15.06.2012 yildagi 238-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlari normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda xoʻjalik sudlari “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (bundan buyon matnda — Qonun deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda — XPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlariga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlar XPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida ushbu Kodeksning 201 va 202-boblarida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarning eʼtibori hakamlik bitimi yuridik va jismoniy shaxslarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish uchun topshirish haqidagi yozma kelishuvi hisoblanishiga va bunday bitim mavjud boʻlgan taqdirdagina nizo hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishi mumkinligiga qaratilsin. Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi boʻlgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 13-moddasining birinchi qismiga koʻra hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik sudida koʻrib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, agar hakamlik bitimida taraflar oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha nizolar hakamlik sudida koʻrib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida koʻrsatilgan boʻlsa, hakamlik kelishuvini haqiqiy emasligi haqidagi nizo ham hakamlik sudida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan maʼlum bir nizolar hakamlik sudida koʻrib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida koʻrsatilgan boʻlib, ularda hakamlik bitimi ustidan nizolashish masalasi koʻrsatilgan boʻlmasa, hakamlik kelishuvini haqiqiy emasligi haqidagi nizo xoʻjalik sudida koʻrilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlar Qonun 5-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik sudlarini tashkil etishlari, shuningdek hakamlik bitimi taraflari boʻlishi mumkin emasligini nazarda tutishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nizo koʻrsatilgan organlar tomonidan tashkil qilingan hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan boʻlsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinadi, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish haqidagi ariza esa XPK 1559-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. XPKning 25-moddasiga koʻra fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan hamda xoʻjalik sudiga taalluqli boʻlgan nizo taraflarning kelishuviga binoan xoʻjalik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga koʻrish uchun topshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taraflarning kelishuvi deganda Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hakamlik bitimi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taraflarning nizoni hakamlik sudiga koʻrish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvi mavjud boʻlib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa va agar ishning xoʻjalik sudida koʻrilishiga qarshi boʻlgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni mazmunan hal etishni hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilsa, xoʻjalik sudi daʼvoni koʻrmasdan qoldiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “birinchi ariza” deganda javobgarning hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar nizo mohiyati boʻyicha bayon qilgan yozma yoki ogʻzaki fikrini tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. XPKning 201 va 202-boblari hamda Qonunning 7 va 8-boblariga muvofiq sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan faqat hakamlik muhokamasi taraflari, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan esa hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha taraf murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan boʻlsa, ushbu shaxslar bunday hal qiluv qarori ustidan XPKning 156-moddasiga mos holda hal qiluv qarorini bekor qilish haqida xoʻjalik sudiga ariza berishlari mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 284-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Sudlarga tushuntirilsinki, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlarni hakamlik sudi foydasiga undirish talabi XPKning 202-bobida belgilangan qoidalar asosida koʻrib chiqilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, nizoni hakamlik sudida hal qilishda taraflar tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan xarajatlarni toʻlash hakamlik sudi tomonidan kechiktirilgan taqdirda, hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs hakamlik muhokamasining tegishli tarafidan ushbu xarajatlarni undirishni soʻrab vakolatli sudga umumiy tartibda daʼvo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi xoʻjalik sudiga, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza esa qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi xoʻjalik sudiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday toifadagi ishlar boʻyicha XPKning 32-moddasida belgilangan shartnoma boʻyicha sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi qoida qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlar alohida toifadagi ishlar hisoblanadi. Agar arizani qaytarish yoki qabul qilishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, sudlar arizani ish yuritishga qabul qilishlari, unga tegishli raqam berishlari hamda ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik muhokamasi taraflari sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida sudning ajrimi orqali xabardor qilinadi. Ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 284-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Bunday holatda agar ish boʻyicha taqdim qilingan hujjatlar (dalillar) yetarli deb hisoblansa, sud ishni mavjud hujjatlar asosida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda XPKning 125-moddasida belgilangan muddatlar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ga muvofiq toʻlanishi lozimligiga eʼtiborlarini qaratishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda xoʻjalik sudi hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emasligiga alohida eʼtibor qaratishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha XPKda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim ustidan XPKda belgilangan tartibda va muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. XPK 1551-moddasining birinchi qismi hamda Qonun 46-moddasining birinchi qismi mazmuniga koʻra hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining xoʻjalik sudiga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori ustidan ushbu qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ariza belgilangan muddat oʻtganidan keyin taqdim etilgan boʻlsa, oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma asosida tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza belgilangan muddat oʻtganidan keyin taqdim etilgan boʻlib, muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berilmagan yoki sud tomonidan belgilangan muddatning oʻtkazilishi sabablari uzrli deb topilmagan boʻlsa, u XPK 1552-moddasining oltinchi qismiga muvofiq Kodeks 118-moddasining qoidalariga binoan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudi tomonidan ish boʻyicha qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, oʻttiz kunlik muddat arizachi tomonidan qoʻshimcha hal qiluv qarori olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi xoʻjalik sudining ish yurituvida hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ish mavjud boʻlib, hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi xoʻjalik sudiga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza kelib tushsa, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish XPK 82-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan toʻxtatib turilishi yoki ishni koʻrish XPK 1558-moddasining oltinchi qismiga asosan qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin manfaatdor shaxs tomonidan shu ish doirasida hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisida ariza XPKning 1557-moddasi hamda Qonunning 51-moddasi talablariga rioya qilingan holda berilgan boʻlsa, u ish yuritishga qabul qilinadi va dastlabki ariza bilan birga koʻrib chiqiladi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza XPKning 1557-moddasi hamda Qonunning 51-moddasi talablarini buzgan holda berilgan boʻlsa, u XPKning 118-moddasiga mos holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xoʻjalik sudining ish yurituvida XPK 1551-moddasining ikkinchi qismi va 1556-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi alohida qoʻzgʻatilgan ishlar mavjud boʻlsa, XPK 115-moddasining ikkinchi qismiga asosan bu ishlar bitta ish yuritishga birlashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni XPK 1552-moddasi talablariga mos kelishi va unga ushbu moddada nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi lozim. Ushbu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza XPKning 118-moddasiga mos holda qaytariladi. Arizaning qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin takroran xoʻjalik sudiga umumiy tartibda bunday ariza bilan murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlarga tushuntirilsinki, manfaatdor shaxs tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza XPKning 202-bobi talablariga rioya etilgan holda umumiy tartibda berilganda, bunday arizani hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotganligi asos qilinib qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, hakamlik sudining hal qiluv qarori XPKning 1554-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlsa bekor qilinadi. Bunda isbotlash majburiyati hal qiluv qaroridan norozi boʻlib ariza bergan tarafning zimmasiga yuklatiladi. Shu bilan birga, agar XPK 1554-moddasida koʻrsatilgan asoslar xoʻjalik sudi tomonidan aniqlansa ham, hakamlik sudining hal qiluv qarori bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1. Sudlar hakamlik bitimini qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emas deb hisoblash uchun uning bunday bitimlarga qoʻyilgan talablarga muvofiqligini tekshirishlari lozim. Xususan, uning yozma shaklda tuzilganligiga, shartnomaning tarkibiy qismi boʻlgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilganligiga, hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan boʻlsa yoki bunday bitimni qayd etishni taʼminlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda xatlar yoki xabarlar almashish yoʻli bilan tuzilgan boʻlsa, yozma shaklda tuzilgan hisoblanishiga eʼtibor qaratilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha yoxud maʼlum bir nizolar hakamlik sudida koʻrib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan boʻlsa, mazkur hakamlik sudining nomi koʻrsatilishi lozim. Ushbu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, bitim Qonunning 12 va 13-moddalariga muvofiq haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hakamlik bitimida hakamlik sudyalarining soni, hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy va til, hakamlik muhokamasining qoʻllaniladigan qoidalari, nizoni koʻrib chiqish muddati haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, Qonun 9-moddasining birinchi qismiga muvofiq hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida vujudga keluvchi xoʻjalik nizolarini hal etadi. Shu bois, nizosiz huquqiy munosabat yuzasidan tuzilgan hakamlik bitimi oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim hisoblanadi va hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishga asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.2. Sudlarga tushuntirilsinki, XPK 1554-moddasi birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha hal qiluv qarori bekor qilinganda xoʻjalik sudi oʻzining ajrimida manfaatdor shaxs hakamlik bitimi bilan qamrab olinmagan masala boʻyicha vakolatli sudga murojaat qilishga haqli ekanligini koʻrsatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.3. XPK 1554-moddasi birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishda hakamlik sudyasiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilganligi; hakamlik sudining tarkibi Qonunda koʻrsatilgan tartibda shakllantirilganligi; hakamlik sudyasi rad etilgan boʻlsa, rad etilgan ariza Qonunda koʻrsatilgan tartibda hal etilganligi; hakamlik muhokamasi qoidalari qonun hujjatlari asosida belgilanganligi tekshirilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.4. XPK 1554-moddasi birinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bildirilganda, sudlar hakamlik sudi nizoni Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan boshqa qonun hujjatlari asosida hal qilganligini tekshirishlari lozim. Agar nizo hakamlik sudi tomonidan chet davlat qonun hujjatlariga muvofiq hal qilingan boʻlsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.5. Hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha faqat hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasi boʻyicha bekor qilinishi mumkin. Yaʼni, hakamlik sudining hal qiluv qarori foydasiga hal qilingan taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini isbotlovchi dalillar berilgan taqdirda ham hal qiluv qarori ushbu asos boʻyicha xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.6. Hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo Qonunga muvofiq hakamlik sudi muhokamasi predmeti boʻla olmasligi xoʻjalik sudi tomonidan aniqlangan taqdirda, ushbu holat hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi arizada bayon etilgan yoki etilmaganligidan, shuningdek mazkur holatni isbotlovchi dalil taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki etilmaganligidan qatʼi nazar, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy, oila va mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar, xususan, davlat organlari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi; undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi; davlat roʻyxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat roʻyxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat; agar qonunda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan boʻlsa nazorat qiluvchi organlar tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish toʻgʻrisidagi; nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablagʻlarini budjetdan qaytarish toʻgʻrisidagi nizolar; huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash; yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi va boshqa shu kabi arizalar hakamlik sudi muhokamasi predmeti boʻla olmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.7. Qonun 13-moddasining ikkinchi qismiga koʻra hakamlik bitimida hakamlik sudyalarining soni, hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy va til, hakamlik muhokamasining qoʻllaniladigan qoidalari, nizoni koʻrib chiqish muddati haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudi tomonidan nizo koʻrib chiqilishida hakamlik sudyalarining soni yoki hakamlik muhokamasining qoʻllaniladigan qoidalari buzilgan holda hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, u XPK 1554-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, agar hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasining tili toʻgʻrisidagi qoida buzilgan holda hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, ushbu hal qiluv qarori ham XPK 1554-moddasi birinchi qismining 4-bandiga mos ravishda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. XPK 1553-moddasining uchinchi qismiga muvofiq hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki XPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, agar hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan bekor qilingan boʻlsa, hakamlik sudiga murojaat qilish uchun asos boʻlgan hujjat haqiqiy emas deb topilganligi sababli, hakamlik muhokamasi taraflari XPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 2-bandiga (Qonun 47-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi) asosan hamda ushbu Qarorning 3 va 15.6-bandlarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, ushbu holatlarda ham hakamlik muhokamasi taraflari XPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 3, 4, 5-bandlariga asosan bekor qilingan va hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqotilmagan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik sudiga yangidan murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 3, 4, 5-bandlariga asosan bekor qilinganidan keyin hakamlik muhokamasi taraflari mazkur nizo boʻyicha xoʻjalik sudiga murojaat qilganda, daʼvo arizasini qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi. Agar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori u bekor qilingan paytda ijro etilgan boʻlsa, xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimida XPK 1555-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar va koʻrsatmalardan tashqari, Qonunning 54-moddasiga asosan hakamlik sudining toʻliq yoki qisman bekor qilingan hal qiluv qaroriga muvofiq javobgardan daʼvogarning foydasiga undirilgan narsalarning hammasi javobgarga qaytarib berilishi haqidagi masala hal qilinishi va ijro varaqasi berilishi lozim. Agar bu masala sud ajrimida hal etilmagan boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala XPKning 220-moddasiga mos holda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur qarorda belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi. Agar qarorda ijro etish muddati belgilanmagan boʻlsa, u darhol ijro etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hakamlik sudi hal qiluv qarorini darhol ijro etish” deganda tegishli taraf tomonidan hal qiluv qarorining toʻliq matni olinganidan soʻng unda nazarda tutilgan harakatlarning oqilona muddatda, yaʼni hal qiluv qarori zarariga qabul qilingan taraf tomonidan normal sharoitlarda qarorda koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan muddatda bajarilishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugamasdan sudga murojaat etilganligi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarori bekor qilinganligi yoxud uning ijrosi xoʻjalik sudi yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻxtatib turilganligi XPK 1559-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan ijro varaqasini berishni rad etish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. XPK 1557-moddasining oltinchi qismiga koʻra hamda Qonun 49-moddasi va 51-moddasi uchinchi qismining mazmunidan koʻrinishicha, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddatni oʻtkazib yuborish sabablari vakolatli sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza belgilangan muddat oʻtganidan keyin taqdim etilgan boʻlib, muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma berilmagan yoki sud tomonidan belgilangan muddatning oʻtkazilishi sabablari uzrli deb topilmagan boʻlsa, u XPK 1557-moddasining yettinchi qismiga muvofiq ushbu Kodeksning 118-moddasi qoidalariga binoan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda berilganda, uning shakli va mazmuniga qoʻyilgan talablarga rioya etilmaganda yoki unga qonunda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmaganda, u xoʻjalik sudi tomonidan XPKning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan qaytariladi. Arizaning sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrish vaqtida aniqlansa, ish XPKning 33-moddasiga asosan tegishli xoʻjalik sudiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, agar hakamlik sudida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan vakolatxona yoki filialga nisbatan yoxud jismoniy shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida nizo koʻrib chiqilgan boʻlib, xoʻjalik sudiga bunday hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza berilganda, XPKning 23-moddasidan kelib chiqib, bunday arizani qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga muvofiq tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudlar XPK 1558 (hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi), 1559 (hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etish asoslari), 15510 (xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi) — moddalarini amaliyotda qoʻllashda mazkur Qarorning 2 — 4, 7 — 11, 15-16-bandlarida berilgan tushuntirishlarga asoslanishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish jarayonida hakamlik sudining hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi aniqlansa va ijro varaqasini berishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, ajrim hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijro etilmagan qismi boʻyicha chiqariladi. Bunda hakamlik sudi hal qiluv qarorining qisman ijro etilganligini tasdiqlovchi dalillar sudga manfaatdor shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, hakamlik sudi hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimining shartlari hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi shartlarining ixtiyoriy ijro etilmaganligi manfaatdor tarafning arizasi boʻyicha vakolatli sud tomonidan ijro varaqasi berish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish jarayonida kelishuv bitimini tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudining hal qiluv qarorini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimi ijro hujjatini bergan sud tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xoʻjalik sudining hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimi darhol ijro etiladi. Shu bois, ajrim asosida xoʻjalik sudi ijro varaqasini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiruvchining elektron manzili mavjud boʻlgan taqdirda, sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklidagi ijro varaqasi axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 25-fevraldagi 292-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqilishi alohida toifadagi ish hisoblanmaydi. Ammo, bunday ariza xoʻjalik sudiga taqdim etilganda, sud uni ish yuritishga qabul qilishi va ishga alohida raqam berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash haqidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafi tomonidan hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi xoʻjalik sudga beriladi va XPKning 76 — 81-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudi tomonidan daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori qabul qilingan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan XPK 80-moddasining beshinchi qismi va Qonun 32-moddasining oltinchi qismiga asosan sud majlisi oʻtkazilmasdan bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi raisi D. MIRZAKARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya M. IZRAILBEKOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238-son