05.09.2012 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi BOShLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligini, gidrotexnika inshootlarini va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2012-yil 8-oktabr 6-24/23-10124/6-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetika nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlarini va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 5-sentabrdagi 10-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligini, gidrotexnika inshootlarini va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq elektr stansiyalarining suv xoʻjaligini, gidrotexnika inshootlarini va gidromexanika uskunalarini ishonchli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni taʼminlash va xavfli ishlab chiqarish vaziyatlarini oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan va elektr stansiyalarining suv xoʻjaligini ekspluatatsiya qilishda va gidrotexnika inshootlariga va gidromexanika uskunalariga xizmat koʻrsatish, ularni taʼmirlash, sozlash va sinashda xavfsizlik texnikasi boʻyicha yagona tartibni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishni tashkil etilishi, shuningdek gidroelektrostansiyalar va issiqlik elektr stansiyalarining gidrotexnika sexlari (qismlari) uchun asosiy va yordamchi uskunalarni, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda), “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 223-modda) qonunlariga, “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”ga (roʻyxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 405 modda), “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash haqida, II qism”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik hujjatlarga tegishli deb topilgan, 2004-yil 6-dekabrdagi 20-15-319/24-son xati) va mazkur Qoidalarga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektr stansiyalari sexlarining (qismlarining) elektr uskunalari va qurilmalari “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik hujjatlarga tegishli deb topilgan, 2004-yil 27-fevraldagi 20-15-62/24-son) (bundan keyin matnda –EQTQ deb yuritiladi) muvofiq boʻlishi va “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari. I qism”ga, “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari. II qism”ga va “Elektr uskunalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga (roʻyxat raqami 1614, 2006-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 337-modda) asosan ekspluatatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda qoʻllaniladigan mexanizmlar va yuk koʻtarish avtotransportlari, uskunalar va asboblar sinovdan oʻtkazilgan va Asbob va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik qoidalar va normalarga tegishli deb topilgan, 2007-yil 10-dekabrdagi 20-15-306/11-son xati), shuningdek ishlab chiqaruvchi korxonalarning yoʻriqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonalarda ishlarni tashkil qilish Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga (roʻyxat raqami 1178, 2002-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va muassasalarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 19-son) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elektr stansiyaning va tegishli sexlar, taʼmirlash qismlarining rahbar xodimlari xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha tashkiliy va texnik tadbirlarning oʻtkazilishini, xodimlarga xavfsiz ish usullarini oʻrgatilishini va yoʻriqnoma berilishini taʼminlash, xavfsizlik texnikasi qoidalari (bundan keyin matnda — XTQ deb ataladi), yongʻinga qarshi qoidalarning bajarilishi hamda saqlovchi moslamalar, maxsus kiyim-bosh, maxsus oyoq kiyim va boshqa shaxsiy himoya vositalarini qoʻllanishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlashda yonuvchi, portlash xavfi boʻlgan va zararli moddalardan foydalanilganda mos ravishda “MXST. Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar” GOST 12.1.004, “MXST. Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar” GOST 12.1.010 va “MXST. Zararli moddalar. Tasnifi va xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.1.007 ga rioya qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir baxtsiz hodisa, shuningdek xar qanday mehnat xavfsizligi talablarini buzilishi tekshirilishi shart: sabablari xamda ularni yuzaga kelishiga sababchi boʻlgan aybdorlarni aniqlash va bunday hodisalarni qaytarilishini oldini olish choralarini koʻrish. Baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish va ularni tekshirish va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qarorlari toʻplami, 1997-y., 6-son) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishlab chiqarishdagi barcha xodimlar “Elektr energetik uskunalarga xizmat koʻrsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma” (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik hujjatlarga tegishli deb topilgan, 2005-yil 28-oktabrdagi 20-15-226/22 — son xati) talablariga muvofiq amalda kuchlanish ostida qolgan odamni, elektr toki taʼsiridan qutqarish va unga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish usullari bilan amalda oʻqitilgan boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuk ortish va tushirish ishlari Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Hudud, akvatoriya, xonalar va ish joylari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har bir korxonada, korxonaning hududi boʻyicha ish joyiga xavfsiz borish marshrutlari va yongʻin yoki avariya holatlari boʻlgan hollarda evakuatsiya qilish rejasi ishlab chiqilgan va barcha xodimlarga yetkazilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektr stansiyasi hududida va ishlab chiqarish xonalarida, shu xonalarda joylashgan uskunalarga xizmat koʻrsatishga tegishli boʻlmagan shaxslarning kuzatuvchi shaxslarsiz boʻlishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Binolar va inshootlar atrofidagi nishab yoʻlkalar, yoʻllar, oʻtish joylari, trotuarlar, tarnovlar va novlar ishga yaroqli holatda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransportning ariqdan, zovurdan yoki xandaqdan oʻtish joylarida, zarur boʻlgan xollarda, piyodalar uchun toʻsilgan xavfsiz oʻtish joylari oʻrnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Barcha ishlab chiqarish xonalarining pollari, qavatlararo toʻsiqlar, kanallar va lyuklar toʻliq ishga yaroqli holda boʻlishi shart. Barcha ishlab chiqarish xonalarida, oʻtish joylarida, yoʻlkalarda va yuklar saqlanadigan qismlarda pollar qattiq va mustahkam qoplamaga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Zinalar, maydonchalar, oʻtish joylari va ularning panjaralari har doim ishga yaroqli holatda boʻlishi shart. Panjaralar va ulardagi poʻlat tunukalar ishonchli mahkamlanishi zarur, ular echib olinganidan soʻng bemalol yerga tashab qoʻyilishiga yoʻl berilmaydi. Metall maydonchalar va narvonlarning zinapoyalari taramlangan poʻlatdan yoki tilib uzaytirilgan tunukadan tayyorlangan boʻlishi shart. Agar taʼmirlash vaqtida panjaraning bir qismi echib olingan boʻlsa, taʼmirlash ishlari tugatilganidan soʻng ular darhol joyiga oʻrnatilishi va mahkamlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poldagi barcha teshik joylar toʻsib qoʻyilgan boʻlishi shart. Quduqlar, kameralar, chuqurchalar va lyuklarning qopqoqlari va chetlari hamda kanallarning yopmalari pol yoki yer bilan bir tekislikda taramlangan temirdan yasalgan va ishonchli mustahkamlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Chuqurlashtirilgan xonalarda (drosselli tamba, purkovchi rele, tortuvchi nasos xonalari va h.) pol yuzasidan suvni chiqarib yuborish uchun moʻljallangan tarnovlar va drenaj kanallari ishga yaroqli holda saqlanishi va suvni toʻliq chiqarilishini taʼminlashi shart. Xonalardagi quduqlarning qopqoqlari va lyuklarning qirralari pol yoki yer bilan bir tekis bajarilgan va ishonchli mahkamlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishlab chiqarish xonalari va inshootlarining ham ichidagi, ham tashqarisidagi, unga yondosh boʻlgan hududdagi barcha yoʻllar va oʻtish joylari, kirish va chiqishlar yaxshi yoritilgan boʻlishi, xodimlar va avtotransport uchun xavfsiz va toʻsilmagan boʻlishi, har doim soz va toza holda saqlanishi shart. Yoʻllar va oʻtish joylarini tiqilinch qilib qoʻymoq yoki ulardan yuklarga ombor qilish uchun foydalanish man etiladi. Odamlarni yoʻlak uchun moʻljallanmagan joylarda harakatlanishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Temir yoʻl va avtotransportlarining harakati zonasidagi barcha darvoza va eshiklarida toʻsuvchi ustunchalar va panjaralar, shuningdek “Yoʻl belgilari. Umumiy texnik shartlar” GOST 10807 ga muvofiq yoʻl belgilari yoki yorituvchi tablolar oʻrnatilgan boʻlishi shart. Darvozalarda, ularni oʻz-oʻzidan yopilishi va ochilishiga yoʻl qoʻymaydigan fiksatorlar boʻlishi shart. Korxonaning hududida, shuningdek binoning ichida avtotransport uchun belgilangan etilgan harakat tezligi oʻrnatilgan boʻlishi shart. Harakat tezligining chegaralangan zonalari, avtotransport vositalarining turish va burilish joylari kunduzi va kechasi yaxshi koʻrinadigan yoʻl belgilari bilan belgilangan boʻlishi shart. Avtotransportlarning kommunikatsiya va inshootlarning tagidan oʻtish joylarida gabarit balandligini va enini chegaralovchi belgilar oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yoʻllarning qoyalar kesilgan, jinslarni oʻpirilib tushishi mumkin boʻlgan joylaridagi qismlari maxsus toʻsiqlar bilan koʻchkidan himoyalangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maydonchalarning va oʻtish joylarining toʻshamalari, shuningdek ularning suyanchiqlari ishonchli mahkamlangan boʻlishi shart. Taʼmir davrida olingan suyanchiqlar oʻrniga vaqtinchalik panjara oʻrnatilishi lozim. Taʼmir davrida olingan suyanchiq va toʻshamalar, taʼmir tugagandan soʻng zudlik bilan oʻz joyiga oʻrnatilishi va yaxshi mahkamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shaxtalar, quduqlar va shurflar mustahkam va zich shchitlar bilan berkitilgan boʻlishi yoki toʻsiqqa ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlar oʻtadigan joylardagi zovurlar va xandaqlar toʻsilgan boʻlishi shart. Sutkaning qorongʻu vaqtida toʻsiqlar ustiga yorugʻlik signallari oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yoʻl chetidagi ariqlar, zovurlar va xandaqlardan oʻtish joylarida kengligi 0,6 m dan kam boʻlmagan panjarali oʻtish koʻpriklari oʻrnatilgan boʻlishi shart. 20o dan ortiq qiyalikdagi joylarda xodimlarning oʻtish yoʻlkalari panjarali narvonlar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 5 m dan ortiq balandlikka yoki chuqurlikka (estakadalarga, koʻtaruvchi mexanizmlarga, tenglashtiruvchi rezervuarlarga, shuningdek quduqlarga, shaxtalarga va h.) olib boradigan statsionar vertikal narvonlar vertikal bogʻlamli metall yoylar bilan toʻsilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qish mavsumida ochiq havoda joylashgan yoʻlaklar va ish joylari muntazam ravishda muz va qordan tozalanishi va qum sepilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ish sharoiti boʻyicha talab qilinganda gidrotexnika inshootlarining barcha qismlarida, avtotransport va mexanizmlarda va boshqa xavfli joylarda yaxshi koʻrinadigan, sutkaning qorongʻu vaqtida esa yoritiladigan xavfsizlik texnikasi boʻyicha ogohlantiruvchi yozuvlar va plakatlar osilgan boʻlishi shart, zarur holatlarda navbatchilar tayinlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nam xonalarda (poternalar, shaxtalar, quduqlar, kul-toshqol oʻtkazuvchi galereyalarda va boshqalarda) statsionar elektr yoritish EQTQga muvofiq bajarilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yonuvchan gaz sizib kirishi mumkin boʻlgan xonalarni yoritish uchun portlashdan himoya darajasi portlash xavfi zonasi toifasiga muvofiq boʻlgan elektr yoritqichlardan foydalanish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ventilatsiya, havoni kondensatsiyalash va havo isitish tizimlari ishga yaroqli holda boʻlishi hamda “Isitish, ventilatsiya va kondensatsiyalash” QMQ 2.04.05ning talablariga muvofiq kelishi va sanitariya meʼyorlari talablariga mos havo almashuvini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ishlab chiqarish xonalarida benzin, kerosin, spirt, nitroboʻyoqlar, erituvchilar, suyultiruvchilar va yengil alangalanuvchi materiallarni saqlash man etiladi, ularning miqdori sutkalik ehtiyoj doirasidan oz miqdorda boʻlganda saqlash man etilmaydi. Materiallar mustahkam metall taralarda maxsus sex omborlarida saqlanishi shart, ularning eshiklarida chekish taqiqlanadi va ochiq olov qoʻllanilishi man etilgani toʻgʻrisida xavfsizlik belgilari osib qoʻyilgan boʻlishi shart. Belgilar “MHST. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” GOST 12.4.026 talablariga mos boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish joylarining yaqinida moylash materiallarini maxsus metall idishlarda, yashiklarda (shkaflarda) va moylagichlarda saqlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nitroboʻyoqlar va boshqa yongʻindan xavfli moddalarni sex omborchalarida saqlash man etiladi. Koʻrsatib oʻtilgan materiallarni ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida maxsus omborlarda saqlash lozim. Bu omborlarning eshiklarida ochiq olov qoʻllanilishi va chekish man etilishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi plakatlar osib qoʻyilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻkilgan yoki oqib tushgan suyuqliklar zarur boʻlganda neytrallashtirilishi va olib tashlanishi, ular toʻkilgan joylar esa artilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Devorlar, deraza tokchalari, qoplamalar, zinalar, uskunalarning yuzalari va chang oʻtirib qolgan boshqa joylar chang soʻrib oluvchi qurilmalar yoki hoʻllangan latta bilan mahalliy yoʻriqnoma bilan belgilangan grafik boʻyicha tozalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalarni va uskunalarni tozalashda yonuvchi moddalarni (benzin, kerosin, atseton va h.) qoʻllash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan barcha gazdan xavfli joylarning, shuningdek zararli moddalar boʻlgan xonalarning roʻyxati tuzilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu xonalarning kirishida zararli moddalarning borligi xamda yongʻindan va portlash xavfi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari osilgan boʻlishi shart. Xavfsizlik belgilari “MXST. Signal belgilari va xavfsizlik belgilari” GOST 12.4.026 ning xam talablariga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ishlab chiqarish xonalari ish zonasining havosidagi zararli moddalar konsentratsiyasi “MXST. Ishchi zonasining havosiga qoʻyilgan sanitar-gigiyenik talablar” GOST12.1.005ga muvofiq sanitariya meʼyorlarda belgilangan chegaraviy qiymatdan ortiq boʻlmasligi shart (mazkur Qoidalarning 1-ilovasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xonalardagi yonuvchi gaz konsentratsiyasi portlashni pastki chegarasining 1/5 qismidan ortiq boʻlmasligi shart. Yonuvchi gazlarning portlash konsentratsiyasi chegarasi mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ishlab chiqarish xonalarida toza va iflos artish materiallari uchun yopiladigan metall qutilar oʻrnatilgan boʻlishi shart. Iflos materiallar qutilardan har kuni olib tashlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Korxonada yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” ShNK 2.01.02 — 04 va “SSBT. Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar” GOST 12.1.004 ga mos kelishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududda va xonalarda “Energetik korxonalar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari”ga (roʻyxat raqami 1341, 2004-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 16-son, 194-modda) muvofiq yongʻinni oʻchirish uchun zarur boʻlgan vositalar mavjud boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ish joylaridagi shovqinlarning darajasi “MXST. Shovqin. Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.1.003 da koʻrsatilgan qiymatdan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ish joylaridagi tebranishlar (tebranishni hosil qiluvchi uskunalardan) meʼyorlari “MXST. Tebranish. Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.1.012 va “Ish joydagi umumiy va lokal tebranishlarning sanitar normasi” SanPiN 0122-01 da koʻrsatilgan qiymatidan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Isitiladigan binolardan 300 m dan ortiq masofada joylashgan inshoot uzellarida xodimlarning belgilangan vaqt davomida dam olishi uchun xonalar jihozlangan boʻlishi shart. Bu xonalarda elektr stansiyasi bilan aloqa oʻrnatilgan va shifokor yordamga kelguncha dori-darmon qutichasi va tegishli qutqaruv vositalari boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ish joylaridagi dori-darmon qutichalari “Elektr energetika uskunalariga xizmat koʻrsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma”ga muvofiq boylash materiallari va dori-darmonlar bilan butlangan boʻlishlari shart. Dori-darmon qutichalari toza va tartibda saqlanishi, materiallar va dori-darmonlarning zaxiralari muntazam toʻldirilib va davriy ravishda yangilanib turishi shart. Dori-darmon qutichalarida mavjud boʻlgan materiallar va dori-darmonlarning roʻyxati, shuningdek ularni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar mavjud boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ishlab chiqarish xonalarida xavfsiz ishlash usullarini va shifokor kelgunga qadar tibbiy yordam koʻrsatish qoidalarini yaqqol namoyish etuvchi plakatlar osib qoʻyilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Hududlarda va ishlab chiqarish xonalarida chekish faqat maxsus ajratilgan joylarda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervuarlar, kameralar, quduqlar va kanallarda, shuningdek ochiq lyuklar yaqinida chekish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Elektr stansiya tasarrufidagi temir yoʻllari, avtotransport yoʻllari, koʻpriklar va ulardagi qurilmalar, Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari. II qismiga muvofiq saqlanishi va taʼmirlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qurilish konstruksiyalarini oʻzgartirish va ularda ishlarni bajarish mumkinligini tasdiqlovchi dastlabki hisoblarsiz teshiklar ochish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yoritish darajasi “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” SNiP 2.01.05 ga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Elektr stansiyaning ishlab chiqarish sexlarida elektr payvandlash asboblarini oʻrnatish joylari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak va gaz elektr payvandlash ishlarini olib borish uchun markazlashtirilgan taqsimlash boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Xonalardan tashqarida boʻlgan taʼmirlash joylaridagi materiallar, buyumlar, jihozlar va ularni qismlari (detallari) tekkislangan shibbalangan maydonchalarda joylashtirilgan boʻlishlari kerak, ularni qish mavsumida qor va muzdan tozalab turish kerak. Aytib oʻtilgan predmetlarni oʻzidan oʻzi siljishini oldini olish choralari koʻrilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallar qiyaliklarda joylashtirilganda, maydonchalarni yuza suvlardan himoyalash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallar va jihozlardan kotlovan chuqurliklari qirgʻoqlarigacha boʻlgan masofa qiyaliklarni mustahkamligini hisob-kitob qilish bilan aniqlanadi, ammo u 1 m. dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Oraliq saqlash joylarida yuklarni tekis taxlash ishlari “MXST. Yuklarni ortish va tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablariga” GOST 12.3.009ga mos ravishda bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Maydonda yuklar quyidagi holda joylashtirilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paketlardagi gʻishtlar taglikka — ikki qavatdan ortmasdan, konteynyerlarda — bir qavat, konteynyerlarsiz — balandligi 1,7 m dan yuqori boʻlmagan toʻp;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plita materiallari (asbestsementli plitkalari, toʻlqinsimon asbestsementli listlar va tekis asbestsementli plitkalari) balandligi 1 m gacha boʻlgan toʻp;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past sortli metall — balandligi 1,5 m dan yuqori boʻlmagan soʻri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik gabaritli va ogʻir yukli uskunalar hamda ularning qismlari — tagliklarga bir qator;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qora prokatli metallar (poʻlat listlar, shvellyerlar, qoʻshtavrli balka, sortli poʻlat) — balandligi 1,5 m gacha boʻlgan taglikli va qistirmali gʻaram. Metall listlarni yon boshiga oʻrnatish man etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik izolatsiyali materiallar — yopiq quruq xonada saqlanadigan balandligi 1,2 m gacha boʻlgan gʻaram;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diametri 300 mm gacha boʻlgan quvurlar — oxirida tayanchi boʻlgan tagliklarda balandligi 3 m gacha boʻlgan gʻaram;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diametri 300 mm dan yuqori boʻlgan quvurlar — qistirmasiz egarga balandligi 3 m gacha boʻlgan gʻaram.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvurlarning pastki qatori tagliklarda yotqizib qoʻyilishi, invertarlangan metalli bashmaklar yoki oxirgi tayanch bilan mahkamlanishi, tagliklarga ishonchli mahkamlanishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ish olib borish uchun ochilgan joylar va quvurlarning yer osti qistirma qismi “Yoʻl belgilari. Umumiy texnik shartlar” GOST 10807 ning talablariga muvofiq yoʻl belgilari osilgan invertarli shchitlar bilan toʻsilgan boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻsiqlar “MXST. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” GOST 12.4.026 boʻyicha signal rangga boʻyalishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shchitlardagi signal yoʻl belgilari va signal chiroqlari, avtotransportning mumkin boʻlgan oʻtish yoʻllari va yoʻlovchilarning oʻtish joylarining barcha tomonlarida yaxshi koʻrinishlarni taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Uskunalarga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ishlab chiqarish zaruriyati boʻlmaganda, agregatlar maydonchasida, lyuklarga, suv koʻrsatgichga yaqin joylarda, shuningdek bosim ostida boʻlgan quvurlarning bosimli, rostlovchi hamda saqlovchi armaturalari va flansli birlashmalari atrofida boʻlish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Poldan yoki ish maydonchasidan 2 m dan kam balandlikda joylashgan avtransport va mexanizmlarning harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning kiyimlarini tortib olmasligi uchun ishonchli yalpi yoki toʻrli toʻsiqlarga ega boʻlishi shart. Toʻrli toʻsiqning kataklari 25x25 mm dan katta boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlovchi toʻsiqlarsiz yoki yaxshi mahkamlanmagan toʻsiqlar bilan mexanizmlarni ishga tushirish va hatto qisqa muddatga ishlatish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizmlar ishlayotgan paytda yuritma tasmalarini kiydirish, echish va tuzatish, shuningdek sirpanayotgan tasma ostiga kanifol va boshqa materiallarni sepish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Maydonchalarning toʻsiqlariga, muftalarning, podshipniklarning va boshqalarning saqlaydigan gʻiloflariga suyanish va ularda turish, shuningdek yurish uchun moʻljallanmagan quvurlar, konstruksiyalar va qoplamalar boʻylab yurish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr uskunalarning (rele kontaktlari, avtomatika qurilmalari, dvigatellarning kabellari va h.) gʻilofini echish va tok oʻtkazuvchi qismlariga tegish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Uskunalar ishlab turganida, shuningdek uskunani ishga tushirish va toʻxtatish vaqtida, agar bu uskunaga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash zaruriyati bilan bogʻliq boʻlmasa, uning bevosita oldida boʻlish man etiladi .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Bosim va kuchlanish ostida boʻlgan, toʻxtatilmagan mexanizm va uskunalarda ishlarni bajarish man etiladi. Uskunani oʻchirish va ish joyini tayyorlashni talab qilmaydigan ishlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Uskunalarni bexosdan ishlab ketishining (dvigatelning ishga tushishi, suvni uzatish va h.) oldini oladigan choralarni koʻrmasdan, ularni taʼmirlash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Oʻta xavfli yoki alohida xavfli xonalarda oʻrnatilgan kuchlanishi 1000 V dan yuqori, shuningdek kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr dvigatellarning har birini ishga tushirish qurilmasi oldida (masofadan boshqarish qurilmalaridan tashqari) dielektrik gilamchalar, nam xonalarda esa — izolatsiyalovchi tagliklar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr dvigatellarni yuritmalari qoʻl bilan boshqariladigan ishga tushirish apparaturasi bilan uzish va ulash boʻyicha operatsiyalar dielektrik qoʻlqoplarda bajarilishi shart, ular koʻrikdan va davriy ravishda sinovlardan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Aylanib turgan yoki harakatlanayotgan mexanizmlarning qismlarini tozalash, artish va moylash, shuningdek toʻsiqlar ustidan oshib tushish yoki ular orasidan moylash va tozalash uchun qoʻllarni uzatish man etiladi. Ishlab turgan mexanizmlarning tashqi yuzasini artishda qoʻlga yoki barmoqlarga artish materiallarini oʻrash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aylanayotgan va harakatlanayotgan mexanizmlarni qoʻl bilan tormozlash yoki toʻxtatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ishlarni, ayniqsa qoʻshma ishlarni, bajarishda odamlarning oʻtishi yoki u yerda odamlarning boʻlishi uchun xavfli joylar kanatlar bilan yoki koʻchma shchitlarga mahkamlangan: “Oʻtish yoʻli berk”, “Xavfli zona” plakatlari bilan toʻsilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Yuk va passajir tashiydigan liftlar toʻliq ishga yaroqli holda boʻlishi shart. Yuk tashiydigan liftlarda odamlarni tashish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Yoritqichlarni tozalash va kuyib qolgan lampalarni almashtirish, ularga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi maxsus qurilmalardan turib, elektromontyor tomonidan bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Statsionar yoritqichlarga ega boʻlmagan joylarda uskunalarga xizmat koʻrsatilayotganda yetarli miqdorda ishga yaroqli akkumulyatorli va elektr fonarlar va koʻchma qoʻl elektr yoritqichlari boʻlishi shart, ular smenalar boʻyicha topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Koʻchma qoʻl elektr yoritqichlari 36 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish tarmogʻidan taʼminlanishi shart. Alohida noqulay sharoitlarda, tor, ortiqcha namlik, changlanish, metalli, yerga ulangan yuzalarga tegib ketish oqibatida elektr tokidan shikastlanish xavfi oshib ketadigan boʻlsa, tarmoqdagi kuchlanish 12 V dan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday joylarning roʻyxati korxonaning bosh muhandisi tomonidan belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Toʻliq va oʻrta taʼmirlar ishlab chiqarish ishlari loyihasi (bundan keyin matnda — IChIL deb yuritiladi) va taʼmirga boʻlgan texnik shartlar hamda texnologik karta boʻyicha bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Uskunalar hamda quvurlarni montaj va demontaj bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarida, shuningdek uskunalarning elementlarini almashtirishda, qolgan yoki yangidan oʻrnatiladigan uzellarni turgʻunligini va uning demontaj qilinayotgan qismlarini tushib ketish oldini olishni taʼminlovchi IChILda yoki texnologik kartada nazarda tutilgan operatsiyalar ketma-ketligi saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uskunalar hamda quvurlarni qolgan elementlarining turgʻunligini saqlash uchun uzluksiz kuzatishni olib borish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Gazdan xavfli xonalarga kirishdan oldin havo muhitini undagi gazning miqdorini tahlil qilish zarur. Gazning borligini portlashdan himoya qilingan gazni tahlil qilish asbobi yordamida aniqlanishi shart. Xonada gaz borligini payqab qolinganda bu xonaga shamollatilgandan va havoda gazni yoʻqligini va kislorodning yetarligini (hajm boʻyicha O2= 20 foiz) qayta tekshirilgandan soʻng kirish mumkin. Agarda shamollatish natijasida gazni chiqarib yuborish iloji boʻlmagan taqdirda, mazkur Qoidalar talablarini bajargan holda, gazdan xavfli xonaga kirish va unda ishlash faqat shlangli protivogazda amalga oshiriladi. Yorugʻlikni hamda ventilyatorning elektr dvigatelini ulash apparatlari gazdan xavfli xonadan tashqariga chiqarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Balandlikdagi ishlarni bajarish uchun havozalar, toʻshamalar va boshqa moslamalarning tuzilishi va ekspluatatsiya qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Havozalar va toʻshamalarga ajratilgan qismlar metalldan va yogʻochdan ishlab chiqarilgan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻoch havozalar va toʻshamalar quruq materialdan tayyorlanishi, qiyshiq qatlamlarsiz, yoriqlarsiz va koʻndalang shox-shabbalarsiz boʻlishi shart. Toʻshamalar uchun qoʻllaniladigan taxtalarning qalinligi 4 sm dan kam boʻlmasligi va koʻndalang yogʻochlarga mix bilan qoqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metalldan tayyorlangan havozalar yerga ulangan boʻlishi, ochiq havoda oʻrnatilganida esa, yashinga qarshi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havozalar va toʻshamalarni inshootlarning boʻrtib turgan va mustahkam boʻlmagan konstruksiyalariga mahkamlash man qilinadi. Toʻshamalarni qoʻshimcha yuklamalarga hisoblanmagan konstruktiv elementlarga oʻrnatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Havozalar, toʻshamalar va yuk koʻtarish maydonchalardagi yuklama loyiha (pasport) boʻyicha belgilanganidan ortiq boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻshamalarda odamlarning bir joyda toʻplanib turishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havozalarga materiallarni koʻtarish uchun avtotransportlardan, yuk koʻtarish maydonchalaridan va boshqa moslamalardan havozalarning ortiqcha yuklanishiga olib keladigan qoʻshimcha yuklamalarni berishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Havozalar va toʻshamalarda yopmalar havozalarning koʻndalang taxtalariga mahkamlangan boʻlishi shart va jismlar tushib ketmasligi uchun tirqishlar boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havozalar va toʻshamalarning yopmalari yer yoki tom sathidan 1 m dan yuqorida joylashgan boʻlsa, ular ish toʻshamasidan kamida 1 m balandlikda mustahkamlangan, balandligi kamida 15 cm boʻlgan bort taxtasidan iborat panjarali toʻsiqlarga ega boʻlishi shart. Havozalarning va toʻshamalarning zinalari va qoplamalari vaqti-vaqti bilan ish vaqtida va har kuni ish tugagandan keyin axlatlardan, qish vaqtida qordan va muzdan tozalanishi va zarur boʻlganda ularga qum sepilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Detallar va materiallarni havozalarga uzatish uchun yuk koʻtarish qurilmalarini qoʻllash shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Havozalar va inshootlardan axlatlar yopiq tarnovlar yoki koʻtarish qurilmalari yordamida yopiq qutilar va konteynyerlarda tushirilishi kerak. Yopiq tarnovning pastki qismi yer yuzasidan 1 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda joylashishi yoki bunkerga kirgan boʻlishi lozim. Materiallar va axlatlarni 3 m dan ortiq balandlikdan yopiq tarnovlarsiz va boshqa moslamalarsiz tashlash man qilinadi. Axlat tashlayotgan joylar har tomondan toʻsilishi yoki qoʻriqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Odamlarning havozalarga, faqat yuqori qismi havozalarning koʻndalang taxtalariga mahkamlangan narvonlardan koʻtarilishi va tushishi uchun ruxsat beriladi. Narvonlarning qiyaligi 60o dan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havozalardan narvonga chiqish teshigi uch tomondan toʻsilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Texnologik quvurlarni izolatsiyalashda yalpi toʻshamaning toʻsiqdan quvurning yon yuzasigacha boʻlgan kengligi, quvur oʻqiga nisbatan toʻshama simmetrik joylashganda 1 m dan kam boʻlmasligi va nosimmetrik joylashganda 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Koʻchma havozalardan turib ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasining quyidagi asosiy talablarini bajarish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) havozalarni ravon, siltashlarsiz, mexanik moslamalar (chigʻirlar, domkratlar, bloklar va h.) yordamida va faqat ishga javobgar rahbarning bevosita rahbarligida koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) havozalarni koʻchirish uchun yoʻllar ham koʻndalang hamda boʻylama yoʻnalish boʻyicha aniq gorizontal boʻlishi shart yoki ularning qiyaligi pasportda va havozalarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomada koʻrsatilgan ruxsat etilgan qiyalikka mos kelishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) havozalarni koʻchirishda ularda materiallar, idishlar va axlatlar boʻlmasligi shart, ishchilarga koʻchirilayotgan havozalarda turish man qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻchma havozalarning ishga tayyorlab qoʻyilgan dumaloq tayanchlari mahkamlangan, havozalar esa inshootga mahkamlangan yoki har tomonga tortib bogʻlab qoʻyilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havozalarni kuchi 3 balli shamolda (shamol tezligi 3,4-5,2 m/s) koʻchirishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Tasodifiy tagliklarda (qutilar, bochkalar va h.), shuningdek fermalar, osma arqonlarda va shu kabilarda turib, ularda toʻsiqli mustahkam toʻshamalarni qurmasdan, ishlash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Kran ilmogʻiga osib qoʻyilgan yuk bilan havozalarga urilishlarni oldini olish uchun, kran strelasi qayilishi bilan bir vaqtda havozaning bevosita oldida yukni koʻtarish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukni toʻshamaga tushirishni eng kichik tezlikda, ravon, turtkilarsiz amalga oshirish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Havozalarni yigʻish va qismlarga ajratish naryad boʻyicha muhandis-texnik xodimning rahbarligi va nazorati ostida, loyihada nazarda tutilgan ketma-ketlikka rioya qilgan holda, bajarilishi lozim. Havozalarni yigʻishda va qismlarga ajratishda ishtirok etuvchi ishchilarga ishlarni olib borish usuli va ketma-ketligi hamda xavfsizlik choralari toʻgʻrisida yoʻriqnoma berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havozalar va toʻshamalar oʻrnatilayotgan va qismlarga ajratilayotgan joyga begona shaxslarning kirishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Balandlikda ishlar bajarilayotgan vaqtda pastda oʻtish man etilgan va xavfli zona toʻsilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Panjarali maydonchada ishlayotganda, ulardan asboblar va materiallar tushib ketishining oldini olish uchun zich taxtali qoplama yopilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Bir vaqtning oʻzida bir vertikal boʻyicha turli sathlarda uskunalarni yoki qulfni taʼmirlash ishlarini, barcha pastki pogʻonalardagi ishchilar xavfsizligini taʼminlaydigan himoya toʻshamalarisiz bajarishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Momaqaldiroq vaqtida va 6 balli (shamol tezligi 9,9 — 12,4 m/s) va undan kuchli shamol vaqtida xonalardan tashqarida joylashgan havozalar va toʻshamalardan turib ishlash, shuningdek ularni yigʻish va qismlarga ajratishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metall havozalardan 5 m dan yaqin joylashgan elektr simlari, havozalar oʻrnatilishi va qismlarga ajratilishi vaqtida olib qoʻyilgan yoki toksizlantirilgan va yerga ulangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Vaqtincha ish bajarilmayotgan havozalar va toʻshamalar ishga yaroqli holda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Qisqa muddatli ishlar bajarilishi zarur boʻlganda (takelaj qurilmalarini osish va h.) pol sathidan 1 m ortiq balandlikda yoki toʻsiqlari yoʻq toʻshamalardan ishlar bajarilayotganda saqlash kamarini qoʻllash majburiydir. Ishchilarga qayerdan chiqish, saqlash kamarining karabinlarini qayerga mahkamlash toʻgʻrisida yoʻriqnoma berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash kamarlari pasportga va oxirgi sinash sanasi koʻrsatilgan yorliqqa ega boʻlishi shart. Sinash belgisi yoʻq boʻlsa, sinash muddati oʻtib ketgan boʻlsa yoki koʻrib chiqilayotganda nuqson borligi aniqlansa, saqlash kamaridan foydalanish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Yuqorida bajariladigan ishlarga qoʻyilgan shaxslar, bu ishlar bilan mashgʻul boʻlgan ishchilar uchun belgilangan tibbiy talablarga javob berishi shart. Yuqorida bajariladigan ishlarni bajarishga ruxsat haqidagi yozuv bilimlari tekshirilganligi haqidagi guvohnomaning “Maxsus ishlarni bajarishga huquq beradigan guvohnoma” jadvaliga kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Balandligi 4 m gacha boʻlgan kichik hajmli va qisqa muddatli ishlar “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” QMQ 3.01.02 ning va “Asbob va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari”ning talablariga muvofiq boʻlgan narvonlardan va qoʻsh oyoqli narvonlardan bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Tirab qoʻyiladigan koʻchma narvonlardan va qoʻsh oyoqli narvonlardan payvandlash ishlarini, elektr va pnevmatik asboblar qoʻllanadigan ishlarni bajarish, shuningdek qurilish-montaj pistoletlari bilan ishlash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Silliq yoki gʻadir-budir pollarda ishlaganda pastki qismlari rezina uchliklarga ega yoki rezina bilan qoplangan narvonlar qoʻllanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻoch va tuproqli pollarda ishlaganda narvonlarning pastki qismlari metall tirnoqlar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Narvonning pastki qismini qoʻl bilan ushlab turish man qilinadi. Ayrim holatlarda, narvonni silliq plitkali polda mahkamlash mumkin boʻlmaganda, ish boshqaruvchi ruxsati bilan narvonni turgʻun holatda ushlab turish uchun narvonning asosi yoniga dubulgʻali ishchi qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Yogʻoch narvonlarni faqat shaffof lak bilan boʻyashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Tirab qoʻyiladigan narvon boʻylab yukni koʻtarish va tushirish va unda asboblarni qoldirish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Bir vaqtning oʻzida detallarni, konstruksiyalarni va h. ushlab turib ishlarni bajarish zarur boʻlganda, havozalar yoki yuqorida panjaralar bilan toʻsilgan maydonchalari boʻlgan narvonlardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Odamlarni koʻtarish uchun osma havozalar va kajavalarni, faqat ular sinalgandan keyin ekspluatatsiya qilishga ijozat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Osma havozalar inshootlarning turgʻun qismlariga bogʻlanma yordamida mahkamlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Osma havozalarning toʻshamalari tashqi va yon tomonidan balandligi 1 m kam boʻlmagan panjaralar yoki metall toʻrlar bilan toʻsilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Osma havozalarning ostidan oʻtish man qilinadi. Juda zarur boʻlgan hollarda havozalar tagida himoya bostirmalari oʻrnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Kajavalarni koʻtarish va tushirish uchun xizmat qiladigan chigʻirlar “Yuk koʻtaruvchi kranlarning tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”, “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” QMQ 3.01.02-00 va “Asbob va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari” talablariga muvofiq boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Inventar raqami boʻlmagan va keyingi sinov muddati koʻrsatilmagan chigʻirlarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Troslar kajavaga va chigʻirning barabaniga biriktirilgan joylarda qattiq mahkamlangan boʻlishi shart. Kajavalarni koʻtarishda troslarning (kanatlarning) harakati erkin boʻlishi shart. Troslarni chiqib turgan konstruksiyalarga ishqalanishiga ruxsat berilmaydi. Ish bajarilmayotgan paytda kajavalar yerga tushirib qoʻyilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Kajavalarni koʻtarish va tushirish uchun qoʻllaniladigan chigʻirlar, poydevorda mustahkamlangan boʻlishi yoki ikki barobar ishchi yuklamada ularning turgʻunligini taʼminlash uchun ballast bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chigʻirlarga begona odamlarning yaqin kelishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Osma kajavalar toʻrt tomondan balandligi 1,2 m dan kam boʻlmagan toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi shart. Kajava toʻsiqlarida eshik oʻrnatish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Payvandlash ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Elektr payvandlash, gazyoyli va boshqa olovli ishlar bajarilgan “MXST. Elektr payvandlash ishlari. Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.3.003ning, Energetik korxonalar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1341, 2004-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 16-son, 194-modda), Energetika obyektlarida olovli ishlarni oʻtkazishda yongʻin xavfsizligi choralari haqidagi yoʻriqnoma (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik qoidalar va normalarga tegishli deb topilgan, 2010-yil 18-avgustdagi 6-24/13-7676/6-son xati) talablariga amal qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Payvandlash uskunalari “MXST. Metallga gazyoyi bilan ishlov berish va qoplamalarni termik changlatish uchun uskunalar va apparatlar. Xavfsizlik talablari” GOST 12.2.008, “Elektr payvandlash va plazmali ishlov berish qurilmalari. Xavfsizlik talablari” GOST 12.2.007.8, “MXST. Gazsifatli kislorod bilan ishlovchi uskunalar. Umumiy xavfsizlik talablari” GOST 12.2.052 va EQTQning talablariga mos kelishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Xonalardagi uskunalarni taʼmirlashda payvandlash ishlarini (gaz va elektr bilan kesish yoki payvandlash), faqat maxsus xonalarga olib chiqish imkoniyati boʻlmagan katta detallarda bajarishga ruxsat beriladi. Ishlar naryad boʻyicha bu xonalarda yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxsning yozma ruxsati bilan quyidagi shartlarda bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) olovli ishlarni bajarish qoidalariga rioya qilinganda va naryadning “Ishlarni bajarish shartlari” ustunida koʻrsatilgan zarur tadbirlar bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab turgan uskunalarda ishlar bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) payvandlanayotgan detallar chang va yonuvchan moddalardan (moylardan va boshqalardan) yaxshilab tozalanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ish joylari uchqunlar va metall kuyindisi sochilmasligi uchun toʻsilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Balandlikda ishlayotgan elektr payvandchilar elektrodlarni solish uchun penallar yoki sumkalarga va qoldiqlar ( kuyindilar) uchun qutilarga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Rezervuarlar ichida yoki yer osti inshootlarida (shaxta quduqlari, gidroturbinaning suv oqadigan qismi — ishchi gʻildirak, spiralsimon kameralar, soʻrib oluvchi quvurlar va h.) payvandlash ishlari bajarilganda mazkur Qoidalar talablari bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq sigʻimlar ichida bir vaqtning oʻzida elektr — va gaz bilan payvandlash ishlarini (gaz bilan payvandlash va kesish) bajarish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Har bir xodim elektr payvandlashda sochiladigan ultrabinafsha va infraqizil nurlarning koʻrish qobiliyatiga va teriga zararli taʼsiri haqida yoʻriqnoma olgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr payvandlash ishlarini bajarayotgan yoki unda ishtirok etayotgan shaxslar koʻzlarida ogʻriq paydo boʻlganda, zudlik bilan shifokorga murojaat etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr payvandlash ishlari bajarilayotganda payvandchi, uning shogirdi va ular bilan ishlayotgan shaxslar quyidagi shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishlari zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) plastik dubulgʻadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuz va koʻzlarni yoy nurlari taʼsiridan himoyalash uchun himoyalangan shishali (yorugʻlik filtri bilan) qalqon yoki niqobdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bolgʻa yoki zubilo bilan payvandlash choklarini tozalaganda parchalardan va qaynoq toshqollardan koʻzni himoyalash uchun rangsiz shishali koʻzoynaklardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) brezent qoʻlqoplardan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, payvandchilar va ularning shogirdlari amaldagi meʼyorlarga muvofiq maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Rezervuarlar ichida elektr payvandlash ishlari bajarilayotganda payvandchiga qoʻshimcha ravishda yetarli kattalikdagi dielektrik gilamchalar, dielektrik kalish va metall detallarga tegishdan izolatsiyalovchi boshqa himoya vositalari (tizzaband, tirsakband va h.) berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Yoyni boshqarayotgan payvandchi shogirdi yoki montajchilar bilan birgalikda ishlaganda, yoyni yondirishdan oldin atrofdagilarni “berkit” deb ovoz bilan ogohlantirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Payvandlash bilan bogʻliq biron-bir ishlarni moyli kiyimlarda va moyli qoʻlqoplarda bajarish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Bosim ostida boʻlgan uskunalarda payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Ish joyida birlamchi yongʻin oʻchirish uchun vositalari (qumli qutilar, belkurak, asbestli yoki qalin choyshab va h.) boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Sexdagi barcha payvandlash lampalari hisobda turishi va raqamlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payvandlash lampalari bilan ishlaganda “Asbob va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari” talablariga rioya qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payvandlash lampalari faqat qoʻllash qoidalarini bilgan va lampalar bilan ish tajribasiga ega boʻlgan ishchilarga berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Rezervuarlar va yer osti inshootlaridagi ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Xodimlar rezervuarlar va yer osti inshootlarida taʼmirlash ishlarni boshlashdan oldin, bu rezervuarlar va yer osti inshootlariga suv tushishining oldini oladigan choralar qabul qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sex (qism) navbatchi xodimi, naryadda koʻrsatilgan ishlab chiqarish shartlarini bajarishda rezervuarlar va yer osti inshootlaridagi odamlarning xavfsiz ishlashini taʼminlovchi zarur choralarni koʻrishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Rezervuarlar va yer osti inshootlarining ichida ishlash uchun, shuningdek davriy koʻrikdan oʻtkazish uchun qunt bilan yoʻriqnoma olgan kamida ikki kishidan iborat ishchilar tayinlanadi, ulardan bir kishi rezervuardan (yer osti inshootidan) tashqarida turishi, ichkarida ishlayotgan ishchining sugʻurta arqonini ushlab turishi va uning holatini nazorat qilib turishi shart. Zarur boʻlgan hollarda u yaqin atrofda ishlayotgan xodimlarni jalb qilib, shikastlangan odamga rezervuardan (yer osti inshootidan) chiqishga yordam berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaqin atrofda odamlar boʻlmagan joyda rezervuarlar (yer osti inshootlari) ichida ishlarni bajarish uchun, kamida 3 kishini tayinlash kerak, ulardan ikki kishi rezervuardan (yer osti inshootidan) tashqarida boʻlib, zarur boʻlganda rezervuarda (yer osti inshootida) ishlayotgan ishchiga yordam berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Agar rezervuar yoki yer osti inshootida ishlayotgan ishchi oʻzini yomon his qilsa, u zudlik bilan tashqariga chiqarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jabrlanganning oldiga tushish zarur boʻlsa, kuzatuvchi yuqorida qolgan boshqa kuzatuvchiga yoki jalb qilingan shaxsga qutqarish arqonining bir uchini berib, gaz niqobini va qutqarish kamarini kiyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Rezervuarlar va yer osti inshootlarini yoritish uchun (ularda statsionar yoritish boʻlmaganda) mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq fonarlar va koʻchma chiroqlar qoʻllanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Gaz xavfli joylarda naryad boʻyicha, yuqorida kamida ikki kishi lyuk oldida ketmasdan, ishlayotganni kuzatib turishi yoki u bilan ikki tomonlama telefon aloqasi boʻlishi sharti bilan ishlashga ruxsat beriladi. Rezervuar yoki yer osti inshootiga tushayotgan ishchi shlangli yoki izolatsiyalangan gaz niqobini va qutqaruv arqoni mahkamlangan tasmali saqlagich kamarini kiyishi shart. Arqonning boshqa uchi yuqorida qolgan kuzatuvchi oldidagi mustahkam qoʻzgʻalmas konstruksiyaga tortilgan holda mahkamlanishi yoki kuzatuvchilardan birining qoʻliga berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlagich belbogʻlarida orqa tomondan yelka kamarlari va ularning kesishishida kanatni bogʻlash uchun halqa boʻlishi shart. Elka kamarlari boʻlmagan belbogʻlarni qoʻllash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz niqobi shlangining uzunligi 15 m dan oshmasligi shart. Shlang keskin qayilishlarga ega boʻlmasligi yoki biron bir nima bilan qisib qoʻyilmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Katta uzunlikka yoki chuqurlikka ega boʻlgan poternalar va gidrotexnika inshootlarining boshqa yer osti boʻshliqlariga xizmat koʻrsatish mahalliy sharoitni hisobga olib maxsus ishlab chiqilgan yoʻriqnoma boʻyicha amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Gazlangan muhitda bevosita gaz niqobi bilan ishlash 15 min dan oshmasligi va gazlangan xonadan tashqarida 15 min. davomida dam olish bilan almashlab turilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Portlash xavfli joylarda koʻchma chiroqlar sifatida faqat portlashdan xavfsiz chiroqlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ochiq olovdan foydalanish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Portlash xavfli joylarda ishlar bajarilganda uchqun bermaydigan (rangli metalldan yoki mis bilan qoplangan) asboblarni qoʻllash zarur. Zaruriyat boʻlganda solidol yoki boshqa mos keluvchi suritiladigan moylar quyuq suritilgan gaykali klyuchlar, zubila va parmalarni qoʻllashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday joylarda poʻlat mixlar yoki taqalar qoqilgan oyoq kiyimda ishlash man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararli gazlar bilan toʻyingan xavfli binolar oldida “Ehtiyot boʻling, gaz, olov qoʻllanmasin!” ogohlantiruvchi plakatlar, shuningdek yongʻin va portlash xavfi haqida ogohlantiruvchi plakatlar osilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Lyuklarni bevosita qoʻllar bilan, gayka kalitlari yoki boshqa narsalar bilan ochish va yopish man etiladi. Buning uchun uzunligi 500 mm dan kam boʻlmagan maxsus ilgaklardan foydalanish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq lyuklar oldida ushbu joyda harakatlanishga toʻsqinlik qiluvchi va tungi vaqtda yaxshi yoritiladigan toʻsiqlar oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Ish tugatilgandan keyin lyuklarni yopishdan oldin, ish rahbari rezervuarda, yer osti inshootida favqulodda ishchilardan kimdir, shuningdek materiallar, asboblar, maxsus kiyim-bosh va boshqa narsalar qolib ketmaganligiga ishonch hosil qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Aylanadigan mexanizmlarga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Aylanadigan mexanizmlarni (nasoslar, ventilyatorlar, elektr dvigatellar va h.) taʼmirlashga tayyorlash naryadda koʻrsatilgan ishlab chiqarish shartlariga muvofiq bajarilishi shart. Bunda mexanizm toʻxtatilgan, uning berkituvchi armaturasi (surilma qopqoqlar, toʻsma qopqoqlar, ventillar va h.) ishlarni xavfsiz bajarilishini taʼminlovchi holatga oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizmni oʻchiradigan armaturaning yuritmalari zanjir yoki boshqa qurilmalar va moslamalar yordamida qulfga berkitilishi shart, bu ularning yanglishib ulanishini bartaraf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizmning uzilgan yuritmalarida va ishga tushirish qurilmalarida kuchlanish berilishini va yopish armaturalarni ochish-yopishni man etuvchi plakatlar, ishlar bajariladigan joyda esa — “Bu yerda ishlang!” xavfsizlik plakati osib qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Elektr yuritmalari boʻlgan aylanuvchi mexanizmlarni taʼmirlashga chiqarishda elektr sxemasini qismlarga ajratishni elektr texnik xodimlar mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan “Elektr uskunalarni ekspluatatsiya qilishda XTQ”ga muvofiq amalga oshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Agar aylanuvchi mexanizmning boshqaruv shchiti mexanizmning oʻzidan chetlashtirilgan boʻlsa, sinov yoki mexanizmni balansirovka qilish vaqtida elektr dvigatelni avariyaviy oʻchirish tugmasi bevosita mexanizm oldida montaj qilinishi shart. Avariyaviy oʻchirish tugmasi oldida kuzatuvchi qoʻyilgan boʻlishi shart, u ish rahbari signali boʻyicha mexanizmni oʻchirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovda ishtirok etmaydigan begona shaxslarni sinovdan yoki balansirovkadan oʻtayotgan aylanuvchi mexanizmlarning oldida turishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Aylanuvchi mexanizmlarni ishga tushirishda, shu jumladan ishlatib koʻrishda, ularda ulanish yarimmuftalaridagi barcha barmoqlar, aylanuvchi qismlar oldidagi barcha toʻsiqlar oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Torkret, sement va beton ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Bosim ostidagi va bosimsiz tunnellarni va boshqa gidrotexnika inshootlarining sirtiga sement qorishmasini bosim bilan yuborish va torkretlash qorishma haydagichlari yordamida, ushbu mexanizmlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha barcha qoidalariga rioya qilgan holda, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Qorishma haydagichlariga xizmat koʻrsatuvchi ishchilar, oʻqitilgan, xavfsiz ish usullari boʻyicha yoʻriqnoma olgan, shuningdek himoya koʻzoynaklari va rezinali qoʻlqoplar bilan taʼminlangan boʻlishlari shart. Qorishma haydagich apparatlari oldidagi ish joylari yoritilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Qorishma haydagichlar ishchi bosimni oʻlchash uchun manometrlar bilan jihozlangan boʻlishi shart. Qorishma haydagichdagi bosim pasportda belgilangan qiymatlardan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Tunnellar va galereyalarning gumbazlariga ishlov berish uchun qorishmani bosim bilan haydashda quduqlarni kovlash, quvurlarni berkitish va qorishma oʻtkazgich soplosini ishlov beriladigan joyga mustahkamlash uchun faqat doimiy yoki koʻchma havozalardan turib bajarishga ruxsat beriladi. Tirkab qoʻyiladigan narvonlarni qoʻllash man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Betononasos yordamida gidrotexnika inshootlarining taʼmirlanayotgan qismlariga beton qorishmasini uzatishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishlarni boshlashdan oldin butun betonovod tizimi ishchi bosimdan 1,5-marta ortiq boʻlgan gidravlik bosim bilan sinalgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) betononasos atrofida kengligi 1 m dan kam boʻlmagan oʻtish yoʻllari qoldirilgan boʻlishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) beton qorishmasini yotqizish joyi betononasos motoristi bilan signalizatsiya yordamida bogʻlangan boʻlishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) betonovodning chiqish teshigida soyabon-aks ettirgich oʻrnatilgan boʻlishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) beton qorishmasini berishdan oldin betonovodning qulfli birlashmalari tozalangan va zich berkitilgan boʻlishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) betononasosning qabul qilish bunkerining ogʻziga beton qorishmasini itarish va betonovod zvenolarining tez qismlarga ajraladigan birlashmalarini echishga faqat tizimdan bosim olingandan keyin ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) betonovodni siqilgan havo bilan tozalashda ishchilar betonovodning chiqish teshigidan 10 m dan kam boʻlmagan masofaga chetlashtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Betonlanayotgan konstruksiya 300 ortiq qiyalikka ega boʻlsa, ishlar saqlagich kamarlarini qoʻllab bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Elektr stansiyaning ekspluatatsiya qilinayotgan inshootlari boʻylab beton qorishmasini avtotransportda tashishda ishlar xavfsizligi qorishmani yotqizish joyiga uzatish uchun koʻtaruvchi mexanizmlarni va avtotransportlarni toʻgʻri tanlash bilan taʼminlanishi shart. Bevosita ish boshlashdan oldin beton qorishmani yotqizish va uzatishda qoʻllaniladigan uskunalarning, asboblarning (zambilgʻaltaklar, konteynyerlar, bunkyerlar, vibratorlar, vibroxobotlar va h.) ishga yaroqligini tekshirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Gidrotexnika inshootlarining qiya yuzalarida (qiyalik, suv toʻkadigan toʻgʻonlar va h.) ishlar bajarilganda kengligi 1,5 m dan kam boʻlmagan, balandligi 1 m dan kam boʻlmagan toʻsiqlarga ega boʻlgan, koʻndalang plankali narvonlar (traplar) qoʻllanilishi shart. Narvonlarning qiyaligi 1:3 dan koʻp boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. 1 m dan ortiq boʻlgan balandlikka beton qorishmalarini zambilgʻaltak yordamida tashish, kengligi 1,2 m dan kam boʻlmagan maxsus toʻshamalar yoki balandligi 1 m boʻlgan panjarali toʻsiqlari bor koʻprikchalar boʻyicha amalga oshirilishi kerak. Zambilgʻaltakning harakatlanishi aylanma, qarshi oqimlarsiz va kesishuvlarsiz boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Beton qorishmalarni vagonetkalar bilan tashishda, harakat vaqtida agʻdarilib ketishning oldini olish uchun, vagonetkaning kuzovi qoplamalar bilan mahkamlanishi shart. Qorishmani yotqizish joyida kuzovni agʻdarishdan oldin, vagonetkaning ramasini rels yoki shpalaga skoba bilan mahkamlash, toʻkish esa oʻzidan amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Beton qorishmalarni tashiyotgan samosvallarning yukni tushirish joylari avtotransportlar uchun mustahkam tayanchlar bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Yuk tushirish vaqtida koʻtarilgan kuzov ostida boʻlish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Beton qorishmalarni qiyalikda tushirish, bevosita betonlash joyida avtotransportni toʻkish yoʻli bilan yoki lotoklar yordamida, vertikal berishda esa — metall boʻgʻinli xartumlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, betonlash chuqurligi 20 m dan ortiq boʻlganda, qabul qilish bunkyerlari bor vibroxartumlardan foydalanish shart. Xavfsiz ekspluatatsiya qilish maqsadida vibroxartumning barcha boʻgʻinlari saqlovchi arqonlarga, vibrator esa — xartumga ishonchli mahkamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Vibroxartumlardan beton qorishmalarni tushirish vaqtida uning ostida ishchilarning boʻlishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Beton qorishmalarni zichlash uchun elektr vibratorlar bilan ishlaganda elektr asbob bilan ishlashda xavfsizlik texnikasining barcha talablari bajarilishi shart. Vibratorning korpusi yerga ulangan boʻlishi shart. Vibroasboblar bilan ishlayotganlar vibrohimoyalangan qoʻlqoplar va poyafzal bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Yuzalarni tozalash va boʻyash ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Operator va qum oqimli apparat oldida turgan yordamchi ishchining ish joylari oʻrtasida tovushli yoki yorugʻlik signalizatsiyasi koʻzda tutilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Qum oqimli ishlar bajarilayotgan joy toʻsilishi va uning oldida “Yoʻl berk”, “Xavfli zona” plakatlarini osib qoʻyilishi kerak. Qum oqimli ishlar bajarilayotgan zonaga shaxsiy himoya vositalarisiz (himoya koʻzoynaklari va respiratorlar) va zich matodan tikilgan maxsus kiyim-boshsiz kirish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Qum oqimli apparat operatori chang oʻtkazmaydigan maxsus kiyim-bosh va nafas olish uchun majburiy toza havo beradigan skafandr (maska) bilan, yordamchi ishchi esa — himoya koʻzoynaklari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Idishlar, uzatuvchi quvurlarning ichki metall yuzalarini va turbinalarning spiralsimon naychalarini quruq kvarsli qum bilan tozalash man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Yuzalarni elektromexanik chetkalar yordamida tozalaydigan ishchilar himoya koʻzoynaklari va respiratorlar bilan, kislota bilan tozalashda esa — himoya koʻzoynaklari, rezina etiklar, kislotaga qarshi qoʻlqoplar va fartuklar bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Metall konstruksiyalarni elektromexanik choʻtkalar yordamida tozalashda elektr asboblar bilan ishlashda elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Boʻyash ishlari “MXST. Boʻyash ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari” GOST 12.3.005 ga muvofiq bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. 0,7 kgs/sm2 dan yuqori ortiqcha bosim ostida ishlayotgan boʻyash apparaturasi (moy-suv ajratgichlar, boʻyoqni bosim bilan yuboruvchi bochkalar va h.) reduktorlar, manometrlar, saqlagich klapanlari bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Manometrlar tekshirilgan va plombalangan boʻlishi shart. Ulanish joylarida havo shlanglari, siqilgan havo bosimi ostida uzilib ketmasligi uchun, xomutlar bilan qattiq mahkamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Mexanizatsiyalangan boʻyashda ishlar boshlangunga qadar quyidagilarni tekshirish kerak: agregatning, shlangning ishga yaroqligini, kompressorga, bosim bilan yuboruvchi bochkalarga, pistolet-purkagichlarga shlangning birikishini, shuningdek havo filtrining tozaligini. Ishga yaroqsiz uskunalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Pnevmatik asboblarga shlanglarni ulash va ularni qismlarga ajratish, faqat havo berish toʻxtatilgan va bosim olinganidan keyin bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Barcha qoʻllanilayotgan boʻyoqlar, emallar, laklar, eritgichlar, suyultirgichlar, ularning tarkibidagi komponentlar albatta koʻrsatilgan sertifikatlar yoki pasportlar bilan taʼminlanishi shart. Tarkibi nomaʼlum boʻlgan boʻyoq va eritgichlarni qoʻllash man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Boʻyash ishlarini bajarayotgan ishchilar qoʻllanilayotgan boʻyoqlar tarkibiga va xonalar hajmiga bogʻliq ravishda himoya vositalari (respiratorlar, gazga qarshi niqoblar, skafandrlar, koʻzoynaklar, maxsus qoʻlqoplar, shuningdek himoya malhamlari va pastalari) bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Tarkibida zaharli moddalari boʻlgan lak-boʻyoq materiallari yoʻriqnoma yoki ularni qoʻllash boʻyicha koʻrsatma talablariga muvofiq aniq foydalanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Tarkibida zaharli va olovga xavfli moddalari boʻlgan lak-boʻyoq materiallarini tayyorlash uchun maxsus oʻqitilgan ishchilarga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Ish bajarilayotgan joyda lak-boʻyoq materiallarining miqdori smena ehtiyojidan ortiq boʻlmasligi shart. Lak-boʻyoq materiallari va eritgichlar saqlanayotgan bochka va bidonlar zich berkitilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Balandlikda joylashgan qurilish oraliqlari, koʻpriklar, tambalar, taʼmirlash toʻsiqlari va boshqa konstruksiyalarni tozalash va boʻyash uchun mazkur Qoidalar va “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” QMQ 3.01.02-00 talablariga muvofiq bajarilgan osma toʻshamalar oʻrnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Gidrotexnika inshootlarining boshqaruv minoralarida va kran osti estakadalarida boʻyash ishlarini bajarishda yengil konstruksiyali koʻchma havozalarni: yigʻma ikki- va uch qavatli minoralarni qoʻllashga ruxsat beriladi. Kran yordamida koʻtariladigan kajavada odamlarni koʻtarishga va unda turib ishlashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Tambalarni boʻyash, ular pazlardan olinishi va maxsus ajratilgan joylarda mustahkam holatda oʻrnatilishidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Xonalarda pnevmatik apparatlarni, shuningdek tarkibida zaharli uchadigan eritgichlari bor boʻlgan tez quriydigan lak va boʻyoqlarni qoʻllab boʻyash ishlari bajarilganda, ishchilar mos respiratorlar va himoya koʻzoynaklari bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Ichki yuzalarni (rezervuarlar, uzatuvchi quvurlar, moy bosimli tizimlar baklari va h.) boʻyashda yetarli darajada tabiiy yoki majburiy ventilatsiya taʼminlangan boʻlishi shart. Ventilatsiya boʻlmagan taqdirda, ishlar gazga qarshi niqoblarni yoki majburiy havo uzatuvchi niqoblarni qoʻllagan holda bajarilishi kerak. Koʻchma yoritqichlar portlashga xavfsiz qilib bajarilgan, 12 V dan koʻp boʻlmagan kuchlanishli boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Qurilish konstruksiyalari, apparaturalar va yopiq sigʻimlarni perxlorvinilli laklar (boʻyoqlar) bilan boʻyash, havo majburiy uzatiladigan gazga qarshi niqoblar bilan bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Perxlorvinilli boʻyoqlar bilan tashqi boʻyash ishlarini, havo harorati 4oS dan yuqori boʻlmaganda gazga qarshi niqoblarsiz bajarishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Perxlorvinilli lak-boʻyoq materiallari va eritgichlarni, faqat bu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan, ventilatsiyasi boʻlgan olovga chidamli binolarda saqlash, hamda lak-boʻyoq tarkiblarni tayyorlash uchun ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ventilyatorlar uchun portlashga xavfsiz bajarilgan elektr dvigatellarni qoʻllash, uzgichlarni esa xavfsiz joyga chiqarish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Boʻyoqlar va laklar tayyorlanayotgan xonalarni elektr asboblari bilan isitish man qilinadi. Bunday xonalarni isitish faqat suvli yoki bugʻli isitish asboblari orqali amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Eritgichlar sifatida etillangan benzin i benzollarni qoʻllash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Yengil alangalanuvchi nitroboʻyoqlar va laklar qoʻllanilayotgan zonada chekish va olovdan foydalanish, shuningdek uchqun paydo boʻladigan ishlarni bajarish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Kompressorlar va havo quvurlariga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Kompressor qurilmalari xonasida uzatuvchi quvurlar va uskunalar sxemasi osilgan boʻlishi, unda barcha berkituvchi va rostlovchi organlar, ularga tegishli raqamlanish bilan koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Elektr stansiyaning rahbariyati tomonidan kompressor qurilmalarini va havo quvurlarini toʻgʻri va xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxs tayinlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Issiqlik tarqatuvchi apparatlar yonidan oʻtgan havo quvurlari, ularda siqilgan havo harorati oshib ketishidan himoyalangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Muntazam xizmat koʻrsatishni talab qiladigan armaturalar yer sathidan yoki yopmalardan 1,8 m dan yuqori balandlikda joylashganda, xizmat koʻrsatish qulay boʻlishi uchun maydonchalar va narvonlar koʻzda tutilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Havo quvurlari, shuningdek moy va suvni yoʻqotish uchun qurilmalar muzlab qolgan hollarda, ularni issiq suv, bugʻ yoki issiq havo bilan isitishga ruxsat beriladi. Bu maqsadlar uchun ochiq olov manbaini qoʻllash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Ishlab turgan kompressorlarni (butunlay avtomatlashtirilganidan tashqari), ularga xizmat koʻrsatishga ruxsat etilgan shaxslar nazoratisiz qoldirish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Artish materiallari sifatida faqat paxtali yoki zigʻirli lattalarni qoʻllashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Nam-moy ajratgichlarni, havo yigʻgichlarni va boshqa sigʻimlarni ichki koʻrikdan oʻtkazishda, tozalashda yoki taʼmirlashda, ular tegishli tarmoqlardan quyruqli tiqinlar bilan ishonchli oʻchirilgan, u yerda qolgan gaz yoki havodan boʻshatilgan va toza havo bilan 10 daqiqa davomida puflab tozalangan boʻlishi shart. Sigʻimning barcha lyuklari, u yerda ishchilar boʻlganda ochiq boʻlishi va sigʻimdagi havo uzluksiz ventilatsiya qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼmirlashda yoki tozalashda boʻlgan sigʻimlarda berkituvchi armatura bilan ishlashni va qurilmani ulashni taʼqiqlovchi plakatlar osilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Muzlatgichlarni, nam-moy ajratgichlarni, shuningdek havo quvurlarini tozalashda, ularni kuydirish bilan amalga oshirish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Kompressor qurilmasi xonalarida, havo yigʻgichlarda va havo quvurlarida payvandlash ishlari “Energetik korxonalar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari”ga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompressor qurilmasining qismlarini yoki uzellarini tozalash va taʼmirlashdan keyin, ularda biron-bir yot jism qolmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Kompressor qurilmasi xonasiga kirish eshigi xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni chaqirish uchun signalizatsiyaga ega boʻlishi shart va unda “Begonalarga kirish man etiladi!” taʼqiqlovchi plakat osib qoʻyilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. Suv xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Materiallarni suvdan olib oʻtishda va avtotransportda tashishda xavfsizlik choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Elektr stansiyasi tasarrufida boʻlgan barcha kemalar, qayiqlar, sollar, paromlar va boshqa suzuvchi vositalar yongʻinga qarshi, qutqaruv, signal va suvni toʻkish vositalari, kema yuklash moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi shart. Elektr stansiyasi rahbariyati tomonidan suzuvchi vositalarni saqlanishi va ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxslar tayinlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Suzuvchi vositalarda koʻrinadigan joylarda avariya holatlarida xodimlarning harakati haqida qisqa tavsiyalari boʻlgan eslatmalar osilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutqaruv vositalarini saqlash joylari belgilab qoʻyilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Suzuvchi vositalarning yoʻl varaqasida reys davomiyligi, tashilayotgan odamlarning ruxsat etilgan soni va yukning massasi, shuningdek suzish sharoitlarini koʻrsatmasdan, reysga chiqishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reysdan oldin ob-havo bashorati maʼlum boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Kemalarda va suvdagi qurilmalarda boʻlgan barcha xodimlar ichki intizom qoidalari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish masalalarida quyidagi kishilarga itoat etishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzi yurar shatakchi kemalarda — kema haydovchisiga (kapitanga, motoristga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlarni bajarishga moʻljallangan suzuvchi vositalarda, jumladan oʻzi yurar kemalarda — ishboshiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻtish va suzish uchun moʻljallangan paromlarda va qayiqlarda (eshkakli) — qayiqchiga, parom boshqaruvchisiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Suvda ishlayotganda halokat yuz berganda, kemada xavfsizlik uchun javobgar shaxs odamlarni va mol-mulkni qutqarish choralarini koʻrishi va oʻzida bor boʻlgan vositalar bilan yordam haqida signal berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Suv omborlarida, shamolning kuchi 4 balldan ortiq (shamol tezligi 5,3 — 7,4 m/s) boʻlganda qayiqlarda va pontonlarda va shamolning kuchi 5 balldan ortiq (shamol tezligi 7,5 — 9,8 m/s) boʻlganda daryo katyerlarida suzish va ishlarni olib borish man etiladi. Ishlash vaqtida kuchi 4 balldan ortiq shamol turganda, qayiq yoki ponton qirgʻoqqa yoʻnaltirilishi kerak. Qayiq toʻnkarilishining yoki katta toʻlqin uni chayqatib yuborishining oldini olish maqsadida toʻlqinga qarshi yurish kerak. Qutqarish vositalari tayyor holatda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Barcha kemalar inventar taxta zinalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart. richallar odamlarni kemaga chiqarish va tushirish uchun balandligi 1 m kam boʻlmagan panjaralari boʻlgan traplarga (koʻprikchalarga) ega boʻlishi shart. Qish mavsumida taxta zinalar va traplar muzdan, qordan tozalangan va qum sepilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Avtotransportlardan yuklarni tushirishdan oldin yuklash inventarlarini, moslamalarini, mexanizmlarini tayyorlash va tekshirish, lyuklarda, koʻpriklarda, bort oraliqlarida va boshqalarda toʻsiqlar oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Taxta zinalar va traplar ikkala tomondan balandligi 1 m kam boʻlmagan mustahkam panjaralarga ega boʻlishi va tungi vaqtda bir tekis tarqoq nur bilan yoritilishi shart. Ortish va tushirish ishlarini bajarishda trap kengligi bir tomonlama harakatlanishda 1 m dan kam boʻlmasligi va ikki tomonlama harakatlanishda — 2 m dan kam boʻlmasligi shart. Oʻtish uchun koʻprikchalar mustahkam boʻlishi (prujinalanmasligi) shart. Koʻprikchalar, taxta zinalar va traplarning qiyaligi 1:3 dan ortmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Koʻp yillar davomida boshqariladigan suv omborlari boʻylab paromlarda nariga tomonga oʻtkazishda yoki kemalarda harakatlanishda suv sathi oʻzgarishlarida joyi koʻchiriladigan suzuvchi pristanlar oʻrnatilishi shart. Pristanlarda taxta zinalar va koʻprikchalar oʻrnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Quyidagi hollarda ishchilarni suvdan olib oʻtish man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishga yaroqsiz va mos mahalliy instansiyalar tomonidan tekshirib chiqilmagan suzadigan vositalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3 balldan ortiq boʻlgan toʻlqinda (toʻlqin balandligi 0,75 — 1,25 m) yoki tumanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻlqin qaytargichning faol harakatlanishida, muzlar siljiganda va yurganda, axlat oqayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tungi vaqtda yoritilmagan joylarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Suzuvchi tayanchlarga oʻrnatilgan inshootlarga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Yangidan ekspluatatsiyaga kiritilayotgan yoki rekonstruksiya qilingan toʻsqichlar (zaponlar), suzuvchi devorlar (bonlar) va sollarni ishga tushirish uchun, ular maxsus komissiya tomonidan qabul qilinganidan keyin ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Poʻlat kanatlar va zanjirlar amaldagi standartlar talablariga javob berishi va ishlab chiqaruvchi zavodning tegishli sertifikatiga ega boʻlishi; oʻsimlik va sintetik tolalardan tayyorlangan kanatlar yorliqlarga ega boʻlishi shart. Sertifikatlar (yorliqlar) bilan taʼminlanmagan kanat va zanjirlar olinganda, ular sinovlardan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtadan tayyorlangan kanatlarni qoʻllash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Suzuvchi devorlarning tashqi sirti va yonlari boʻylab chiqib turgan mixlar, simlar, troslar, xoda va shponkalarning chetlari boʻlmasligi shart; boltlarning uchlari xodalar yuzasi bilan bir tekis qoqilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Odamlar qirgʻoqdan suzuvchi devorlarga va boshqa suzuvchi inshootlarga oʻtish koʻprikchalari va traplarining kengligi 0,6 m dan kam boʻlmasligi shart. Traplar va oʻtish koʻpriklari ikki tomondan koʻndalang plankali panjarali toʻsiqlar bilan, tik qirgʻoqlarda esa — panjarali narvonlar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xavfli joylar taqiqlovchi plakatlari bor boʻlgan toʻsiqlarga yoki signalizatsiyaga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Hududiy ajratilgan inshootlar orqali yogʻoch-taxta materiallarni, muzliklarni, axlatlarni oʻtkazish boʻyicha kelishuv talab qilinadigan ishlarda signalli aloqa tashkil etilishi, xodimlar esa signalizatsiyaga oʻqitilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Suzuvchi inshootlardagi toʻsqichlar va suzuvchi devorlar masʼul ishga javobgar rahbarning bevosita rahbarligi ostida oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Suzuvchi devorlar boʻylab qayiqda suzish va unga yuqori tomondan (oqim boʻyicha) qayiqni bogʻlab qoʻyish man etiladi. Zapanlarni oʻrnatishda faqat qutqaruv vositalari bilan taʼminlangan maxsus oʻqitilgan xodimlar suzuvchi tayanchlarda boʻlishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Zapanlarning tross uchlarini bir qirgʻoqdan ikkinchisiga qayiqda olib oʻtish mumkin emas. Troslar boshqa qirgʻoqqa qayiqlarda tashiladigan yengil yordamchi kanatlar bilan tortilishi shart. Zapanlar uchun tayanchlar loyiha boʻyicha oldindan oʻrnatilishi shart. Zapanlarning qirgʻoqdagi troslarini mahkamlash joylari toʻsilgan, zapanlarda esa berkitilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Qirgʻoqda oʻsayotgan daraxtlardan oʻrnatish troslarini mahkamlash uchun qirgʻoqdagi tayanchlar sifatida foydalanish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Elektrostansiyalarning axlatlarni ushlab qoluvchi toʻsqichlardagi ishlar ishga javobgar rahbarining bevosita rahbarligi ostida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Suzuvchi tayanchlarga oʻrnatilgan inshootlarning troslari langar yordamida mahkamlanganida, ular oʻrnatilgan joylarni poʻkaklar (buykalar) bilan belgilash kerak. Daryolarning kema yuradigan qismlaridagi suzuvchi tayanchlarga oʻrnatilgan inshootlar baken suzgichli toʻsiqlarga, farvatyerlar tomonidan esa — toʻlqin soʻndirgichga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Suv omborlarida taqiqlovchi xavfsizlik plakatlari taqiqlangan zona chegarasida oʻrnatilishi shart. Elektr stansiyasi akvatoriyasidan tashqarida ogohlantiruvchi va taqiqlovchi plakatlarning oʻrnatilishi mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Suv omborlarida yoki byefda taqiqlangan zona loyihaga muvofiq belgilanadi. Taqiqlangan zona chegarasida “Taqiqlangan zona” plakatlari yoki tablo oʻrnatilishi, yalpi yoritish va avtomatik tovush signalizatsiyasi koʻzda tutilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Togʻli sharoitlarda derivatsion gidroelektrostansiyalarning yuqori byeflari uchun byefning barcha qismlari suzish uchun taqiqlangan zona boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Oqib oʻtayotgan suv (oqim) ustida ishlayotganda, odamlarning suvga tushib ketishini bartaraf qiladigan xavfsizlik choralari koʻrilishi shart. Ish joyida yoki undan birmuncha pastda qayiqda navbatchilik tashkil etilishi shart. Tungi vaqtlarda bunday ishlar man etiladi. Tungi vaqtlarda ishlarni bajarish zarur boʻlganda, qoʻshimcha xavfsizlik choralari qabul qilinishi shart. Ish joyining kamida 30 m dan yuqori va 150 m pastda boʻlgan suv sathi yoritilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Muzlik davrida xavfsizlik choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Daryoda shuga va muz paydo boʻlganda tirgaklar qiyaligi zonasida paromlar ishi toʻxtatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Muz boʻylab ishlar bajarilayotgan yoki kuzatilayotgan joylarga faqat oʻtkazilgan yoʻl va soʻqmoq yoʻl boʻyicha kelishi lozim. Agar muz koʻchish (uzilish) jarayonida boʻlsa, muz boʻylab harakatlanish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. GESlarning sath oʻzgarishlarida muzning sinishi va muallaq turib qolishi qayd etilgan pastki byef qismlarida barcha ishlar uchun xavfli joylar kunduzgi va tungi vaqtda koʻrinadigan va bu zonada ishlashni man qiladigan xavfsizlik plakatlari bilan belgilangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Muz koʻchishi va mayda muz parchalari oqishi davrida daryo va suv ombori boʻyicha ishlar va suzishlar faqat mustahkam korpusli motorli kemalarda, katta boʻlmagan alohida muzliklarda esa — eshkakli qayiqlarda va gidrometrik pontonlarda ishlash va suzishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Muz koʻchishi va mayda muz parchalari oqishi davrida oqim tezligi 1,5 m/s dan ortiq boʻlganda ishlash, shuningdek tungi vaqtlarda suzish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Muzlar yoki muz parchalari tiqilib qolgan yuzalarga, faqat favqulodda hollarda: inshootga xavf soladigan xavfni bartaraf etish uchun xodimlarning chiqishi uchun ijozat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning maxsus (toʻshamalar, saqlovchi kanatlar va boshqa) xavfsizlik choralarisiz tiqilib qolgan muzlar yoki muz qatqaloqlari boʻylab harakatlanishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Toʻgʻonning suv chiqarib yuborish teshiklaridan muzlarni va mayda muz parchalarini tashlash, saqlovchi kamarlarni qoʻllagan holda, toʻgʻonning xizmat koʻprikchalaridan, osma havozalardan yoki kajavalardan amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Xizmat koʻprikchalarida, narvonlarda va havozalardagi muzlar muntazam ravishda sindirib turilishi zarur. Xodimlarning barcha oʻtish joylari qum bilan sepilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Toʻgʻon tambalaridagi muzni parchalashda yoki suv tushiradigan joy, yigʻma kanallar, teshik devorlarini muzdan tozalashda xodimlar saqlovchi kamarlar bilan ishlashi shart. Havozalarning, kajavalarning toʻshamalari qordan va muzlardan tozalanishi va zarur boʻlganda qum sepilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Muz qatqalogʻini qaynoq suv bilan tozalash, xodimlarning shikastlanish xavfini bartaraf qiladigan xavfsizlik choralarini koʻrib bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yopishib qolgan muzlarni tozalash tambaning pastki qismida olib borilayotgan boʻlsa, ishlar pastki byefga tushirilgan osma kajavalardan, saqlovchi kamarlarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Tambalarning elektr isitish tizimiga xizmat koʻrsatish elektr texnik xodimlar tomonidan amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Yuqori byefda muz qatqalogʻini yoʻq qilishda va h. ishlarni bajarishdagi portlash ishlari ixtisoslashgan korxonalar tomonidan maxsus yoʻriqnomalarning talablariga muvofiq bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Inshootlarni axlatlardan tozalash ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Suv qabul qiluvchi qurilmalarning axlatni ushlab qoluvchi panjaralarini axlatdan tozalash, bevosita javobgar ish rahbari boshchiligida bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Xodalarni chetga chiqarish, xizmat koʻprikchalaridan turib, uzun dastakli ilgaklar va xaskashlar yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Yirik panjaralarga va suv qabul qiluvchi teshiklarga axlat va xodalar tiqilib qolganda, tozalashni “oʻziga qarab” bajarish taqiqlanadi. Tiqinlarni tozalash axlatni asta-sekin byefga tashlash yoʻli bilan amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Axlatni ushlab qoluvchi panjaralarni suvning teskari oqimi bilan tozalashda pastki byefdagi barcha ishlar toʻxtatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Elektr isitish bilan jihozlangan axlatni ushlab qoluvchi panjaralar yerga ulangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Suv qabul qilgichning panjaralarini axlatdan tozalashda va suv qabul qilgich teshiklaridan xodalarni greyfer bilan olib tashlashda, xodalarda va inshoot chetlarida yoki panjaralarda turish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Axlatni greyfer bilan tutishni choʻkindiga greyferni erkin tushirish bilan amalga oshirish shart. Greyfer bilan ushlangan axlat 1 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda maxsus ajratilgan joyga tashlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Greyfer boʻshatilayotgan paytda axlat tashlash zonasida xodimlarning boʻlishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Suv oqiziladigan toʻgʻonlarda suv yoʻllarini xodalardan tozalash, shuningdek panjaralarda tiqilib qolgan xodalarni chiqarish, saqlovchi kamarlarni qoʻllagan holda, kran yordamida koʻtariladigan maxsus kajavalardan turib amalga oshirilishi shart. Xodalarni koʻtarish, faqat odamlar kajavadan chiqarilganidan keyin bajarilishi shart. Xodalarni avtotransportga ortish ikkita osma arqon yordamida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Rels yoʻllarida harakatlanayotgan axlat tozalash avtotransportlari oldida turish, shuningdek axlat tashuvchi vagonetkalarda yurishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Oʻtish joylarini qalashtirib tashlash va axlatni panjaradan 2 m dan yaqin taxlash man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Toshqinni inshootlar orqali oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Suv toshqini davriga tayyorgarlik koʻrishda xodimlar yoki aholini oʻtishi uchun foydalanilgan va suvning koʻtarilishi mumkin boʻlgan sathidan pastda joylashgan barcha vaqtinchalik inshootlar olib qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Toshqinning sathi va oʻtish sharoitlarini kuzatish uchun gidrouzel tumanida va daryoning undan yuqori qismida, zarur boʻlganda, aloqa vositalari bilan taʼminlangan postlar tashkil etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Yuqori va pastki byefning suv toshadigan zonasidagi barcha taʼmirlash va tiklash ishlari toshqin boshlangunga qadar tugatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Toshqin davrida inshootlarda ishlar bajarilishi zarur boʻlganda, ishlar bevosita javobgar ish rahbari boshchiligida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Suv omboriga toshqin kirganda, taqiqlangan zona mahalliy sharoitlar hisobga olinib elektr stansiyaning bosh muhandisi tomonidan aniqlanadi, yuqori turuvchi korxona tomonidan tasdiqlanadi va ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari bilan belgilab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Katta boʻlmagan suv omborlarida toʻsatdan sel toshqinlari yuzaga kelganda, xodimlar bu haqda sirena signali bilan oʻz vaqtida xabardor qilinishi shart. Toʻgʻonning yuqori va pastki byeflari boʻyicha bajarilayotgan barcha ishlar darhol toʻxtatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Toshqin oʻtkazib yuborilayotganda qutqaruv brigadasi uchun suzuvchi vositalar (katyerlar, motorli qayiqlar) ishga yaroqli holda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Suv omborini va byefni boʻshatish va toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Suvni chiqarib yuboradigan shchitlar ochilgunga qadar, quyidagi ishlar bajarilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pastki byefda olib borilayotgan ishlar holatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishchilarni ishni tugatish vaqti haqida ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlar tamom boʻlgandan keyin byefda kishilar yoʻqligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Byefni boʻshatish muddati, toʻgʻondan pastda istiqomat qiladigan aholini suv sathining koʻtarilishi haqida ogohlantirish uchun mahalliy idoralar bilan kelishiladi. Gidrotexnika tugunlari aholi punktlari chegarasida joylashganda, toʻgʻon tambalari ochilishidan oldin tovush signallari berilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Suv omborlarida suvni toʻkishdan oldin, bu haqida toʻgʻon yuqorisida joylashgan suv stansiyalari xabardor qilinadi va qayiqda harakatlanish va choʻmilish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori byefda joylashgan paromlar, suv olib ketmasligi uchun qirgʻoqqa olib chiqiladi va mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Toʻgʻonning yuqori byefida, faqat suv sathi suvni boʻshatish loyihasi boʻyicha eng pastki holatga yetganda ishlash uchun ijozat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori byefda ishlash muddati pastki sath holatining davomiyligi bilan aniq muvofiqlikka keltirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Suv bosgan zonada, shchitlar bilan himoyalanmagan suv qabul qilgich qurilmani ham qoʻshib, byef sathi koʻtarilishi oldidan, u yerda ishlayotgan barcha xodimlar olib chiqilishi, hamda qurilish materiallari va asboblar yigʻishtirilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Byefni toʻldirishga javobgar xodim, byef sathi koʻtarilishidan oldin kirish shchitlari zich yopilganligini, koʻtarish mexanizmlarining yuritmalarida qulflar va shchitni koʻtarishni man qiluvchi plakatlar borligini shaxsan tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Suv omborini toʻldirishning borishi va taxmin qilinayotgan suv sathi haqida yuqorida joylashgan aholi punktlarini xabardor qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Inshootning bosh tuguni orqali suvni avariyaviy chiqarib tashlashda, oldindan quyidagilar ishlar bajarilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pastki byefdagi shaxslarni va taʼmirlash brigadalarini chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ochilishi kerak boʻlgan shchit zonasidan barcha suzuvchi vositalarni chetga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) suzuvchi toʻsiqlar va toʻsqichlarni mahkamlash va har tomonga tortib bogʻlab qoʻyish va ular ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanilayotgan boʻlsa, ularda harakatlanishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avariyaviy toʻkish uchun foydalaniladigan tamba zonasida “Yoʻl berk!”, “Xavfli zona!” taqiqlovchi plakatlarni oʻrnatib qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Yuqori byefni yuvish ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Nasosdagi choʻkindini gidromonitorlar yordamida yuvishda agregatni mustahkam tuproqda yoki shagʻalli qatlamda oʻrnatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Xodimlarga serbalchiq choʻkindilar boʻylab, faqat mustahkam yotqizilgan toʻshamalar ustidan harakatlanishi uchun ruxsat beriladi. Agar choʻkindilar yetarli darajada zich boʻlmasa, ularda harakatlanayotgan shaxslar sugʻurta arqonlari bilan taʼminlanishi shart. Choʻkindi qatlamlar boʻyicha yakka holda turli xil harakatlanishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Basseyn va suv toʻkgichlarni choʻkindilardan gidromexanizatsiya usuli bilan yuvishga, faqat ishlarni tashkil qilish loyihasi bor boʻlganda ruxsat etiladi, unda ishlarni bajarish ketma-ketligi va ishlarni xavfsiz yuritish uchun zarur boʻlgan yordamchi qurilmalar koʻzda tutilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byefni yuvish boʻyicha ishlarga rahbarlik uchun yuvishni bajarayotgan korxonaning muhandis-texnik xodimlaridan javobgar shaxs tayinlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Gidromonitorning ishchi zonasi gidromonitor oqimining bir yarim barobar masofasi chegarasida, shuningdek tuproq oʻpirilishi mumkin boʻlgan chegara ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari bilan toʻsilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Byefni, suv sathini ketma-ket tushirish va koʻtarish yoʻli bilan yuvishda choʻkindi qatlamlar oldiga, ularning zichligi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, 5 m dan yaqin masofaga kelish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Tambalar ochiq turganda tindirgichda galereyalarni yuvish ishlariga ruxsat berilmaydi. Yuvish tamom boʻlgandan keyin tamba mahkam berkitilishi, koʻtaruvchi mexanizm esa tokdan uzilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Agar yuviladigan galereyalar koʻmilgan boʻlsa, ularni tozalash “oʻzidan” qaratilib va faqat yuqori byef tomonidan bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Tindirgichlar, bosimli basseynlar va qum tutgichlarni yuvishda xodimlarni tamba ostidan chiqayotgan suv oqimi chegarasida turishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Kishilarni inshootning toʻsilmagan qismlarida yuvish oqimi ustida turishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Oʻlchash ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Suv omborlarida yuvishdan keyin chuqurliklarni oʻlchash, faqat suv sathi normal tirgak sathiga (bundan keyingi oʻrinlarda — NTS deb yuritiladi) yetganidan soʻng amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Qayiqda turib oʻlchash ishlari kamida ikki kishidan iborat brigada tomonidan bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Chuqurliklarni lot (dengiz chuqurligi oʻlchaydigan asbob) bilan oʻlchashda qayiq borti ustiga yoki skameykaga chiqish va bortdan tashqariga egilish man qilinadi. Lotlinning erkin uchini qoʻlga oʻrash man qilinadi. Massasi 10 kg dan ortiq boʻlgan lotdan foydalanilganda, uni tushirish va koʻtarish uchun chigʻir qoʻllanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Chuqurliklarni lotlar bilan oʻlchash rezina kostyumlarda yoki suv oʻtkazmaydigan fartuklarda amalga oshirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Qayiqda chuqurliklarni belgilagich bilan oʻlchashda, bir kishi eshkak eshishi, ikkinchisi esa — belgilagich oldida boʻlishi shart. Qayiqda turib, 4 m dan ortiq chuqurliklarni belgilagich bilan oʻlchash man qilinadi. Agar belgilagich suv havzasi tubida biron-bir narsaga ilinib qolsa, uni darhol qoʻyib yuborish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Chuqurliklarni katyerlardan yoki oʻzi yurar kemalardan turib belgilagich bilan oʻlchashda, belgilagich bilan ishlayotgan ishchiga sugʻurta arqoni mahkamlangan tasmali saqlovchi kamar kiydirilishi shart. Arqonning boshqa uchi palubaning halqasiga yoki ustuniga mahkamlanishi shart. Oʻzi yurar kemalardan turib oʻlchashlar, faqat sokin havoda, shamolning kuchi 2 balldan (shamol tezligi 3,3 m/s) yuqori boʻlmaganda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Chuqurliklarni exolotlar bilan oʻlchashlarda quyidagi ishlar bajarilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kater yoki shlyupkada exolotni oʻrnatishda, kater yoki shlyupka bir tomonga ogʻmasligi uchun uning qismlarini bir tekis joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) exolotning qabul qiluvchi-uzatuvchi qurilmasini kemaga tros bilan mahkamlash, qurilmani qoʻlda osiltirib ushlash man qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) asbob ishlayotgan paytda qopqogʻini doim berk holda ushlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) apparuturani kuchlanish ostida rostlashga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Qutqaruv vositalari boʻlmagan kater yoki shlyupkadan turib oʻlchash ishlarini bajarish, shuningdek byefni yuvishdagi oqimda oʻlchash ishlarini bajarish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB. Gidroinshootlarga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Gidroinshootlarga xizmat koʻrsatishda xavfsizlik choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Toʻgʻonlarning ustun panjaralarida va xizmat koʻprikchalarida zarur miqdorda changaklar va qutqaruv doiralari olish oson boʻlgan joylarda osilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Xodimlarga ochiq lyuk va sifon ishlayotganda surilma qopqoq oldida turish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Pazlarga taʼmirlash toʻsiqlarining seksiyalarini oʻrnatishda, uni qoʻl yordamida yoʻnaltirish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Toʻgʻonlarning suv yigʻgichlarida ishlayotganlar zarur qutqaruv vositalari, saqlovchi kamarlar va rezina etiklar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Suv qabul qilgich kameralarni taʼmirlashni tashkil etishda, uni yuqori byef va kanaldan butunlay oʻchirishni taʼminlash shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Boʻshatilgan kameralarga, sifon kameralariga, flyubet zonasiga va boshqa inshootlarga tushish mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Metall skobalar boʻylab harakatlanganda, tushish jarayonida ularni axlatlardan va suv oʻtlaridan tozalash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Suv qabul qilgichni katta boʻlmagan suv miqdorini yuvish teshigiga oqizish yoʻli bilan choʻkindilardan tozalashda, ishchilar oqim harakati chegarasidan tashqarida boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Toʻgʻonning vertikal qirralarini, shlyuz kameralarining devorlarini, tambalarni, taʼmirlash toʻsiqlarini, shuningdek koʻprikli oʻtishlarning oraliq metall konstruksiyalarini, tamba mexanizmlari ostidagi tayanch konstruksiyalarini va balandlikda joylashgan boshqa shunga oʻxshashlarni taʼmirlash, kajavalarda yoki osma havozalarda turib bajarilishi shart. Toʻgʻonning qiya pastki qirralarini taʼmirlash uchun ishchi maydonchalari boʻlgan koʻchma chanalar qoʻllanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Ochiq kanal boʻylab oʻtgan umumiy oʻtish yoʻllari panjaralar, nadolbalar yoki oʻtkazilgan daraxtlar bilan toʻsilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Suv sathi yuqori boʻlgan zonada kanallarni oʻchirmasdan taʼmirlash, faqat elektr stansiyaning bosh muhandisi tomonidan belgilangan alohida hollarda, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Ishlab turgan kanalda taʼmirlash ishlari olib borilayotganda kishilarning suvga tushib ketish ehtimolini bartaraf qilinishi shart. Beton, qorishma va h. tayyorlash boʻyicha ish joylari kanal chetidan 3 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Xodimlarni kanalga yoki tindiradigan basseyn kamerasiga kiritish, faqat ular toʻliq boʻshatilishi va ishlash vaqtida kanalga yoki tindiradigan basseynga suv tushishining oldini olish choralari koʻrilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Boʻshatilgan bosimli basseynlarga xodimlarni kiritish, faqat derivatsiyadan suv kelishi toʻliq toʻxtatilganda va bosimli uzatuvchi quvurlar boʻshatilganda va basseyn tubidagi tambalar toʻliq ochilganidan keyin ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Kanalda yoki tindiradigan basseynda ishlarni boshlashdan oldin tambalar zich berkitilgan boʻlishi va ular ochilib ketishining oldini oluvchi choralar koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Kanalni, tunnelni, dyukerni, akvedukni yoki basseynni suv bilan toʻldirishdan oldin ish rahbari taʼmirlash brigadasi u yerdan chiqarilganligiga, barcha asboblar, qurilish materiallari va mexanizmlar esa yigʻishtirilganligiga ishonch hosil qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Tunnelga, dyukyerga va akvedukga kirishda derivatsiyani boʻshatish yoki toʻldirish vaqtida inshootga kirishdagi tambalar holatini kuzatish postlari oʻrnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Pontonlardan turib bosimsiz tunnellarni taʼmirlashda, ular ishonchli mahkamlangan va panjarali toʻsiqlarga ega boʻlishi shart. Ishlar suv sathi oʻzgarmas va qutqaruv vositalari mavjud boʻlganda bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Boʻshatilgan tenglashtiruvchi rezervuarlarni koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash ishlari halqali osma havozalarda va kajavalarda turib, saqlovchi kamarlarni qoʻllagan holda bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Muzlik davrida xavfsizlik choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Qishda kanal boʻylab qirgʻoqdan kamida 1 m masofada harakatlanishga ruxsat beriladi. Harakatlanish yoʻllari qor va muzdan tozalanishi va ularga qum sepilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Muzdan tozalash va muzni parchalash, uzun dastakli ilgak va uzun dastakka oʻrnatilgan boltalar yordamida va saqlovchi kamarlarni qoʻllagan holda amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kanalda muzdan tozalashni bir kishi bajarishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qor boʻronida va boʻronda kanal boʻylab faqat kamida uch kishidan iborat guruhga, bir-biriga arqon bilan bogʻlangan holda harakatlanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Tungi vaqtda navbatchi xodimlar koʻzdan kechiradigan zonalar yaxshi yoritilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Kanallarda, tunnellarda, tez oqar suvlarda muz parchalaridan iborat tiqinlarni “oʻziga qaratib” tozalash man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Muzlarni va muz parchalarini salt suv tashlagich va muz tashlagichlar orqali tashlashda xodimlarni muzda turishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Tuproqli dambalarni va toʻgʻonlarni taʼmirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Tuproqli dambalar va toʻgʻonlarni stryelkali kranlarni qoʻllagan holda taʼmirlashda, u toʻgʻon yoki damba qiyaligining chetida mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan masofaga rioya qilish sharti bilan oʻrnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu masofalarga rioya qilish imkoni boʻlmasa, qiyalik mustahkamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlash uchun kranlarni yangi sepilgan shibbalanmagan tuproqda, shuningdek qiyaligi pasportda koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan maydonchada oʻrnatishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Ekskavatorlar ish vaqtida rejalashtirilgan maydonchaga oʻrnatilishi va ular oʻz-oʻzidan siljishning oldini olish uchun inventar tayanchlar bilan mahkamlanishi shart. Bu maqsadlarda xodalar, yogʻochlar, toshlar va boshqa jismlardan foydalanish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Ekskavator ishlaganda boshqa ishlarni bajarishga va ekskavator harakat radiusi plyus 5 m masofada turishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Ekskavatorning muzlagan vaqtda harakatlanishi uchun, uning tasma zanjirlari sirpanishiga qarshi choralar koʻrilgan taqdirda, ijozat beriladi. Kichik suv havzalari boʻylab ekskavator harakatlanishi ishga javobgar rahbarining ruxsati bilan, u harakatlanish yoʻlini oʻrganib chiqganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Joylardagi qiyalik burchagi pasportda belgilangan qiymatdan katta boʻlganda, ekskavatorni tushirish va chiqarish shataklagichni qoʻllagan holda ishga qoʻyuvchining ishtirokida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Avtotransport pasportida koʻrsatilgan qiyalik burchagidan katta boʻlgan koʻtarilishda yoki qiyalik ostida harakatlanishda (buldozyerlar, skrepyerlar va h.) mashinalar bilan tuproqni ishlab chiqish va tashish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Tuproqni oʻzi yurar gidrovibrozichlagich bilan zichlaganda yerga ulanmagan chastota oʻzgartirgichini tarmoqqa ulash, shuningdek tok oʻtkazuvchi kabellarni tortish va burash man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zichlovchi mashinaning vibratori, u qattiq asos boʻylab yurganda ishga tushishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Ikki va undan ortiq oʻzi yurar yoki tirkamali (skrepyerlar, greydyerlar, gʻaltak mashinalar, buldozyerlar va h.) avtotransportlar ishlaganda, ular orasidagi masofa 5 m dan kam boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Avtotransport bilan tuproqni uzatishda avtotransportlarni toʻgʻon boʻylab harakatini, shu maqsadda maxsus tayinlangan shaxs boshqarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransportlarning toʻgʻon boʻylab harakatlanish tezligi har bir alohida holda yoʻllar holatiga va harakat jadalligiga qarab belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Tuproqli dambalar va toʻgʻonlarning qiyaliklarida ishlaganda ishchilarning qiya yuzalar boʻylab qulashiga va sirpanishiga qarshi (ikki oyoqli narvonlar, saqlovchi kamarlar va h.) xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak. Ishchilarning mahkamlangan qiyalik boʻylab narvonlarsiz harakatlanishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Toʻgʻondagi jarlik zonalari toʻsilgan boʻlishi shart. Jarlikni faqat narvonlar boʻlganda va saqlovchi kamarlarni qoʻllagan holda koʻzdan kechirishga ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Toʻgʻon qiyaligiga tosh yotqazishda, toshlar toʻgʻon qirrasiga chetidan (brovkadan) kamida 1 m masofada taxlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Toʻgʻonlar yoki dambalarning qiyaliklarini yozgi vaqtda suzuvchi vositalar (barjalar va kranlar) yordamida taʼmirlashda, ular qirgʻoq boʻylab joylashtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼmirlash zonasida, oldidan oʻtayotgan kemalarning tezligi cheklangan boʻlishi shart, bu haqda kema egalari tegishli signallar bilan ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Toʻgʻon choʻqqisidan qiyalikka toshlar, xodalar va shox-shabba uzatilayotganda ishchilar materiallar tushishi mumkin boʻlgan qismda boʻlmasliklari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Qish vaqtida toʻgʻonda taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin ish joylari muz va qordan tozalangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB. Suv taʼminoti va gidrokulni chiqarish tizimiga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Suv oluvchi inshootlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Taʼmirlashda turgan bosimli agregatlarning yuritmalarida va ishga tushirish qurilmalarida kuchlanish berishni va berkituvchi armaturani ishlatishni man qiladigan plakatlar osilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. Ishchilarning suv qabul qiluvchi kameralarga tushishi mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Kameraga tushirilayotgan ishchilar saqlovchi kamarlar bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Suv qabul qiluvchi kameralarga tushishdan oldin kirish tambalari berkitilganligiga, kamerada suv yoʻqligiga va havoda zararli moddalar yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. Suv qabul qilgichlarning tubida 30 sm dan qalin loyqa qatlami boʻlganda, nasoslarning soʻruvchi liniyalarini taʼmirlash havozalardan turib bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Muzlagan quvurlarni va nasoslarning qabul qilgichlarini qaynoq suv yordamida isitishda xodimlar kuyishining oldini olish choralari koʻrilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. Suv qabul qilgichni muz uyumlaridan tozalash, kameradan muzni yoʻqotish va axlat ushlab qoluvchi panjaralarni tozalash mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Aylanayotgan toʻrlarni axlat yoki muzdan tozalashda ishchilar toʻrdan kamida 1 m masofada boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Suv uzatgichning bosimli liniyasini lyuk orqali koʻrikdan oʻtkazishda uzatuvchi quvurning uzilayotgan qismida suv yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun qopqoq gaykalarini asta-sekin burash kerak. Faqat shundan keyin lyuk qopqogʻini butunlay ochish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Quvurning koʻrikdan oʻtkazish uchun taʼminlovchi nasos toʻxtatilib, tarmoqdan uzilgan va surilma qopqoqlar toʻliq berkitilishi sharti bilan ruxsat beriladi. Taʼminlovchi nasosning elektr sxemasi qismlarga ajratilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Keltiruvchi kanallar nasos xonalarigacha toʻsilgan, chetlari tozalangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Suv oluvchi inshootlarning keltiruvchi kanallarini, bu inshootlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan suzish vositalarini joylashtirish uchun foydalanish, shuningdek bu kanallarga iflos oqova suvlarni oqizish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Bosimli quvurlar galereyalari yetarli darajada yoritishga ega boʻlishi shart. Galereya pollari toza, quruq boʻlishi shart; quvurlar orasidagi yoʻlkalar narsalar bilan qalashtirilishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Ishlangan suvni daryoga oqizish zonasi daryo qirgʻogʻigacha toʻsilgan, qiyaliklar esa nishab yoʻlkalar yoki chimlar bilan mustahkamlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Sovutuvchi hovuzlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Aholi punktlarida joylashgan sovutuvchi hovuzlarning qiyaliklarida suv sathining chegaraviy koʻrsatgichlari hovuz perimetri boʻylab har 50-75 m da aniq koʻrinadigan qilib oʻrnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. Sovutuvchi hovuzlarni gerbitsitlarni qoʻllab tozalash, maxsus yoʻriqnoma boʻyicha xodimlar zarur shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash sharti bilan, amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310. Suv taʼminoti tizimidagi suvni xlorlash “Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ning IV bobi (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik qoidalar va normalarga tegishli deb topilgan, 2009-yil 19-iyundagi 6-15/13-5156/6–son xati) talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Suv sepadigan basseynlar va gradirnyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. Gradirnyadagi barcha xizmat koʻrsatish koʻprikchalari va yoʻlkalari barcha sathlarda toʻsilgan boʻlishi, qishki vaqtda esa muzdan tozalangan va qum sepilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312. Gradirnyadagi ventilyatorlar toʻsilgan boʻlishi shart. Ventiyatorning chiqish teshigiga chiqish man qilingan boʻlishi shart. Gradirnyalarni koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash davrida ventilyatorlar oʻchirilgan va toʻxtatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313. Suv sepadigan basseyn boʻylab soplalar oʻrtasidagi yoʻlkalar tozalikda saqlanishi shart. Muzlagan ventillarni va soplalarni muzdan tozalashni taʼminlovchi liniya oʻchirilganda amalga oshirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. Suv sepadigan basseynda soplalarni tozalash vaqtinchalik koʻprikchalardan amalga oshirilishi kerak. Koʻprikcha taxtalari egilmasligi va prujinalanmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315. Suv sepadigan basseynni loyqadan tozalayotgan ishchilar rezina etiklar va qoʻlqoplar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316. Xodimlarning kyuvetlar, gradirnya va suv sepadigan basseynlar hududidan chiquvchi suvlar orqali oʻtishlari uchun koʻprikchalar koʻzda tutilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Gidrokulni olib tashlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317. Kulli xonada pol silliq betonli yoki plitkali boʻlishi va kulli kanal tomonga qiyalikka ega boʻlishi lozim. Barcha kanallar pol bilan bir tekis qoplamaga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318. Kulchilar maxsus kiyim-bosh, etiklar, qoʻlqoplar, pelerinali himoya dubulgʻasi va himoya koʻzoynaklari bilan taʼminlangan boʻlishlari shart. Shim etik ustidan (chiqarib) kiyilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319. Qozon oʻchogʻidan va gaz yoʻllaridan kul va toshqol tushirilayotganda ishchi lyukdan chetda turishi shart. Oʻchoqning tinchlanmagan rejimida kul va toshqolni tushirish va koʻrgichlardan va lyukdan olovni va kulni urib tushirish man qilinadi. Sovuq voronkaning toshqol qabul qiluvchi qismi suv bilan toʻldirilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320. Gidrokulni olib tashlash kanallarini tozalash mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Gidrokulni olib tashlashning kanallarini tozalashda ish zonasi chegarasida kanal ustidagi barcha lyuklar ochilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Gidrokulni olib tashlash xonalarida ishlaganda, kul kanaliga chiqish lyukini ochiq qoldirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Odamlarning yer yuzasida joylashgan quvurlar orqali oʻtish joylarida koʻprikchalar koʻzda tutilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Kul-toshqol quvurlarni burish yoki taʼmirlash quvur boʻshatilganda va bosimli agregatlar oʻchirilganda bajarilishi shart. Sutkaning qorongʻu vaqtida ish joylari va yoʻlkalar (yoʻllar) yetarli darajada yoritilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Kul-toshqolni chiqarishda uyumlarni tozalash boʻyicha ishlar rezina etiklarda bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. Kul-toshqol uzatgich seksiyalari ajratilganda quvurda qolgan pulpani (kul yoki toshqolni) toʻkish boʻyicha choralar qabul qilish shart. Quvurlar koʻtarilayotganda xodimlar seksiya oxiridan chetlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Kul-toshqolni agʻdarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327. Pulpani va quruq kulni yoki toshqolni tashlash joylari, ularga kelish yoʻlaklari (yoʻllari), shuningdek xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan inshootlar (shaxtadagi suv tashlamalari, suv tushirishlar, suv qabul qilgʻichlar va h.) tungi vaqtda yoritilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328. Kul-toshqolni tashlash joylari, tindirilgan suv basseynlari va kanallari chegarasida, shuningdek toshqolni olib tashlash tashqi tizimi joylashgan zona yoʻllarida: “Yoʻl berk!”, “Xavfli zona!” taqiqlovchi plakatlari oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329. Kul-toshqol plyajlaridan, faqat maxsus yotqazilgan taxtalar ustidan va undan suv ketganidan keyin oʻtishga ruxsat beriladi. Yangi yuvilgan kul-toshqol plyajlaridan kuzatuvchisiz va yuvilgan qatlamning mustahkamligini tekshirmasdan yurish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330. Tindirilgan suvni chiqarib beruvchi, toʻsilgan damba oldida joylashgan shaxtali suv tashlamalari kabi inshootlarga xizmat koʻrsatish koʻprikchalardan; dambadan uzoq masofada — pontondan amalga oshirilishi shart. Pontonlar taxta toʻshamalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Qayiqdan, katamarandan yoki soldan turib (tindiruvchi hovuzlarning chuqurligini oʻlchash, suv chiqarish inshootlarida shandorlarni oʻrnatish va h.) ishlarni bajarayotgan xodimlar qutqaruv vositalariga (nimchalar, kamarlar va h.) ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Tindiruvchi hovuzlarda shamol tezligi 9,8 m/s dan ortiq va toʻlqin 0,35 m dan baland boʻlganda chuqurlikni oʻlchash, shandorni, pontonni yoki solni oʻrnatish ishlarini bajarish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Kul-toshqolni tashlash joylarida koʻchkilardan tozalash rezinali etiklarda bajarish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Kul-toshqol uzatgich seksiyalari ajratilganda uzatuvchi quvurda qolgan pulpani (kul yoki toshqolni) toʻkish boʻyicha choralar qabul qilish shart. Quvurlar koʻtarilayotganda xodimlar seksiya oxiridan chetlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB. Gidromexanika uskunalariga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Gidroagregatlar va yordamchi uskunalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335. Flanetsli birikmalarni 5 kgc/sm2 dan koʻp boʻlmagan bosim ostidagi suvli uzatuvchi quvurlarda tortishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336. Ishlayotgan agregatlarni koʻrikdan oʻtkazayotganda yoʻnaltiruvchi apparat richaglari orasidagi halqalarda, servomotor shtoklarida va mexanizmlarning boshqa harakatdagi qismlarida turish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337. Ishchi gʻildirak parraklarini klinlarga ajratishda va parraklarni burish bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarida rostlash kolonkasi oldida yoʻriqnoma olgan navbatchi turishi shart. Buruvchi-parrak turbinalarining ishchi gʻildirak parraklarini burish, kamera ichida turgan shaxs buyrugʻi boʻyicha amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338. Bosim ostida ishlayotgan uskunani taʼmirlashda, taʼmirlanayotgan qismdan bosim olingan va surilma qopqoqlarda kuchlanish berishni va berkituvchi armatura bilan ishlashni taʼqiqlovchi plakatlar osilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339. Turbinalarning suv oʻtkazuvchi traktlaridagi lyuklarni, shuningdek turbinalarning spiralsimon kameralariga, ishchi gʻildirak kamerasiga va soʻruvchi quvurlarga keluvchi lyuklarni ochish bosim olingandan, hamda kameralarda va turbinaning suv oʻtkazuvchi traktlarida bosim yoʻqligi tekshirilganidan keyin bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340. Xodimlarni soʻruvchi quvurlarga, tubli suv oqizmalariga, bosimli suv uzatgichlariga va turbinaning suv oʻtkazuvchi traktlaridagi boshqa boʻshliqlarga, faqat taʼmirlash tambalari oʻrnatilganidan, suv soʻrib olinganidan va suv quritilgan traktga kelishi mumkin boʻlgan tamba va surilma qopqoqlar ochilib ketishining oldini oluvchi choralar koʻrilganidan keyin, shuningdek zaharli gazlar bilan toʻyinganligi tekshirilganidan keyin kirishiga ijozat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Turbinaning ishchi gʻildirak kamerasiga tepadan ishonchli mahkamlangan metall narvon boʻylab bir kishidan tushish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. Turbinaning ishchi gʻildiragida, generator rotorida, yoʻnaltiruvchi apparatda va gidroagregatning boshqa aylanuvchi qismlarida taʼmirlash ishlari taʼmirlash tambalari tushirilgan, boʻshatuvchi surilma qopqoqlarni ochiq holatida va turbinaning oquvchi qismi quritilganda bajarilishi shart. Bunda ishchi gʻildirak parraklarini burish tambalarini ochish va turbinaning yoʻnaltiruvchi apparatini joyini oʻzgartirish imkonini bartaraf qiladigan (tamba mexanizmlarini tarmoqdan uzish, BMQ qozonidan bosimni olish, yoʻnaltiruvchi apparat va turbina parraklarini ponalash, generator rotorini tormozga qoʻyish, ogohlantiruvchi plakatlarni osish va h.) choralar koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Generator rotorida taʼmirlash ishlarini, yoʻnaltiruvchi apparat orqali sizib chiqish katta boʻlmaganda, turbinaning oquvchi qismlarini boʻshatmasdan bajarishga ruxsat beriladi. Bunda yuqori byef tomonidagi tamba tushirilgan, yoʻnaltiruvchi apparat zich berkitilgan va toʻsilgan, rotor tormozga qoʻyilgan, turbina parraklari yigʻishtirilgan boʻlishi shart. Rotorni gidrostatik koʻtarish nasoslari mavjud boʻlganda, nasosning elektr sxemasi uzilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Agregatlarning oqadigan qismlarida, tambalar orqali sizib chiqish miqdorini oldindan aniqlanmasdan yoki turbinaning yoʻnaltiruvchi apparat kuraklari zichligi buzilganda, ishlarni bajarish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spiralsimon kameradan va soʻrib oluvchi quvurdan suvni nasos bilan chiqarish belgilangan sathda bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshatish qurilmasi, tamba zichlanishi buzilganda sizib chiqayotgan suvni chiqarib tashlashga ulgurishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tamba zichlanishi buzilganda va suvni tortib chiqarish qurilmalari ishdan chiqqanda soʻruvchi quvurning ishchi gʻildirak oʻqidagi belgigacha toʻlish vaqti xodimlarning aylanuvchi qismlardagi ish joylaridan va oquvchi qismlardan chiqib ketishi, turbina qopqogʻidagi lyuklarni zich berkitilishi, yoʻnaltiruvchi apparatni berkitilishi (agar u ochiq boʻlsa) va spiralsimon kameralardan suvni chiqarib tashlash surilma qopqogʻini berkitilishi uchun yetarli boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344. Yuqori bosimli gidroelektrostansiyalar uchun gidroagregatning aylanuvchi qismlarida taʼmirlash ishlarini, bosimli quvurni boʻshatmasdan, turbina tambasi berk boʻlganda, agar u avariyaviy-taʼmirlash holatida boʻlsa, bajarishga ruxsat beriladi. Bunda turbina tambasini ochish imkonini bartaraf qiluvchi (toʻxtatgichni oʻrnatish, tamba boshqaruvi zolotnikiga moy uzatuvchi surilma qopqoqni berkitish yoki BMQ qozonidan bosimni olish, tamba boshqaruvi servomotor boʻshliqlaridan surilma qopqoqlarni drenajga ochish) choralar koʻrilgan boʻlishi va turbinaning oqadigan qismidan (spiralsimon kamera va soʻruvchi quvur) suvni tashlash surilma qopqogʻi ochiq boʻlishi shart. Ishlar ishga javobgar rahbarining bevosita rahbarligi ostida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tamba va yuqorida koʻrsatilgan surilma qopqoqlar toʻxtatgichining holati mustahkamlangan va ular bilan ishlashni taqiqlovchi plakatlar osilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tamba boshqaruvi zolotnikiga moy uzatish, toʻxtatgichning, uni yopiq holatida zolotnikka moy uzatishni bartaraf qiluvchi holati bilan blokirovka qilingan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345. Yoʻnaltiruvchi apparatning joyini almashtirish va ishchi gʻildirak parraklari holatini oʻzgartirish, shuningdek taʼmirlanayotgan gidroagregat rotorini burishdan oldin gidroagregatning barcha qismlarida ishlar toʻxtatilishi va barcha xodimlar undan chiqarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346. Yoʻnaltiruvchi apparat kurakchasini va ishchi gʻildirak parraklarini koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash maxsus havozalardan bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347. Xodimlar ishchi gʻildirak ostidagi havozalarni oʻrnatishda va buzishda yoki bevosita ishchi gʻildirak parraklaridan turib ishlaganda saqlovchi kamarlar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348. Rotorni koʻtarishdan oldin undagi ishlar toʻxtatilishi va rotorda odamlar yoʻqligiga ishonch hosil qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349. Turbina kameralarida, soʻruvchi quvurlarda va suv tashlamalarida taʼmirlash ishlari tugashi bilan ish rahbari agregatni eʼtibor bilan ichki koʻrikdan oʻtkazishi va odamlar, materiallar, asboblar va moslamalar yoʻqligiga shaxsan ishonch hosil qilishi shart. Navbatchi xodimga barcha lyuklar, drenaj qurilmalari yopilib, naryad berkitilganidan keyin suv osti qismini suv bilan toʻldirish (shchitlarni koʻtarish, tambalarni ochish va h.) uchun ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aylantiruvchi-parrakli turbinaning suv oqadigan qismini toʻldirishdan oldin yoʻnaltiruvchi apparat berkitilgan va toʻsilgan boʻlishi shart; ishchi gʻildirak parraklari ham berkitilgan (yigʻishtirilgan) boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350. Xodimlarga rostlash tizimini moy bilan toʻldirishda yoʻnaltiruvchi apparatni rostlash organlarida va ishchi gʻildirak parraklarida boʻlishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Turbina tezligining rostlagichi taʼmirlanayotganda, BMQ bilan tezlik rostlagichini bogʻlovchi toʻkadigan va bosimli moy oʻtkazgichlar boʻshatilgan boʻlishi va moy oʻtkazgichlarni toʻldirib boʻlmasligini taʼminlovchi tegishli chora-tadbirlar bajarilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. Gidroturbinaning oqadigan qismini (ishchi gʻildiraklarni, spiralsimon kameralarni va soʻruvchi quvurlarni) taʼmirlashda majburiy ventilatsiya va zarur holatlarda — havoni isitish taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish joylarini yoritish uchun kuchlanishi 12 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar qoʻllanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. Kapsulali agregatlarni taʼmirlashda mazkur Qoidalarga qoʻshimcha ravishda xavfsizlik texnikasi boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan maxsus yoʻriqnoma tuzilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bosimli quvurlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. Quvurlar ustida ishlarni quvurda mahkam oʻrnatilgan havozalardan turib bajarishga ruxsat beriladi. Odamlarning havozalarga chiqishi va tushishi uchun narvonlar oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosimli quvurlarni koʻrikdan oʻtkazishda quvur boʻylab yurish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355. 20° dan yuqori qiyalik bilan joylashgan quvurlarda yoki 30° dan yuqori qiyalikdagi quvurlar ichida ishlashda xodimlar saqlovchi kamarlar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchilar metall quvurlarning ichidagi va tashqarisidagi ishlarni bajarishda zarur boʻlgan metallga tegishdan shaxsiy himoya vositalari (namat boʻyralar, tirsakband va tizzabandlar) bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356. Xodimlarning quvur boʻshatilgunga qadar avankameralarga tushishi va quvur toʻldirilayotgan paytda avankameralarda boʻlishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357. Quvur boʻshatilayotgan yoki toʻldirilayotgan vaqtda xodimlarning aeratsion (quvur) teshiklari zonasida boʻlishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358. Bosimli quvurlarni koʻrikdan oʻtkazishda va taʼmirlashda quvurning yorilishidan avtomatik himoya oldindan oʻchirilgan va tokdan uzilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359. Quvurni taʼmirlashning hamma davrida yuqori tomondagi tambalar berkitilgan boʻlishi va ular ochilishining oldini olish (tambalar toʻsilgan, bosim olingan, ogohlantiruvchi plakatlar osilgan va h.) choralari koʻrilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360. Quvurda chuqurligi 5 sm dan ortiq suv oqimi boʻlganda, uning ichida ishlash man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361. Quvurni toʻldirishdan oldin ish rahbari quvurda odamlar, asboblar va moslamalar yoʻqligiga shaxsan ishonch hosil qilishi shart. Faqat shundan keyin navbatchi xodimga uzatuvchi quvurni toʻldirish uchun kirish tambalarini ochishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362. 300 dan yuqori qiyalikdagi bosimli quvurlar ichida ishlarni faqat koʻchma platformalardan turib bajarishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363. Bosimli metall quvurlarni tozalashda va boʻyashda mazkur Qoidalarning talablariga rioya qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364. Turbinaning spiralsimon kamerasida bosim boʻlmaganda uzatuvchi quvur lyuklarini ochishga ruxsat beriladi. Spiralsimon kamerada suv bosimi yoʻqligini nazorat qilish uchun poʻkakli nazorat krani oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvurda lyuklarni ochishda bolt gaykalarini, hosil boʻlgan tirqishdan suv oqib chiqishi uchun asta-sekin burash kerak. Lyukni ochayotgan ishchilar oqim harakatidan chetda boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Gidrotexnika inshootlarining tambalash mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365. Xodimlarning vallarga, shkivli uzatish kamarlariga va uzatish mexanizmlariga (tishli gʻildiraklar, zanjirli uzatishlar, friksion disklar, muftalar va h.) yaqinlashishi mumkin boʻlgan joylar toʻsilgan boʻlishi yoki mustahkam va qoʻzgʻalmas mahkamlangan gʻiloflarga ega boʻlishi shart. Gʻiloflar konstruksiyasi uskuna ishlashini kuzatish va mashina va mexanizmlar qismlarini moylash uchun qulay boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366. Shchitli boʻlimlarning ochiq teshiklarida butun perimetr boʻylab toʻsiqlar koʻzda tutilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367. Mexanizmlar joylashgan xonalarga kirishga, faqat inshoot boʻyicha navbatchining ruxsati bilan ijozat beriladi. Barcha bunday xonalar qulfga yopilishi, xonalarning kalitlari navbatchida boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368. Gidrotexnika inshootlarining tambalash mexanizmlari bilan ishlaganda, agar tamba changaklarga olinmagan yoki ishonchli mahkamlangan boʻlmasa, xodimlar tambalash elementlarida turishiga ruxsat berilmaydi. Xodimning, tambani changakka oʻrnatish uchun, tambalash elementida turishi zarur boʻlgan holat bundan istisno. Bunda xodim maxsus tayyorlangan hamda zarur saqlovchi va qutqaruv vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni rigelga koʻtarish uchun kran bilan koʻtariladigan kajavadan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tambalarni koʻtarish va tushirish bajarilayotgan zonada, bu ishlarda ishtirok etmayotgan kishilarning boʻlishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369. Tamba ochilishidan oldin yuqori va pastki byefdan odamlar va suzish vositalari olib chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq tambalar rayonida tungi paytda yorugʻlik signallari oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370. Tambalar va mexanizmlar ishlaganda, ularning ostida xodimlarni osma qurilmalarda turishi man qilinadi. Tambalar va mexanizmlarni koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash uchun faqat tambalash mexanizmini bexosdan ishga ulanishini bartaraf qiluvchi choralar qabul qilinganidan keyin ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371. Taʼmirlashda boʻlgan tambaning koʻtaruvchi mexanizmlarida tambaga kuchlanish berilishi va u bilan ishlashni man qiluvchi: “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” plakatlari osilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mexanizmga keluvchi elektr taʼminoti liniyasi tokdan uzilgan, qoʻl yuritmasi esa qulflangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372. Mexanizmlarni koʻrikdan oʻtkazishda, tozalashda va taʼmirlashda mexanizmning harakatlanuvchi qismlari siljishini bartaraf qiluvchi (kuchlanish uzilgan, stopor yoki changaklarga olingan, boshqaruv kalitiga taʼqiqlovchi plakatlar osilgan va h.) choralar koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373. Tambalar mexanizmlari, ularni avtomatik ravishda toʻxtatadigan, shuningdek qoʻl yuritmasi yoki toʻxtatilgan mexanizm bilan ishlaganda elektr yuritmani ulash imkoniyatini bartaraf qiladigan saqlovchi va blokirovka qiluvchi qurilmalarga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374. Mexanizmni taʼmirlashdan keyin ishga tushirish, faqat uni koʻrikdan oʻtkazish va sinashdan keyin, mexanizmlarni hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazish jurnaliga tegishli yozuvlar kiritilganidan keyin amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375. Mexanik uskunalarning elektr qismlari bilan bogʻliq xavfsizlik shartlarini taʼminlash mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan talablarga muvofiq bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
376. Taʼmirlash xodimlariga ishlarni bajarishda vaqtinchalik toʻsiqlarni, koʻchma yerga ulagichlarni, ogohlantiruvchi plakatlarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish va olib qoʻyish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-BOB. Ish xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Naryad, farmoyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377. Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini taʼmirlash va ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni taʼminlovchi tashkiliy tadbirlar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishni naryad yoki ogʻzaki farmoyish (bundan keyin qisqacha “ogʻzaki farmoyish” oʻrniga “farmoyish” deb yuritiladi) bilan rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ish vaqtida nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa ish joyiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ish tugallanishini rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378. Elektr stansiyalarining gidrotexnika inshootlarida va gidromexanika uskunalarida ishlar naryadlar yoki (naryadsiz) farmoyishlar boʻyicha olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariyani bartaraf etishda taʼmirlash ishlarini naryadni rasmiylashtirmay olib borish va uni keyinchalik rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naryad shakli mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼmirlash ishlarining hajmi va ularni bajarishni tashkillashtirilishiga qarab naryad shakli quyidagicha rasmiylashtirilgan boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qandaydir aniq ishni bajarish uchun — naryad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agregat yoki uzelda ishlarni olib borish uchun — umumiy naryad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agregat yoki uzelning ayrim qismlarida ish olib borish uchun — oraliq naryad. Faqat umumiy naryad mavjud boʻlganda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379. Naryadlar boʻyicha quyidagi ishlar bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) gidrotexnika inshootlarini joriy va kapital taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turbinalar va ularning yordamchi uskunalarini (tezlikni rostlagichlar, moy bosimli uskunalar va h.), generatorlarning mexanik qismini joriy va kapital taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nasoslarni taʼmirlash (texnik suv taʼminoti, drenaj va h.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) asosiy uskunalardagi aylanuvchi mexanizmlarni, shuningdek kompressorlar va ventilatsiya qurilmalarini taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) uskunalardagi gazoelektrpayvandlash ishlari va mazkur bandda koʻrsatilgan ishlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yuk koʻtarish kranlarini va kran ostidagi yoʻllarni taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) katta hajmli va ogʻir yuklarni koʻtarish va roʻyxati elektr stansiyaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanib belgilab beriladigan ishlab turgan uskunalar ustidan olib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) uskunalarning ishlash rejimi oʻzgartirilishini talab qiladigan, avtomatik rostlash va masofadan boshqarish apparaturalarini oʻrnatish va taʼmirlash (demontaj qilmasdan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) quvurlarni (moy, texnik suv taʼminoti, oʻt oʻchirish quvurlari va h.) va berkitish armaturasini taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) turbina kameralari, soʻrib oluvchi quvurlar, baklar, quduqlar, spiralsimon kameralar, poternalar, bosimli suv oʻtkazgichlar, tenglashtiruvchi rezervuarlar, tunnellar, suv yigʻuvchi galereyalarda olib boriladigan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) gazlanish va elektr toki bilan jarohat olish xavfi boʻlgan, roʻyxati elektr stansiyaning bosh muhandisi tomonidan belgilangan joylarda ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) metall va beton qurilmalarining defektoskopiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) ishlayotgan uskunalar zonasida ish joyini tezkor xodimlar tomonidan tayyorlanishini talab etadigan tayyorlash ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) korroziyaga qarshi qoplamalarni surish, gidroizolatsiya ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) yuqorida bajariladigan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) havozalarni oʻrnatish va yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) barcha turdagi suv osti ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t) suzuvchi vositalardan olib boriladigan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u) gradirnyalarni taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) suv oʻtkazgichlar, suv havzalari, rezervuarlarni dastlabki boʻshatish bilan bogʻliq ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
x) tambalar, panjaralar va inshootlarni bosimli qirralarini muzdan tozalash ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ts) portlatish ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ch) suv omborlarining oʻzanini va yuqori byeflarini yuvish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sh) ishchi gʻildirakni va turbinaning ishchi gʻildiragi kamerasini koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) soʻrib oluvchi quvur, soʻrib oluvchi quvur kamerasi, spiralsimon kamera, avankamera, tamba pazlari, axlat ushlab qoluvchi panjaralar va tambalarni koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yu) derivatsiya traktlarini va bosimli quvurlarni ichki koʻrikdan oʻtkazish. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda naryadlar boʻyicha bajariladigan ishlar roʻyxatiga, elektr stansiyaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan qoʻshimcha ishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380. Naryad berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati elektr stansiyaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyxat nusxasi sex (qism) katta navbatchining ish joyida saqlanishi shart. Navbatchi xodimlar naryad berish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda (elektr stansiyada naryad berish huquqiga ega boʻlgan maʼmuriy-texnik xodimlar boʻlmaganda) naryadlarni berish huquqi elektr stansiyaning navbatchi muhandislariga (smena boshliqlariga), ular berilgan naryadlar boʻyicha ishga qoʻyuvchi boʻlmasligi sharti bilan, taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381. Elektr stansiyalarining gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini taʼmirlash uchun naryadlar berish huquqi elektr stansiyalari sexlarining (qismlarining) (sex boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, muhandislar va ustalar), taʼmirlanadigan uskunalar tasarrufida boʻlgan maʼmuriy-texnik xodimlarga beriladi. Bunda, qaramogʻida gidromexanika uskunalari boʻlgan maʼmuriy-texnik xodimlar bilan kelishish majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sexlarga (qismlarga) qarashli, ammo gidromexanika uskunalari bilan bogʻliq yoki gidromexanika inshootlarida yoki ular yaqinida joylashgan uskunalarni yoki qurilmalarni (elektr dvigatellar, issiqlikni nazorat qilish uskunalari va h.) taʼmirlash uchun naryadlarni berish, naryad berish huquqiga ega boʻlgan tegishli sexlar (qismlar)ning xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382. Elektr stansiyalarining gidromexanika uskunalari va gidrotexnika inshootlarini kompleks taʼmirlashda uzel yoki butun agregatda ishlar olib borish uchun umumiy naryad berishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy naryad berishga ruxsat etilgan uskunalar va inshootlarning roʻyxati elektr stansiyaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy naryadlar berish huquqi, gidromexanika uskunalar va gidrotexnika inshootlari qaramogʻida boʻlgan sex (qism) boshligʻiga yoki uning oʻrinbosariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383. Umumiy naryad boʻyicha gidromexanika uskunalar yoki gidrotexnika inshootlarining agregati yoki uzelini taʼmirlashda, ushbu agregat yoki uzelning alohida qismlarida qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrilishini talab etuvchi ishlar uchun oraliq naryadlar berishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq naryadlarni berish huquqi mazkur Qoidalarga muvofiq umumiy naryad boʻyicha ishlarga javobgar rahbarga (bundan keyin qisqartirish maqsadida “ishlarga javobgar rahbar” oʻrnida “ish rahbari” deb yuritiladi) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384. Elektr stansiyasi taʼmirlash sexi (qismi) va taʼmirlash (sozlash, montaj va h.) korxonasini, umumiy naryadlar boʻyicha ishlar rahbari boʻlish va oraliq naryad berish huquqiga ega boʻlgan muhandis-texnik xodimlarining roʻyxati elektr stansiyasi yoki taʼmirlash korxonasining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Ushbu roʻyxatning nusxasi sex (qism) katta navbatchisini ish joyida boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385. Naryadlar boʻyicha bajariladigan ishlar roʻyxatida koʻrsatilmagan va ish joyi tayyorlanishini yoki maxsus xavfsizlik choralari koʻrilishini talab qilmaydigan ishlar farmoyish boʻyicha bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
386. Ishlarni naryadsiz bajarish uchun farmoyishlarni berish huquqi naryad berish huquqiga ega shaxslarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387. Farmoyishlar bevosita yoki aloqa vositalari orqali beriladi va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishlar bir martalik xususiyatga ega boʻlib, ijrochilarning ish kuni (smenasi) davomida amal qiladi. Ishni davom ettirish zarur boʻlganda, farmoyish qaytadan berilishi va rasmiylashtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388. Elektr stansiyaning navbatchi muhandisi yoki sex (qism) bosh navbatchisining farmoyishi boʻyicha, smenadagi navbatchi xodimlar naryadga kiritilmasdan taʼmirlash brigadasining ishiga jalb qilinishi mumkin, ammo bu haqida ushbu farmoyishni bergan shaxsni tezkor jurnalda koʻrsatgan holda yozuv kiritilishi kerak, Ularning xavfsizligi uchun javobgarlik ishboshining zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishlar boʻyicha navbatchi xodimlar (brigada aʼzosi yoki kuzatuvchi sifatida), faqat bajariladigan ish hajmi kichik va davomiyligi qisqa (1 soatgacha) boʻlgan hollarda jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389. Naryad va farmoyishlar boʻyicha qilingan ishlarni hisobga olish va qayd qilish “Naryadlar va farmoyishlar boʻyicha ishlarni hisobga olish jurnali”da naryad (farmoyish) bergan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Jurnal shakli mazkur Qoidalarning 6-sonli ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnal sex (qism) bosh navbatchisining ish joyida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan jurnalda faqat ishlash uchun dastlabki ishga qoʻyish va ishning butunlay tamomlanishi qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnal raqamlangan, tikilgan va muhr bilan tamgʻalangan boʻlishi shart. Tugatilgan jurnalning saqlash muddati — 6 oy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naryadlar boʻyicha dastlabki va har kunlik ishga qoʻyishlar tezkor jurnaldagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi, bunda faqat naryad raqami koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Ishlarning xavfsizligi boʻyicha javobgar shaxslar, ularning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
390. Naryadlar (farmoyishlar) boʻyicha bajariladigan ishlarni xavfsizligi uchun javobgar shaxslar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) naryadni beruvchi, farmoyish beruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ish rahbari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishboshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishga qoʻyuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuzatuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) brigada aʼzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391. Naryad, farmoyish beruvchi shaxs, ishlarni xavfsiz bajarish zaruriyati va imkoniyatini belgilaydi, hamda ishni bajarishda xavfsizlik choralarini toʻgʻriligi va toʻliqligi, belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq ish rahbari va ishboshini tayinlanishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni naryadsiz bajarishga farmoyish berilganda ushbu shaxs, bundan tashqari, ishni bajarish uchun tayinlangan shaxslarni yetarlicha malakaga egaligi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyish boʻyicha bajariladigan ish rahbarini tayinlash zaruriyati, ishning murakkabligi va bajarish sharoitlarini, ishboshi va brigada aʼzolarining malakasini hisobga olgan holda, farmoyish beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392. Ish rahbari, ishboshi tomonidan brigadani nazorat qilish imkoniyatini taʼminlash jihatdan brigadaning son jihatdan tarkibiga va brigada tarkibiga kiritilgan shaxslarning malakasiga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga qoʻyuvchidan ish joyini qabul qilganda, ish rahbari ishlarni bajarish uchun kerak boʻlgan ish joylarini toʻgʻri tayyorlanganligi va yetarlicha xavfsizlik choralarini koʻrilgani uchun ishga qoʻyuvchi bilan baravar javobgardir. Ish rahbari ishboshi va brigada aʼzolariga yoʻriqnomani toʻliq berilishi uchun javobgardir va brigadaning ishlashi ustidan davriy nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naryadlar boʻyicha ish rahbari qilib elektr stansiyalari va taʼmirlash korxonalari sexlarining (qismlarining), buning uchun yetarlicha malakaga ega boʻlgan muhandis-texnik xodimlari tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393. Murakkab boʻlmagan va katta boʻlmagan hajmdagi ishlarga V razryadga ega boʻlgan xodimlarni ish rahbari qilib tayinlashga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu shaxslar (oraliq naryadlarni berish huquqisiz) shuningdek ish rahbari vazifasini bajarishga ijozat berilgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394. Agar ish rahbari yoki ishboshi xizmat safarida boʻlsa, u texnologik sxemalar va qurilmalarning alohida xususiyatlari boʻyicha XTQ borasida qoʻshimcha yoʻriqnomadan oʻtishi kerak. Yoʻriqnoma oʻtilganligi jurnalda yoʻriqnoma oʻtgan va yoʻriqnomani oʻtkazgan shaxslarning imzosi bilan qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
395. Yoʻriqnoma sex (qism) boshligʻi yoki uning oʻrinbosari (yoki ularni vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
396. Yoʻriqnomani oʻtkazadigan shaxs yoʻriqnomaning hajmini, qurilmaning murakkabligi va koʻzda tutilgan ishlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bitta shaxsning korxonaga xizmat safarlari muntazam takrorlansa, takroran qilinadigan ishlarni bajarish uchun, uskunalarning prinsipial sxemasi va tuzilishi oʻzgarmaganlik sharti bilan, qoʻshimcha yoʻriqnoma oʻtilishi shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397. Ishboshi ish joyini ishga qoʻyuvchidan qabul qilib olayotganda, ishlarni bajarish uchun kerakli xavfsizlik choralarining toʻgʻri bajarilishi, uning oʻzi va brigadasi aʼzolari tomonidan mazkur Qoidalarga rioya qilinishi, bevosita ish joyida brigada aʼzolariga beriladigan yoʻriqnomani va koʻrsatmalarning aniqligi va toʻliqligi, asboblarni, jihozlarni, himoya vositalarini, takelaj moslamalarini mavjudligi va sozligi, ish joyida oʻrnatilgan toʻsiqlarni, xavfsizlik plakatlarini, qulflash moslamalarining saqlanishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning xavfsiz oʻtkazilishi uchun uzluksiz kuzatib turishni talab etadigan ishlarni bajarishda, ishboshi, brigadaga rahbarlikni amalga oshirayotganda ishda bevosita qatnashishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398. Naryadlar, oraliq naryadlar va farmoyishlar boʻyicha ishboshi etib elektr stansiyalari va taʼmirlash korxonalari sexlarining (qismlarining) III toifadan past boʻlmagan malakaga ega boʻlgan xodimlari tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
399. Umumiy naryadlar boʻyicha ishboshi qilib taʼmirlash sexining (qismining), oraliq naryadlar boʻyicha ish rahbari boʻlishi mumkin boʻlgan muhandis-texnik xodimlari tayinlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400. Taʼmirlash, montaj, sozlash va boshqa korxonalarning naryadlar boʻyicha gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarida ishlarni bajarishda, naryad berish va ish rahbari va ishboshi huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati, ushbu korxonalarning bosh muhandislari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi, hamda elektr stansiya bosh muhandisining ruxsati (farmoyishi) bilan tasarrufida gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalari boʻlgan sexlarning (qismlarning) boshliqlariga berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naryadlar boʻyicha ish rahbarlari va ishboshilari roʻyxatining nusxasi sexning (qismning) katta navbatchisida boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Ishga qoʻyuvchi xavfsizlik choralarining toʻgʻri bajarilishi, ularning yetarli darajada boʻlishi hamda ish joyiga, xususiyatlariga muvofiqligi, ishga qoʻyishni toʻgʻri berilishi hamda ish rahbariga va ishboshiga yoʻriqnomani toʻliq berilishi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. Sexning (qismning) katta navbatchisi naryadlar (umumiy naryadlar) va farmoyishlar boʻyicha ishga qoʻyuvchi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403. Mahalliy sharoitlarga qarab, elektr stansiyaning bosh muhandisiga naryadlar (umumiy naryadlar) va farmoyishlar boʻyicha ishga qoʻyish huquqini sexning (qismning) navbatchi xodimlariga (gidroagregat mashinisti, uyida navbatchilik qilayotganlar va h.) taqdim etishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404. Navbatchi xodimlari boʻlmagan obyektlarda (toʻgʻonni, drenajni taʼmirlash, poternalarda, tashqi suv quvurlarida, toʻgʻon kranlaridagi ishlar va h.) ish joyini tayyorlashni, ishga qoʻyishni va xodimlarni nazorat qilishni uskunalar va inshootlar oʻz tasarrufida boʻlgan sexning (qismning) maʼmuriy-texnik xodimlari amalga oshiradilar. Ushbu holatda naryad beruvchi va ishga qoʻyuvchi shaxsga bir vaqtning oʻzida ikkita vazifani bajarishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405. Naryadlar boʻyicha ishlarni har kungi davom ettirish va brigadani boshqa ish joyiga oʻtkazish uchun, shuningdek naryadlar boʻyicha yordamchi uskunalarda (nasos, ventilyator, quvurlar, nasos stansiyalarining uskunalari va h.) ishlarni olib borish uchun, sex (qism) katta navbatchisining ruxsati bilan, ishga qoʻyuvchi qilib sex (qism) navbatchisi tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoqda joylashgan obyektlarning (qirgʻoq nasos stansiyalari va h.) uskunalarida ishlarni bajarishda, elektr stansiyaning bosh muhandisiga, zarur boʻlganda, ushbu obyektlardagi buning uchun yetarlicha tayyorgarlikka ega boʻlgan navbatchi xodimlardan birini yoki ish rahbarini, agar uning tezkor huquqi boʻlsa, har kungi ishlarni davom ettirish uchun ishga qoʻyuvchi qilib tayinlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatchi xodimlari boʻlmagan obyektlarda bosh muhandisning ruxsati bilan, uskunalarda, agar ishlarni bajarish sharoitlari oʻzgarmagan (sxema oʻzgarmagan, uzib-ulashlar amalga oshirilmagan) boʻlsa, ish rahbarini yoki ishboshini har kungi ishlarni davom ettirish uchun ishga qoʻyuvchi qilib tayinlashga ruxsat etiladi. Bunday ish rahbarlari va ishboshilarning roʻyxati elektr stansiyasi boʻyicha farmoyish bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406. Oraliq naryadlar boʻyicha ishga qoʻyuvchining vazifasini, ushbu oraliq naryad boʻyicha ishlarni amalga oshirish moʻljallangan qism va smenada umumiy naryad boʻyicha ishboshi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407. Alohida hollarda bitta shaxs ikkita shaxsning vazifalarini birgalikda bajarishi mumkin, agar ushbu shaxs vazifasini bajarayotgan shaxslarning vazifasini bajarish huquqiga ega boʻlsa. Bunda ushbu shaxs bir nechta brigadalarga rahbarlik qilayotgan boʻlsa, unga bir vaqtning oʻzida ish rahbari va ishboshchi vazifalarini baravar bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408. Kuzatuvchi qurilish xodimlari, har xil xodimlar, takelaj xodimlari va boshqa shaxslar tomonidan naryad va farmoyish boʻyicha ishlab turgan uskunalarning bevosita yaqinida ishlarni bajarayotgan brigadani nazorat qilish uchun tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan ishlarni bajarishda kuzatuvchini tayinlash zaruriyati naryad beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi qilib ishboshi boʻlish huquqiga ega boʻlgan yoki navbatchi xodim jumlasidan boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409. Kuzatuvchi ishga qoʻyuvchidan ish joyini qabul qilib olayotganda, uning toʻgʻri tayyorlanganligi va ishni bajarish uchun mazkur Qoidalarga muvofiq zarur xavfsizlik choralari koʻrilganligi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi brigada aʼzolarini ishlab turgan uskunalarda jarohatlanishdan xavfsizligi uchun javobgardir. Ishni bajarish vaqtidagi xavfsizlik uchun brigada tarkibiga kirishi va doimo ish joyida boʻlishi shart boʻlgan xodimlar brigadasiga boshchilik qilayotgan shaxs javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchiga nazoratni biror bir ishni bajarish bilan birga amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410. Brigada aʼzolari mazkur Qoidalarga, ishga qoʻyishda va ish davomida olingan yoʻriqnomaviy koʻrsatmalarga shaxsan ular tomonidan rioya etilishi, hamda xavfsizlik vositalarini, maxsus kiyim-boshlar soʻzsiz qoʻllanishi va foydalanadigan asboblar, jihozlar va moslamalarni ishga yaroqliligi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Naryadni berish va rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411. Naryad mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq toʻldiriladi. Ishlash uchun naryad ikki nusxada (qalamda yozish taqiqlanadi) yoziladi; ikkala nusxadagi yozuvlar aniq boʻlishi shart. Yozilgan matnda oʻzgartirilishlar va oʻchirib qaytadan yozish man etiladi. Toʻldirilishi kerak boʻlmagan satrlarda chiziqlar qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejadagi ishlarni bajarishda, ish joyini tayyorlash uchun ikkala nusxa bir kun oldin sexning (qismning) katta navbatchi xodimiga yoki sexning (qismning) maʼmuriy-texnik xodimlariga beriladi. Koʻzda tutilmagan hollarda naryadni ish olib boriladigan kunda berishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412. Naryad bitta brigadasi boʻlgan bir ishboshiga (kuzatuvchiga) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishboshining qoʻliga bitta naryad nusxasi beriladi. Naryad bir ish joyi uchun beriladi 416 va 422-bandlarda qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413. Gidromexanika uskunalari yoki gidrotexnika inshootlarining bitta ulanish sxemasidagi bir nechta ish joylariga naryad berilishi mumkin. Bu holda ishlar quyidagi shartlarga rioya qilgan holda bajarilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) barcha ish joylari navbatchi xodimlar tomonidan bir vaqtda tayyorlanadi va ish rahbari va ishboshi tomonidan qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishboshi brigadasi bilan tayyorlangan qismning bitta ish joyiga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) brigadani boshqa ish joyiga koʻchirish ishga qoʻyuvchi yoki uning ruxsati bilan ish rahbari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) brigadani boshqa ish joyiga koʻchirish naryad jadvalida ishga qoʻyuvchi (yoki ishga qoʻyuvchi satrida ish rahbari) va ishboshining imzolari bilan, sana, vaqt va ish joyini koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar boshqa ish joyiga koʻchirish ish rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, buni ishboshidagi naryadning bir nusxasida rasmiylashtirishga ruxsat etiladi. Bu holda ish rahbari brigadaning boshqa ish joyiga koʻchirilishi haqida sexning (qismning) katta navbatchi xodimiga xabar berishi kerak. Navbatchi xodim esa bu haqida tezkor jurnalga va naryadning ikkinchi nusxasiga yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414. Ish joyini kengaytirish, ish joylari sonini va ishni bajarish sharoitlarini, shuningdek ish rahbarini yoki ishboshini yangi naryad bermasdan oʻzgartirish man etiladi. Bundan tashqari, oldindan naryadga kiritilgan brigada aʼzolarining 50 foizdan koʻprogʻi oʻzgartirilganda, naryad qaytadan yozilib rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
415. Bitta ish rahbariga beriladigan naryadlar sonini har bir holatda naryad beruvchi shaxs aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
416. Naryad boʻyicha ish olib borilganda brigada, ishboshini hisobga olgan holda, kamida ikki kishidan tarkib topishi kerak. Amaliy ishlarni oʻrganuvchilar va shogirdlar, shuningdek XTQ boʻyicha bilimlari tekshirilmagan yangi kelgan xodimlar, uch kishidan koʻp boʻlmagan miqdorda, brigadaning malakali aʼzolariga shaxsan biriktirilgan holda, brigada tarkibiga kiritilishi mumkin. Amaliy ishlarni oʻrganuvchilar, shogirdlar va yangi kelgan ishchilarning xavfsizligi uchun javobgarlik ishboshi, hamda ular biriktirilgan brigada aʼzolariga yuklatiladi. Bu haqda naryadda “Brigada tarkibi” satrida tegishli yozuv boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417. Brigada aʼzolarining soni koʻp boʻlib, uning hamma aʼzolarining roʻyxati naryad satriga sigʻmagan boʻlsa, naryadga xodimlarning familiyasi, ismi, sharifi va razryadi koʻrsatilgan roʻyxat ilova qilinishi mumkin. Ushbu roʻyxat ish rahbari tomonidan imzolanib, naryadning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi. Bu holda naryadda brigadaning umumiy aʼzolari soni koʻrsatiladi va brigada aʼzolarining ilova qilinadigan roʻyxati mavjudligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
418. Boshqa sexlar (qismlar) tasarrufida boʻlgan va umumiy naryadning amal qilish hududida joylashgan uskunani taʼmirlash uchun naryadni berish, tegishli sex (qism) tomonidan umumiy naryad boʻyicha ish rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi, bunda ish rahbari naryadni imzolashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
419. Umumiy naryadda bir nechta ishboshilari koʻrsatilishi mumkin. Ularning sonini ishlar hajmi va smenasiga, hamda oraliq naryadlar soniga qarab, naryad beruvchi shaxs belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420. Naryadning barcha ustunlari har bir satr ostida berilgan matnga muvofiq toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421. “Ishlarni bajarish sharoiti” ustunida ish joylarini tayyorlash va xavfsizlik choralari boʻyicha, jumladan boshqa sexlarning (qismlarning) navbatchi xodimlari tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan zarur chora-tadbirlar sanab oʻtiladi. “Ishlarni bajarish sharoiti” ustunida joy yetarli boʻlmasa, naryadga alohida qogʻoz (varaq) ilova qilinib, unda naryad beruvchi shaxsning imzosi bilan ish bajarish sharoitining davomi keltiriladi. Bu haqda naryadning “Ishlarni bajarish sharoiti” ustuniga yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda naryad beruvchi shaxs mazkur Qoidalarda koʻzda tutilmagan qoʻshimcha xavfsizlik choralarini koʻrsatishi mumkin. Masalan, ochiq olovni qoʻllash mumkin emasligi, ish rahbarining bevosita nazorati ostida ishlash, maxsus himoya vositalarini qoʻllash, maxsus toʻsiqlarni oʻrnatish, yuk koʻtarish va boshqa mexanizmlarni qoʻllash tartibi, alohida operatsiyalarning qatʼiy ketma-ketligi haqida va h.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Brigadani ishga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422. Ishlarni bajarish sharoitlari (jumladan boshqa sexlarning uskunalari boʻyicha) bajarilganligi haqida sexning (qism) bosh navbatchisi, ular toʻla hajmda bajarilganidan keyin naryadning tegishli ustuniga imzo qoʻyadi, mazkur Qoidalarning 406 va 407- bandlarida koʻrsatilgan xollardan tashqari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq naryadda koʻrsatilgan imzoni oraliq naryad boʻyicha ish rahbari qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sexlarning gidromexanika uskunalari bilan bogʻliq uskunalarini tayyorlashda sex (qism) bosh navbatchisi naryadni stansiya navbatchi muhandisining yoki tegishli sex bosh navbatchisining (smena boshligʻining) naryadda koʻrsatilgan uskunani oʻchirish boʻyicha zarur tadbirlar bajarilganligi haqidagi xabarga asosan imzolaydi. Bu haqda tegishli ustunlarga yozuv kiritiladi va zarur xavfsizlik choralari bajarilganligini telefon orqali tasdiqlagan shaxsning familiyasi va lavozimi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sex (qism) bosh navbatchisi yoki ishga qoʻyuvchining talabiga koʻra zarur hollarda bu xabar “Boshqa sexlarning tezkor xodimlari” ustunida sex (qism) bosh navbatchisi yoki uning koʻrsatmasi boʻyicha tegishli sex (qism) navbatchi xodimining imzosi bilan tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
423. Naryadni imzolovchi yoki boshqa sexlarning (qismlarning) gidromexanika uskunalari bilan bogʻliq uskunalarini oʻchirish boʻyicha zarur tadbirlar bajarilganligi haqida xabar beruvchi shaxs, ularning toʻliq va aniq bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424. Naryadda ishga qoʻyish haqidagi imzo bevosita ishga qoʻyuvchi shaxs tomonidan qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
425. Kuch qurilmalari bilan bogʻliq elektr uskunalarini oʻchirish elektr texnik xodimlar tomonidan sex (qism) bosh navbatchisining talabi boʻyicha va elektr stansiyasi navbatchi muhandisining ruxsati bilan yoki sex (qism) bosh navbatchisining talabiga asosan elektr stansiyasi navbatchi muhandisining farmoyishi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426. Dispetcher talabnomasi boʻyicha taʼmirlashga oʻchirilayotgan uskunalarda naryadlar boʻyicha, shuningdek butun agregatda yoki uskuna uzellarida ishlarni bajarishga berilgan umumiy naryad boʻyicha ishlarga dastlabki ishga qoʻyish elektr stansiya navbatchi muhandisining ruxsati bilan amalga oshiriladi. U ishga qoʻyishdan oldin naryadning tegishli ustuniga yozib qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga qoʻyuvchi stansiya navbatchi muhandisining ruxsatini telefon orqali olishi mumkin, bu haqda naryadga oʻz imzosi bilan yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
427. Ishga qoʻyishda ish rahbari va ishboshi ishga qoʻyuvchi bilan birgalikda naryadda koʻrsatilgan ish joylarini tayyorlash boʻyicha zarur tadbirlar bajarilganligini va ularning yetarli ekanligini tekshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
428. Ishga qoʻyuvchi yoʻriqnoma berishda taʼmirlanayotgan sxemaning va qoʻshni qismlarning qaysi uskunalari bosim va kuchlanish ostida qolganini, shuningdek yongʻindan xavfli, portlashdan xavfliligini koʻrsatadi, hamda ish rahbari va ishboshini ishga qoʻyishni bajaradi. Bunda ishga qoʻyuvchi ularda XTQ boʻyicha bilimlari tekshirilganligi haqida guvohnoma borligini va uni amal qilish muddatini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomasi boʻlmagan yoki XTQ boʻyicha bilimlarini navbatdagi tekshirish muddati oʻtgan shaxslar ishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429. Ish joylarini tayyorlashni tekshirish va ishga qoʻyish naryadning tegishli ustunlarida ishga qoʻyuvchi, ish rahbari va ishboshining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naryad boʻyicha birlamchi ishga qoʻyish bir vaqtning oʻzida ish joylarini koʻrsatgan holda har kunlik ishga qoʻyishlar jadvalida ham rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naryadning bir nusxasi ishboshiga beriladi, ikkinchisi esa ishga qoʻyuvchida qoladi va sexning (qism) amal qiluvchi naryadlar ish jildida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy naryad boʻyicha ishga qoʻyilganda, naryadga bir nechta ish boshilar kiritilgan boʻlsa, umumiy naryadning bir nusxasi ish rahbariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430. Brigada aʼzolarining XTQ boʻyicha bilimlarini tekshirish haqidagi guvohnomalarini tekshirish, umumiy ogʻzaki yoʻriqnoma berish va ishga qoʻyish ish rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Agar, XTQ boʻyicha bilimlarni tekshirish muddati oʻtganligi aniqlansa, xodimlar brigada tarkibidan chiqariladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishboshi bevosita har bir brigada aʼzosini ishga qoʻyishni va yoʻriqnomani berishni bevosita ish joyida beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431. Naryad boʻyicha ishlar ikki smenada yoki uch smenada bajarilayotganda, “Ish boshi” ustunida bu lavozimni tegishli smenada navbatma-navbat bajarayotgan barcha ishboshlarining familiyalari koʻrsatiladi. Smenani topshirayotgan va qabul qilayotgan ishboshlari naryadda koʻrsatilgan ish sharoitini solishtiradilar va smenani, hamda naryadni topshirish va qabul qilish haqida smenali ishlar maxsus jurnalida imzo chekadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smenali ishlarning jurnali ishlar naryad boʻyicha bajarilganda sex (qism) katta navbatchisining ish joyida va ishlar umumiy naryad boʻyicha bajarilganda esa ish rahbarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432. Agar naryadni olishda navbatchi xodim yoki ishboshida biron-bir shubha paydo boʻlsa, ular ish rahbaridan yoki naryad beruvchi shaxsdan tushuntirish berishni talab qilishi shart. Notoʻgʻri rasmiylashtirilgan naryad boʻyicha ishga qoʻyish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
433. Birlamchi ishga qoʻyish sanasi naryadda koʻrsatilgan ish boshlash sanasiga mos kelishi shart. Favqulotdagi hollarda (uskunani taʼmirlashga chiqarish kechiktirilganda, avariyaviy holatda va h.) 1 — 2 kunga farqlanishga ruxsat beriladi. Bunda naryadda koʻzda tutilgan ish sharoitlari haqiqiysiga mos kelishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
434. Ish joylarini tayyorlash, zarur xavfsizlik choralarini bajarish va boshqa sexlarga tegishli, lekin gidromexanika uskunalari bilan bogʻliq boʻlgan yoki gidrotexnika inshooti hududida joylashgan (elektr dvigatellar, yigʻmalar, payvandlash apparatlari, yoritish armaturasi va h.), yopiq taqsimlovchi qurilmalardan tashqari, uskunalarni taʼmirlash boʻyicha ishga qoʻyish tegishli sexlarning xodimlari tomonidan har kuni sex (qism) katta navbatchisining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Sex (qism) bosh navbatchisi berilgan ruxsat haqida tezkor jurnalda qayd qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
435. Bitta qismda bir vaqtning oʻzida elektr stansiya boshqa sexlarining va taʼmirlash korxonalarining bir nechta brigadasi ishga tushishi uchun birlamchi ishga qoʻyish sex (qism) katta navbatchisi tomonidan oʻzining sex boshligʻi va elektr stansiya navbatchi muhandisining (smena boshligʻining) ruxsati bilan amalga oshiriladi, u ishga qoʻyish haqida tezkor jurnalda qayd qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Ish vaqtida nazorat. Brigada tarkibini oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
436. Brigada ishga qoʻyilgan vaqtdan boshlab, XTQga rioya etilishi ustidan nazorat ishboshiga yuklatiladi. U oʻz ishini shunday tashkil etishi kerakki, bunda barcha brigada aʼzolarining xavfsizligiga nisbatan muntazam nazorat olib borish mumkin boʻlsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
437. Ishboshi har doim ish joyida boʻlishi shart. Ish boshining ish joyidan ketishi zarur boʻlganda va bu vaqt davomida uni almashtirish imkoniyati boʻlmasa, ishlar toʻxtatilishi va brigada ish joyidan xavfsiz zonaga chiqarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brigada aʼzolarining ish joyidan qisqa muddatga ketishi uchun, faqat ishboshining ruxsati bilan ijozat beriladi. Ishboshi ketganlar qaytishiga yoki ularning joyi aniqlanishiga va ularni brigada ketganligi haqida ogohlantirishiga qadar brigada bilan ish joyidan ketishi mumkin emas. Brigadaning ketishiga qaytib kelganlar oʻzboshimchalik bilan ishlarni boshlab yuborishiga qarshi choralar koʻrilgan taqdirda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438. Ish rahbari va ishboshi ishchilar tomonidan XTQga rioya etilishini vaqti-vaqti bilan tekshirishlari shart. Buzilishlar aniqlanganda, ishboshidan naryad olib qoʻyiladi va brigada ish joyidan chiqariladi. Qayta ishga qoʻyish sex (taʼmirlash qismi) rahbarining yoki naryad bergan shaxsning ruxsati bilan, tegishli naryadni rasmiylashtirgan holda, ishga qoʻyish uchun barcha talablar bajarilganda va tezkor jurnalda qayta ishga qoʻyishning sabablarini yozish bilan bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
439. Brigada tarkibidagi oʻzgarishlar ushbu naryad boʻyicha ish rahbari tomonidan naryadning ikkala nusxasidagi jadvalda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish
Ish kuni davomida tanaffus
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
440. Ish kuni davomidagi tanaffusda (tushlikka chiqishda, ishlab chiqarish sharoiti boʻyicha) brigada ish joyidan chiqariladi va naryad ishboshida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brigadaning biron bir aʼzosi tanaffusdan keyin mustaqil ravishda ishga tushish huquqiga ega emas. Bunday tanaffusdan keyin brigadani ishga tushishi uchun ishga qoʻyishni ishboshi shaxsan oʻzi, naryadda rasmiylashtirmasdan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
441. Brigadaning ishdagi tanaffus vaqtida ham, ish kuni davomida ham navbatchi xodim ish rahbari va ishboshining ruxsatisiz qurilma sxemasiga xavfsizlik choralariga nisbatan ish sharoitlarini oʻzgartiradigan oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega emas va faqat avariyaviy holatlarda sex maʼmuriyatining ruxsati bilan brigada boʻlmaganda, ish rahbari va ishboshini yuz bergan oʻzgarishlar haqida darhol xabardor qilish sharti bilan sxemani oʻzgartirishga yoki taʼmirga chiqarilgan uskunani ulashga ruxsat etiladi. Ishboshi va brigada aʼzolari kelishiga qadar sxemadagi oʻzgarishlar yoki uskuna ulanganligi va ushbu ish joyida ishlarni tiklash imkoniyati yoʻqligi haqida ogohlantirishi shart boʻlgan shaxslar qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442. Taʼmirlash butunlay tugagunga qadar uskunani ishga sinash uchun ulash brigada chiqarilib, ish boshi navbatchi xodimga kunlik ish tugashini rasmiylashtirib naryadni topshirganidan, hamda vaqtinchalik toʻsiqlar va xavfsizlik plakatlari olib tashlanganidan keyin bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uskunalarni sinash uchun ulashdan keyin ish joylarini tayyorlash va ishga qoʻyish yangidan bajariladi. Bu holda ish rahbari ham naryadning ishboshi imzo chekadigan ustunida imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
443. Agregatlarni yoki gidromexanika uskunalarini kompleks taʼmirlash vaqtida agregatning alohida elementlari va qismlari yoki gidromexanika uskunalarining uzellarini quyidagi shartlar bajarilganda sinab ishlatib koʻrish (sinash, opressovka va h.) amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) butun agregatda yoki uzelda ishlarni bajarish uchun berilgan umumiy naryad ularning elementlari va qismlarini sinab ishlatib koʻrish vaqtida ish rahbari yoki ishboshida qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agregatning alohida elementlari va qismlari yoki uzellarini sinab ishlatib koʻrish naryad boʻyicha sex boshligʻi bilan ish rahbari hamkorligida tuzilgan va elektr stansiyasining bosh muhandisi tasdiqlagan dastur boʻyicha bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda quyidagilar koʻrsatiladi: sinab ishlatib koʻrishning texnologik tartibi; sinab ishlatib koʻrilayotgan qismda ishlar toʻxtatilishi va naryad topshirilishi bilan ish joyidan chiqariladigan brigadalar; qoʻshni va oraliq qismlarda naryadlar yoki oraliq naryadlar boʻyicha ishlarni davom ettirishga ruxsat beriladigan brigadalar va sinashda, hamda tegishli qismlarda ishlarni davom ettirishda xavfsizlikni taʼminlash choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sinab ishlatib koʻrish sex (qism) bosh navbatchisi va ish rahbarining bevosita rahbarligi ostida, elektr stansiya navbatchi muhandisining ruxsati bilan naryad boʻyicha bajarilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sinab ishlatib koʻrilayotgan elementda yoki qismda barcha ishlar toʻxtatiladi, brigada ish joyidan chiqariladi va naryad tegishli ravishda rasmiylashtirilib ishga qoʻyuvchiga topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qoʻshni qismlarda ishlayotgan brigadalar, sinalayotgan uskunalar ishonchli uzilgan, hamda bu qismlarni sinalayotgan uskunalardan toʻsilgan va xodimlar xavfsizligi taʼminlangan boʻlishi sharti bilan, ishlarni davom ettirishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tiqinlarni oʻrnatish, sxemalarni qismlarga ajratish va berkituvchi armaturani (shibyerlar, surilma qopqoqlar, teskari klapanlar va h.) ishonchli berkitish sinab ishlatib koʻrilayotgan element yoki qismni uzish uchun yetarli choralar boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444. Elektr yuritmali aylanuvchi mexanizmlarni balansirovka qilish va elektr uskunalarni ulash va uzish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlarni, naryadda tanaffusni rasmiylashtirmasdan bajarishga ruxsat beriladi, lekin bunda har safar elektr uskunalarini uzish boʻyicha zarur texnikaviy tadbirlar aniq bajarilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr uskunaning ulanishi va kuchlanish ostida boʻlishi davrida naryad navbatchi xodimda turishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar bevosita ish rahbarining kuzatuvi ostida bajarilishi va faqat uning talabiga koʻra sex (qism) bosh navbatchisi yoki elektr stansiyasi smena boshligʻi orqali elektr sexning navbatchi xodimi tomonidan elektr uskunani ulash yoki uzish amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish kuni tugashi bilan ishdagi tanaffus va ertasi kuni ishning boshlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445. Ish kuni tugashi bilan ish joylari tozalanadi, plakatlar, toʻsiqlar va berkituvchi qurilmalar oʻz joylarida qoladi. Naryad navbatchi xodimga topshiriladi, bir smenali ishda oraliq naryad umumiy naryad boʻyicha ish rahbariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
446. Har kuni ishning boshlanishi va tugashi naryad jadvalida ishga qoʻyuvchi va ishboshining (yoki ish rahbarining) imzolari bilan rasmiylashtiriladi, bunda sana hamda ishni boshlash va tugatish vaqti koʻrsatiladi. Umumiy naryadlar boʻyicha har kuni ishni boshlash va tugatish vaqtini rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
447. Ertasi kuni naryadlar boʻyicha toʻxtatilgan ish, ish joylari koʻrikdan oʻtkazilib, ishga qoʻyuvchi va ishboshi tomonidan xavfsizlik choralari bajarilganligi tekshirilganidan va ishboshiga naryad berilgandan keyin davom ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
448. Uskunalarni taʼmirlashga chiqarishda, naryadning amal qilish vaqti naryad (umumiy naryad) beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi, lekin uskunani tasdiqlangan taʼmirlash jadvalidan ortiq muddatga emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar naryadning amal qilish muddati tugagan, lekin taʼmirlash ishlari tugatilmagan boʻlsa, naryad, naryad bergan shaxs tomonidan taʼmirlash toʻliq bitirilishiga qadar boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunda naryadning ikkala nusxasida “Naryad uzaytirildi” ustunida naryad beruvchi shaxs naryadning yangi amal qilish muddati haqida yozuv kiritadi. Naryadni faqat bir marta uzaytirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq naryadlarning amal qilish muddati umumiy naryadning amal qilish muddatidan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
449. Naryadning amal qilish muddati davomida ishdagi tanaffuslarda, sxema tiklanmagan va ishlab chiqarish sharoitlari oʻzgarmagan boʻlsa, naryad haqiqiy boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Ishning tugashi, ish joyini topshirish-qabul qilish va naryadni yopish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450. Ishlar butunlay tugatilganidan keyin, ish joylari brigada tomonidan yaxshilab yigʻishtiriladi, ishboshi brigadani olib chiqadi, ish joylarini ish rahbariga va sex (qism) bosh navbatchisiga koʻrikdan oʻtkazish uchun topshiradi va shundan keyin naryadda ishlar tugaganligi haqida imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451. Ish rahbari, ishlar butunlay tugagandan keyin, ishboshidan ish joylarini qabul qilib olayotganda ishlar toʻliq va ishonchli bajarilganligini, yot jismlar yoʻqligini va ish joylarining tegishlicha tozaligini tekshiradi, shundan keyin naryadga ishlar butunlay tugaganligi haqida imzo chekadi, bunda haqiqiy sana va vaqt koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda ish joylarini qabul qilish va naryadda ishlar butunlay tugatilganligi haqida imzo qoʻyish, ish rahbari oʻrniga naryadni bergan shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452. Sex (qism) katta navbatchisi ish joylarini shaxsan oʻzi yoki qoʻl ostidagi xodim bilan koʻrikdan oʻtkazishi, kishilar, yot jismlar yoʻqligini tekshirishi va naryadni ish rahbari ishlar toʻliq bajarilganligi haqida imzolashidan keyin naryadni berkitadi, bunda naryadni berkitishning haqiqiy sanasi va vaqti koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453. Uskunani yoki inshootni ishga tushirish, faqat ishlar toʻliq bajarilganligi haqida naryadda ish rahbari imzo chekishi va sex (qism) katta navbatchisi naryadni yopilishidan keyin, hamda vaqtinchalik toʻsiqlar, plakatlar, berkituvchi qurilmalar olinishi va joylarda doimiy toʻsiqlar oʻrnatilishidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
454. Navbatchi xodimlari boʻlmagan chekka obyektlarda (mazkur Qoidalarning 407-bandda koʻzda tutilgan holatlar uchun) uskunani yoki inshootni ishga tushirish, faqat ishlar toʻliq bajarilganligi haqida naryadga ish rahbari imzo qoʻyishi, naryadni bergan shaxs tomonidan naryad yopilishidan keyin va elektr stansiyaning navbatchi xodimiga ishlar tamom boʻlgani haqida xabar berilishidan keyin, amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455. Naryadlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi ustidan ixtiyoriy tanlash yoʻli bilan nazorat naryadlarni bergan shaxslar, xavfsizlik texnikasi boʻyicha muhandis-inspektorlar va bunga vakolatlangan shaxslar tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
456. Yopilgan naryadlar ishlar tugagan kundan boshlab 30 kun davomida saqlanadi, shundan keyin yoʻq qilinishi mumkin. Gaz xoʻjaligidagi ishlarni bajarishga beriladigan naryadlar bundan istisno, qaysiki ular 1 yil saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
457. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” Davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish Davlat inspeksiyasi “Oʻzdavneftegazinspeksiya”, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “ORGRES” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. I. ZAKIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Sh. ROʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A. I. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. K. KURBONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. X. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. A. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi B. M. TEShABOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavneftegazinspeksiya”si boshligʻi Sh. N. MAXMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. V. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. K. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ORGRES” OAJ direktori R. M. UMIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlash zonasidagi havoda zararli moddalarning mumkin boʻlgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsentratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T\r

Modda

Mumkin boʻlgan konsentratsiya mg/m3

Xavfsizlik

sinfi

1.

Azot oksidlari ( NO2 miqdoriga hisoblangan)

5

2

2.

Ammiak

20

3

3.

Anilin

0,1

2

4.

Atseton

200

4

5.

Benzin-suyultirgich (S miqdoriga hisoblangan)

300

4

6.

Yoqilgʻi benzin: slanetsli, kreking va hokazo.

(S miqdoriga hisoblangan)

100

4

7.

Vanadiy va uning birikmalari:

Vanadiyning besh oksidli tutuni

Vanadiyning uch va besh oksidli changi

Ferrovanadiy

Tarkibida vanadiy boʻlgan toshqolning changi

0,1

0,5

1

4

1

2

2

2

8.

Gidrazingidrat, gidrazin, va uning hosilalari

0,1

1

9.

Dixloretan

10

2

10.

Kadmiy oksidi

0,1

1

11.

Malein angidridi

1

2

12.

Marganets

0,3

2

13.

Mis

1

2

14.

Nikel va uning oksidi, chala oksidi, sulfidi (Ni miqdoriga hisoblangan)

0,5

2

15.

Nitrometan, nitroetan, nitropropan, nitrobutan

30

4

16.

Benzolning nitrobirikmasi

3

2

17.

Ozon

0,1

1

18.

Metalsimon simob

0,01

1

19.

Sulema (ikki xlorlangan simob)

0,1

1

20.

Qoʻrgʻoshin va uning noorganik birikmalari

0,01

1

21.

Selena angidridi

0,1

1

22.

Oltingugurt kislotasi, oltingugurt angidridi

1

2

23.

Oltingugurt angidridi

10

3

24.

Oltingugurt suvchil

10

2

25.

Oltingugurt suvchil karbonsuvchil bilan birikmada S1-S5

3

3

26.

Oltingugurtli karbonsuvchil

10

2

27.

Skipidar (S miqdoriga hisoblangan)

300

4

28.

Xlorid kislota

5

2

29.

Metil spirti (metanol)

5

3

30.

Etil spirti

1000

4

31.

Propil spirti

10

3

32.

Amil spirti

10

3

33.

Butil spirti

10

3

34.

Surma, ftoridlar, xloridlar uch va besh valentli (Sb miqdoriga hisoblangan) NCl va NF larni majburiy nazorati bilan

0,3

2

35.

Metalsimon surma:

Surma, uchvalentli oksidlari va sulfidlari (chang koʻrinishida) (Sb miqdoriga hisoblangan)

Surma, beshvalentli oksidlari va sulfidlari (chang koʻrinishida) (Sb miqdoriga hisoblangan)

1

2

2

3

36.

Toluol

50

3

37.

Trikrezilfosfat 3%dan koʻp ortoizomyerlarni oʻz ichiga olgan

0,1

1

38.

Trikrezilfosfat, 3%dan kam ortoizomyerlarni oʻz ichiga olgan

0,5

2

39.

Uayt-spirit (S miqdoriga hisoblangan)

300

4

40.

Karbon oksidi

20

4

41.

Toʻrtxlorli karbon

20

4

42.

Fenol

0,3

2

43.

Formaldegid

0,5

2

44.

Xlor

1

2

45.

Xlor ikki oksidi

0,1

1

46.

Xlorbenzol

50

3

47.

Xlorli vodorod

5

2

48.

Xrom angidridi, xromatlar, bixromatlar (CrO3 miqdoriga hisoblangan)

0,01

1

49.

Sianli vodorod, sinil kislotasi tuzlari (NC miqdoriga hisoblangan)

0,3

2

50.

Sink oksidi

6

3

51.

Oʻyuvchi ishqorlar (eritmalari) (NaON miqdoriga hisoblangan)

0,5

2

52.

Etilendiamin

2

32

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Karbon oksidi bor atmosferada uzoq muddat davomida ishlash quyidagi meʼyorlarda olib borilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 h dan koʻp boʻlmaganda konsentratsiya 50 mg/m3gacha oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 min gacha boʻlsa — 100 mg/m3,gacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 min gacha boʻlsa — 200 mg/m3gacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish zonasi havosida karbon oksidining meʼyordan ortiq mavjud boʻlgan joydagi ishlarni 2 h dan kam boʻlmagan tanaffuslar bilan davom ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yonuvchi gazlarning portlash konsentratsiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegarasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Gaz

Havoda portlanishlik chegarasi, hajm boʻyicha foiz

pastki

yuqorisi

Ammiak

15

28

Atsetilen

2,2

31

Vodorod

4

75

Metan

5

15

Karbonachil

12,5

75

Propan

2,3

9,5

Oltingugurt suvchil

4,3

45,5

Tarkibining aralashmasi, hajm boʻyicha foiz:

vodorod va karbonachil (50 + 50 %)

6

71,8

metan va karbonachil (50 + 50 %)

7,7

22,8

vodorod, karbonachil

va metan (33,3 + 33,3 + 33,3)

5,7

29,9

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb bilan bogʻliq kasalliklar, baxtsiz hodisalarning oldini olish va mehnat xavfsizligini taʼminlash maqsadida davriy va dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtishi majburiy boʻlgan kasblar va ishlab chiqarishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli buyrugʻining 1 va 2-sonli ilovasidan koʻchirma)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Ishlab chiqarish ishlarning tavsifi‎

Tibbiy koʻriklar muddatlari‎

1.‎

2.‎

3.‎

31.1‎

1 boʻlim. Simob va uning birikmalari.
‎ Asboblar bilan ishlashda ochiq simob bilan ishlash elektr tokining simobli toʻgʻrilagichlar va oʻzgartirgichlar bilan, nasoslar bilan ishlash ishlari. ‎

Bir yilda 1-marta‎

31.2‎

Yopiq simobli asboblarni ishlab chiqarish va ular bilan ishlash, yer osti kovlanayotgan konlarda portlovchi simoblarni qoʻllash ‎ Ikki yilda 1-marta‎
‎

3 boʻlim.‎

‎

1.‎

Abraziv va tarkibida abraziv boʻlgan. Abrazivlarni (normal elektr koroʻndli, oq, xromli, monokoroʻndli), karbidni, borni, elborni ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda qoʻllash va kremniy karbidni qoʻllash va boshqalar. ‎ Ikki yilda 1-marta‎

2.‎

Tarkibida kremniy boʻlgan (erkin va amorf ikki oksidli kremniy). Binoni tozalashdagi qumpurgagichli ishlar. ‎ Bir yilda 1-marta ‎

3.‎

Metallar va ularning qotishmalari. Metallar va qotishmalarini quruq silliqlash; metallarni changlashtirish jarayonlari, metall kukunlarni hosil qilish va ulardan mahsulotlar olish.‎ Bir yilda 1-marta‎

4.‎

Payvandli aerozollar. Tojli, plazmali, gazyoyli payvandlash, eritib qoplash, kesish, tutashli uchma-uch qilib payvandlash (sirtini eritib), metallni elektr shlakli payvand qilish. ‎ Bir yilda 1-marta ‎
‎

4 boʻlim‎

‎

2.‎

Elektr maydonlar. Elektr maydonlar manbailari ishlatiladigan barcha ishlar koʻrinishi. ‎ Bir yilda 1-marta ‎

3.‎

Ishlab chiqarishdagi tebranishlar. Tebranishlar bilan bogʻliq ishlar barcha turdagi mehnat faoliyatlari. ‎ Ikki yilda 1-marta‎

4.‎

Ishlab chiqarishdagi shovqin. Shovqinning uzluksiz taʼsir etishi bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek eshittirish apparatlarining zoʻriqishi juda yuqori: 81 dan 90 gacha, 100 dBa dan yuqori boʻlgan barcha turdagi mehnat faoliyatlari. ‎ Ikki yilda 1-marta, Bir yilda 1-marta ‎

5.‎

Yuqori atmosfera bosimi. Kessonlar, barokamyerlar, gʻovvoslardagi ishlar. ‎ Ikki yilda 1-marta‎

6.‎

Koʻz koʻrishning yuqori zoʻriqishi. Koʻz koʻrishning yuqori zoʻriqishi bilan bogʻliq boʻlgan mehnat turlari: — koʻz koʻrishning zoʻriqishining QMQ boʻyicha III i IV darajalari (0,5 — 1 mm) aniqlikdagi va displeyning ekranidagi jilvirlashlar va boshqa axborotni aks ettirish vositalari bilan bogʻliq boʻlgan. ‎ Ikki yilda 1-marta‎
‎

2-ilovadan koʻchirma ‎

‎
‎ Balandlikdagi ish, yuqoriga chiqib bajariladigan va yuqoriga koʻtarilish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek koʻtarilgan inshootlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar. Kuchlanishi 220 V va yuqori boʻlgan ishlayotgan elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatayotgan, ularda tezkor almashilib ulashni bajaradigan navbatchi xodimlar; bu elektr qurilmalarda sozlash, montaj ishlarini va yuqori voltli sinashlarni bajaradigan xodimlar; kuchlanishi 220 V va yuqori boʻlgan elektr qurilmalarda kuchlanish ostida ish bajaradigan xodimlar. ‎ Ikki yilda 1-marta‎

4.2 ‎

Turli yer osti ishlari‎ Ikki yilda 1-marta‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻon qiyaligi asosidan kranning eng yaqin ustunigacha boʻlgan eng kam ruxsat etiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jadval‎‎‎

Toʻgʻon balandligi, m ‎‏
‎
Asosdan eng yaqin ustungacha boʻlgan masofa, m, tuproqda (sepilmagan) ‎‎
Qumli yoki shagʻalli‎ Qumloq tuproq ‎ Qumoq tuproq‎ Loytuproq‎ Oʻrmonli quruq‎
1.‎ 1,5‎ 1,25‎ 1,0‎ 1,0‎ 1,0‎
2.‎ 3,0‎ 2,4‎ 1,0 ‎ 1,5‎ 2,0‎
3.‎ 4,0‎ 3,6‎ 3,25‎ 1,75‎ 2,5‎
4.‎ 5,0‎ 4,4‎ 4,0‎ 3,0‎ 3,0‎
5.‎ 6,0‎ 5,3‎ 4,75‎ 3,5‎ 3,5‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Naryad shakli

‎‎Korxona ____________________________Sex (uchastka)______________________________________________
‎ ‎ ‎‎NARYaD; UMUMIY NARYaD; ORALIQ NARYaD №_________________________‎______‎ ‎
‎ ‎‎(keraksizi oʻchiriladi) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎‎№ _____________ UMUMIY NARYaDGA‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎‎(faqat oraliq naryad berilganida toʻldiriladi) ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Quyidagilar topshiriladi_________________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎(ish mazmuni, obyekt, ish joyi) ‎ ‎ ‎
‎‎____________________________________________________________________________________________
‎‎Ish olib borish sharoitlari ____________________________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎‎(ish joyini tayyorlash va xavfsizlik choralari, ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎_________________________________________________________________________________________shu
‎ ‎‎jumladan boshqa sexlarning tezkor xodimlari tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan, ‎
‎_________________________________________________________________________________________shuningdek qoidalarda koʻzda tutilmagan qoʻshimcha xavfsizlik chora-tadbirlari)
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎____________________________________________________________________________________________
‎ ‎‎Ishni boshlash vaqti: … s …. min … kun ……………….oy. 20 … y. ‎ ‎ ‎
‎ ‎‎Ish tugallangan vaqt: … s …. min … kun ……………….oy. 20 … y. ‎ ‎ ‎
‎‎__________________________________________________________________ Ish rahbari qilib tayinlanadi
‎‎(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎__________________________________________________________ Ish boshi (kuzatuvchi) qilib tayinlanadi
‎‎(familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi, toifasi) (keraksizi oʻchiriladi)‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Naryad berdi: ..... kun……………….oy. 20 … y.________________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎‎(lavozimi, familiyasi, imzo) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎‎Naryadni uzaytirdi … kun ………….oy. 20… y.gacha ____________________________________________
‎ ‎‎(naryad bergan shaxsning imzosi) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Brigada tarkibi _________odam_________________________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎‎(ishboshidan tashqari, odamlar soni) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎____________________________________________________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎(familiyasi, ismi, sharifi, toifasi, guruhi)‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Ish rahbari __________________________________________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(familiyasi, imzo)

‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Ish olib borish shartlari bajarildi: … s …. min … kun …………oy. 20 … y.
‎‎Ish jarayonida qoldirildi ______________________________________________________________________
‎ ‎ (ishlash joyiga yaqin joylashgan uskunalar yuklama, bosim ostidagi, ‎ ‎ ‎
‎‎____________________________________________________________________________________________
‎ ‎‎yuqori haroratli, portlashga xavfli va hokazo.) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Boshqa sexlarning tezkor xodimlari ______________________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎‎(sex nomi, lavozimi, familiyasi, imzosi) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Stansiya navbatchi muhandisining ruxsati toʻgʻrisidagi belgi ___________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎(imzo yoki telefon ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎‎orqali yuborilgan ruxsat toʻgʻrisidagi belgi, sex smena boshligʻining imzosi)‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Sexning (bloklarning) tezkor xodimlarini masʼul shaxsi; oraliq naryadlar boʻyicha ‎ ‎
‎‎masʼul rahbar _______________________________________________________________________________
‎‎(keraksizi oʻchiriladi) (familiyasi, imzo) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ishlarni oʻtkazish shartlarini bajarilishi tekshirildi, ish faoliyatida qolgan uskunalar bilan tanishildi va ishlar olib borishga ruxsat etildi.
‎‎Ish rahbari __________________________________________ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎

‎‎(imzo) ‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Ishboshi ____________________________________________ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎

‎‎(imzo) ‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎

‎‎Brigada tarkibidagi oʻzgarishlar

‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Brigada tarkibiga kiritildi (familiyasi, ismi, sharifi, razryadi, texnika xavfsizligi boʻyicha guruhi) ‎‎ Brigada tarkibidan chiqarildi (familiyasi, ismi, sharifi, razryadi) ‎‎ Sana va vaqt‎‎

Masʼul rahbar (imzo) ‎‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Har kunlik ishga qoʻyish uchun ijozatni rasmiylashtirish, ishni tugallash va boshqa ish joyiga oʻtkazish

‎‏‎Ish joylarining nomi

Ishga qoʻyish uchun ijozat‎‎ Ishning tugashi‎‎
‎‎Naryad mazmuni bilan tanishdim. Xavfsizlik choralari tekshirildi ‎‎brigada chiqarildi, naryad topshirildi
‎‎Sana, vaqt
‎
‎‎Ishga qoʻyuvchi (imzo)
‎
Ishboshi (imzo) sana, vaqt‎‎
‎
ishboshi (imzo)‎ tezkor xodimlarning javobgar shaxsi (imzo)
1‎ 2‎‎ ‎‎3 ‎‎4 ‎‎5 6‎‎ 7‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎
Ish 20… yil ………... oyi … kuni soat … dan ... minut oʻtganda butunlay tugatildi. ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎‎Ishboshi __________________________________________‎__‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
(imzo) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Ish rahbari __________________________________________ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ (imzo) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Ish joylari 20… yil ………... oyi … kuni soat ... dan ... minut oʻtganda koʻzdan kechirildi, naryad yopildi.
‎‎Tezkor xodimlarning javobgar shaxsi ____________________________ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ (imzo)‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr stansiyalarining suv xoʻjaligi, gidrotexnika inshootlari va gidromexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NARYaDLAR VA FARMOYIShLAR BOʻYIChA IShLARNI HISOBGA OLISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Naryad raqami‎‏
‎

Farmoyish raqami ‎‏
‎

Ish joyi va nomi‎‏
‎

Ishboshi yoki kuzatuvchi (familiyasi, ismi, sharifi, farmoyish boʻyicha ish bajarilganda, shuningdek guruhi yoki razryadi)‎‏
‎

Farmoyish boʻyicha ishlovchi brigada aʼzolari (familiyasi, ismi, sharifi, guruhi yoki razryadi) ‎‏
‎

Farmoyish bergan shaxs (familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi )‎‏
‎

Ishga qoʻyuvchi va ish tugagandan soʻng ish joyini qabul qiluvchi shaxsning imzosi, sana va vaqt ‎‎
‎

Ishga qoʻyish‎

Naryad yopildi, farmoyish boʻyicha ish tugadi‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎