27.08.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Indoneziya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlarga ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad (foyda) soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Indoneziya Respublikasi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakatning iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida daromadlarga ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad (foyda) soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Bitim tuzish istagini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllanish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari nomidan olinayotgan daromad (foyda) soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad (foyda) soliqlariga umumiy daromaddan yoki daromadning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan, koʻchar va koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlardan hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki mukofotlarning umumiy miqdoridan olinadigan soliqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim qoʻllanadigan amaldagi soliqlarga xususan quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadlaridan (foydasidan) olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Indoneziyaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 1984-yilgi Undang-undang Pajak Penghasilanga muvofiq undiriladigan daromad soligʻi (1983-yilda tuzatilgan 7-sonli Qonun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Indoneziya soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri tomonidan ushbu Bitim imzolangandan soʻng qoʻshimcha ravishda yoki ular oʻrniga kiritilgan har qanday oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli tashkilotlari oʻz soliq qonunchiligida boʻlgan barcha tub oʻzgarishlar haqida bir-birlariga xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimning maqsadlari uchun, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanganda xalqaro huquqqa hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer osti boyliklari va tabiiy resurslardan foydalanishga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi oʻz suveren huquqlarini va yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududiy suvlarni, havo kengliklarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Indoneziya” atamasi Indoneziya Respublikasining qonunlarida belgilangan hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnda ishlatilish oʻrniga qarab Oʻzbekiston Respublikasini yoki Indoneziya Respublikasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya yoki shaxslarning har qanday boshqa uyushmasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “kompaniya” atamasi korporativ birlashma hisoblangan har qanday shaxsni yoki soliqqa tortish maqsadlarida shunday korporativ birlashma sifatida oʻz maqomiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatlar qonunlariga muvofiq koʻrib chiqiladigan har qanday shirkat, qoʻshma korxona yoki boshqa tuzilmalarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari oʻrni bilan Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasidagi har qanday tashishni anglatadi; dengiz yoki havo kemasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “vakolatli idora” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Raisini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi; va Indoneziyaga nisbatan Moliya vazirini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “milliy shaxslar” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday huquqiy shaxsni, shirkatni va uyushmani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimni Ahdlashuvchi Davlat qoʻllaganda har qanday unda belgilanmagan ibora, agar matn mazmuni oʻzga maʼnoni talab qilmasa, qaysi Ahdlashuvchi Davlatning soliqlariga nisbatan ushbu Bitim qoʻllanayotgan boʻlsa, oʻsha Davlatning qonunlariga muvofiq maʼnoni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimning maqsadlari yuzasidan “Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti” atamasi mazkur Davlatning qonunchiligi boʻyicha oʻzining turar joyi, doimiy istiqomat qilish joyi, huquqiy shaxs sifatida tashkil topgan joyi, boshqaruv idorasining qayerda joylashgani va oʻzga asl mazmunda shunga oʻxshash mezonlarga koʻra mazkur Davlatda soliq toʻlovchi hisoblangan har qanday shaxsni anglatadi. Biroq mazkur atama ushbu Ahdlashuvchi Davlatda faqat mazkur Davlatda joylashgan manbalardan daromad olayotgani uchungina soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga qamramaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq shaxs Ahdlashuvchi Davlatlar har ikkisining rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bu shaxs toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Ahdlashuvchi Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari eng chuqur boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning hayotiy manfaatlar markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi boʻlmasa, u odatda yashaydigan Davlatining rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) agar shaxs odatda har ikki Ahdlashuvchi Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u Ahdlashuvchi Davlatlardan qay birining fuqarosi boʻlsa, oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkalasi uni oʻz rezidenti deb hisoblasa yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning hech biri uni shunday deb hisoblamasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli tashkilotlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlar har ikkisining rezidenti boʻlsa, Davlatlarning vakolatli tashkilotlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi doimiy faoliyat joyini bildiradi, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi ana shu joy orqali boshqa Ahdlashuvchi Davlatda toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv joyi (amaldagi rahbar idorasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) ferma yoki plantatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) shaxta, neft va gaz koni, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan yoki razvedka qilinadigan har qanday boshqa joy, neft qazib olish uchun burgʻilash qurilmasi yoki dengiz platformasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Doimiy muassasa” atamasi yana quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish maydonchasi yoki qurilish, yigʻilma yoki yigʻish obyekti yoki ushbu obyektlar bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruvchilik faoliyati, agar ana shu maydon, obyekt yoki faoliyat olti oydan koʻproq vaqt mavjud boʻlib tursa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, korxona shu maqsad uchun jalb qilgan oʻz xizmatchilari yoki boshqa xodimlar orqali koʻrsatadigan maslahat xizmatlari, faqat bunda shu xildagi (shu uchun yoki u bilan bogʻliq obyektning) faoliyat mamlakat hududida 12 oylik davr mobaynida jami 3 oydan oshmaydigan davr yoki davrlar davomida amalga oshiriladigan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, quyidagi faoliyat turlarini “doimiy muassasa” atamasi oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlarni faqat saqlash yoki namoyish qilish maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasining faqat saqlash yoki namoyish qilish maqsadlarida saqlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasini faqat boshqa korxona tomonidan qayta ishlash maqsadlarida saqlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovarlar yoki mahsulotlar sotib olish yoki mazkur korxona uchun axborot yigʻish maqsadlari uchun saqlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyining faqat reklama yoki axborot berish maqsadlarida saqlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi xarakterdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari yoʻlida ushlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) doimiy faoliyat joyining (a) dan (f) kichik punktlarigacha eslatilgan har qanday faoliyat turlari bilan uygʻunlashtirish uchun saqlab turilishi, faqat shu shart bilanki, ana shu uygʻunlikdan kelib chiqadigan doimiy faoliyat joyining butun faoliyati tayyorgarlik yoki yordamchi tusda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1 va 2-bandlardagi qoidalariga qaramay, agar 7-bandda koʻrsatilgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning birida boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi korxona nomidan ish yuritsa, bu korxona birinchi eslatilgan Davlatda ushbu shaxs korxona uchun amalga oshiradigan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, agar ushbu shaxs Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan kontraktlar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda uni amalga oshirsa, bunda agar ana shu shaxsning faoliyati 4-bandda koʻrsatilgan faoliyat bilan cheklanib qolsa, yaʼni agar shu bandning qoidalariga koʻra, doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, ana shu doimiy faoliyat joyi doimiy muassasaga aylanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur moddaning bundan oldingi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi, takroriy sugʻurta hollaridan tashqari, agar u boshqa Davlat hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki 7-bandga taalluqli mustaqil maqommi agentdan oʻzga shaxs orqali u yerda boʻlishi mumkin boʻlgan xatardan sugʻurta qilsa,ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi, agar u boshqa Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati chegarasida ish yuritgan taqdirda, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi. Biroq bunday agentning faoliyati toʻliq yoki qariyb toʻliq holda ushbu korxonaga nomidan bagʻishlanadigan boʻlsa, unda u mazkur band qoidalari doirasida mustaqil maqomga ega agent deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan nazorat qilinishi yoki boshqa Davlat kompaniyasi ustidan nazoratni yuritishi yoki mazkur kompaniya boshqa Davlatda tijorat faoliyatini amalga oshirishi (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) fakti oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan olingan daromad (qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad ham shu jumlaga kiradi) shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra soliqqa tortish maqsadlari ega boʻlgan ahamiyatga ega boʻladi. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulk haqidagi umumiy qonunchilikning qoidalari bilan haq-huquqi belgilangan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva mollari va qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi vositalari, baliq havzalari koʻchmas mulk natijasi boʻlgan atrof mulkni (uzufrukt), ishlatganlik uchun badal sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan va qatʼiy belgilangan toʻlovlarga boʻlgan huquq yoki maʼdanlar joylashgan yerga va boshqa tabiiy resurslarni ishlashga boʻlgan huquqni oʻz ichiga qamraydi; kemalar va havo kemalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Uzufrukt” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida boshqalarining mol-mulkidan umrbod foydalanish va undan daromad olish huquqini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqoridagi 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki oʻzga har qanday shaklda foydalanib olingan daromadga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuqoridagi 1- va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadiga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda foydalanadigan koʻchmas mulkdan olingan daromadlarga ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda olgan foyda ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning daromadi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, ammo quyidagilarga tegishli boʻlgan sohalardagina soliqqa tortiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar bu foyda ushbu doimiy muassasaga tegishli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) doimiy muassasa orqali sotilayotgan tovar yoki mahsulotlar bilan bir xil yoki bir-biriga oʻxshash tovarlar va mahsulotlarning ushbu boshqa Davlatdagi savdosiga tegishli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ushbu boshqa Davlatda amalga oshirilayotgan faoliyat doimiy muassasa orqali amalga oshirilayotgan faoliyat bilan bir xil yoki bir-biriga oʻxshash boshqa tadbirkorlik faoliyatiga tegishli boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, daromad har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga oʻtkaziladi. Ushbu daromadni, doimiy muassasa alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirayotgan boʻlsa, xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida va korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrsa va u doimiy muassasa hisoblansa, olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa daromadini aniqlashda mazkur doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni chiqarib tashlashga yoʻl qoʻyiladi, doimiy muassasa joylashgan Davlatda yoki har qanday oʻzga yerda faoliyati maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham shunga kiradi. Biroq doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh muassasasi yoki boshqa muassasadan istalgan bittasiga patent yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun royalti, yigʻim yoki shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, bu korxona bankka tegishli boʻlgan hollardan tashqari yoki ushbu doimiy muassasaga berilgan qarz miqdoriga foizlar toʻlash yoʻli bilan toʻlangan (amaldagi xarajatlar oʻrnini toʻldirishdan tashqari) summalarni, agar ular umuman boʻlsa, chegirib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu tarzda doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki boshqa ofislardan istalgan bittasiga patent yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun royalti, yigʻim yoki shunga oʻxshash boshqa toʻlovlarni toʻlash yoʻli bilan yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, bankka doir korxona hollaridan tashqari yoki korxonaning bosh ofisiga yoki boshqa ofislardan istalgan bittasiga berilgan qarz summasiga foizlar toʻlash yoʻli bilan toʻlangan summalar doimiy muassasaning foydalarini aniqlashda eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatda korxona foydasining umumiy miqdorini uning turli boʻlinmalariga mutanosib tarzda taqsimlash negizida doimiy muassasaga tegishli foydani belgilash oddiy hol ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech narsa Ahdlashuvchi Davlatga soliqqa tortiladigan foydani shunday taqsimot vositasida aniqlashga xalaqit bermaydi; tanlangan taqsimot uslubi ushbu moddaga tegishli tamoyillarga munosib natijalar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga mansub daromad, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar daromad, mazkur Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur modda qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining xalqaro tashishlarda kemalar, samolyotlardan foydalanishdan olgan daromadiga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalari quyidagilariga nisbatan qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan kemalar yoki samolyotlarni ijaraga olishdan, shu jumladan ekipajsiz fraxt qilish asosida ijara olishdan kelgan tasodifiy foydalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konteynyerlardan (treylyerlar va konteynyerlarni tashish bilan bogʻliq boshqa uskunalaridan ham) foydalanish, ularni saqlash yoki ijaraga berishdan olinadigan foydalarga, agar bunday foydalar 1-band amal qiladigan foydalarga nisbatan qoʻshimcha yoki tasodifiy boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-band qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha xalqaro tashkilotlarda eki qoʻshma korxonada, pulda (umumiy jamgʻarmada) ishtirok etishdan olgan foydaga nisbatan ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻsha shaxslar Ahdlashuvchi Davlatlar unisining ham korxonasini, bunisining ham korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladiganidan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, korxonaning birortasida toʻplangan lekin yuqoridagi sharoitlar tufayli yetarli hajimda toʻplanmagan foyda ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va umumiy miqdorda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri ana shu Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadigan foyda qoʻshsa, shunga muvofiq ravishda soliq solsa va shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasida toʻplanishi mumkin boʻlgan foydalar hisoblanadi, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar singari boʻladigan boʻlsa, u xolda boshqa ana shu Davlat oʻzining ana shu foydasidan olinadigan soliqlar summasini muvofiqlashtiradi. Bunday tuzatishlarni belgilashda mazkur Bitimning boshqa qoidalariga tegishli eʼtibor berilishi kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat oʻzining soliq qonunchiligida koʻzda tutilgan vaqtinchalik cheklashlar tugaganidan keyin 2-bandda eslatilgan vaziyatlarda korxona foydasini oʻzgartirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlangan dividendlar ana shu boshqa Davlat tomonidan soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, oʻsha Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo dividendlarni oluvchi daromadli dividendlar egasi boʻlsa, va ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda dividendlarga nisbatan soliqqa tortilishi kerak boʻlsa, soliqning miqdori dividendlar jami miqdorining 10 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band dividendlar toʻlanadigan foyda masalasida kompaniyani soliqqa tortishga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Dividendlar” iborasi mazkur moddada qoʻllanganda, aksiyalardan yoki foydada ishtirok etish huquqini beruvchi boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek, foydani taqsimlovchi kompaniya rezident boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi, soliqlarni tartibga solishga taalluqli boʻlgan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar dividendlarining benefitsiari Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda dividendlarni toʻlayotgan birlashma rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini unda joylashgan doimiy muassasasi orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa va xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) aslida shu doimiy muassasa eki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1- va 2-bandlaridagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Bunday holda, sharoitga qarab, 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, bu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olmasligi mumkin, ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan bunday dividendlar yoki xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan bogʻliq boʻlsa, shuningdek, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi, hattoki, toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Bitimning har qanday boshqa qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega boʻlsa, u xolda doimiy muassasaning foydasi shu boshqa Davlatda uning qonunlariga muvofiq qoʻshimcha soliqqa tortiladi, biroq shu tariqa undiriladigan qoʻshimcha soliq undan daromad soligʻi va shu boshqa Davlatda undiriladigan boshqa soliqlar chiqarib tashlangandan keyin bunday summaning oʻn foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu moddaning 6-bandi qoidalari mahsulotni taqsimlashga doir har qanday bitimlardagi va Indoneziya Hukumati, uning siyosiy-maʼmuriy boʻlinmasi, uning tegishli davlat neft yoki gaz kompaniyasi yoki uning har qanday boshqa tashkiloti boshqa Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidenti hisoblangan shaxs bilan tuzadigan neft va gaz sektoriga yoki foydali qazilmalar qazib olish sektoriga taalluqli mehnat bitimlarida (yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash bitimlarda)gi qoidalarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu ikkinchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ammo bunday foizlar hosil boʻlgan mazkur Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo dividendlarni oluvchi benefitsiar boʻlsa, soliqning miqdori foizlar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Foizlar” iborasi mazkur moddada qoʻllanilganida badal bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni va, xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlari, obligatsiyalar va qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni, shu jumladan, ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofotlar va yutuqlarni bildiradi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar ushbu modda maqsadlarida foizlar sifatida koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar foizlar benefitsiari Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, doimiy muassasa orqali foizlar hosil boʻlayotgan ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyati olib borayotgan boʻlsa, yoki mazkur oʻzga Davlatda joylashgan doimiy bazasidan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatgan yoki koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga mansub boʻlsa, 1- va 2-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bu holda mazkur Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasi qoidalari vaziyatga qarab qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Foizlarni toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti yoki shu Davlatning oʻzi, mahalliy hokimiyati boʻlsa, foizlar mazkur Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Lekin foizlarni toʻlovchi shaxs, Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlib, shu tufayli foizlarni toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va bu foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza tomonidan toʻlanadigan boʻlsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi va amalda benefitsiar oʻrtasida yoki ular ikkalasi va qandaydir oʻzga shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismidan mazkur Bitimning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq yana soliq olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Royalti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga shaxsan toʻlanadigan royaltilar ushbu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday royaltilar ular hosil boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda va shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo bu daromadlarni oluvchi daromadlarning benefitsiar egasi boʻlsa, shu tarzda olinadigan soliq royaltilar yalpi miqdorining 10 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” iborasi mazkur moddada qoʻllanganda har qanday adabiyot, sanʼat va fan asarlarini, xususan, kinofilmlar hamda radioeshittirish va televideniye yozuvlari va videokassetalar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki model, sxema, kompyuter dasturi, maxfiy formula yoki jarayon mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqidan foydalanish huquqi uchun yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqni berganlik uchun yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mukofot tarzida olingan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royaltiga nisbatan amalda huquqqa ega boʻlgan shaxsga nisbatan agar shaxs royalti hosil boʻlayotgan ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa yoki baza orqali tijorat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa yoki ushbu oʻzga Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali xususiy xizmatlarni amalga oshirsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy bazaga bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda mazkur Bitimning 7- yoki 14-moddalari qoidalari vaziyatga qarab qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning oʻzi, mahalliy hokimiyat idorasi yoki rezidenti boʻlsa, royalti shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq, agar royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidentimi-yoʻqmi, bundan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki doimiy baza toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royalti doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi va amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi yoki ularning ikkovi va boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltining foydalanish, huquq yoki axborot uchun toʻlangan miqdori toʻlovchi va amaldagi shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga mazkur Bitimning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar royalti toʻlanadigan huquqlarni yaratish yoki oʻzgaga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri mazkur moddadan huquqlarni yaratish yoki oʻzgaga oʻtkazish orqali naf orttirish boʻlsa, mazkur moddaning qoidalari qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti 6-moddada eslatib oʻtilgan ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda boʻlgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlarga oʻsha ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tadbirkorlik mulkining qismini tashkil etuvchi koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olingan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchma mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlarga, bunga shu doimiy bazani begonalashtirishdan olingan daromadni ham qoʻshib ana shu ikkinchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan kema yoki samolyot vositalarini sotishdan olgan daromadlari yoki mana shu naqliyot vositalarini ishlatishda foydalaniladigan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olgan daromadlariga faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning bundan oldingi bandlarida aytib oʻtilmagan istalgan boshqa mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga mulkni sotuvchi shaxs qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, shu Ahdlashuvchi Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti kasb xizmatlarini koʻrsatish yoki boshqa mustaqil tusdagi shunga oʻxshagan xizmatlardan olgan daromadiga faqat mana shu Davlatdagina soliq solinishi mumkin, ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda ham bunday daromadlar soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan quyidagi holatlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar u oʻz faoliyati maqsadlari uchun ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun doimiy qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday hollarda uning daromadi ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda faqat shunday bazaga taalluqli qismidan soliqqa tortiladi; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar u ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda jami 12 oylik davr mobaynidagi maʼlum bir davr yoki taqvimiy yilda umumiy miqdorda 90 kundan ortiq yashayotgan boʻlsa, u holda bunday daromad ham ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” iborasi, jumladan, mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek, vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlar faoliyatini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yollash bilan bogʻliq shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning 6-, 18-, 19- va 21-moddalari qoidalarini hisobga olib Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentining yollash boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va yollash munosabati bilan olingan taqdirlash miqdoriga faqat ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan ragʻbatlantirish puliga ana shu ikkinchi. Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatdan amalga oshiradigan yollash boʻyicha ish munosabati bilan oladigan taqdirlash pullariga faqat eslatilgan birinchi Davlatda soliq solinadi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taqdirlash puli oluvchi ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda har qanday 12 oylik davr davomida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash puli yollovchi tomonidan yoki ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi nomidan toʻlanadi; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) taqdirlash puli boʻyicha xarajatlarni yollovchi ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan korxona tomonidan xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalari vositasida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun olinadigan taqdirlashlarga ushbu Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlarning gonorarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlarning gonorarlari va Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning Direktorlar Kengashi yoki shunga oʻxshagan organi aʼzosi sifatida oladigan shu kabi toʻlovlari ushbu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning 14- va 15-moddalari qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlmish teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatdagi shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadiga shu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatiga daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, boshqa shaxsga yozilsa, mazkur Bitimning 7-, 14- va 15-moddalari qoidalariga qaramay, ushbu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar sanʼat xodimlari yoki sportchilarning Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlatning jamoat jamgʻarmalaridan yoki mahalliy hokimiyatlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanayotgan boʻlsa, unda ularning Ahdlashuvchi Davlatdagi faoliyatidan oladigan daromadlariga 1- va 2-bandlarning qoidalari tegishli boʻlmaydi. Bunday holda ularning daromadlariga mazkur sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti sanalgan Ahdlashuvchi Davlatdagina soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyalar va umrbod rentalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga oydinroq amalga oshirilgan yollanish boʻyicha faoliyati yoki xizmatlari uchun boshqa Davlatdagi manbadan toʻlanadigan pensiyalar va bunday rezidentga ana shunday manbadan toʻlanadigan har qanday umrbod rentaga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Umrbod renta” atamasi umr davomida yoki muayyan yoki belgilangan davr mobaynida belgilangan vaqtda pul yoki pul koʻrinishida oʻxshash va toʻla kompensatsiya oʻrniga majburiy toʻlov boʻyicha toʻlab turiladigan belgilangan summani bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki uning mahalliy hokimiyatlari tomonidan har qanday jismoniy shaxsga mana shu Ahdlashuvchi Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyatlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun toʻlanadigan taqdirlash puliga, pensiya bundan mustasno, faqat mana shu Davlatdagina soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq bunday taqdirlash puliga agarda xizmatlar mana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti; yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) faqatgina xizmat koʻrsatish maqsadlarida shu Davlatning rezidenti boʻlmagan boʻlsa, faqat ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatdagina soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki hokimiyatning mahalliy idoralari tomonidan yoki ular tuzgan jamgʻarmalardan shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyat idoralariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan har qanday jismoniy shaxsga toʻlanadigan har qanday pensiyaga faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatdagina soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq agar jismoniy shaxs shu Ahdlashuvchi Davlat rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, bunday pensiyaga faqat ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimning 15-, 16- va 18-moddalari qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan taqdirlash pullari va pensiyalariga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning hozirda rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadlaridagina yashab turgan talaba yoki praktikantning yashash, oʻqish va maʼlumot olish uchun moʻljallangan oladigan toʻlovlari mana shu birinchi eslatilgan Davlatda, agarda bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan olib toʻlanadigan boʻlsa, soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqituvchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning hozirda rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻquv yurtlarida yoki ilmiy-tadqiqot institutlarida oʻqitish, leksiyalar oʻqish yoki tadqiqotlar oʻtkazish maqsadlaridagina yashab turgan birinchi eslatilgan Davlatning Hukumati tomonidan taklif boʻyicha akkreditatsiya qilingan jismoniy shaxsga beriladigan toʻlovlari mana shu birinchi eslatilgan Davlatda ushbu Davlatga kelgan paytidan boshlab ikki yil mobaynida soliqqa tortilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining mazkur Bitimning oldingi moddalarida tilga olinmagan daromad turlariga, daromadlarning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat mana shu Davlatdagina soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur modda 1-bandining qoidasi koʻchmas mulkdan olingan daromad hisoblanmaydigan 6-moddaning 2-bandida belgilangani singari daromadga nisbatan, agarda bunday daromadni oluvchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasasini joylashtirish orqali faoliyatni amalga oshirsa yoki u yerda doimiy bazani joylashtirib, mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, qoʻllanmaydi. Bu holatda mazkur Bitimning 7- yoki 14-moddalari qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1- va 2-bandlarning qoidalariga qaramasdan, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan va ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda vujudga keladigan daromad turlariga ushbu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti mazkur Bitimning qoidalariga muvofiq va ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga binoan ana shu ikkinchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad (foyda) olganida birinchi eslatilgan Davlat ikkinchi Davlatda toʻlangan soliqqa teng summani uning daromad (foyda) soligʻi hisobidan chiqarib tashlashga imkon berishi kerak. Biroq hisobdan chiqarib tashlanadigan summa birinchi eslatilgan Davlatning soliq qonunlariga binoan hisoblab chiqilgan daromad (foyda) soligʻi summasidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti olgan daromad mazkur Bitimning qaysidir bir qoidasiga binoan ushbu Davlatda soliqqa tortishdan chiqarib tashlangan boʻlsa, unda bu Davlat bu rezidentning daromadining qolgan qismiga soliq summasini hisob-kitob qilishda, baribir, daromadni soliqqa tortishdan chiqarib tashlangan summani hisobga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning 1- va 2-bandlari maqsadlarida Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti olgan va mazkur Bitimga koʻra ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin boʻlgan foyda va daromad shu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatdagi manbalardan olingan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatning ichki qonunlariga muvofiq beriladigan muayyan maxsus imtiyozli choralarga binoan soliqqa tortishdan ozod qilingan yoki kamaytirilgan soliq miqdori Ahdlashuvchi Davlatda toʻlangan deb hisoblanadi va u ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatdagi soliqdan chiqarib tashlanishi kerak boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamsitmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda ikkinchi Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasiga soliq solish ushbu Ahdlashuvchi Davlatning boshqa aynan shunday faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalariga solinadigan soliqdan oshiq boʻlmaydi. Mazkur qoida har bir Ahdlashuvchi Davlatni ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga soliq solish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy sharoiti asosida beradigan har qanday yakka tartibdagi imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirishlarga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim 9-moddasining 1-bandi, 11-moddasining 6-bandi yoki 12-moddasining 6-bandi qoidalari qoʻllanganidan tashqari hollarda, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga bunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida toʻlaydigan foizlar, royaltilar va boshqa qarz toʻlovlari agar bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan boʻlsa, bunday sharoitda chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning korxonalari, agar ularning mol-mulklari toʻliq yoki qisman ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatga tegishli boʻlsa yoxud bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinsa, birinchi eslatilgan Davlatda Ahdlashuvchi birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan har qanday soliq yoki unga aloqador holatlar yoki boshqa soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 3-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatning soliqqa tortishdan boʻyin tovlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan operatsiyalar yoki tadbirlarga toʻsqinlik qilish uchun yaratilgan soliq sohasidagi qonunlar qoidalariga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur moddada “soliqqa tortish” atamasi faqat ushbu Bitim tegishli boʻladigan soliqni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agarda Ahdlashuvchi Davlat rezidenti Davlatlardan biri yoki har ikkalasining faoliyati unga mazkur Bitimda nazarda tutilganga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa yoki agarda uning holati mazkur Bitimning 24-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, u mazkur Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli idorasiga taqdim etishi mumkin. Ariza mazkur Bitim qarorlariga nomuvofiq soliq. solinishiga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli idorasi uning arizasini asosli, deb topsa va uning oʻzi arizasini qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani Bitimga muvofiq kelmaydigan soliq solinishidan qochish maqsadlarida ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli idorasi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal etishga harakat qiladilar. Ular mazkur Bitimda nazarda tutilmagan holatlarda ham ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadlarida bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishida hamfikrlikka erishish maqsadlarida bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turadilar. Vakolatli organlar maslahatlashishlar orqali mazkur moddada nazarda tutilgan oʻzaro kelishuv tartiblarini amalga oshirish uchun tegishli ikki tomonlama rusum-qoidalar, shart-sharoitlar, usullarni ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash uchun yoki mazkur Bitim tatbiq etiladigan Ahdlashuvchi Davlatlarning soliqlarga tegishli ichki qonunchiligi ushbu qonunchilikdan mazkur Bitimga zid tushmaydigan darajada foydalanish, shu jumladan, soliqlarni toʻlashdagi aldash yoki boʻyin tovlashni bartaraf qilish uchun zarur axborotlar bilan almashib turadilar. Ahdlashuvchi Davlat olayotgan har qanday axborot mazkur Davlatning ichki qonunlari haqida olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi hamda faqat aniqlash, olib qoʻyish, majburiy chora koʻrish bilan bogʻliq yoki Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan qarorlarni ijro etuvchi shaxslar va idoralargagina, xususan, sudlar va maʼmuriy idoralargagina ochiladi. Bu shaxslar yoki idoralar axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki huquqiy qarorlar qabul qilish chogʻida oshkor qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hech qanday holatda ham mazkur moddaning 1-bandi qoidasi Ahdlashuvchi Davlatlar zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoida sifatida talqin qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy choralar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) savdo, sanoat, tijorat yoki xizmat siri yoki savdo jarayonini fosh etuvchi axborotni yoki oshkor etilishi davlat siyosatiga zid keluvchi axborotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilariga xalqaro huquq umumiy meʼyorlari yoki har ikki Ahdlashuvchi Davlat oʻrtasidagi maxsus Bitim qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun talab qilinadigan zarur ichki davlat tartiblarining tugaganligi toʻgʻrisida bir-birlariga diplomatik yoʻl orqali maʼlum qiladilar. Mazkur Bitim aytib oʻtilgan soʻnggi ogohlantirish berilgan sanadan boshlab kuchga kiradi va shundan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Bitim kuchga kirgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab olinadigan daromadlar manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvari va bundan keyingi sanadan boshlab har bir soliq solinadigan yil uchun undiriladigan boshqa daromad soliqlariga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashayotgan Davlatlardan biri uning amal qilishini toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashayotgan Davlat Bitimning amal qilishini Bitim kuchga kirgan kundan keyin besh yil oʻtgach boshlanadigan istalgan kalendar yilning tugashidan kamida 6 oy oldin diplomatik yoʻl orqali xabar berib toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda Bitimning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi bildirish berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab olinadigan daromadlar manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi bildirish berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvari va bundan keyingi sanadan boshlab har bir soliq solinadigan yil uchun undiriladigan boshqa daromad soliqlariga nisbatan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jakarta shahrida 1996-yil 27-avgustda ikki nusxada, har biri oʻzbek, indoneziya va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar vujudga kelsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)