Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 02.12.2003 yildagi 538-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjat 10.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalarida uning masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining muhim vazifalari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini oʻtkazish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati, shahar va qishloq aholi yashash punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlikka oid qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, shartnoma munosabatlarining rolini oshirish, qurilishda narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish, qurilishning bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalar majburiyatlari bajarilishining monitoringini olib borish, obyektlarni qurish sifati va muddatlarini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan umumiy soni 96 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlarining soni 85 nafar boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisiga xodimlarning cheklangan soni doirasida raisning toʻrt nafar, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari hamda 9 kishidan iborat hayʼat boʻlishiga ruxsat berilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisiga xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining mazkur Qoʻmita tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, yangi texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat savdolarini (tendyerlarni) tashkil etish respublika boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasining kapital qurilishda narxlarni shakllantirish mintaqaviy markazlari negizida Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasining Standartlashtirish va sertifikatlash boshqarmasi negizida xoʻjalik hisobidagi Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bir oy muddatda Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi hamda Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazining tuzilmasini va Markazlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari, Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlarining namunaviy tuzilmalari shuningdek ular toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar 5, 5a, 5b, 6, 6b-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini joriy moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari manbalar, shu jumladan davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari hamda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari daromadlaridan 10 foiz ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlarini yuklangan vazifalarni bajarish, shu jumladan narxlarni shakllantirish masalalari boʻyicha kerakli materiallar va axborotlar taqdim etish uchun zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlasinlar
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
538-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
538-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
538-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
538-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb yuritiladi)ning maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, muassasalar va tashkilotlar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, bankda hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari texnologiyalarini hisobga olgan holda hududlarni joylashtirish, rejalashtirish va qurishning ilmiy asoslangan sxemalarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati, shahar va qishloq aholi yashash punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlikka oid qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshirish, tegishli axborot bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishni yanada isloh qilish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini olib borish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, shartnoma munosabatlarining rolini oshirish, qurilishda narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishda, xususiy va qoʻshma korxonalar, injiniring, konsalting, sugʻurta tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa tashkilotlarini tashkil etishda, shaharsozlik faoliyati sohasida kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish, obyektlar qurilishi sifati va muddatlari ustidan nazorat qilish, markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtirilayotgan obyektlarni qurish sifati va muddatlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish va qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish tartibini belgilash va u boʻyicha ishlarni tashkil etish, loyihalashtirish va konstruksiyalash ham shu jumlaga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar, qishloq aholi yashash punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarni rejalashtirish va qurishda shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya qilinishi, madaniy meros obyektlari saqlab qolinishini hisobga olgan holda ularning arxitektura-rejalashtirilishi va arxitektura-badiiy sifatlarini yaxshilash, arxitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy anʼanalarni rivojlantirish ustidan nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining asosiy funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlaydi, ularga rioya etilishi va ularning qoʻllanishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholi joylashishining Bosh sxemasi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududlarini rejalashtirish sxemalari va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan alohida tartibga solinadigan shaharsozlik obyektlarining shaharsozlik hujjatlari, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari ishlab chiqilishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli boʻlgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno, va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros obyekti ahamiyatiga ega boʻlgan shaharlarning markaziy qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralarni belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat shaharsozlik kadastri, shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi yuritilishini amalga oshiradi, shaharsozlik va tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishi va uning ahvolini, loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarini, qurilish industriyasi korxonalarini reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash va pudrat tashkilotlari, qurilish industriyasi korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini, shuningdek qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari narxlari, qurilish mashinalari va mexanizmlari qiymati, transport xarajatlari, hududlar, tarmoq vazirliklari va idoralari boʻyicha quruvchi ishchilar ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bankini shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritadi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-apreldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 201-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat normalari va qoidalari ishlab chiqilishi, roʻyxatdan oʻtkazilishi, tasdiqlanishi, amalga joriy etilishi va qayta koʻrib chiqilishi tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik izlanishlari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlarining davlat fondini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy, jamoat binolari va boshqa binolarning koʻp martalab qoʻllaniladigan yakka tartibdagi, namunaviy va tajriba loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga, shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatida shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi, qurilish obyektlari roʻyxatdan oʻtkazadi va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsatnomalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarining loyiha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarining buyurtmachisi vazifasini bajaradi, ularning natijalarini qurilish normalari, qoidalari va standartlariga kiritadi, loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratadi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-iyundagi 120-sonli qarori asosida oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 223-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi va maʼmuriy jazolarni qoʻllaydi, yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlari va sudga beradi;
(7-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish ishlarini va tanlov savdolari monitoringini, shartnoma munosabatlarini mustahkamlash, shartnoma majburiyatlari bajarilishi taʼminlanishi uchun javobgarlikning turli shakllarini joriy etish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish qiymatini aniqlash metodlarini ishlab chiqadi, moddiy-texnika resurslari sarfining smeta-normativ bazasini va normativ koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va takomillashtirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda shartnomaviy joriy narxlar va tariflarni shakllantirish boʻyicha metodologik koʻrsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatida tarkibiy, ilmiy-texnik va iqtisodiy siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni rivojlantirishning yagona ilmiy-texnik konsepsiyasi oʻtkazilishini taʼminlaydi va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning texnik darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, resurslarni tejash, materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish, kapital qurilishda ishlarning sifatini yaxshilash ishlarini tashkil etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati, investitsiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnikani va qurilish-montaj ishlari texnologiyalarini qoʻllash masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi va ularda qatnashadi, mamlakatimiz korxonalari va tashkilotlariga xorijiy sheriklar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaydi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasida litsenziyalash komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajaradi, uning qarorlariga koʻra litsenziyalarni rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, litsenziyalarning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi hamda litsenziyalarning amal qilishini tiklaydi.
(7-bandning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-fevralgacha Vazirlar Mahkamasiga kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishi hamda qurilish mahsulotlari qiymatiga taʼsir qiluvchi narx shakllantiruvchi omillarning holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnomalarni taqdim etadi, unda markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtirilayotgan obyektlar qurilishiga xarajatlar moddalar boʻyicha koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga oʻziga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, korxonalar va tashkilotlardan soʻrash va belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy va metodologik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga koʻra xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar bilan bitimlar tayyorlash va tuzishda, xalqaro va hukumatlararo tashkilotlar (komissiyalar) ishida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida eng muhim muammolarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, texnologiya, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalar mutaxassislarini, shuningdek alohida olimlarni materiallarni ishlab chiqishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati sohasidagi eng yaxshi ilmiy-texnik ishlanmalarni hamda hududlarni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash uchun tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish va qurishning sifati hamda texnik darajasini, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlash ishlari tashkil etilishini belgilangan tartibda nazorat qilish; nazorat natijalari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarining sifati va tarkibini, markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilishda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishning belgilangan tartib-qoidalariga rioya etilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilishda tanlov savdolari natijalari toʻgʻrisida buyurtmachilarning hisobotlarini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari boʻyicha tanlov savdolari va tuzilgan shartnomalar shartlarining buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyiha hamda qurilish normalari va qoidalari buzilgan holda amalga oshirilayotgan obyektlar qurilishini toʻxtatib qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar berish;
(8-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzish hollari boʻyicha — huquqni muhofaza qilish organlariga hamda obyektlarni (yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari) qurilish normalari va qoidalari buzilgan holda foydalanishga topshirish hollari boʻyicha statistika organlariga statistika hisobotidan chiqarish uchun — berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining, shuningdek ular tasarrufidagi tashkilotlarning shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlariga zid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarining amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni mustaqil ravishda yoki boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi quyidagilar uchun javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari texnologiyalarini hisobga olgan holda hududlarni joylashtirish, rejalashtirish va qurishning ilmiy asoslangan sxemalarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar, qishloq aholi yashash punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarni rejalashtirish va qurishda loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari sifatiga, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya qilinishini hisobga olgan holda ularning arxitektura-rejalashtirilishi va arxitektura-badiiy sifatlarini yaxshilash, arxitektura shaharsozlikda milliy anʼanalarni rivojlantirish ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish ishlarini takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish ishlari sifatini oshirish, qurilishda normativ bazani yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishni yanada iqtisodiy isloh qilish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini olib borish, narxlarni shakllantirish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika resurslarini sarflashning smeta-normativ bazasini va normativ koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibiga rioya qilish, tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma majburiyatlarining buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini olib borish, obyektlarni qurish sifati va muddatlarini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan toʻrt nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining markaziy apparati shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organlarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaga qarashli tashkilotlarning ustavlari (nizomlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, Qoʻmitaga qarashli tashkilotlar rahbarlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq shartnomalar tuzadi, ularni oʻzgartiradi va bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasida rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi faoliyatining shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari texnologiyalarini hisobga olgan holda hududlarni, shu jumladan qishloq hududlarini joylashtirish, rejalashtirish va qurishning ilmiy asoslangan sxemalarini taʼminlash, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish ishlarini kengaytirish, shahar va qishloq aholi yashash punktlarini, namunaviy loyihalarni rejalashtirish va qurishda shaharsozlikka oid qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshirish, tegishli axborot bazasini yaratish, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlisiga “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi huzurida shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish yoʻllarini koʻrib chiqish va izlash uchun ilmiy-texnika kengashi tuziladi. Ilmiy-texnika kengashiga Qoʻmita raisi boshchilik qiladi. Kengashning shaxsiy tarkibi va uning toʻgʻrisidagi Nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari Ilmiy-texnika kengashida ishlashga jamoatchilik asosida jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boshqarmalar va boʻlimlar “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markaziy apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi arxitektura va qurilish qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AQATM” axborot-joriy etish markazi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Tashkiliy-nazorat xizmati bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi qabul qiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-noyabrdagi 294-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 46-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi va xodimlari soni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarma (boʻlim)lari tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarma (boʻlim)lari taʼminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar hamda ularning shtat jadvali moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasida Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi. Jamgʻarma mablagʻlari kapital qurilishda qonunbuzishlar uchun jazo jarimalari qoʻllashdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tasarrufiga tushgan mablagʻlarning bir qismini ajratish hisobiga va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga belgilangan tartibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hayʼatining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq jurnallar, gazetalar taʼsis etadi va nashr qiladi hamda radio va televideniyeda mavzuli dasturlar shakllantirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
538-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasining namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
538-son qaroriga
5a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
538-son qaroriga
5b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
538-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy nizom

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 24-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga va boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshqarma davlat mulki shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Boshqarmaning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan shaharsozlik hujjatlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga obyektlar qurilishi texnik-iqtisodiy asoslarini va texnik-iqtisodiy hisoblarining mustahkamlikka, yongʻin va portlash xavfsizligi hamda shaharsozlik, ijtimoiy, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yoqilgʻi-energetika, xomashyo va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi, loyiha yechimlarining amaldagi normativlar va standartlarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda davlat ekspertizasi tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlari darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish ishlarini, qurilish ishlab chiqarishini takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish sohasidagi ilgʻor tajribani oʻrganish va ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi shaharsozlik hujjatlariga oid kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Boshqarmaning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boshqarma quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan va moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, texnik-iqtisodiy asoslarni va texnik-iqtisodiy hisoblarni, korxonalar, binolar, inshootlar, muhandislik tarmoqlari va yoʻl qurilishi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga doir loyihalashtirish hujjatlarini, qishloq aholi yashash joylari va shahar tipidagi aholi yashash joylarining loyihalashtirish-rejalashtirish hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik loyihalashtirish va qurishda ekspert boʻlinmasining takliflari amalga oshirilishini tanlab nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza va tanlab nazorat qilish natijalarini umumlashtiradi, ular toʻgʻrisida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasini, buyurtmachi va loyihalashtirish tashkilotlarining barcha manfaatdor xizmatlarini xabardor qiladi, shaharsozlik hujjatlarini va ekspertizani takomillashtirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati litsenziyalanadigan tashkilotlar, boshqa yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlarining sifati toʻgʻrisida xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasiga ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlarining sifati pastligida aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida, shu jumladan ularni shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish huquqini beruvchi litsenziyadan mahrum qilish toʻgʻrisida ham takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarga (investorlarga) shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda (qayta ishlab chiqishda), ularni ekspertizadan oʻtkazishda hamda investitsiya faoliyatining texnik va iqtisodiy masalalari boʻyicha maslahatlar berishda shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boshqarmaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza va maslahatlar oʻtkazish uchun manfaatdor tashkilotlarni, davlat muassasalari va korxonalarini, oliy oʻquv yurtlarini, shuningdek ayrim olimlar va mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda oqilona loyiha yechimlarini tanlab olish uchun murakkab texnologiya jarayonlariga yoki qurilish konstruksiyalariga ega boʻlgan korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi loyihalarining (yoki ularning bir qismining) qoʻshimcha variantlarini ishlab chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish tashkilotlarida va boshqa tashkilotlarda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha qurilish normalari va qoidalariga, yoʻriqnomalarga va koʻrsatmalarga rioya qilinishi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlarining sifati pastligida aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida, shu jumladan ularni shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish huquqini beruvchi litsenziyadan mahrum qilish toʻgʻrisida ham takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Boshqarma xodimlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshqarma xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari hamda mazkur Nizom qoidalari va talablariga rioya etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan sifatsiz oʻtkazilganligi sababli yetkazilgan zarar uchun davlat va buyurtmachi oldida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) oqibatida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa huquqbuzarliklar uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Boshqarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma boshligʻi davlat bosh eksperti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boshqarma boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi, shtatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma xodimlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, tashkilotlar, muassasalar va korxonalarda uning manfaatlarini ifodalaydi, belgilangan tartibda Boshqarma mablagʻlari va mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, banklarda hisob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochadi, oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boshqarma toʻliq xoʻjalik hisobida va oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boshqarma har oyda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hisob raqamiga oʻz daromadlarining 10 foizi miqdorida mablagʻ oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
538-son qaroriga
6b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy nizomi

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb ataladi) qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining buyruqlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz davlat mulki shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, bankda hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Markazning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, shartnoma asosida qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, shartnomalar tuzish, tanlov savdolari shartlari va investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvalining bajarilishi, shuningdek markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtirilayotgan qurilishi tugallangan obyektning oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida qurilishda tanlov savdolari mavzuining dastlabki qiymatini belgilash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish mahsulotining, shu jumladan “elementlar qiymati” usuli bilan, shartnomaviy joriy narxini aniqlash boʻyicha metodik tavsiyalarni, narxlarni shakllantirishni yanada takomillashtirish, qurilishni tashkil etish va kapital qurilishda yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda va qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari sanoatida narxlar shakllanishiga taʼsir qiluvchi omillarni toʻplash, tahlil qilish, ularni qayta ishlash va umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlariga va tayyor qurilish mahsulotiga narxlar, yuklarni tashishga tariflar, materiallarni tashish shartlari va masofalarining oʻzgarishi monitoringini olib borish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tayyorlovchi zavodlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni shakllantirish boʻyicha yangi smeta normativlarini yaratish uchun boshlangʻich axborotlarni toʻplash va dastlabki tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish, loyihalashtirish va qiymatni aniqlash yuzasidan kompleks masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalariga, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga konsalting xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida boshqa vazifalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Markazning asosiy funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalar va ofertalar qabul qilinishini tashkil etadi, ularning hisobga olinishini, saqlanishini va maxfiyligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan birgalikda qurilishda tanlov savdolarini oʻtkazish tartibotini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi Nizom shartlari va talablariga rioya qilgan holda tanlov savdolari mavzuiga qoʻyiladigan tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarida belgilangan shakl boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berish uchun materiallarni tayyorlaydi va/yoki potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan jalb qilinadigan mustaqil ekspertlar yoki konsultantlar ishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarga tanlov hujjatlarini sotadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofertalar ochilgandan keyin ularni buyurtmachiga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachiga tanlov savdolari yakunlari boʻyicha buyurtmachi hisobotini tuzishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi va pudratchi tomonidan taqdim etiladigan axborotlarni tahlil qilish yoʻli bilan shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib boradi hamda tanlov savdolari va tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringi natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga har oylik hisobotni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seminarlar oʻtkazadi, kadrlarni tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan tasdiqlangan tartibotini, tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar shartlaridan kelib chiquvchi majburiyatlar bajarilishi monitoringini amaliyotda qoʻllash boʻyicha oʻqitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, qurilish tannarxi pasaytirilishini va qurilish ishlab chiqarishi iqtisodiy ragʻbatlantirilishini taʼminlovchi qurilishda iqtisodiy ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markaziga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda iqtisodiy va tashkiliy islohotlar amalga oshirilishi, qurilish materiallari, alohida va maxsus ishlar narxlarining, qurilish mexanizmlarini ishlatish va qurilish yuklarini tashish, tayyor qurilish mahsuloti xarajatlari oʻzgarishi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan qarorlar tayyorlaydi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga yoki tegishli organlarga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni shakllantirish boʻyicha dasturiy vositalarni, normativ hujjatlarning elektron variantlarini sotib oladi, tarqatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Markazning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz oʻziga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat boshqaruvi organlaridan va boshqa tashkilotlardan Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar shartlaridan kelib chiquvchi majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish maqsadida qurilishning borishini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizom talablarini buzish hollari aniqlangan taqdirda buyurtmachiga xizmatlarni sotib olishni toʻxtatish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining loyihalashtirish, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarini, olimlar va mutaxassislarni ular mehnatiga Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq haq toʻlagan holda, belgilangan tartibda ishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz oʻziga yuklangan funksional vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Markaz faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz faoliyatiga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda Markazning shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha barcha organlarda va korxonalarda Markaz nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz xoʻjalik faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida tanlov hujjatlarini ishlab chiqqanlik, qurilishda tanlov savdolarini tashkil etganlik va oʻtkazganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni shakllantirish, shartnoma asosida savdo mavzuining dastlabki qiymatini aniqlash masalalari boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan xizmatlarning boshqa turlarini amalga oshirganlik uchun olinadigan daromadlar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaz har oyda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi taʼminoti uchun oʻz daromadlarining 10 foizi miqdorida mablagʻ oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
538-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi va Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 26-yanvardagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 2-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-apreldagi 146-f-son farmoyishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 9-apreldagi 165-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni va uning tuzilmasini tasdiqlash haqida” 1999-yil 8-noyabrdagi 492-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 63-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarorining 5 va 6-bandlari hamda qarorga 2, 3 va 4-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qaroriga 3-ilova hamda qarorga 5-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 169-f-son farmoyishi 1-bandining ikkinchi xatboshi hamda farmoyishga 1-ilova 4-bandining birinchi xatboshi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 23-son, 233-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 34-36-son, 264-modda; 46-son, 350-modda; 2006-y., 6-7-son, 33-modda; 20-21-son, 181-modda; 2008-y., 24-25-son, 223-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda, 46-son, 499-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda, 23-son, 183-modda; 2011-y., 31-son, 327-modda; 2014-y., 18-son, 201-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 18-son, 191-modda; 2017-y., 20-son, 356-modda, 31-son, 781-modda)