Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTEʼMOLCHILARIGA GAZ YETKAZIB BERISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorini bajarish va gaz yetkazib berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari V.Y. Otayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 10-yanvar,
8-son
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 10-yanvardagi 8-son qaroriga
ILOVA
2000-yil 10-yanvardagi 8-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish
QOIDALARI
1. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish va hududiy gaz taʼminoti korxonalari hamda gaz isteʼmolchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. ATAMALAR VA TAʼRIFLAR
2.1. Mazkur qoidalarda quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllaniladi:
“gaz” — konlardan qazib olinadigan, tabiiy, neft gazi (qoʻshimcha), gaz va neftni qayta ishlovchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va toʻplanadigan, shuningdek, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan ishlab chiqariladigan gaz;
Keyingi tahrirga qarang.
“gaz yetkazib beruvchi” — gaz taʼminoti tashkilotlariga yoki isteʼmolchilarga gaz yetkazib berilishini taʼminlovchi gaz va neft qazib oluvchi hamda gaz va neftni qayta ishlovchi korxonalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“gaz uzatuvchi tashkilot” — gaz yetkazib beruvchidan gaz xarid qiluvchi va uni qazib olish joyidan va/yoki qayta ishlash joyidan taqsimlash va isteʼmol punktlariga uzatuvchi tashkilot;
(2.1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“hududiy gaz taʼminoti korxonasi” — gazning isteʼmolchilarga taqsimlanishini, uzatilishini va isteʼmolchilarga gaz yetkazib berilishini taʼminlovchi tashkilot;
(2.1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
“isteʼmolchi” — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, tabiiy gazdan yoqilgʻi yoki xom ashyo sifatida foydalanuvchi jismoniy shaxslar hamda aholi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
“hisob-kitob davri” — gaz sarfi aniqlanishi, yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshirilishi kerak boʻlgan davr. Tomonlar kelishib olgan hisob-kitob davri shartnomada koʻrsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“gaz isteʼmoli broni” — zaxira yoqilgʻi turlaridan eng koʻp darajada foydalanish shartlari bilan texnologiya asbob-uskunalarining halokatsiz ishlashi uchun zarur boʻlgan gaz isteʼmol qilishning bir kecha-kunduzlik eng kam hajmi, u har bir aniq holatda isteʼmolchi tomonidan “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi bilan kelishgan holda aniqlanadi;
“gaz yetkazib berishning bir kecha-kunduzlik oʻrtacha normasi” — gaz yetkazib berishning bir oylik hajmini tegishli oy kunlari soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadigan gaz yetkazib berish hajmi.
3. GAZ SOTISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi isteʼmolchilarning buyurtmanomalarini hisobga olgan holda kelgusi yilga respublika boʻyicha gaz balansini tuzadi va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
(3.1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kelgusi yilga respublika boʻyicha gaz balansi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(3.1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3.2. Kelgusi yilga respublika boʻyicha tasdiqlangan gaz balansiga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi mintaqalar boʻyicha isteʼmolchilarga gaz yetkazib berishning yillik va choraklik hajmlarini taqsimlaydi hamda gaz yetkazib berishning belgilangan hajmlarini gaz yetkazib beruvchilar, hududiy gaz taʼminoti korxonalariga yetkazadi.
(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
3.4. Quyidagi isteʼmolchilar gaz yetkazib berishda ustunlikka ega boʻladilar:
— aholi;
— sogʻliqni saqlash va xalq taʼlimi korxonalari, shuningdek, bugʻqozonlar — issiqlik energiyasiga ehtiyojni taʼminlaydigan hajmlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
— “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining olingan tabiiy gaz uchun qonun hujjatlarida hisob-kitob qilishning alohida tartibi belgilangan strategik korxonalariga;
(3.4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
— gaz uchun haq toʻlash boʻyicha qarzi boʻlmagan va joriy (shartnomaviy) toʻlovlar boʻyicha oldindan haqini toʻlash shartlari bilan shartnoma tuzganlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. ISTEʼMOLCHILARGA GAZ YETKAZIB BERISH
Oldingi tahrirga qarang.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
4.3. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan isteʼmolchilarga gaz:
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan isteʼmolchilarga — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha gaz quvurlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gaz hisoblash priborlari boʻyicha;
(4.3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qarori tahririda — OʻzR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻzR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
gaz taʼminoti korxonalariga magistral gaz quvurlari va tarmoqlarining boʻlinish chegarasida xoʻjalik hisobidagi gaz sarfini hisoblash priborlari boʻyicha uni keyinchalik “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga hamda chakana isteʼmolchilarga (aholiga) sotish uchun yetkazib beriladi”.
(4.3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4.4. Gaz yetkazib berishning barcha shartlari shartnomalarda nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4.5. Respublika mintaqalari boʻyicha gaz yetkazib berishning oylik hajmlari isteʼmolchilarning buyurtmanomalari hisobga olingan holda gaz-transport tizimining resurs va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib gaz-transport tashkiloti tomonidan belgilanadi.
(4.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.7. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonalari gaz yetkazib berishga, isteʼmolchi esa oʻrtacha sutkalik meʼyorlar doirasida oy davomida bir maromda, isteʼmolchining sutkalik meʼyoridan voz kechish zarurati boʻlgan hollarda — tomonlar oʻrtasidagi dispetcherlik jadvallari boʻyicha gaz olishga majburdir.
(4.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.8. Gazning isteʼmolchilar tomonidan yetkazib beruvchi bilan kelishilmasdan shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olinishi qonun hujjatlarida belgilangan va shartnomalarda koʻrsatilgan miqdorlarda yoʻl qoʻyilgan ortiqcha gaz sarfi uchun yetkazib beruvchiga oshirilgan haq toʻlanishiga olib keladi.
Navbatdagi oyga (yil choragiga) buyurtma berilgan tabiiy gaz hajmlariga doir shartnomalarga isteʼmolchining taklifi boʻyicha moʻljallanayotgan oʻzgartirishlardan kamida 10 kun oldin kiritilgan oʻzgartirishlar ortiqcha olish hisoblanmaydi.
(4.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.10. Hududiy gaz taʼminoti korxonalari gaz taqsimlash stansiyasidan chiqish joyida gaz bosimini shartnomada nazarda tutilgan miqdorda saqlab turadi.
(4.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.11. Sovuq tushgan davrda aholini va kommunal-maishiy isteʼmolchilarni gaz bilan uzluksiz taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Oʻzneftgaznazorat” inspeksiyasi, gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonasi hamda isteʼmolchilar ishtirokida korxonalarni yoqilgʻining zaxira turlariga oʻtkazish jadvallari tuziladi, jadvallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi. Jadvallar gaz yetkazib berishning rejalashtirilgan hajmlari aholi va kommunal-maishiy isteʼmolchilarning meʼyordagi gaz isteʼmolini taʼminlamagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan hududiy gaz taʼminoti korxonasi tomonidan amalga kiritiladi.
Jadvalga kiritilgan korxonalar va tashkilotlar yoqilgʻining kamaymaydigan zaxirasiga ega boʻlishi va sovuq tushgan davrda undan foydalanishga oʻtishi kerak.
(4.11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4.12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.13. Hududiy gaz taʼminoti korxonasi taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash jadvalini va avariya paytida magistral gaz quvurlarining texnologik ish tartibi buzilgan taqdirda ularni gaz tarmoqlaridan qisman yoki toʻliq uzish navbatini tasdiqlaydilar.
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi va hududiy gaz taʼminoti korxonalari tomonidan amalga kiritiladi.
(4.13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.14. Gaz qazib olish, uni qayta ishlash, uzatish va isteʼmol qilishning yagona uzluksiz texnologik jarayonini hisobga olgan holda, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining gaz qazib olish, uzatish, gaz yetkazib berish va isteʼmol qilish tartibi toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonasi tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(4.14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.15. Gaz yetkazib beruvchilar, gaz taʼminoti tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi va isteʼmolchilar gaz berilganda gaz konlari, gazni qayta ishlovchi zavodlar, magistral gaz quvurlari, shuningdek, turar joylarda, aholi yashash punktlarida va korxonalarda asbob-uskunalar va gaz tarmoqlarining texnik xavfsizligi va texnik foydalanish qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari shart.
(4.15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. GAZ SARFINI HISOBGA OLISH VA GAZ UCHUN HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
5.1. Gazning hisobga olmasdan yetkazib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5.2. Gaz yetkazib beruvchi (gaz uzatish tashkiloti) tomonidan hududiy gaz taʼminoti korxonasiga va isteʼmolchiga beriladigan gaz miqdori isteʼmolchining hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi, ularda hisobga olish priborlari boʻlmagan taqdirda esa, qoidaga koʻra gaz tarmoqlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gaz yetkazib beruvchi (gaz uzatish tashkiloti)ning nazorat-oʻlchov priborlari boʻyicha aniqlanadi va ikki tomonlama imzolangan hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5.3. Isteʼmolchidagi asosiy gazni hisobga olish priborlari nosoz boʻlganda va ular gaz yetkazib beruvchida mavjud boʻlmaganda hududiy gaz taʼminoti korxonasi tomonidan yetkazib berilgan gaz miqdori plombalanmagan uskunalarning loyihadagi quvvati va gaz sarfini hisobga olish priborlari nosoz boʻlgan vaqtda korxona ishlagan soatlar boʻyicha yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usul bilan aniqlanadi.
(5.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5.4. Aholi foydalanadigan gaz hajmi aholi xonadonlarida oʻrnatilgan hisobga olish priborlari boʻyicha, ular boʻlmaganda — tasdiqlangan normalar boʻyicha aniqlanadi.
5.5. Gaz sarfini hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ishlatish va tekshirish amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
5.6. Gaz sarfini hisobga olish priborlarining texnik holati va ularning tekshirilishi uchun balansida ushbu priborlar boʻlgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlari javob beradilar.
5.7. Shartnoma tomonlaridan har biri ikkinchi tomon vakiliga isteʼmolchilar tomonidan gazdan foydalanishni hisobga olish priborlarini va hujjatlarini tekshirish imkoniyatini yaratishga majburdir.
5.8. Gazning ulgurji narxlarini davlat tomonidan tartibga solish va ularni qoʻllash amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5.9. Tomonlar berilgan — qabul qilingan gaz toʻgʻrisida har oyda, oyning 3-kunidan kechikmay dalolatnoma tuzadilar.
Berilgan gaz miqdorini aniqlashdan norozi boʻlgan tomon bu haqda oʻzining alohida fikrini dalolatnomada aks ettirish yoʻli bilan ikkinchi tomonga maʼlum qiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda kelishmovchilik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.10. Isteʼmolchi foydalangan gaz uchun hisob-kitoblar tartibi, toʻlov muddati va shakllari gaz yetkazib berish shartnomasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. GAZ YETKAZIB BERUVCHILARNING, GAZUZATISH VA HUDUDIY GAZ TAʼMINOTI KORXONALARI HAMDA ISTEʼMOLCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
(6-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6.1. Isteʼmolchilarning gaz qurilmalari qoniqarsiz, avariya vaziyatini keltirib chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodim hamda aholi hayoti uchun xavfli holatda boʻlgan taqdirda gaz yetkazib beruvchi, gazdan foydalanish xavfsizligini nazorat qilish organlari taqdimnomasiga koʻra, isteʼmolchini xabardor qilgan holda, gaz yetkazib berishni zudlik bilan toʻxtatib qoʻyishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
6.2. Gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonalari:
(6.2.-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
gaz yetkazib beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vaqt mobaynida fors-major holatlari boʻlganda;
yetkazib berilgan gaz uchun haq toʻlash boʻyicha qarz mavjud boʻlganda;
gazdan foydalanishdagi kamchiliklar vakolatli nazorat organlari belgilagan muddatlarda bartaraf etilmaganda gaz yetkazib berishni qisman kamaytirish yoki batamom toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
6.3. Gaz yetkazib beruvchi gazning sifati meʼyoriy talablarga muvofiq boʻlishini taʼminlashga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
6.4. Gazga hid qoʻshish gaz uzatuvchi tashkilotlar tomonidan, gaz hidi intensivligini nazorat qilish esa gaz tarmoqlari egalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6.4.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6.5. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi va isteʼmolchi gaz bilan taʼminlash obyektlarini ishlatishning texnik holati hamda tezkor-dispetcherlik intizomiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
(6.5.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6.6. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi va isteʼmolchi obyektlarda gaz yetkazib berishni yoki qabul qilib olishni kamaytiruvchi avariyalar va nosozliklar toʻgʻrisida gaz yetkazib berish shartnomalarida belgilangan tartibda bir-birlarini xabardor qilishga majburdirlar.
(6.6.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6.7. Hududiy gaz taʼminoti korxonasi, gaz uzatish tashkiloti talabiga binoan, gazdan foydalanish tartibi hamda isteʼmolchilarga yetkazib berilgan gaz uchun toʻlovlar holati toʻgʻrisida tezkor axborot taqdim etadilar.
(6.7.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTEʼMOLCHILARIGA GAZ YETKAZIB BERISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Oldingi tahrirga qarang.
7.1. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi va isteʼmolchi ushbu qoidalarni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(7.1.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.