04.12.2014 yildagi 332-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq, tog‘-qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi to‘g‘risida”gi nizomi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablarini amalga oshirish bo‘yicha Amaliy harakatlar dasturini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasining geologiya, YOEK, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 3-ilovaga* muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 332-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekneftegaz” MXK ga karashli Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha harbiylashtirilgan qismi to‘g‘risida”gi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu nizom “O‘zbekneftegaz” Milliy Xolding Kompaniyasi (kelgusida “O‘zbekneftegaz” MXK) (hozirda “O‘zbekneftegaz” AJ)ga qarashli Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha Harbiylashtirilgan qism (keyin matnlarda O‘zHQ)ning asosiy vazifalari, ishlarni tashkil etish tartibi va faoliyatini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbekneftegaz” MXKning O‘zHQ maxsus harbiylashtirilgan davlat xizmati hisoblanib, yer qa’ridan foydalanuvchilarga ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf etish ishlarini olib borishda, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida gaz xavfsizligi holatini nazorat qilishda xizmat qilish uchun chaqirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zHQ xodimlari attestatsiyadan o‘tadilar, O‘zHQ avariya-qutqaruv tashkiloti sifatida attestatsiya qilinishi va qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zHQ “O‘zbekneftegaz” MXKning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zHQ o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarish uchun doimiy jangovar shay holatda bo‘lishi, hamda xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarga ko‘rsatiladigan yordam o‘z vaqtida va samarali bo‘lishi uchun hududiy jihatdan yaqin joylashgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zHQ o‘zining faoliyatida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, mazkur nizomga, “O‘zbekneftegaz” MXK buyruq va farmoyishlariga, hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan ish olib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zHQ o‘z faoliyatini quyidagi tamoyillardan kelib chiqqan holda olib boradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya va neft va gaz quduqlarida ochiq favvoralarni sodir bo‘lishiga holatlariga doimiy shay holatda bo‘lishi, tezkor choralar ko‘rishi va ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga tayyor bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfga tayyor bo‘lishi hamda avariya-qutqaruv ishlarida va zaruriy hollarda xavfsizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik va rahmdillikka tayangan holda avariya holatlarida insonlar hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish majburiyatini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘zHQning vazifa va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zHQning asosiy vazifalari bo‘lib xizmat ko‘rsatiladigan obyektlarida quduqlarni burg‘ulash jarayonida yoki ta’mirlash ishlarini olib borayotganda, atrof muhit va qazilma boyliklariga zararli ta’sir qiluvchi ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf qilishda tezkor choralar ko‘rish, quduqlardagi portlash va yonishga xavfli quduqlarda maxsus asboblar va uskunalar zarur bo‘lgan xollarda avariya-ta’mirlash ishlarini olib borish, neft va gaz favvoralarini oldini olish maqsadida profilaktik ishlarni olib borish, tabiiy resurslarni saqlab qolish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘ziga yuklatilgan vazifalarga asosan O‘zHQ quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatiladigan obyektlarda ochiq favvoralar, neft-gaz otqinlari holatlarida insonlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq favvoralarni bartaraf qilish va avariyaviy qayta tiklash ishlarni olib borishda, gazga va yong‘inga xavfli hududlarda, maxsus nafas yo‘llarini himoyalovchi apparatlarda, maxsus texnika va apparaturalarda olib boriladigan ishlarni bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reja bo‘yicha nafas oluvchi apparatlarda bajariladigan gazga xavfli ishlarni bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatiladigan obyektlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni oldini olish maqsadida favvora va gaz xavfsizligi talablari bajarilishi bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatiladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ishlab chiqarish, favvora va gaz xavfsizligi bo‘yicha vakolatli organlar bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutilmagan holatlar sodir bo‘lganda tegishli tashkilotlar va tezkor xizmatlar bilan hamkorlikda ishlaydi (O‘zHQ bilan o‘zaro aloqa sxemasi ilova* qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quduqlarni burg‘ulash, mukammal ta’mirlash, sinash va ishlatishda mas’uliyati yuqori bo‘lgan alohida texnologik jarayonlarni va texnologik reglament rejalarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida alohida olib boriladigan ishlarga o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni aniqlash maqsadida xizmat ko‘rsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, favvora va gaz xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilish maqsadida to‘playdi, umumlashtiradi va ro‘yxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq favvoralardagi otqinlarda havo tarkibidagi zaharli va portlashga xavfli bo‘lgan bug‘ va gaz konsentratsiyasini aniqlash maqsadida tahlillar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, favvora va gaz xavfsizligi bo‘yicha o‘rnatilgan me’yoriy talablarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatiladigan obyektlarda avariyani bartaraf etish rejasini tuzishda va kelishishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zHQ xodimlarini professional tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatadigan obyektlardagi ishchi va muhandis texnik xodimlarni avariya va noxush hodisalarni vujudga kelishi oldindan aniqlash va boshlang‘ich bosqichida harakatlari bo‘yicha o‘qitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz favvoralarini hamda avariyalarni bartaraf qilish uchun zarur bo‘ladigan nostandart uskuna va moslamalarni ishlab chiqish bo‘yicha tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratuvchi nafas oluvchi apparatlar, nazorat uskunalari va boshqa turdagi maxsus moslamalarga texnik xizmat ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. O‘zHQ huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zHQ xodimlariga o‘z faoliyati doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatayotgan obyektlarda avariya yoki baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi xavfi tug‘ilganda ishlab chiqarish ishlarini to‘xtatish yoki ta’qiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbarlari va sanoat xavfsizligi sohasidagi vakolatli organlarga xizmat ko‘rsatayotgan obyektlarda aniqlangan favvora va gaz xavfsizligi bo‘yicha talablarning buzilishi haqida ma’lumotlarni yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favvora va gaz xavfsizligi talablari buzilishi oqibatida vujudga kelgan avariya va noxush hodisalarni kelib chiqish oqibatlarini aniqlash komissiyasi ishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar hududiga avariyalarni bartaraf etish ishlarini bajarish uchun hech qanday to‘siqlarsiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyani favqulodda holatlarda bartaraf etish uchun ketayotgan transport vositasi to‘siqlarsiz o‘tish, birinchi navbatda yoqilg‘i moylovchi materiallar bilan ta’minlash hamda birinchi navbatda texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida ta’mirlash ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarda avariyani bartaraf etish va maxsus ishlarni bajarish uchun javobgar shaxsdan tegishli maslahatlar olish va mutaxassislarni jalb qilgan holda ishni yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar hisobidan sanitariya va texnik talablarga javob beruvchi xizmat binosi bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. O‘zHQ faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zHQ tarkibida tezkor, tezkor-profilaktik harbiylashtirilgan bo‘linmalar, kadrlarni tayyorlash o‘quv markazi, tajriba-konstruktorlik byurosi, tibbiy ta’minlovchi guruhi hamda yordamchi bo‘linmalari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Harbiylashtirilgan bo‘linma O‘zHQ tarkibidagi ishchilarning mehnat munosabatlari, zarur mehnat shartnomalari, maxsus ustavlar va nizomlar orqali tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zHQ xodimlari tomonidan insonlarni qutqarish va avariyani bartaraf qilish bilan bog‘lik xizmatlar majburiyatlarini astoydil bajarish xamda xizmat majburiyati imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oddiy va o‘rta boshliqlar tarkibi, asosan burg‘ulash va neft gazni qazib chiqarish sohasida ishlovchi malakali mutaxassislar jismonan sog‘lom hamda ajratuvchi nafas oluvchi apparatlar va termohimoyalovchi kiyimlarda ishlash bilan bog‘lik og‘ir ishlarda ishlashga loyiq ishchilardan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta va yuqori boshliqlar tarkibi, maxsus oliy ma’lumotli va neft va gaz sanoatida boshqaruv tajribasiga ega shaxslardan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiylashtirilgan bo‘linmalarda xodimlarni malakaviy tanlash talablari “O‘zbekneftegaz” MXK tomonidan tasdiqlangan va “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi (hozirda Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi) bilan kelishilgan Nizom bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zHQ bo‘linmalarining joylashishi va xodimlar soni O‘zHQ rahbarlari tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zHQ bo‘linmalaridagi harbiylashtirilgan xizmatni o‘tash “O‘zbekneftegaz” MXK tomonidan tasdiqlangan “Sanoatgeokontexnazorat” bilan kelishgan holda O‘zHQ ichki xizmat ustavi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Harbiylashtirilgan tarkibidagi intizomiy javobgarlik masalalari “O‘zbekneftegaz” MXK, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan “O‘zHQ intizom ustavi” bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bo‘linmalardagi xizmatni o‘tashda komandirlar buyruqlari va farmoyishlari asosida, avariya holatlarida insonlarni qutqarish bo‘linma avariya — qutqaruv ishlari bo‘yicha xatarli topshiriqlarni bajarishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Avariyani bartaraf qilish uchun doimiy tayyor bo‘lish maqsadida xar bir tezkor bo‘linmada kechayu kunduz navbatchilik tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Murakkab va doimiy avariyalarni bartaraf qilishda bo‘linma shaxsiy tarkibi maxsus ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin (avariyani bartaraf qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida O‘zHQ shaxsiy tarkibiga kazarma holati e’lon qilinishi va kechayu-kunduz ishlarni tashkil qilinishi mumkin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf etish ishlarini tashkil etish va xavfsiz olib borish “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan neft va gaz quduqlaridagi otqinlar va favvoralarni bartaraf qilish ishlarini tashkil qilish va xavfsiz olib borish yo‘riqnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jangchilar va komandirlarning kasbiy tayyorgarligi O‘zHQning kadrlar tayyorlash o‘quv markazida O‘zHQga yuklatilgan barcha ishlarni tashkil etish va bajarishni ta’minlovchi maxsus dasturlar asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. O‘zHQni moliyalashtirish va ta’minot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shaxsiy tarkib xizmat vazifalarini bajarish vaqtida maxsus formada bo‘lishi va ajralib turuvchi belgiga ega bo‘lgan uniformada bo‘lishi, maxsus kiyim boshda va oyoq kiyimda bo‘lishi, shuningdek shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishi kerak, bular qism tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forma, uniforma, maxsus kiyimlar va himoya vositalarini kiyish talablari “O‘zbekneftegaz” MXK tomonidan tasdiqlangan O‘zHQ moddiy ta’minoti va texnik standartlari nizomi bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zNQ bo‘linmalarini apparatlar, maxsus himoya vositalari, anjomlar, moslamalar, zaxira materiallar, tegishli avtotransport bilan MXK tomonidan tasdiqlangan ta’minot tabeli bo‘yicha barchasi xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlar hisobidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zHQ shaxsiy tarkibi, uskunalari, moslamalari va avtotransporti asosiy vazifalariga tegishli bo‘lmagan hollarda ishga jalb qilish faqatgina “O‘zbekneftegaz” MXK boshqaruvi ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Barcha avariyani bartaraf etish xarajatlari obyekt egasi tomonidan amalga oshiriladi, shu bilan bir qatorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya sodir bo‘lgan joyga O‘zHQ shaxsiy tarkibi, maxsus uskunalar, harbiy texnika va barcha avariyani bartaraf etish uchun muhim bo‘lgan moslamalar va uskunalarni olib borish va olib qaytishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur bo‘lgan avtotransport va maxsus texnika, uskunalar va kimyoviy reagentlar va boshqa materiallar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch martalik ovqatlanish, yashash, maxsus kiyim aloqa va tibbiy xizmat bo‘yicha O‘zHQ shaxsiy tarkibini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur bo‘lgan hollarda nostandart uskunalar va moslamalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yong‘in xavfsizligi, quduqlarni zararsizlantirish, geofizik va boshqa maxsus xizmatlar va texnik moslamalarni avariya xarakteri va talabga muvofiq jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zHQni moliyalashtirish “O‘zbekneftegaz” MXK, chet el kompaniyalari burg‘ulash, qidiruv, qayta ishlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ega bo‘lgan va O‘zbekiston qonunchiligiga zid kelmaydigan faoliyat yurutuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmat hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tugatish va qayta tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘zHQni tugatish va qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.