OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
“Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 20-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1927-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 19-noyabrdagi 74-sonli ““Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1927-4, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-sentabrdagi 256-son “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-fevraldagi 27-son “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1927, 2009-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 151-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-noyabr,
70-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 3-noyabrdagi 70-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Nizomda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM”;
NIZOM”;
b) muqaddima “bolalikdan nogironlarga” degan soʻzlardan keyin “va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablagʻlar Jamgʻarmaning gʻaznachilik hisobvaragʻiga gʻaznachilik memorial orderi asosida quyidagi tartibda oʻtkazilib beriladi:
joriy toʻlov oyining 15-kunigacha — oʻtgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib, 50 foiz miqdoridagi summa;
joriy toʻlov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summa.”;
g) 5-band “Bolalikdan nogironlarga” degan soʻzlardan keyin “va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
d) 6-banddagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
e) 7 — 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
j) ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA”.
ILOVA”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2014-yil 3-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 565-modda)