27.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarboyjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Fuqarolarning pensiya taʼminoti sohasidagi huquqlarini kafolatlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarboyjon Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning pensiya taʼminoti sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “qonunchilik” atamasi pensiya taʼminoti sohasidagi qonunlar, qarorlar va qoidalarni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “doimiy turar joy” atamasi yashab turgan joyni, Tomonlar qonunchiligi ana shunday deb belgilaydigan yoki tan oladigan joyni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “fuqarolar” atamasi fuqarolikka ega boʻlgan va Tomonlardan birining hududida doimiy yashaydigan, shu Tomonlar pensiya taʼminoti qonunchiligi tatbiq etiladigan jismoniy shaxslarni qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim har bir Tomon qonunchiligi bilan belgilangan yoki belgilanadigan fuqarolar pensiya taʼminotining barcha turlariga joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari, davlat xavfsizligi, Ichki ishlar vazirligi xodimlari va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti masalalari alohida bitimlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz hududlarida boshqa Tomondan doimiy yashash uchun koʻchib kelgan fuqarolarga pensiya taʼminoti sohasida oʻz fuqarolariga teng bir xil huquqlarni beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim boʻyicha pensiya taʼminotini amalga oshirishga aloqador barcha xarajatlar pensiya taʼminotini berayotgan davlat tomonidan qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar fuqarolariga pensiya tayinlash hududida shu fuqarolar doimiy yashab turgan Tomon qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyaning turi va uni tayinlash shartlaridan qatʼi nazar, pensiya huquqini belgilashda Tomon hududida, shuningdek 1992-yil 1-yanvargacha sobiq SSSR hududida ishlangan mehnat (sugʻurta) staji hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining hududiga koʻchib kelgandan soʻng ishlamagan boshqa Tomon fuqarolari uchun pensiya miqdori pensiya tayinlash vaqtiga ular koʻchib kelgan oʻsha Tomonda xuddi shunday faoliyatda band boʻlgan tegishli kasb va malakadagi xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrtacha oylik ish haqi bayon etilgan tartibda aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda pensiya miqdori fuqaro koʻchib kelgan oʻsha Tomon hududida pensiya tayinlash vaqtida shakllangan oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensionerning yangi turar joyi boʻyicha pensiya oldingi turar joyi boʻyicha pensiya toʻlash toʻxtatilgan oydan keyingi oydan boshlab, ammo belgilangan tartibda murojaat qilingan oydan oldingi koʻpi bilan olti oyga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensionerning yangi turar joyi boʻyicha Tomon qonunchiligida pensiyani yuqoridagi asosga muvofiq tayinlash nazarda tutilmagan boʻlsa, pensiya toʻlashni pensioner yashab turgan Tomon qonunchiligi boʻyicha pensiya taʼminoti huquqi yuzaga kelgunga qadar pensioner chiqib ketgan oʻsha Tomon davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hududida, shu jumladan, mazkur Bitim kuchga kirgunga qadar, shuningdek 1992-yil 1-yanvargacha sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlar hududlarida belgilangan tartibda berilgan pensiya taʼminoti uchun zarur boʻladigan hujjatlar legallashtirilmay qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 7-moddasida nazarda tutilgan toʻlovlar toʻlovchi Tomon valyutasida, pensiya toʻlovlari esa pensiya oluvchi hududida doimiy yashab turgan Tomon valyutasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarida amalda boʻlgan pensiya taʼminoti qonunchiligi, undagi keyingi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida bir-birlariga axborot berib turishni, shuningdek pensiya huquqini belgilashda ahamiyatli boʻlgan holatlarni aniqlash choralarini koʻrish majburiyatlarini zimmalariga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirishda Tomondan birining Diplomatik yoki Konsullik Vakolatxonasi boshqa Tomon vakolatli organlarda oʻz davlatlari fuqarolarini bevosita va maxsus ishonch qogʻozisiz ifodalashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tadbirlari bajarilganligi toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar orqali yozma xabar bergan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlardan har biri joriy taqvim yil tugashidan kamida olti oy oldin boshqa Tomonni bu haqda yozma ravishda xabardor qilib bekor qilishga haqli, bunday holda mazkur Bitimning amalda boʻlish muddati koʻrsatilgan yil tugashi bilan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar fuqarolarning mazkur Bitim qoidalariga muvofiq yuzaga kelgan pensiya taʼminoti huquqi u bekor qilingan taqdirda ham oʻz kuchini yoʻqotmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimga kiritiladigan Tomonlarning oʻzaro kelishuvlari asosida qabul qilinadigan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tegishli protokollarda qayd etilgan mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 27-mayda Baku shahrida har biri oʻzbek, ozarboyjon va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi. Barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchilik yuzaga kelsa, rus tilidagi matn maʼlumotnoma matni xizmatini oʻtaydi.

(imzolar)