OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2419-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 14-iyundagi 01-02/12-47-sonli “Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2419-3, 05.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi va “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-10-son qarori (roʻyxat raqami 2419, 2013-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandining “v” kichik bandidan “import” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-noyabr,
01-02/12-25-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 48-son, 574-modda)