Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shoʻmanoy tumani hokimining
qarori
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yil 25-aprelda 2452-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) talablaridan kelib chiqib, tumanda 2013-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektoridan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini:
texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va koʻrsatilgan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasiga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
texnik talabga javob bermaydigan texnik nosoz texnikalarni ishlatishni qatʼiyan man qilish;
texnik koʻrik davomida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari mavsumga tayyorgarligi, texnikalarning oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi va boshqa texnik talablarga asosan amalga oshirish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifalari yuklatilsin.
3. Tumandagi barcha fermer xoʻjaliklari, ularga xizmat koʻrsatuvchi korxona, tashkilot rahbarlari va mahalla raislariga:
hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini, asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻz muddatida oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish;
mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari oʻz hududidagi shaxsiy texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtishini tashkillashtirish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A. Allambergenovga:
tumandagi korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Tuman hokimligi huquqshunosi (M. Kaypov) mazkur qarorni mahalliy “Shomanay nuri” gazetasida chop etilishini taʼminlasin.
6. Qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim I. DAVLETMURATOV
Shoʻmanoy t.,
2014-yil 1-aprel,
186/4-son
Tuman hokimining 2014-yil 1-apreldagi 186/4-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi
TARKIBI
| T/r | F.I.O | Lavozimi |
| 1. | R. Saparniyazov | “Davtexnazorat” inspeksiyasi Shumanay tumani inspektori |
| 2. | O. Seydullayev | “Shumanay MTP” DAJ bosh muhandisi |
| 3. | O. Gaypnazarov | “Suyenli” ITB “Shomanay tarmogʻi” mexanigi |