28.05.2014 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Diplomatik pasport egalarining oʻzaro vizasiz safarlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati, bundan keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasining amaldagi diplomatik pasportga ega fuqarolarining kirish va chiqish, shuningdek sayohat qilishlari uchun qulay sharoit yaratishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasining amaldagi diplomatik pasportga ega fuqarolari vizasiz Oʻzbekiston Respublikasi yoki Latviya Respublikasi hududiga kirishi, undan chiqishi hamda tranzit oʻtib ketishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi yoki Latviya Respublikasi hududida viza olmagan holda 180 kun mobaynida 90 kundan oshmagan muddatda boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasining diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasiga ishga tayinlangan amaldagi diplomatik pasport egalari oʻzlarining rasmiy faoliyatlari davomida vizasiz Oʻzbekiston Respublikasi yoki Latviya Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va unda boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xuddi shunday qoidalar mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarning oila aʼzolariga nisbatan ham qoʻllaniladi, agarda ular amaldagi diplomatik pasportga ega boʻlishsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimda belgilangan vizadan ozod etish amaldagi diplomatik pasport egalarini Oʻzbekiston Respublikasi yoki Latviya Respublikasi qonun va qoidalarini, jumladan, xorijiy fuqarolarning roʻyxatga olinishi (akkreditatsiya), hududda boʻlishi va harakatlanishi qoidalarini hurmat qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon amaldagi diplomatik pasport egasini Oʻzbekiston Respublikasi yoki Latviya Respublikasi hududiga kirishi yoki unda boʻlishini, agarda shaxs nomaqbul deb topilsa, rad etish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab oʻttiz (30) kun davomida diplomatik kanallar orqali amaldagi diplomatik pasportlari namunalarini almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar amaliyotga tatbiq etilayotgan yangi nusxadagi diplomatik pasportlar namunalarini diplomatik kanallar orqali ularning joriy qilinishidan oʻttiz (30) kundan kam boʻlmagan muddatda batafsil tasnifi bilan birga almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon ommaviy tartib, milliy xavfsizlik yoki jamoat sogʻligʻini saqlash maqsadida mazkur Bitimning tatbiq etilishini butunlay yoki qisman toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday toʻxtatish boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor etilgandan soʻng oʻttiz (30) kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan bahs va munozaralar diplomatik kanallar orqali muzokara va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuviga asosan uning ajralmas qismi hisoblanuvchi bayonnomalar bilan rasmiylashtirilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuzildi va uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarining Tomonlar tarafidan yakunlanganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon mazkur Bitimning amal qilishini boshqa Tomonni yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabardor qilgan holda bekor qilishi mumkin. Bunday holatda Bitimning amal qilishi ushbu xabarnoma olingan sanadan boshlab toʻqson (90) kundan keyin oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 28-may kuni Toshkent shahrida ikki nusxada, har biri oʻzbek, latish va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Bitim qoidalarini talqin qilishda ixtilof yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2014-y., 2-3-son)