Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-oktabrdagi 460-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-dekabr,
573-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qarorida:
a) 9-bandda “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftgazqurilish”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻzneftniqaytaishlash”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzburgʻu-neftgaz”, “Oʻzneftgazishchitaʼminot” soʻzlari “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazib-chiqarish”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻztransgaz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshida “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” va “Oʻzneftgazqurilish” soʻzlari “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 11-ilovaning “Shuʼba aksiyadorlik jamiyatlari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shuʼba aksiyadorlik jamiyatlari:
1. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi;
2. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi;
3. “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyasi;
4. “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-iyuldagi 328-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 322-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilari hamda yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovada “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” soʻzi “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Toshguzar–Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi qurilishini jadallashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi 43-son qarorining 9-bandida “Oʻzbekneftgazqurilish AK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda):
a) 2-ilovaning 36 va 37-bandlarida “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” soʻzi “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning “Oʻzbekneftgaz” MXK” boʻlimi 31, 32, 33, 52, 76 va 77-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 5-ilovaning 4-bandida “Oʻzburgʻuneftgaz” soʻzi “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda; 2004-y., 28-son, 322-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)