Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida
Konsullik Shartnomasi
Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi,
1963-yil 24-aprelidagi konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasining qoidalarini, xalqaro huquqning boshqa normalarini eʼtiborga olib,
Oʻz konsullik munosabatlarini rivojlantirish, ikkala mamlakat, shuningdek ularning fuqarolari huquq va manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish, ikkala mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga intilib, shuningdek konsullik munosabatlarini tartibga solishga intilib,
Konsullik Shartnomasini tuzishga qaror qildilar va shu maqsadda kuyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar.
I QISM
TUShUNChALAR
TUShUNChALAR
1-modda
Tushunchalar
Ushbu Shartnomada keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarga ega:
1) “konsullik muassasasi” har qanday bosh konsullikni, konsullikni, vitse-konsullikni yoki konsullik agentligini anglatadi;
2) “konsullik okrugi” konsullik muassasasiga konsullik vazifalarini bajarish uchun ajratilgan tumanni anglatadi;
3) “konsullik muassasasi boshligʻi” shu sifatda harakat qilish topshirilgan shaxsni anglatadi;
4) “konsullik mansabdor shaxsi” shu sifatda konsullik vazifalarini bajarish topshirilgan har qanday shaxsni, jumladan konsullik muassasasi boshligʻini ham anglatadi;
5) “konsullik muassasasi xodimi” konsullik muassasasida maʼmuriy yoki texnik vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
6) “xizmat koʻrsatish xizmatchisi” konsullik muassasasiga xizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
7) “konsullik muassasasining xizmatchilari” konsullik mansabdor shaxslari, konsullik muassasasining xodimlari va xizmat koʻrsatish xizmatchilarini anglatadi;
8) “oila aʼzosi” konsullik mansabdor shaxsining u bilan birga yashovchi va uning qaramogʻida boʻlgan rafiqasi (eri), farzandlari va ota-onasini anglatadi.
9) “xususiy uy xizmatchisi” konsullik mansabdor shaxsining faqatgina xususiy xizmatida boʻlgan shaxsni anglatadi;
10) “konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi” konsullikka vakolat bergan davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni, qoʻllash mumkin boʻlgan hollarda har qanday yuridik shaxsni anglatadi;
11) “konsullik binolari” kimning mulki boʻlishidan qatʼiy nazar faqatgina konsullik muassasasi maqsadlarida ishlatiladigan imoratlar yoki imoratlarning qismlari, ushbu bino yoki uning qismlariga xizmat qiluvchi yer maydonini anglatadi;
12) “konsullik arxivlari” barcha qogʻozlar, hujjatlar, korrespondensiya, kitoblar, filmlar, ovoz yozish lentalari, konsullik muassasasining shifrlar va kodlar, kartotekalar bilan birga reyestrlari va ularni saqlashni taʼminlaydigan boshqa ashyolarni anglatadi;
13) “konsullikka vakolat bergan davlatning kemasi” konsullikka vakolat bergan davlat qonunchiligiga binoan shu davlat bayrogʻi ostida suzish huquqiga ega boʻlgan, harbiy kemalardan tashqari, har qanday kemani anglatadi;
14) “konsullikka vakolat bergan davlatning havo kemasi” konsullikka vakolat bergan davlatning taniqlik belgilari boʻlgan, shu davlatda qayd etilgan, harbiy havo kemalaridan tashqari, har qanday uchish apparatini anglatadi.
II QISM
KONSULLIK MUASSASALARINI OChISh VA KONSULLIK MUASSASALARI XIZMATChILARINI TAYINLASh
KONSULLIK MUASSASALARINI OChISh VA KONSULLIK MUASSASALARI XIZMATChILARINI TAYINLASh
2-modda
Konsullik muassasalarini ochish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat konsullik muassasasini konsullik joylashgan davlat hududida faqatgina shu davlatning roziligi bilan ochishi mumkin.
2. Konsullik muassasasining manzilgohi, uning darajasi va konsullik okrugi, shuningdek bu bilan bogʻliq boʻlgan har qanday oʻzgarishlar konsullikka vakolat bergan davlat va konsullik joylashgan davlat oʻrtasida kelishuvga binoan aniqlanadi.
3-modda
Konsullik muassasasi boshligʻini tayinlash va tan olish
1. Konsullik muassasasi boshligʻi tayinlanguniga kadar konsullikka vakolat bergan davlat diplomatik yoʻllar bilan ushbu shaxs konsullik joylashgan davlat tomonidan uni konsullik muassasasi boshligʻi sifatida tan olishga rozilik berishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Konsullik joylashgan davlat bunday tan olishga rozilik bermasa, u oʻz qarori sabablarini tushuntirishga majbur emas.
2. Rozilik olinganidan soʻng konsullikka vakolat bergan davlat konsullik joylashgan davlatga diplomatik yoʻllar bilan konsullik muassasasi boshligʻining patentini yuborishi kerak. Patentda konsullik muassasasi boshligʻining toʻliq ismi, familiyasi, lavozimi va darajasi, konsullik muassasasining manzilgohi koʻrsatiladi.
3. Patent olinishi bilan konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasi boshligʻiga eng toʻliq muddatda ekzekvatura beradi.
4. Konsullik muassasasi boshligʻi ekzekvatura olishi bilanoq oʻz vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin. Ekzekvatura berilguniga qadar konsullik muassasasi boshligʻi konsullik joylashgan davlatning roziligi bilan oʻz vazifalarini vaqtincha bajarishi mumkin.
5. Konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasi boshligʻini tayinlashni tasdiqlagach yoki unga oʻz vazifalarini vaqtincha bajarishga ruxsat bergach, u bu toʻgʻrisida konsullik okrugining vakolatli maʼmurlarini darhol xabardor qilishi va konsullik muassasasi boshligʻi oʻz vazifalarini bajarishi va ushbu Shartnoma koʻzda tutgan huquq, imtiyoz va immunitetlardan foydalana olishi uchun barcha choralarni koʻrishi kerak.
4-modda
Konsullik muassasasi boshligʻi vazifalarini vaqtincha bajarish
1. Agar konsullik muassasasi boshligʻi biror sababga koʻra oʻz vazifalarini bajara olmasa yoki konsullik muassasasi boshligʻi lavozimi boʻsh boʻlsa, konsullikka vakolat bergan davlat konsullik joylashgan davlatdagi ushbu yoki boshqa konsullik muassasasi mansabdor shaxsi yoki konsullik joylashgan davlatdagi oʻz diplomatik vakolatxonasi diplomatik xodimlari aʼzolaridan biriga konsullik muassasasi boshligʻi vazifalarini vaqtincha bajarishga vakolat berishi mumkin. Konsullikka vakolat bergan davlat konsullik muassasasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchining toʻliq ismi, familiyasi, lavozimi va darajasini konsullik joylashgan davlatga oldindan maʼlum qilishi kerak.
2. Konsullik muassasasining boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi ushbu Shartnoma konsullik muassasasi boshligʻiga beradigan huquq, imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi.
3. Konsullik muassasasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi diplomatik xodimlar aʼzosi uning diplomatik statusiga muvofiq berilgan diplomatik imtiyozlar va immunitetlardan foydalanishda davom etadi.
5-modda
Kelish va ketish toʻgʻrisida xabar berish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat konsullik joylashgan yerdagi vakolatli maʼmurlarga yozma ravishda quyidagilarni maʼlum qiladi:
1) konsullik muassasasi xizmatchilarning toʻliq ismi, familiyasi va darajasi, kelish va tamomila ketish yoki vazifalarini bajarishni toʻxtatish vaqti, shuningdek konsullik muassasasida ishlash davrida xizmat holatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida;
2) konsullik muassasasi xizmatchilari oila aʼzolarining va xususiy uy xizmatchilarining kelish va tamomila ketish vaqti, shuningdek ularning statuslaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida.
2. Konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari konsullik muassasasi xizmatchilariga va ularning oila aʼzolariga tegishli guvohnomalar beradi.
6-modda
Konsullik mansabdor shaxslarining fuqaroligi
Faqatgina konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi konsullik mansabdor shaxsi boʻla oladi, biroq u konsullik joylashgan davlatda doimiy yashovchi shaxs boʻlmasligi kerak.
7-modda
Ekzekvaturani bekor qilish va tan olishni toʻxtatish
1. Konsullik joylashgan davlat istalgan vaqtda, oʻz qarorini asoslashga majbur boʻlmagan holda, konsullikka vakolat bergan davlatni u yoki bu konsullik mansabdor shaxsi “persona non grata” ekanligi yoki konsullik muassasasining u yoki bu xodimi va xizmat koʻrsatish xizmatchisi nomaqbul ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi mumkin. Bunday holda konsullikka vakolat bergan davlat ushbu shaxsni chaqirib olishi kerak.
Agar konsullikka vakolat bergan davlat oqilona muddat ichida bu majburiyatni bajarmasa, unda konsullik joylashgan davlat mos ravishda ushbu shaxsning ekzekvaturasini bekor qilishi yoki bunday shaxsni konsullik muassasasi xodimi deb tan olishdan voz kechishi mumkin.
2. Konsullik muassasasi xodimi etib tayinlangan shaxs konsullik joylashgan davlat hududiga kelmasidan oldin yoki, agar u konsullik joylashgan davlatda boʻlsa, u oʻz vazifalarini bajarishga kirishishidan avval nomaqbul deb eʼlon qilinishi mumkin. Bunday hollarda konsullikka vakolat bergan davlat uning tayinlanishini bekor qiladi.
III QISM
KONSULLIK VAZIFALARI
KONSULLIK VAZIFALARI
8-modda
Konsullik mansabdor shaxsining vazifalari
Konsullik mansabdor shaxsi vazifalari quyidagilardan iborat:
1) konsullikka vakolat bergan davlat va uning fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolariga yordam koʻrsatish;
2) savdo, iqtisodiy, madaniy, sport, ilmiy-texnika, turistik va boshqa sohalarda konsullikka vakolat bergan davlat va konsullik joylashgan davlat oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish;
3) konsullik joylashgan davlatda barcha qonuniy yoʻllar bilan siyosiy, savdo, iqtisodiy, madaniy, sport, ilmiy-texnika va boshqa sohalardagi ahvol toʻgʻrisida maʼlumot olish va bu toʻgʻrida konsullikka vakolat bergan davlat hukumatiga xabar berish;
4) konsullikka vakolat bergan davlat sanksiya qilgan, konsullik joylashgan davlat qonun-qoidalari bilan taʼqiqlanmagan eki bajarilishiga konsullik joylashgan davlat eʼtiroz bildirmaydigan qoʻshimcha vazifalarni bajarish.
9-modda
Fuqarolik va fuqarolik holati aktlarini qayd etish masalalari boʻyicha vazifalar
1. Konsullik mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
1) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarini hisobga olish;
2) konsullikka vakolat bergan davlat qonunlariga muvofiq fuqarolik masalalari boʻyicha iltimosnomalarni qabul qilish;
3) nikohdan oʻtuvchi ikkala shaxs konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari boʻlgan holda konsullikka vakolat bergan davlat qonunchiligiga muvofiq va bu konsullik joylashgan davlat qonunchiligiga zid kelmasa, nikohni qayd etish va nikoh toʻgʻrisida guvohnoma berish;
4) konsullik joylashgan davlat qonunchiligiga zid boʻlmagan holda konsullikka vakolat bergan davlat qonunchiligiga muvofiq konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining tugʻilishi va oʻlimini qayd etish va tegishli guvohnomalarni berish.
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari manfaatdor shaxslarni konsullik joylashgan davlat qonun-qoidalarga rioya qilishdan ozod etmaydi.
10-modda
Pasport va vizalar berish
Konsullik mansabdor shaxsi pasportlar, kirish, kirish-chiqish, tranzit va boshqa vizalarni, shuningdek bu kabi hujjatlarni berish, uzaytirish, bekor qilish huquqiga ega.
11-modda
Notarial tasdiqlash va legallashtirish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat qonun-qoidalariga muvofiq konsullik mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
1) fuqaroligidan qatʼi nazar, har qanday shaxsning iltimosiga koʻra konsullikka vakolat bergan davlatda foydalanish uchun turli hujjatlarni berish;
2) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining iltimosiga koʻra konsullik joylashgan davlatda yoki undan tashqarida foydalanish uchun turli hujjatlarni berish;
3) hujjatlarni konsullikka vakolat bergan davlat yoki konsullik joylashgan davlat rasmiy tiliga tarjima qilish va bu tarjimaning toʻgʻriligini tasdiqlash;
4) konsullikka vakolat bergan davlat yoki konsullik joylashgan davlat vakolatli maʼmurlari tomonidan berilgan hujjatlarni legallashtirish;
5) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining vasiyatnomalarini tuzish, tasdiqlash va saqlashga qabul qilish;
6) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari oʻrtasidagi akt va bitimlar konsullik joylashgan davlat qonunchiligiga zid boʻlmaganligi va koʻchmas mulkka huquqlarni oʻrnatish yoki topshirishga taalluqli boʻlmaganligi sababli bunday akt va bitimlarni tuzish va tasdiqlash; bir tomondan konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari, ikkinchi tomondan boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasidagi akt va bitimlar konsullik joylashgan davlat qonunchiligiga zid kelmasligi sharti bilan, bunday akt va bitimlar faqatgina konsullikka vakolat bergan davlatdagi mulk yoki huquqlarga tegishli boʻlganligi va bu davlatda koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan ishlarga taalluqli boʻlganligi sababli bunday akt va bitimlarni tuzish va tasdiqlash;
7) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining turli hujjatlardagi imzolari toʻgʻri ekanligini tasdiqlash;
8) konsullik joylashgan davlat qonunchiligiga zid kelmaganligi sababli konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining mulki va hujjatlarini saqlashga qabul qilish.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq konsullik mansabdor shaxsi tomonidan tuzilgan, tasdiqlangan yoki tarjima qilingan hujjatlar konsullik joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq boʻlsa, ular konsullik joylashgan davlatda shu davlatning vakolatli maʼmurlari va muassasalari tomonidan tuzilgan, tasdiqlangan yoki tarjima qilingan hujjatlardek yuridik ahamiyatga va dalil boʻla oladigan kuchga ega boʻladi.
Agar konsullik joylashgan davlat qonunchiligi boʻyicha zarur boʻlsa, hujjatlar legallashtirilishi kerak.
12-modda
Konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari bilan aloqalar
1. Konsullik mansabdor shaxsi konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari bilan uchrashishi va aloqa qilishi, ularga maslahat berishi va har tomonlama koʻmaklashishi, jumladan ularga huquqiy yordam koʻrsatish uchun choralar koʻrishi mumkin.
Konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlariga konsullik joylashgan davlat hududida doimiy yashovchi yoki vaqtincha boʻlgan konsullikka vakolat bergan davlatning daraksiz yoʻqolgan fuqarolarini izlashga koʻmaklashish iltimosi bilan murojaat qilishi mumkin.
Konsullik joylashgan davlat konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining konsullik muassasasi bilan aloqalari va ularning konsullik muassasasiga kirishini hech bir usul bilan cheklamaydi.
2. Konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi konsullik okrugi doirasida hibsga olinsa, ushlansa yoki boshqa shaklda ozodlikdan mahrum etilsa, shundan keyin yetti kun davomida konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari bu toʻgʻrida konsullik muassasasini xabardor qiladi.
3. Konsullik mansabdor shaxsi konsullikka vakolat bergan davlatning hibsga olingan,ushlangan yoki boshqa shaklda ozodlikdan mahrum etilgan yoki qamoqda jazo muddatini oʻtayotgan fuqarosini borib koʻrishi, u bilan aloqada boʻlishi, uchrashishi va unga huquqiy yordam koʻrsatishi mumkin. Konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari konsullik muassasasi mansabdor shaxsining iltimosiga koʻra konsullikka vakolat bergan davlatning koʻrsatilgan shaxsi bilan konsullik muassasasi xodimining uchrashuvini xabar qilingandan keyin uch kun davomida tashkil etishi kerak. Keyingi borib koʻrishlar konsullik joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq oqilona qamoqda oraliqlaridan keyin amalga oshirilishi mumkin.
4. Konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari hibsga olingan, ushlangan yoki boshqa shaklda ozodlikdan mahrum etilgan konsullikka vakolat bergan davlatning fuqarosini ushbu moddaning 1 va 3-bandlariga muvofiq uning huquqlari toʻgʻrisida kechiktirmay xabardor qilishi kerak.
5. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlar konsullik joylashgan davlatning qonun-qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Biroq konsullik joylashgan davlatning qonun-qoidalarini tatbiq etish ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlarni amalga oshirishni cheklashi kerak emas.
13-modda
Vasiylik va homiylik
1. Konsullik joylashgan davlat maʼmurlari ularda axborot boʻlgan holda konsullik mansabdor shaxsiga konsullik joylashgan davlatda doimiy yashovchi konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi uchun vasiy yoki homiy tayinlash zaruriyati toʻgʻrisida xabar beradi. Oʻz navbatida konsullik mansabdor shaxsi yuqorida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari bilan bogʻlanish huquqiga ega.
2. Konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari bilan ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan masala boʻyicha hamkorlik qiladi va, zarur boʻlganida, konsullik joylashgan davlat qonunchiligiga binoan vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarish uchun shaxsni tavsiya etadi.
3. Konsullik joylashgan davlat sudi yoki boshqa vakolatli maʼmurlari taklif etilgan shaxsni biror sabablarga koʻra vasiy yoki homiy sifatida nomaqbul deb hisoblasa, unda konsullik mansabdor shaxsi boshqa nomzodni taklif qilishi mumkin.
14-modda
Konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolariga vakillik
Agar konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi konsullik joylashgan davlatda yoʻq boʻlgani yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilishga qodir boʻlmasa, unda konsullik mansabdor shaxsi alohida ishonchnomasiz ushbu fuqaroga konsullik joylashgan davlatning sudlarida va boshqa organlarida vakillik qilishi yoki ushbu fuqaro oʻz vakolatli shaxslarini tayinlagunicha yoki oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilishni oʻz zimmasiga olgunicha tegishli vakillik qilishni taʼminlashi mumkin.
15-modda
Meros mulkni himoya qilish boʻyicha choralar
1. Axborot boʻlgan holda konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosining konsullik joylashgan davlatda oʻlimi toʻgʻrisidagi barcha hollar toʻgʻrisida konsullik muassasasini imkoni boricha qisqa muddatda xabardor qiladilar va uning iltimosiga binoan oʻlim toʻgʻrisida guvohnoma yoki oʻlim faktini tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasini beradilar.
2. Konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi konsullik joylashgan davlatda meros qoldirgan holda konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari meros mulk tarkibi, merosxoʻrlar, rad javobi oluvchilar, shuningdek vasiyatning mavjudligi toʻgʻrisida konsullik muassasasini imkoni boricha qisqa muddatda xabardor qiladilar.
3. Konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlat vakolatli maʼmurlaridan ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan meros mulkini roʻyxatga olish va muhrlash vaqtida qatnashishga ruxsat soʻrashi mumkin.
4. Agar konsullikka vakolat bergan davlatning biror fuqarosi konsullikka vakolat bergan davlatda vafot etgan har qanday fuqarolikka ega boʻlgan shaxsning mulkiga vorislik qilish yoki uni olish huquqini olgan boʻlsa, unda, agar bu konsullikka vakolat bergan davlatning fuqarosi konsullik joylashgan davlatdan tashqarida boʻlsa ham, konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari ularda axborot boʻlgan holda konsullikka vakolat bergan davlatning ushbu fuqarosi merosxoʻr yoki rad javobi oluvchi ekanligi toʻgʻrisida konsullik muassasasini imkoni boricha qisqa muddatda xabardor qiladilar. Oʻz navbatida konsullik mansabdor shaxsi yuqorida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari bilan bogʻlanish huquqiga ega.
5. Konsullik mansabdor shaxsi konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi nomidan, agar bunday shaxs konsullik joylashgan davlatda boʻlmasa, sud, boshqa maʼmurlar yoki alohida shaxsdan biror shaxs vafoti natijasida bu fuqaroga tegishli boʻlgan pul yoki boshqa mulkni, jumladan meros, kompensatsiya toʻlovi va sugʻurta boʻyicha tegishli boʻlgan mablagʻlarni qabul qilishi va bu pullarni koʻrsatilgan shaxsga berishi mumkin.
6. Konsullik joylashgan davlatda vaqtincha boʻlgan konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosining oʻlimi holida, shuningdek konsullik joylashgan davlatda vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki uning vakillari boʻlmasa, va shu bilan birga u qoldirgan ashyolar vafot etgan shaxsning konsullik joylashgan davlatda oʻz zimmasiga olgan majburiyatlari bilan bogʻlik boʻlmasa, unda konsullik mansabdor shaxsi qoldirilgan ashyolarni olish, saqlash yoki belgilangan joyga berish huquqiga ega.
16-modda
Konsullikka vakolat bergan davlatning havo kemasiga yordam koʻrsatish
1. Konsullik mansabdor shaxsi oʻz konsullik okrugi doirasida konsullikka vakolat bergan davlat qonun-qoidalari koʻzda tutgan nazorat qilish va inspeksiya huquqlarini konsullik joylashgan davlat aeroportida yoki havoda parvozda boʻlgan konsullikka vakolat bergan davlatning havo kemalariga, shuningdek ularning ekipaj aʼzolariga nisbatan amalga oshirishi mumkin.
2. Konsullik mansabdor shaxsi oʻz konsullik okrugi doirasida konsullik joylashgan davlat aeroportida yoki havoda parvozda boʻlgan konsullikka vakolat bergan davlatning havo kemalariga, shuningdek ularning ekipaj aʼzolariga yordam koʻrsatish huquqiga, jumladan:
1) konsullikka vakolat bergan davlat havo kemasining komandiri yoki uning ekipaji aʼzolari bilan aloqa qilish;
2) konsullik joylashgan davlat vakolatli organlarining huquqlariga ziyon yetkazmagan holda konsullikka vakolat bergan davlat havo kemasining parvozi yoki uning aeroportda turgan vaqtida sodir boʻlgan hodisalarni tekshirish, komandirni yoki ekipaj aʼzolarini soʻroq qilish, havo kemasining guvohnomasini tekshirish, komandirning havo kemasi, uning parvozi va borish joyi toʻgʻrisidagi axborotini tinglash, shuningdek havo kemasiga parvoz, qoʻnish va aeroportda turish boʻyicha zarur yordam koʻrsatish;
3) konsullik joylashgan davlat vakolatli organlarining huquqlariga ziyon yetkazmagan holda konsullikka vakolat bergan davlatning qonunchiligiga binoan komandir va ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi turli xil bahslarni hal etish;
4) zarur boʻlganida havo kemasi komandiri yoki ekipaj aʼzolarining kasalxonada davolanishini yoki repatriatsiyasini taʼminlash;
5) havo kemasiga nisbatan konsullikka vakolat bergan davlat qonun-qoidalari koʻzda tutgan har qanday hujjatlarni olish, berish yoki tasdiqlash huquqlariga ega.
3. Konsullik mansabdor shaxsi ushbu modda koʻzda tutgan vazifalarni bajarishda konsullik joylashgan davlat vakolatli organlariga yordam va koʻmak soʻrab murojaat qilishi mumkin.
17-modda
Konsullikka vakolat bergan davlat havo kemasiga nisbatan majburlov choralaridan himoyalash
1. Konsullik joylashgan davlat vakolatli maʼmurlari konsullikka vakolat bergan davlatning havo kemasiga nisbatan majburlov choralarini qoʻllamoqchi yoki unda tekshiruv oʻtkazmoqchi boʻlsalar, ular konsullik mansabdor shaxsi yoki uning vakili bunday harakatlarni amalga oshirish vaqtida qatnashishlari uchun konsullik muassasasini bu toʻgʻrida oldindan xabardor qiladilar. Agar masalaning muhimligidan vaqt yetishmasligi sababli konsullik muassasasini oldindan xabardor qilish mumkin boʻlmasa, konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari konsullik muassasasini yuqorida koʻrsatilgan harakatlar qilinishi bilanoq xabardor qiladilar va konsullik muassasasi mansabdor shaxsining iltimosiga koʻra imkoni boricha qisqa muddat ichida bu harakatlar toʻgʻrisida toʻla maʼlumot beradilar.
2. Ushbu modda 1-bandining qoidalari konsullik joylashgan davlat maʼmurlari 1-bandga muvofiq havo kemasi komandiri yoki ekipaj aʼzolariga nisbatan shu kabi choralarni koʻrgan hollarga ham tatbiq etiladi.
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari konsullik joylashgan davlat vakolatli maʼmurlari amalga oshiradigan oddiy bojxona, chegara, xavfsiz va sanitariya nazoratiga nisbatan qoʻllanilmaydi.
4. Agar konsullikka vakolat bergan havo kemasi, uning ekipaj aʼzolari va passajirlari konsullik joylashgan davlatda tinchlik, xavfsizlik va jamoat tartibini buzmasalar, konsullik joylashgan davlat maʼmurlari havo kemasining ichki ishlariga aralasha olmaydilar. Konsullikka vakolat bergan davlat kemasi komandiri va konsullik mansabdor shaxsi iltimos qilgan yoki ular rozilik bergan hollar bundan istisno.
18-modda
Konsullikka vakolat bergan davlatning halokatga uchragan havo kemasiga yordam
1. Konsullikka vakolat bergan davlat kemasi konsullik joylashgan davlat hududida halokatga uchrasa yoki konsullik joylashgan davlat vakolatli organlari konsullik joylashgan davlat hududida halokatga uchragan havo kemasida konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari va ularning mulki borligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlsa, unda konsullik joylashgan davlat vakolatli maʼmurlari imkoni boricha qisqa muddatda bu toʻgʻrida konsullik muassasasiga maʼlum qiladilar, shuningdek havo kemasini va konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarini, shuningdek ularning mulkini qutqarish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisida xabardor qiladilar.
2. Konsullik mansabdor shaxsi halokatga uchragan havo kemasi, uning ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilariga yordam berish uchun choralar koʻrishi, shuningdek bu maqsadda konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlariga murojaat qilishi mumkin.
3. Agar konsullik joylashgan davlat yoki uchinchi davlat hududida halokatga uchragan konsullikka vakolat bergan davlat havo kemasi,uning ashyolari yoki yuki konsullik joylashgan davlatda topilgan boʻlsa va bunda havo kemasi komandiri, egasi yoki sugʻurtachilari boʻlmasa, yoki ular bu mulkni saqlash yoki uni ishlatishga qodir boʻlmasalar, unda konsullik mansabdor shaxsi ularning nomidan halokatga uchragan havo kemasi va mulkini saqlash va ishlatish boʻyicha choralar koʻrishi mumkin.
4. Agar ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan konsullikka vakolat bergan davlatning havo kemasi, uning ashyolari va yuki konsullik joylashgan davlatda sotmaslik yoki ishlatmaslik uchun olib borilgan boʻlsa, konsullikka vakolat bergan davlat tomonidan ularga bojxona toʻlovlari va shu kabi yigʻimlar solinmaydi.
19-modda
Konsullikka vakolat bergan davlatning kemasi
Ushbu Shartnoma 16, 17 va 18-moddalarining konsullikka vakolat bergan davlat havo kemasiga taalluqli boʻlgan qoidalari teng darajada uning kemalariga ham tatbiq etiladi.
20-modda
Konsullik yigʻimlari
Konsullik muassasasi konsullik joylashgan davlat hududida konsullikka vakolat bergan davlat qonunchiligi koʻzda tutgan konsullik yigʻimlarini undirishi mumkin.
21-modda
Konsullik vazifalarini konsullik okrugida va undan tashqarida bajarish
Konsullik mansabdor shaxsi konsullik vazifalarini faqatgina oʻz konsullik okrugida bajarishi mumkin. Konsullik joylashgan davlat roziligi bilan u shuningdek konsullik vazifalarini oʻz konsullik okrugidan tashqarida bajarishi mumkin.
22-modda
Konsullik joylashgan davlat maʼmurlari bilan aloqalar
Oʻz konsullik vazifalarini amalga oshirishda konsullik mansabdor shaxsi konsullik okrugi vakolatli maʼmurlariga, shuningdek konsullik joylashgan davlatning vakolatli markaziy organlariga shu davlat qonun-qoidalari va urf-odatlari yoʻl qoʻyadigan darajada murojaat qilishi mumkin.
23-modda
Diplomatik vakolatxona tomonidan konsullik vazifalarini amalga oshirish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat diplomatik vakolatxonasi konsullik joylashgan davlat tashqi ishlar vazirligiga konsullik vazifalarini bajaruvchi diplomatik xodimlarning toʻliq ismi, familiyasi, lavozimi va darajasini maʼlum qiladi.
2. Konsullik joylashgan davlatdagi konsullikka vakolat bergan davlat diplomatik vakolatxonasining shu vakolatxonada konsullik vazifalarini amalga oshirish yuklangan diplomatik xodimlariga ushbu Shartnoma koʻzda tutgan konsullik mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari taalluqli boʻladi.
3. Konsullik vazifalari yuklangan diplomatik xodimlar ularning diplomatik statusiga binoan berilgan huquq, imtiyoz va immunitetlardan foydalanishda davom etadilar.
IV QISM
IMTIYOZLAR VA IMMUNITETLAR
IMTIYOZLAR VA IMMUNITETLAR
24-modda
Konsullik muassasasi oʻz vazifalarini bajarishi uchun shart-sharoitni taʼminlash
Konsullik muassasasi oʻz vazifalarini bajarishi uchun konsullik joylashgan davlat barcha imkoniyatlarni yaratib beradi. U konsullik muassasasi xizmatchilarini oʻz himoyasiga oladi va konsullik muassasasi xodimlari oʻz majburiyatlarini bajara olishlari va ushbu Shartnomaga binoan imtiyoz va immunitetlardan foydalana olishlari uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
25-modda
Konsullik va turar joy binolari
1. Konsullikka vakolat bergan davlat yoki uning vakolatli shaxslari konsullik joylashgan davlat qonunchiligi doirasida konsullik muassasasi ehtiyojlari uchun va konsullik muassasasi xizmatchilari uchun turar joy binolari sifatida ishlatiladigan binolar yoki binolar qismlarini va ularga xizmat koʻrsatuvchi yer maydonlarini xususiy mulkka, ijaraga olishi, qurishi yoki boshqa usullar bilan ega boʻlishi mumkin. Konsullik joylashgan davlat fuqarolari boʻlgan yoki unda doimiy yashovchi konsullik muassasasi xodimlarining turar joy binolari bundan istisno.
2. Konsullik joylashgan davlat konsullikka vakolat bergan davlatga ushbu moddaning 1-bandiga koʻra konsullik binolarini olishda yordam koʻrsatadi va zarur hollarda konsullikka vakolat bergan davlatga, shuningdek konsullik muassasasi xizmatchilari uchun toʻgʻri keladigan turar joy binolarini olishda koʻmaklashadi.
3. Ushbu modda 1-bandining qoidalari konsullikka vakolat bergan davlatni konsullik joylashgan davlatning yer maydonlari, qurilish va shahar loyihalashtirishiga taalluqli qonun-qoidalariga rioya qilish zaruriyatidan ozod etmaydi.
26-modda
Davlat bayrogʻi va gerbini ishlatish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat konsullik muassasasi binosiga oʻz davlat gerbini va konsullikka vakolat bergan davlat va konsullik joylashgan davlat tillarida konsullik muassasasi nomi yozilgan qalqonni oʻrnatish huquqiga ega.
2. Konsullikka vakolat bergan davlat oʻz bayrogʻini konsullik binosi, konsullik muassasasi boshligʻi qarorgohi va u oʻz rasmiy majburiyatlarini bajarishida uning transport vositalariga oʻrnatish huquqiga ega.
3. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda konsullik joylashgan davlatning qonun-qoidalari va urf-odatlari eʼtiborga olinishi kerak.
27-modda
Konsullik binolari va konsullik mansabdor shaxslari turar joy binolarining daxlsizligi
1. Konsullik binolari daxlsizdir. Konsullik joylashgan davlat maʼmurlari ularga konsullik muassasasi boshligʻi yoki konsullikka vakolat bergan davlat diplomatik vakolatxonasi boshligʻi yoki ulardan biri tomonidan tayinlangan shaxsning roziligisiz kirishlari mumkin emas.
2. Konsullik binolarida fuqarolarning xavfsizligi va mulk butligi, shuningdek qoʻshni konsullik joylashgan davlat binolari uchun xavf tugʻdiradigan yongʻin yoki boshqa tabiiy ofat yuzaga kelgan hollarda bunday rozilik eng qisqa toʻgʻri keladigan vaqtda berilishi kerak.
3. Konsullik joylashgan davlat zimmasida konsullik binolarini bostirib kirish yoki zarar yetkazishdan himoya qilish uchun va konsullik muassasasi tinchligini buzish yoki uning shaʼnini haqoratlashning oldini olish uchun barcha zarur choralarni koʻrish maxsus majburiyati yotadi.
4. Ushbu moddaning 1 va 3-bandlari qoidalari shuningdek konsullik mansabdor shaxslarining turar-joy binolariga ham taalluqli boʻladi.
28-modda
Konsullik arxivlarining daxlsizligi
Konsullik arxivlari ularning qachon va qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar daxlsizdir.
29-modda
Aloqalar erkinligi
1. Konsullik joylashgan davlat barcha rasmiy maqsadlar uchun konsullik muassasasining aloqalar erkinligiga ruxsat berishi va uni himoya qilishi kerak. Konsullikka vakolat bergan davlatning hukumati, diplomatik vakolatxonalari va boshqa konsullik muassasalari bilan aloqa qilishda konsullik muassasasi barcha mos keladigan vositalar, jumladan kodlangan yoki shifrlangan depeshalar, diplomatik yoki konsullik valizalaridan foydalanishi mumkin. Konsullik muassasasi konsullik joylashgan davlatning roziligi bilangina radiouzatgichni oʻrnatishi va undan foydalanishi mumkin.
2. Konsullik muassasasining rasmiy korrespondensiyasi daxlsizdir. Konsullik valizasi ochilishi yoki ushlab qolinishi mumkin emas. Konsullik valizasi muhrlangan va uning xarakterini koʻrsatuvchi tashqi belgilarga ega boʻlishi kerak va faqatgina konsullik muassasasi foydalanishi uchun moʻljallangan rasmiy korrespondensiya, hujjatlar va ashyolarni oʻz ichiga olishi mumkin.
3. Faqatgina konsullik joylashgan davlatda doimiy yashamaydigan konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi konsullik kuryeri boʻlishi mumkin. U uning shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatga ega boʻlishi kerak. Konsullik kuryeri, konsullik joylashgan davlatda boʻla turib, diplomatik kuryerlar singari huquq, imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi.
4. Konsullik valizasi konsullikka vakolat bergan davlatning havo kemasi komandiri yoki kema kapitaniga topshirilishi mumkin. Bu komandir yoki kapitan valizani tashkil etgan joylarning soni koʻrsatilgan rasmiy hujjat bilan taʼminlanadi, biroq u konsullik kuryeri boʻlib hisoblanmaydi. Konsullik joylashgan davlatning maʼmurlari bilan kelishilgan holda Konsullik mansabdor shaxsi konsullik valizasini havo kemasi komandiri yoki kema kapitanidan bevosita va toʻsiqsiz qabul qilib olishi yoki topshirishi mumkin.
30-modda
Harakat qilish erkinligi
Konsullik joylashgan davlatning davlat xavfsizligi mulohazalariga koʻra hududlariga kirish taqiqlangan yoki cheklangan tumanlar haqidagi qonun-qoidalariga zid kelmaganligi tufayli konsullik muassasasi xizmatchilariga konsullik okrugi doirasida erkin harakat qilishga ruxsat etiladi.
31-modda
Konsullik mansabdor shaxslarining shaxsiy daxlsizligi
Konsullik mansabdor shaxslari shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadilar. Konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasi mansabdor shaxslariga lozim boʻlgan hurmat bilan karashi va ularning shaxsi, erkinligi va shaʼniga tajovuzlarning oldini olishi uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.
32-modda
Yurisdiksiyadan immunitet
1. Konsullik mansabdor shaxslari konsullik joylashgan davlatning jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyasidan immunitetdan foydalanadilar. Quyidagi fuqarolik daʼvolari bundan istisno:
1) konsullik mansabdor shaxsi tuzgan, u boʻyicha konsullikka vakolat bergan davlat nomidan bevosita yoki bilvosita harakat qilmaydigan shartnomadan kelib chiquvchi;
2) konsullik joylashgan davlatda yoʻl-transport vositasi, kema yoki havo kemasi keltirib chiqargan zararni uchinchi shaxs toʻlab berishni talab qilganida yuzaga keladigan;
3) konsullik joylashgan davlat hududidagi xususiy koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan, agar ular konsullikka vakolat bergan davlat nomidan konsullik maqsadlarida unga egalik qilmasalar;
4) ular konsullikka vakolat bergan davlat nomidan emas, balki xususiy shaxslardek vasiyatni bajaruvchi, meros mulk homiysi, merosxoʻr yoki rad javobi oluvchi sifatida boʻlganlarida merosga ega boʻlishga taalluqli;
5) konsullik joylashgan davlatda oʻz rasmiy vazifalari doiralaridan tashqari ular tomonidan amalga oshiriladigan har qanday professional yoki tijorat faoliyatga tegishli.
2. Agar konsullik joylashgan davlat ushbu modda 1-bandida bayon etilgan qoidalarga binoan ijro choralarini koʻrsa, unda konsullik mansabdor shaxslari shaxsiy daxlsizligi va ularning turar joy binolari daxlsizligi buzilishi kerak emas.
3. Konsullik muassasasi xodimlari va xizmat koʻrsatish xizmatchilari ushbu modda 1-bandining 1 va 2-kichik bandlarida bayon etilgan fuqarolik daʼvolaridan tashqari ularning xizmat faoliyati doirasida konsullik joylashgan davlatning jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyasiga kirmaydi.
4. Konsullik muassasasi xodimlari va xizmat koʻrsatish xizmatchilari, ularga sud maʼmurlari tomonidan bu davlatning qonuni boʻyicha jazolanadigan harakatlarni bajarish boʻyicha ayb qoʻyilgan yoki qonuniy kuchga kirgan sud hukmi asos boʻlgan hollardan tashqari hibsga olinishi ham, har qanday boshqa shaklda ozodlikdan mahrum etilishi ham mumkin emas.
Konsullik muassasasi xodimi va xizmat koʻrsatish xizmatchisi hibsga olingan yoki ushlangan holda konsullik joylashgan davlat bu toʻgʻrida konsullik muassasasi boshligʻini darhol xabardor qilishi kerak.
33-modda
Guvohlik koʻrsatmalarini berish
1. Konsullik mansabdor shaxsi guvoh sifatida koʻrsatmalar berishga majbur emas.
2. Konsullik muassasasi xodimlari va xizmat koʻrsatish xizmatchilari guvohlar sifatida chaqirilishi, konsullik joylashgan davlatning sudlari yoki boshqa vakolatli maʼmurlari oldida koʻrsatmalar berish uchun chaqirtirilishlari mumkin. U ish faoliyatiga tegishli vaziyat toʻgʻrisida koʻrsatmalar berishdan bosh tortishi mumkin.
Biroq barcha hollarda konsullik muassasasi xodimi yoki xizmat koʻrsatish xizmatchisiga nisbatan majburiy choralar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Biror konsullik xodimi yoki xizmat koʻrsatish xizmatchisi guvohlik koʻrsatmalari berishini talab etayotgan konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari u oʻz vazifalarini bajarishiga xalal bermasliklari kerak. Ular, imkoni boʻlganida, ushbu konsullik xodim yoki xizmat koʻrsatish xizmatchisidan Konsullik binosida yoki uning turar joyida koʻrsatmalar olishi yoxud undan yozma koʻrsatmalarini qabul qilishlari mumkin.
34-modda
Mehnat majburiyatlari va harbiy xizmatdan ozod etish
Konsullik muassasasi xizmatchilari konsullik joylashgan davlatda mehnat va jamoat majburiyatlarining har qanday shakllaridan va harbiy xizmatdan ozod etiladilar. Ular shuningdek chet el fuqarolarini qayd etish, konsullikka vakolat bergan davlat uchun ish bajarishga taalluqli yashash, mehnat faoliyatiga ruxsat olish va boshqa shu kabi talablarga nisbatan konsullik joylashgan davlat qonunchiligi koʻzda tutgan barcha majburiyatlardan, agar bular chet ellik fuqarolarga nisbatan koʻzda tutilgan boʻlsa, ozod etiladilar.
35-modda
Konsullik muassasasini soliqlardan ozod etish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat yoki uning nomidan harakat qiluvchi shaxs har qanday shaklda egasi yoki yollovchisi boʻlgan konsullik binolari va turar joy binolari, shuningdek koʻrsatilgan mulkni olishga taalluqli bitim yoki hujjatlari barcha davlat, noxiya va munitsipal soliq yigʻim va tovonlardan ozod etiladilar.
2. Konsullikka vakolat bergan davlat mulki boʻlgan yoki uning ixtiyorida boʻlgan yoki ishlatilayotgan va konsullik maqsadlariga moʻljallangan koʻchirib boʻladigan mulk soliqlar va shu kabi yigʻimlardan ozod etiladi.
Bu qoida konsullik maqsadlari uchun olish hollariga ham taalluqli boʻladi.
3. Konsullik joylashgan davlatda konsullik muassasasi undiradigan konsullik yigʻimlari barcha soliqlar va yigʻimlardan ozod etiladi.
4. Ushbu modda 1 va 2-bandlari quyidagilarga taalluqli emas:
1) konkret xizmatlar uchun undiriladigan toʻlov;
2) konsullikka vakolat bergan davlat yoki uning vakili bilan bitim tuzayotgan shaxsdan konsullik joylashgan davlat qonunchiligiga binoan undiriladigan soliqlar.
36-modda
Konsullik muassasasi xizmatchilarini soliqlardan ozod etish
1. Konsullik muassasasi xizmatchilari quyidagilardan tashqari konsullik joylashgan davlatning barcha davlat, mahalliy va munitsipal soliqlaridan ozod etiladilar:
1) tovar va xizmatlar qiymatiga kiritiladigan bilvosita soliqlar;
2) ushbu Shartnoma 35-moddasi 1-bandi qoidalari koʻzda tutgan ajratishlar bilan konsullik joylashgan davlat hududida joylashgan xususiy koʻchmas mulkka soliqlar;
3) ushbu Shartnoma 38-moddasi koʻzda tutgan ajratishlar bilan konsullik joylashgan davlat tomonidan meros mulkiga solinadigan soliqlar, meros olishga va uning oʻtishiga solinadigan soliqlar;
4) xizmat faoliyati bilan bogʻlik boʻlmagan, konsullik joylashgan davlatdagi manbalardan olinadigan har qanday xususiy daromadlarga soliq va yigʻimlar;
5) konkret xizmat koʻrsatish turlari uchun undiriladigan yigʻimlar;
6) ushbu Shartnoma 35-moddasi koʻzda tutgan ajratishlar bilan qayd etish, sud va reyestr bojlari, ipoteka va gerbli yigʻimlar.
2. Konsullik muassasasi xizmatchilari konsullikka vakolat bergan davlatdan oladigan ish haqiga konsullik joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq ish haqidan undiriladigan soliq va boshqa shu kabi yigʻimlar solinmaydi.
37-modda
Bojxona toʻlovlari va bojxona tekshiruvidan ozod etish
1. Konsullik joylashgan davlat, unda qabul qilingan qonun qoidalarga muvofiq quyidagilarni olib kirishga ruxsat etadi va saqlash, tashish va shu xildagi xizmatlar uchun yigʻimlardan tashqari, barcha bojxona toʻlovlaridan ozod etadi:
1) konsullik muassasasining xizmat maqsadlari uchun moʻljallangan ashyolar, jumladan uning transport vositalari;
2) konsullik mansabdor shaxsi shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan ashyolar;
3) shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan ashyolar, jumladan konsullik muassasasi xodimlari va xizmat koʻrsatish xizmatchilari dastlab joylashib olishlari uchun uy jihozlari.
2. Ushbu modda 1-bandining 2 va 3-kichik bandlarida aytib oʻtilgan ashyolar tegishli shaxs tomonidan bevosita isteʼmol qilish uchun zarur boʻlgan miqdordan oshmasligi kerak.
3. Konsullik mansabdor shaxsi shaxsiy yoʻlovchi yuklari bojxona tekshiruvidan ozod etiladi. U faqat unda ushbu modda 1-bandi 2-kichik bandida aytib oʻtilganlardan farq qiladigan ashyolar yoki konsullik joylashgan davlat qonun-qoidalari bilan olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan yoki karantin qoidalariga tushadigan ashyolar bor dyeyishga jiddiy asoslar boʻlganidagina tekshirilishi mumkin. Tekshiruv joyda tegishli konsullik muassasasi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ishtirokida oʻtkazilishi kerak.
38-modda
Konsullik muassasasi xizmatchisining meros mulki
1. Konsullik muassasasi xizmatchisi yoki uning oila aʼzosi vafot etgan holda konsullik joylashgan davlat:
1) konsullik joylashgan davlatda olingan va ushbu shaxsning vafoti vaqtida olib chiqilishi taqiqlangan mulkdan tashqari, vafot etgan shaxsning qoʻzgʻatish mumkin boʻlgan mulkini olib chiqishga ruxsat beradi;
2) vafot etgan shaxsning merosiga hech qanday davlat, noxiya va munitsipal soliq solmaydi va faqatgina konsullik muassasasi xizmatchisi yoki uning oila aʼzosi sifatida konsullik joylashgan davlatda boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan holda konsullik joylashgan davlatga olib kirilgan yoki olingan qoʻzgʻatish mumkin boʻlgan mulkni meros qilib olishga boj undirmaydi.
39-modda
Konsullik muassasasi xizmatchilari oila aʼzolarining imtiyoz va immunitetlari
Ushbu Shartnoma 4-moddasining 2-bandida aytib oʻtilgan hollardan tashqari ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq konsullik mansabdor shaxslari oila aʼzolari va konsullik muassasasi xodimlari va xizmat koʻrsatish xizmatchilari oila aʼzolari mos ravishda konsullik mansabdor shaxslari, konsullik muassasasi xodimlari va xizmat koʻrsatish xizmatchilari foydalanadigan imtiyoz va immunitetlardan foydalanadilar.
40-modda
Imtiyoz va immunitetlardan foydalanmaydigan shaxslar
1. Agar konsullik muassasasi xodimlari va xizmat koʻrsatish xizmatchilari konsullik joylashgan davlatning fuqarolari yoki doimiy yashovchilari boʻlsa, ular 33-moddaning 2-bandida koʻzda tutilgan hollardan tashqari ushbu Shartnoma qoidalari koʻzda tutgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanmaydilar.
2. Konsullik muassasasi xizmatchilari konsullik joylashgan davlat fuqarolari boʻlsa yoki unda doimiy yashasa, ularning oila aʼzolari immunitetlar va imtiyozlardan foydalanmaydilar.
3. Xususiy uy xizmatchilari ushbu Shartnoma qoidalari koʻzda tutgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanmaydilar.
41-modda
Imtiyoz va immunitetlardan voz kechish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat ushbu Shartnomaning 32 va 33-moddalarida koʻrsatilgan konsullik muassasasining tegishli xizmatchilari foydalanadigan imtiyoz va immunitetlardan voz kechishi mumkin. Voz kechish barcha hollarda konsullik joylashgan davlatga yozma ravishda aniq ifodalangan boʻlishi kerak.
2. Yurisdiksiyadan immunitetdan foydalanishi mumkin boʻlgan holda ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq konsullik muassasasi xizmatchisi tomonidan sud ishini qoʻzgʻatish uni asosiy daʼvo bilan bogʻliq boʻlgan biror-bir qarshi daʼvoga nisbatan yurisdiksiyadan immunitetga tayanish huquqidan mahrum etadi.
3. Fuqarolik yoki maʼmuriy ishlar boʻyicha yurisdiksiyadan immunitetdan voz kechish sud qarorini ijro etishga nisbatan immunitetdan voz kechishni anglatmaydi. Bunday voz kechish uchun alohida yozma xabarnoma zarur.
42-modda
Konsullik joylashgan davlat qonun-qoidalarini hurmat qilish
1. Imtiyoz va immunitetlariga ziyon yetkazmagan holda ushbu Shartnoma Qoidalariga binoan imtiyozlar va immunitetlar havola etiladigan barcha shaxslar konsullik joylashgan davlatning qonun qoidalarini, jumladan transport vositalari harakati va ularning sugʻurtasini tartibga soluvchi qonun-qoidalarni hurmat qilishlari shart. Ular shuningdek konsullik joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashmasliklari shart.
2. Konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari boʻlgan konsullik muassasasi xizmatchilari oʻz rasmiy vazifalarini bajarishdan tashqari biror-bir boshqa professional yoki tijorat faoliyati bilan shugʻullanmasliklari kerak.
V QISM
YAKUNLOVChI QOIDALAR
YAKUNLOVChI QOIDALAR
43-modda
Ushbu Shartnomaning ratifikatsiyasi, kuchga kirishi va amal qilishining toʻxtatilishi
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinadi. Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari bilan almashingan kundan soʻng oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
2. Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Shartnoma amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilgan kundan soʻng olti oy oʻtguniga qadar kuchda qoladi.
Pekin shahrida, 1994-yil 24-oktabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, xitoy va rus tillarida tuzildi, uchala matn ham bir xil kuchga ega. Ushbu Shartnomani talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda Ahdlashuvchi Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.