamagungacha ishonchli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yig‘im undiriladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi vakolatli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ariza beruvchi berilgan arizasidan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani ariza beruvchidan ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan dori vositalarini reklama qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Barcha hujjatlar ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng komissiya tomonidan ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va reklama materiali matni tasdiqlanadi, ruxsatnomaning bir nusxasi (e’lon qilingan materiallar, namunalar, video va audiokassetalar, SD va boshqalar) amal qilish muddati tugagunga qadar vakolatli organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar va materiallar qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar vakolatli organ arizani ko‘rib chiqishning belgilangan muddati mobaynida ariza beruvchini ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida xabardor qilmasa, ariza beruvchi reklama qilish uchun ruxsatnoma olish mo‘ljallanayotgan dori vositasini reklama qilish huquqiga ega bo‘ladi, bu haqda u vakolatli organni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kun mobaynida unga ruxsatnoma berishi shart. Ruxsatnoma olingunga qadar, taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga yo‘llangan yozma xabarnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda dori vositasini reklama qilish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organ, tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechikmay, ariza beruvchiga ruxsatnomani berishi (yuborishi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi to‘g‘risida uni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berishning boshqa asoslar, shu jumladan uning maqsadga muvofiq emasligi sabablari bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ruxsatnoma berishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza beruvchi ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchidan rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida vakolatli organ tomonidan takroran ko‘rib chiqiladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma xabarnomada bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ariza beruvchi ruxsatnomani berishning rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor (vakolatli) shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yuridik shaxs bo‘lgan ariza beruvchi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, ariza beruvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs bo‘lgan ariza beruvchi o‘ziga berilgan yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, u qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ruxsatnomaga ega bo‘lgan ariza beruvchi yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomadagi mavjud ma’lumotlar mazkur bandning birinchi — uchinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsatnoma ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda ariza beruvchidan mazkur bo‘limda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida reklama qilishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirish kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizomda belgilangan holatlarda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berilgan sanada ruxsatnoma berish haqidagi ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi vakolatli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagach, ariza beruvchining arizasiga ko‘ra, matni o‘zgarmagan holda ruxsatnomaning amal qilish muddati ushbu dori vositasining O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi amal qilish muddati tugagungacha uzaytirilishi mumkin, bu holda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki amal qilish muddatini uzaytirishda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmagan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, vakolatli organ ariza, shuningdek ruxsatnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan e’tiboran ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ruxsatnomaning dublikatini berish to‘g‘risida ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun ruxsatnoma dublikatini berish to‘g‘risida ariza topshirilgan sanada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi vakolatli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ruxsat berishga doir talablar va shartlarni bir marotaba qo‘pol ravishda buzilishining quyidagi holatlari ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish uchun asos bo‘lishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklamaning ruxsat etilgan reklama materiallariga nomuvofiqligi yoki ushbu reklamaning jiddiy nojo‘ya ta’sirlarga olib kelishi mumkinligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining dozasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot berilganligi aniqlanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Reklama qilinayotgan dori vositasi retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalari toifasiga kiritilgan taqdirda ariza beruvchi dori vositasini ruxsatnoma amal qiladigan muddat mobaynida reklama qilishni to‘xtatishi zarur. Bunda ruxsatnomaning amal qilishi tegishli ravishda to‘xtaydi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestrini belgilangan tartibda yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ruxsatnomalar reyestrida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, bog‘lanish telefoni raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning tartib raqami va berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishning asoslari va sanasi, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatishning asos va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dublikatni berishning asosi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(O‘zbekiston Respublikasining Davlat
‎ gerbi tasviri)


‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

Seriya: R № 000000
‎‎

‎‎Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori
‎vositasini reklama qilish uchun
‎RUXSATNOMA

‎______-son
‎ (ruxsatnomaning tartib raqami)

_______________________________________________________________ga berildi.

‎‎(ariza beruvchining to‘liq nomi)

‎‎
Joylashgan joyi (pochta manzili) __________________________________________ da‎
‎______________________________________________________________________________________________________________________________________________ni

‎‎(voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomi)

‎‎________________________________________________________________________(reklamaning turi va joylashtirish shakli)

‎‎reklama qilish uchun ruxsat berildi.

‎‎Dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining tartib raqami _________‎
‎Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositasining reklama materiali belgilangan barcha talablarga muvofiqdir.

IFUT/STIR___________

Ruxsatnoma berilgan sana____________

‎Reyestr bo‘yicha tartib raqami _______________

Vakolatli shaxs‎

_____________________‎‎

_____________________‎‎‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O)

M.O‘.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 34-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga __________________________________________
‎__________________________________________ __________________________________________ _________________________________________________________________________________ dan
‎(yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy huquqiy shakli; xususiy tadbirkor uchun — fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎Ruxsatnoma berishga ariza

‎‎Sizdan_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎(reklama qilinayotgan dori vositasining to‘liq nomi, ishlab chiqaruvchining nomi, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining tartib raqami to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi lozim)

‎‎_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎(reklamaning qisqacha mazmuni, reklamaning turi va joylashtirish shakli (matni, ssenariysi, audio, video, maqola, modul va boshqalar) ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎reklama qilishga ruxsatnoma berishingizni (qayta rasmiylashtirishingizni, dublikat berishingizni) so‘rayman. (keraksizi o‘chirilsin)

‎‎
‎Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
‎‎______________________________________________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________

‎‎(ariza beruvchining F.I.O. va imzosi)

‎‎20__ yil “____” _____________.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 51-son, 606-modda; 2016-y., 34-son, 405-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)