28.03.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb yuritiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikkala davlatning oʻzaro manfaatdorligi uchun ular oʻrtasida uzoq muddat asosida yanada kengroq iqtisodiy hamkorlikka koʻmaklashishni istagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida manfaatli sharoitlar yaratish va ularni saqlash maqsadida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash zaruratini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarning barqaror asosi iqtisodiy manbalardan foydalanishning yuksak samaradorligi va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishni taʼminlashiga kelishgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar xususida ahdlashdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Investor” atamasi quyidagilarga tatbiq etiladi va ularni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(I) Ahdlashuvchi Tomonlarning davlatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(II) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining yuridik shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(III) Ahdlashuvchi Tomonlarning fuqarolari, fuqarolar birlashmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(IV) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining doimiy ravishda chet elda yashovchi fuqarolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Investitsiyalar” atamasi mulkiy boyliklarning istalgan koʻrinishi va ularga boʻlgan huquqlarni, shuningdek mualliflik huquqi, patentlar, foydali modellar, sanoat andozalari va modellari, savdo belgilari, firmaviy nomlar, ishlab chiqarish va tijorat sirlari, texnologiyalar, “gud vil” va “nou-xau” singari intellektual mulk, savdo va sanoat mulkiga boʻlgan huquqlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududida quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) toʻlaligicha investorlarga yoki ulardagi ishtirok ulushi asosida investorlarga tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) mol-mulklar, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) mulkiy huquqlarni, shu jumladan ijara huquqi hamda yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) investitsiyalangan joydagi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalda boʻlgan qonunchilikka xilof boʻlmagan investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha boshqa faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlab yoki takroriy ravishda boyliklar kiritilgan shaklning hech qanday oʻzgarishi ularning investitsiyalar sifatidagi kvalifikatsiyasining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yuridik shaxslar” atamasi oʻz maqomini Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati qonunchiligiga koʻra olgan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Fuqarolar” atamasi Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq fuqarolikka va huquqlarga ega boʻlgan, hamda doimiy ravishda uning hududida yoki chet elda istiqomat qiluvchi va boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Daromadlar” atamasi mazkur moddada, 2, 3-bandlarda taʼriflangan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenzion va komission ragʻbatlantirishlar, texnik yordam uchun toʻlovlar, texnik xizmat koʻrsatish va ragʻbatlantirishning boshqa shakllari koʻrinishidagi investitsiyalar natijasida olingan summalarni, ammo nafaqat ularni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Hudud” atamasi Ahdlashuvchi Tomon davlatining ana shu Ahdlashuvchi Tomon davlati xalqaro huquq va milliy qonunchilikka muvofiq oʻz suvereniteti, suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshiradigan (shu jumladan orollar, dengiz tubi va hududiy suvlarni ham oʻz ichiga oluvchi) tegishli hududini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim, u qonuniy kuchga kirishidan avval yoki undan soʻng amalga oshirilganligidan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududida uning qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlari amalga oshirgan investitsiyalarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining qonunchiligida berilgan huquqlarga muvofiq oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalariga ruxsat beradi va ularni ragʻbatlantiradi, shuningdek ularning toʻliq huquqiy himoyasini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining qonunchiligi doirasida oʻz davlati hududida oʻzaro investitsiyalarning turli xil shakllarini qoʻllab-quvvatlaydi va boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalarini himoyalash vositasida iqtisodiy hamkorlikni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududida Ahdlashuvchi Tomonlarning bevosita investitsiyalar va koʻptomonli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda Ahdlashuvchi Tomonlar ularning davlatlari investorlari tomonidan investitsiyalangan korxonalarga koʻmaklashish zaruratidan kelib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitim doirasida oʻz davlati hududida investitsiyalarga ruxsat bergan boʻlsa, ana shu Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlariga bunday investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan tegishli ruxsatnomalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng qulay rejim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari va daromadlari uchun istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalari va daromadlari uchun yaratib berilgan qulay rejimdan kam boʻlmagan adolatli va teng huquqli rejim yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlari amalga oshiradigan investitsiyalariga nisbatan uning milliy qonunchiligi va mazkur Bitimdan kelib chiquvchi har qanday majburiyatlarga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimning eng yuqori qulaylik prinsiplariga oid qoidalari bir Ahdlashuvchi Tomonni boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlariga quyidagilardan kelib chiquvchi preferensiyalar yoki yengilliklarning imtiyozli rejimini tatbiq qilishga majburlovchi vosita sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) mavjud boʻlgan yoki kelgusida boʻlajak bojxona, valyuta va toʻlov uyushmalari, erkin savdo va yagona tarif, umumiy bozor zonalari yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ishtirokchisi boʻlgan yoki ishtirokchisi boʻlishi mumkin boʻlgan mintaqaviy iqtisodiy integratsiya toʻgʻrisidagi Bitimning istalgan boshqa shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) ikki tomonlama soliq solishga yoʻl quymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar yoki soliq solish masalalari boʻyicha boshqa xalqaro bitimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon oʻsha investorlar tomonidan tegishli soliqlar va yigʻimlar toʻlangandan soʻng ana shu investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlarning, ammo nafaqat ularning, xususan quyidagilarning toʻsqinliklarsiz oʻtkazilishini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) mazkur Bitimning 1-moddasi, 6-bandida taʼriflangan foizlar, dividendlar, foyda va boshqa joriy daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) har ikkala Ahdlashuvchi Tomon investitsiya sifatida tan olgan zayomlarning puli toʻlanadigan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) investitsiyalarni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplovchi summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) litsenzion tushumlar va ushbu Bitimning 1-moddasi, 2-bandida koʻzda tutilgan huquqlardan kelib chiquvchi boshqa toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshiriladigan investitsiyalarni taʼminlash yoki rivojlantirish, shuningdek bunday investitsiyalarning menejmenti uchun zarur boʻlgan sarmoyalar summasi va qoʻshimcha summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI) investitsiyalarni musodara qilish, qisman yoki butunlay tugatish, shu jumladan sarmoyalarning oʻsishidan kelgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII) bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirilgan investitsiyalar munosabati bilan oladigan ish haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII) mazkur Bitimning moddalariga muvofiq beriladigan tovon toʻlovlari va ushbu Bitim doirasidagi har qanday investitsion nizolar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻlovlar ortiqcha kechiktirishsiz, toʻlovlar amalga oshirilayotgan kundagi valyuta kursi boʻyicha va hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligida koʻzda tutilgan tartibotlarga muvofiq erkin muomaladagi valyutada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning qoidalari, 1-2-bandlaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Tomon adolatli, huquqiy jihatdan kamsitmaslik shartlari asosida oʻz davlati qonunchiligini koʻllagan holda, quyidagilarga taalluqli boʻlgan toʻlovlarni oʻtkazishni taqiqlashi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) bankrotlik, toʻlovlarga qurbi yetmagan yoki kreditorlar huquqini himoya qilish hollarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) emissiya, savdo yoki qimmatdor qogʻozlar bilan operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) jinoiy harakatlar va maʼmuriy jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) sudda koʻrib chiqish tartibi yoki uning qarorlari bilan nomuvofiqlik yuzaga kelganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Daromadlar hamda ushbu moddada qayd etilgan va bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida amalga oshirgan investitsiyalari natijasida investitsiyalangan joydagi manbalardan olingan istalgan valyutadagi boshqa summalar qayta investitsiya qilinishi yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida, uning qonunchiligiga muvofiq oʻzga maqsadlar uchun sarflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining valyutalarini va boshqa davlatlarning valyutalarini, toʻlov hujjatlarini, qimmatdor qogʻozlarini olib kelish va olib ketish investitsiyalar amalga oshirilgan joydagi Ahdlashuvchi Tomon davlatining valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchiligi asosida tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni musodara qilish va zarar uchun kompensatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlariga qarashli boʻlgan investitsiyalarga nisbatan musodara qilish, natsionalizatsiya qilish yoki mohiyati shunga oʻxshash boshqa tadbirlarni, yoxud natijasi shunday oqibatlarga olib keluvchi bevosita yoki bilvosita xatti-harakatlarni qoʻllamaydilar, agar ular koʻyidagilar bilan bogʻliq boʻlmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) jamoatchilik manfaatlari yoʻlida qonuniy tartibda qoʻllaniladigan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) huquqiy jihatdan kamsitmaydigan tarzdagi yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomonning harakat-tadbirlariga javoban qabul qilingan choralar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1 - I, II-bandlarida qayd etilgan holatlar oqibatida investitsiyalarni musodara qilayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlarini adolatli va foydali tovon toʻlovlari bilan taʼminlaydi. Bunday toʻlovlar investitsiyalarni musodara qilish yoki musodara qilish xususidagi qaror barchaga ovoza qilingan vaqtda (bundan avval qanday hol yuz berganligiga bogʻliq ravishda) belgilangan bozor narxiga muvofiq boʻladi va investitsiyalar musodara qilingan kundan boshlab “Libor” stavkasi boʻyicha investitsiyalar qiymatining foizlarini qamrab oladi hamda erkin ravishda istalgan joyga oʻtkaziladi. Tovon toʻlovlari erkin muomaladagi valyutada belgilanadi hamda investorga joylashgan manzili va yashash joyidan qatʼi nazar, hech qanday kechikishsiz oʻz vaqtida toʻlanadi. “Ortiqcha kechikishsiz” pul oʻtkazish — ana shu pul bilan rasmiy tadbirlarni amalga oshirish uchun meʼyor talabidagi vaqtni taqozo etuvchi pul hisoblanadi. Bu davr boʻyicha hisob buyurtma berilgan kundan boshlanadi va u uch oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati investorlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida sodir boʻlgan urush yoki qurolli toʻqnashuv, inqilob, favqulodda holat, davlat toʻntarishi, fuqarolik tartibsizliklari yoki shunga oʻxshash boshqa voqealar oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash uchun ushbu Bitimning 4-moddasi, 1, 2, 3-bandlariga muvofiq tovon toʻlovi, restitutsiya, ziyonni qoplash yoki boshqa talofat qiymati toʻlovlari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida ana shu Ahdlashuvchi Tomonning davlat organlari, yoki mansabdor shaxslarining investitsiyalar amalga oshirilgan joydagi davlat qonunchiligiga xilof boʻlgan xatti-harakati tufayli, shuningdek birinchi Ahdlashuvchi Tomon investorlariga yoki investitsiyalangan korxonalarga nisbatan bunday organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni zarur darajada bajarmaslik oqibatida oʻz investitsiyalariga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda uchun tegishli tovon toʻlovlari olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subrogatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoxud uning vakolatli institutlari oʻz investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida amalga oshirilgan investitsiyalariga nisbatan tijorat xavfidan biror-bir kafolat bergan boʻlsa, va ana shu kafolatga koʻra toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon subrogatsiya prinsiplari asosida, mazkur investorlarning bunday tarzda sugʻurtalangan investitsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarini izohlagan holda, bu investorlarning huquq va talablari butunlay birinchi Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning vakolatli institutlariga oʻtishini tan olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar investor Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakolatli instituti tomonidan vakil etib tayinlanmagan boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandida taʼriflangan subrogatsiya holatida talabnoma bilan chiqishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investori bilan boʻlgan nizoda tomon hisoblanuvchi Ahdlashuvchi Tomon, nizoni hal etish yoki unga oid qarorni bajarilishining butun jarayoni mobaynida himoya sifatida oʻz immuniteti yoki keyingi Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning institutlariga kafolatlar berilishi koʻzda tutilmagan, va koʻrilgan zarar va talofatlarni toʻlaligicha yoki qisman qoplovchi sugʻurta kontraktlari boʻyicha investor oladigan tovon toʻlovlariga asoslanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsultatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday sababga koʻra konsultatsiyalar oʻtkazishni taklif etishi mumkin. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon esa bunday taklifga xayrixoh munosabatda boʻladi va konsultatsiyalar uchun zaruriy imkoniyatlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllash xususida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolar diplomatik vositalar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar nizo paydo boʻlgan vaqtdan boshlab olti oy mobaynida murosaga kelolmasalar, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabiga koʻra, nizo, koʻrib chiqish uchun uch aʼzodan iborat tarkibdagi arbitraj Sudiga topshiriladi. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri bittadan arbitr tayinlaydi. Tayinlangan arbitrlar saylaydigan Rais esa uchinchi davlat fuqarosi boʻlib, u har ikkala Ahdlashuvchi Tomon bilan ham diplomatik munosabatda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri arbitr tayinlamasa va ikki oy muddat mobaynida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning arbitr tayinlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozi boʻlmasa, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon zaruriy tayinlov xususida Xalqaro Sud Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har ikkala arbitr tayinlangan kundan boshlab ikki oy muddat mobaynida Rais saylashda murosaga kelolmagan holda, istalgan Ahdlashuvchi Tomon zaruriy tayinlov xususida Xalqaro Sud Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 3 va 4-bandlarida qayd etilgan hollarda Xalqaro Sud Prezidenti belgilangan vazifalarni bajarolmasa yoki, basharti u Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, tayinlov Prezidentning oʻrinbosari tomonidan amalga oshirildi, bordi-yu u ham tegishli vazifalarni bajarolmasa yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, Rais Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysisining fuqarosi boʻlmagan, Xalqaro Sudning eng yuqori lavozimli sudyasi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sud qonunga hurmat asosida qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilishdan avval Sud oʻz ishining istalgan bosqichida Ahdlashuvchi Tomonlarga nizoni doʻstona tarzda hal etishni taklif etishi mumkin. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar shunday qarorga kelsalar, bundan avvalgi qoidalar unga toʻsiq boʻlolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi qarorlarni buzmagan holda, Sud oʻz tartib-qoidalarini belgilaydi. Sud koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz sud aʼzolari uchun sarflangan xarajatlarni, shuningdek arbitraj tadbiridagi oʻz ulushiga muvofiq xarajatlarni toʻlaydi. Rais uchun sarflanadigan va boshqa xarajatlarni Ahdlashuvchi Tomonlar teng tarzda toʻlaydilar. Biroq, Sud oʻz qarorida Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uchun koʻproq xarajat toʻlovlari belgilashi mumkin. Bunday qaror esa har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sud qarorlari Ahdlashuvchi Tomonlarning har ikkalasi uchun ham tugal va majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning istalgan investori oʻrtasida quyidagilarga taalluqli nizo yuzaga kelgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shu Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oldida uning investitsiyalari masalasiga nisbatan yuzaga kelgan majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Bitimda belgilangan yoki shu investorning investitsiyalari boʻyicha undan kelib chiquvchi biror-bir huquqlarning buzilishi; nizolar imkon qadar oʻzaro konsultatsiyalar va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizolashuvchi Tomonlar yozma tarzda talabnoma taqdim etgandan soʻng olti oy mobaynida oʻzaro kelishuvga erishilmasa, Tomonlardan birining talabiga koʻra bunday nizo koʻrib chiqish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) investitsiyalar amalga oshirilayotgan joydagi Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining sudiga, ularning vakolatlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vashingtonda 1965-yil 18-martda tuzilgan “Davlatlar va boshqa davlatlarning fuqarolari oʻrtasidagi investitsion nizolarni hal etuvchi Konvensiya”ning tegishli qoidalarini eʼtiborga olgan holda, investitsion nizolarni hal etuvchi Xalqaro markazga (koʻyida “Markaz” deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi boʻyicha amaldagi arbitraj reglamentiga muvofiq “ad hoc” Xalqaro arbitraj sudiga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa qoidalar va maxsus majburiyatlarning koʻllanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligidagi qoidalar yoki hozirda mavjud boʻlgan amaldagi xalqaro qonunchilik bilan bogʻliq boʻlgan yoki Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida qoʻshimcha tarzida ushbu Bitimni toʻldirish uchun kiritilgan majburiyatlar umumiy va maxsus qoidalardan iborat boʻlsa, mazkur Bitimga koʻra bir Ahdlashuvchi Tomon investorlari uchun yaratiladigan rejimdan koʻra yanada yaxshiroq rejim yaratish huquqini beradi, bunday qoidalar oʻzining afzalliklari bilan ushbu Bitimdan koʻra ustun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllanadigan qonunlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar ushbu Bitimda oʻzga holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, mazkur Bitimga muvofiq barcha investitsiyalar ular amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda joriy boʻlgan qonunchilik bilan tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimning 1-bandi qoidalaridan qatʼi nazar, hech narsa zimmasiga oluvchi Tomonni uning xavfsizligi bilan bogʻliq hayotiy masalalarni himoyalashga qaratilgan yoki favqulodda vaziyat holatlarida uning qonunchiligiga muvofiq va huquqiy jihatdan kamsitmagan holda amalga oshirilgan choralar qoʻllashda cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning kelishuviga binoan ushbu Bitimga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning qonuniy kuchga kirishi, amalda boʻlishi va harakatdan toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning qonuniy kuchga kirganligi xususida har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligida koʻzda tutilgan huquqiy tartibotlarning bajarilganligi toʻgʻrisida nota almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi nota olingan kun ushbu Bitim qonuniy kuchga kirgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim oʻn yil mobaynida amalda joriy boʻladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni belgilangan muddat tugashidan oʻn ikki oy avval oʻzining ushbu Bitimni harakatdan toʻxtatish xususidagi qaroridan ogoh qilmasa, Bitimning amalda joriy boʻlish muddati avtomatik tarzda navbatdagi besh yillik davrlarga uzaytirilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim bekor qilingan taqdirda 1 — 11-moddalarda qayd etilgan qoidalar ushbu Bitim harakatdan toʻxtatilgunga qadar amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan keyingi oʻn yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Xanoy shahrida 1996-yil 28-martda, ikki asl nusxada tuzilgan, ularning har biri nusxa oʻzbek, vyetnam va rus tillarida boʻlib, barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin etishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.