Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.2018 04.01.2000 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.2018
Hujjat 04.01.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYa DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHALARNING AMALGA OShIRILIShI USTIDAN DAVLAT MONITORINGI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika investitsiya dasturini samarali bajarish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalari oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, vazirliklar va idoralarning investitsiya loyihalarini, eng avvalo xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning tashabbusi boʻlgan investitsiya loyihalari va takliflar yuzasidan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari kotibiyatlari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashabbusi boʻlgan investitsiya loyihalari va takliflar yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan — doimiy ishlovchi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy tuzilmani belgilovchi korxonalarning va iqtisodiyotning boshqa aloqador tarmoqlari va sohalaridagi korxonalarning rivojlanishiga koʻmaklashuvchi ishlab chiqarishlar qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Hukumati kafolati ostida xorijiy sarmoya jalb qilingan obyektlar qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan yuqori texnologiyali va ilm-fanni koʻplab talab qiladigan ishlab chiqarishlarning joriy etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral-xomashyo resurslari va qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlashni, raqobatga bardoshli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan texnologiya jihatidan oʻzaro bogʻliq ishlab chiqarishlarning barpo etilishi (shu jumladan, mahalliylashtirish dasturlari doirasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish infratuzilmasiga va ijtimoiy infratuzilmaga investitsiyalar qoʻyilishi amalga oshirilishi ustidan monitoring Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini tanlashning asosiy mezonlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki 2000-yilgi respublika investitsiya dasturini roʻyobga chiqarishda 3-ilovaga* muvofiq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim loyihalar amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muvofiqlashtiruvchi kengashga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, agentliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining strategik jihatdan muhim va yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalari roʻyxatiga, ularning amalga oshirilishi ustidan keyinchalik monitoring olib borish uchun, Vazirlar Mahkamasi komplekslari taqdimnomalari asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari zaruriyatga koʻra, biroq ikki oyda kamida bir marta, manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlarini taklif etgan holda oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengashning kengash roʻyxatidagi tarkibining uchdan ikki qismidan iborat ovozi bilan qabul qilinadigan va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan qarorlari yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiya loyihalarining buyurtmachilari boʻlgan vazirliklar va idoralarning, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlariga davlat monitoringini tashkil etish uchun zarur boʻlgan axborot toʻliq va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizom “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-fevraldagi Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 13-sentabrdagi 420-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi (keyingi oʻrinlarda Monitoring deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini boshqarish va nazorat qilishning asosiy mexanizmi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika investitsiya dasturiga kiritilgan va, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida hal etish yuzasidan javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari harakatiga ularni amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va oʻrganish, ularni, shu jumladan, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan turli xil masalalarni koʻrib chiqish muddatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan bartaraf etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini tasdiqlangan hajmlar va muddatlarga qatʼiy rioya qilgan holda mablagʻlar bilan uzluksiz taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi boʻyicha xorijiy sheriklar oldida qabul qilingan majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya iqlimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar va takliflar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aniq dasturga va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturining tarkibiy qismi boʻlgan investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan investitsiya loyihalari monitoring obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. INVESTITSIYa LOYIHALARI BOʻYIChA MAʼLUMOTLAR BANKINI YaRATISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining investitsiya dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori chiqqan vaqtdan boshlab bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) vazirliklar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlar bilan birgalikda investitsiya loyihalarining aniq dasturiga, shuningdek, investitsiya dasturining tarkibiy qismi boʻlgan ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumotlar banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritilgan investitsiya loyihasi pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir investitsiya loyihasini amalga oshirishning investitsiya loyihalari buyurtmachilari tomonidan Departament bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-jadvallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan investitsiya takliflari boʻyicha ishlab chiqiladigan yangidan boshlanayotgan ustuvor investitsiya loyihalarini olgʻa surish chora-tadbirlari dasturi asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyiha pasportida loyiha buyurtmachisi, xorijiy sherik, loyihaning umumiy qiymati va barpo etilayotgan ishlab chiqarishning loyihadagi quvvati, mahsulotni eksport qilish, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va sxemasi boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar, loyihaning qoplanish va qarz mablagʻlarni qaytarish muddatlari toʻgʻrisidagi axborotlar, shuningdek, zarurat boʻlganda, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxona boʻyicha maʼlumotlar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Reja-jadvalda yangi tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, asosiy kontraktni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish (zarurat boʻlganda), loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini kelishish va qabul qilish, kredit bitimlarini imzolash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash, milliy va xorijiy valyutada mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash, ishlab chiqarish maydonlarini va infratuzilma obyektlarini qurish, texnologiya asbob-uskunalarini oʻrnatish, korxonaning loyihadagi quvvatga chiqishi boʻyicha aniq muddatlar toʻgʻrisidagi axborotlar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chora-tadbirlar dasturi investitsiyalashdan oldin loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash va mablagʻ bilan taʼminlashning aniq manbalarini belgilashgacha boʻlgan ishlar kompleksini (ularni bajarishning prognoz muddatlarini koʻrsatgan holda) oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maʼlumotlar banki yilning har choragida chorak tugagandan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qoʻyilmalarning oʻzlashtirilishiga doir har chorakdagi majburiy statistika hisoboti boʻyicha — Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan investitsiyalardan, shu jumladan, Hukumat kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan foydalanish boʻyicha — Moliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan (kelishuv boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha — Adliya vazirligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari paketini xorijiy investorlarga sotish, mulkida davlat mulki ulushi boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati, shuningdek, kichik va oʻrta biznes sohasidagi, shu jumladan, jalb etilayotgan xorijiy kredit liniyalari ishtirokidagi, investitsiya loyihalari boʻyicha — Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan axborotlar hisobiga toʻldirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maʼlumotlar bankiga investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar hajmlari prognozini belgilangan tartibda aniqlashtirish natijalari boʻyicha tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MONITORINGNI AMALGA OShIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Departament Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi komplekslari kotibiyatlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda muntazam ravishda, shu jumladan, joylarga borib, Hukumat qarorlariga, shuningdek, tasdiqlangan reja-jadvallarga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlarining ahvolini oʻrganadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament mazkur ishni tashkil etish uchun turli vazirliklar va idoralar yoxud xalqaro tashkilotlar va konsultatsiya kompaniyalari mutaxassislarini jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Departament tomonidan monitoring:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari buyurtmachilari bilan kelishib olingan shakl boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga har oyda taqdim etiladigan tasdiqlangan reja-jadvallarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning amalga oshirilishi Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan olib boriladigan monitoring natijalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning eng muhim obyektlarini foydalanishga topshirish boʻyicha Respublika shtabining har oygi axborotlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistika davlat departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining roʻyobga chiqarilishi toʻgʻrisida har oyda taqdim etiladigan statistika axborotlari (byulleten)ni;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi va potensial xorijiy investorlarning ular faoliyatining meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha takliflarini oʻrganish asosida Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlik tomonidan vaqti-vaqti bilan tayyorlanadigan investitsiya iqlimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan Departamentga taqdim etiladigan tezkor axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tasdiqlangan reja-jadvallar bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik-iqtisodiy asoslashlarning asosiy qoidalarini koʻrib chiqish, loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) alohida yirik loyihalar, shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslashlar koʻrsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlashishi mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablagʻlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash, Hukumat kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablagʻlarning oʻz vaqtida qaytarilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab chiqilgan ehtiyot qismlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishi boʻyicha marketing dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ayrim strategik muhim va yirik loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, qurilishi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatib qoʻyish, shuningdek, investitsiya dasturi bajarilishi barbod boʻlishiga yoʻl qoʻyuvchi vazirliklar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida roʻyobga chiqarishga koʻmaklashuvchi boshqa zarur masalalarni koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MONITORING NATIJALARINI KOʻRIB ChIQISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Departament Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda oʻtkazilgan tahlil asosida investitsiya dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida yigʻma axborot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma axborot mablagʻ bilan taʼminlash manbalari boʻyicha kapital mablagʻlarning oʻzlashtirilishi yuzasidan umumlashtirilgan maʼlumotlar bilan bir qatorda loyihalar buyurtmachilari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va takliflarni amalga oshirishning quyidagi asosiy bosqichlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalashdan oldingi tadqiqotlarning oʻtkazilishi, texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza qilish vakolati berilgan organlar tomonidan texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlarining ekspertiza qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan sxemalariga muvofiq investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlarini bajarish va obyektlarni ishga tushirish muddatlariga va texnologik izchilligiga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat kafolati ostidagi loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan kredit mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish muddatlari va shartlariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar buyurtmachilari tomonidan loyihalarni investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritish uchun asos hisoblanadigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarida ifodalangan investitsiyalash shartlariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni asoslagan holda takliflar boʻyicha maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investitsiya dasturini amalga oshirishning yigʻma tahlili, shuningdek, qoʻshimcha tahliliy axborot asosida, Departament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllanayotgan yoʻnalishlarni oʻrganib chiqadi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik toʻsiqlarni aniqlaydi, xorijiy investorlar uchun mavjud imtiyozlar va afzalliklar tizimining samaradorligini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatining meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur boʻlgan hukumat qarorlarini tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning muammoli masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hisobotlarini tinglaydi va oʻz vakolatlari doirasida ularga topshiriqlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturini shakllantirish va uning bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa ishlarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Zarur qarorlar qabul qilish uchun har chorakda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari majlislarida koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy islohotlarning borishi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlariga bagʻishlangan majlislarida tinglanadi.
Keyingi tahrirga qarang.